Научная статья на тему 'AHOLI O‘RTASIDA YOD TANQISLIGINI OLDINI OLISH'

AHOLI O‘RTASIDA YOD TANQISLIGINI OLDINI OLISH Текст научной статьи по специальности «Клиническая медицина»

CC BY
355
41
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Журнал
Oriental Art and Culture
Область наук
Ключевые слова
Yod / tuz / qalqonsimon bez / endemik buqoq

Аннотация научной статьи по клинической медицине, автор научной работы — Farida Salimjanovna Sharipova, Anorhol Inoyatovna Qo‘Ng‘Irotova

Mamlakatimizda inson salomatligini muhofaza qilish masalasi davlatimizning eng muhim vazifalaridan biridir. Bugungi kunda amalga oshirilayotgan izchil islohotlar insonlarning turmush farovonligini yanada yaxshilash hamda sog‘lom turmush kechirishi uchun zarur sharoitlarni yaratishga qaratilgan. Shu o‘rinda e’tirof etish joizki, fuqarolarning salomatligi va ularning bu borada huquqlarini himoya qilishda qonun ustuvorligi asosiy o‘ringa ega bo‘lib, sog‘liqni saqlash tizimiga oid qator qonunlar qabul qilingan va ular jamiyatda vujudga kelgan talablardan kelib chiqqan holda bosqichma-bosqich takomillashtirilib borilmoqda. Sog‘liqni saqlash uchun qabul qilingan bir qancha qonunlarni hayotga tadbiq etishdan maqsad, aholini sifatli osh tuzi bilan to‘liq ta’minlash yo‘li orqali yod etishmasligi kasalliklarining oldini olish va kamaytirishdan iborat. Binobarin, bu o‘zgarishlar kishilardan hayotda o‘z oldilariga qo‘ygan maqsadlariga erishish uchun yangicha bilim, ko‘nikma va mahorat talab qilmoqda.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «AHOLI O‘RTASIDA YOD TANQISLIGINI OLDINI OLISH»

AHOLI O'RTASIDA YOD TANQISLIGINI OLDINI OLISH

Farida Salimjanovna Sharipova sharipovafarida 781@gmail.com Anorhol Inoyatovna Qo'ng'irotova kungirotovaanorhol 123@gmail.com Toshkent tibbiyot akademiyasi Termiz filiali

Annotatsiya: Mamlakatimizda inson salomatligini muhofaza qilish masalasi davlatimizning eng muhim vazifalaridan biridir. Bugungi kunda amalga oshirilayotgan izchil islohotlar insonlarning turmush farovonligini yanada yaxshilash hamda sog'lom turmush kechirishi uchun zarur sharoitlarni yaratishga qaratilgan. Shu o'rinda e'tirof etish joizki, fuqarolarning salomatligi va ularning bu borada huquqlarini himoya qilishda qonun ustuvorligi asosiy o'ringa ega bo'lib, sog'liqni saqlash tizimiga oid qator qonunlar qabul qilingan va ular jamiyatda vujudga kelgan talablardan kelib chiqqan holda bosqichma-bosqich takomillashtirilib borilmoqda. Sog'liqni saqlash uchun qabul qilingan bir qancha qonunlarni hayotga tadbiq etishdan maqsad, aholini sifatli osh tuzi bilan to'liq ta'minlash yo'li orqali yod etishmasligi kasalliklarining oldini olish va kamaytirishdan iborat. Binobarin, bu o'zgarishlar kishilardan hayotda o'z oldilariga qo'ygan maqsadlariga erishish uchun yangicha bilim, ko'nikma va mahorat talab qilmoqda.

Kalit so'zlar: Yod, tuz, qalqonsimon bez, endemik buqoq.

PREVENTION OF IODINE DEFICIENCY IN THE POPULATION

Farida Salimdjanovna Sharipova sharipovafarida 781@gmail.com Anorhol Inoyatovna Kungratova kungirotovaanorhol 123@gmail.com Tashkent Medical Academy Termez branch

Abstract: The issue of protection of human health in our country is one of the most important tasks of our state. Today's consistent reforms are aimed at improving the well-being of people and creating the necessary conditions for a healthy life. It should be noted that the rule of law plays a key role in protecting the health of citizens and their rights in this regard. The stage is being improved. The goal of implementing a number of health care laws is to prevent and reduce the incidence of iodine deficiency by fully providing the population with quality salt. As a result,

these changes require people to acquire new knowledge, skills, and abilities to achieve their goals in life.

Keywords: Iodine, salt, thyroid, endemic bull.

Mavzuning dolzarbligi. Mamlakatimizda inson salomatligini muhofaza qilish masalasi davlatimizning eng muhim vazifalaridan biridir. Bugungi kunda amalga oshirilayotgan izchil islohotlar insonlarning turmush farovonligini yanada yaxshilash hamda sog'lom turmush kechirishi uchun zarur sharoitlarni yaratishga qaratilgan. Shu o'rinda e'tirof etish joizki, fuqarolarning salomatligi va ularning bu borada huquqlarini himoya qilishda qonun ustuvorligi asosiy o'ringa ega bo'lib, sog'liqni saqlash tizimiga oid qator qonunlar qabul qilingan va ular jamiyatda vujudga kelgan talablardan kelib chiqqan holda bosqichma-bosqich takomillashtirilib borilmoqda.

Sog'liqni saqlash uchun qabul qilingan bir qancha qonunlarni hayotga tadbiq etishdan maqsad, aholini sifatli osh tuzi bilan to'liq ta'minlash yo'li orqali yod yetishmasligi kasalliklarining oldini olish va kamaytirishdan iborat. Binobarin, bu o'zgarishlar kishilardan hayotda o'z oldilariga qo'ygan maqsadlariga erishish uchun yangicha bilim, ko'nikma va mahorat talab qilmoqda.

Maqsad va vazifalar. Salomatlik - kishilar turmush tarzi va sifatining ko'rsatkichidir, shu jihatdan inson salohiyatini rivojlantirish maqsadlari bilan chambarchas bog'liqdir. Har bir insonning salomatligi jamiyatning, davlatning strategik maqsadi, milliy xavfsizligining garovi sanaladi. Salomatlik - mamlakat sog'lom mehnat salohiyatini oshirishning zarur sharti, davlat boshqaruvining samaradorligi mezonidir.

Kishilar o'rtasida hayotiy ko'nikmalarni, o'z salomatligiga mas'uliyat bilan yondoshuvni shakllantirish masalasi alohida dolzarblik kasb etmoqda. Insonning o'z sog'ligi munosabatiga uning sog'lom turmush tarzi sohasida qay darajada ma'lumotga ega ekanligi bevosita ta'sir ko'rsatadi. Sog'lom turmush tarzidan xabardor bo'lgan yoshlar o'z salomatligiga bilimdonlarcha yondoshadilar, turli xil kasalliklarning oldini oluvchi choralardan unumliroq foydalanadilar, sog'lom turmush kechiradilar, salomatlik uchun jiddiy xavf tug'diruvchi kasalliklarni farqlay oladilar va o'zlariga birinchi yordam ko'rsatishni, zarur paytda mutaxassislarga murojaat qilish kerakligini biladilar.

Natija. Aholi o'rtasida qalqonsimon bez funksiyalarining buzilishi har xil yoshdagi aholida uchrab, bu kasallik qalqonsimon bez funksiyalarining buzilishi asosan moddalar almashinuvi, shuningdek o'sish va rivojlanish jarayonlarining buzilishidan iborat. Qalqonsimon bezning gipofunksional xarakterdagi kasalligida uning buqoq nomini olgan patologik kattalashish holati ko'p uchraydi. Qalqonsimon bezning ko'pincha kattalashishi (buqoq) bilan o'tuvchi gipofunksional holati ichida, asosan kuzatiladigan endemik buqoq uchraydi. U ma'lum joylarda, ayniqsa tog'larda

yashovchi aholi orasida ko'p uchraydi. Endemik buqoqda organizmning o'sishida etishmovchiliklar kuzatiladi, suyaklarning uzunasiga o'sishi buziladi, kalla suyagi asosining rivojlanishi kechikishi natijasida burun yassi, puchuq bo'lib qoladi, jag'larda nuqsonlar kuzatiladi, qalqonsimon bezdagi yod miqdori kamayadi.

Yod yetishmasligi kasalliklari dunyoning ko'plab davlatlari uchun eng dolzarb muammolardan biri hisoblanadi. Yod - inson salomatligi uchun zarur mikroelement bo'lib, qalqonsimon bez tomonidan ishlab chiqariladigan gormonlarning asosini tashkil etadi. Yod oz miqdorda dengiz suv o'ti tarkibida bo'ladi. Dengiz o'simliklari yod birikmalarini o'zida to'playdi. Bunday o'simliklar tanasida 1% gacha yod bo'ladi. Yod inson hayoti uchun nihoyatda zarur elementdir. Organizmda yod yetishmasa, turli kasalliklar - buqoq, xotira pastligi, organizm normal o'sishining susayishi, shuningdek, homiladorlik vaqtida noxush holatlar kelib chiqadi. Yod turli birikmalar tayyorlashda ishlatiladi. Yodning spirtdagi (5% li) eritmasi antiseptik modda sifatida ishlatiladi. Yodning radioaktiv izotopi rak va qalqonsimon bezi (buqoq), ateroskleroz kasalliklarini davolashda ishlatiladi. Qalqonsimon bez tomonidan ishlab chiqariladigan gormonlar tarkibiga kiruvchi ushbu element yangi tug'ilgan chaqaloqlar, bolalar va o'smirlarning normal o'sishi, aqliy va ruhiy rivojlanishida muhim ahamiyatga ega. Yod organizmga noorganik yoki organik birikmalar ko'rinishida asosan ovqat bilan kiradi. Oziq - ovqat mahsulotlarida uzoq vaqt yodning yetishmasligi yod tanqisligi holatini keltirib chiqaradi.

Butun dunyo sog'liqni saqlash tashkiloti (BSST) bergan ta'rifga ko'ra, aholida yod tanqisligi natijasida rivojlanadigan va yod me'yorida iste'mol qilinganda bartaraf etiladigan barcha patologik holatlar yod tanqisligi kasalliklari deb ataladi.

Yod tanqisligi holatlari:

- miya shikastlanishining bartaraf etsa bo'ladigan yagona va eng muhim sababi;

- yod tanqisligi, ayniqsa, homiladorlik vaqtida noxush holatni vujudga keltiradi. Ayollardagi bunday qalqonsimon bez patologiyasi homiladorlikda ko'p asoratlar: erta va kechki taksikozlar, bola tushishi xavfi, homilaga surunkali kislorod etishmasligi, tug'ruq holatining buzilishi, muddatidan oldin tug'ruq va hokazolar qoldiradi;

- asosiy turi qalqonsimon bezning kattalashuvi bo'lgan yod tanqisligining yuzaga kelishi gipotireoz (qalqonsimon bez faoliyatining susayishi) bilan kechadi. Gipotireozning alomatlari juda ko'p, gipotireozning past darajasi yog' bosishga sabab bo'lishi mumkin. Organizmga kiritilgan yod izotopining qalqonsimon bez tomonidan fiziologik sharoitlarga qaraganda kamroq qabul qilinishi gipotireoz borligidan dalolat beradi. Lekin ularning ichida eng xavflisi yengil darajasidan og'ir - kreatinizm (aqliy zaiflik) shakligacha o'zgarib boradigan aqliy qobiliyatning buzilishidir.

- Yod tanqisligi holati kuzatilgan bolalarda maktabda o'qish jarayonida asosiy bilish funksiyasida yetishmovchiliklar kuzatiladi, bunda ko'proq diqqat, tasavvur,

bosh miya markazining harakatga solinishi izdan chiqadi, tafakkur faoliyati sur'ati sustlashadi.Dunyoda yod tanqisligi holati tarqalganligi:

(Butun dunyo sog'liqni saqlash tashkilotining 2017-yil ma'lumotiga ko'ra)

- dunyoda 2 milliard kishi yod tanqisligi holatiga duchor bo'lgan;

- yer sharining 1,5 milliard aholisida yod tanqisligi holati rivojlanishi xavfi bor;

- dunyo bo'yicha 655 million kishi endemik buqoq kasalligiga chalingan;

- 41 million kishida yod tanqisligi holati natijasida miya faoliyatining izdan chiqishi va aqliy zaiflik yuzaga kelgan.

Maxsus o'tkazilgan tadqiqotlar O'zbekiston aholisining 50 foizi yod tanqisligi holatiga yo'liqqanligini ko'rsatadi. Yodga bo'lgan kunlik ehtiyoj butun dunyo sog'liqni saqlash tashkiloti tavsiyasiga ko'ra bolalar va kattalar uchun 150 mkg, homilador ayollar uchun 200 mkgni tashkil etadi.

Buqoqning aholi orasida tarqalganligi bo'yicha yod tanqisligi holati og'irligi darajasini belgilashning epidemiologik mezonlari mutaxassislar tomonidan o'rganiladi.

Yod tanqisligi holatlarini bartaraf etishning eng ta'sirchan va foydali profilaktik chorasi osh tuzini yodlash hisoblanadi.

Yodlangan tuz - salomatlikda yod tanqisligi bilan bog'liq yuzaga kelgan buzilishlarga barham berish yo'lidir.Yodning asosiy manbai ovqat hisoblanadi, organizmga 90% yod ovqat bilan tushadi.Organizmda yod tanqisligi holati oldini olishning eng oddiy chorasi - tarkibida yod bo'lgan bir chimdim tuz (ya'ni, yodlangan tuz).

Nima sababdan aynan tuz yodning manbai hisoblanadi?

- Tuz - aholining barcha qatlamlari sotib olishi mumkin bo'lgan arzon mahsulot.

- Tuz - butun yil davomida kishilar tomonidan bir xil miqdorda iste'mol qilinadi, ya'ni odam organizmi uchun doimiy talab qilinadigan mahsulot.

- Yodlovchi qo'shimchalarni qo'shish tuzning rangi, ta'mi va hidini o'zgartirmaydi.

- Tuzni yodlash texnologiyasi oddiy bo'lib, deyarli barcha ishlab chiqaruvchilar uchun narxi mos keladi.

- Yodlash tuzning narxini 5%dan ortiq oshirmaydi.

- Yodlangan tuzning sifat nazorati barcha bosqich va darajalarida qiyinchilik tug'dirmaydi.

- Jahon tajribasi yod tanqisligi holatlarining oldini olish va tugatishda yodlangan tuzning yuqori darajadagi samaradorligini tasdiqlaydi.

Xususan, mamlakatimizda yod tanqisligi kasalliklarining oldini olishga katta e'tibor qaratilib, bu yo'nalishdagi munosabatlarni tartibga soluvchi bir qator normativ - huquqiy hujjatlar amal qilinmoqda. Ulardan biri 2007 yil 3 mayda qabul qilingan «Yod yetishmasligi kasalliklari profilaktikasi to'g'risida"gi O'zbekiston Respublikasi

Qonunidir. Ushbu hujjat bilan osh tuzini ishlab chiqarish, sotish va iste'mol qilish sohasining huquqiy asosi yaratilgan. Mamlakatimizda osh tuzi ishlab chiqarilishini muvofiqlashtiruvchi me'yoriy hujjatlar, ya'ni O'zbekiston Respublikasining «Yod yetishmasligi kasalliklari profilaktikasi to'g'risida"gi qonuni, «Yodlangan osh tuzi texnikaviy shartlari» O'zDSt 1091:2011 davlat standarti, «Yodlangan osh tuzi ishlab chiqarish, saqlash, transportirovka va realizatsiya qilishga qo'yiladigan gigiyenik talablar» deb nomlangan sanitariya qoidalari va me'yorlariga ko'ra sotiladigan osh tuzi albatta, yodlanishi kerak. Ya'ni bugungi kunda respublikamizda yodlanmagan osh tuzini ishlab chiqarish mumkin emas.

Ko'pchilik yod moddasini qanchalik miqdorda iste'mol qilayotganligini bilmaydi. Ammo yetarlicha iste'mol qilmaslik natijasida qalqonsimon bez kattalashadi. Bu eng birinchi va ko'p uchraydigan belgi hisoblanadi. Respublikamiz hududlaridagi yer, suv, oziq - ovqat mahsulotlarining tarkibida yod yetarli miqdorda bo'lmaganligi sababli, yod tanqisligini keltirib chiqaruvchi kasalliklarning oldini olish uchun yod moddasini oziq - ovqat mahsulotlari bilan birgalikda iste'mol qilish kerak. Buning eng ma'qul va qulay yo'li bu oziq - ovqat mahsulotlariga yodlangan tuzni ishlatishdir. Yodlangan tuzning narxi boshqa tuzlarnikiga qaraganda ozgina qimmatroq, lekin u salomatlik uchun foydali va ko'pgina muammolarning oldini oladi va buqoq kasalligini davolash uchun ketishi mumkin bo'lgan dori - darmon xarajatlaridan saqlaydi. O'smir yoshdagilarga ya'ni, 12 - 13 yoshdan boshlab yod unsuriga bo'lgan ehtiyoj keskin oshadi.

Osh tuzida yod miqdorini yo'qolmasligi uchun quyidagilarga e'tibor berish kerak:

- Yodlangan tuzni sotib olgan vaqtdan boshlab, 6 oy ichida ishlatish kerak.

- Tuzni yopiq idishda qorong'u va quruq joyda saqlang, chunki yod moddasi tezda uchish xususiyatiga ega. Tuzning tarkibida yod moddasi borligini bilish uchun quyidagi mustahkamlash mashqlarini amalda bajarib turish maqsadga muvofiq bo'ladi.

Xulosa. Har bir kishi tuzda yod mavjudligini nazorat qilishi mumkin.

Salomatlik insonning butun hayoti davomidagi ulkan va doimiy qadriyatdir. Salomatlikni asrash ko'p jihatdan odamning o'ziga bog'liq. Salomatlik har bir inson uchun istalgan yoshda to'laqonli hayot kechirishi uchun zarurdir. Insonning normal rivojlanishi hamda salomatligining mustahkam bo'lishi muhim ahamiyatga ega. Shu sababli istalgan yoshdagi inson sog'ligini saqlash uchun har bir odamning o'zi harakat qila oladi va qilishi lozim.

Foydalanilgan adabiyotlar

1. Sog'lom avlod asoslari: metodik qo'llanma. D.I.Axmedova, G.O'. Salixova, N.D.Ishniyozova va boshqalar. T: « O'zbekiston» 2017 yil

2. Biologiya. M.M.Abdulxaeva Toshkent «Tib-kitob» nashriyoti 2011 yil

3. "O'zbekiston milliy ensiklopediyasi» Davlat ilmiy nashriyoti Toshkent -

2005

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.