Научная статья на тему '“TIB QONUNLARI” DA FITONIMLAR TALQINI'

“TIB QONUNLARI” DA FITONIMLAR TALQINI Текст научной статьи по специальности «Языкознание и литературоведение»

CC BY
937
83
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
Abu Ali ibn Sino / “Tib qonunlari” / fitonim / o`simlik nomlari / davr / lingvistik yondashuv / muhim jihat.

Аннотация научной статьи по языкознанию и литературоведению, автор научной работы — Yulduz Ahmad Qizi Avezova

Ushbu maqolada tib ilmining yetuk ulamosi Abu Ali ibn Sinoning “Tib qonunlari” asarida uchraydigan fitonimlar, ya`ni o`simlik nomlari haqida so`z boradi. Aytish lozimki, “Tib qonunlari” da Abu Ali ibn Sino tomonidan qayd etilgan fitonim nomlari o`ziga xos xususiyatga ega bo`lib, davr nuqtayi nazaridan ham, til nuqtayi nazaridan ham ma`lum jihatlarni o`zida ifoda etadi. Ta`kidlash lozimki, fitonimlar talqini sifatida “Tib qonunlari” dagi qator nomlar tanlab olindi va lingvistik jihatdan tahlil qilindi.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «“TIB QONUNLARI” DA FITONIMLAR TALQINI»

Scientific Journal Impact Factor (SJIF 2022=4.63) Passport: http://sjifactor.com/passport.php?id=22230

"TIB QONUNLARI" DA FITONIMLAR TALQINI

Yulduz Ahmad qizi Avezova

Buxoro davlat univetsiteti Lingvistika (o'zbek tili) ta'lim yo'nalishi 1-bosqich

magistranti

ANNOTATSIYA

Ushbu maqolada tib ilmining yetuk ulamosi Abu Ali ibn Sinoning "Tib qonunlari" asarida uchraydigan fitonimlar, yani o'simlik nomlari haqida so'z boradi. Aytish lozimki, "Tib qonunlari" da Abu Ali ibn Sino tomonidan qayd etilgan fitonim nomlari o'ziga xos xususiyatga ega bolib, davr nuqtayi nazaridan ham, til nuqtayi nazaridan ham ma lum jihatlarni ozida ifoda etadi. Ta kidlash lozimki, fitonimlar talqini sifatida "Tib qonunlari" dagi qator nomlar tanlab olindi va lingvistik jihatdan tahlil qilindi.

Kalit so'zlar: Abu Ali ibn Sino, "Tib qonunlari", fitonim, o'simlik nomlari, davr, lingvistik yondashuv, muhim jihat.

Kirish. Barchamizga malumki, har bir sohaning o zining atamalar tizimi, terminologik lug'ati mavjud. Har bir kasbning terminologik lug'ati ana o'sha sohada qollaniladigan leksik qatlam boyligiga bogliq hisoblanadi. Oqituvchilik faoliyatiga doir atamalar ushbu kasb mohiyatidan kelib chiqsa, tibbiyot sohasida ish olib boruvchi shaxslar nutqida tibbiyotga doir atamalarning tez-tez uchrab turishiga guvoh bo'lishimiz mumkin. Aytish lozimki, nutqiy muloqotimizda o'simlik nomlarini ifodalovchi qator leksemalar ham mavjud bolib, ushbu maqolamizda aynan fitonim nomlari va ularning Abu Ali ibn Sinoning "Tib qonunlari" asarida keltirilishini ko'rib chiqamiz.

Osimlik nomlari tilshunoslikda fitonimlar deb yuritiladi( "fitos" - o'simlik ; "onuma" - nom)[12] . Fitonim atamasi datslab XX asraning 70-yillarida ilm-fanda qayd etilgan. Fitonimlar borasida turli olimlar tomonidan ilmiy-tadqiqot ishlari olib borilgan. Xususan, ismlar tizimidagi otlarni ilmiy tahlil qilib, A.V. Superanskaya fitonimlarning turli nomlar sababidan kelib chiqqanligini takidlab , ularning turfa tarixiy shaxslar, hodisalar va shu kabi omillar tasirida nomlanganligini o'zining ilmiy asarlarida keltirib o'tadi. Har bir tilda qollaniladiagn fitonimlar ana o'sha hududning tabiiy iqlimidan kelib chiqqan holda belgilanadi. Sababi, malum iqlim sharoitida o'suvchi o'simliklarni boshqa mintaqalarda uchratishimiz mushkul masala. Xususan, Afrika mintaqalarida o suvchi tropik o simliklarni O zbekiston hududida uchratishimiz deyarli mumkin emasligini nazarda tutgan holda aytishimiz mumkinki, fitonimlar ham joylashuv o'rniga monand holda shakllanar ekan.

Scientific Journal Impact Factor (SJIF 2022=4.63) Passport: http://sjifactor.com/passport.php?id=22230

Tahlil va natijalar. Fitonim nomlari qadim tarix asarlari orqali bizgacha yetib kelgan bo'lib, xususan, bir o'simlik nomlarining ikki-uch xil variant qollangan Abu Rayhon Beruniy qalamiga mansub "Saydana", tib qonunlarining mashhur vakili ibn Sinoning "Tib qonunlari", "Kitob ush-shifo", Boburning "Boburnoma" va shu kabi qator asarlar o'simlik nomlari qayd etilgan mashhur asarlar hisoblanadi[9]. Ozbek tilida qollanilayotgan fitonimlar tadqiqi grammatik, leksik, semantik jihatdan ham ahamiyatli bolib, ularning mazmunini aniqlashda osimliklar nomlarini chuqur tahlil qilish yordam beradi.

Yuqorida qayd etilgan asarlarda keltirilgan fitonimlar davr nuqtayi nazaridan o'ziga xos ko'rinishga ega bolib, ular hozirgi o'zbek tilida qo'llaniladigan o'simlik nomlaridan talaffuz jihatdan ham, nomlanish jihatdan ham biroz boshqacharoq ko'rinish kasb etishi mumkin.

Abu Ali ibn Sinoning besh jilddan iborat "Tib qonunlari" asari butun jahon tan olgan tibbiyot yo'riqnomasidir. Bugungi kunga kelib , Abu Ali ibn Sinoning "Tib qonunlari" asaridan butun jahon asosiy tibbiyot qollanmasi sifatida o'quv yurtlarida foydalanib kelmoqdalar. Ushbu asarda o'simlik nomlari asarning salmoqli qismini tashkil etadi. "Tib qonunlari"ning har bir jildi malum yo'nalishlarga bag'ishlangan bolib, xususan, fitonimlarning qollanilishi jihatidan 2-jild va 5-jild ,ayniqsa, ahamiyatlidir. Kitobning ikkinchi jildida o'simlik , hayvon, madanlardan tayyorlanadigan 800 dan oshiq dori-darmonlar va ularning o'ziga xos xususiyatlari, qollash tartibi talqin qilinsa, 5-kitob farmokopeyaga , yani o'simliklardan va shu kabi vositalardan dori-darmon tayyorlash usullari haqidadir. To'g'ri, asarning 1-, 3- hamda 4-kitoblarida ham o'simlik nomlari, yani fitonimlar uchraydi, biroq 2- va 5-kitoblardagidek salmoqli emas[13]. Asarda qollanilgan o'simlik nomlarining ko'pchiligi chetdan kirgan so'zlar asosida ifodalansa, bazilar turkiy tillarda ham keng tarqalgan nomlar hisoblanadi.

Abu Ali ibn Sino "Tib qonunlari" asari fitonimlarning dorivorlik xususiyatlariga to'xtalib, xilma-xil shifobaxsh o'simliklarni keltiradi. Bazi o'rinlarda o'simlikning turkiy tildagi nomini ifodalagan boisa, bazi o'rinlarda uning boshqa tildagi versiyasini keltiradi yoki bolmasa bir o'simlikning ikki xil nomini keltirgan holda uning dorivorlik xususiyatini namoyon qiladi. Xususan, muallif "Tib qonunlari" ning uchinchi kitobida taboshir fitonimiga quyidagicha ta rif beradi: "quruqlikda osuvchi taboshir , ayniqsa, qovurilgan taboshir, xususan, kofur bilan ishlangan taboshir ichni to xtatuvchi vosita hisoblanadi" Demak, taboshir o'simligi oz xususiyatiga ko'ra ikki xil ko'rinishga ega bolishi mumkin ekan, yani qovurilgan va kofur bilan ishlangan. Ushbu ikki ko'rinishining shifobaxsh xususiyati sifatida qayd etilgan ichni to'xtatish holati taboshir fitonimining dorivor vosita ekanligini anglatuvchi ifoda hisoblanadi.

Scientific Journal Impact Factor (SJIF 2022=4.63) Passport: http://sjifactor.com/passport.php?id=22230

"Tib qonunlari" da keltirilgan o'simliklarning shifobaxsh xususiyatlari hozirgi kunda ham o'zining muhim ahamiyatiga ega bo'lib, muallif tomonidan qayd etilgan fitonimlar toponimik jihatiga ko'ra turli hududlarda mavjud bo'ladi, xususan, "Tib qonunlari"dagi shifobaxsh o'simliklarning joylashuv o'rniga ko'ra quyidagi asosiy guruhlarga ajratishimiz mumkin:

a) Cho' l zonalarida tarqalgan dorivor o' simliklar;

b) O'rmon hududida uchraydigan dorivor o' simliklar;

c) Suv ichida mavjud bo'lgan dorivor o' simliklar.

Dorivor o'simliklarning joylashuv hududiga ko'ra guruhlanishi(2-chizma).

Yuqorida qayd etilgan o'simliklar tarqalish hududini aniqlash kishidan biologiya va geografiya fanlarini chuqur o'rganishni talab qiladi. Bu esa ushbu nomlari qayd etilgan fanlarning tilshunoslik bilan bevosita aloqadorligi asosida yuzaga chiqadi. Bundan tashqari, Abu Ali ibn Sino "Tib qonunlari" asarida qayd etib o'tgan o'simliklarning qollanilish usuli va tasir darajasiga ko'ra ham ikki usulda qollashni

tibbiyot

vakili

sifatida

takidlab

^^ Quritilgan ^holda qo'llash S

Asl holatda ^ qo'llash ^

o'tadi.

Biologik

Scientific Journal Impact Factor (SJIF 2022=4.63) Passport: http://sjifactor.com/passport.php?id=22230

jihatdan ham o'simliklarning ikki holati , yani quritilgan va asl holati tasir doirasiga ko'ra ham ikki xil tasir qilishini ibn Sino takidlab o'tadi. Bundan tashqari,dorivor fitonimlarning qaynatilgan, ezilgan, yanchilgan , qovurilgan holatlarda qo'llash usuli ham mavjud bo'lib, ular fitonimlarning fitonimik xususiyatlaridan kelib chiqib tanlanishidan dalolat beradi.

"Turp, yulg^un va tol barglari suvlarining har biridan bir yarim uqiya, ituzum suvidan uch uqiya, o^n dirham xiyorshanbarning qaynatilib sovutilgani qo^shib ich ketish kasalligini davolashda qollaniladi", - "Tib qonunlari" asarining uchinchi kitobidan olingan ushbu jumlada xiyorbashir o' simligining qaynatib sovutilgan holati inson uchun shifo ekanligi haqida qayd etiladi.

Ibn Sino "Tib qonunlari" asarida fitonimlarning tibbiy xususiyatlariga toxtalar ekan, bazi o'simliklarning ayni paytda bir nechta kasalliklarga shifo bo'lishi haqida malumot ham keltirib o'tadi. Xususan, qirqbo'g'in o'simligining bir paytning ozida qator illatlarga davo bo'la olishi muallif tomonidan qayd etib o'tiladi:

Mevali daraxtlarning gullaridan : dolana guli yoki qirqbo^gln o% ayniqsa, biror a^zo yoki etning chekkasidagi [jarohatga] va mushaklarning uchiga yaqin jarohatlarga [qo^yiladi].

Yoki bo'lmasa uning tanaga kirgan zaharli moddalarning kurashi yuqorida nomi qayd etilgan o'simlik orqali amalga oshirilishi "Tib qonunlari" asarida keltiriladi.

"Tib qonunlari" asarida qollanilgan fitonim nomlari qo'llanilish jihatidan sodda, qo'shma yoki birikmali ko'rinishga ega ekanligini asar tarkibida uchratishimiz mumkin. "Tib qonunlari" asarining ikkinchi kitobidan olingan ushbu jumlalarga e'tibor bering: "Buyrakka xos tarkiblardan biri: maysavsan - ikki dirham, murch - to rt dirham; bir ichimga yetarlik deb gumon qilingan miqdorda [shu tarkibdan] olib, sikanjubin bilan ichiriladi. Yana dasht sazaso t, yovvoyi gulxayri, petrushka ildizi - hammasidan barobar hissa olinadi, bundan ikki qoshiq olib, sharobda qaynatiladi, keyin tindirilib ichiladi"[3]. Ushbu parchadagi o'simlik nomlarini quyidagicha guruhlashimiz maqsadga muvofiqdir:

Scientific Journal Impact Factor (SJIF 2022=4.63) Passport: http://sjifactor.com/passport.php?id=22230

sodda birlikdan iborat fitonimlar

qo'shma so'zdan iborat o'simlik nomlari

so'z birikmali o'simlik nomlari

maysavsan

dasht gazago't

Xulosa sifatida aytishimiz mumkinki, o'simlik nomlari hisoblanmish fitonimlar malum iqlim sharoiti va ularning lingvistik nuqtayi nazaridan kelib chiqqan holda belgilanadi. Abu Ali ibn Sinoning "Tib qonunlari" asarida qollanilgan o'simlik nomlari, yani fitonimlar xilma-xillikka ega bo'lib, ular bir-biridan o'ziga xos ko'rinishi, mazmuniy jihatiga ko'ra farqlanadi. Asarda foydalanilgan o'simlik nomlarini aniqlashda "Tib qonunlari" bilan to'liq tanishib chiqish biz uchun ham tibbiyot nuqtayi nazaridan, ham lingvistik nuqtayi nazardan foydali boladi. "Tib qonunlari" da qayd etilgan fitonimlarning tilshunoslik nuqtayi nazaridan ahamiyati shundan iboratki, asardagi ifoda etilgan o'simlik nomlari tibbiyot yoki biologiya fanlari uchun terminlar sifatida foydalanishda muhim ahamiyat kasb etadi.

Foydalanilgan adabiyotlar ro'yxati

1. Hayitmetov A. Navoiy lirikasi.— Toshkent, 2015.-B. 8-65.

2. Bafoyev B. Ko'hna so'zlar tahlili.-Toshkent , 1987.(9-10-11-12-13-14-15-16-17-18-19-20-21-22-23-25-29 -31- betlar)

3. Qodirov A.A. O'zbekiston tibbiyoti. Darslik. -T.: Abu Ali ibn Sino nomidagi tibbiyot nashriyoti, 2004.-B.3.

4. Узбек тилининиг изошли лугати. 5 томли. 2-том. - Т.: УзМЭ, 2006. -582-б.

5. Mahmud Hasaniy. Qadimiy bog'dorchilikning izohli lug'ati. - Toshkent "O'zbekiston" 2016.

6. Ходжиева Н. Х. ЛЕКСИКА ФРУКТА В ЛИРИКЕ АЛИШЕРА НАВАИ //Современная наука: актуальные вопросы, достижения и инновации. - 2021. - С. 148-150. 4.

Scientific Journal Impact Factor (SJIF 2022=4.63) Passport: http://sjifactor.com/passport.php?id=22230

7. Hijiyeva N. SOME COMMENTS ON THE POMEGRANATE LEXEMA //ЦЕНТР НАУЧНЫХ ПУБЛИКАЦИЙ (buxdu. uz). - 2021. - Т. 6. - №. 6.Yuldasheva D. N., Khojieva N. K., Yusupova D. Y. Fruit vocabulary is an integral part of the vocabulary of the folk language //Herald pedagogiki. Nauka i Praktyka. -2021. - Т. 1. - №. 2.

8. Rajabov D. Z. Radif in uzbek folk songs //Theoretical & Applied Science. - 2018.

- №. 10. - С. 316-318.

9. Rajabova R. Узбек Болалар Адабиётида Фольклор Жанрлари Стилизацияси //ЦЕНТР НАУЧНЫХ ПУБЛИКАЦИЙ (buxdu. uz). - 2021. - Т. 8. - №. 8.

10. Rajabova R. АДАБИЙ ТОПИШМОКЛАРДА ХАЛК ТОПИШМОКЛАРИГА ХОС ЖАНРИЙ БЕЛГИЛАРНИНГ ИФОДАСИ //ЦЕНТР НАУЧНЫХ ПУБЛИКАЦИЙ (buxdu. uz). - 2021. - Т. 3. - №. 3.

11. Раджабов Д. З., Раджабова Р. З. СТИЛИЗАЦИЯ НАХОДКИ В ДЕТСКОЙ ЛИТЕРАТУРЕ УЗБЕКА //ПРИОРИТЕТНЫЕ НАПРАВЛЕНИЯ РАЗВИТИЯ НАУКИ И ОБРАЗОВАНИЯ. - 2021. - С. 60-62.

12. Ходжиева Н. Х. ЛЕКСИКА ФРУКТА В ЛИРИКЕ АЛИШЕРА НАВАИ //Современная наука: актуальные вопросы, достижения и инновации. - 2021. - С. 148-150.

13. Hayotovna K. N. Representation of Fruit Vocabulary in Special //International Journal of Discoveries and Innovations in Applied Sciences. - 2022. - Т. 2. - №. 4. - С. 84-89.

14. Urayeva D., Nazarova G. COMPARATIVE ANALYSIS OF MYTHOLOGICAL NAMES AND MYTHOLOGISMS IN THE ENGLISH AND UZBEK LITERATURE //Philology Matters. - 2021. - Т. 2021. - №. 1. - С. 3-21.

15. Ураева Д. С., Назарова Г. П. ИНГЛИЗ ВА УЗБЕК АДАБИЁТИДА КУШЛАР ОБРАЗИ //МЕЖДУНАРОДНЫЙ ЖУРНАЛ ИСКУССТВО СЛОВА. - 2020. - Т. 3.

- №. 4.

16. Шербекова Г. Я. АФСОНА ВА РИВОЯТЛАРДА "ДАЁТ ДАРАХТИ" ОБРАЗИ ИФОДАЛАНИШИГА ОИД АЙРИМ МУЛОХДЗАЛАР //Scientific progress. - 2022. - Т. 3. - №. 2. - С. 244-250.

17. Yuldasheva D. Meva so'z boyligi haqida ba'zi fikrlar //ЦЕНТР НАУЧНЫХ ПУБЛИКАЦИЙ (buxdu. uz). - 2020. - Т. 2. - №. 2.

18. Abu Ali ibn Sino. Tib qonunlari, 1-kitob.Toshkent.Fan.1983.

19. Abu Ali ibn Sino. Tib qonunlari, II kitob.Toshkent.Fan.1980.

20. 16.Abu Ali ibn Sino. Tib qonunlari, III kitob.Toshkent.Fan.1982.-417 b.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.