Научная статья на тему 'ABU ALI IBN SINONING SOG‘LOM TURMUSH TARZIGA DOIR FIKRLARI'

ABU ALI IBN SINONING SOG‘LOM TURMUSH TARZIGA DOIR FIKRLARI Текст научной статьи по специальности «История и археология»

CC BY
2678
71
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Журнал
Scientific progress
Область наук
Ключевые слова
sog‘lom turmush tarzi / Abu Ali ibn Sino / inson salomatligi / mizoj.

Аннотация научной статьи по истории и археологии, автор научной работы — Shohida Hasanboy Qizi Vahobova

Ushbu maqolada insonning har tomonlama yetuk shaxs bo‘lib yetishishida sog‘lom turmush tarzining ahamiyati va bu borada buyuk qomusiy olim Abu Ali ibn Sinoning qarashlari va uni to‘g‘ri yo‘lga qo‘yishga oid tavsiyalari shuningdek, ularning ahamiyati yoritib berilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «ABU ALI IBN SINONING SOG‘LOM TURMUSH TARZIGA DOIR FIKRLARI»

Scientific Journal Impact Factor (SJIF 2022=5.016) Passport: http://sjifactor.com/passport.php?id=22257

ABU ALI IBN SINONING SOG'LOM TURMUSH TARZIGA DOIR FIKRLARI

Shohida Hasanboy qizi Vahobova

Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o'zbek tili va adabiyoti universiteti talabasi

ANNOTATSIYA

Ushbu maqolada insonning har tomonlama yetuk shaxs bo'lib yetishishida sog'lom turmush tarzining ahamiyati va bu borada buyuk qomusiy olim Abu Ali ibn Sinoning qarashlari va uni to'g'ri yo'lga qo'yishga oid tavsiyalari shuningdek, ularning ahamiyati yoritib berilgan.

Tayanch so'zlar: sog'lom turmush tarzi, Abu Ali ibn Sino, inson salomatligi,

mizoj.

Tibbiyot sohasida o'zining buyuk tatqiqotlari bilan nomini tarixga muhrlagan Abu Ali ibn Sinoning asarlari g'oyatda boy va bebaho xazinadir. Uning asarlari nafaqat turkiy xalqlar orasida balki, butun yer yuzida dovrug' qozongan. Ibn Sinoning tibbiyotga oid asarlari bilan birgalikda falsafa, mantiq, tabiatshunoslik va boshqa sohalarga oid ilmiy izlanishlari chet ellik olimlar tomonidan ham o'z davrining mukammal asarlari sifatida e'tirof etilgan. Xususan, Belgiyalik professor Yul Yanssensning "Ibn Sino va uning arab va lotin dunyosiga ta'siri", "Abu Ali ibn Sino va uning ilmiy merosi" kabi asarlaridan va Gollandiyalik olim Robert van Gentlar o'zining asarlarini yozish mobaynida ibn Sinoning asarlaridan asosiy manba sifatida foydalanganligini e'tirof etish mumkin. Ibn Sinoning ilmiy merosini chuqurroq o'rganish orqali bugungi kunda dolzarb muammoga aylangan ko'plab masalalarga javob topish mumkin.

Abu Ali ibn Sino sog'liqni saqlashning asosiy tadbiri sifatida sog'lom turmush tarziga amal qilish lozimligini aytib o'tgan. Sog'lom turmush tarzi bugungi kunda juda keng tarqalgan tushuncha bo'lib, uni har bir inson o'ziga xos tarzda ko'p jihatdan talqin qiladi. Kimdir bu kontseptsiyaga ko'proq jismoniy, kimdir - ruhiy talqinda qo'yadi.

Sog'lom turmush tarzining jihatlaridan biri bu tanani yaxshi jismoniy holatda saqlashdir. Buning uchun vosita sifatida har bir kishi o'zi sport, fitnes va hokazolarni tanlaydi. Bu borada Abu Ali ibn Sino ko'plab tavsiyalar berib o'tgan.

Ibn Sino badantarbiya bilan mo'tadil ravishda va o'z vaqtida shug'ullangan odam turli xil yuqumli va hilt bilan bog'liq kasalliklardan uzoq bo'lishini aytadi. Insonning mizoji, irsiyat bilan bog'liq shuningdek, hayoti davomida orttirilgan kasalliklar ko'p hollarda yuqumli bo'ladi. Ibn Sino "Faqatgina sinish bilan bog'liq bo'lgan kasalliklargina yuqumli emas" - deya aytib o'tgan. Boshqa turli kasalliklardan

Scientific Journal Impact Factor (SJIF 2022=5.016) Passport: http://sjifactor.com/passport.php?id=22257

himoyalanish uchun esa badantarbiya bilan belgilangan tartibda muntazam shug'ullanish talab etiladi.

Abu Ali ibn Sinoning "Kitob al-Qonun fit-tib" kitobida sog'lom turmush tarziga amal qilish uchun turli tavsiyalar berib o'tgan. Ular quyidagilar: Badantarbiya bilan shug'ullanish; Cho'milish va chiniqish; Ovqatlanish tadbiri; Suv va ichimliklar tadbiri; Uyqu haqida.

Insonning jismoniy holati, tashqi muhit ta'sirlaridan kelib chiqqan holda ibn Sino turli xil badantarbiya usullarini tavsiya qiladi. Jumladan, badantarbiya bilan shug'ullanish mobaynida mo'tadil haroratni hisobga olish lozim. Masalan, bahor oylarida kunduzgi soatlarda, yoz oylarida sahar paytida, qishda esa kechki soatlarda badantarbiya bilan shug'ullanish talab etiladi. Badantarbiyaning bir necha xil turlari mavjud bo'lib, ibn Sinoning tasnifi bo'yicha ular nozik va kuchli badantarbiya turlariga bo'linadi. Inson o'z mizojidan kelib chiqqan holda ulardan birini tanlashi lozim.

Nozik badantarbiya turlariga arg'imchoqda uchish, qayiq yoki kemalarda sayr qilish kiradi. Bu kabi badantarbiya turlari inson organizmini yaxshi chiniqtirishi bilan birgalikda, ulardan ortiqcha energiya talab qilmaydi. Mushaklarning bo'shashishi va qon aylanishini yaxshilashda tavsiya etiladi.

Kuchli badantarbiya turlari esa, otga yoki kajavalarga minish yoki ularni boshqarishni misol qilib keltirish mumkin. Shuningdek, maydonda qilinadigan harakatlar ham badantarbiyaning bu turiga yorqin misol bo'la oladi.

Bu tavsiyalarni bajarish jarayonida odam birinchi o'rinda o'z mizojini

hisobga olishni unutmasligi lozim. Agar o'z imkoniyatlaridan kelib chiqib harakat qilmasa, bu tavsiyalar foyda bermasligi hatto zarar beirishi ham mumkin.

Bugungi kunda cho'milish inson organizmi uchun eng foydali sport turi sifatida tan olinganiga qaramasdan, ibn Sino o'z davrida cho'milishning ham me'yorlariga amal qilish kerakligini ta'kidlab o'tgan. Cho'milish inson organizmini turli xil allergiya kasalliklaridan, qizarish, bo'rtish kabilardan himoya qiladi. Shuningdek, terining nafas olish jarayonida ishtirok etishini ta'minlaydi. Ammo uzoq vaqt davomida issiq hammomda qolish organizm uchun zararlidir. U turli xil noxush holatlarning kelib chiqishiga sabab bo'ladi. Shuning uchun ham cho'milish orqali chiniqishdan oldin ba'zi qoidalarga amal qilish zarur. Ibn Sino ularni quyidagicha tushuntirgan:

- cho'milishdan avval odam tetik holatda bo'lishi zarur;

- badantarbiya bilan shug'ullangach ma'lum bir muddatdan so'ng cho'milish kerak. Aks holda, inson salomatligini yo'qotishi mumkin;

Scientific Journal Impact Factor (SJIF 2022=5.016) Passport: http://sjifactor.com/passport.php?id=22257

- hammomga asta-sekinlik bilan tanani moslashtirgan holda kirish zarur. Bu qoidaga amal qilmaslik organizmda turli lohasliklarni yuzaga keltirishi mumkin.

Ovqatlanish mobaynida oziq manbayining tarkibida meva, sabzavot va yengil hazm bo'luvchi mahsulotlardan iborat ekanligiga alohida e'tibor qaratilmog'i darkor. Ovqatlanishda mahsulotlar tarkibiy qismlari bilan birga ovqatlanish tartini ham bir maromda olib borish, inson salomatligida juda muhim o'rin kasb etadi. Haddan tashqari ko'p yoki kam ovqatlanish, tartibsiz, oziq-ovqat tarkibini hisobga olmasdan ovqatlanish inson organizmiga ko'plab salbiy natijalarni keltirib chiqaradi.

Ovqatlanish bilan birga organizm uchun zarur bo'lgan suv manbayini yetkazib berish ham muhim ahamiyatga egadir. Inson organizmi ovqatlanishdan ko'ra ko'proq suvga ehtiyoj sezadi. Lekin ibn Sino o'z asarlarida suvning holatiga e'tibor berishga chaqirgan. Insonning mizojiga qarab suvning issiq yoki sovuqligini tanlash muhimdir. Shuningdek, suv ichish tartibida yil fasllarining ham o'rni bordir. Ammo ibn Sino har qanday faslda ham ko'proq tirik (qaynatilmagan) suv iste'mol qilishni tavsiya etadi. Bu organizmning tuz miqdorini me'yorda tutib turish uchun zarurdir. Inson faqatgina ovqat yeyish bilan uzog'i 10 kungacha yashashi mumkin, lekin faqat suv ichish orq ali undan ko'proq yashay oladi.

Ibn Sinoning tongda nahorga sovuq suv iste'mol qilishni tavsiya qilishi ham inson organizmi uchun muhimdir. Chunki bu orqali inson tanasidagi zararli moddalar bartaraf bo'ladi, va hattoki suv, organizmga tetiklik bag'ishlaydi.

Eng oxirda, ibn Sino uyquning sog'lom turmush tarzidagi o'rnini ta'riflaydi. Haddan tashqari kam yoki ko'p uxlash o'z navbatida zararlidir. Ibn Sino uyqusizlikka davo sifatida sutcho'p iste'mol qilishni tavsiya qilgan. Shuningdek, uxlashdan avval hammonga kirish ham ijobiy natija beradi. Ko'p uxlash esa, zehnni susaytiradi, organizmda lanjlikni keltirib chiqaradi. Yuqoridaki tavsiyalarda berilgani kabi, uxlashni ham o'z tartib qoidalari mavjud. Masalan, och qorin bilan uxlash quvvatni susaytiradi. To'q qorin bilan uxlash uyquni chala bo'lishiga, uyqu davomida ko'p marotaba bezovtalanishga sabab bo'ladi. Ibn Sino kunduzgi uyqu esa, ko'plab lanjliklar, ichki kasalliklar xattoki, alergiyaga sabab bo'ladi deb ta'kidlaydi. Eng yaxshi holatda uxlash esa, o'ng tomonni bosib yoki chalqancha holatda uxlashdir.

Bulardan xulosa qilib shuni aytish mumkinki, insonning har taraflama barkamol bo'lib shakllanishi uchun tashqi muhit va unga insonning munosabati, kun davomida bajaradigan harakatlari ham muhim ahamiyat kasb etadi. Yosh avlodni sog'lom va barkamol qilib tarbiyalash uchun ularning kun tartiblarini to'g'ri tashkil etishlarini shakllantirish, yuqoridagi qoidalarga amal qilishlarini nazorat qilish muhim ahamiyat kasb etadi. Bu borada Abu Ali ibn Sinoning tavsiyalari o'zining naqadar samaradorligini ko'rsatib berdi.

Scientific Journal Impact Factor (SJIF 2022=5.016) Passport: http://sjifactor.com/passport.php?id=22257

REFERENCES

1. Abu Ali ibn Sino. "Tib qonunlari". Birinchi jild. Toshkent. Abdulla Qodiriy nomidagi xalq nashriyoti. 1991.

2. Abu Ali ibn Sino. "Tibbiy o'gitlar" Toshkent. Mehnat nashriyoti. 1991.

3. Abu Ali ibn Sino. "Salomatlik sirlari" Toshkent. Abdulla Qodiriy nomidagi xalq merosi nashriyoti. 2000.

4. Abu Ali ibn Sino - Sog'lom turmush tarzi haqida. Oriental renaissance: innovative, educational, natural and social sciences.

5. Khaydarov, S. A. (2021). The role of the use of fine arts in teaching the history of the country. International scientific and practical conference. CUTTING EDGE-SCIENCE. In Conference Proceedings (pp. 41-43).

6. Davrenov, J., & Haydarov, S. (2021). TARIX FANINI O'RGANISHDA XVI-XVIII ASRLARDA YAPONIYA DAVLATI TARIXINI AHAMIYATI. Scientific progress, 1(6).

7. Narmatov, D., & Haydarov, S. (2021). TARIX FANINI O'QITISHDA ISPANIYA XV-XVII ASRLARDAGI TARIXI. Scientific progress, 1(6).

8. Elguzarov, B. B. O. G. L., & Haydarov, S. (2021). TARIX FANINI O'RGANISHDA MITANNI DAVLATCHILIGINING O'RNI VA AHAMIYATI. Scientific progress, 1(6), 616-619.

9. Erkinov, A. S. O., & Haydarov, S. (2021). YUNON-BAQTRYA PODSHOLIGINING IJTIMOYI TUZIMI, XO'JALIGI VA MADANIYATI. Scientific progress, 1(6), 620-622.

10. Nematov, M. D. O., & Haydarov, S. (2021). TARIX FANINI ORGANISHDA SHUMER-AKKAD DAVLATCHILIGINING ORNI VA AHAMIYATI. Scientific progress, 1(6).

11. Ermatov, F., & Haydarov, S. (2021). TARIX FANINI O'QITISHDA 1870-1914 YILLARDA ANGLIYANING O'RGANILISHI. Scientific progress, 1(6).

12. Do'Stmurodov, S., & Haydarov, S. (2021). TARIX FANINI O'QITISHDA XVI-XVIII ASRLARDA HINDISTONNI O'RGANISH. Scientific progress, 1(6).

13. Mengboyev, S. N., & Haydarov, S. (2021). TARIX FANINI O'QITISHDA URARTU PODISHOLIGINING O'RNI. Scientific progress, 1(6).

14. Asqarov, N. S. O., & Haydarov, S. (2021). ARAB XALIFALIGINING POYTAXTI BAG'DODNING TANAZZULGA YUZ TUTISHI. Scientific progress, 1(6).

15. Ro'Zmetov, J., & Haydarov, S. (2021). TARIXNI O'RGANISHDA SOSONIYLAR DAVLATINING O'RNI VA AHAMIYATI. Scientific progress, 1(6).

Scientific Journal Impact Factor (SJIF 2022=5.016) Passport: http://sjifactor.com/passport.php?id=22257

16. Tulaboyev, D., & Haydarov, S. (2021). TARIXNI O'RGANISHDA MESOPATAMIYANING TARIXI VA DINI: O'RNI HAMDA AHAMIYATI. Scientific progress, 7(6).

17. Хдйдаров, С.А., (2022). Захриддин Мухдммад Бобур: бир кулда муйкалам-у, бир кулда тож. Scientific progress, 3(3).

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.