Научная статья на тему 'JAHON ILM FANI VA SIVILIZATSIYASI RIVOJIDA MUSULMON SHARQI MUTAFAKKIRLARI FANLAR KLASSIFIKATSIYASINING O’RNI'

JAHON ILM FANI VA SIVILIZATSIYASI RIVOJIDA MUSULMON SHARQI MUTAFAKKIRLARI FANLAR KLASSIFIKATSIYASINING O’RNI Текст научной статьи по специальности «Прочие социальные науки»

CC BY
2321
177
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
Klassifikatsiya / “Al-jabr” / nilometr / “pnevmatika” / “harakatdagi kuch” / Classification / Al-jabr” / nilometr / "Pneumatics" / "driving force"

Аннотация научной статьи по прочим социальным наукам, автор научной работы — Umarov, Muhammadjon Lazzatbek O’g’li

Ushbu maqolada Al-Xorazmiy, Abu Rayhon Beruniy, Abu Ali ibn Sino, Axmad al-Farg’oniy va Forobiy kabi Sharqning buyuk allomalari jahon ilm-fani va sivilizatsiyasi rivojiga o’zlarinimg fanlar klassifikatsiyasi orqali qo’shgan xissalari arab, fors, nemis va ingliz tillaridagi manbalar asosida tahlil qilindi

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

THE ROLE OF THE CLASSIFICATION OF SCIENCES OF MUSLIM EASTERN THINKERS IN THE DEVELOPMENT OF WORLD SCIENCE AND CIVILIZATION

In this article, the great scholars of the East, such as Al-Khwarizmi, Abu Rayhan Beruni, Abu Ali Ibn Sino, Ahmad al-Farghani and Farobi, contributed to the development of world science and civilization through their classification of sciences into Arabic, Persian, German and analyzed on the basis of sources in English

Текст научной работы на тему «JAHON ILM FANI VA SIVILIZATSIYASI RIVOJIDA MUSULMON SHARQI MUTAFAKKIRLARI FANLAR KLASSIFIKATSIYASINING O’RNI»

Scientific Journal Impact Factor

JAHON ILM FANI VA SIVILIZATSIYASI RIVOJIDA MUSULMON SHARQI MUTAFAKKIRLARI FANLAR KLASSIFIKATSIYASINING O'RNI

Umarov Muhammadjon Lazzatbek o'g'li

Toshkent viloyati O'rta Chirchiq tumani 42-IDUM o'qituvchisi E-mail: [email protected]

Ushbu maqolada Al-Xorazmiy, Abu Rayhon Beruniy, Abu Ali ibn Sino, Axmad al-Farg'oniy va Forobiy kabi Sharqning buyuk allomalari jahon ilm-fani va sivilizatsiyasi rivojiga o 'zlarinimg fanlar klassifikatsiyasi orqali qo 'shgan xissalari arab, fors, nemis va ingliz tillaridagi manbalar asosida tahlil qilindi.

Kalit so'zlar. Klassifikatsiya, "Al-jabr", nilometr, "pnevmatika", "harakatdagi kuch "

В этой статье великие ученые Востока, такие как Аль-Хорезми, Абу Райхан Беруни, Абу Али ибн Сино, Ахмад аль-Фергани и Фароби, внесли свой вклад в развитие мировой науки и цивилизации путем классификации наук на арабском языке, Персидский, немецкий и проанализированы на основе источников на английском языке

Ключевые слова. Классификация, «Аль-Джабр», нилометр, «пневматика», «сила в движении»

In this article, the great scholars of the East, such as Al-Khwarizmi, Abu Rayhan Beruni, Abu Ali Ibn Sino, Ahmad al-Farghani and Farobi, contributed to the development of world science and civilization through their classification of sciences into Arabic, Persian, German and analyzed on the basis of sources in English Keywords. Classification, Al-jabr", nilometr, "Pneumatics", "driving force"

O'rta asrlar davrida Markaziy Osiyo hududida mavjud bo'lgan madaniyat, ilm -fan va ma'naviy ma'rifiy yutuqlar ham qadimiy hususiyatga ega bo'lib, bu hududda ham ilgari surilgan g'oyalar, yaratilgan asarlar va ilgari surilgan ta'limotlar ham jahon fani va madaniyatida o'z o'rni va mavqeiga egadir.

Ayniqsa, o'rta asrlarda Yaqin Sharq, xususan, Markaziy Osiyoda vujudga kelgan ilmu - fan va madaniyat rivoji yaqqol ko'zga tashlanadi. Birinchi Prezidentimiz I.A.Karimov ta'kidlaganlaridek, "...Sharq, xususan, Markaziy Osiyo mintaqasi IX-XII va XIV-XV asrlarda bamisoli po'rtanadek otilib chiqqan ikki

ANNOTATSIYA

АННОТАЦИЯ

ABSTRACT

KIRISH

qudratli ilmiy-madaniy yuksalishning manbai hisoblanib, jahonning boshqa mintaqalaridagi Renessans jarayonlariga ijobiy ta'sir ko'rsatgan Sharq uyg'onish davri - Sharq Renessansi sifatida dunyo ilmiy jamoatchiligi tomonidan haqli ravishda tan olingan" .

Darhaqiqat, bu davrda yuz bergan ma'naviy-madaniy yuksalish natijasida jahon ilmu - fanini yanada rivojlantirgan bir qator mutafakkir olimlar, qomusiy bilim egalari, jumladan, Muhammad ibn Muso Xorazmiy, Ahmad Farg'oniy, Abu Nasr ibn Iroq, Abu Rayhon Beruniy, Abu Ali ibn Sino, Abu Nasr Forobiy singari ko'plab olimlarni tilga olib o'tish mumkin. Buyuk mutafakkirlar orasida o'zining tengsiz yutuqlari va qimmatli g'oyalari bilan ajralib turuvchi Muhammad ibn Muso Xorazmiy ham o'z davri fani va madaniyatiga ulkan hissa qo'shgan.

Birinchi Prezidentimiz ta'kidlaganidek, "Allomaning dunyo ilm-fani rivojidagi xizmatlari umume'tirof etilgan bo'lib, Sharq olimlari orasida faqat uning nomi va asarlari "algoritm" va "algebra" kabi zamonaviy ilmiy atamalarda abadiylashtirildi"

ADABIYOTLAR TAHLILI VA METODLAR

Musulmon Sharqida ilmlar tasnifi mohiyatining ayrim muammolari turli soha olimlari tomonidan o'rganilgan bo'lsa-da, tanlangan mavzu ilmiy-falsafiy jihatdan maxsus tadqiq etilmagan.

Jamiyatimizning hozirgi bosqichida yosh avlodni ma'naviy yetuk, madaniyatli va yuksak ma'rifatli qilib tarbiyalash muammosi olimlar va tadqiqotchilar etiborini jalb qilmoqda. O'zbekiston hamda Rossiya olimlari tomonidan bir necha yirik asarlarni tarjima qilish va chop etish ishlari dastlab, XX asrning o'rtalari va oxirlarida amalga oshirilgan. Bunday olim yoki faylasuflar jumlasiga, Rossiyada S.N.Grigoryan , Ye.A.Frolova , M.T.Stepanyans , Ozarbayjonda A.K.Zakuev larning ilmiy ishlarini kiritish mumkin. Sobiq Ittifoq davrida olib borilgan mazkur tadqiqotlarda jahon, ayniqsa, Sharq va G'arbda shu sohada amalga oshirilgan ishlar to'g'risida, umumiy tarzda bo'lsa-da, ma'lumot berishga harakat qilingan.

O'zbek faylasuflari M.Xayrullaev, N.Boltaev va boshqa bir qator tadqiqotchilar mazkur faylasuflarning qadimgi yunon falsafasidan ilhomlangan holda o'z ta'limotlarini yaratganliklari, falsafa taraqqiyoti tarixiga munosib hissa qo'shganliklarini asosli yoritib berganlar. Sharqshunoslar - A.M.Guashon, A.L.Kaziberdiev, S.Serebryakov, Azkul Karim, Alber Nasriy ushbu faylasuflarning risolalarini tarjima etish va ulardagi atamalarning ma'nolari, har bir tushunchaga alohida sharh berish ustida jiddiy ilmiy ishlar olib borib, ular asarlarining tarjima lug'atini ham tuzganlar. Sharq faylasuflarining asarlari, ularning O'zRFA Abu

Rayhon Beruniy nomidagi Sharqshunoslik institutida saqlanayotgan risolalari

795

ro'yxati, ular to'g'risidagi ma'lumotlar, bularning mazmunini yorituvchi S.Mirzaev, A.Irisov, A.Kaziberdiev tadqiqotlari o'zbek olimlarining Forobiy va Ibn Sino singari mutaffakkirlarning boy ilmiy merosini o'rganish borasida qilingan jiddiy tadqiqotlar qatoridan o'rin oldi.

Markaziy Osiyo mutafakkirlari tabiiy-imliy qarashlarining kashf qilinmagan qirralarini yoritib beruvchi tadqiqotlarni davom ettirish dolzarb masalalardan hisoblanadi. Bunda A.Fayzullaev, R.Nosirov, A.Sharipov, R.M.Bahodirov kabi tajribali faylasuflarining bir qancha maqola va ilmiy ishlaridan samarali foydalanish maqsadga muvofiqdir. Chunki, ular Markaziy Osiyo faylasuflarining ilmiy-falsafiy dunyoqarashlari to'g'risida muhim xulosa va ma'lumotlarni berganlar. Ammo mazkur tadqiqotlarda ham tabiatshunoslik falsafasi hanuzgacha yetarli darjada o'rganilmagan, xususan tabiiy-falsafiy ilmlar uyg'unligi masalasining muhim tomonlari o'z yechimini topmagan.

MUHOKAMA VA NATIJALAR

Xorazmiy algebra faniga asos soldi, ilmiy ma'lumot va traktatlarni bayon etishning aniq qoidalarini ishlab chiqdi, u astronomiya, geografiya va iqlim nazariyasi bo'yicha ko'plab ilmiy asarlar muallifidir. Allomaning dunyo ilm-fani rivojidagi xizmatlari umume'tirof etilgan bo'lib, Sharq olimlari orasida faqat uning nomi va asarlari «algoritm» va «algebra» kabi zamonaviy ilmiy atamalarda abadiylashtirildi.

Hozirgi davr zamonaviy texnologiyalari va umuman insoniyat yaratgan texnosfera algoritm asosida ishlamoqda. Algoritmlar qadimgi Bobil, Yunoniston davlatlarining fani bilan chambarchas bog'liq. Biroq, uni yanada takomillashtirgan holda, "Algoritm algebraik masalalarni yechish usuli sifatida bundan o'n ikki asr oldin Al-Xorazmiy tomonidan qo'llanilgan" .

XII asrda "Al-jabr" kitobi lotin tiliga "Algebra", muallifining ismi esa "Algorizm" deb atalishiga olib keldi .

Algoritm usuli orqali odatda algebraik amallarni ketma - ketlikda bajaralishi bugungi kunga kelib, murakkab qurilmaga ega bo'lgan texnologiyalarni boshqarishni asosini ham tashkil etmoqda. Transformasiyalanish natijasida algoritm matematika, kibernetika va boshqa shu kabi fanlarning o'rganish sohasidan kengroq doiraga ko'tarildi. Natijada jamiyatning deyarli barcha sohalarida algoritm metodi keng miqyosda qo'llanila boshlandi.

Fan va texnikaning rivojlanishi bilan bog'liq holda «algoritm» tushunchasi va uning mazmuni kengaymoqda, rivojlanmoqda, umumiy algoritmni yaratish

muammosi yuzaga kelmoqda. Algoritm nazariyasi asrimizning ulkan yutug'i

796

Scientific Journal Impact Factor

hisoblanadi. Keng ma'noda, algoritm - eng avvalo, masalani yechishning to'g'ri tanlangan usulidir. Algoritmlarni avtomatik qurilmalar (telefonlar, kassa apparatlari)ning ishlash prinsiplari sifatida ham tasavvur etish mumkin. Sayyohlik yo'nalishlari, ma'lumotnomalar, eshik qulflarini ochish qoidalari, dorilarni tayyorlash yo'l-yo'riqlari, pazandalik reseptlari - bularning barchasi algoritmlardir.

Hozirgi kunda dunyodagi barcha mashina, mexanizm va avtomatlar, transport, aviasiya, kosmonavtika va aloqa vositalari algoritm yordamida ishlasa-da, algoritm atamasi Xorazmiy nomidan olinganligini bu sohalarda ishlovchi barcha mutaxassislar ham bilishmaydi. Bu borada chuqur tadqiqotlar olib borgan O.F. Fayzullaevning ijodini alohida qayd etish lozim. U algoritm metodini falsafiy-metodologik jihatdan tahlil qilishga alohida e'tibor qaratgan. Olimning ishlarida algoritm metodining universal xususiyati, uni jamiyatning deyarli barcha sohalarida uchratish mumkinligi qayd etilgani holda, umumilmiy metod darajasiga kotarilayotgani izohlangan.

Hozirgi kunda biz foydalanayotgan o'nlik pozision hisoblash tizimini, nol' belgisi va qutblar koordinatalarini yaratilishi, algebra faniga asos solinishi shuningdek, astronomiya, geografiya va boshqa fanlarda ilgari surilgan ilmiy g'oyalar bugungi kunga qadar o'z ahamiyatini yo'qotgani yo'q.

Xorazmiyning tengsiz g'oyalari uning bir qator asarlarida, jumladan, "Astronomiyaga oid risolalar", "Matematikaga oid risolalar", "Al-Jabr val-Muqobila", "Hind hisobi bo'yicha kitob", "Astronomik zij", "Er surati haqida kitob" kabi ko'plab asarlarida o'z ifodasini topgan.

Xorazmiy o'z davrida qo'lga kiritgan ilmu - fan sohasidagi yutuqlarini yanada chuqurroq o'rganish talab etiladi. Zero, Prezidentimiz ta'kidlaganlaridek, "O'rta asrlar Sharq allomalari va mutafakkirlarining qo'lyozmalari Yevropa va Osiyoning Buyuk Britaniya, Germaniya, Ispaniya, Rossiya, Fransiya, Misr, Hindiston, Eron va boshqa ko'plab mamlakatlaridagi kutubxonalarning "oltin fond"ini tashkil etadi. Bu faktlar nimadan dalolat beradi? Bu, eng avvalo, o'rta asrlarda yashab, ijod etgan buyuk Sharq alloma va mutafakkirlarining tengsiz asarlari va ilmiy merosi faqat bir millat yoki xalqning emas, balki butun insoniyatning ma'naviy mulki ekanini yana bir bor tasdiqlaydi. Bu - bebaho boylik, yangi va yangi avlodlar uchun donishmandlik va bilim manbai, kerak bo'lsa, yangi kashfiyotlar uchun ajoyib materialdir" .

1983 yili YUNESKOning qarori bilan Abu Abdulloh Muhammad ibn Muso al-Xorazmiyning 1200 yillik yubileyi o'tkazildi.

Ilk o'rta asrlarda O'rta Osiyoda yashagan va keyinchalik butun musulmon olamining o'sha davrdagi eng yirik madaniy va ilmiy markazlaridan bo'lmish "Bayt

Scientific Journal Impact Factor

ul - hikma"da ishlagan buyuk olimlardan Shaxamiyiddin Ahmad ibn Kasir al-Farg'oniydir.

Farg'oniy tushuntiradi: «Quyosh va Oyning sharq va g'arbdagi miqdorlari osmonning o'rtasidagi miqdoridan katta ko'rinadi, biz Quyoshni botayotganida, ya'ni jismning boshi ufqqa yaqinlashib oz-ozdan ko'rinmay qolayotganida ko'ra olamiz. U ufqni jismning oxirgi qismi botguncha kesib o'tadi. Oy ham shunday: ufqning sharqi va g'arbida meridiandagidan kattaroq ko'rinadi. Chunki unda Oy meridiandagidan bizga yaqinroq ko'rinadi. Lekin dengiz sathi doimo matematik ufqdan baland turadi, shuning uchun bizning ko'zimiz turgan sath bilan matematik ufq orasida farq bor. Ularni sovuq kunlari yoki yomg'ir tufayli, bahor havosida, namlik katta bo'lganda, qish kunlarida kattaroq ko'ramiz. Shunday kunlarda Quyosh va Oy chiqish va botish oldidan juda katta bo'lib ko'rinadi. Xuddi shu singari odam toza suvning qa'rida biror narsani ko'rsa, u narsaning haqiqiy shaklidan katta ko'radi. Sof suvdagi narsalar chuqurroqda ko'rinadi. Yoritgichlarning ufq yaqinida katta bo'lib ko'rinishining sababi ham xuddi shunday».

Farg'oniy izohlagan bu hodisa ilmi keyinchalik geometrik optika, undan keyin fizik optika va hozir optalmologiya fanlarining tarixiy zamini bo'lib qoldi.

Ahmad Farg'oniy tomonidan IX asrda yaratilgan "Astronomiya asoslari" fundamental asarida olamning tuzilishi, Yerning o'lchovi haqidagi dastlabki ma'lumotlar, sayyoramizning sharsimon ko'rinishga ega ekani xususidagi dalillar mavjud bo'lib, mazkur kitob XVIII asrga qadar Yevropa universitetlarida astronomiya bo'yicha asosiy darslik sifatida o'qitib kelingan hamda Buyuk geografik kashfiyotlar davrida Kolumb, Magellan va boshqa sayohatchilarning kashfiyotlari uchun ilmiy asos bo'lib xizmat qilgan. Ahmad Farg'oniyning amaliy yutuqlaridan biri uning o'rta asrlardagi asosiy astronomik asbob - usturlob nazariyasini ishlab chiqqani va shuningdek, Nil daryosida "nilomer" degan, ko'p asrlar davomida suv sathini o'lchaydigan asosiy vosita sifatida xizmat qilib kelgan mashhur inshootni yaratgani bo'ldi .

Jahon fani ravnaqiga benazir hissa qo'shgan Uyg'onish davri daholari orasida buyuk yurtdoshimiz Abu Nasr Forobiy (873-950) siymosi yorug' yulduzdek fan osmonida charaqlab turadi. O'zining qomusiy bilimlari, ayniqsa, falsafa sohasidagi ulkan xizmatlari bilan u «Al-Muallim as-soniy» - «Ikkinchi muallim» (Aristoteldan keyin), «Sharq Arastusi» nomi bilan mashhurdir.

Ulug' qomusiy alloma Abu Rayhon Beruniyning ilmiy dahosi bilan yaratilgan mislsiz kashfiyotlarga to'liq baho berishning o'zi qiyin. Beruniyning 150 dan ziyod ilmiy ishlaridan bizgacha faqat 31 tasi yetib kelganiga qaramasdan, alloma

Scientific Journal Impact Factor

qo'lyozmalarining qo'limizdagi ana shu to'liq bo'lmagan namunalari ham uning naqadar serqirra meros qoldirganidan dalolat beradi .

Beruniy dunyo ilm-fanida birinchilardan bo'lib dengizlar nazariyasi va Yerning sharsimon globusini yaratish yuzasidan o'ziga xos yangi g'oyalarni taklif etdi, Yer radiusini hisoblab chiqdi, vakuum, ya'ni bo'shliq holatini izohlab berdi, Kolumb sayohatidan 500 yil oldin Tinch va Atlantika okeanlari ortida qit'a mavjudligi haqidagi qarashni ilgari surdi, minerallar tasnifi va ularning paydo bo'lish nazariyasini ishlab chiqdi, geodeziya faniga asos soldi. Shuning uchun ham XI asr butun dunyodagi tabiiy fanlar tarixchilari tomonidan "Beruniy asri" deb atalishi bejiz emas.

Uning qalamiga mansub yuzlab noyob asarlar ichida bizning dav-rimizgacha saqlanib, o'z bebaho ahamiyatini yo'qotmay, bugungi avlod kishilari uchun o'rganish manbayi bo'lib kelayotganlari ham talaygina. Bular jumlasiga «Qadimgi xalqlardan qolgan yodgorliklar», «Xorazmning mashhur kishilari», «Hindiston», «Mas'ud qonuni», «Mineralogiya», «Saydona», «Astrologiyaga kirish», «Astronomiya kaliti», «Jonni davoiovchi quyosh kitobi», «Foydali savollar va to'g'ri javoblar», «Ibn Sino bilan yozishmalar» singari tarixiy kitoblarni kiritish mumkin. Beruniy asarlari ko'p asrlardan buyon Sharq-u G'arbda keng tarqaigan bo'lib, ular yuksak qadr topgan. Alloma merosi uning bugungi mustaqil yurtida, minnatdor avlodlari nigohida, doimiy e'tibori va e'zozidadir.

"Islom olamining eng mashhur faylasufi va qomusiy allomasi hamda insoniyatning eng buyuk mutafakkirlaridan biri" degan unvonga sazovor bo'lgan Abu Ali ibn Sinoning hayoti va faoliyati avlodlarda alohida g'urur va ehtirom tuyg'ularini uyg'otadi. Ilmiy tadqiqot ishlarini 16 yoshida boshlagan bu ulug' zot o'z umri davomida 450 dan ortiq asar yaratdi. Ularning aksariyati avvalo tibbiyot va falsafa, shuningdek, mantiq, kimyo, fizika, astronomiya, matematika, musiqa, adabiyot va tilshunoslik sohalariga bag'ishlangan. Leonardo da Vinchi, Mikelanjelo, Frensis Bekon va boshqa ko'plab olimlar avlodi uning asarlarini o'qib, hayratga tushganlar.

Biz doim g'urur va iftixor bilan e'tirof etamizki, tibbiyot tarixida eng mashhur bo'lgan, "Tib qonunlari" deb atalgan o'zining bebaho fundamental asari bilan Ibn Sino keyingi bir necha yuz yillar uchun tibbiyot fanlari taraqqiyotining asosiy yo'nalishlarini oldindan belgilab berdi, hozirgi kunda ham o'z dolzarbligini yo'qotmagan amaliy tibbiyot va farmakologiya sohalarining eng muhim usullariga asos soldi. Bejiz emaski, bu kitob Yevropada XV asrda chop etilgan dastlabki kitoblardan biri bo'lgan va Yevropaning yetakchi universitetlarida qariyb 500-yil davomida tibbiyot ilmi ayni shu asar asosida o'qitib kelingan.

Scientific Journal Impact Factor

Ibn Sino va Beruniyning bizgacha yetib kelgan Aristotelning "Koinot haqida kitob" asariga taalluqli yozishmalari buyuk allomalarimizning ilmiy muloqot olib borish, antik davr falsafiy qarashlarini chuqur anglash va ularni rivojlantirish borasida naqadar yuksak darajaga ko'tarilganining mumtoz namunasidir.

X-XI asrlarda Xorazm zaminida ijod qilgan Beruniy, Ibn Sino va boshqa buyuk alloma va mutafakkirlarimizning xizmatlari ularning ilmiy ishlari va asarlari doirasi bilangina chegaralanib qolmaydi, balki insoniyatning intellektual tarixida chuqur iz qoldirgan ilmiy maktab - Xorazm Ma'mun akademiyasini shakllantirishdek muhim masalani ham qamrab oladi.

X asrning qomusiy allomasi Abu Nasr Forobiyni zamondoshlari, universal bilimlarga ega bo'lgani bois, "Sharq Aristoteli" deb ataganlar. U ko'plab fanlarni ilmiy kashfiyotlar bilan boyitdi, turli mamlakatlar olimlarining falsafiy qarashlarini rivojlantirdi va 160 dan ortiq asar yozdi. Ulardan eng mashhurlari "Mohiyat xususida so'z", "Fanlarning paydo bo'lishi haqida kitob", "Tafakkur mohiyati" va boshqa asarlar hisoblanadi. Forobiy asarlarining asosiy qismi ko'plab Yevropa va sharq tillariga tarjima qilingan va hozirgi kunga qadar chuqur tadqiqotlar mavzusi bo'lib kelmoqda .

Forobiyning Aristotel (Arastu) asarlarini, xususan, «Metafizika», «Etika», «Ritorika», «Sofistika» singari shoh asarlarini chuqur ilraiy sharhlash, mazmun-mundarijasini teran yoritib berishdagi xizmatlari benazirdir.

Forobiyning «Ilmlarning kelib chiqishi va tasnifi», «Falsafaga izohlar», «Fozil odamlar shahri» singari asarlari alloma qiziqish doirasi va ma'naviy olamining nechog'lik kengligi, teranligidan darak beradi.

VIII-IX asrlarda Bag'dod va xalifalik hududidagi boshqa ilmiy markazlarda matematikaga oid asarlar bilan bir qatorda Arastu, Arximed, Geron asarlari, Ptolemeyning "Almagest" i tarjima qilinib, ularga sharhlar yozildi. Masalan, Arximedning tarjimoni IX asr yirik matematik va astronomi Sobit ibn Qurra edi. Uning tarjimalarida Arximedning ba'zi asarlari bizgacha yetib kelgan. Tadqiqotimizda ma'lum bo'lishicha, Kusta ibn Lukaning arabcha tarjimasida Geronning "Mexanika"si saqlanib qolgan, Filonning faqatgina arabcha tarjimadagi "Pnevmatika"si mashhur bo'lgan. O'rta asrlar Sharqining fizika-matematika bilimlari taraqqiyoti, ayniqsa uning dastlabki bosqichida, qadimgi davr ilmlari rivojining asosiy yo'nalishlari mohiyatida edi. Islom falsafasida fanlar tasnifining metodologik va ijtimoiy asoslariga doir yangicha yondashuvlarni islomning ba'zi madaniy hududlarida muntazam, texnika taraqqiyoti darajasining taxminan bir xil xarakteri bilan belgilashimiz to'g'ri bo'ladi. Fizikaning umumfalsafiy masalalariga (birinchi

Scientific Journal Impact Factor

galda harakatning mohiyati muammosiga) bag'ishlangan ishlaming butun boshli majmuasini Arastu asarlarini tarjima qilinishi va sharhlanishi bilan ham izohlasak bo'ladi.

Ko'p sharqshunos olimlarning ta'kidlashicha, islomning ilm olamidagi bunday yondashuvi va sharhlashi keyinchalik o'rta asr Yevropasidagi impetus nazariyasiga asos bo'lgan. Bu nazariyaning ibtidosi (jismga ma'lum, harakatning manbaiga dahlsiz "harakatdagi kuch" haqidagi tasavvur ko'rinishida) VI asrda aleksandriyalik olim Ioann Filiponda ham bor edi. "Harakatdagi kuch" nazariyasining ta'siri o'rta asr islom olimlari (Ibn Sino, al-Bag'dodiy, al-Bitruji va boshqalar) ning fizikaning turli bo'limlariga, jumladan mexanikaga bag'ishlangan ko'psonli asarlarida ham qayd etilganini ko'rishimiz mumkin. Xorijlik sharqshunos olimlar Arastuni sharhlovchilari jumlasiga Beruniy va Ibn Sino kabi yirik olimlarni, eng so'nggi sharhlovchilardan ispan-arab olimi Ibn Rushdni o'z asarlarida tilga oladilar.

Fizikaning umumfalsafiy masalalariga (birinchi galda harakatning mohiyati muammosiga) bag'ishlangan ishlarning butun boshli sikli Aristotelni tarjima qilish va sharhlashdan boshlanadi. Bu muammolarga bu yoki u darajada fizika(mexanika)ning xususiy masalalariga bag'ishlangan risolalarda ham tegib o'tilgan.

Bu sharhlash katta darajada, keyinchalik o'rta asr Yevropasidagi impetus nazariyasiga asos bo'lib paydo bo'lgandi. Bu nazariyaning ibtidosi (jismga ma'lum, harakatning manbaiga dahlsiz "harakatdagi kuch" haqida tasavvur ko'rinishida) VI asrda aleksandriyalik olim Ioann Filiponda ham bor edi. "Harakatdagi kuch" nazariyasining ta'siri O'rta asr Sharqi olimlari (Ibn Sino, al-Bag'dodiy, al-Bitruji va boshqalar)ning fizikaning turli bo'limlariga, jumladan mexanikaga bag'ishlangan ko'psonli asarlarida gapirilgan. Aristotelni sharhlovchilari jumlasiga Beruniy va Ibn Sino kabi yirik olimlar, eng so'nggi sharhlovchilardan Ibn Sino an'analarini davom ettirgan ispan-arab olimi Ibn Rushd mashhurdir.

Biz o'rta asr fizika bilimlari haqida gapirsak, ko'pincha olimlarning G'arbda Piriney yarim orolidan, sharqda Shimoliy Hindistongacha cho'zilgan ulkan ma'daniy mintaqaning ilmiy tilida - arab tilida yozilgan asarlarini nazarda tutamiz. G.Zuter tomonidan tuzilgan va G.P. Matveevskaya tomonidan to'ldirilgan ro'yxatga kirgan ko'pchilik olimlarni asosan o'z vatanlari hududida ijod qilgan (Ibn Sino, Beruniy, Umar Hayyom, al-Xaziniy, at-Tusiy, al-Koshiy, Ulug'bek va boshqalar) xurosonlik va movarounnahrliklar tashkil qilgan.

Shuni alohida ta'kidlash joizki, ayni xurosonliklar va movarounnahrliklarning qarashlari hamda erishgan yutuqlari (al- Xorazmiy, Forobiy, Yaxyo ibn Mansur, Said

ibn Ali, Yuhanna ibn Yusuf va b.) Bag'dod maktabining (IX-X asr) ilmiy o'zagini tashkil qilgan. Bu maktab faoliyati bir necha asrlarga o'rta asrlar Yaqin va O'rta Sharqdagi fizika-matematika ilmlari majmui taraqqiyotining asosiy yo'nalishlarini belgilagan edi.

XULOSA VA TAKLIFLAR

Yurtimizdan yetishib chiqqan Xorazmiy, Farg'oniy, Farobiy, ibn Sino, Beruniy va boshqa buyuk alloma, qomusiy olimlarning ilmiy merosi haqli ravishda umumbashariy mulkka aylangan. Mustaqillik yillariga kelib ushbu buyuk zotlar faoliyati va ilmiy merosi har tomonlama chuqur o'rganilishi boshlanganligini o'zi bir katta yutuqdir.

Bugun, oradan deyarli ming yil o'tganidan keyin ham biz o'rta asrlarda yashab ijod qilgan, jahon sivilizatsiyasi rivojiga bebaho hissa qo'shgan Sharq allomalari va mutafakkirlarining dahosi, ilm-fanning turli yo'nalishlaridagi izlanishlari va qomusiy bilimlari oldida hayratga tushamiz. Afsuski, insoniyat boshidan kechirgan har xil fojialar, urushlar, tabiiy ofatlar natijasida ular qoldirgan buyuk merosning, aytish mumkinki, mingdan bir qismigina bizgacha yetib kelgan, xolos. Tarixning zulmat va jaholat hukmronlik qilgan muayyan davrlarida olimlarning quvg'in va ta'qibga uchrab, ko'pchiligining hayoti fojiali yakun topganini hozirgi kunda tasavvur qilishning o'zi qiyin.

Biroq, barcha qiyinchilik va ayovsiz sinovlarga qaramasdan, alloma va mutafakkirlar o'zlarining ilmu fan rivoji yo'lidagi burchiga, gumanizm va ma'rifat g'oyalariga sodiq qoldilar.

Bu ulug' zotlarning ilm-fan sohasiga baxshida etgan hayoti, ular erishgan va bugungi kunda butun ma'rifatli insoniyatni hayratga solib kelayotgan yutuqlari - bu, hech shubhasiz, haqiqiy ma'naviy jasorat namunasi, deb aytishga barcha asoslarimiz bor va biz bunday jasorat oldida bosh egib ta'zim qilamiz.

REFERENCES

1. Ислом Каримовнинг "Урта асрлар Шарк алломалари ва мутафаккирларининг тарихий мероси, унинг замонавий цивилизация ривожидаги роли ва ахдмияти" мавзусидаги халкаро конференциянинг очилиш маросимидаги нутки. 2014- йил 15-май.

2. Григорян. С. Н. Из истории философии Средней Азии и Ирана VII-XII вв. - М.: изд-во АН СССР, 1960. - С. 330.

3. Фролова. Е. А. Проблема веры и знания в арабской философии. - М.: Наука, 1983. - С. 169.

Scientific Journal Impact Factor

4. Степанянц М. Т. Философские аспекты суфизма. Инст. философи. - М.: Наука, 1987. - С. 190.

5. Закуев А. К. Философия «Братьев чистоты». - Баку: изд-во АН АзССР, 1961. - С. 122.

6. Файзуллаев А. Ф. Возникновение и развитие понятия «алгоритм» // Классическая наука Средней Азии и современная мировая цивилизация / Под ред. П. К. Хабибуллаева и А. Ф. Файзуллаева. — Ташкент: Фан, 2000. — С. 56—60.

7. Кобулов В. К. Ал-Хорезми, алгоритм и алгоритмизация / В.К. Кобулов, А.Ф. Файзуллаев, Ш.А. Назиров. — Ташкент: Фан, 2006. — Б. 46

8. Mamasaliev, M. M. (2020). MAIN DIRECTIONS OF THE INFLUENCE OF MODERN CIVILIZATION ON THE SPIRITUAL IMAGE OF THE INDIVIDUAL. Вестник науки, 3(11), 5-8.

9. Allanazarov, M. K., & Mamasaliev, M. M. (2020). ANALYSIS OF COMPREHENSION METHODS IN THE GNOSEOLOGY OF ALLAME TABATABAI. In ИННОВАЦИОННОЕ РАЗВИТИЕ: ПОТЕНЦИАЛ НАУКИ И СОВРЕМЕННОГО ОБРАЗОВАНИЯ (pp. 106-109).

10. Mamasaliev, M. M. (2020). INCREASING THE EDUCATIONAL OPPORTUNITIES OF SOCIAL INSTITUTIONS IN THE PROCESS OF INNOVATIVE DEVELOPMENT. In ИННОВАЦИОННОЕ РАЗВИТИЕ: ПОТЕНЦИАЛ НАУКИ И СОВРЕМЕННОГО ОБРАЗОВАНИЯ (pp. 204-206).

11. Сулаймонов, Ж.Б. Взгляды Абдуррахмана ибн Халдуна о развития общества и цивилизации// Международный научно-практический журнал "Экономика и социум". 12 (79)2020 г. //https://iupr.ru//a78cf8ac-3ef5-4670-8fcd-a900ec94fdfb.

12. Saidov, S. A. O. G. L. (2021). IBN AL-MUQAFFANING HAYOTI VA ILMIY FAOLIYATI. Oriental renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences, 1(7), 8-14.

13. O'G'Li, J. S. S. (2021). ABU ALI IBN SINONING FALSAFIY QARASHLARIDA AXLOQ MASALASI VA UNING BUGUNGI KUNDAGI AHAMIYATI. Oriental renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences, 1(3), 11-14.

14. Saidov, S. (2021). IBN AL-MUQAFFANING ISLOM TARJIMA SAN'ATIGA QO 'SHGAN HISSASI. Oriental renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences, 1(1).

Scientific Journal Impact Factor

15. Qodirov, T. U. U., Yusufxonov, Z. Y. O. G. L., & Sharapova, S. R. Q. (2021). O 'ZBEKISTONDA TRANSPORT-LOGISTIKA KLASTERLARI FAOLIYATINI TAKOMILLASHTIRISH. Oriental renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences, 1(6), 305-312.

16. Кодиров, Т. У., Юсуфхонов, З. Ю. У., & Ахмедов, Д. Т. У. (2021). АНАЛИЗ ФАКТОРОВ, ВЛИЯЮЩИХ НА РЕЙТИНГ ИНДЕКСА ЭФФЕКТИВНОСТИ ЛОГИСТИКИ РЕСПУБЛИКИ УЗБЕКИСТАН. Oriental renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences, 1(6), 245-252.

17. Suter N. Diomatematik und astronomer, der Araber und inre wark, Fbhediurgen dir gehichte der Mathem, issensehatten. Mol. 45. hebtx. Leipziq, 1890.

18. Матвиевская Г.П., Розенфелд Б.А. Математики и астрономы мусульманского средневековья и их труды (ХШ-ХУПвв.) В 3 т. — М.: 1983. -

С. 479.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.