Научная статья на тему 'TEXNOLOGIYA FANINI O‘QITISHDA ELEKTRON PLATFORMADAN FOYDALANISH TEXNOLOGIYALARI'

TEXNOLOGIYA FANINI O‘QITISHDA ELEKTRON PLATFORMADAN FOYDALANISH TEXNOLOGIYALARI Текст научной статьи по специальности «СМИ (медиа) и массовые коммуникации»

CC BY
276
159
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
innovatsion texnologiya / elektron platforma / axborot texnologiyalari / texnik ijodkorlik / novatsiya / pedagogic jarayon.

Аннотация научной статьи по СМИ (медиа) и массовым коммуникациям, автор научной работы — Nasrullayeva Fatima Azatovna

Maqolada texnologiya fanini o‘qitishda foydalaniladigan, o‘quvchilarning texnik ijodkorligini rivojlantirishga qaratilgan hamda elektron platformadan foydalanish texnologiyalari mazmuni yoritilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «TEXNOLOGIYA FANINI O‘QITISHDA ELEKTRON PLATFORMADAN FOYDALANISH TEXNOLOGIYALARI»

"RAQOBATBARDOSH KADRLAR TAYYORLASHDA FAN - TA'LIM - ISHLAB

CHIQARISH INTEGRATSIYASINI TAKOMILLASHTIRISH ISTIQBOLLARI" MAVZUSIDAGI XALQARO ILMIY-AMALIY KONFERENSIYA 2023-yil 22- noyabr

TEXNOLOGIYA FANINI O'QITISHDA ELEKTRON PLATFORMADAN FOYDALANISH TEXNOLOGIYALARI Nasrullayeva Fatima Azatovna

Nizomiy nomidagi Toshkent Davlat Pedagogika Universiteti "Professional ta'lim metodikasi"

kafedrasi o'qituvchisi https://doi.org/10.5281/zenodo.10159214

Annotatsiya. Maqolada texnologiya fanini o'qitishda foydalaniladigan, o'quvchilarning texnik ijodkorligini rivojlantirishga qaratilgan hamda elektron platformadan foydalanish texnologiyalari mazmuni yoritilgan.

Kalit so'zlar: innovatsion texnologiya, elektron platforma, axborot texnologiyalari, texnik ijodkorlik, novatsiya, pedagogic jarayon.

Аннотация. В статье рассмотрено содержание технологий, используемых при обучении технике, направленной на развитие технического творчества учащихся и использованию электронной платформы.

Ключевые слова: инновационные технологии, электронная площадка, информационные технологии, техническое творчество, инновация, педагогический процесс.

Abstract. The article covers the content of technologies used in the teaching of technology, aimed at developing the technical creativity of students and using the electronic platform.

Keywords: innovative technology, electronic platform, information technology, technical creativity, innovation, pedagogical process.

Kirish

O'quvchilarning texnik ijodkorligini shakllantirish bugungi kunda rivojlanayotgan kelajak kasblarini egallashlarida katta yordam beradi. Kelajak kasblari haqida so'z ketsa, kompyuterlashtirish va raqamlashtirish barcha sohalarga kirib borishi bilan har bir muassasada, tashkilotlarda dasturchi va dastur tuzuvchilarga ehtiyoj paydo bo'lishi tabiiy. Yurtimizda ham axborot texnologiyalari bozorining jadal rivojlanishi axborot texnologiyalari mutaxassislariga ehtiyoj tobora oshmoqda.

Bu sohaga qiziqish yuqoriligining sababi, olingan bilimlarni dunyoning istalgan nuqtasida qo'llash mumkin. Axborot texnologiyalarining jozibadorligi shundaki, u aqliy salohiyatingizni muntazam charxlaydi. Bu soha vakillari tabiatan ijodkor bo'ladi. Hayoliga kelayotgan g'oyalarni kompyuter yoki dasturlash tillarida taqdim etadi. U qaysidir ma'noda insonga erkinlik beradi, dunyoqarashini kengaytiradi. Axborot texnologiyalarini chuqur o'rganish moliyaviy imkoniyatlarni kengayishiga sabab bo'ladi. Bitta kompyuter va aqliy qobliyat yordamida odamlarga yordam beradigan, foydasi tegadigan mahsulotlar ishlab chiqarish mumkin. Masalan, tibbiyot sohasini olsak, robotlar kelgusida operatsiyalarni yuqori aniqlik va tezlikda bajarishi mumkin. Shuningdek ta'lim va boshqa ko'pgina sohalarda ham sezilarli o'zgarishlarga sabab bo'ladi. Kelgusida dasturlash tili eng ommabop tillardan biriga aylanadi.

Asosiy qism

Zamonaviy axborot texnologiyalarining ta'lim tizimiga kirib kelishi innovasion ta'lim texnologiyalarining rivojlanishiga sabab bo'ldi.

"RAQOBATBARDOSH KADRLAR TAYYORLASHDA FAN - TA'LIM - ISHLAB

CHIQARISH INTEGRATSIYASINI TAKOMILLASHTIRISH ISTIQBOLLARI" MAVZUSIDAGI XALQARO ILMIY-AMALIY KONFERENSIYA 2023-yil 22- noyabr

"Innovasion ta'lim texnologiyalari" tushunchasining mazmuni. Lug'aviy jihatdan "innovatsiya" tushunchasi ingliz tilidan tarjima qilinganda "innovation" "yangilik kiritish" degan ma'noni anglatadi. Innovatsiyalarning asosiy ko'rinishlari quyidagilar sanaladi:

> yangi g'oyalar;

> tizim yoki faoliyat yo'nalishini o'zgatirishga qaratilgan aniq maqsadlar;

> noan'anaviy yondashuvlar;

> odatiy bo'lmagan tashabbuslar;

> ilg'or ish uslublari.

Ta'lim innovatsiyalari - ta'lim sohasi yoki o'quv jarayonida mavjud muammoni yangicha yondashuv asosida yechish maqsadida qo'llanilib, avvalgidan ancha samarali natijani kafolatlay oladigan shakl, metod va texnologiyalar.

Ta'lim innovatsiyalari "Innovasion ta'lim" deb ham nomlanadi. "Innovasion ta'lim" tushunchasi birinchi bor 1979 - yilda "Rim klubi"da qo'llanilgan.

Ta'lim innovatsiyalari bir necha turga ajratiladi. Ular:

- Faoliyat yo'nalishiga ko'ra:

- Pedagogik jarayonda yoki ta'lim tizimini boshqarishda qo'llaniladigan innovatsiyalar.

Kiritilgan o'zgarishlarning tavsifiga ko'ra: radikal, modifikatsiyalangan hamda kombinatsiyalangan innovatsiyalar.

O'zgarishlarning ko'lamiga ko'ra: tarmoq (lokal), modul va tizim innovatsiyalari.

Kelib chiqish manbaiga ko'ra:

Jamoa tomonidan bevosita yaratilgan yoki o'zlashtirilgan innovatsiyalar.

Ta'lim tizimida yoki o'quv faoliyatida innovatsiyalarni qo'llashda sarflangan mablag' va kuchdan imkon qadar eng yuqori natijani olish maqsadi ko'zlanadi. Innovatsiyalarning har qanday yangilikdan farqi shundaki, u boshqarish va nazorat qilishga imkon beradigan o'zgaruvchan mexanizmga ega bo'lishi zarur.

Barcha sohalarda bo'lgani kabi ta'limda ham "novatsiya", "innovatsiya" mohiyatini ifodalovchi faoliyat to'g'risida so'z yuritiladi.

Agar faoliyat qisqa muddatli, yaxlit tizim xususiyatiga ega bo'lib, faqatgina tizimdagi ayrim elementlarni o'zgartirishga xizmat qilsa u novatsiya (yangilanish) deb yuritiladi. Bordi-yu, faoliyat ma'lum konseptual yondashuv asosida amalga oshirilib, uning natijasi muayyan tizimning rivojlanishiga yoki uni tubdan o'zgartirishga xizmat qilsa, u holda u innovatsiya (yangilik kiritish) deb ataladi.

Asosiy farqlar:

Novasiya

- amaldagi nazariya doirasida qo'llaniladi;

- ko'lam va vaqt bo'yicha chegaralanadi;

- metodlar yangilanadi;

- natijada avvalgi tizim takomillashtiriladi

Innovasiya

1. tizimli, yaxlit va davomli bo'ladi;

2. ma'lum amaliyotda yangi faoliyat tizimini loyihalaydi;

3. sub'yektlarning faoliyati to'la yangilanadi;

4. yangi texnologiyalar yaratiladi;

"RAQOBATBARDOSH KADRLAR TAYYORLASHDA FAN - TA'LIM - ISHLAB

CHIQARISH INTEGRATSIYASINI TAKOMILLASHTIRISH ISTIQBOLLARI" MAVZUSIDAGI XALQARO ILMIY-AMALIY KONFERENSIYA 2023-yil 22- noyabr

5. faoliyatda yangi sifat natijalariga erishiladi;

6. amaliyotning o'zi ham yangilanadi

Ta'lim innovasiyalari quyidagi o'zgarishlarga olib keladi (I.P.Podlasiy):

- pedagogik tizimning tamomila o'zgarishi;

- o'quv jarayonining o'zgarishi;

- pedagogik nazariyaning o'zgarishi;

- o'qituvchi faoliyatining o'zgarishi;

- o'quvchi (talaba) faoliyatining yangilanishi;

- pedagogik texnologiyaning o'zgarishi;

- ta'lim mazmunining yangilanishi;

- o'qitish shakl, metod va vositalarining o'zgarishi;

- ta'lim tizimi boshqaruvning o'zgarishi;

- ta'lim maqsadi va natijalarning o'zgarishi.

Pedagogning innovasion faoliyati. Innovasion faoliyat - yangi

ijtimoiy talablarning an'anaviy me'yorlarga mos kelmasligi yoki yangi shakllanayotgan g'oyalarning mavjud g'oyalarni inkor etishi natijasida vujudga keladigan majmuali muammolarni yechishga qaratilgan faoliyat.

Innovatsion faoliyat ilmiy izlanishlar, ishlanmalar yaratish, tajriba-sinov ishlari olib borish, fan-texnika yutuqlaridan foydalanish asosida yangi texnologik jarayon yoki yangi takomillashtirilgan mahsulot yaratishdan iborat.

1) Pedagogning innovatsion faoliyati:

2) yangilikni qo'llashga tayyorgarligi;

3) pedagogik yangiliklarni qabul qilishi;

4) novatorlik darajasi;

5) kommunikativ qobiliyatning rivojlanganligi;

6) ijodkorligi bilan belgilanadi.

Innovatsion faoliyat pedagogning ruhiy, aqliy, jismoniy kuchini ma'lum maqsadga yo'naltirish asosida nazariy bilim, amaliy ko'nikma va malakalarni egallash, amaliy faoliyatni nazariy bilimlar bilan to'ldirib borish, bilish, loyihalash, kommunikativ nutq va tashkilotchilik mahoratini rivojlantirishni talab etadi.

Ta'lim innovasiyalarini pedagogik jarayonga tatbiq etish bir necha bosqichlarda kechadi. Ular quyidagilardir:

1. Muammoni tahlil asosida aniqlash.

2. Mo'ljallanayotgan ta'lim tizimini loyihalash.

3. O'zgarishlar va yangiliklarni rejalashtirish.

4. O'zgarishlarni amalga oshirish.

Bugungi kunda pedagoglarning innovasion faoliyat ko'nikma, malakalariga ega bo'lishlari muhim ahamiyatga ega. Pedagoglar tomonidan innovasion faoliyat ko'nikma, malakalarini o'zlashtira olishlarida ularning innovasion yondashuvga ega bo'lishlari talab etiladi. O'z mohiyatiga ko'ra pedagoglar tomonidan innovasion faoliyat ko'nikma, malakalarining o'zlashtirilishi ularda innovasion yondashuvni qaror topishi asosida kechadi.

Zamonaviy sharoitda nafaqat ta'lim jarayonini tashkil etishda, shu bilan birga o'quvchilarning o'quv faoliyatlarini nazorat qilishda ham innovasion xarakterga ega vositalardan

"RAQOBATBARDOSH KADRLAR TAYYORLASHDA FAN - TA'LIM - ISHLAB

CHIQARISH INTEGRATSIYASINI TAKOMILLASHTIRISH ISTIQBOLLARI" MAVZUSIDAGI XALQARO ILMIY-AMALIY KONFERENSIYA 2023-yil 22- noyabr

foydalanilmoqda. Ayni o'rinda texnologiya fanidan yaratilgan ana shunday vositalardan biri bo'lgan "Elektron platforma" to'g'risida to'xtalib o'tamiz.

So'nggi yillarda zamonaviy ta'limda pedagogning kasbiy, o'quvchining esa o'quv faoliyatini mazmunan takomillashtirish, shuningdek, har ikki faoliyat turining sifatini ma'lum ko'rsatkichlar asosida yetarlicha, xolis baholashga nisbatan ehtiyoj kuchaymoqda. "Elektron platforma" pedagog hamda o'quvchilarning faoliyatida sifatli va samarali ta'limni tashkil qilishning yeng maqbul usulidir.

Bu platforma quyidagi imkoniyatlarga egaligiga ko'ra amaliy ahamiyat kasb etadi:

- ko'p funksiyalilik;

- individual muvafaqqiyatlar monitoringini amalga oshirish;

- imtihonni tashkil etish;

- texnik ijodkorligini oshirish;

- ta'limiy muvafaqqiyatlar hamda qo'shimcha natijalarni aniq ko'ra olish;

- mustaqil baholash;

- chegaralnmagan vaqt va imkoniyat;

- qayta-qayta sinab ko'rish;

- o'quvchining mavjud imkoniyat va qobiliyatlaridan to'la foydalanish;

Tuzilishiga ko'ra o'quv elektron platformasining bo'limlari quyidagicha bo'ladi:

1. Hujjatlar qismi. Bunda o'qituvchi uchun texnologiya fanini o'qitishda zarur bo'ladigan me'yoriy (darslik, metodik qo'llanma, qo'shimcha adabiyotlar) hujjatlar jamlanadi.

2. Ishchi qism. Bunda robototexnika bo'limiga doir taqvim mavzuda mavjud barcha dars mavzulariga mos dars ishlanmalar, test topshiriqlari, tarqatma materiallar jamlanadi.

3. Tadqiqotlar qismi. Bunda amaliy mashg'ulot uchun foydalaniladigan videoqo'llanmalar va taqdimotlar jamlanadi

4. Xulosalar qismi. Bunda amaliy mashg'ulot, nazorat ish topshiriqlari, eng yaxshi ijodiy ishlar, chizmalar, texnologik xaritalar o'rin oladi.

Elektron platformadan foydalanish

O'qituvchilar va o'quvchilar qanday sharoitlarda elektron platformadan foydalanishlari

kerak?

iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.

O'qituvchi va o'quvchilar elektron platformadan quyidagicha foydalanadilar:

1-bosqich: Elektron platformaning tuzilishini tushuntirish bosqichi

O'qituvchi va o'quvchilarga elektron platformaning tuzilishi, afzalliklari, uni yaratishdan ko'zlangan maqsad haqida ma'lumot beriladi. Ular eleiktron platformaning tuzilishiga oid ma'lumotlar bilan tanishadilar.

2-bosqich: Elektron platformadan ro'yhatdan o'tish bosqichi

Elektron platformadan foydalanish uchun ro'yhatdan o'tadilar. Elektron platformadan o'tish uchun texnologiya fani o'qituvchilari platformaning maxsus sisilka kodidan foydalanadilar.

3-bosqich: Elektron platformadan foydalanish bosqichi.

Elektron platformada umumiy o'rta ta'lim maktablari texnologiya fani o'qituvchilari hamda 5-6-7-sing o'quvchilari uchun robototexnika asoslari bo'limini mustaqil o'zlashtirishlari uchun barcha nazariy hamda amaliy ma'lumotlar batafsil berilgan.

Elektron platforma quyidagicha tuzilishga ega:

O'quv materiallari bo'limi

1. Darsliklar bo'limi

"RAQOBATBARDOSH KADRLAR TAYYORLASHDA FAN - TA'LIM - ISHLAB

CHIQARISH INTEGRATSIYASINI TAKOMILLASHTIRISH ISTIQBOLLARI " MAVZUSIDAGI XALQARO ILMIY-AMALIY KONFERENSIYA 2023-yil 22- noyabr

2. Yillik ish rejalar bo'limi

Didaktik materiallar bo'limi

1. Metodik qo'llanmalar bo'limi

2. Didaktik o'yinlar bo'limi

3. Dars ishlanmalar bo'limi

Multimedia materiallari bo'limida

1. Videodarslar bo'limi

2. Taqdimotlar bo'limi

Darsliklar bo'limida 1-9-sinf texnologiya fani darsliklarining yelectron nusxasidan foydalanish, yuklab olish, onlayn tarzda o'qish imkoniyatiga yega bo'ladilar. Bu esa o'qituvchilar hamda o'quvchilarning kutubxona uchun ajratadigan vaqtni qisqartirishga yordam beradi. Bo'limdan foydalanish uchun http://robo.tdpu.uz/ manzil orqali kiriladi. Bo'limdan "o'quv materiallari" belgisi tanlanadi. Belgi ustiga bosiladi va ma'lumotlar bo'limiga o'tiladi.

O'quv materiallari bo'limida texnologiya fanining 1-sinfdan 9-sinfgacha darslik pdf ko'rinishda joylashtirilgan. Foydalanuvchi istalgan sinf darsliklarini elektron ko'rinishda o'qib olish yoki darslikni yuklab olish imkoniyatidan foydalanadi.

Metodik qo'llanmalar bo'limida 5-6-7-sinf texnologiya darsligi asosida yaratilgan o'qituvchilar uchun metodik qo'llanmalarning elektron nusxasi, dissertatsiya ishi doirasida yaratilgan "Robototexnikani o'qitish metodikasi", "Tajriba sinov ishlarini tashkil yetish metodikasi" nomli bir qator metodik qo'llanmalar joylashtirilgan. Metodik qo'llanmalarda texnologiya fani dars mashg'ulotlarini zamonaviy metodlar asosida mustaqil tashkil etish usullari, dars bosqichlari, darsning maqsadlari, darsda shakllantiriladigan fanga oid kompitensiyalar, amaliy mashg'ulotlarni tashkil etish usullari, yangi mavzuni tushuntirish, uyga berilgan topshiriqlarni mustahkamlash, yangi mavzu yuzasidan savol va topshiriqlar ustida ishlash, har bitta dars bosqichiga ajratilgan vaqt me'yorlari, o'quvchilarni baholashda qo'llaniladigan metodlar yoritilgan.

O'quv materiallari bo'limining ikkinchi sahifasida o'quv rejalari berilgan. O'quv rejalar bo'limida texnologiya fanining 2022-2023 o'quv yiliga mo'ljallangan yillik taqvim mavzular to'liq joylashtirilgan.

Yillik ish rejalar bo'limida 2022-2023 o'quv yili, 2023-2024-o'quv yili uchun tuzilgan 1-9-sinflar uchun texnologiya fanidan yillik taqvim mavzular word, exl dasturlarida yozilgan turlari joylashtirilgan. Yillik o'quv rejalar har yili Respublika Ta'lim markazi tomonidan yangilanib boriladi. Yillik ish rejalarini izlab toppish yangilangan yillik ish rejalar asosida ish yuritish uchun o'qituvchilar ko'p vaqtini ijtimoiy tarmoqlarda yillik ish rejalarni izlashga sarflashadi. Elektron platforma orqali barcha ish rejalarni bir vaqtning o'zida bitta joydan toppish imkoni mavjud.

Dars ishlanmalar bo'limida 5-6-7-sing texnologiya fani robototexnika asoslari bo'limida mavjud jami 46 soat dars mashg'uloti uchun dars ishlanmalar ishlab chiqigan. Dars ishlanmalar belgilangan mavzudan kelib chiqib, nazariy va amaliy dars ishlanmalar ko'rinishida tayyorlangan.

5-sinflar uchun "Mexatronika haqida tushuncha. Oddiy mexanizmlar", "Aylanma harakatlanuvchi sodda mexanizm yasash", "Karusel. Karusel tezligini oshirish", "Aylanma harakatlanuvchi sodda Karusel yasash", "Robotlarning atrof-muhit bilan o'zaro aloqasi", "Asosiy algoritmik konstruksiyalar", "Robototexnik tizimni loyihalash", "Otto robotini yig'ish. Robotlar musobaqasi" kabi mavzularda dars ishlanmalar tayyorlangan.

"RAQOBATBARDOSH KADRLAR TAYYORLASHDA FAN - TA'LIM - ISHLAB

CHIQARISH INTEGRATSIYASINI TAKOMILLASHTIRISH ISTIQBOLLARI " MAVZUSIDAGI XALQARO ILMIY-AMALIY KONFERENSIYA 2023-yil 22- noyabr

6-sinflar uchun "Arduino. Arduino va uning imkoniyatlari", "Svetodiodlarni dastur yordamida yoqish va o'chirish", "Svetofor yasash", "Serial funksiyasi bilan tanishish. IF shart operatori bilan tanishish", "Arduino dasturi monitor portida soat ko'rinishidagi dasturni algoritmlash", "Harorat va namlikni sezadigan sensor bilan tanishish", "Motorni dastur yordamida boshqarish. Dastur yordamida servo motorni boshqarish", "Aqlli issiqxona yasash" kabi mavzularda dars ishlanmalar tayyorlangan

7-sinflar uchun "Fotorezistor va uning imkoniyatlari. Fotorezistor bilan tanishish", "Aqlli yoritgich yasash. Zummer (ohang chiqarish) qurulmasini ishlash prinsipi", "Zummer orqali nota ohanglarini hosil qilish, "Is gazidan ogohlantiruvchi qurilma yasash", "Tuproq namlik sensori va motor shield drayveri yordamida nasosni boshqarish", "Bluetooth moduli bilan ishlash. Tuproq namligini masofadan nazorat qilish va boshqarish" kabi mavzularda dars ishlanmalar tayyorlangan.

Videodarslar bo'limida 5-sinflar uchun "Mexatronika haqida tushuncha. Oddiy mexanizmlar", "Aylanma harakatlanuvchi sodda mexanizm yasash", "Karusel. Karusel tezligini oshirish", "Aylanma harakatlanuvchi sodda Karusel yasash", "Robotlarning atrof-muhit bilan o'zaro aloqasi", "Asosiy algoritmik konstruksiyalar", "Robototexnik tizimni loyihalash", "Otto robotini yig'ish. Robotlar musobaqasi", 6-sinflar uchun "Arduino. Arduino va uning imkoniyatlari", "Svetodiodlarni dastur yordamida yoqish va o'chirish", "Svetofor yasash", "Serial funksiyasi bilan tanishish. IF shart operatori bilan tanishish", "Arduino dasturi monitor portida soat ko'rinishidagi dasturni algoritmlash", "Harorat va namlikni sezadigan sensor bilan tanishish", "Motorni dastur yordamida boshqarish. Dastur yordamida servo motorni boshqarish", "Aqlli issiqxona yasash", 7-sinflar uchun "Fotorezistor va uning imkoniyatlari. Fotorezistor bilan tanishish", "Aqlli yoritgich yasash. Zummer (ohang chiqarish) qurulmasini ishlash prinsipi", "Zummer orqali nota ohanglarini hosil qilish Is gazidan ogohlantiruvchi qurilma yasash", "Tuproq namlik sensori va motor shield drayveri yordamida nasosni boshqarish", "Bluetooth moduli bilan ishlash. Tuproq namligini masofadan nazorat qilish va boshqarish" kabi mavzularda videodarslar tayyorlangan.

Xulosa

Demak, innovasion faoliyat yangi ijtimoiy talablar bilan an'anaviy me'yorlarning mos kelmasligi yoxud amaliyotning yangi shakllanayotgan me'yorining yuzaga kelgan me'yor bilan to'qnashuvchi natijasida vujudga kelgan qator muammolarni yechishga yo'naltirilgan faoliyat sanaladi. U shaxsning, xususan, pedagogning innovatsion jarayonni tashkil etishga tashkiliy -texnologik, metodik va ijodiy jihatdan tayyorligi hisobiga tashkil etiladi. Pedagogik innovatsiyalarning izchil ravishda pedagogik faoliyatga yangiliklarni olib kirishga imkon berish orqali ta'lim tizimi yoki jarayoni muntazam rivojlanib boradi. O'qituvchining innovatsion faoliyati pedagogik jamoani harakatga keltiruvchi, olg'a undovchi, bunyodkorlikka rag'batlantiruvchi kuch sifatida namoyon bo'ladi hamda u ta'lim jarayonining sifatini kafolatlaydi. Shu bois har bir o'qituvchi innovatsiyalarning mohiyatini to'la tushungan holda o'z faoliyatiga izchil tatbiq eta olsa ta'lim jarayoni ham sifat ham samaradorlik nuqtai nazardan taraqqiy etadi. Bu yesa o'z navbatida ta'lim tizimining rivojini ta'minlaydi.

REFERENCES

1. Azizxodjaeva N.N. Pedagogik texnologiya va pedagogik mahorat. -T.: Fan, 2006-yil.

2. Yo'ldoshev J., Usmonov S. Pedagogik texnologiya asoslari. - T.: Pedagog, 2004-yil.

"RAQOBATBARDOSH KADRLAR TAYYORLASHDA FAN - TA'LIM - ISHLAB CHIQARISH INTEGRATSIYASINI TAKOMILLASHTIRISH ISTIQBOLLARI" MAVZUSIDAGI XALQARO ILMIY-AMALIY KONFERENSIYA 2023-yil 22- noyabr

3. G.N. Ibragimova "Interfaol o'qitish metodlari va texnologiyalari asaosida talabalarning kreativlik qobliyatlarini rivojlantirish" mavzusidagi dok.diss. - T.: 2017-yil. - b-147.

4. R.J.Ishmuhammedov va boshqalar "Ta'limda innovatsion texnologiyalar" . -T.: "Iste'dod", 2008-yil. - b -180.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.