Научная статья на тему 'TEXNOLOGIK TA'LIM YO'NALISHIDA MUTAXASISLIK FANLARINI O'QITISHDA INNOVATSION TA'LIM TEXNOLOGIYALAR'

TEXNOLOGIK TA'LIM YO'NALISHIDA MUTAXASISLIK FANLARINI O'QITISHDA INNOVATSION TA'LIM TEXNOLOGIYALAR Текст научной статьи по специальности «Науки об образовании»

CC BY
121
35
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Журнал
Science and innovation
Область наук
Ключевые слова
innovatsiya / texnologiya / interaktiv metodlar / o‘qitish metodlari / evristik taʼlim / integratsiyalangan taʼlim / interfaol taʼlim / informal taʼlim / pedagogik texnologiyalar masalalari.

Аннотация научной статьи по наукам об образовании, автор научной работы — Umarov Xusan Abduraximovich, Yoldoshev Alimardon

Mazkur maqolada Texnologik ta`lim yo`nalishida mutaxassislik fanlarini o`qitishda innovatsion ta`lim texnologiyalaridan foydalanish usullari, uning samaradorligi to’g’risida so’z borgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «TEXNOLOGIK TA'LIM YO'NALISHIDA MUTAXASISLIK FANLARINI O'QITISHDA INNOVATSION TA'LIM TEXNOLOGIYALAR»

"RAQOBATBARDOSH KADRLAR TAYYORLASHDA FAN - TA'LIM - ISHLAB

CHIQARISH INTEGRATSIYASINI TAKOMILLASHTIRISH ISTIQBOLLARI" MAVZUSIDAGI XALQARO ILMIY-AMALIY KONFERENSIYA 2023-yil, 22 - noyabr

TEXNOLOGIK TA'LIM YO'NALISHIDA MUTAXASISLIK FANLARINI O'QITISHDA INNOVATSION TA'LIM TEXNOLOGIYALAR JUmarov Xusan Abduraximovich, 2Yo4doshev Alimardon

1Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universiteti ,,Texnologik ta'lim metodikasi''kafedrasi dotsent v.b., p.f.f.d., PhD 2Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universiteti Texnologik ta'lim yo'nalishi

talabasi.

https://doi.org/10.5281/zenodo.10157474

Annotatsiya. Mazkur maqolada Texnologik ta lim yo'nalishida mutaxassislik fanlarini o'qitishda innovatsion ta lim texnologiyalaridan foydalanish usullari, uning samaradorligi to'g'risida so 'z borgan.

Kalit so'zlar: innovatsiya, texnologiya, interaktiv metodlar, o'qitish metodlari, evristik ta'lim, integratsiyalangan ta'lim, interfaol ta'lim, informal ta'lim, pedagogik texnologiyalar masalalari.

Аннотация. В данной статье говорится о методах и об эффективности использования инновационных образовательных технологий при преподавании профильных предметов в сфере технологического образования,.

Ключевые слова: инновации, технологии, интерактивные методы, методы обучения, эвристическое образование, интегрированное образование, интерактивное образование, информальное образование, вопросы педагогических технологий.

Abstract. This article deals with the methods and effectiveness of using innovative educational technologies when teaching specialized subjects in the field of technological education.

Keywords: innovation, technology, interactive methods, teaching methods, heuristic education, integrated education, interactive education, informal education, issues of pedagogical technologies.

1.Kirish.

Hozirgi kunda ta'lim jarayonida interaktiv metodlar, innovatsion texnologiyalar, pedagogik va axborot texnologiyalari o'quv jarayonida qo'llashga bo'lgan qiziqish, e'tibor kundan kunga kuchayib bormoqda, bunday bo'lishining sabablaridan biri, shu vaqtgacha an'anaviy ta'limda o'quvchi-talabalarni faqat tayyor bilimlarini egallashga o'rgatilgan bo'lsa, zamonaviy texnologiyalar ularni egallayotgan bilimlarini o'zlari qidirib topishlariga, mustaqil o'rganib, tahlil qilishlariga, hatto xulosalarni ham o'zlari keltirib chiqarishlariga o'rgatadi. O'qituvchi bu jarayonda shaxsning rivojlanishi, shakillanishi, bilim olishi va tarbiyalanishiga sharoit yaratadi va shu bilan bir qatorda boshqaruvchilik, yo'naltiruvchlik funksiyasini bajaradi.

Ta'lim jarayonida o'quvchi-talaba asosiy figuraga aylanadi. Shuning uchun oliy o'quv yurtlari va fakultetlarida malakali kasb egalarini tayyorlashda zamonaviy o'qitish metodlari -interaktiv metodlar, innovatsion texnologiyalarning o'rni va roli benihoya kattadir. Pedogogik texnologiya va pedagog mahoratiga oid bilim, tajriba va interaktiv metodlar o'quvchi-talabalarning bilimli, yetuk malakaga ega bo'lishlarini ta'minlaydi.

2. Tahlil va natijalar.

"RAQOBATBARDOSH KADRLAR TAYYORLASHDA FAN - TA'LIM - ISHLAB

CHIQARISH INTEGRATSIYASINI TAKOMILLASHTIRISH ISTIQBOLLARI" MAVZUSIDAGI XALQARO ILMIY-AMALIY KONFERENSIYA 2023-yil, 22 - noyabr

Hozirgi davr ta'lim taraqqiyoti yangi yo'nalish - innovatsion faoliyatni maydonga olib chiqdi. Axborot - yuksak rivojlangan texnologiyalar asri deb yuritilayotgan XXI asrga kelib, ta'lim jarayoniga innovatsiyani keng joriy qilish masalasiga e'tibor yanada kuchaytirildi.

- Dars shakliga innovatsiyani kirib kelishini standart, nostandart hamda vertual dars shakllari misolida ko'rishimiz mumkin.

- O'qitish turlaridagi innovatsiyani muammoli ta'lim, evristik ta'lim, darajalangan ta'lim, integratsiyalangan ta'lim, interfaol ta'lim, informal ta'lim, rasmiy ta'lim, norasmiy ta'lim turlari mavjud.

- O'qitish vositalariga innovatsiyani kirib kelishini dars jarayonida multimedia, elektron doskalar va boshqa vositalarni misol qilish mumkin.

Ta'lim jarayonida o'quvchi talaba asosiy figuraga aylanadiShuning uchun oliy o'quv yurtlari va fakultetlarida malakali kasb egalarini tayyorlashda zamonaviy o'qitish metodlari -interaktiv metodlar,Innovotsion texnologiyalarning o'rni va ro'li benihoya kattadir. Pedogogik texnologiya va pedogog maxoratiga oid bilim, tajriba va intiraktiv metodlar o'quvchi-talabalarning bilimli, yetuk malakaga ega bo'lishlarini ta'minlaydi . INNOVATSIYA (inglizcha innavation)-yangilik kiritish, yangilikdir.Innovotsion texnologiyalar pedagogik jarayon hamda o'qituvchi va talaba faoliyatiga yangilik, o'zgarishlar kiritish bo'lib, uni amalga oshirishda asosan interaktiv metodlardan to'liq foydalaniladi. Interaktiv metodlar-bu jamoa bo'lib fikrlash deb yuritiladi, ya'ni pedagogik ta'sir etish usullari bo'lib ta'lim mazmuninng tarkibiy qismi hisoblanadi. Bu metodlarnig oziga xosligi shundaki, ular faqat pedagog va o'quvchi-talabalarning birgalikda faoliyat ko'rsatishi orqali amalga oshiriladi. Bunday pedogogik hamkorlik jarayoni o'ziga xos xususiyatlarga ega bo'lb, ularga quyidagilar kiradi:

-O'quvch-talabaning dars davomida befarq bo'lmaslikka, mustaqil fikrlash, ijod etish va izlanishga majbur etishi;

-O'quvchi-talabalarni o'quv jarayonida bilimga bo'lgan qiziqishlarini doimiy ravishda bo'lishini ta'minlashi;

-O'quvchi-talabaning bilimga bo'lgan qiziqishini mustaqil ravishda har-bir masalaga ijodiy yondashgan xolda kuchaytirishi; -Pedogok va O'quvchi-talabaning hamisha hamkorlikdagi faoliyatini tashkilllanishi.

Pedagogik texnologiyalar masalalari, muammolarini o'rganayotgan o'qituvchilar, ilmiy-tadqiqodchilar, amaliyotchilarning fikricha, pedogogik texnologiya bu faqat axborot texnologiyasi bilan bog'lq, ham da o'qitish jarayonida qo'llanlshi zaruru bo'lgan TSO, kompyuter, masofali o'qish yoki turli xil texnikalardan foydalanish deb belgilanadi.

Darhaqiqat, innovatsiya (yangi) lotin tilida 17-asrning o'rtalarida paydo bo'lgan va ma'lum bir sohaga yangining kirishi, unga implantatsiyasi va bu sohada butun bir qator o'zgarishlarning paydo bo'lishini anglatadi. Bu shuni anglatadiki, innovatsiya, bir tomondan, yangilik yaratish, amalga oshirish, amalga oshirish jarayoni bo'lsa, ikkinchi tomondan, u umuman ob'ekt emas, balki yangilikni ma'lum bir ijtimoiy amaliyotga aylantirish faoliyatidir. Innovatsiyaning asosiy ko'rinishlari quyidagilardan iborat:

- yangi g'oyalar;

- tizim yoki faoliyat yo'nalishini o'zgartirishga qaratilgan aniq maqsadlar;

- noan'anaviy yondashuvlar;

- odatiy bo'lmagan tashabbuslar;

- ilg'or ish uslublari.

"RAQOBATBARDOSH KADRLAR TAYYORLASHDA FAN - TA'LIM - ISHLAB

CHIQARISH INTEGRATSIYASINI TAKOMILLASHTIRISH ISTIQBOLLARI" MAVZUSIDAGI XALQARO ILMIY-AMALIY KONFERENSIYA 2023-yil, 22 - noyabr

Ta'lim innovatsiyalari - uzluksiz ta'lim sohasi yoki o'quv jarayonida mavjud muammoni yangicha yondashuv asosida yechish maqsadida qo'llanilib, avvalgidan ancha samarali natijani kafolatlay oladigan shakl, metod va texnologiyalar.

Innovatsion faoliyat - yangi ijtimoiy talablarning an'anaviy me'yorlarga mos kelmasligi yoki yangi shakllanayotgan g'oyalarning mavjud g'oyalarni inkor etish natijasida vujudga keladigan majmuali muammolarni yechishga qaratilgan faoliyat.

Zamonaviy o'qitish usullari - bu nafaqat materialni passiv idrok etish, balki o'quvchilarning o'zaro ta'siri va o'quv jarayoniga jalb qilish asosida kompetensiyalarni rivojlantirishning faol usullari. Masofaviy ta'lim afzalliklaridan samarali foydalanish imkonini beruvchi axborot, texnologik, tashkiliy va kommunikatsiya komponentlarini o'z ichiga olgan zamonaviy ta'lim infratuzilmasi. Hozirgi vaqtda ta'limda turli xil pedagogik innovatsiyalardan foydalanilmoqda. Bu, birinchi navbatda, muassasaning an'analari va maqomiga bog'liq. Shunga qaramay, quyidagi eng xarakterli innovatsion texnologiyalarni ajratib ko'rsatish mumkin. Innovatsion faoliyat ilmiy izlanishlar, ishlanmalar yaratish, tajriba-sinov ishlari olib borish, fantexnika yutuqlaridan foydalanish asosida yangi texnologik jarayon yoki yangi takomillashtirilgan mahsulot yaratishdan iborat. Pedagogning innovatsion faoliyati: yangilikni qo'llashga tayyorligi; pedagogik yangiliklarni qabul qilishi; novatorlik darajasi; kommunikativ qobiliyatning rivojlanganligi; ijodkorligi bilan belgilanadi. Pedagog qanchalik tajribali, bilimli, notiq bôlsa u talabalarga shunchalik bilim bera oladi va ularni ôz mutaxasislik fani bôyicha yangi texnologiyalardan foydalanib, talabalarni qiziqishlari oshiradi.

Jumladan, o'quvchilarda kasbiy bilim, ko'nikma va malakalarni shakllantirish jarayoni dastlab umumta'lim maktablarida "Texnologiya" fanini o'qitishda, so'ngra kasb-hunar va oliy ta'lim mutaxasislikka oid fanlarni o'qitish jarayonida amalga oshiriladi. Ushbu jarayonning uzluksizligini ta'minlash ta'lim tizimlari o'rtasida o'zaro uzviylik va izchillinikni ta'minlash masalasini ilgari suradi.

Bundan tashqari, fanlarni o'qitishda zamonaviy va innovatsion uslublardan foydalanish zarurati kelib chiqmoqda. Misol uchun oliy ta'lim muassasalarida "Taqsimlangan tizimlar" fanini o'qitish jarayonida innovatsiyalar va ilg'or xorijiy tajribalarni qo'llash bugungi kunning dolzarb masalaridan biri hisoblanadi. Avvalo fandagi yangilik nima? Fandagi innovatsiya nima degan savollarga javob berish lozim. Bugungi kunda amaliyotda yangilik va innovatsiya so'zlari o'rtasida farqlar mavjud. Yangilik bu fandagi eng so'nggi yutuqlar, bilimlar, usullar hisoblanadi. Ushbu yutuqlar, bilimlar, usullar amalda qo'llanilishi bilan innovatsiyaga aylanadi.

3.Xulosa.

Xulosa o'rnida shuni aytish joizki hozirgi rivojlanib borayotgan axborot asrida har bir sohada hamda mutaxassislik fanlarida innovatsion g'oya va innovatsion ta'lim texnalogiyalaridan foydalanish dolzarb masalaga aylanib qoldi. Elektron kutubxonalar, AKT vositalari bilan o'qitishda samari yo'llari juda ham talaygina. Innovatsion texnologiyalar asosida o'tishish, o'quvchilarga bilim berish va ularni amaliyotda qo'llay olish ko'nikmalarini oshirish hozirgi kunda muhim o'rin kasb etadi.

REFERENCES

1. X.A.Umarov Uzluksiz ta'lim tizimini tashkil etishda zamonaviy axborot texnologiyalarining o'rni. "Ta'lim tizimida zamonaviy axborot texnologiyalari resurslaridan foydalanish

"RAQOBATBARDOSH KADRLAR TAYYORLASHDA FAN - TA'LIM - ISHLAB CHIQARISH INTEGRATSIYASINI TAKOMILLASHTIRISH ISTIQBOLLARI" MAVZUSIDAGI XALQARO ILMIY-AMALIY KONFERENSIYA 2023-yil, 22 - noyabr

istiqbollari" mavzusidagi respublika ilmiy-amaliy konferensiyasi Toshkent TDPU-30.05.2023 yil

2. F.A.Umarova, X.E.Tohirova Ta'lim tizimida zamonaviy axborot texnologiyalari resurslaridan foydalanish istiqbollari "Ta'lim tizimida zamonaviy axborot texnologiyalari resurslaridan foydalanish istiqbollari" mavzusidagi respublika ilmiy-amaliy konferensiyasi Toshkent TDPU-30.05.2023 yil

3. F.A.Umarova, X.E.Tohirova Ta'lim tizimida zamonaviy axborot texnologiyalari resurslaridan foydalanish istiqbollari "Ta'lim tizimida zamonaviy axborot texnologiyalari resurslaridan foydalanish istiqbollari" mavzusidagi respublika ilmiy-amaliy konferensiyasi Toshkent TDPU-30.05.2023 yil

4. Kh.A.Umarov Formation of students'professional readiness on the basis of innovative ways of cooperation in the conditions of uzbekistan (by the example of future teachers).- Journal of Central Asian Social Studies 2020.- pages 15-25

5. ФА Умарова, ХА Умаров / МАСОФАДАН У^ИТИШ, ИНТЕРНЕТ ВА БОШ^А МАНБАЛАРДАН ФОЙДАЛАНИШ ОР^АЛИ ДАРС САМАРАДОРЛИГИНИ ОШИРИШ / Сборники конференций НИЦ Социосфера 2016

6. ХА Умаров, ЗА Умарова / " Использование электронно-образовательных ресурсов в целях создания образовательной экосистемы". Перспективные информационные технологии / Перспективные информационные технологии (ПИТ 2018) 2018

7. FA Umarova, ZA Umarova, Kh A Umarov / Scientific and practical bases of creation and use of electronic educational resources in the educational process / European Journal of Research and Reflection in Educational Sciences 2019

8. Фотима Абдурахимовна Умарова - Tалабаларга кийимларни лойихалаш ва моделлаштиришни ургатишда ахборот-коммуникация технология воситаларидан фойдаланиш оркали таълим самарадорлигига эришиш / Современное образование (Узбекистан) 2021

9. Umarova Fotima Abdurahimovna / The Importance of Learning CAD / CAM FOR STUDENT FASHION DESIGNERS IN UNIVERSITIES./ ОБРАЗОВАНИЕ И НАУКА В XXI ВЕКЕ №22, 2022/1

10. Umarova Fotima Abdurahimovna / Kasbiy bilimlarni shakllantirishda axborot texnologiyalarni joriy etishda hayot xavfsizligi. / JOURNAL OF INNOVATIONS IN SCIENTIFIC AND EDUCATIONAL RESEARCH/ 2022/10/2

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.