Научная статья на тему 'TEXNOLOGIK TA'LIMDA INNOVATSION TA'LIM TEXNOLOGIYALARI AHAMIYATI'

TEXNOLOGIK TA'LIMDA INNOVATSION TA'LIM TEXNOLOGIYALARI AHAMIYATI Текст научной статьи по специальности «Науки об образовании»

CC BY
199
24
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
INTERAKTIV METODLAT / INNOVATSION TA'LIM / INNOVATSIYA / PEDAGOGIK TEXNOLOGIYA / AXBOROT TEXNOLOGIYALARI / AN'ANAVIY TA'LIM

Аннотация научной статьи по наукам об образовании, автор научной работы — Mamajonova G.A., Akbarova S.N.

Ushbu maqolada rivojlangan ta'lim sharoitida innovatsion ta'lim texnologiyalari ahamiyati haqida so'z yuritilgan. Ta'limni yanada samarali qilish usullari, zamonaviy texnologiyalardan dars davomida qanday foydalanish usullari haqida ham ma'lumot berib o'tilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

THE IMPORTANCE OF INNOVATIVE EDUCATIONAL TECHNOLOGIES IN TECHNOLOGICAL EDUCATION

This article discusses the importance of innovative learning technologies in an advanced learning environment. There is also information on how to make teaching more effective, how to use modern technology in the classroom.

Текст научной работы на тему «TEXNOLOGIK TA'LIMDA INNOVATSION TA'LIM TEXNOLOGIYALARI AHAMIYATI»

Mamajonova G.A. katta o 'qituvchisi Andijon davlat universiteti Akbarova S.N. o'qituvchisi Andijon davlat universiteti

TEXNOLOGIK TA'LIMDA INNOVATSION TA'LIM TEXNOLOGIYALARI AHAMIYATI

Kalit so'zlar: interaktiv metodlat, innovatsion ta'lim, innovatsiya, pedagogik texnologiya, axborot texnologiyalari, an'anaviy ta'lim.

Annotatsiya: Ushbu maqolada rivojlangan ta'lim sharoitida innovatsion ta'lim texnologiyalari ahamiyati haqida so'z yuritilgan. Ta'limni yanada samarali qilish usullari, zamonaviy texnologiyalardan dars davomida qanday foydalanish usullari haqida ham ma'lumot berib o'tilgan.

Mamajonova G.A. senior lecturer Andijan State University Akbarova S.N. lecturer

Andijan State University

THE IMPORTANCE OF INNOVATIVE EDUCATIONAL TECHNOLOGIES IN TECHNOLOGICAL EDUCATION

Key words: interactive methodology, innovative education, innovations, pedagogical technologies, information technologies, traditional education.

Abstract: This article discusses the importance of innovative learning technologies in an advanced learning environment. There is also information on how to make teaching more effective, how to use modern technology in the classroom.

Hozirgi kunda ta'lim jarayonida interaktiv metodlar, innovatsion texnologiyalar, pedagogik va axborot texnologiyalari o'quv jarayonida qo'llashga bo'lgan qiziqish, e'tibor kundan kunga kuchayib bormoqda, bunday bo'lishining sabablaridan biri, shu vaqtgacha an'anaviy ta'limda o'quvchi talabalarni faqat tayyor bilimlarini egallashga o'rgatilgan bo'lsa, zamonaviy texnologiyalar ularni egallayotgan bilimlarini o'zlari qidirib topishlariga, mustaqil o'rganib, taxlil qilishlariga, xatto xulosalarni ham o'zlari keltirib chiqarishlariga o'rgatadi. O'qituvchi bu jarayonda shaxsning rivojlanish,

shakillanishi, bilim olishi va tarbiyalanishiga sharoit yaratadi va shu bilan bir qatorda boshqaruvchilik, yo'naltiruvchlik funksiyasini bajaradi.

Ta'lim jarayonida o'quvchi talaba asosiy figuraga aylanadiShuning uchun oliy o'quv yurtlari va fakultetlarida malakali kasb egalarini tayyorlashda zamonaviy o'qitish metodlari - interaktiv metodlar,Innovotsion texnologiyalarning o'rni va ro'li benihoya kattadir. Pedogogik texnologiya va pedogog maxoratiga oid bilim, tajriba va intiraktiv metodlar o'quvchi-talabalarning bilimli, yetuk malakaga ega bo'lishlarini ta'minlaydi .

INNOVATSIYA (inglizcha innavation)-yangilik kiritish, yangilikdir.Innovotsion texnologiyalar pedagogik jarayon hamda o'qituvchi va talaba faoliyatiga yangilik, o'zgarishlar kiritish bo'lib, uni amalga oshirishda asosan interaktiv metodlardan to'liq foydalaniladi. Interaktiv metodlar-bu jamoa bo'lib fikrlash deb yuritiladi, ya'ni pedagogik ta'sir etish usullari bo'lib ta'lim mazmuninng tarkibiy qismi hisoblanadi. Bu metodlarnig oziga xosligi shundaki, ular faqat pedagog va o'quvchi-talabalarning birgalikda faoliyat ko'rsatishi orqali amalga oshiriladi.

Bunday pedogogik hamkorlik jarayoni o'ziga xos xususiyatlarga ega bo'lb, ularga quyidagilar kiradi:

-O'quvch-talabaning dars davomida befarq bo'lmaslikka, mustaqil fikrlash, ijod etish va izlanishga majbur etishi;-O'quvchi-talabalarni o'quv jarayonida bilimga bo'lgan qiziqishlarini doimiy ravishda bo'lishini ta'minlashi;

-O'quvchi-talabaning bilimga bo'lgan qiziqishini mustaqil ravishda har-bir masalaga ijodiy yondashgan xolda kuchaytirishi;

-Pedogok va O'quvchi-talabaning hamisha hamkorlikdagi faoliyatini tashkilllanishi.

Pedagogik texnologiyalar masalalari, muammolarini o'rganayotgan o'qituvchilar, ilmiy-tadqiqodchilar, amaliyotchilarning fikricha, pedogogik texnologiya bu faqat axborot texnologiyasi bilan bog'lq, ham da o'qitish jarayonida qo'llanlshi zaruru bo'lgan TSO, kompyuter, masofali o'qish yoki turli xil texnikalardan foydalanish deb belgilanadi.

Bizning fikrimizcha, pedogik texnologiyaning eng asosiy negizi bu o'qituvchi va O'quvchi-talabaning belgilangan maqsaddan kafolatlangan natijaga hamkorlikda erishshlari uchun tanlangan texnologiyalarga bog'liq deb xisoblaymiz, ya'ni o'qitish jarayonida maqsad bo'yicha kafolatlangan natijaga erishishda qo'llaniladigan har bir ta'lm texnologiyasi o'qituvchi va o'quvchi o'rtasida hamkorlik faoliyatni tashkil eta olsa, har ikkalasi ijobiy natijaga erisha olsa,o'quv jarayonida O'quvchi-talabalar mustaqil fikrlay olsalar, ijobiy ishlay olsalar, izlansalar, tahlil eta olsalar, o'zlari xulosa qila olsalar, o'zlariga, guruhga , gurug esa ularga baxo bera olsa, o'qituvchi esa ularning bunday faoliyatlari uchun imkoniyat va sharoit yarata olsa, bizning fikrimizcha anashu o'qitish jarayonining asosi hisoblanadi. Har bir dars, mavzu, o'quv predmetining o'ziga xos texnologiyasi bor, ya'ni o'quv jarayonidagi pedogogik texnologiya bu yakka tartibdagi jarayon bo'lib, u o'quvchi-talabaning ehtiyojidan kelib chiqqa xolda

bir maqsadga yo'naltirilgan, oldindan loyihalashtirilgan va kafolatlangan natija berishiga qaratilgan pedagogik jarayondir.

«Ta'lim to'g'risida» gi O'zbekiston Respublikasi Qonuni. «Kadrlar tayyorlash milliy Dasturi»ni amalga oshirishda inovatsion pedagogik texnologiyalar. Pedagogik faoliyatni texnologiyalashtirish - ijtimoiy zaruriyat ekanligi, Pedagogik faoliyatni texnologiyalashtirish - ijtimoiy zaruriyat ekanligi. bo'lajak o'qituvchilarininng zamonaviy pedogogik texnologiyalar nazariy asoslari bilimlari bilan qurollantirish; yangi pedogogik darajada pedogogik jarayonlarni samarali tashkil etishlari uchun zarur mahoratlarga ega bo'lishlari; zamonaviy pedogogik texnologiyalar, g'oyalar maktablar, yo'nalishlar, keng turlarida yo'l topa bilish mahorati; pedogogik faoliyatni ijodiy va metodik to'g'ri bajarishga tayyorlikni shakllantirish; mustaqil ishlash, mustaqil bilim olish, o'zini tarbiyalash va o'zini mutaxassislik darajasini doimiy oshirib borishga intilishni faollashtirish zarurligi aytilgan.

Foydalanilgan adabiyotlar:

1. Mirzajanov D. Seminar-praktikum shaklida dars mashg'ulotlarini loyihalash// TA'LIM TEXNOLOGIYALARI, 2006 yil. 4-son.

2. Misty E Vermaat, Susan L Sebok, Steven M Freund. Discovering Computers (C)2016 (2016 edition). Textbook.USA, 2016

3. Musurmonova O.M., Yo'ldosheva S.M., Xoshimova M.K. Kasbiy malaka va pedagogik mahorat. -T.: 2009

4. Ochilov M. Yangi pedagogik texnologiyalar. - Qarshi.: Nasaf,2000.

5. Ochilov M. Yangi pedagogik texnologiyalar. - Qarshi: Nasaf,2000.

6. Og'aev S. Yangi pedagogik texnologiya-hayotiy ehtiyoj. «Xalq ta'limi» jurnali, 2159

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.