Научная статья на тему 'O‘QUV FAOLIYATINI SAMARALI TASHKIL ETISHDA TALABALAR TAHLILIY QOBILIYATINI SHAKLLANTIRUVCHI INNOVATSION USULLAR'

O‘QUV FAOLIYATINI SAMARALI TASHKIL ETISHDA TALABALAR TAHLILIY QOBILIYATINI SHAKLLANTIRUVCHI INNOVATSION USULLAR Текст научной статьи по специальности «Науки об образовании»

CC BY
130
22
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Журнал
Science and innovation
Область наук
Ключевые слова
tahliliy fikrlash / tafakkur / noan’anaviy usul / “SWOT”tahlil / strategiya

Аннотация научной статьи по наукам об образовании, автор научной работы — Lutfullaeva Nigora, Xakimova Shoxida

Ushbu maqolada ta’lim jartayonida talabalarning tahliliy fikrlash qobiliyatini rivojlantirish texnologiyasi, muammoli ta’lim metodlari tahliliy fikrlash qobiliyatini rivojlantiradigan samarali usullar ekanligi hamda tahliliy fikrlash qobiliyatini rivojlantirishda qo‘llanilgan “SWOT”-tahlil va muammoli vaziyat usullarining natijalari haqida fikr yuritilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «O‘QUV FAOLIYATINI SAMARALI TASHKIL ETISHDA TALABALAR TAHLILIY QOBILIYATINI SHAKLLANTIRUVCHI INNOVATSION USULLAR»

"RAQOBATBARDOSH KADRLAR TAYYORLASHDA FAN - TA'LIM - ISHLAB

CHIQARISH INTEGRATSIYASINI TAKOMILLASHTIRISH ISTIQBOLLARI" MAVZUSIDAGI XALQARO ILMIY-AMALIY KONFERENSIYA 2023-yil, 22 - noyabr

O'QUV FAOLIYATINI SAMARALI TASHKIL ETISHDA TALABALAR TAHLILIY QOBILIYATINI SHAKLLANTIRUVCHI INNOVATSION USULLAR 1Lutfullaeva Nigora, 2Xakimova Shoxida

1Xalqaro Nordik universiteti Psixologiya va maktabgacha ta'lim kafedrasi dotsenti, Ph.D

E-mail: zarnigor1971@ mail.ru Tel: (90) 962-61-00

2Xalqaro Nordik universiteti Psixologiya va maktabgacha ta'lim kafedrasi kat.o'qit.

E-mail: [email protected]

Tel: (93) 437-56-07 https://doi.org/10.5281/zenodo.10157378

Annotatsiya. Ushbu maqolada ta'lim jartayonida talabalarning tahliliy fikrlash qobiliyatini rivojlantirish texnologiyasi, muammoli ta'lim metodlari - tahliliy fikrlash qobiliyatini rivojlantiradigan samarali usullar ekanligi hamda tahliliy fikrlash qobiliyatini rivojlantirishda qo'llanilgan "SWOT"-tahlil va muammoli vaziyat usullarining natijalari haqida fikr yuritilgan.

Kalit so'zlar: tahliliy fikrlash, tafakkur, noan'anaviy usul, "SWOT"- tahlil, strategiya.

Аннотация. В данной статье рассматривается технология развития аналитического мышления учащихся в процессе обучения, проблемные методы обучения -эффективные методы, развивающие аналитическое мышление, а также результаты "SWOT"- методов анализа и проблемных ситуаций, применяемых для развития аналитического мышления.

Ключевые слова: аналитическое мышление, мышление, нетрадиционный метод, "SWOT"- анализ, стратегия.

Abstract. this article describes the technology of developing students' analytical thinking skills in the educational process, that problem based learning methods are effective methods that develop analytical thinking skills, as well as the results of "SWOT" - analysis and methods of problem situations used in the development of analytical thinking skills.

Keywords: analytical thinking, thinking, unconventional method, "SWOT"- analysis, strategy.

Kirish

So'nggi yillarda pedagogikada insonparvarlashtirishning kengayishi natijasida mutaxassislar tahliliy faoliyatning turli qirralarini katta qiziqish bilan o'rgana boshladilar. Talabalarning tahliliy faoliyati mustaqil o'rganish, sabab-oqibatli bog'lanishlarni tahlil qilish, shubhalanish, qadriyatli yo'nalishlarni amalda tatbiq qilish, o'z ustida ishlash, layoqatlarini turli holatlarda sinovdan o'tkazish, izlanishlar, shaxsiy hayotiy tajribasini baholash jarayonida amalga oshadi.

Tahliliy faoliyat - kasbiy hayotiy ijodkorlikning tarkibiy qismi bo'lib, yangiliklarni izlash jarayonida namoyon bo'ladi. Tahliliy faoliyatning asosiy belgisi talabalarning muntazam voqelikni tahlil qilishidadir. Masalan, talaba darsda, mustaqil bilim olish jarayonida, darsdan tashqari ta'lim-tarbiyaviy vaziyatlarda, do'stlari bilan muloqot jarayonida, o'qituvchilari bilan suhbatda, o'zi yolg'iz qolganda o'z fikrlari, his-tuyg'ularini aniqlash maqsadida tahliliy faoliyatga kirishadi. Bu o'quv jarayonining o'ziga xos jihatlari bilan muvofiq kelib, talabalar o'z-o'zlarini namoyon qilish asosida o'qish, o'rganish faoliyatini amalga oshiradilar. Bu esa ular ijodiy faoliyatining ajralmas qismidir. Bu ko'pchilik mutaxassislar tomonidan ijodiy faoliyat ko'rsatish

"RAQOBATBARDOSH KADRLAR TAYYORLASHDA FAN - TA'LIM - ISHLAB

CHIQARISH INTEGRATSIYASINI TAKOMILLASHTIRISH ISTIQBOLLARI" MAVZUSIDAGI XALQARO ILMIY-AMALIY KONFERENSIYA 2023-yil, 22 - noyabr

usuli sifatida tavsiflanadi. Shuning uchun ham talabalarning tahliliy nuqtai nazarga ega bo'lishlari ularning ijodiy, bilish faoliyatlari mohiyatini anglashlariga ko'maklashadi. Ayni vaqtda bunday tarzdagi tahliliy nuqtai nazar ruhiy jihatdan shaxsiy yangilanishni vujudga keltiradi. Bunday yangilanish talabalarning fikrlashlari, qayta fikrlashlari, intellektual kechinmalarida namoyon bo'ladi. Ba'zi hollarda talabalar faoliyatlarini shunchaki maqtov eshitish maqsadida amalga oshiradilar. Bunday talabalar uchun o'qish, o'rganish jarayoni turli operatsiyalarning yig'indisi sifatida namoyon bo'ladi. Ularning boshqa faoliyatga jalb etilishlari shaxsiy bilish jarayonlarini boshqa bir muayyan hodisaga o'xshatish asosida ijodiy faoliyat va to'laqonli muloqot uchun imkoniyat yaratiladi. Talabalar uchun nafaqat o'rganilayotgan hodisa, balki o'rganilayotgan fikrlar ahamiyatli hisoblanadi.Talabalarning shaxsiy tajribalari ularning ichki olamini namoyon qiladi. Bu tajriba talabalar rivojlanishining ichki sharti bo'lib, ular ichki olamining murakkab tuzilishini ifodalaydi. Bu jarayonda talabalar tajribalarni o'zlashtirish bilan bir qatorda, bilimlarni amaliyotga tatbiq etadilar. Ular faoliyatning qulay usullarini qo'llaydilar, voqelikni tahlil qiladilar, yangi fikrlarni izlaydilar, faoliyat usullarini tanlaydilar, o'z faoliyatlari natijalarini baholaydilar, o'z kechinmalarini tartibga soladilar, muhim qarorlar qabul qiladilar. Talabalarning shaxsiy nuqtai nazarlarini faollashtiruvchi vaziyatlarni vujudga keltirish asosida ularni shaxsiy vazifalarni bajarishga undash, tanlov ko'nikmalarini namoyon qilishlari, fikriy-ijodiy faoliyat ko'rsatishlari mustaqil rivojlanishlari uchun sharoit yaratadi. Mazkur sharoitlar quyidagilardan iborat:

- o'quv jarayonining ijodiy xarakter kasb etishi - o'quv jarayonida talabalar oldiga ularni ijodiy faollikka undovchi topshiriqlar qo'yiladi;

- o'quv jarayonining dialogga asoslanganligi - o'quv jarayonida talabalarning o'quv matnlari mualliflari, o'qituvchilar, kursdoshlari bilan muloqot qilishlariga imkoniyat yaratiladi;

- hayotiy vaziyatlarni turli o'yinlar yordamida modellashtirish - bu jarayonda talabalar o'zlarini mustaqil tarzda boshqarish tajribasini o'zlashtiradilar, ularda shaxsiy vazifalar paydo bo'ladi va muayyan faoliyatga xos xulq-atvor ko'nikmalari shakllanadi.

Talabalarni ijodiy faollikka undovchi o'quv vaziyatlarida quyidagilar alohida ajratilib ko'rsatilishi lozim:

- pedagogik tajribaga ega bo'lgan o'qituvchi o'quv predmeti doirasida pedagogik faoliyat sub'ekti sifatida didaktik materiallarni o'qitish maqsadi bilan bog'liq holda aniq tasavvur etadi, talabalarning shaxsiy vazifalarini dolzarblashtiradi va o'quv predmetini o'zlashtirishga undaydi;

- mustaqil ijodiy faollik ko'rsatishga ehtiyoj sezadigan talabalar bilan o'qituvchi alohida ishlaydi;

- didaktik vositalar tizimini o'qituvchi muntazam takomillashirib boradi.

Talaba hamda o'qituvchining tajribasi jarayonli xarakterga ega. Talaba va o'qituvchi uchun bilimlarni o'zlashtirish jarayonining o'zi emas, balki ular orasida shaxsiy ahamiyatga ega bo'lgan bilimlarning talabalar tajribasiga singdirilishi ahamiyatlidir. Talabalar bosqichma-bosqich yangi munosabatlarga kirishar ekanlar, o'zlari uchun ahamiyatli bo'lgan bilimlarni boyitadilar.

Mavzuga oid adabiyotlar tahlili

Mavzuni o'rganish davomida soha olimlarining qator ilmiy asarlari, g'oyalari tahlil etildi va ular malakaviy ishimizning nazariy asoslarini tashkil etdi: Xususan, Safarova, F.Yuzlikaev, E.Yuzlikaeva, B.Ma'murov, V.V.Serikov kabi olimlarning ushbu muammoning shaxsga yo'naltirilgan ta'lim nazariyasiga asoslangan holda g'oyaviy qarashlari; S.L.Rubinshteyn A.N.Leontev, P.Ya.Galperin, A.V.Brushlinskiy, N.Yu.Postalyuk M.IMaxmutov, V.Okon, I.Ya.Lerner tomonidan talabalarda ijodiy faollikni shakllantirish muammosi, tafakkur ijod va tahlil

"RAQOBATBARDOSH KADRLAR TAYYORLASHDA FAN - TA'LIM - ISHLAB

CHIQARISH INTEGRATSIYASINI TAKOMILLASHTIRISH ISTIQBOLLARI " MAVZUSIDAGI XALQARO ILMIY-AMALIY KONFERENSIYA lGl3-yil, ll - noyabr

jarayoni asosi ekanligi, hamda tafakkurni psixologik jihatdan o'rganilgan tadqiqotlaridan keng foydalanildi.

Tadqiqot metodologiyasi

Ushbu maqolaning nazariy va uslubiy asosi sifatida ta'lim va tarbiyada innovatsion pedagogik texnologiyalar va mutaxassislik fanlarini o'qitishda qo'llaniladigan ta'lim usullarini yoritib beruvchi adabiyotlar hamda ilmiy maqolalar, olimlarning fikr-mulohazalarini tahlil qilish, jarayonlarni kuzatish tashkil etdi.

Tahlil va natijalar

Ma'lumki, hayot davomida har bir talaba o'zining shaxsiy bilim olish uslubini ishlab chiqadi va muntazam takomilashtiradi. U o'zi qo'lga kiritgan natijalarni namoyish qilish usullari, sheriklari bilan muloqotga kirishish, o'quv ijodiyoti namunalarini baholash va o'z-o'zini baholash imkoniyatlarini kengaytirib boradi. O'qituvchi har doim talabalarga o'quv faoliyatining yangi mantig'ini izlashlari, tahliliy faoliyatning yangicha darajasiga ko'tarilishlariga ko'maklashadi hamda ularni ijodiy vazifalarni bajarishga yo'naltiradi. Shu tariqa, fikrni yoki fikriy ijodiy faoliyatni amalga oshirish talabalarning xulq-atvori va rivojlanishini jadallashtiruvchi omiliga aylanadi. Har qanday masalani yechish mobaynida, tahlil qilish davrida odam uning shartlarini bir necha variantlarda tasavvur qilib, aqlini ishlatganidagina yechimga keladi va bunda tafakkur jarayoni amalga oshadi.

Tafakkur jarayonidagi aqliy faoliyatda har bir masalani to'g'ri yechish uchun zarur bo'lgan shart bilimga ega bo'lishlikdir. Bilimli bo'lish va uni ishlata bilish aqliy faoliyatning samarali ishlashi, fikrning o'sishi uchun zarur bo'lgan shart. Insonnning aqliy mehnat faoliyatini shakllanganlik darajasini aniqlashda idrok etish, tahlil qilish, taqqoslash, mavhumlashtirish, umumlashtirish va xulosa chiqarish kabi intellektual xususiyatlarni mezon sifatida qabul qilishga e'tibor qaratish kerak. Demak, tahlil talaba tabiatiga xos hodisa bo'lib, uning ongi singari, xotirasi, layoqati, his etishi, sezgilari bilan bevosita bog'liq psixik jarayondir. Ta'lim jarayonida o'qituvchi tomonidan talabalarning shaxsiy nuqtai nazarlarini faollashtiruvchi vaziyatlarni vujudga keltirish asosida ularni shaxsiy vazifalarni bajarishga undash, tanlov ko'nikmalarini namoyon qilishlari, fikriy-ijodiy faoliyat ko'rsatishlari mustaqil rivojlanishlari uchun sharoit yaratish muhim hisoblanadi.

Shaxsga yo'naltirilgan o'quv-biluv jarayonining o'ziga xos xususiyati talabalarga tahlil qilish, o'quv mashg'uloti mazmunini fikran uni bajarish usullaridan farqlash, o'zini mustaqil ijodiy jarayonning sub'ekti sifatida anglash, o'z-o'zini rivojlantirishga intilishga imkoniyat yaratishdan iborat. Bu jarayonda ular tahliliy faoliyatning turli turlari va darajalaridan foydalanadilar. Bunday tahliliy faoliyat muayyan hodisani asoslash, zarur usullarni tanlash, natijalarni tekshirish jarayonida amalga oshadi. Talabalarning tahliliy ongi bilimlarni o'zlashtirish, qurish va tekshirish, faoliyatning barcha bosqichlarida tanqidiy fikrlash jarayonini boshqaradi. Tahliliy jarayonlar muayyan shakllarga ega. Aksariyat tadqiqotlarda, faoliyat sub'ektining tanqidiy fikrlashga moyilligi, o'z nuqtai nazarini asoslash, izohlashga intilish, savollar qo'ya olish, o'z-o'zini mos tarzda baholashga tayyorlik, munozaraga kirisha olish layoqati ko'rsatib o'tilgan. Demak, tahlil talaba tabiatiga xos hodisa bo'lib, uning ongi singari, xotirasi, layoqati, his etishi, sezgilari bilan bevosita bog'liq psixik jarayondir.

Erkin fikrlovchi shaxsni shakillantirish muammosi ta'lim muassasalarida o'quv - tarbiyaviy ishlarni pedagogik va psixologik texnologiya asosiga qurish kerakligini talab qilmoqda. Bu jarayon, albatta yengil oson kechmaydi, chunki bugun ixtiyoriy qurilayotgan va joriy etilayotgan

"RAQOBATBARDOSH KADRLAR TAYYORLASHDA FAN - TA'LIM - ISHLAB

CHIQARISH INTEGRATSIYASINI TAKOMILLASHTIRISH ISTIQBOLLARI" MAVZUSIDAGI XALQARO ILMIY-AMALIY KONFERENSIYA 2023-yil, 22 - noyabr

o'qitish tizimini to'la ilmiy asoslangan pedagogik tizim bilan aylantirish lozim. Haqiqattan ham ijtimoiy tajriba elementining tarkibiy qismi - bilim, ijodiy faoliyat, ob'ektiv borliqqa munosabat -bu psixologik jaryon negizida, zamonaviy pedagogik tizim doirasida shakllantiriladi. Pedagogik-psixologik texnologiya esa amaliyotga joriy etilayotgan pedagogik tizim loyihasi hisoblanib, uni tarkib toptirish uzoq va mashaqqatli kechishi tabiy holatdir.

Talabalarda ijodiy izlanish, kichik tadqiqotlarni amalga oshirish, muayyan farazlarni ilgari surish, natijalarni asoslash, ma'lum xulosalarga kelish kabi ko'nikma va malakalarni shakllantirishga xizmat qiladigan ta'lim muammoli ta'lim deb ataladi.

Muammoli ta'limning ilk g'oyalari amerikalik psixolog va pedagog J.Dyui (1859-1952 yy.) tomonidan asoslangan. U 1894 yilda Chikagoda o'qitish o'quv rejasi bo'yicha emas, balki o'yin va mehnat asosida olib boriladigan tajriba maktabini tashkil etgan. J.Dyui muammoli ta'lim asosi sifatida quyidagi yo'nalishlarni belgilagan: ijtimoiy; konstruktiv; badiiy ifodaviy; ilmiy-tadqiqot.

Muallif ko'rsatilgan yo'nalishlarda ta'limni tashkil etish uchun quyidagi vositalardan foydalangan: so'z; san'at asarlari; texnik qurilmalar; o'yinlar; va mehnat.

O'tgan asrning 60-yillarida esa muammoli ta'lim LRubinshteyn, MIMaxmutov, V.Okon, I.Ya.Lerner kabi tadqiqotchilarning qarashlari negizida yanada rivojlangan. S.L.Rubinshteynning "Tafakkur muammoli vaziyatdan boshlanadi" degan g'oyasi muammoli ta'limning psixologik asosi sifatida qabul qilingan.

Muammoli ta'limning asosini muammo yoki muammoli vaziyat tashkil etib, muammoli ta'lim texnologiyalari ularning yechimini topishga xizmat qiladi. Ko'p holatlarda muammo va muammoli vaziyat sinonimlardek qabul qilinadi. Aslida esa ular bir-biridan farq qiladi.

Muammoning tarkibiy qismlari:1) ma'lum bilimlar; 2) noma'lum bilimlar; 3) mavjud

tajriba.

Pedagogik muammo - hal qilinishi zarur, biroq, hali yechish usuli noma'lum bo'lgan pedagogik xarakterdagi masala.

Muammoni qo'yish quyidagi bosqichlarda kechadi:

1. Muammoni izlash.

2. Muammoni qo'yish.

3. Muammoni hal qilish.

Ta'lim jarayonida muammoni qo'yish bir necha bosqichda kechadi (1-jadval).

1-jadval

Muammoni qo'yish sathlari

1-bosqich O'qituvchi muammoni qo'yadi va talabalarni uni hal qilishga yo'naltiradi

- bosqich O'qituvchi muammoli vaziyatni bayon qiladi va talabalarning o'zlari mustaqil ravishda muammoni shakllantiradi

- bosqich O'qituvchi muammoni qo'rsatib bermaydi, balki unga talabalarni ro'para qiladi. Talabalar muammoni anglagan holda uni o'zlari shakllantirib, muammoni yechish usullarini tahlil qiladi

Muammoli ta'lim usullari quyidagi ko'rinishda uchraydi:

1. Muammoli vaziyat - talabalarning ma'lum topshiriqlarni bajarish (masalani yechish, savolga javob topish) jarayonida yuzaga kelgan ziddiyatni anglashi bilan bog'liq ruhiy holati bo'lib, u hal etilayotgan masala bilan bog'liq yangi bilimlarni izlashni taqozo etadi.

Muammoli vaziyat metodi esa - talabalarni muammoli vaziyatga to'qnash kelishini ta'minlash asosida ularning bilish faoliyatini faollashtirishga asoslanadigan yo'l. Metodning

" RAQOBATBARDOSH KADRLAR TAYYORLASHDA FAN - TA'LIM - ISHLAB CHIQARISH INTEGRATSIYASINI TAKOMILLASHTIRISH ISTIQBOLLARI " MAVZUSIDAGI XALQARO ILMIY-AMALIY KONFERENSIYA 2023-yil, 22 - noyabr

mohiyati aniq vaziyatni tahlil qilish, baholash va uning yechimi yuzasidan qaror qabul qilishdan iborat. Ta'lim jarayonida muammoli vaziyat metodi qo'llanilganda talabalarning faoliyatlari quyidagi tizim (1 - chizma) asosida tashkil etiladi:

Muammoli vaziyat

Echimning usul va vositalarini tanlash

Xarakatlarni rejalashtirish

s Axborotlarni izlash N

4 У

Loyihaning taqdimoti va himoyasi

Yangi muammolarni bashoratlash

1 - chizma. Muammoli vaziyatda talabalarning ish harakatlari

2. "SWOT-tahlil" strategiyasi. Strategiya muammoning asosiy to'rt jihatini yoritishga xizmat qiladi. Talabalar mavzuning mazmuniga mos muammolarni atroflicha o'rganish orqali mohiyatini yoritadi, ularni keltirib chiqaruvchi omillarni izlab, tahlil qilish imkoniyatlarini topadi. U yordamida muammoning quyidagi to'rt jihati (2-chizma) tahlil qilinadi:

W

О

Т

Kuchli (ustun) jihatlari (hal etilayotgan muammoning afzalliklarini yoritish)

Kuchsiz (zaif) jihatlari (maqsadga erishish yo'lida tashkil etilayotgan harakatlarga ichki omillarining ta'sirini o'rganish)

Imkoniyatlarni chamalash (belgilangan vazifalarni hal etishning eng maqbul yo'llarini izlash)

Tahdidni o'rganish (maqsadga erishish yo'lida tashkil etilayotgan harakatlarga tashqi omillarining ta'siri aniqlash)

2- chizma. "SWOT-tahlil" strategiyasi

Strategiyani qo'llash muayyan qiyinchiliklarni keltirib chiqarish ehtimoli mavjud. Bunday hollarda o'qituvchi strategiyaning asosiy mohiyati yoki biror bosqichini talabalarning bilimi darajasiga moslab, unga tushunarli so'zlar bilan ifodalashi (o'zgartirishi) mumkin. O'qituvchi

S

"RAQOBATBARDOSH KADRLAR TAYYORLASHDA FAN - TA'LIM - ISHLAB

CHIQARISH INTEGRATSIYASINI TAKOMILLASHTIRISH ISTIQBOLLARI " MAVZUSIDAGI XALQARO ILMIY-AMALIY KONFERENSIYA 2023-yil, 22 - noyabr

tomonidan talabalarga strategiyaning mohiyati, afzalliklari haqida yetarlicha ma'lumot berilishi ular tomonidan hal etiladigan muammo mohiyatining to'la tushunilishini ta'minlash va kutilgan natijaga erishishga yordam beradi.

Tadqiqotimiz birinchi qismida biz "Iqtisodiyotning rivojlanishi va investitsiya" mavzusini "SWOT"-tahlil usulidan foydalanilib, talabalarga tadbirkorlik bilimlarini shakllantiruvchi tajribani amalga oshirdik. "SWOT" - tahlil metodi - g'oya, jarayon, tajriba hamda ish natijalarini tahlil qilish, taqqoslash orqali muammoni hal etish yo'llarini topishga, bilimlarni mustahkamlash, takrorlash, baholashga, analitik tafakkurni rivojlantirishga xizmat qiladi. Mazkur metodni qo'llash - talabalar muammoga ko'p variantli yechimlar izlashga o'rganadilar. Bu esa talabalarda ushbu holatni har tomonlama tahlil qilish ko'nikmalarini rivojlantiradi.

Darsni tashkil etish uchun iqtisodiyot fani o'qituvchisi bilan dars mashg'uloti rejasini tuzib chiqildi, bunda birinchi nazorat guruhida 25 nafar talabalar bo'lib, ular bilan mashg'ulotni an'anaviy tarzda olib bordik. Ikkinchi guruh - tajriba guruhi bo'lib, undagi 27 nafar talabalar 4 guruhga ajratildi va har bir guruh uchun "SWOT"-tahlil jadvali bo'yicha vazifa topshirildi. Mashg'ulot davomida har bir guruhga berilgan umumiy vazifani bajarish va uning natijalari asosida taqdimot tayyorlash kerakligi aytib o'tildi.

Mashg'ulot davomida mavzu bo'yicha iqtisodiyotga oid ma'lumotlar keng bayon etildi. Masalan, kapitalga bo'lgan talab va taklif bank foiz siyosati bilan tartibga solinishi va bank foiz stavkasidan farq qilgan holda investitsiyalardan ko'tiladigan natija qanchalik yuqori bo'lsa, investitsiyalarga talab shu qadar ko'proq bo'lishini bu esa o'z navbatida investitsiyalarni moliyalashtirishning manbai tarzida bank kreditiga talabni yanada oshirishi haqida fikr yuritadi. Xalqaro kredit munosabatlaridagi ahvol ular bevosita yoki bilvosita tarzda, qimmatli qog'ozlarni sotish yoki sotib olish yuli bilan yuzaga kelishini, real investitsiyalar xalqaro kredit munosabatlari vositasida amalga oshirilishini va u kapitalning xalqaro muomalasi doirasida kreditor portfel investitsiyalarini amalga oshirilishini tushuntiradi. Kapitalning xalqaro muomalasida mamlakat bilan bog'liq quyidagi tavakkalchiliklarga e'tibor beriladi: siyosiy vaziyat, iqgisodiy rivojlanish yo'nalishlari, hukumatning byudjet siyosati hamda uning jamg'armalar va investitsiyalarga ta'siri, narxlar va valyuta kursini barqarorlashtirishga yo'naltirilgan pul-kredit siyosati, mamlakat tavakkalchiliki makbul bo'lgan hollarda investitsiyalardan daromad olish imkoniyatlari kabilarga izoh beradi. Chet el investitsiyalari kapital eksport qiluvchi mamlakatlarning importyor mamlakatlar iqgisodiy sub'ektlari hamda ko'shma korxonalar real va moliyaviy aktivlariga kiritgan mablag'laridir. Chet eldan investitsiyalash kapital oqimining bir iqgisodiyotdan boshqasiga chiqib ketishini bildiradi, boyliklarni yanada foydaliroq shartlarda joylashtirish va investitsiyalar chet ellikka - kapital egasiga qaytishiga qadar nisbatan uzoq vaqt davomida mablag'lar oqimini ta'minlash maqsadlarini nazarda tutadi. O'zbekistonga bevosita chet el investitsiyalarini ishlab chiqarish kapitali tarzida yangi loyihalarga jalb etilishi maqbulroqdir. Bu bilan ilg'or, ekologik toza texnologiyalar, zamonaviy texnika va texnologiyalar, mehnatni oqilona tashkil etishni joriy qilish hisobiga sanoatning jadal rivojlanishini ta'minlash mumkin bo'ladi. O'zbekistonga xorijiy investitsiyalarni jalb etmay, ayniqsa, yetakchi tarmoqlarda chet sarmoyasi ishtirokini kengaytirmay turib, iqgisodiy tizimda tarkibiy o'zgarishlarni amalga oshirish va modernizatsiyalash, korxonalarni zamonaviy texnika bilan qayta jihozlash hamda raqobatga bardoshli mahsulot ishlab chiqarishni yo'lga qo'yish mumkin emas.

Ushbu masalalarni o'z ichiga olgan dars mashg'ulotini barcha talabalar tinglab bo'lgach nazorat guruhida an'anaviy tarzda o'qituvchi monologi asosida savol-javob, fikrlar almashinuvi

"RAQOBATBARDOSH KADRLAR TAYYORLASHDA FAN - TA'LIM - ISHLAB CHIQARISH INTEGRATSIYASINI TAKOMILLASHTIRISH ISTIQBOLLARI " MAVZUSIDAGI XALQARO ILMIY-AMALIY KONFERENSIYA 2023-yil, 22 - noyabr

amalga oshirildi. Tajriba guruhiga esa "SWOT"-tahlili jadvali bo'yicha o'quv faoliyatini olib borish sharoiti yaratildi. Tajriba guruhida talabalar investitsiyalash mazmunini tushunib olganlaridan keyin ana shu jarayonni har taraflama tahlil etish vazifasini bajardilar.

"SWOT" — tahlili jadvalidan foydalanish jarayonida talabalar mavjud holatni tahlil qilishdi, baholashdi. Tahlil va sintez qilish yo'li bilan biror mantiqiy qaror qabul qilishga o'rganishdi.

1-bosqich. "SWOT" - tahlili jadvalini tuzish qoidasi bilan tanishdilar.

2-bosqich. Kichik guruhlar ichida jadval to'ldirildi.

3-bosqich. Faoliyat natijasi taqdimot qilindi (2-jadval). 2-jadvali

Investitsiya jarayonini tahlili

S-kuchli tomoni Iqtisodiyotga savdo, texnologik, informatsion, moliya oqimlarni olib kiradi. Ishlab chiqarishni jadallashtiradi, ayrim tarmoqlar rivojlanishini rag'batlantiradi, ilg'or texnologiyani boshqarish va tashkilotchilik tajribalarini olib kiradi. Daromaddorlik, kapitallashuv, likvidlik, aniq maqsadlar ko'zlanadi. W- kuchsiz tomon Keskin xo'jalik disproporsiyalarini yaratishi, ijtimoiy to'qnashuvlarni keltirib chiqarishi, mahalliy tadbirkorlikni rivojlantirishga to'sqinlik qilishi mumkin. Investitsiya oqimlarining yo'nalishi o'zgarib turishi, bir mamlakatdan boshqasiga ko'chib yurishi.

O- imkoniyatlar Investitsiya kirib keladigai mamlakatda soliq, ijara va boshqa tushumlarning ko'payishiga imkon yaratadi. Samaradorlik, ishlab chiqarishni o'stirish, bozorlarga kirib borish imkonini yaratadi. T- xavf-xatar 1 Investitsiya kiritilayotgan davlat bilan bog'liq xavf(siyosiy ijtimoiy beqarorlik) 2.Shartnoma yoki investitsiyaga qadar xavf (munosib sheriklar topish, intelektual boylikni hosil qilish hukuqiy asoslari) 3.Operatsion yoki investitsiyalashtirilgandan keyi xavf (foyda taqsimlanishi, mahalliy bozorlar marketingi)

iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.

Dars jarayonida talabalar quyilgan muammolarni jadval asosida tahlil qilishga harakat qilishdi. Ular tomonidan faollik kuzatildi. Qiziqish kuchayib bordi.

"SWOT" — tahlili jadvalidan foydalanishda shakllantirilgan kichik guruhlar uchun o'qituvchi tomonidan 15 daqiqa vaqt ajratildi. So'ngra, bajarilgan vazifa talabalar tomonidan taqdimot shaklida rasmiylashtirildi hamda ular baholash mezonlari asosida ko'rib chiqildi. O'tilgan mavzuni o'rganilganlik darajasi ikki guruhda ham dars yakunidagi savol-javob, test savollari asosida tekshirildi.

Natijalar shuni ko'rsatdiki, nazorat guruhga nisbatan tajriba guruhidagi talabalarning noan'anaviy darsdagi faolligi va o'zlashtirish darajasi o'zgarganligini guvohi bo'ldik (3-jadval), ya'ni:

3- jadval

Nazorat va tajriba guruhlaridagi talabalarning o'zlashtirish darajalari

№ O'zlashtirish darajalari Nazorat guruhi Tajriba guruhi

1 229

"RAQOBATBARDOSH KADRLAR TAYYORLASHDA FAN - TA'LIM - ISHLAB CHIQARISH INTEGRATSIYASINI TAKOMILLASHTIRISH ISTIQBOLLARI" MAVZUSIDAGI XALQARO ILMIY-AMALIY KONFERENSIYA 2023-yil, 22 - noyabr

(n=25) (n=27)

soni foizi soni foizi

1. 85,1% - 100% «A'lo» 2 8 % 4 15 %

2. 70,1% -«Yaxshi» 85% 6 24 % 9 33 %

3. 55,1% -«Qoniqarli» 70% 1 2 48 % 10 37 %

4. 0% -«Qoniqarsiz» 55% 5 20 % 4 14%

Agar an'anaviy darsda 25 nafar talabadan 20 nafari dars jarayonida faol qatnashgan bo'lsa, "SWOT"— tahlili usuli asosida tashkil etilgan darsda 27 nafarning 25 nafari faol qatnashdi. Talabalar o'zaro hamkorlikda faoliyat yuritishi natijasida dars qizg'in va sermazmun o'tdi. Mavzuni chuqur o'rganishga qiziqish yuqori bo'ldi, chunki har bir guruh o'z mavqei uchun kurashdi.

Tadqiqotimizning ikkinchi qismida esa muammoli vaziyatlar usuli asosida tahliliy fikrlash qobiliyatini oshirishga qaratilgan tajriba ishlari esa Bo'lajak iqtisodchi mutaxassislarda iqtisodiy bilimlarni yanada oshirish maqsadida "Tadbirkorlik, sarf-harajat va foyda" mavzusiga oid dars mashg'ulotida tashkil qildik. Bunda yana nazorat va tajriba guruh a'zolari ishtirok etishdi. Tajriba guruhidagilar 4 kichik guruhga ajratildi va har bir guruh uchun muammoli vaziyat yoritilgan varaqlar tarqatildi. Mashg'ulot davomida har bir guruhga muammolli vaziyatning yechimini topishi va uning natijalari asosida taqdimot tayyorlash kerakligi aytib o'tildi.

Darsga tayyorgarlik jarayonida muammoli vaziyat keltirilgan varaqlar tayyorlandi. Masalan:

1. Muammoli vaziyat

Muammoli vaziyat: Ishlab chiqarish kompaniyalar muassislari muvaffaqiyatli biznesni yo'lga qo'yish uchun yillab investitsiya kiritadilar. Biznesni butunlay yoki qisman investorga sotish masalasi yuzaga kelganda chekkan zahmatlarga yarasha eng yuqori narxda pullash istagida bo'ladilar.

Muammoning qo'yilishi: Xo'sh investorlar qanday jalb qilinadi?

Muammoning (o'qituvchi tomonidan) echimi:

1. Investitsiyalar jalb qilishga doimiy tayyorgarlik.

2. Kelgusi rivojlanish haqida uzoq muddatli tasavvur mavjudligi.

3. Biznesning qiymatini va narx omillarini tushunish.

4. Mustaqil ravishda audit o'tkazish.

5. Moliyaviy hisobdorlikning to'g'riligi.

6. Aylanma kapitalini optimallashtirish.

7. Soliqlar.

8. Tajribali jamoa.

9. Fokusni saqlab turish

10. Ish jarayonidagi salomatlik.

2. Muammoli vaziyat

"RAQOBATBARDOSH KADRLAR TAYYORLASHDA FAN - TA'LIM - ISHLAB

CHIQARISH INTEGRATSIYASINI TAKOMILLASHTIRISH ISTIQBOLLARI " MAVZUSIDAGI XALQARO ILMIY-AMALIY KONFERENSIYA 2023-yil, 22 - noyabr

Muammoli vaziyat: Bir vaqtda boshlagan ikki kishining biznesi ikki xil tarzda bo'ldi. Biznes yuritadigan odamning birida savdo gullasa, boshqasining aksincha, ishi yurishmay qoldi.

Muammoning qo'yilishi: Tadbirkorlarda savol tug'iladi - buning boisi nimada va qanday qilinsa ish amalga oshadi?

Muammoning (o'qituvchi tomonidan) echimi:

1. Tajribali tadbirkorlar bilan maslahatlashish.

2. Sotuvlar hajmini oshirish (mijozlar kiruvchi oqimi, konversiya, o'rtacha chek, xarid chastotasi va marja kabi koeffitsientlar formulasi).

3. Muammoli vaziyat

Muammoli vaziyat: Tadbirkorlarning eng ko'p to'qnash keladigan davlat tizimi bu soliqdir. Shunday bo'lsa ham, ko'p tadbirkorlar soliqqa tortish qonun-qoidalari, bu boradagi imtiyozlar, yengilliklar va javobgarliklar haqida yetarlicha tasavvurga ega emaslar. Bu jarayon yo'lga yaxshi qo'yilmagan.

Muammoning qo'yilishi: Oddiy tadbirkorning soliq madaniyatini va bilimini kengaytirish uchun qanday amaliy chora-tadbirlar ko'rilishi ko'zda tutilgan? Boshlang'ich tadbirkor o'zi uchun mavjud imtiyozlarni, o'z majburiyatlarini tushunarli tilda qaerdan olishi mumkin?

Muammoning (o'qituvchi tomonidan) echimi:

1. Seminar treninglar va davra suhbatlarini o'tkazish orqali.

2. Ommaviy axborot vositalarida chiqishlar orqali.

3. Bitiruvchilar va yosh kadrlarning soliq qonunchiligi sohasidagi bilimlarini yanada mustahkamlash orqali.

4. Mahallalarda fuqarolar o'rtasida soliq majburiyatlarining bajarilish yuzasidan tushuntirishlar. o'tkazilishi orqali

5. Elektron axborot tizimlarida interaktiv va axborot xizmatlarini ko'rsatish orqali.

4. Muammoli vaziyat

Muammoli vaziyat: Aksariyat rivojlangan mamlakatlar jahon bozoriga chiqaradigan o'z tovar va xizmatlari bilan mashhurdirlar: Shveysariya bank xizmatlari, Italiya kiyim-kechagi, Singapur moliyaviy xizmatlari. Boshqacha qilib aytganda muayyan mamlakat ayrim tovarlar ishlab chiqarishda yoki xizmatlarni ko'rsatishda boshqalarga nisbatan afzalroqdirlar.

Muammoning qo'yilishi: O'zbekistonda ishlab chiqarishning qaysi tarmoqlarini rivojlantirish lozimligini kim va qanday aniqlaydi? Bu borada davlatning roli qanday bo'lishi kerak? Iqtisodiyotni rivojlantirish uchun O'zbekistonda nima ishlab chiqargan ma'qul?

Muammoning (o'qituvchi tomonidan) echimi:

1. Yengil sanoat.

2. Qishloq xo'jaligi.

3. Mintaqaviy innovatsion markaz.

4. Iqtisodiy ochiqlik.

5. Raqobat.

6. Investorlar huquqlarini himoyalash, samarali sud tizimi.

7. Makroiqtisodiy barqarorlik.

Yuqoridagi muammoli vaziyat bilan ishlovchi to'rt kishidan iborat kichik guruhlar shakllantirildi. Har bir guruhga vaziyat bilan tanishib chiqish uchun o'qituvchi tomonidan 5 daqiqa vaqt ajratildi. So'ngra guruhda o'zaro fikr almashishiga imkon yaratildi. Har bir guruhda muammo tahlil qilish uchun ham 15 daqiqa vaqt berildi. Vazifa bajarilgach, talabalar muammo bo'yicha

"RAQOBATBARDOSH KADRLAR TAYYORLASHDA FAN - TA'LIM - ISHLAB CHIQARISH INTEGRATSIYASINI TAKOMILLASHTIRISH ISTIQBOLLARI " MAVZUSIDAGI XALQARO ILMIY-AMALIY KONFERENSIYA lGl3-yil, ll - noyabr

taqdimot tayyorladilar hamda ular mezonlar asosida baholandilar. O'tilgan mavzuni o'rganilganlik darajasi ikki guruhda ham dars yakunidagi savol-javob asosida tekshirildi.

Natijalar shuni ko'rsatdiki, tajriba guruhida talabalar ancha ko'nikma va malakaga ega bo'lib, nazorat guruhiga nisbatan o'zlashtirishda ancha ilgarilab ketganligi ma'lum bo'ldi. Bunda: Nazorat guruhidagi talabalarning 8% a'lo; 20% yaxshi; 56% qoniqarli bo'lsa, tajriba guruhi talabalaridan 22 % a'lo; 55 % yaxshi; 15 % qoniqarli tarzda o'zlashtirish ko'rsatkichiga ega bo'ldi. Nazorat guruhidagi talabalarning 4 nafari qoniqarsiz ko'rsatkichga ega bo'lgan bo'lsa, tajriba guruhida bu ko'rsatkich 2 barobariga kamaydi.

1-diagramma. Nazorat va tajriba guruhlaridagi o'quvchilarning o'zlashtirish darajalari

Talabalar o'zaro hamkorlikda faoliyat yuritishi natijasida dars qizg'in va sermazmun o'tdi. O'zlashtirish ko'rsatkichi ikki baravar oshdi. Demak, o'quv faoliyati davomida talabalarga mavzu yuzasidan tahliliy qobiliyatini shakllantirish uchun avval "SWOT" — tahlili jadvalidan foydalangan holda, so'ngra tahliliy qobiliyatni oshirishga qaratilgan muammoli vaziyat usullaridan samarali foydalanish talabalarning mustaqil faolligini, tahlil qilishi malakasini keskin oshiradi. Bunda har bir talaba o'z fikrini o'zgalarga bemalol bayon eta oladi, o'rtoqlarining fikrlari bilan tanishish, tanqidiy ravishda tahlil qilish malakasi oshadi.

Xulosa va takliflar

Ma'lumki, an'anaviy dars o'tishda ta'lim jarayonining markazida o'qituvchi turadi. An'anaviy dars shaklini saqlab qolgan holda uni turli xil, talabalar faolligini oshiradigan metodlar bilan boyitib borilsa, ularning o'zlashtirish darajasi ko'tarilishiga olib keladi.

1. Noan'anaviy ta'lim shakllaridan bo'lgan, kichik guruhlarda hamkorlikda faoliyat ko'rsatish asosida tashkil etilgan dars natijalari shuni ko'rsatdiki, talabalar kichik guruhlarda hamkorlikda faoliyat yuritib, o'zlari ham tinglovchi, ham axborotni yetkazuvchi, ham tahlil qiluvchi pozitsiyada bilimlarni puxta o'zlashtirish imkonini kengaytiradilar.

2. Talabalarda iqtisodiy fanlarni o'qitish jarayonida "SWOT"-tahlil usuli talabalarning tahliliy fikrlash qobiliyatini shakllantirishga qaratilgan bo'lib, mutaqil va tanqidiy fikrlovchi hamda analiz va sintez kabi tafakkur jarayonlarini rivojlantirishga xizmat qiladi natijada mantiqiy qaror qabul qilishga o'rganadi.

4. "SWOT" - tahlil jadvalidan foydalanish ko'nikmasi talabalarda "Muammoli vaziyat" usullaridan samarali foydalanishga asos bo'ldi. Chunki, ta'lim oluvchilarning bahslari, mushohadalari amalga oshiriluvchi analiz-sintez faoliyatiga asoslanadi.

" RAQOBATBARDOSH KADRLAR TAYYORLASHDA FAN - TA'LIM - ISHLAB CHIQARISH INTEGRATSIYASINI TAKOMILLASHTIRISH ISTIQBOLLARI " MAVZUSIDAGI XALQARO ILMIY-AMALIY KONFERENSIYA 2023-yil, 22 - noyabr

5. Muammoli vaziyat usuli yordamida talabalar vaziyatlarni qanday baholash tizimini, holatini anglab yetdi, biror vaziyat yoki hodisani teran fikrlash, tahlil va sintez qilish yo'li bilan to'g'ri munosabat bildirish malakasiga ega bo'ladilar.

6. "Muammoli vaziyat" usuli o'qitishning ijodiy, tahliliy, faol shaxs tarbiyasi maqsadlariga mos keladi. Bundagi yutuq: bilimlarni o'zlashtirishdagi mustaqillik, ta'lim oluvchilarning mustaqil dunyoqarashini shakllantirishga yordam berishi, talabaning shaxsiy motivatsiyalari, bilishga doir qiziqishlarini shakllanishi, talabalarning fikrlash qobiliyatini rivojlanishi, talabaning dialektik tafakkurining rivojlanishi, ular tomonidan o'rganilayotgan hodisalar va qonuniyatlardagi yangi aloqadorlikni yuzaga chiqarilishini ta'minlaydi.

REFERENCES

1. Ishmuhamedov R., Yuldashev M. Ta'lim va tarbiyada innovatsion pedagogik texnologiyalar. (ta'lim tizimi xodimlari, metodistlar, o'qituvchilar, tarbiyachi va murabbiylar uchun o'quv qo'llanma). -Toshkent, 2013. -277 B.

2. Karimova V.M. va boshqalar. Mustaqil tafakkurni shakllantirish masalalari. - T., 2003, 17-bet

3. Kamolova N.Q. Talaba-yoshlarni iqtisodiy tarbiyalashning milliy-ma'naviy asoslari. - T.: O'zPFITI, 2004. - 62 b.

4. Mirsolieva M., Ibragimova G. Pedagogik texnologiyalar va pedagogik mahorat. -Toshkent, 2015.-110 b. 25-bet

5. Psixologiya i pedagogika. Pod.red. A.A.Radugina. - M., 2003, 57-68s.

6. Sayidahmedov N. Yangi pedagogik texnologiyalar. - T.: Moliya, 2003. 30-bet.

7. Tojiboeva D. Maxsus fanlarni o'qitish metodikasi.T.: «Fan va texnologiya", 2007 yil, 27 - bet.

8. Shodmonov Sh. Sh., G'afurov U.V. «Iqtisodiyot nazariyasi».-T., «Iqtisod-moliya». 2010.

9. O'lmasov A., "Iqtisodiy bilim asoslari" 2010 yil.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.