Научная статья на тему 'PEDAGOGIK JARAYONLARDA RIVOJLANTIRUVCHI TA’LIM TEXNOLOGIYALARIDAN FOYDALANISHNING AHAMIYATLI TOMONI (MUAMMOLI TA’LIM TEXNOLOGIYASI MISOLIDA)'

PEDAGOGIK JARAYONLARDA RIVOJLANTIRUVCHI TA’LIM TEXNOLOGIYALARIDAN FOYDALANISHNING AHAMIYATLI TOMONI (MUAMMOLI TA’LIM TEXNOLOGIYASI MISOLIDA) Текст научной статьи по специальности «Науки об образовании»

CC BY
920
173
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
ta’lim / jarayon / loyiha / afzallik / muammoli ta’lim / modelli ta’lim / texnologiya. / education / process / project / advantage / problem Education / Model Education / Technology.

Аннотация научной статьи по наукам об образовании, автор научной работы — Saydillayeva, Mehrinaz Bahodir Qizi, Tog’ayeva, Munisa Muhammadiyevna

Ushbu maqolada ta’lim jarayonida rivojlantiruvchi ta’lim texnologiyalaridan foydalanish natijasida ta’limning samaradorligini oshirish ko’zda tutiladi. Rivojlantiruvchi ta’lim texnologiyalaridan biri muammoli ta’lim texnologiyasidir. Muammoli oʼqitish bu takomillashgan oʼqitish texnologiyasidir. Hozirgi ta’lim tizimida samarador oʼqitish texnologiyasi bu muammoli oʼqitishdir. Uning vazifasi faol bilish jarayoniga undash va tafakkurda ilmiy-tadqiqot uslubini shakllantirishdir. Muammoli oʼqitish ijodiy, faol shaxs tarbiyasi maqsadlariga mos keladi. Quyida ushbu ta’lim texnologiyalarining afzalliklari va kamchiliklarini ko’rib chiqamiz.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

IMPORTANT SIDE OF USING DEVELOPMENTAL EDUCATIONAL TECHNOLOGIES IN PEDAGOGICAL PROCESSES (EXAMPLE OF PROBLEM EDUCATIONAL TECHNOLOGY)

This article will focus on improving the effectiveness of education as a result of the use of educational technologies that develop in the educational process. One of the developing educational technologies is problematic educational technology. Problem teaching is an improved teaching technology. In the current education system, effective teaching technology is problematic teaching. Its task is to encourage an active cognitive process and form a research style in thinking. Problem training is consistent with the goals of creative, active personality training. Below we will consider the advantages and disadvantages of these educational technologies.

Текст научной работы на тему «PEDAGOGIK JARAYONLARDA RIVOJLANTIRUVCHI TA’LIM TEXNOLOGIYALARIDAN FOYDALANISHNING AHAMIYATLI TOMONI (MUAMMOLI TA’LIM TEXNOLOGIYASI MISOLIDA)»

Oriental Renaissance: Innovative, (E)ISSN:2181-1784

educational, natural and social sciences www.oriens.uz

SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7 3(4/2), April, 2023

PEDAGOGIK JARAYONLARDA RIVOJLANTIRUVCHI TA'LIM TEXNOLOGIYALARIDAN FOYDALANISHNING AHAMIYATLI TOMONI (MUAMMOLI TA'LIM TEXNOLOGIYASI MISOLIDA)

Saydillayeva Mehrinaz Bahodir qizi

Termiz davlat pedagogika instituti Maktabgacha ta'lim fakulteti Maktabgacha ta'lim

nazariyasi kafedrasi o'qituvchisi Tel: +99 888 151 02 30 Tog'ayeva Munisa Muhammadiyevna Termiz davlat pedagogika instituti Maktabgacha ta'lim fakulteti Maktabgacha ta'lim

yo'nalishi 2-kurs talabasi Tel: +99 893 068 99 08

ANNOTATSIYA

Ushbu maqolada ta'lim jarayonida rivojlantiruvchi ta'lim texnologiyalaridan foydalanish natijasida ta 'limning samaradorligini oshirish ko 'zda tutiladi. Rivojlantiruvchi ta'lim texnologiyalaridan biri muammoli ta'lim texnologiyasidir. Muammoli o'qitish bu takomillashgan o'qitish texnologiyasidir. Hozirgi ta'lim tizimida samarador o 'qitish texnologiyasi - bu muammoli o 'qitishdir. Uning vazifasi faol bilish jarayoniga undash va tafakkurda ilmiy-tadqiqot uslubini shakllantirishdir. Muammoli o'qitish ijodiy, faol shaxs tarbiyasi maqsadlariga mos keladi. Quyida ushbu ta 'lim texnologiyalarining afzalliklari va kamchiliklarini ko 'rib chiqamiz.

Kalit so'zlar: ta'lim, jarayon, loyiha, afzallik, muammoli ta'lim, modelli ta'lim, texnologiya.

АННОТАЦИЯ

Данная статья предусматривает повышение эффективности обучения в результате использования в образовательном процессе развивающих образовательных технологий. Одной из технологий развивающего обучения является технология проблемного обучения. Проблемное обучение-это усовершенствованная технология обучения. В современной системе образования эффективной технологией обучения является проблемное обучение. Его задача-побудить к активному познавательному процессу и сформировать в мышлении исследовательский стиль. Проблемное обучение соответствует целям воспитания творческой, активной личности. Ниже мы рассмотрим преимущества и недостатки этих образовательных технологий.

Ключевые слова: образование, процесс, проект, предпочтение, проблемное обучение

Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences

SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7

(E)ISSN:2181-1784 www.oriens.uz 3(4/2), April, 2023

ABSTRACT

This article will focus on improving the effectiveness of education as a result of the use of educational technologies that develop in the educational process. One of the developing educational technologies is problematic educational technology. Problem teaching is an improved teaching technology. In the current education system, effective teaching technology is problematic teaching. Its task is to encourage an active cognitive process and form a research style in thinking. Problem training is consistent with the goals of creative, active personality training. Below we will consider the advantages and disadvantages of these educational technologies.

Keywords: education, process, project, advantage, problem Education, Model Education, Technology.

KIRISH

Muammoli o'qitish jarayonida talabaning mustaqilligi o'qitishning reproduktiv shakllariga nisbatan tobora o'sib boradi. Ma'lumki, o'qitishning har qanday asosida inson faoliyatining muayyan qonuniyatlari, shaxs rivoji va ular negizida shakllangan pedagogik fanning tamoyillari va qoidalari yotadi. Insonning bilish faoliyati darajasini, mantiqiy bilish ziddiyatlarini hal qilishda ob'ektiv qonuniyatlari didaktik tamoyillarga tayanadi.

Muammoli vaziyat muayyan pedagogik «vositalarda maqsadga muvofiq tashkil etiladigan o'ziga xos o'qitish sharoitida yuzaga keladi. Shuningdek, o'rganilgan mavzular xususiyatlaridan kelib chiqib, bunday vaziyatlarni yaratishning maxsus usullarini ishlab chiqish zarur. Shunday qilib, o'qitishda muammoli vaziyat shunchaki «fikr yo'lidagi kutilmagan to'siq» bilan bog'langan aqliy mashaqqat holati emas. U bilish maqsadlari maxsus taqozo qilgan aqliy taranglik holatidir. Bunday vaziyat negizida avval o'zlashtirilgan bilim izlari hamda ayni vaqtda ifodalangan fikrlar umumlashtiriladi. Bunda har qanday aqliy tafakkur orqali erishilgan mashaqqat muammoli vaziyat bilan bogliq bo'lmasligini ta'kidlash o'rinli bo'ladi. Yangi bilimlar avvalgi bilimlar bilan bog'lanmasa, aqliy mashaqqat muammoli bo'lmaydi. Bunday mashaqqat aqliy izlanishni kafolatlamaydi. Muammoli vaziyat har qanday fikrlash mashaqqatlaridan farq qilib, unda talaba mashaqqat talab qilgan ob'ekt (tushuncha, fakt) ning unga avval va ayni vaqtda ma'lum bo'lgan vazifa, masala bo'yicha ichki, yashirin aloqalarini anglab yetadi.

An'anaviy pedagogik usuldagi - bilimlardan muammoga qarab - o'quvchilar mustaqil ilmiy izlanish ko'nikma va malakalarini hosil qila olmaydi, chunki ularga o'zlashtirish uchun tayyor natijalar taqdim etiladi. Muammoning yechimi ijodiy fikrlashni taqozo etadi. O'zlashtirilgan bilimlar shablonlarini takrorlash bilan bog'liq

o

SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7

3(4/2), April, 2023

bo'lgan reproduktiv psixik jarayonlar, muammoli vaziyatlarda hech qanday samara bermaydi. Agar inson muntazam tayyor bilim va ko'nikmalarni o'zlashtirishga o'rgatilgan bo'lsa, uning tabiiy ijodiy qobiliyatini so'ndirish ham mumkin; u mustaqil fikrlashni «esdan chiqaradi» Fikrlash jarayoni muammoli masalalarni yechishda a'lo darajada namoyon bo'ladi va rivojlanadi.

ADABIYOTLAR SHARHI

Muammoli ta'lim texnologiyasi juda qadim zamonlardan shakllanib kelmoqda. Jumladan, qadimgi Grestiyada muammoli savol-javoblar, qadimgi Hindiston va Xitoyda muammoli bahs-munozaralardan keng foydalanilgan. Muammoli ta'limni amerikalik psixolog, faylasuf va pedagog Dj. Dyui 1894-yilda Chikagoda tashkil etgan tajriba maktabida qo'llagan. XX asrning 60-yillarida bu yo'nalishda tadqiqotlar olib borildi. 70-80-yillarga kelib, amaliyotga keng joriy etildi. Muammoli ta'limning asosiy g'oyasi bilimlarni o'quvchilarga tayyor holda berish emas, ular tomonidan dars mavzusiga tegishli muammolar bo'yicha o'quv-tadqiqotlarini bajarish asosida o'zlashtirilishini ta'minlashdan iborat. O'zbekistonda muammoli ta'limni qo'llash bo'yicha bir necha asrlar davomida maktab va madrasalarda suqrotona savol-javob usulidan keng foydalanish asosida o'quvchilarda ziyraklik, hozirjavoblik sifatlari hamda go'zal nutq tarkib toptirilgan. Suqrotona savol-javob usuli hozirgacha eng samarali ta'lim usullaridan biri sifatida qo'llaniladi. Bunda o'quvchi chuqur mant iqiy fikrlashga, ziyraklikka, aniq va to'g'ri so'zlashga, nutqning mantiqiyligi va ravonligiga hamda tanqidiy, ijodiy fikrlashga o'rgatilgan. Masalan, suqrotona suhbatlar deganda o'qituvchining o'quvchini mustaqil va faol fikrlash jarayoniga olib kirishi hamda uning fikrlashidagi noto'g'ri jihatlarni ziyraklik bilan aniqlagan holda ularni tuzatish yo'liga olib chiqishdan iborat usullar nazarda tutiladi. Hozirgi pedagogikaga oid adabiyotlarda muammoli o'qitishning turli ta'rif va tavsiflar bor. Bizningcha, nisbatan to'liq va aniq ta'rif M.I. Maxmudova tomonidan berilgan bo'lib, unda muammoli o'qitish mantiqiy fikrlar tadbirlari (tahlil, umumlashtirsh) hisobga olingan o'rgatish va dars berish usullarini qo'llash qoidalari va talabalarning tadqiqot faoliyatlari qonuniyatlarining (muammoli vaziyat, bilishga bo'lgan qiziqish va talab...) tizimi sifatida izohlanadi.

Muammoli o'qitishning mohiyatini o'qituvchi tomonidan talabalarning o'quv ishlarida muammoli vaziyatni vujudga keltirish va o'quv vazifalarini, muammol ariii va savollarini hal qilish orkali yangi bilimlarni o'zlashtirish bo'yicha ularning bilish faoliyatini boshqarish tashkil atadi. Bu esa bilimlarni o'zlashtirishning ilmiy-tadqiqot usulini yuzaga keltiradi.

Muammoli vaziyatning fikriy tahlil qiladigan bo'lsak, mustaqil aqliy faoliyatidir. U talabani intellektual mashaqqat keltirib chiqargan sabablarni tushunishga, unga

SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7

3(4/2), April, 2023

kirish, muammoni so'z bilan ifodalash, ya'ni faol fikr yuritishni belgilashga olib ksladi. Bu urinda izchillik yorqin ko'rinadi avvalo muammoli vaziyat yuzaga keladi, so'ng o'quv muammosi shakllanadi.

MUHOKAMA VA NATIJALAR

Bugungi kunda, muammoli o'qitish mashg'ulotlarda pedagog tomonidan yaratiladigan muammoli vaziyatlar va ularni yechishga qaratilgan o'quvchilarning faol mustaqil faoliyati tushuniladi. Buning natijasida o'quvchilar kasbiy bilimlarga, ko'nikmalarga, malakalarga ega bo'ladilar va fikrlash qobiliyatlari rivojlanadi. Muammoli o'qitish, o'qitishning shaxsga yo'naltirilgan texnologiyalarga taalluqli, chunki bu yerda shaxs sub'ekt sifatida qaraladi, muammoli vaziyatlarning maqsadi -pedagogik jarayonda o'ziga xos qiziqish uyg'otishdir.

Muammoli o'qitishda kechadigan jarayonlarning psixologik mexanizmi quyidagicha bo'ladi: inson ziddiyatli, yangi, noma'lum muammoga (muammo -murakkab nazariy yoki amaliy masala bo'lib, yashirin ziddiyatlarni qamrab oladi, uning yechimi turli, hatto muqobil vaziyatlarni talab etadi) duch keladi, unda hayratlanish, ajablanish holati paydo bo'ladi, «gap nimada?» degan savol tug'iladi. O'quvchi noma'lum yechimni topish uchun mustaqil yoki o'qituvchi yordamida izlanadi. Muammoni jamoaviy hal etishda paydo bo'luvchi, sub'ekt-ob'ekt-sub'ekt munosabatlari ijodiy fikrlashni faollashtirishga olib keladi.

Muammoli o'qitish, o'qitishning eng tabiiy samarali usulidir, chunki ilmiy bilimlar mantiqi o'zida muammoli vaziyatlar mantiqini namoyish etadi. Muammoli vaziyatlar kiritilib, an'anaviy, bayon etish o'quv materialining eng optimal tarkibi hisoblanadi. Pedagog muammoli vaziyat yaratadi, o'quvchini uni yechishga yo'naltiradi, yechimni izlashni tashkil etadi. Muammoli o'qitish, ijodiy jarayondan nostandart ilmiy-o'quv masalalarni nostandart usullar bilan yechishni taqozo etadi. Talabalarga mashq uchun beriladigan masalalar, olingan bilimlarni mustahkamlash va malakalar hosil qilish uchun xizmat qilsa, muammoli masalalar esa faqat yangi yechimlar izlashga qaratiladi. O'quv materialini muammoli taqdim etilishining mohiyati shundaki, unda o'qituvchi bilimlarni tayyor holda taqdim etmasdan, o'quvchilar oldiga muammoli masalalar qo'yadi, ularni yechimining yo'llari va vositalarini izlashga undaydi. Muammo, yangi bilimlar va harakat usullar sari, o'zi yo'lga boshlaydi. Muammoli o'qitishda kechadigan jarayonlarning psixologik mexanizmi quyidagicha bo'ladi: inson ziddiyatli, yangi, noma'lum muammoga (muammo - murakkab nazariy yoki amaliy masala bo'lib, yashirin ziddiyatlarni qamrab oladi, uning yechimi turli, hatto muqobil vaziyatlarni talab etadi) duch keladi, unda hayratlanish, ajablanish holati paydo bo'ladi, «gap nimada?» degan savol tug'iladi.

SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7

3(4/2), April, 2023

Muammoli vaziyat har qanday fikrlash mashaqqatlaridan farq qilib, unda talaba mashaqqat talab qilgan ob'ekt (tushuncha, fakt)ning unga avval va ayni vaqtda ma'lum bo'lgan vazifa, masala bo'yicha ichki, yashirin aloqalarini anglab yetadi. Muamoli o'qitishning o'ziga xos jihatlari majudki, bu jihatlarni tadqiqotchi B.Aysmontas quyidagicha izohlaydi.

B.Aysmontas bo'yicha muammoli ta'limning yutuq va kamchiliklari:

Yutuqlari Kamchiliklari

1.Bilimlarni o'zlashtirishdagi yuqori darajadagi mustaqillik, ta'lim oluvchilarning mustaqil dunyoqarashini shakllantirishga yordam beradi . 2.Talabaning shaxsiy motivatsiya-lari, bilishga doir qiziqishlarini shakllantiradi . 3.Talabalarning fikrlash qobiliya-tini rivojlantiradi 4.Talabalarning dialektik tafak-kurining shakllanishi va rivoj-lanishiga yordam beradi, ular tomo-nidan o'rganilayotgan hodisalar va qonuniyatlardagi yangi aloqadorlikni yuzaga chiqarilishini ta'minlaydi. 1 .Amaliy ko'nikma va malakalarni shakllanishda boshqa ta'lim tiplariga qaraganda kam darajada qo'llaniladi. 2.Boshqa ta'lim turlariga qaraganda bir xil hajmdagi bilimlarni o'zlashtirish uchun ko'p vaqt talab etiladi.

Muammo o'qitishning mohiyati shundaki, u talabaga tanish bo'lgan ma'lumotlar va yangi faktlar, hodisalar (qaysiki, ularni tushunishi va tushuntirish uchun avvalgi bilimlar kamlik qiladi) o'rtasidagi ziddiyatdir. Ziddiyat ma'lum bilimlarni o'zlashtiruvchi kuchdir.

Muammoli ta'lim bir qancha ijobiy xususiyatlarga ega. U talabalarni mustaqil fikrlashga o'rgatadi. Bu esa bugungi axborotlar oqimi davri uchun o'ta muhim. Fikrlash refleksni, ijodkorlikni va qiziqishni rivojlantiradi. O'zlashtirilgan bilimlarni puxta bo'lishiga yordam beradi. Talabalarni faollashtiradi va kasbiy tayyorgarlikni mustahkamlaydi. Ammo bu ta'limning bir muncha chegaralanganlik tomonlari ham yo'q deb bo'lmaydi.

XULOSA

SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7

3(4/2), April, 2023

Muammoli ta'limni tashkil etish va o'tkazish bir muncha ko'proq vaqt talab etadi. Barcha mavzularni bu usuldan foydalangan holda tashkil etib bo'lmaydi. Talabalar soni chegaralanadi. O'qituvchi differensial va individual yondashuvni ishlab chiqmasa, ba'zi passiv talabalar chetda qolib ketadi. Mazkur metoddan foydalanish jarayonida muammo yechimini topishga yordam beruvchi yo'nalishlar ko'rsatilmaydi va chegaralanmaydi. Bu xususiyat muammoli masalaga xosdir. Muammoda yechimning qandaydir parametrlari ko'rsatilsa u muammoli masala hisoblanadi.

Har qanday muammoli topshiriq ma'lum muammoni demak muammoli vaziyatni ham qamrab oladi. Biroq yuqorida ta'kidlanganidek barcha muammoli vaziyat muammo bo'la olmaydi. Inson har doim muammoli masalalarni hal etadi. Agar uning oldida muammo paydo bo'lsa uni muammoli masalaga aylantiradi, ya'ni uning yechimi uchun o'zidagi bilimlar tizimiga tayanadi va ma'lum ko'rsatishlarni belgilab oladi.

ADABIYOTLAR RO'YXATI (REFERENCES)

1. qizi Saydillayeva M.B. Maktabgacha yoshdagi bolalarning rivojlanishida faoliyat markazlarining ahamiyati // Results of National Scientific Research International Journal. - 2022. - Т. 1. - №. 7. - С. 420-424.

2. Сайдуллаева М.Б., Маьруфжонова Р.Л. Эффективные способы организации обязательного однолетнего обучения детей 6-7 лет // Экономика и социум. -2021. - №. 2-2. - С. 180-183.

3. Mehrinaz Bahodir qizi Saydillayeva Youth, science, education: topical issues, achievements and innovations 121-127 - 2022/11/5.

4. Мехриназ Сайдиллаева "Общество и инновации" https://scholar. google.ru/scholar?oi=bibs&cluster=18280486685528119765&btnI=1 &hl=ru 2023/2/20. 4 161-165

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.