Научная статья на тему 'PEDAGOGIKA OLIYGOHLARIDA TALABALARNING IJODIY QOBILIYATLARINI SHAKILLANTIRISHDA MUAMMOLI TA’LIM TEXNOLOGIYALARIDAN FOYDALANISH'

PEDAGOGIKA OLIYGOHLARIDA TALABALARNING IJODIY QOBILIYATLARINI SHAKILLANTIRISHDA MUAMMOLI TA’LIM TEXNOLOGIYALARIDAN FOYDALANISH Текст научной статьи по специальности «Науки об образовании»

CC BY
764
118
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
ijodiy qobiliyat / ko’nikma / axborot / muammoli ta’lim / texnologiya. / creative ability / skill / information / problem-based learning / technology.

Аннотация научной статьи по наукам об образовании, автор научной работы — Siddiqov, I.M., Igamberdiyev, U.R.

Maqolada davlatimiz tomonidan belgilangan maqsadlarni amalga oshirishda kadrlar masalasi va bunda ta’lim tizimining o’rni, pedagog kadrlarni tayorlashda muammoli ta’lim texnologiyalari, muammoli ta’lim turlari va ularni amalga oshirish metodlari yoritilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

USE OF PROBLEM EDUCATIONAL TECHNOLOGIES IN THE FORMATION OF CREATIVE TALENTS OF STUDENTS IN PEDAGOGICAL UNIVERSITIES

The article describes the issue of personnel in the implementation of the goals set by the state and the role of the education system in it, problem-based learning technologies in the training of teachers, problem-based education and methods of their implementation.

Текст научной работы на тему «PEDAGOGIKA OLIYGOHLARIDA TALABALARNING IJODIY QOBILIYATLARINI SHAKILLANTIRISHDA MUAMMOLI TA’LIM TEXNOLOGIYALARIDAN FOYDALANISH»

Oriental Renaissance: Innovative, R VOLUME 1 | ISSUE 11

educational, natural and social sciences ( ) ISSN 2181-1784

Scientific Journal Impact Factor SJIF 2021: 5.423

PEDAGOGIKA OLIYGOHLARIDA TALABALARNING IJODIY

QOBILIYATLARINI SHAKILLANTIRISHDA MUAMMOLI TA'LIM TEXNOLOGIYALARIDAN FOYDALANISH

I.M. Siddiqov

Qoqon davlat pedagogika instituti "Informatika" kafedrasi dotsenti v.v.b., t.f.n.

U.R. Igamberdiyev Qo'qon davlat pedagogika instituti "Ta'limda axborot texnologiyalari" mutaxassisligi 2-bosqich magistranti

ANNOTATSIYA

Maqolada davlatimiz tomonidan belgilangan maqsadlarni amalga oshirishda kadrlar masalasi va bunda ta 'lim tizimining o 'rni, pedagog kadrlarni tayorlashda muammoli ta'lim texnologiyalari, muammoli ta'lim turlari va ularni amalga oshirish metodlari yoritilgan.

Kalitso'zlar: ijodiy qobiliyat, ko'nikma, axborot, muammoli ta'lim, texnologiya.

АННОТАЦИЯ

В статье рассматривается вопрос о кадрах в реализации поставленных государством целей и роли в нем системы образования, проблемных технологий обучения в подготовке учителей, проблемного обучения и методов их реализации.

Ключевые слова: творческие способности, умение, информация, проблемное обучение, технологии.

ABSTRACT

The article describes the issue of personnel in the implementation of the goals set by the state and the role of the education system in it, problem-based learning technologies in the training of teachers, problem-based education and methods of their implementation.

Keywords: creative ability, skill, information, problem-based learning, technology.

KIRISH

2018 yilda O'zbekiston Respublikasi Prezidentning «2019-2021 yillarda O'zbekiston Respublikasining innovatsion rivojlanish strategiyasini tasdiqlash to'g'risida» farmoni qabul qilindi. Unda murakkab va uzoq ko'zlangan maqsad qo'yilgan: 2030 yilga kelib Global innovatsion indeks reytingida O'zbekistonni dunyoning 50 ta eng ilg'or mamlakati qatoriga kiritishga erishish.

Scientific Journal Impact Factor

Strategiyaning asosiy maqsadi - «mamlakatning xalqaro maydondagi raqobatbardoshliligi darajasini va innovatsion jihatdan taraqqiy etganini belgilovchi asosiy omil sifatida inson kapitalini rivojlantirish"dir.

Ilm-fan va ta'lim - aynan shular mamlakatning raqobatbardoshligi, uning innovatsion rivojlanishini ta'minlovchi inson kapitalini yaratishi lozim. Bizning kelajagimiz ham shunga bog'liq. Aynan shu sababdan pedagogik ta'lim tizimidagi islohotlar juda muhim hisoblanadi. Vaqt buni bizga allaqachon isbotlagan. 2017 yilda mavjud pedagogika universitetlariga qo'shimcha sifatida 15 ta OTMda pedagogik mutaxassislik bo'yicha qo'shimcha sirtqi bo'limlar ochildi. Joriy yildan yana besh hududda ham yangi pedagogik institutlar ochilmoqda. 2018-2019 yillarda xalq ta'limi sohasida bir qator muhim hujjatlar, avvalambor, 2030 yilgacha xalq ta'limi tizimini rivojlantirish Konsepsiyasi qabul qilingan.

MUHOKAMA VA NATIJALAR

Pedagogik ta'limni isloh qilish nega shu qadar muhim? O'qituvchi shaxsi har qanday ta'lim tizimida markaziy bo'g'in hisoblanadi. U asosiy rol o'ynovchi shaxsdir: o'qituvchi qanday bo'lsa, o'quvchilar ham (ularning bilim, ko'nikmalari, qabul qilishlari) shunday bo'ladi. Demak, davlat iqtisodiyoti ham shunga qarab shakllanadi. Ulardan qay biri OTMga kirishi yoki jamiyatimizda bir necha yildan keyin kelajakka ishonch bilan boquvchi yuqori ma'lumotli va hech narsadan qo'rqmaydigan avlod paydo bo'lishi ham aynan ularga bog'liqdir.

Hech kim o'qituvchining maktabdagi roli haqida e'tiroz bildirmaydi. Biroq buni tan olishning o'zi yetarli emas. Prezidentning «O'zbekiston Respublikasida 2030 yilgacha xalq ta'limi tizimini rivojlantirish Konsepsiyasini tasdiqlash to'g'risida"gi farmonida konsepsiyaning asosiy maqsadi sifatida «umumiy o'rta va maktabdan tashqari ta'limni tizimli isloh qilishning ustuvor yo'nalishlari»ni aniqlash belgilangan.

Bo'lajak o'qituvchilarni tayyorlashda asosiy vazifa - talaba va o'qituvchilar hozirgi bog'cha va maktab yoshidagi bolalar ulg'ayganida qanday dunyoda yashashlarini tushunishlari kerak. Ta'lim sohasida qanday strategiyalarni ilgari surishimiz ham shunga bog'liq.

Odatda, maktab matematika, fizika, tarix kabi fanlardan umumiy bilimlar berishi lozim hisoblanadi. Bu XVII-XIX asrlarda vujudga kelgan ta'limning bilimga yo'naltirilgan shakli bo'lib, uning asosida bolalarga barcha fanlardan umumiy bilimlarni berish yotadi. Oliy ta'limda esa xuddi shu tizim tor soha mutaxassislarini tayyorlashda qo'llanilgan.

Scientific Journal Impact Factor

Bu tizim o'zini oqlay olmadi, XX asrda bunga ikki omil sabab bo'ldi: ma'lumotlar, axborot bazasi, ilm-fandagi kashfiyotlar va ixtirolar aql bovar qilmas darajada ko'payib ketdi, na maktab, na universitet bu o'zgarishlarning izidan quvib yeta oldi. Bir paytning o'zida, jamiyatdagi o'zgarishlar tufayli zamonaviy yoshlar o'zlashtirayotgan ko'pchilik kasblar yaqin kelajakda yo'q bo'lib ketmoqda.

Butun XX asr va hozirgi asr bizdan shaxsga yo'naltirilgan ta'limga o'tishni taqozo qilmoqda. Uning asosida esa ma'naviy, muloqot va kognitiv (yaratuvchan, tanqidiy, tizimli va nostandart fikrlash, keng dunyoqarash, hissiy idrok, katta va o'zgaruvchan ma'lumotlar bazasi bilan ishlay olish qobiliyati va hokazo) sifatlari doimiy o'zgarib borayotgan muhitda shaxsning rivojlanishi yotadi.

Shu sababdan pedagogik oliy ta'lim muassasalarida (maktab bitiruvchilarining sifati nuqtayi nazaridan) kimlar o'qitilishi, kim o'qitishi, nimalar, nima maqsadda va qanday o'qitilishi - bizning kelajagimiz, boringki, milliy xavfsizligimiz masalasidir[1].

Muammoli o'qitish bu takomillashtirilgan o'qitish texnologiyasidir. Hozirgi oliy maktabdagi samarador o'qitish texnologiyasi - bu muammoli o'qitishdir. Uning vazifasi faol bilish jarayoniga undash va tafakkurda ilmiy-tadqiqot uslubini shakllantirishdir. Muammoli o'qitish ijodiy, faol shaxs tarbiyasi maqsadlariga mos keladi. Muammoli o'qitish jarayonida talabaning mustaqilligi o'qitishning reproduktiv shakllariga nisbatan tobora o'sib boradi.

Muammoli o'qitishning mohiyatini o'qituvchi tomonidan talabalarning o'quv ishlarida muammoli vaziyatni vujudga keltirish va o'quv vazifalarini, muammolarini va savollarini hal qilish orqali yangi bilimlarni o'zlashtirish bo'yicha ularning bilish faoliyatini boshqarish tashkil etadi. Bu esa bilimlarni o'zlashtirishning ilmiy-tadqiqot usulini yuzaga keltiradi.

Muammoli ta'lim texnologiyasi juda qadim zamonlardan shakllanib kelmoqda. Jumladan, qadimgi Grestiyada muammoli savol-javoblar, qadimgi Hindiston va Xitoyda muammoli bahs-munozaralardan keng foydalanilgan. Muammoli ta'limni amerikalik psixolog, faylasuf va pedagog Dj. Dyui 1894 yilda Chikagoda tashkil etgan tajriba maktabida qo'llagan. XX asrning 60-yillarida bu yo'nalishda tadqiqotlar olib borildi. 70-80-yillarga kelib, amaliyotga keng joriy etildi.

Muammoli ta'limning asosiy g'oyasi bilimlarni o'quvchilarga tayyor holda berish emas, ular tomonidan dars mavzusiga tegishli muammolar bo'yicha o'quv-tadqiqotlarini bajarish asosida o'zlashtirilishini ta'minlashdan iborat[2].

J.Dyui muammoli ta'lim asosi sifatida quyidagi yo'nalishlarni belgilagan:

- Ijtimoiy;

Scientific Journal Impact Factor

- Konstruktiv;

- Badiy ifodaviy;

- Ilmiy tadqiqot.

O'tgan asrning 60-yillarida muammoli ta'lim L.Rubinshteyn, M.I.Maxmutov, V.Okon, I.Y.Lerner kabi tadqiqotchilarning qarashlari negizida yanada rivojlangan. S.L.Rubinshteynning "Tafakkur muammoli vaziyatdan boshlanadi" degan g'oyasi muammoli ta'limning psixologik asosi sifatida qabul qilingan.

Muammoli ta'limning bir necha turlari mavjud. M: M.N.Skatkin o'z ishlarida muammoli ta'limning quyidagi turlari borlig'iga urg'u beradi[3]:

1. Bilimlarni muammoli bayon qilish (muammoli ma'ruza);

2. Muammoli topshiriqlarni bayon qilish (muammoli amaliy mashg'ulot).

3. Kichik ilmiy tadqiqotlarni olib borish (muammoli tajriba).

Muammoli ta'limning asosini muammo (yun. "to'siq", "qiyinchilik") yoki

muammoli vaziyat tashkil etib, muammoli ta'lim texnologiyalari ularning yechimini topishga xizmat qiladi. Ko'p holatlarda muammo va muammoli vaziyat sinonimlardek qabul qilinadi. Aslida esa ular bir biridan farq qiladi.

Mohiyatiga ko'ra muammo uni keltirib chiqargan sabablarni o'rganish, uni hal etishda ahamiyatli, samarali bo'lgan yo'l, metod va vositalarni izlash, ularning samarali ekanligini asoslovchi dalillarni to'plash, dalillarni yangicha, yangi tahlitda izohlash asosida hal qilinadi.

Pedagogika sohasida ko'p holatlarda "muammo" tushunchasi tashkiliy-pedagogik, psixologik, ta'limiy va tarbiyaviy masalalarni hal qilishda qo'llaniladi. Soha nuqtai nazardan pedagogik jarayonda quyidagi xarakterdagi muammolarga murojaat qilinadi:

- didaktik xarakterdagi muammo;

- amaliy xarakterdagi muammo;

- ilmiy-metodik xarakterdagi muammo;

- sof ilmiy xarakterdagi muammo

Ta'lim jarayonida muammoni qo'yish bir necha darajada kechadi.

1-daraja. O'qituvchi muammoni qo'yadi va talabalarni uni hal qilishga yo'naltiradi.

2-daraja. O'qituvchi muammoli vaziyatni bayon qiladi va talabalarning o'zlari mustaqil ravishda muammoni shakillantiradi.

3-daraja. O'qituvchi muammoni ko'rsatib bermaydi balki unga talabalarni ro'para qiladi. Talabalar muammoni anglagan holda uni o'zlari shakillantirib, muammono yechish usullarini tahlil qiladi.

Scientific Journal Impact Factor

O'qitishning hozirgi jarayoni tahlili psixolog va pedagoglarning fikrlash muammoli vaziyat, kutilmagan xayrat va mahliyo bo'lishdan boshlanadi, degan xulosalari haqiqatga yaqin ekanligini ko'rsatadi. O'qitish sharoitida insonning o'sha psixik, emotsional va hissiy holati unga fikrlash va aqliy izlanish uchun o'ziga xos turtki vazifasini bajaradi.

Muammoli vaziyat yaratishning quyidagi ko'p uchraydigan usullarini keltirish mumkin:

S hodisalar, o'rganilayotgan tushunchalar mohiyatini tushuntirish uchun muammoli vazifalar qo'yish;

S olingan bilimlarning amaliy tadbiqi usullarini topish uchun muammoli vazifa qo \yish;

S talabalarni hodisalar va faktlar orasidagi ziddiyatlar va nomuvofiqliklarni tushuntirib berishlariga undash;

S ilmiy tushunchalari va hayotiy tasavvurlari orasidagi ziddiyatni keltirib chiqaradigan fakt va hodisalarni tahlil qilishga undash;

S talabalarni fakt, hodisa, xatti-harakatlar, xulosalarni solishtirish, qiyos qilishga undash;

S talabalarni go'yo tushunib bo'lmaydigan xarakterdagi va fan tarixida ilmiy muammoning qo'yilishiga sabab bo'lgan faktlar bilan tanishtirish.

Muammoli vaziyatni vujudga keltirishning yuqorida keltirilgan usullari uning boshqa variantlariga chek qo'ymaydi. Har bir o'qituvchi o'zining amaliy faoliyatida o'quv materiallari bilan ijodiy ishlash jarayonida uni tashkil qilishning turli imkoniyatlarini qidirishi va topishi mumkin.

Muammoli o 'qitish samaradorligining asosiy shartlari qatoriga quyidagilarni kiritish mumkin:

- o'qitish jarayonida muammo mazmuniga qiziqish uyg'otadigan va egallangan bilimni qo'llashga undaydigan o'quvchilarning motivatsiyasini ta'minlash;

- o'quvchilarga tavsiya qilinayotgan muammoli vaziyatlarni kuchliligini ta'minlash, ma'lum va noma'lumlarning ratsional nisbatda bo'lishi;

- muammoli vaziyatlarni yechish mobaynida olinadigan axborotlarning o'quvchilar uchun qimmatliligi;

- pedagogning o'quvchilar aytgan fikrlarga, farazlarga e'tibor qilinayotganligi va ularni rag'batlashtirishga qaratilganligi.

Muammoli o'qitishda o'qituvchi axborotni ta'minlovchi, o'quvchilarni tadqiqotga yo'naltiruvchi, mazmunni yoki tuzilmani o'zgartiruvchi va o'quvchining bilish faolligini rag'batlantiruvchi shaxs sifatida ishtirok etadi.

Scientific Journal Impact Factor

Muammoli o'qitish texnologiyasining maqsadi - bilim, malaka va ko'nikma (BMK)larni egallash, mustaqil faoliyat usullarini o'zlashtirish, bilish va ijodiy qobiliyatlarni rivojlantirishdan iborat.

J.Dyui ta'lim oluvchilarning ijodiy qobiliyatlarini rivojlantirishga mo'ljallangan faol muammoli ta'lim metodlarining shakllantirish tamoyillari va metodikasini ishlab chiqdi. Ushbu tamoyillar quyidagilar[4]:

— ko'p ma'nolilikka ega bo'lish kerak, ya'ni tushunchalar, nazariyalarni so'zlar, rasmlar, matematik ifodalar yordamida bera olish, istalgan konsepsiyani o'z so'zlari yoki simvollar bilan aniq bera olish zarur;

— axborotni zichlashtira olish va umumlashtira olish. Samarali umumlashtirish 10 mingta so'z bilan ifodalash mumkin bo'lgan suratga o'xshaydi. O'quvchilarni o'zlari uchun qulay va tejamli bo'lgan tuzilmalar, konseptual karta va sxemalar yaratishga o'rgatish kerak;

— abstrakt fikrlay olish, konkret fikrlashdan chetlashgan holda; — istalgan hodisaning bosh, yetakchi tamoyillarini topish.

Quyida muammoli o'qitish texnologiyasida qo'llaniladiga asosiy metodlarni korib chiqamiz:

«Fikrlar hujumi» - bu metoddan maqsad mumkin qadar katta miqdordagi g'oyalarni yig'ish, talabalarni ayni bir xil fikrlash inertsiyasidan holi qilish, ijodiy vazifalarni yechish jarayonida dastlab paydo bo'lgan fikrlarni yengishdir. Bu metod A.F. Osborn tomonidan tavsiya etilgan. Bu metodning asosiy tamoyili va qoidasi bahs ishtirokchilari ishlab chiqqan g'oyalar tanqidini mutlaq taqiqlash, har qanday luqma va hazilmutoibani rag'batlantirishdir, bu metoddan foydalanishning muvaffaqiyati ko'p jihatdan o'qituvchi - mashg'ulot rahbariga bog'liq. «Fikrlar hujumi» ishtirokchilari miqdori 15 kishidan oshmasligi kerak, mashg'ulotning davomiyligi bir soatgacha.

Yalpi «fikrlar hujumi», bu metod J. Donald Filips tomonidan ishlab chiqilgan. Barcha ishtirokchilar kichik-kichik 5-6 kishidan iborat guruhlarga bo'linadi va har bir kichik guruh hal qilinadigan ijodiy vazifa va muammo bo'yicha 15 daqiqa davomida mustaqil ravishda o'zaro «fikrlar hujumi» o'tkazadi. Shundan so'ng har bir kichik guruh vakili o'z guruhlarida ishlab chiqilgan g'oya haqida axborot beradilar va o'qituvchi rahbarligida jamoa bo'lib unga baho beradilar va ulardan en g yaxshilari, betakrorlari tanlab olinadi.

«Qora quti» - bu metod asosida yechiladigan muammolar aniq vaziyatni tahlil qilish orqali amalga oshiriladi, ya'ni tahlil davomida ishtirokchilar beixtiyor kamchiliklarning yuzaga kelishi masalalariga to'xtaladilar. Ishtirokchilarni bunga

Scientific Journal Impact Factor

maxsus, maqsadga muvofiq qo'yilgan savollar undaydi. Masalan, «Bu vaziyat nimaga olib keladi?» yoki «Bu holatda mexanizmlar ishi qay darajada barqaror?» va hokazo. «Qora quti» metodining mohiyati shundaki, unda kamchiliklar sababi yo'l-yo'lakay aniqlanadi. Bunda kishilarning ijodiy tashabbuslari rivojlantiriladi.

«Kundalik tutish» metodi - guruhning har bir a'zosiga yon cho'ntak daftarchasi tarqatiladi. Unga, aytaylik, bir hafta davomida muhokama qilinadigan muammo bo'yicha tug'ilgan fikrlar qayd qilib boriladi. Barcha ishtirokchilarning yozib borgan fikrlari peshqadamlar tomonidan tahlil qilinib, tayyorlangan material oxirgi muhokamaga olib chiqiladi.

Bu metod quyidagi jihatlari bilan ajralib turadi: birinchidan, tug'ilgan g'oya, aniq ratsional taklif o'sha guruhning fikri darajasiga ko'tariladi, ikkinchidan, turli xildagi tortishuvlar, nuqtai nazarlar guruh majlisigacha hal qilinadi, keskinlashgan nuqtai nazarlar ham tekislanadi.

«6 x 6» metodi: olti kishidan kam bo'lmagan guruh 6 minut davomida guruh oldida turgan muammoni yechishga yordam beradigan aniq g'oyani shakllantirishga harakat qiladilar. Har bir ishtirokchi alohida sahifalarga o'z fikrlarini yozib boradi. Shundan so'ng guruhda barcha tayyorlangan ro'yxatlar muhokama qilinadi. Muhokama jarayonida o'ta xato qarashlar chiqarib tashlanadi, munozarali masalalarga aniqlik kiritiladi, boshqa barcha aniqlangan xususiyatlar guruhlashtiriladi. Vazifa - bir necha muhim muqobillarni saralab olish, binobarin, ularning miqdori ishtirokchilar miqdoriga nisbatan kam bo'lishi lozim.

Shunday qilib, muammoli o'qitish o'quv jarayonini tashkil etishning shunday shakliki, unda o'qituvchi boshchiligida muammoli vaziyat va bu vaziyatning yechilishidagi talabalarning samarali mustaqil faoliyati yuzaga keltiriladi. Muammoli o'qitishni tashkil etish natijasida talabalarda kasbiy bilim, malaka va ko'nikmalar hamda fikrlash qobiliyatlarini o'stirishning ijodiy imkoniyatlari yuzaga keladi.

Yuqorida keltirilgan muammoli metodlar orqali talabalarda asosiy tushunchalarni shakllantirish quyidagi holatlarda ijobiy kechadi:

Birinchidan: muammoli vaziyatlarni mashg'ulot boshlanishida talabalarga taklif etish yoki predmet mavzusini ifoda eta oladigan maxsus muammoli topshiriqlar berish;

ikkinchidan, muammoli vaziyatlar orqali ularning qiyinchiliklarni engish, innovatsion metod va harakatlarni izlab topishni talab qilish;

XULOSA

Scientific Journal Impact Factor

uchinchidan ularning motivatsion doirasiga tasir o'tkazish, yani ichki harakatlanuvchi kuchini yuzaga keltirish, fanga bo'lgan qiziqishini orttirish;

to'rtinchidan, ularning kreativ (noyob, standartli bo'lmagan) qobiliyatlarini kamol toptirish, ularda mantiqiy o'ylash, fikrlash qobiliyatlarini rivojlantirish; beshinchidan, ularni mustaqil fikrlab, to'g'ri xulosa chiqarishga tayyorlash; oltinchidan, hayotda uchraydigan qiyinchiliklarni taxlil etib, undan chiqib ketish darajasiga tayyorlash.

Bu metodlar bo'lg'usi pedagoglarga jahon andozasiga mos bilimlarni egallashlariga imkon beradi.

REFERENCES

1. Shoyimova SH.S. va boshqalar. "Ta'lim texnologiyalari" darslik. Toshkent.«IJODPRINT»nashriyoti, 2020.

2. http://tmatm.uz/site/wp-content/uploads/2015/0972.-SHAHSGA-JUNALTIRILGAN-TALIM-TURLARI-VA.pdf

iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.

3. https://www.gazeta.uz/uz/2020/08/19/individual-oriented-education/ Valeriy Xan. "Shaxsga yo'naltirilgan ta'limning kuchi."

4. http : //manzura90 .zn.uz/muammoli-talim/ .

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.