Научная статья на тему 'MATEMATIKA FANINI O’QITISHDA DASTURIY VOSITALAR IMKONIYATLARIDAN FOYDALANISH'

MATEMATIKA FANINI O’QITISHDA DASTURIY VOSITALAR IMKONIYATLARIDAN FOYDALANISH Текст научной статьи по специальности «Науки об образовании»

CC BY
81
23
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Журнал
Science and innovation
Область наук
Ключевые слова
Geogebra geometrik figuralarni mukammal chizmasini chizishga asoslangan o’quv platformasi / web sahifa / talabalarning darsga bo’lgan qiziqishlarini ortishida Geogebraning ta’siri / Geogebraning kelib chiqishi.

Аннотация научной статьи по наукам об образовании, автор научной работы — Nosirova Dilnoza Toir Qizi, Xudoyqulova Nigora Asilbek Qizi

Mazkur maqola matematika darslari samaradorligini oshirishda zamonaviy pedagogik va axborot texnologiyalaridan foydalanib tashkil etishda ilg’or xorijiy ta’lim texnologiyasining imkoniyatlaridan unumli foydalanish haqida yoritilgan. Bulardan biri Geogebra dasturi orqali matematika darslarini tashkil etish o’quvchilarning diqqatini va qiziqishlarini orttirishga yordam beradi.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «MATEMATIKA FANINI O’QITISHDA DASTURIY VOSITALAR IMKONIYATLARIDAN FOYDALANISH»

"RAQOBATBARDOSH KADRLAR TAYYORLASHDA FAN - TA'LIM - ISHLAB

CHIQARISH INTEGRATSIYASINI TAKOMILLASHTIRISH ISTIQBOLLARI" MAVZUSIDAGI XALQARO ILMIY-AMALIY KONFERENSIYA 22 - noyabr, 2023-yil

MATEMATIKA FANINI O'QITISHDA DASTURIY VOSITALAR IMKONIYATLARIDAN FOYDALANISH *Nosirova Dilnoza Toir qizi, 2Xudoyqulova Nigora Asilbek qizi

Jizzax davlat pedagogika universitaeti o'qituvchisi 2Jizzax davlat pedagogika universiteti, Matematika va informatika fakulteti 3-bosqich talabasi

https://doi.org/10.5281/zenodo.10155066

Annotatsiya. Mazkur maqola matematika darslari samaradorligini oshirishda zamonaviy pedagogik va axborot texnologiyalaridan foydalanib tashkil etishda ilg'or xorijiy ta'lim texnologiyasining imkoniyatlaridan unumli foydalanish haqida yoritilgan. Bulardan biri Geogebra dasturi orqali matematika darslarini tashkil etish o'quvchilarning diqqatini va qiziqishlarini orttirishga yordam beradi.

Kalit so'zlar: Geogebra geometrik figuralarni mukammal chizmasini chizishga asoslangan o'quv platformasi, web sahifa, talabalarning darsga bo'lgan qiziqishlarini ortishida Geogebraning ta'siri, Geogebraning kelib chiqishi.

Аннотация. Данная статья посвящена эффективному использованию возможностей передовых зарубежных образовательных технологий в организации уроков математики с использованием современных педагогических и информационных технологий для повышения их эффективности. Один из них заключается в том, что организация уроков математики с помощью программы GeoGebra помогает учащимся сосредоточиться и заинтересоваться.

Ключевые слова: Geogebra учебная платформа, основанная на построении идеального рисунка геометрических фигур, веб-страница, влияние геогебры на повышение интереса учащихся к уроку, происхождение геогебры.

Abstract. This article covers the effective use of the capabilities of advanced foreign educational technology in organizing using modern pedagogical and information technologies in improving the effectiveness of mathematics lessons. One of these is that the Organization of math classes through the Geogebra program helps to gain students ' attention and interests.

Keywords: Geogebra is a learning platform based on drawing a perfect drawing of geometric figures, a web page , the influence of GeoGebra on the growth of students ' interest in the lesson, the origin of GeoGebra.

Kirish. Hozirgi texnika-texnologiya asrida hayotimizni ilg'or texnologiyalarsiz tassavur qila olmaymiz. Ayniqsa bunday texnologiyalar ta'lim sohasida juda ko'p ishlatilmoqda. Bugungi zamonaviy ta'lim tiziminig asosiy elementlaridan biri, shubhasiz, yangi innovotsion texnologiyalardir. Ushbu texnologiyalar orqali o'qitish jarayonini o'tkazish yoki tashkil etish o'quvchilarning ham erkin, ham innovatsion fikr yuritshi uchun ajoyib vosita bo'lib xizmat qiladi. Hozirgi vaqtda ko'pchilik metodislar va olimlarning fikricha, pedogogik texnologiyalar o'quvchilarni tarbiyalash maqsadiga erishishni kafolatlaydi. O'quvchilarning mustaqil bilim olish qobiliyatini qanchalik yaxshi tashkil etilgan bo'lsa, dars shunchalik samarali va sifatli o'tadi. Matematikani o'qitishning turli axborot kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalanib tashkil etish zamon talabi hisoblanadi. Matematika fanini o'qitishda turli dasturlar va saytlardan foydalanib tashkil etish ancha samarali usullardan biridir. Masalan,

GeoGebra - boshlang'ich maktabdan universitet darajasiga qadar matematika fanni o'rganish uchun mo'ljallangan interfaol geometriya, algebra, statistika va hisob-kitob ilovasi.

"RAQOBATBARDOSH KADRLAR TAYYORLASHDA FAN - TA'LIM - ISHLAB

CHIQARISH INTEGRATSIYASINI TAKOMILLASHTIRISH ISTIQBOLLARI" MAVZUSIDAGI XALQARO ILMIY-AMALIY KONFERENSIYA 22 - noyabr, 2023-yil

GeoGebra yaratuvchisi Markus Xoenvarter 2001-yilda Zalsburg universitetida magistrlik dissertatsiyasining bir qismi sifatida loyihani boshlagan.

GeoGebra — bu boshlang'ich maktabdan universitet darajasiga qadar fan, texnologiya, muhandislik va matematikani o'rganish va o'qitish uchun mo'ljallangan interaktiv matematik dasturiy ta'minot to'plami. Tuzilmalar nuqtalar, vektorlar, segmentlar, chiziqlar, ko'pburchaklar, konus kesimlar, tengsizliklar, yashirin ko'phadlar va funksiyalar yordamida amalga oshirilishi mumkin, bularning barchasi keyinchalik dinamik ravishda tahrirlanishi mumkin. Elementlarni sichqoncha va sensorli boshqaruv elementlari yoki kiritish paneli orqali kiritish va o'zgartirish mumkin. GeoGebra raqamlar, vektorlar va nuqtalar uchun o'zgaruvchilarni saqlashi, funktsiyalarning hosilalari va integrallarini hisoblashi mumkin. O'qituvchilar va talabalar GeoGebradan geometrik taxminlarni shakllantirish va isbotlashda yordam sifatida foydalanishlari mumkin.

Interaktiv geometriya muhiti (2D va 3D).

O'rnatilgan elektron jadval.

O'rnatilgan kompyuter algebra tizimi (CAS)

.O'rnatilgan statistika va hisoblash vositalari.

Skript kansalari.

GeoGebra Materials dastlab 2011-yil iyun oyida GeoGebraTube sifatida ishga tushirilgan va 2016-yilda nomi o'zgartirilgan. 2016-yil aprel holatiga ko'ra, xizmat 1 milliondan ortiq resurslarga ega, ulardan 400 000+ ommaviydir. „Materiallar" tarkibiga GeoGebraBook yordamida yaratilgan interaktiv ish varaqlari, simulyatsiyalar, o'yinlar va elektron kitoblar kiradi.

Geometriya fanini o'qitishda albatta figuralar chizmalariga duch kelamiz. Geometrik figuralar mukammal chizishda bizga Geogebra dasturi qo'l keladi. Figuralar chizmasini chizishda https://www.geogebra.org/classic#geometry web sahifasi orqali foydalanishimiz mumkin.

1. https://www.geogebra.org/classic#geometry sahifasiga kiramiz va quyidagi

1-rasm.

2. Kerakli shakllarni yasash uchun geometriya bo'limiga o'tamiz va o'zimizga kerakli figuralarni yasaymiz.

'RAQOBATBARDOSH KADRLAR TAYYORLASHDA FAN - TA'LIM - ISHLAB CHIQARISH INTEGRATSIYASINI TAKOMILLASHTIRISH ISTIQBOLLARI " MAVZUSIDAGI XALQARO ILMIY-AMALIY KONFERENSIYA 22 - noyabr, 2023-yil

2-rasm.

3-rasm.

4. Shaklni chizish uchun quyidagi ketma ketlikni bajaramiz;

1. Birinchi navbatda quyidagi rasmda ko'rsatilgandek shakl turini tanlab olib, koordinataga joylashtiramiz.

2.

4-rasm.

Koordinata boshiga sharni joylashtirib, uning radiusini kiritamiz.

"RAQOBATBARDOSH KADRLAR TAYYORLASHDA FAN - TA'LIM - ISHLAB CHIQARISH INTEGRATSIYASINI TAKOMILLASHTIRISH ISTIQBOLLARI" MAVZUSIDAGI XALQARO ILMIY-AMALIY KONFERENSIYA 22 - noyabr, 2023-yil

5-rasm.

6-rasm.

Bu biz kutgan natija.

Tahlil va natijalari:

Huddi shu tariqa ixtiyoriy (3D va 2D) shakllarni chizishimiz mumkin bo'ladi. Tajriba deganda biz xodisa va ob'ektni o'rganish metodini tushunamizki uning jarayonida biz tabiiy sharoitga aralashib, sun'iy sharoitni vujudga keltiramiz. Har qanday tajriba, kuzatish bilan bog'liqdir. O'rganilayotgan metodlar fizika, ximiya kabi fanlarda markaziy o'rin tutadi. Matematikada kuzatish va tajriba matematik izlanishlarda ilg'or metodlardan xisoblanmasada, matematik ob'ektlarni xossalarini o'rganishda katta xissaga ega.

Texnologiyalarning multimedia vositalari o'quv jarayonida quyidagi eng muhim jihatlari bilan alohida ahamiyatga ega : differensial va individual o'qitish jarayonini tashkil etish; oq'ish jarayonini baholash, fikr mulohazalar; o'z-o'zini nazorat qilish va o'z-o'zini tuzatish; kabi fanni o'rganishda turli xil texnologik vositalardan foydalanish joizdir.

Xulosa:

Xulosa o'rnida shuni aytish joizki, zamonaviy texnologiyalari vositalaridan matematika o'qitish, mavzularni tushuntirish va ko'rgazmalar tashkil etishda ham foydalanish mumkin. Geogebradan foydalanish o'quvchida fan va turli (3D va 2D) shakllarni tasavvur hosil qila olish imkonini kuchaytirishga xizmat qiluvchi vositalardan biridir.

"RAQOBATBARDOSH KADRLAR TAYYORLASHDA FAN - TA'LIM - ISHLAB CHIQARISH INTEGRATSIYASINI TAKOMILLASHTIRISH ISTIQBOLLARI" MAVZUSIDAGI XALQARO ILMIY-AMALIY KONFERENSIYA 22 - noyabr, 2023-yil

REFERENCES

1. Nosirova D. va boshqalar.: "Maktab geometriya kursini o'qitishda axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalanish ", "Ta'lim jarayonida axborot-kommunikatsion texnologiyalarini qo'llash: muammolar, izlanishlar va echimlar" mavzusidagi respublika ilmiy-amaliy konferensiya materiallari. Navoiy 2015.

2. Nosirova.D. va boshqalar.: "O'quvchilarda taraqqiyot faoliyatini shakllantirish", Ilmiy izlanuvchilar va iqtidorli talabalarning maqolalari to'plami. JizPI., 2016

3. Nosirova D. va boshqalar.:"Yuqori sinflarda geometriya o'qitishda dasturli-pedogogik vositalarni qo'llash metodikasi", Elektron ta'limni tashkil qilish: muammolar, yechimlar va istiqbollar. Vazirlik tizimidagi oliy ta'lim va ilmiy tadqiqot muassasalari miqyosida ilmiy-amaliy anjuman materiallari. Toshkent, 2017

4. Nosirova D.: "Matematikadan amaliy mashg'ulotlar", Uslubiy qo'llanma. "Mashhur Press nashriyoti". Toshkent,2016

5. Nosirova D.: "Geometriya o'qitishda ta'lim sifati va samaradorligini oshirishda axborort texnologiyalaridan foydalanish", Ilmiy izlanuvchan va iqtidorli talabalarning maqolalari to'plami. Toshkent, 2017

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.