Научная статья на тему 'FIZIKA FANINI O‘QITISHDA ZAMONAVIY PEDAGOGIK TEXNOLOGIYALARNI QO‘LLASH'

FIZIKA FANINI O‘QITISHDA ZAMONAVIY PEDAGOGIK TEXNOLOGIYALARNI QO‘LLASH Текст научной статьи по специальности «Науки об образовании»

CC BY
92
29
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Журнал
Science and innovation
Область наук
Ключевые слова
Bio-Savar-Laplas qonuni / laboratoriya ishi / tabaqalashtirilgan ta’lim / kichik kvadratlar metodi / о‘quv jarayoni / ta’lim sifati.

Аннотация научной статьи по наукам об образовании, автор научной работы — Karimov Xasan Narzullayevich

Maqolada fizika darslarini o‘tkazishning uslubiy yondashuvlari ko‘rib chiqilgan. Texnika ta’lim yo‘nalishlaridagi mutaxassislarni tayyorlashda fizika fanining o‘rni va ahamiyati ko‘rib chiqilgan. Tabaqalashtirilgan yondashuvga, yangi ilmiy yutuqlarga asoslangan laboratoriya ishlarini bajarish texnikasi bayon etilgan. Turli darajali murakkablikdagi laboratoriya ishlariga misollar keltirilgan hamda ularning o‘zlashtirishdagi samaradorligi haqida fikr bildirilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «FIZIKA FANINI O‘QITISHDA ZAMONAVIY PEDAGOGIK TEXNOLOGIYALARNI QO‘LLASH»

"RAQOBATBARDOSH KADRLAR TAYYORLASHDA FAN - TA'LIM - ISHLAB CHIQARISH INTEGRATSIYASINI TAKOMILLASHTIRISH ISTIQBOLLARI" MAVZUSIDAGI XALQARO ILMIY-AMALIY KONFERENSIYA 2023-yil, 22-noyabr

FIZIKA FANINI O'QITISHDA ZAMONAVIY PEDAGOGIK TEXNOLOGIYALARNI

QO'LLASH Karimov Xasan Narzullayevich

Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti, katta

o'qituvchi

https://doi.org/10.5281/zenodo.10156117 Annotatsiya. Maqolada fizika darslarini o'tkazishning uslubiy yondashuvlari ko'rib chiqilgan. Texnika ta'lim yo'nalishlaridagi mutaxassislarni tayyorlashda fizika fanining o'rni va ahamiyati ko'rib chiqilgan. Tabaqalashtirilganyondashuvga, yangi ilmiyyutuqlarga asoslangan laboratoriya ishlarini bajarish texnikasi bayon etilgan. Turli darajali murakkablikdagi laboratoriya ishlariga misollar keltirilgan hamda ularning o'zlashtirishdagi samaradorligi haqida fikr bildirilgan.

Kalitso'zlar:Bio-Savar-Laplasqonuni, laboratoriyaishi, tabaqalashtirilgan ta'lim, kichik kvadratlar metodi, o'quvjarayoni, ta'lim sifati.

Аннотация. В статье исследованы методические подходы к проведению занятий по физике, а также рассмотрено значение и роль физики при подготовке специалистов в технических направлениях образования. Изложена методика выполнения лабораторных работ на основе дифференцированного подхода и новых научных достижений. Приведены примеры лабораторных работ разной степени сложности, а также обсуждены эффективность их в усвоении учебного материала. с элементами

Ключевые слова: закон биосавара-Лапласа, лабораторная работа, дифференцированное обучение, метод малых квадратов, процесс обучения, качество образования.

Abstract. The article examines methodological approaches to conducting physics classes, and also considers the importance and role of physics in training specialists in technical areas of education. The methodology of laboratory work based on a differentiated approach and new scientific achievements is described. Examples of laboratory work of varying degrees of complexity are given, and their effectiveness in the assimilation of educational material is discussed. with elements

Keywords: bio Savard-Laplace law, laboratory work, differentiated learning, small squares method, learning process, quality of education.

Kirish. Texnika faning asosi bo'lgan fizika o'qitishni takomillashtirish zamonoviy muxandislik ta'limining dolzarb muammosi biri bo'lib hisoblanadi. Muxandislik ta'limining rivojlanish bosqichidan boshlab, fizika darslari muxandis-texniklarni tayyorlashda muhim ahamiyatga ega bo'lgan. Bakalavriaturada fizika kursi talabalarning mustaqil yuqori malakali mutaxassislarni shakllantirish uchun zarur bo'lgan ko'nikmalarini shakllantirish muammolarini hal etishga qaratilgan bo'lishi kerak. Mutaxassislik uchun zarur qobiliyatlar - bu izchil va mantiqiy fikrlash, ishni rejalashtirish va tashkil etish, qurilmalar va texnikalar bilan ishlash, ko'nikmalarni kelajakdagi mehnat faoliyatida qo'llash jarayonidir. Psixologik tadqiqotlar shuni ko'rsatdiki, bunda mativotsiyaning o'rni juda muhumdir.

Tahlil va natijalari: Laboratoriya ishini bajarish jarayonida ko'nikma va malakalarni hosil qilish, hamda ularni universitetda keyingi kurslardagi mutaxasis fanlarni o'zlashtirish uchun zarur bo'lishini bilish murakkab va o'qituvchidan qo'shimcha kuch talab qiladigan jarayondir. Biz bu

"RAQOBATBARDOSH KADRLAR TAYYORLASHDA FAN - TA'LIM - ISHLAB

CHIQARISH INTEGRATSIYASINI TAKOMILLASHTIRISH ISTIQBOLLARI" MAVZUSIDAGI XALQARO ILMIY-AMALIY KONFERENSIYA 2023-yil, 22-noyabr

jarayonni amalga oshirish uchun maxsus fanlar (elektrotexnika va elektr zanjirlar nazariyasi kabi fanlar)ni o'zlashtirishda fizikaning o'rni haqida misollar keltiramiz. Biz talabalarga laboratoriya ishlarini yoki boshqa o'quv ishlarini bajarishda kelajakdagi kasbiy faoliyat uchun zarur bo'lgan bilim va ko'nikmalarga ega bo'lishidan tashqari bu ishlarni zavq bilan bajarish imkoniyatini yaratib berishimiz kerak.

Talaba ilmiy g'oyadan ilhomlansa yoki bilim olishda yuzaga keladigan falsafiy savollarga qiziqsa, fanning kerakligini chuqur his qiladi, fanni o'zlashtirishda o'zgacha zavq oladi va ishlab chiqarishda kerakli ko'nikmalarga ega bo'ladi [1-2]. Talaba nazariy olgan bilimlarini mustahkamlash uchun professor-o'qituvchi tomonidan ma'ruza, amaliy va laboratoriya ishlarini zamonaviy metodlardan foydalanib samarali tashkil etilishi kerak. Buni amalga oshirish uchun talaba laboratoriya ishining muhum natijalarini ya'ni ilmiy ishning ma'lum qismini o'z qo'li bilan bajarishi va laboratoriya sharoitida ishlash ko'nikmasini shakllantirishdan iborat. Bunday laboratoriya ishlariga misollar quyida keltirilgan.

Birinchidan: Solenoid o'qidagi magnit maydonini o'rganish laboratoriya ishini bajarishda talaba elektromagnit induksiyasi hodisalarini va magnit maydonning asosiy fizikaviy kattaliklarini ta'riflari; Bio-Savar-Laplas qonunining turli shakldagi tokli o'tkazgichlarning magnit maydon kuchlanganligini hisoblashda qo'llashni; flyuksmetr (galvanometrga ulangan N ta o'ramdan tashkil topgan sinov g'altagi) yordamida solenoidning magnit maydonini o'rganishda elektromagnit induksiyasi hodisasining ahamiyatini tushuntirib berishi kerak [4-6]. Shu bilan birga talabalar quyidagilar bilan tanishib chiqadi:

• Flyuksmetr yordamida magnit maydon induksiyasini o'lchash usulini o'rganish;

• Olingan natijalar asosida ballistik galvanometr ko'rsatkichlari n ning solenoid o'qidagi ixtiyoriy nuqtaning x koordinata bilan bog'lanish grafigi n=f(x), yoki B=f(x) ni chizish.

• Olingan natijalarni tahlil qilish, solishtirish va tegishli xulosalar chiqarish.

Bu laboratoriya ishini bajarish davomida ko'pchilik professor-o'qituvchilar talabalarga individual ishlarni bajarish uchun topshiriqlar beradi, ammo biz bu ishni bajarishni boshqacha usulda taklif qilamiz. Dars boshida professor-o'qituvchi talabalar oldiga mavzu yuzasidan ilmiy muammo qo'yadi. U magnit maydoni, elektromagnit induksiya hodisasi, Bio-Savar-Laplas qonuni, magnit maydon kuchlanganligi haqida gapiradi va laboratoriya jihozlari yordamida uning hususiyatlarini tasdiqlashni taklif qiladi. Bugun hayotimizni elektr va magnit maydonlarsiz ta'savvur qilish qiyinligi ularni hosil bo'lish sabablari haqida butun auditoriyadan fikr almashadi. Talabalar to'rtta kichik guruhlarga bo'linadi, ularning har biri tegishli qurilmalarda tajriba o'tkazadi. Bajarilgan ishlar yuzasidan hisobot to'ldiradi va xulosa chiqaradi. Kichik guruh rahbarlari ish natijalarini butun guruhga ma'lum qiladi va elektromagnit induksiyasi hodisalarini, magnit maydoni, Bio-Savar-Laplas qonunining turli shakldagi tokli o'tkazgichlarning magnit maydon kuchlanganligini hisoblashlari haqida umumiy xulosa chiqaradi.

Ikkinchidan: Tangens-Bussol yordamida yer magnit maydon kuchlanganligining gorizontal tashkil etuvchisini aniqlash laboratoriya ishni bajarishda talaba Magnit maydon tavsiflari B va H ta'riflari va ular orasidagi bog'lanish; Yer magnitizmi haqida tasavvurga ega bo'lishi kerak. Turli shakldagi tokli o'tkazgichlarning magnit maydon induksiyasini hisoblash uchun Bio-Savar-Laplas qonunini qo'llashni bilishi kerak [4-5]. Shu bilan birga talabalar quyidagilar bilan tanishib chiqadi:

> Yerning magnit qutblari,

> Magnit maydon induksiyasi va kuchlanganligi,

"RAQOBATBARDOSH KADRLAR TAYYORLASHDA FAN - TA'LIM - ISHLAB

CHIQARISH INTEGRATSIYASINI TAKOMILLASHTIRISH ISTIQBOLLARI" MAVZUSIDAGI XALQARO ILMIY-AMALIY KONFERENSIYA 2023-yil, 22-noyabr

> Tangens-Bussol yordamida Yer magnit maydon kuchlanganligining gorizontal tashkil etuvchisini o'lchash,

> Tajriba natijalaridan Amper kuchining qiymatini topish bilan,

> O'lchash xatoliklarini hisoblash.

Bu ishlar asosida magnit maydon induksiyasi, Bio-Savar-Laplas qonuni mavzusida ilmiy tadqiqot tashkil etish mumkin. Professor-o'qituvchi talabalarga Yerning magnit maydon kuchlanganligi haqida gapirib o'tadilar. Talabalar kerakli adabiyotlardan ushbu В va H ni hisoblash formulasini keltirib chiqarishga oid dalillarni topishlari va har qanday tajribalarni nomlashlari kerak. Keyin talabalar 4 ta kichik guruhga bo'linadi, ular to'g'ri tok, aylanma tok, solenoid va taroid uchun tajribalar qiladi. Turli toklar uchun magnit maydon induksiyasini hisoblaydilar va umumiy xulosa chiqariladi.

Ilmiy tadqiqot elementlari bilan laboratoriya ishlarini olib borish oddiy laboratoriya ishlariga qaraganda ko'proq foyda keltiradi [7]. Ammo ilmiy tadqiqotlar kursning oxirgi qismida amalga oshirilishi kerak. Chunki kurs boshida talabalar laboratoriya ishining maqsadlarini aniqlashni, hisobotlar tuzishni, asboblar bilan ishlashni, tadqiqot usullarini o'zlashtirishni, aniq o'lchovlarni amalga oshirishni va ularning xatoliklarini aniqlashni, xulosalar chiqarish va boshqalarni o'rganishlari kerak.

O'lchov natijalarini qayta ishlash usullari yordamida talabalar quyidagi ikkita katta hajmli ishni amalga oshiradi. Birinchisi, tasodifiy o'lchov xatosini hisoblash tartibi. Oddiy variant -o'rtacha arifmetik xatoni hisoblash. Tasodifiy o'lchash xatosini hisoblashni Styudent usuli yordamida hisoblash. Ikkinchisi, to'g'ri chiziqning eng kichik kvadratlar metodida natijalarni tahlil qilish.

Ko'pgina talabalar to'g'ri chiziqni yaqinlashtirish kerak bo'lganda grafikga tajriba nuqtalarini qo'yish va ular orqali chizg'ich bo'ylab to'g'ri chiziq chizishdagi grafik usuldan foydalanadi. Bu oson va bir muncha soddaroq yo'l [8-10]. Endi yaxshi natijalarga erishgan talabalarga eng kichik kvadratlar usuli bilan individual ravishda tanishish, elektron jadvallar yordamida hisob-kitoblarni bajarish, nazariy chiziq formulasini yozish va uning yordamida laboratoriya ishida qo'yilgan muammoni hal qilish taklif etiladi. Bu o'rganilayotgan usullar yordamida chiziqli bo'lgan har qanday laboratoriya ishi bajarishda qo'llashimiz mumkin.

Xulosa. Laboratoriya ishlarining soni va ularning hajmi ko'p jihatdan o'quv muassasasi laboratoriya jihozlarining mavjudlik imkoniyatiga bog'liq. Talabaning mavjud laboratoriya ishining aynan qaysi birini bajarishi, bajargan ishning o'qitishning ishlab chiqarishdagi natijalarida qo'l kelishi, turli darajadagi bilimga ega bo'lgan talabalarning auditoriyasini hisobga olgan holda tashkillashtirilishi, ilmiy tadqiqot elementlarini o'z ichiga olgan laboratoriya ishlarini olib borilishi, o'lchov natijalarini qayta ishlash usullari orqali bajarilishi, oddiy laboratoriyaga qaraganda samaraliroq ish bo'ladi. Agar o'qituvchi laboratoriya ishini o'tkazish metodikasini ishlab chiqmagan va bu haqda yetarlicha o'ylab ko'rmagan bo'lsa, u holda hatto eng kerakli laboratoriya ishini bajarishda ham vaqtni behuda sarflashi, o'qitish samaradorligi tushishi mumkin bo'ladi.

REFERENCES

1. Э.З.Имамов Х.Н.Каримов, С.С.Халилов,А.Э.Имамов. // Будущее за обучением с активным процессом самообразования студентов. // "Science and innovation" international scientific journal. (ISSN: 2181-3337) 2022. № 5. -С. 479-482.

"RAQOBATBARDOSH KADRLAR TAYYORLASHDA FAN - TA'LIM - ISHLAB CHIQARISH INTEGRATSIYASINI TAKOMILLASHTIRISH ISTIQBOLLARI" MAVZUSIDAGI XALQARO ILMIY-AMALIY KONFERENSIYA 2023-yil, 22-noyabr

(https://scholar.google.com/citations?view_op=view_citation&hl=ru&user=i5SoNTcAAAA J& citati on_for_view=i5S oNTcAAAAJ :YOwf2qJgpHMC)

2. B.B.Turdiqulov, O'S.Nazirov, Yu.N.Karimov. // Atom va molekulalarning yorug'likni yutishi va nurlanishi // UIF = 8.1 | SJIF = 5.685. 2022. -C. 1252-1258.

(https://scholar.google.com/citations?view_op=view_citation&hl=ru&user=HF_xJoAAAA

J& citati on_for_view=HF_xJoAAAAJ :u5HHmVD_uO 8C)

3. Э.З. Имамов, Х.Н.Каримов, А.Э.Имамов. // Янги Узбекистонда кайта тикланувчи энергия манбаларини жорий этиш билан боглик муаммолар. // "Science and innovation" international scientific journal. (ISSN: 2181-3337) 2022. № 3. -С. 367-372. (https://cyberleninka.ru/article/n/yangi-zbekistonda-ayta-tiklanuvchi-energiya-manbalarini-zhoriy-etish-bilan-bo-li-muammolar)

4. X.N.Karimov. //Fizika fanini o'qitishda virtual laboratoriya ishidan foydalanish.// "Yosh olimlar, doktarantlar va tadqiqotchilarning onlayn ilmiy-forumi" materiallar to'plami. -P. 102-104 (https://fer-teach.uz/index.php/epai/article/view/130).

5. X.N.Karimov, A.E.Imamov, E.Z.Imamov. // Development of creative thinking in higher education.// "Science and innovation" international scientific journal. (ISSN: 2181-3337) 2023. №3. -С. 359-361. (http://scientists.uz/view.php?id=3836)

6. X.Sh.Asadova, Yu.N.Karimov. // Effective organization of the educational process based on new modern technologies. // "Science and innovation" international scientific journal. Volume 1 Issue 7. 2022. -S. 230-233. (https://cyberleninka.ru/article/n/yangi-zamonoviy-tehnologiyalar-asosida-uv-zharayonini-samarali-tashkil-etish).

7. Kh.N.Karimov. // Methods of self-education in teaching students physics using ict-information and computer technologies. // "Galaxy international Interdisciplinary Research Journal", 11(2), -С. 471-475. (https://giirj.com/index.php/giirj/article/view/4889).

8. X.N.Karimov, M.M.Asfandiyorov, M.A.Axmadov. // Zamonaviy yondashuvlar asosida fizika o'qitishni rivojlantirish.// "Yosh olimlar, doktarantlar va tadqiqotchilarning onlayn ilmiy-forumi" materiallar to'plami. 2023. -P. 113-115. (https://scholar.google.com/citations?view op=view citation&hl=ru&user=i5SoNTcAAAA J&citation for view=i5SoNTcAAAAJ :M3ejUd6NZC8C)

9. E.Z.Imamov, Kh.N.Karimov, S.SXalilov, A.E.Imamov. // The future belongs to learning with an active process of self-education of students // // "Science and innovation" international scientific journal. Volume 1 Issue 5. 2022. -C. 479-482. (https://scientists.uz/vi ew.php?id=1272)

10. E.Z.Imamov, Kh.N.Karimov. // Kredit tizimi sharoitida fizika faning elektromagnitizm bo'limidan laboratoriya ishlarini tashkil etish muammolari va uning yechimlari // "Ta'lim va innavatsiin tadqiqotlari" jurnali. №12. 2022. -B. 154-158 (https://scholar.google.com/citations?view_op=view_citation&hl=ru&user=i5SoNTcAAAA J&cstart=20&pagesize=80&citation_for_view=i5SoNTcAAAAJ:9ZlFYXV0iuMC)

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.