Научная статья на тему 'O’RTA TA’LIMDA FIZIK TAJRIBALAR O’TKAZISH IMKONIYATLARINI KENGAYTIRISH DAVR TALABI DEB QARALMOG’I LOZIM'

O’RTA TA’LIMDA FIZIK TAJRIBALAR O’TKAZISH IMKONIYATLARINI KENGAYTIRISH DAVR TALABI DEB QARALMOG’I LOZIM Текст научной статьи по специальности «Математика»

CC BY
225
73
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
fizika / tajriba / tehnologiya / mustagil gurilma / magnit maydon / Lorens kuchi / elektrolit / elektroliz / yopishgoglik / Om gonuni / temperatura / namoyishli / virtual / komp’yuter teхnologiyasi / ta’lim / zaryad / tajribalar tuplami / физика / эксперимент / технология / оборудования самостоятелное / магнитное поля / сила Лоренса / электролит / электролиз / вязкость / закон Ома / температура / демонстрация / виртуальность / компьютерная технология / образование / заряд / комплекс экспериментов

Аннотация научной статьи по математике, автор научной работы — Nabiyev Azamjon Botirjonovich, Mamadjonov Dilmurod Nasriddinovich

Ushbu ishda o’rta ta’limda fizika fanini uning mohiyatiga mos o’quv tajriba namoyishlari bilan o’qitilishi zarurati ko’rsatilib, elektrolitlarda zaryadlar harakatiga magnit maydoni ta’sirini ko’rsatuvchi tajribalar qurilmalarini mustaqil tarzda tayyorlab mavzu bilan uyg’unlikda o’qitish usuli taklif etilgan. Shuningdek, yaratilgan qurilma yordamida Lorents kuchini namoyish etishdan tashqari zaryadlar harakatiga oid qo’shimcha tajribalar o’tkazish imkoniyatlari ko’rsatib berilgan

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

РАСШИРЕНИЕ ВОЗМОЖНОСТЕЙ ФИЗИЧЕСКИХ ЭКСПЕРИМЕНТОВ В СРЕДНЕМ ОБРАЗОВАНИИ НАДО РАССМАТРИВАТЬ КАК ТРЕБОВАНИЕ ВРЕМЕНИ

В данной работе показана необходимость преподавания физики экcпериментальными демонстрациями в соответствии с тематикой в средних общеобразовательных школах. Предложен метод самостоятельного изготовления экспериментальных устройств, показывающих влияние магнитного поля на движение зарядов в электролитах. Указано на возможность, кроме демонстрации силы Лоренца, проведения дополнительных экспериментов по движению зарядов в жидкостях

Текст научной работы на тему «O’RTA TA’LIMDA FIZIK TAJRIBALAR O’TKAZISH IMKONIYATLARINI KENGAYTIRISH DAVR TALABI DEB QARALMOG’I LOZIM»

Nabiyev Azamjon Botirjonovich,

Namangan davlat universiteti fizika kafedrasi dotsenti

Mamadjonov Dilmurod Nasriddinovich,

Namangan davlat universiteti doktoranti

O'RTA TA'LIMDA FIZIK TAJRIBALAR O'TKAZISH IMKONIYATLARINI KENGAYTIRISH DAVR TALABI DEB QARALMOG'I LOZIM

UO'K: 372.8:53.

NABIYEV A.B., MAMADJONOV D.N. ORTA TALIMDA FIZIK TAJRIBALAR O'TKAZISH IMKONIYATLARINI KENGAYTIRISH DAVR TALABI DEB QARALMOG'I LOZIM

Ushbu ishda o'rta ta'limda fizika fanini uning mohiyatiga mos o'quv tajriba namoyishlari bilan o'qitilishi zarurati ko'rsatilib, elektrolitlarda zaryadlar harakatiga magnit maydoni ta'sirini ko'rsatuvchi tajribalar qurilmalarini mustaqil tarzda tayyorlab mavzu bilan uyg'unlikda o'qitish usuli taklif etilgan. Shuningdek, yaratilgan qurilma yordamida Lorents kuchini namoyish etishdan tashqari zaryadlar harakatiga oid qo'shimcha tajribalar o'tkazish imkoniyatlari ko'rsatib berilgan.

Tayanch so'z va tushunchalar: fizika, tajriba, tehnologiya, mustagil gurilma, magnit maydon, Lorens kuchi, elektrolit, elektroliz, yopishgoglik, Om gonuni, temperatura, namoyishli, virtual, komp'yuter texnologiyasi, ta'lim, zaryad, tajribalar tuplami.

НАБИЕВ А.Б., МАМАДЖОНОВ Д.Н. РАСШИРЕНИЕ ВОЗМОЖНОСТЕЙ ФИЗИЧЕСКИХ ЭКСПЕРИМЕНТОВ В СРЕДНЕМ ОБРАЗОВАНИИ НАДО РАССМАТРИВАТЬ КАК ТРЕБОВАНИЕ ВРЕМЕНИ

В данной работе показана необходимость преподавания физики экспериментальными демонстрациями в соответствии с тематикой в средних общеобразовательных школах. Предложен метод самостоятельного изготовления экспериментальных устройств, показывающих влияние магнитного поля на движение зарядов в электролитах. Указано на возможность, кроме демонстрации силы Лоренца, проведения дополнительных экспериментов по движению зарядов в жидкостях .

Ключевые слова и понятия: физика, эксперимент, технология, оборудования самостоятел-ное, магнитное поля, сила Лоренса, электролит, электролиз, вязкость, закон Ома, температура, демонстрация, виртуальность, компьютерная технология, образование, заряд, комплекс экспериментов.

NABIEV A.B., MAMAJONOV D.N. EXPANDING THE POSSIBILITIES OF PHYSICAL EXPERIMENTS IN SECONDARY EDUCATION SHOULD BE CONSIDERED AS A REQUIREMENT OF MODERNITY

This paper shows the need for teaching physics with experimental demonstrations in accordance with the topic in secondary educational enterprises. A method is proposed for self-manufacturing of experimental devices that show the effect of a magnetic field on the movement of charges in electrolytes. It is indicated that, in addition to demonstrating the Lorentz force, it is possible to conduct additional experiments on the movement of charges in liquids.

Key words and concepts: physics, experiment, technology, independent equipment, magnetic field, Lorentz force, electrolyte, electrolysis, viscosity, Ohm's law, temperature, demonstration, virtual, computer technology, education, charge, set of experiments.

Kirish. Respublikamizning ko'plab o'rta ta'lim maktablarida fizik jarayonlarni real aks etdiradi-gan laboratoriya mashg'ulotlarini amalda bajar-ish orqali bir umr esda qoladigan taassurotni va fanga qiziqishni ortirib, bilimni mustaxkam-laydigan o'quv tajribalarini o'tkazish bugungi kunda og'riqli nuqta bo'lib, ko'p xollarda imkoniyat yo'q deb unga deyarli e'tibor berilmay kelinmoqda. Vaxolanki, fizik tajribaning o'ta muhimligini ta'kidlab buyuk rus olimi Nikolay Alekseevich Umov o'z vaqtidagi ta'lim reformas-ida "Butun bayon etilayotgan fizik jarayonning fundamental asosini tajriba tashkil etmasa, bun-day bayonot nafaqat befoyda, balki zararli deb tan olinishi kerak" degan edi1.

Fizika fanini o'qitilish mohiyatiga ko'ra, bir-inchidan, u insonga atrof olam haqida zarur va muhim bilimlar manbai bo'lib xizmat qilsa, ikkinchidan inson imkoniyatlarini boyita borib, ularning texnik taraqqiyot yo'lida dadil qadam tashlashlari uchun asos yaratadi, uchinchidan, inson ma'naviy qiyofasining rivoji uchun muhim hissa qo'shib, unda ma'naviy-madaniy boyliklar shkalasini darajalay oladigan tarzdagi dunyoqar-ashni shakllantiradi. Shu ma'noda va davr talab-lari asosida aytish kerakki, fizika eksperimental fan, uni o'qitilishida fizik jarayonlar mohiyatini tushunishga va eng muhimi ularni tajribada aso-slashga jiddiy e'tibor berilmasa, ishlab chiqarish sohalari mutaxassislarning yuqori texnologiya-lar va fan yutuqlarini qabul qiluvchanligi juda pastligicha qolib ketishi davom etaveradi. Fan yutuqlarini tezroq amaliyotga tadbiq etishga erishish uchun o'quvchilar fizik tajribalarini o'tkazish ko'nikmalariga ega bo'lishlari shart. Bunday yoshlarni yetishtirishda eng birinchi

1 Разумовский В.Г. и др. Современный урок физики в средней школе.- М.: Просвещение, 1983.-С. 118-123.

o'rta ta'limdan boshlab o'quvchilarni fizika fani bo'yicha laboratoriya ishlarini bajarib, olgan bilimlarini amaliyotga tadbiq eta oladigan tarzda shakllantirib borishga erishish kerak. Buning uchun yoshlarni fizik jarayonlarni kuzatishga qiz-iqishlarini ortirish, ayniqsa, yarimo'tkazgichlar, optika, elektrotexnika va magnetizmga oid turli jarayonlarni tajribada kuzatib, ulardan qan-day maqsadlarda foydalanish sohalarini ani-qlashga o'rgatib borish o'ta muhim ahamiyatga ega. Chunki kelajakda aynan maktab yoshidan fizikaga qiziqqan, bilimdon,tajriba o'tkazish kunikvasiga ega o'guvscilarni ko'plab yetishtirish orgali o'zimizda yugori texnologiyalarni rivojlan-ishiga katta umid qilish mumkun.

Buning uchun o'quv muassasalarida labora-toriya ishlarini bajarishga zarur bo'lgan asbob va uskunalar bilan ta'minlashga jiddiy e'tibor qaratilishi lozim. Bu holatlar Prezidtnt garor-larida ham o'z aksini topgan2. Y'ani O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021 yil 19 mar-tdagi "Fizika sohasidagi ta'lim sifatini oshirish va ilmiy tadqiqotlarni rivojlantirish chora-tad-birlari to'g'risida"gi PQ-5032 sonli va 2020-yil 27-fevraldagi "Pedagogik ta'lim sohasini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to'g'risida"gi PQ-4623-sonli qarorlarida:

1. Yoshlar o'rtasida fizika fanlariga bo'lgan qiziqishni oshirish, ularning fizika, elektronika sohasidagi iqtidorini rivojlantirishga qaratilgan "Yosh fiziklar portali"ni ishga tushirsin.

2 O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021 yil 19 martdagi "Fizika sohasidagi ta'lim sifatini oshirish va ilmiy tadqiqotlarni rivojlantirish chora-tadbirlari to'g'risida"gi PQ-5032 sonli va 2020-yil 27-fevral dagi "Pedagogik ta'lim sohasini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to'g'risida"gi PQ-4623-sonli garorlari.

ЗАМОНАВИЙ ТАЪЛИМ / СОВРЕМЕННОЕ ОБРАЗОВАНИЕ 2022, 11 (120)

2. Laboratoriya va o'quv-metodik ta'minotini, shu jumladan budjetdan tashqari mablag'lar hisobidan yangilash bo'yicha zarur choralarni ko'rishi lozimligi ko'rsatib o'tilgan.

Shuning uchun fizika o'qituvchilarini har bir mavzuda aks etadigan fizik jarayonni tajrib-ada amaliy ko'rsatib yoki komp'yuterda vertual annimatsiyali namoyish etib, ulardan qanday amaliy maqsadlarda foydalanish mumkinligini tushuntirib dars o'tishni tashkil etishlari ham-dai yoshlarda olgan bilimlarini amaliy qo'llashga qiziqishlarini va yaratuvchanlik ko'nikmalarini shakllantirib borishlari bugungi zaruriy davr talabi deb garalishi kerak

Mavzuning dolzarbligi. Dunyo taraqqiyotiga nazar solinadigan bo'lsa, yaqin kelajakda ele-ktromobillar, dronlar, robototexnik boshqaruvlar va ko'plab avtomatlashtirilgan serviz xizmatlari ommalashib boradi. Aytish kerakki, bularning barchasini ishonchli ishlashini ta'minlash zami-nida elektronika va nanoelektronika texnologi-yalari qurilmalaridan oqilona foydalanish yotadi. Bundan qo'rinadiki, har bir mamlakatda elektronikani rivojlantirilishi bilan kelajakda ommalashib borayotgan turli qurilmalarni hech bo'lmaganda muntazam ravishda talab etiladi-gan mahsulotlarini o'zi yarata olishiga erishishi mumkin bo'ladi va nanotexnologiyani rivojlanti-rishga asos yaratib boriladi. Bizning mamlaka-timizda ham keyingi yillarda investorlar bilan hamkorlikda trasport, sanoat, qurilish, maishiy xizmat tovarlari va elektrotexnik mahsulot-larini zamon talablari asosida ishlab chiqarish yo'lga qo'yilib, ularni ko'plab butlovchi element-larini mamlakatimizda yaratilyapgani quvon-arli bo'lsada, ularga va kelajakda ommalashib borayotgan yuqori texnologiya mahsulotlariga muntazam ravishda chetdan keltiriladigan eng zaruriy elementlarni o'zimizda ishlab chiqara olishimiz uchun elektronika sohasini rivojlantirilishi davr talabi sifatida o'ta dolzarb bo'lib qoldi. Shu ma'noda bugungi yosh bitiruvchi o'quvchilarni ko'p qirrali, salohiyati rivojlangan, tashabbuskor, nafakat yangi texnikaviy bilim-lar egasiga aylanishi, balki ularni rivojlantira oladigan va eng muhimi ijodiy fikrlaydigan bo'lib shakllantirilishi ob'ektiv zaruratga aylanib bormoqda. Hozirgi fizika fanini o'qitishdagi muayyan bilimlar majmuini o'zlashtirish va ayrim topshiriqlarni bajara olish ko'nikmalarini shakllantirishga moslashgan hamda fizik tajriba

bilan asoslanmaydigan an'anaviy o'qitish usuli o'quvchilarni ijodiy fikrlashlarini rivojlanmasli-giga olib kelmoqda. Fizika fani eksperimental fan bo'lib, uning asosiy maqsadi davlat ta'lim standartlari talabiga ko'ra yoshlarni kuzatish qobilyatlarini ortirishga, fikrlashga, hodisalarni o'zaro bog'liqligini o'rnatishga va ulardan amaliy foydalanish ko'nikmalarini rivojlantirishga xizmat qilishi kerak. Shuning uchun o'quvchilarni mustaqil ijodiy fikrlashlarini va faolliklarini rivojlantirishga bo'lgan davr talablari asosida o'qitishni fizik tajribalar asosida tashkil etish va kerakli asbob uskunalarni mustaqil tarzda yara-tish metodlarini ishlab chiqish bugungi kunning dolzarb vazifalaridan sanaladi. Prezidentimiz tomonidan O'zeltexsanoat birlashmasiga tezda yarimo'tkazgichli qurilmalar va turli elektron pla-talar ishlab chiqarish zavodini yaratish haqida bergan topshiriqlari ham bu sohani rivojlantirilishi o'ta dolzarb ekaniga qaratilgan e'tibordir1.

Mavzuning o'rganilganlik darajasi. Fizika mavzularini tajriba natijalari bilan aso-slab o'qitishga bag'ishlangan ishlar yetarlicha bo'lsada, ularning aksariyati klassik tajribalarga bag'ishlangan bo'lib, 20—30 yillar oldingi ada-biyotlarda keng yoritilgan 2' 3' 4. Keyingi yillarda oldindan mavjud fizikaviy tajriba o'tkazish qur-ollarini ma'naviy eskirgani yoki yaroqsizlarini yangilari bilan to'ldirish hozirda og'riqli nuqta bo'lib, aksariyat fizika o'qituvchilari jihozlar yo'qligini ro'kach qilib, mavzuni quruq bayon etishdan nariga o'tmay dars berib kelmoqdalar.

Aytish kerakki, bugungi kunda fan-texnika rivoji bilan fizik jarayonlarni o'rganish soxasini kengayishi va tajriba qurilmalarini takomillashuvi natijasida fizikaviy tajriba asbob uskunalari bilan barchani birday ta'minlashni bir oz qiyin kechishi tabiiy jarayon sanaladi.

1 O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 4 yanvardagi "Elektrotexnika sanoatining eksport salohiyatini yanada rivojlantirish va oshirish chora-tadbirlari to'g'risida"gi PQ-4090-sonli qarori.

2 А.А. Покровский, В.А. Буров, А.И. Глазырин, А.Г. Дубов, Б.С. Зворыкин, И.М. Румянцев. Практикум по физике. Пособие учителя. Москва. 1963 г.

3 A.I. Ergashev, K.T. Suyarov, N.B. G'afurov, R.Q. Choriyev. «Umumta'lim maktablarida fizika fanidan labaratoriya ishlarini o'tkazish» bo'yicha uslubiy qo'llanma.-T.: «Talqin». 2003.

4 А.Г. Белянкин, Е.С. Четверикова, И.А. Яковлев. Физи-кадан практикум.русча учинчи нашридпн таржима. Тошкент 1960.

ЗАМОНАВИЙ ТАЪЛИМ / СОВРЕМЕННОЕ ОБРАЗОВАНИЕ 2022, 11 (120)

Lekin shunday bo'lsada, ko'plab fizik hodisal-arni qay tarzda yuzaga kelishini mavjud qurilma-lar bilan sodda va ko'p jihoz talab etmaydigan

tajribalar namoyishini yorituvchi adabiyotlar ham mavjud1, 2 3.

Shuningdek, o'quvchilarni qiziktirib o'ziga tortadigan elektr va elektromagnetizmga oid tajribalar qurilmalarini bugungi mavjud imkoni-yatlardan foydalangan xolda mustaqil tayyorlab ayrim mavzularni tajriba bilan uyg'unlashtirish mumkinligini amalda ko'rsatib dars o'tayotgan fidoyi o'qituvchilar ishlari ham garchi kam bo'lsada maqolalarda uchrab turadi4, 5.

Ta'kidlash joizki, fizika darslarini zamon talablari darajasida tashkil etish har bir fizika o'qituvchisidan kundalik xayot bilan bog'langan tajribalar va namoyishli eksperimentlar o'tkazish hamda axborot texnologiyalari resurslaridan foydalanish metodlarini bilishdan tashqari mustaqil tarzda tajriba qurilmalari yarata olishni ham talab etadi. Mustakil xolda o'zlari tayorla-gan tajriba o'tkazish qurilmalaridan foydalanib o'qitishni tashkil etish metodlarini yoritadigan adabiyotlar esa, deyarli yo'q xisobda.

Muammoni qo'yilishi. Bo'lajak kasb yo'nalishlarining start maydoni aynan maktabda boshlanib, o'quv jarayonida xar bir o'quvchining asosiy bilim fundamenti, layoqati, dunyoviy tasavvuri va kelajakdagi kasb yo'nalishlariga qiziqishi shakllanib boradi. Yuqori texnologiya-lar mahsulotlarini o'zimizda ishlab chiqarishni yo'lga quya olishimiz uchun yoshlikdanoq o'quvchilarni fizikaga tajribalar orqali muxab-bat uyg'otib o'qitishga erishmog'imiz lozim. Bu yo'lda yechilishi lozim bo'lgan quyidagi muam-molar mavjud:

- o'rta ta'lim maktablarida fizik jarayonlarni tajribada ko'zatib amaliy tadqiqotda qo'llash ko'nikmalarini shakllantirishga qaratilgan o'quv tizimini yetarli darajada yo'lga qo'yilmagani;

1 J. Nurmatov, M.Isroilov, M Nishonova, A. Avliyoqulova. Fizika laboratoriya ishlari. Akademik lisey va kasb-hunar kollejlari uchun. Toshkent. "O'qituvchi" 2002 y.288b.

2 Sh.B. Axmedov, M.B. Dusmuratov. "Fizika (2-qism)", akademik litsey o'quvchilari uchun darslik. Navro'z nashriyoti. Toshkent.: 2020. 470-b.

3 Tursunmetov K.A., Xudayberganov A.M. Fizikadan praktikum. Т.: «0'qituvchi»,2002.

4 Михеев П., Вращающаяся жидкость. Квант журнал. №7. 1990г. С.51-53.

5 Choriev R. va boshqalar. O'rta maxsus kasb-hunar ta'limi muassasalarida laboratoriya ishlari. - T. «Talqin» 2002.

- tajriba o'tkazish qurilmalarini amaliy tayyorlash usullari va bu soxada ilg'or peda-goglar ishlarini tadqiqoti xaqida ko'rsatmalarni yetishmasligi;

- ta'lim-tarbiya-amaliyot tizimi uzviyligi kurtaklarini o'rta maktabdan boshlab yeng kamida elektro magnetizm va optika soxalarida shaklantirish zaruratiga talab darajasida e'tibor qaratilmayotgani;

- fizika fani o'qituvchilarini ko'pchiligida tajribalar o'tkazish, turli namoyishli eksperimentlar tashkil etish va mavjud annimatsion virtual komp'yuter programmalaridan foydalanish ko'nikmalarini yetishmasligi.

Ko'rsatilgan muammolarni xal etilishi o'quvchi yoshlarni ilmiy tushunchalarini shakllanishida va yangi texnologik soxalarda yuzaga kelayap-gan kelajak kasblariga qiziqish bilan dadil kirib borishlari uchun fundament bo'lib xizmat qiladi.

Tadqiqot goyasi. Texnikaviy fikrlash va rivo-jlantirib o'qitish strategiyasini ishlab chiqishda asosiy g'oya fizika mavzulari bayonini amaliy tajriba bilan uyg'unlikda olib borilishi bilangina o'quvchilarni ijodiy fikrlashlarini rivojlantirishga va kelgusida yuqori texnologiyalar mahsulotlarini yaratishga qodir intilish kurtaklari shakl-lanib borishiga erishiladi.

O'quvchilarni mustaqil yaratiladigan tajriba qurilmalari yordamida o'qitish orqali fizikaviy fikrlashlarini rivojlantirish metodikasi takomil-lashtirilib, didaktik maqsad, vazifa, mazmunlar integratsiyalanib, shaxsga yo'naltirilgan peda-gogik jarayonni asosiy tashkil etuvchilaridan birini rivojlantirishga erishiladi.

Tadqiqot maqsadi. Yuqoridagi davr talablari bilan hamoxang bo'lish uchun fizika ta'limida fizik jarayonlarni tajribaga tayangan xolda o'qitishni samarali usullarini yaratish orqali o'quvchilarni mustaqil o'rganish kobiliyatlarini rivojlantirishga, olgan bilimlarini amaliyotda qo'llay olish layoqatlarini ustirishga va eng mux-imi mustakil tajribalar o'tkazish uchun qurilmalar yaratishga qiziqishlarini ortirishga erishishdan iborat.

Tadqiqot ob'ekti. O'rta ta'limda ishlayotgan va Oliy ta'limdagi bo'lajak fizika o'qituvchilari.

Tadqiqot predmeti Fizika predmetini tajriba bilan uyg'unlikda o'qitishni ta'minlovchi tajriba qurilmalarini yaratish va ulardan foydalanish uslubietiga oid izlanishlar

Tadqiqot vazifalari:

ЗАМОНАВИЙ ТАЪЛИМ / СОВРЕМЕННОЕ ОБРАЗОВАНИЕ 2022, 11 (120)

- yuqoridagi muammolar yechimini yadrosi bu o'quvchilarda fizik tajribalar o'tkazish orqali fizik hodisalar sabablarini idrok etishlariga yordamlashish va turli tajribalar qurilmalarini mustaqil yarata olishlariga qiziqtirib, elektronika poydevori bo'lmish elektronlar va ionlar harakati turli muhitlarda qanday kechishini namoyishli o'qitish orqali dastlabki va fundamental tushun-chalarni shakllantirishga erishish.

- fizika fani o'qituvchilariga va bo'lajak fizika o'qituvchilariga yordam sifatida elektr va elektromagnetizmni ayrim mavzulari bo'yicha universal tarzdagi bitta tajriba qurilmasini mustaqil tarzda yaratish usullarini va uning yordam-ida bir necha tajribalar o'tkazish metodlarini ish-lab chiqish.

- elektr bo'limini tajriba bilan bog'lab o'qitishni yo'lga qo'yishda avvalo turli muhit-larda elektr toki qanday o'tishini tajriba namoy-ishida ko'rsatish

- elektrolitlarda elektr toki, tokni temper-aturaviy o'zgarishi, tokni ionlar kontsentratsiya-siga va harakatchanligiga bog'liqligini tajribada o'rganish

- elektrolitlarda ionlar harakatiga magnit maydon ta'siri tufayli Lorents kuchini yuzaga kelishini namoyish etish

- elektroliz hodisasida Faradey qonun-larini tajribada o'rganish-elektrolitlarda sol-vatlar ishqalanish koeffitsiyentini aniqlash va ulchov asboblarini o'ta sezgirligini ta'minlanishi bilan Xoll effekti, magnitogidrodinamik genera-torlar ish tamoilini kuzatish kabi fizik tajribalar o'tkazish orqali fizik jarayonlar mohiyatini chu-qurroq o'rganishga va ularni amaliy qo'llanish sohalarini kengroq oydinlashtirishga eritish tad-qiqot vazifalari etib begilandi.

Tadqiqot metodlari o'z ichiga ta'lim mua-mmolari bo'yicha xujjatlar, dasturlar, metodik adabiyotlar, o'qitishning texnik vositalari va o'qitishning innovatsion texnologiyalari kabi elementlarni oladi.

Asosiy qism. Fizika fanini o'qitish jarayonida o'quvchilarni rivojlanish darajalarini yuqoriga ko'tarish uchun o'qituvchilar rivojlantirib o'qitish mohiyatini va uni maqsadli amalga oshirish metod va vositalarini bilishlari lozim .

Mohiyati jixatdan eksperimental fan bo'lgan fizikani rivojlantirib o'qitish metodlarini fun-damenti-bu tajribaga tayanib fizik hodisalar mohiyatini o'rganishda innovatsion usullar yor-

damida samarali natijalarga erishishdan ibo-rat. Hozirda o'rta ta'lim fizika kabinetlari ker-akli laboratoriya va namoyish jihozlari bilan ta'minlanmagani uchun to'laqonli ma'noda dars o'tishga imkon bermaydi. Bu kemtikni qis-man bo'lsada to'ldirish maqsadida biz ushbu ishda zaryadlar harakatini va ularni tashqi magnit maydon ta'sirida o'zgarishini elektrolitlarda namoyish etishni kreativ usulini taklif etdik. Ya'ni, mustaqil tarzda yuqorida tadqiqot vazi-fasida ko'rsatilgan laboratoriya ishlari namoyish-lari qurilmasini Namangan shaxar 74 maktabda minimum sondagi kerakli jihozlar bilan yaratish va unda tajribalar o'tkazish usullarini ishlab chik-dik. E'tiborlisi shundaki, namoyishsiz darsga nis-batan bunday darsga qiziqishdagi farq bir necha barobar yuqoriligini tezda payqash mumkin bo'ldi. O'quvchilar sinfga kirib o'rtada namoy-ishli qurilmani ko'riboq bugungi dars qiziqarli bo'lishini ko'tib diqqatlarini jamlab o'tiradilar. Qurilmani qo'lda oddiy materiallardan yaratil-gani esa, o'quvchilarni yanada ko'proq qiziqtira boshlaydi. Ayrim o'quvchilar mustaqil xolda shunga o'xshash biror narsa tayyorlash istagini bildira boshlaydilar, bu esa darsni yutuq ele-mentlari boshlanishini bildiradi. Fizik qurilma-larni o'quvchilar bilan birgalikda mustaqil tayy-orlab tajribalar o'tkazishni afzal tomoni shundaki, qurilma qanday fizik qonuniyat asosida ish-layotganini o'quvchilar chuqurroq tushunadilar va undan nima maqsadlarda ishlatish mumkin-ligini o'rganib boradilar. Undan tashqari tajriba qurilmalari yaratish jarayoni o'quvchilarni ijodiy va shaxsiy qobiliyatlarini yanada ochilib borish-iga va ularni mustaqil tarzda atrof olamni bilib borishlariga undaydi.

AQSHning Merilend universitetini kiraver-ishda fizika rivoji tarixiga bag'ishlangan muzey eksponantlaridan biri barchani o'ziga jalb qilishi aytiladi1. Unda katta aylana yuzali silindr ichiga quyilgan suyuqlik, tugmani bosish bilan o'z-o'zidan aylanma harakatga keladi va ikkinchi tugmani bossa suyuqliq teskarisiga aylanishi kuzatilib, hammani xayron qoldiradi. Agar tagid-agi magnit maydon olib qo'yilsa, aylanish bata-mom to'xtaydi. Bu yerda magnit maydonini ionli zarralar harakatiga ta'sirini namoyishi ko'rsatilib, o'quvchilar fantaziyasiga qarab uni turlicha

1 Михеев П., Вращающаяся жидкость. Квант журнал. №7. 1990г. С.51-53.

ЗАМОНАВИЙ ТАЪЛИМ / СОВРЕМЕННОЕ ОБРАЗОВАНИЕ 2022, 11 (120)

1-rasm. a- magnit maydonda ionlar aylanish harakatini korinishi 1. b- elektr maydon qo'yilgach, tok oqimini yuzaga kelishi, musbat elektrod tomonga rangli manfiy ionlar MnO4 tortila boshlaydi. v-pastdan yuqoriga yonalgan magnit maydon ta'sir etganda rangli oqimni Lorents kuchi ta'sirida burilishi.

- «1 \ j

ш

A ■

maqsadda rivojlantirilishi mumkinligi aytil-gan. Biz u yerdagi ishni takrorlash bilan birga (1a-rasm) shu yo'nalishni davom etdirib, elektr maydonida anod tomonga rangli ionlarni to'g'ri tortilish harakatini, magnit maydonida ularning chap qo'l qoidasi bo'yicha burilib harakatlan-ishini bevosita oddiy ko'z bilan kuzatishga imkon beruvchi konstruktsiyasi o'zgartirilgan yangi qurilma yaratdik. Bu qurilmada 2 3 ishdagilardan farqli ularoq rangli ionlar harakat traektoriyasini magnit maydon yo'nalishiga qarab o'zgarishini aniqroq kuzatishga va uning yordamida boshqa turdagi tajriba natijalarini aniqligini ortirishga erishildi. Aytish kerakki, bu qurilmadan o'ta sez-gir o'lchagichladan foydalanish xisobiga yana aralashma ichidan massalar bo'yicha yoki tez-liklar bo'yicha aloxida taqsimlanishlarga erishish usulini ham ko'rsatish mumkin. Odatda zaryadli zarralar harakatiga Lorents kuchi ta'sirini yuqori vakuumda maxsus qurilma yordamida ekranga tushayotgan zaryadlar yo'nalishi magnit maydonda og'ib, ekrandagi chaqnashlar koordi-natasi o'zgarishi orqali aniqlanadi. Birinchidan bunday qurilma maktab sharoitiga moslanma-gan, ikkinchidan unda bevosita zaryadlar trayek-toriyasini har bir nuqtasini kuzatish mumkin emas. Shu ma'noda yangi qurilmada mavhumlik yo'qolib o'quvchilarda Lorents kuchi xaqida aniq tasavvur shakllanadi. Buning uchun plastmassali idish o'rtasiga to'siq o'rnatib bir tomoniga KMnO4 ikkinchi tomonga KPO3 larni teng zich-likdagi eritmalarini quyamiz. To'siq o'rtasidagi tuynukka qo'yilgan rezina olinsa, rangli suyu-

1 Михеев П. Вращающаяся жидкость. // Квант журнал. №7. 1990 г. С.51-53.

2 Михеев П., Вращающаяся жидкость. Квант журнал. №7. 1990г. С.51-53.

3 Kalashnikov S.G. Umumiy fizika kursi. Elektr. Oliy oNquv yurtlarining fizika ixtisosligi bo'yicha oNquv qollanma. O'qituvchi, Toshkent-1979, 615 bet

■ V

qliq bir oz rangsiz tomonga sekinlik bilan dif-fuziyalanishi mumkin. Elektr va magnit maydon ta'siridagi o'zgarishlar 1-rasm- b,v ko'rinishlarda keltirilgan.

Elektrolitlarda ajralgan musbat va manfiy zaryadlar o'z atrofiga qutblangan suyuqlik moleku-lalarini biriktirib o'zidan katta o'lchamdagi sol-vatlarni xosil qilishi evaziga ularning umumiy zaryadi o'zgarib, harakatchanligini kamayishi ro'y bergani uchun elektr maydonda ular harakati sekinlik bilan ro'y beradi. Bundan foydalanib rangli ionlar tezligini aniqlash orqali ishqalan-ish koeffitsiyentini topishga imkon yaratiladi. Shuningdek, elektrodlarni o'zgartirib elektroliz uchun Faradey qonunlarini, suyuqliklarda Om qonuni, elektrolitlarda elektr tokini temperaturaga va ionlar kontsentratsiyasiga boglanishini ko'rish mumkin. Ko'ramizki, bitta qurilma yordamida bir necha tajribalarni bajarishga imkon yaratiladi. Qurilma elementlarini topish bugungi kunda hech qanday qiyinchilik tug'dirmaydi, chunki har qanday eski keraksiz bo'lib qolgan radio, televizor yoki boshqa elektron qurilma-lar elementlaridan foydalanish mumkin. Har bir tajribadan so'ng ulardan amaliyotda foydalanish sohalarini aloxida ko'rsatilishi o'quvchilarni tax-liliy fikrlashlari rivojiga katta yordam beradi .

Fizikaga ajratilgan soatlarning kamligi bunday eksperimentlarni o'tkazib dars o'tishga imkon bermaydi degan e'tirozlarga aytish kerakki, bir ikki marta tajribalar bilan qiziqtirib o'tilgan dars-dan so'ng kelgusida o'tiladigan mashg'ulot tajri-basini birgalikda tayyorlashga qiziquvchilar kel-ishini taklif etib o'quvchilar bilan birga tajriba qurilmasini tayyorlashga kirishish o'quvchilar faolligini oshirishda katta rol o'ynaydi va ulardagi qiziqishni so'ndirmay muntazam rav-ishda ishlaydigan fizika to'garagida davom ettirilishi esa, tajriba eksponantlari sonini

ЗАМОНАВИЙ ТАЪЛИМ / СОВРЕМЕННОЕ ОБРАЗОВАНИЕ 2022, 11 (120)

yetarli bo'lishiga yordam beradi. Bugungi tur-mushda keng foydalanib kelinayotgan Yuqori texnologiya materiallaridan lazerlar, nur diod-lari va turli yarimo'tkazgichlar asosidagi asbob-lar ish tamoilini fundamental asoslari ulard-agi zaryadlar harakatini boshqarish usullarini yaratish bilan bog'liq bo'lgani uchun metallar va yarimo'tkazgichlarda zaryadlar harakatini o'rganishga qaratilgan tajribalar o'tkazishni ham ahamiyati juda katta. Ulardagi zaryadlar harakatini namoyishli ko'z bilan kuzatishni iloji yo'qligi uchun ularni komp'yuterda virtual tajribalar o'tkazish orqali o'rganish mumkin1.

Tadqiqotning amaliy ahamiyati shundaki, barcha mikro va nano elektronika qurilmalar-ining asosiy ish tamoili xatto yakka zaryadlar harakatini ham maqsad sari qandaydir usulda boshkarishga erishishdan iborat bo'lgani uchun o'quvchilarga turli muhitlardagi zaryadlar har-akati va ularni o'zgarishi haqida dastlabki tushunchalarni asoslab ko'rsatilishi bugungi texnologik taraqqiyotni idrok etib, uning ishti-rokchisi bo'lib borishlariga zamin yaratadi.

Shuningdek, bunday ishlarni turli massalar tezligidagi farg evaziga ularning Lorens kuchi ta'sirida turlicha ogishidan aralashmalar ichidan alohida bir turdagi massalarni ajratib olishda, plazmali tutgichlarda, elektrolizdan galvanop lastikada,ekektrolitlardan akkumulyatorlar va kondensatorlar kabi kuplab amaliy tadbigotlarda ahamiyati katta.

Xulosalar.

Yuqoridagi laboratoriya ishlarini puxta o'rganib, tajriba o'tkazish ko'nikmasiga ega bo'lgan o'quvchi yoshlar hayotning barcha sohalaridagi muammolarga innovatsion g'oya bilan yondasha oladigan, o'zining ichki salohiyat imkoniyatiga ishongan va eng muhimi texnik taraqqiyotga mos holda tarbiyalanadilar.

Laboratoriya ishlarini mustaqil amalga oshirishga o'rganib borgan yoshlar bilan iqti-sodiy yuksalish sari dadil borishga, yangi texnologiyalarni o'zlashtirishga, xalqimiz salo-hiyati va imkoniyati ortib rivojlangan mamlakat-lar qatoridan o'rin olishimizga hech shubha qol-maydi.

Foydalanilgan adabiyotlar:

1. Разумовский В.Г. и др. Современный урок физики в средней школе. - М.: Просвещение, 1983. - С. 118-123.

2. О^Ье^1:оп Respublikasi Prezidentining 2021 уП 19 martdagi "Fizika sohasidagi 1а'Пт sifatini oshirish va ilmiy tadqiqotlarni rivojlantirish chora-tadbirlari to'g'risida"gi PQ-5032-sonli garori.

3. O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 27-fevraldagi "Pedagogik ta'lim sohasini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to'g'risida"gi PQ-4623-sonli garori.

4. O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 у^I 4 yanvardagi "Elektrotexnika sanoatining eksport saIohiyatini yanada rivojIantirish va oshirish chora-tadbirIari to'g'risida"gi PQ-4090-sonIi qarori.

5. А.А.Покровский, В.А.Буров, А.И.Глазырин, А.Г.Дубов, Б.С.Зворыкин, И.М.Румянцев. Практикум по физике. Пособие учителя. - Москва. 1963 г.

6. А.1. Ergashev, К.Т. Suyarov, N.B. Gчafurov, R.Q. Choriyev. «UmumtaчNm maktablarida ^ка fanidan Iaboratoriya ishlarini o tkazish» Ьо^^а uslubiy qoчNanma. - Т.: «Та^т». 2003.

7. А.Г. Белянкин, Е.С. Четверикова, И.А. Яковлев. Физикадан практикум. Русча учинчи нашридан таржима. - Тошкент 1960.

8. J. Nurmatov, M.IsroiIov, М Nishonova, А. AvIiyoquIova. Fizika Iaboratoriya ishlari. Akademik lisey va kasb-hunar koIIejIari uchun. Toshkent. "О^^сЫ" 2002 у. 288 Ь.

1 X.Qo'chqarov, M. Sharipova, E.Vazirova. Lazer nurlarini fazoviy kogorentligini aniqlovchi laboratori qurilmalarini

yaratish va o'lchash usullari. Namangan davlat universiteti ilmiy axborotnomasi 3 son. 2022 yil. b.29-38. 10 bet.

9. Sh.B. Axmedov, M.B. Dusmuratov. "Fizika (2-qism)", akademik litsey o'quvchilari uchun darslik. Navro'z nashriyoti. - Toshkent.: 2020. 470-b.

10. Tursunmetov K.A., Xudayberganov A.M. Fizikadan praktikum. - Т.: «0'qituvchi»,2002.

iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.

11. Михеев П., Вращающаяся жидкость. Квант журнал. №7. 1990г. С.51-53.

12. Choriev R. va boshqalar. O'rta maxsus kasb-hunar ta'limi muassasalarida laboratoriya ishlari. - T. «Talqin» 2002.

13. Kalashnikov S.G. Umumiy fizika kursi. Elektr. Oliy o'quv yurtlarining fizika ixtisosligi bo'yicha o'quv qo'llanma. O'qituvchi, Toshkent-1979, 615 bet.

14. X.Qo'chqarov, M. Sharipova, E.Vazirova. Lazer nurlarini fazoviy kogorentligini aniqlovchi laboratori qurilmalarini yaratish va o'lchash usullari. Namangan davlat universiteti ilmiy axborotnomasi 3 son. 2022 yil. b.29-38 10 bet.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.