TEXNOLOGIK TA'LIM YO' NALISHIDA MUTAXASISLIK FANLARINI O'QITISHDA INNOVATSION TA'LIM TEXNOLOGIYALARI
Umarova Fotima Abduraximovna
Nizomiy nomidagi Toshkent davlatpedagogika universiteti "Texnologikta'lim metodikasi" kafedrasi dotsenti p.f.f.d. (PhD)
Mirobidova Nafosat O'ktam qizi
Nizomiy nomidagi Toshkent Davlat Pedogogika Universiteti talabasi
Anotatsiya: Mazkur maqolada bugungi kunda texnologiya ta'lim yo'nalishida mutaxassislik fanlarini o'qitishda innovatsion ta'lim texnologiyalari ta'limni rivojlantirish, mashg'ulotlar samarali va sifatli bo'lishi uchun zamonaviy texnologiyalardan foydalanish to'g'risida so'z borgan.
Kalit so'zlar: texnologiya, o'qituvchi, innovatsiya, faoliyat, tayyorlash, ilmiy-metodik o 'quv qo 'llanmalar.
ИННОВАЦИОННЫЕ ОБРАЗОВАТЕЛЬНЫЕ ТЕХНОЛОГИИ В ОБУЧЕНИИ СПЕЦИАЛЬНЫХ ПРЕДМЕТОВ В ТЕХНОЛОГИЧЕСКОМ
ОБРАЗОВАНИИ
Умарова Фатима Абдурахимовна
Phd, Доцент кафедры «Методики профессионального образования» Ташкентского государственного педагогического университета имени Низоми
Миробидова Нафосат Уктам кизи
Cтудентка Ташкентского государственного педагогического университета
имени Низами
Аннотация: В данной статье говорится о развитии инновационных образовательных технологий при преподавании профильных предметов в сфере технологического образования, а также использовании современных технологий для эффективного и качественного обучения.
Ключевые слова: технология, учитель, инновация, деятельность, обучение, научно-методические учебные пособия.
INNOVATIVE EDUCATIONAL TECHNOLOGIES IN TEACHING SPECIAL SUBJECTS IN TECHNOLOGICAL EDUCATION
Umarova Fatima Abdurakhimovna
Phd, Associate Professor of the Department of "Methods of Vocational Education " of Tashkent State Pedagogical University named after Nizom
Mirobidova Nafosat Uktam kizi
Student at the Tashkent State Pedagogical University named after Nizami
Abstract: This article talks about the development of innovative educational technologies in teaching specialized subjects in the field of technological education, as well as the use of modern technologies for effective and high-quality teaching.
Key words: technology, teacher, innovation, activity, training, scientific and methodological teaching aids.
KIRISH
Hozirgi kunda axborotlashib ketayotgan texnika asrimizda o'quvchi-talabalarni ananaviy darsga qiziqtirish, ularni axborot o'chog'idan bir muncha chetga olib darsga jalb etish bir muncha mushkul vaziyat hisoblanadi. Bunday muammo texnologik ta'limni o'qitishda ham yo'q emas. Shuning uchun texnologik ta'lim yo'nalishida mutaxassislik fanlarini o'qitishda innovatsion ta'lim texnologiyalarini o'rni juda katta.
Interaktiv metodlarni, innovatsion metodlarni, axborot texnologiyalarini pedagogik o'quv jarayonida qo'llash kundan kunga rivojlanib kelmoqda. Bu o'z navbatida o'quvchi-talabalarni izlanishga, harakatga, tom ma'noda mehnat qilishga chorlaydi. Ular egallaydigan bilimlarini mustaqil ravishda o'qib o'rganib, amalda sinab ko'rib natija va xulosalarini o'zlari belgilashadi. Pedagog bu jarayonda o'quvchi-talabalarning shaxs sifatida rivojlanishi, shakillanishi, bilim olishi va tarbiyalanishiga sharoit yaratadi va shu bilan bir qatorda boshqaruvchilik, yo'naltiruvchilik funksiyasini bajaradi. Bundan ko'rinib turibtiki, ta'lim jarayonida ularning o'rni mavjudligiga ishonch ortib boradi. Shuning uchun oliy o'quv yurtlari va fakultetlarida malakali kasb egalarini tayyorlashda zamonaviy o'qitish metodlari - interaktiv metodlar, innovatsion texnologiyalarning o'rni va roli benihoya kattadir. Pedogogik texnologiya va pedagog mahoratiga oid bilim, tajriba va interaktiv metodlar o'quvchi-talabalarning bilimli, yetuk malakaga ega bo'lishlarini ta'minlaydi.
ADABIYOTLAR TAHLILI
Bugunki kunda mutaxassislik fanlarini o'rgatishda axborot texnologiyalari hamda zamonaviy pedagogik texnologiyalarini ishlab chiqish, ta'lim tizimida bilim,
ko'nikma va makalakarni to'liq o'zlashtirilishini ta'minlash, innovatsion texnologiyalarga asoslanga ma'ruza, baxs-munozara, amaliy va laboratoriya mashg'ulotlarini loyihalash va pedagogik faoliyatda foydalanish kerakligini guvohi bo'lmoqdamiz.
Tadqiq etilayotgan muammo mohiyatini ochib berishga xizmat qiladigan ilmiy manbalarni o'rganish talabalarning kasbiy bilim, ko'nikma va malakalarni egallashga ko'mak beradigan metodik adabiyotlarini takomillashtirish kerakligini ko'rsatdi. Bu sohadagi manbalar tadqiq etilayotgan muammoning muayyan jihatlarini yoritishga xizmat qilganligi bilan alohida ahamiyatga ega. Ta'lim muassasalarida innovatsion ta'limni rivojlantirish va takomillashtirish sohasida B.A.Abdullayev [2], Л.Н.Ващенко [12], О.В.Иншаков [25], Е.Лебедева [33], tadqiqotlar olib borishgan, pedagogika sohasida innovatsion model va metodlarni qo'llash ishlariga О.М.Железнякова [22], М.В.Кларин [28], К.Б.Колбаев [29] kabilar o'z hissalarini qo'shgan.
Ilm-fan, texnika, texnologiya hamda ishlab chiqarishning bugungi yuksak taraqqiyoti o'z-o'zidan yangi ijtimoiy talablarni kun tartibiga qo'ymoqda. Mazkur ijtimoiy talablar sirasida jamiyat, qolaversa, uning negizida sohalar rivojini harakatga keltiruvchi kuch -malakali kadrlarni tayyorlash, ana shu maqsadga yo'naltirilgan tizimni takomillashtirish muhim ahamiyatga ega.
Hozirgi davr ta'lim taraqqiyoti yangi yo'nalish -innovatsion pedagogikani may donga olib chiqdi. "Innovatsion pedagogika" termini va unga xos bo'lgan tadqiqotlar G'arbiy Yevropa va AQShda 60-yillarda paydo bo'ldi. Yangilik kiritishning sotsial-psixologik aspekti amerikalik innovatik E.Rodjers tomonidan ishlab chiqilgan. U yangilik kiritish jarayoni qatnashchilarining toifa(tip)lari tasnifini, uning yangilikka bo'lgan munosabatini, uni idrok qilishga shayligini tadqiq etadi [4].
Innovatsiya so'zi inglizcha "innovation"-"yangilik kiritish" degan ma'noni bildirib, yangilikdir. Innovatsion pedagogika so'zi tarixini yodga oladigan bo'lsak. Ha, yana o'sha mashhur yangilik kiritishning sotsial-psixolog aspekti amerikalik innovatik E.Rodjers tomonidan ishlab chiqilgan. U "Innavatsion pedagogika" termini va yangilik kiritish jarayoni qatnashchilarining toifa-tiplari tasnifini, uning yangilikka bo'lgan munosabatini, uni idrok qilishga shayligini tadqiq etadi. Pedagogning innovatsion faoliyati bu ochiqlikni, boshqalar fikrining tan olinishini bildiradi. O'qituvchining innovatsion faoliyati turli xildagi qarashlarning to'qnashuvi va o'zaro boyitilishi dinamikasida amalga oshishini ko'zda tutadi. O'qituvchining innovatsion faoliyatini samarali amalga oshirish bir qator shart-sharoitlarga bog'liq. Unga o'qituvchining tayinli muloqoti aks fikrlarga nisbatan beg'araz munosabat, turli holatlarda ratsional vaziyatning tan olinishini uqtirishga tayyorligi kiradi. Buning natijasida o'qituvchi o'z bilim va ilmiy faoliyatini taminlaydigan keng qamrovli mavzu (motiv) ga ega bo'ladi [5,6].
METODOLOGIYA
Pedagogik innovatsiyalar turlari va usullarining turli xili qo'llaniladi. Tanlashda ta'lim muassasasining profil yo'nalishi, uning ananalari va standartlari katta rol o'ynaydi. Texnologik ta'lim mutaxassislik fanlarini o'qitish jarayonida eng keng tarqalgan innovatsiyalar:
- Axborot-kommunikatsiya texnologiyalari (AKT);
- Talabalarga yo'naltirilgan fanning nazariy va amaliy, labaratoriya qismlari;
- Dizayn va tadqiqot faoliyati;
- O'yin texnologiyalari.
TAHLIL NATIJALARI VA MUHOKAMA
Binobarin, ta'lim muassasalarida joriy etilgan pedagogik innovatsiyalar ijtimoiy buyurtmani amalga oshirishga yordam beradi: maktab o'quvchilari va talabalarida vatanparvarlik, fuqarolik mas'uliyati, ona vatanga sadoqat, muhabbat, xalq an'analariga hurmat tuyg'ularini tarbiyalash. Axborot-kommunikatsiya texnologiyalari bolalar bog'chalari, maktablar, akademiyalar va universitetlarda odatiy holga aylandi. Ta'lim muassasalariga ta'sir ko'rsatadigan so'nggi yangiliklar qatorida: yagona davlat imtihonini onlayn tarzda o'tkazish, imtihon hujjatlarini oldindan skanerlash, yuborish. Albatta bu o'z navbatida haqqoniylikni, ishonchliligini bildiradi. O'quv jarayonidagi o'quvchi-talabalarning baholash me'zonlari ham bundan mustasno emas.
Ta'lim-tarbiya jarayoniga innovatsion texnologiyalarni joriy etish, avvalo, mavjud innovatsion texnologiyalarni tahlil etish, o'qitiladigan fanlarning mazmunini e'tiborga olgan holda, ularni qo'llash yuzasidan metodik tavsiyalar ishlab chiqishni taqozo etadi. Ishlab chiqilgan metodik tavsiyalarni ta'lim jarayonida amaliyotga tatbiq etish va ularning samaradorligini aniqlash pedagogikada muhim ahamiyatga ega. Ta'lim-tarbiya jarayonida innovatsion ta'lim texnologiyalaridan foydalanish mazkur fan o'qituvchilaridan muayyan tayyorgarlikni talab etadi.
Jamiyatning jadal rivojlanishi ta'lim jarayoning texnologiyalari va usullarini o'zgartirish zarurligini taqazo etmoqda. Ta'lim muassasalarining bitiruvchilari o'zgaruvchan zamonaviy tendensiyalarga tayyor bo'lishi kerak. Shu bois ta'limda individual yondashuv, harakatchanlik va masofaviylikka yo'naltirilgan texnologiyalarni joriy etish zarur va muqarrar ko'rinadi.
Mamlakatimizda innovatsiyalarni joriy etishga extiyojlarni tug'ilishi. Innovatsion jarayonlarning yaratilish bosqichlari:
- Yangi dasturlar, standartlar, darsliklarning innovatsion xarakteri;
- Innovatsiyalarni yaratish, to'plash, tanlash, qo'llash tizimini yaratilishi;
- Fanda o'qituvchi innovatsion faoliyatining shakllanish bosqichlarini yaratilishi;
- Pedagogik innovatsiyani tatbiq etish tuzilmasi (sxemasi);
- "To'plash", "tanlash", "qo'llash" tushunchalari;
- "Yangilash", "yangilik kiritish" texnologiyasi;
- Innovatsion jarayonlarni boshqarish algoritmi;
- Yangilikni ishlab chiqish, tatbiq etish bosqichlari tuzilishi sxemasi;
- Innovatsion faoliyatda o'qituvchi va o'quvchilarning munosabati;
- Innovatsiyalarni ta'lim jarayoniga kiritishning mohiyati bilan bog'liq [7,9].
Darhaqiqat, innovatsiya (yangi) lotin tilida 17-asrning o'rtalarida paydo bo'lgan
va ma'lum bir sohaga yangining kirishi, unga implantatsiyasi va bu sohada butun bir qator o'zgarishlarning paydo bo'lishini anglatadi. Bu shuni anglatadiki, innovatsiya, bir tomondan, yangilik yaratish, amalga oshirish, amalga oshirish jarayoni bo'lsa, ikkinchi tomondan, u umuman ob'ekt emas, balki yangilikni ma'lum bir ijtimoiy amaliyotga aylantirish faoliyatidir.
Innovatsiyaning asosiy ko'rinishlari quyidagilardan iborat:
- yangi g'oyalar;
- tizim yoki faoliyat yo'nalishini o'zgartirishga qaratilgan aniq maqsadlar;
- noan'anaviy yondashuvlar;
- odatiy bo'lmagan tashabbuslar;
- ilg'or ish uslublari.
Bundan tashqari, fanlarni o'qitishda zamonaviy va innovatsion uslublardan foydalanish zarurati kelib chiqmoqda. Misol uchun oliy ta'lim muassasalarida "Taqsimlangan tizimlar" fanini o'qitish jarayonida innovatsiyalar va ilg'or xorijiy tajribalarni qo'llash bugungi kunning dolzarb masalaridan biri hisoblanadi. Avvalo fandagi yangilik nima? Fandagi innovatsiya nima degan savollarga javob berish lozim. Bugungi kunda amaliyotda yangilik va innovatsiya so'zlari o'rtasida farqlar mavjud. Yangilik bu fandagi eng so'nggi yutuqlar, bilimlar, usullar hisoblanadi. Ushbu yutuqlar, bilimlar, usullar amalda qo'llanilishi bilan innovatsiyaga aylanadi [8,10].
XULOSA
Xulosa o'rnida shuni aytish joizki, har qanday innovatsiya texnologiya orqali amalga oshirilishi aniq. Shunday bo'lsada, innovatsion texnologiya- bu inson faoliyatining turli sohalarida taraqqiyotni ta'minlash va samaradorlikni oshirish uchun yangi narsalarni yaratish yoki mavjudini takomillashtirish texnikasi va jarayoni. Innavatsion ta'lim texnologiyalari amaldagi usullar yangi avlod o'quvchi-talabalari bilan samarali ishlashi uchun aptemallashtiriladi. Standartlashirilgan ta'lim bolaning individual fazilatlarini va ijodiy o'sishga bo'lgan ehtiyojni hisobga olgan holda eski
usullar bilan hal qilib bo'lmaydigan qator muammolarga qaramay, innovatsiyalarni joriy etish kerak. Talaba tushunishi kerakki, innovatsion usullarni joriy etish nafaqat o'quvchilarga materialni yanada samarali o'zlashtirishga yordam beradi, balki ularning texnologik jihatdan ijodiy salohiyatini rivojlantiradi. Shu bilan birga o'qituvchining o'z intelektual va ijodiy salohiyatini ro'yobga chiqarishga, kasbiga bo'lgan muhabbat va vijdoniylikni oshirishga yordam beradi.
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO'YXATI
1. Umarova F. KASBIY KOMMUNIKATIV KOMPETENT SI YANI SHAKLLANTIRISH TEXNOLOGIYASI //Toshkent davlat pedagogika universiteti. - 2023.
2. F.A.Umarova Use of modern information and communication technologies in the training of designers Journal of Central Asian Social Studies 1 (01), 34-44
3. U.F.Abduraximovna The Importance of Learning CAD / CAM FOR STUDENT FASHION DESIGNERS IN UNIVERSITIES. ОБРАЗОВАНИЕ И НАУКА В XXI ВЕКЕ 5 (№22), 1421-1429
4. Khodjamkulov, U., Botirova, S., Shofkorov, A., & Abdirimova, I. (2020). Bases of Organizing Cooperation between Educational Institutions through Clusters (on the Example of the Education System of Uzbekistan). Journal of Critical Reviews, 7(12), 166-169.
5. F.A.Umarova, X.E.Tohirova Ta'lim tizimida zamonaviy axborot texnologiyalari resurslaridan foydalanish istiqbollari "Ta'lim tizimida zamonaviy axborot texnologiyalari resurslaridan foydalanish istiqbollari" mavzusidagi respublika ilmiy-amaliy konferensiyasi Toshkent TDPU-30.05.2023 yil
6. Kh.A.Umarov Formation of students'professional readiness on the basis of innovative ways of cooperation in the conditions of uzbekistan (by the example of future teachers).- Journal of Central Asian Social Studies 2020.- pages 15-25
7. ФА Умарова, ХА Умаров / МАСОФАДАН УКИТИШ, ИНТЕРНЕТ ВА БОШКА МАНБАЛАРДАН ФОЙДАЛАНИШ ОРКАЛИ ДАРС САМАРАДОРЛИГИНИ ОШИРИШ / Сборники конференций НИЦ Социосфера 2016
8. ХА Умаров, ЗА Умарова / " Использование электронно-образовательных ресурсов в целях создания образовательной экосистемы". Перспективные информационные технологии / Перспективные информационные технологии (ПИТ 2018) 2018
9. FA Umarova, ZA Umarova, Kh A Umarov / Scientific and practical bases of creation and use of electronic educational resources in the educational process / European Journal of Research and Reflection in Educational Sciences 2019
10. F.A.Umarova, X.E.Tohirova Ta'lim tizimida zamonaviy axborot texnologiyalari resurslaridan foydalanish istiqbollari "Ta'lim tizimida zamonaviy axborot texnologiyalari resurslaridan foydalanish istiqbollari" mavzusidagi respublika ilmiy-amaliy konferensiyasi Toshkent TDPU-30.05.2023 yil