Научная статья на тему 'INNOVATSION TEXNOLOGIYALARNING TA’LIM SOHASIDAGI O‘RNI'

INNOVATSION TEXNOLOGIYALARNING TA’LIM SOHASIDAGI O‘RNI Текст научной статьи по специальности «Экономика и бизнес»

CC BY
419
27
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
Ta’lim / uzluksiz / innovatsion / texnologiya / texnik / real / interfaol metod / o’qitish. / Education / continuous / innovative / technological / technical / real / interactive method / training.

Аннотация научной статьи по экономике и бизнесу, автор научной работы — Sayibova, Zuxra Yunusovna

Maqolada uzluksiz ta’lim jarayonida demokratik tamoyillarning amal qilishi o‘quvchilarning aql-idrokiga ishonch, ularning mustaqil fikrlashiga imkon yaratish, sinf va sinfdan tashqari faoliyatidagi ijodkorligi va tashabbuskorligini rag’batlantirish tarzida namoyon bo’lishida bevosita innovatsion texnologiyalarning o’rni va uning rivoji haqida fikr yuritiladi.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

THE ROLE OF INNOVATIVE TECHNOLOGIES IN THE FIELD OF EDUCATION

The article deals with the role of innovative technologies and their development in the implementation of democratic principles in the process of lifelong education in the form of confidence in the intellect of students, creating opportunities for their independent thinking, encouraging their creativity and initiative in the classroom and extracurricular activities.

Текст научной работы на тему «INNOVATSION TEXNOLOGIYALARNING TA’LIM SOHASIDAGI O‘RNI»

Oriental Renaissance: Innovative, (E)ISSN:2181-1784

educational, natural and social sciences www.oriens.uz

SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7 3(3), March, 2023

INNOVATSION TEXNOLOGIYALARNING TA'LIM SOHASIDAGI O'RNI

Sayibova Zuxra Yunusovna

TDO'TAU, TNA fakulteti Ingliz filologiyasi kafedrasi E-mail: [email protected] 91 334 55 54

ANNOTATSIYA

Maqolada uzluksiz ta'lim jarayonida demokratik tamoyillarning amal qilishi o'quvchilarning aql-idrokiga ishonch, ularning mustaqil fikrlashiga imkon yaratish, sinf va sinfdan tashqari faoliyatidagi ijodkorligi va tashabbuskorligini rag 'batlantirish tarzida namoyon bo 'lishida bevosita innovatsion texnologiyalarning o 'rni va uning rivoji haqida fikr yuritiladi.

Kalitso'zlar : Ta'lim, uzluksiz, innovatsion , texnologiya, texnik, real, interfaol metod, o'qitish.

АННОТАЦИЯ

В статье речь идет о роли инновационных технологий и их развития в реализации демократических принципов в процессе непрерывного образования в виде уверенности в интеллекте учащихся, создания возможностей для их самостоятельного мышления, поощрения их творчества и инициативы на уроках и внеклассная деятельность.

Ключевые слова: Образование, непрерывное, инновационное, технологическое, техническое, реальное, интерактивный метод, обучение.

ABSTRACT

The article deals with the role of innovative technologies and their development in the implementation of democratic principles in the process of lifelong education in the form of confidence in the intellect of students, creating opportunities for their independent thinking, encouraging their creativity and initiative in the classroom and extracurricular activities.

Key words: Education, continuous, innovative, technological, technical, real, interactive method, training.

KIRISH

Ma' lumki, mustaqil davlatimizning har bir o' quvchi va talabasi jahon andozalariga mos ravishda tayyorlanishi zarur. Yoshlarning puxta bilim olishi xamda zamonaviy soxalardan fan asoslarini chuqur egallashlari birinchi navbatda ta'lim berish samaradorligiga bog'liq.

Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences

SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7

Uzluksiz ta'lim jarayonida demokratik tamoyillarning amal qilishi o'quvchilarning aql-idrokiga ishonch, ularning mustakil fikrlashiga imkon yaratish sinf va sinfdan tashqari faoliyatidagi ijodkorligi va tashabbuskorligini rag'batlantirish tarzida namoyon bo'ladi.

Yuqoridagi fazilatlarning o'quvchi shaxsida namoyon bo'lishi uchun ta'lim tizimimizga insonparvarlik va demokratiya g'oyalariga asoslangan yangi pedagogik texnologiyalar joriy etilmoqda. Zamonaviy ta'limni tashkil etishda qo'yiladigan muhim talablardan biri ortiqcha ruhiy va jismoniy kuch sarf etmay, qisqa vaqt ichida yuksak natijalarga erishishdir. Qisqa vaqt orasida muayyan nazariy bilimlarni o'quvchilarga yetkazib berish, ulardan ma'lum faoliyat yuzasidan ko'nikma va malakalarini hosil qilish, shuningdek, o'quvchilar faoliyatini nazorat qilish, ular tomonidan egallangan bilim, ko'nikma hamda malakalar darajasini baholash o'qituvchidan yuksak pedagogik mahorat hamda ta'lim jarayoniga nisbatan yangicha yondashuvni talab etadi.

Pedagogik texnologiya o'z mohiyatiga ko'ra subyektiv xususiyatga ega, ya'ni, har bir pedagog ta'lim va tarbiya jarayonini o'z imkoniyati, kasbiy mahoratidan kelib

Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences

SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7

chiqqan holda ijodiy tashkil etishi lozim. Qanday shakl, metod va vositalar yordamida tashkil etilishidan qat'iy nazar pedagogik texnologiyalar:

- pedagogik faoliyat (ta'lim-tarbiya jarayonining) samaradorligini oshirishi;

- o'qituvchi va o'quvchilar o'rtasida o'zaro hamkorlikni qaror toptirishi;

- o'quvchilar tomonidan o'quv predmetlari bo'yicha puxta bilimlarning egallanishini ta'minlashi;

- o'quvchilarda mustaqil, erkin va ijodiy fikrlash ko'nikmalarini shakllantirishi;

- o'quvchilarining o'z imkoniyatlarini ro'yobga chiqara olishlari uchun zarur shart-sharoitlarni yaratishi;

- pedagogik jarayonda demokratik va insonparvarlik g'oyalarining ustivorligiga erishishni kafolatlashi zarur.

Hozirgi kunda ta'lim jarayonida innovatsion texnologiyalar, pedagogik va axborot texnologiyalarini o'quv jarayonida qo'llashga bo'lgan qiziqish, e'tibor kundan-kunga kuchayib bormoqda, bunday bo'lishining sabablaridan biri, shu

vaqtgacha an'anaviy talimda o'quvchilarni faqat tayyor bilimlarni egallashga o'rgatilgan bo'lsa, zamonaviy texnologiyalar ularni egallayotgan bilimlarini o'zlari qidirib topishlariga, mustaqil o'rganib, tahlil qilishlariga, hatto xulosalarni ham o'zlari keltirib chiqarishlariga o'rgatadi. O'qituvchi bu jarayonda shaxsni rivojlanishi, shakllanishi, bilim olishi va tarbiyalanishiga sharoit yaratadi va shu bilan bir qatorda boshqaruvchilik, yo'naltiruvchilik funksiyasini bajaradi. Talim jarayonida o'quvchi asosiy figuraga aylanadi. Pedagogik texnologiya va pedagog mahoratiga oid bilim, tajriba va interaktiv metodlar o'quvchilarni bilimli, yetuk malakaga ega bo'lishlarini ta'minlaydi.

NOVATION

Innovatsiya (inglizcha innovation) yangilik kiritish, yangilikdir. Innovatsion texnologiyalar pedagogik jarayon hamda o'qituvchi va o'quvchi faoliyatiga yangilik, o'zgarishlar kiritish bo'lib, uni amalga oshirishda asosan interaktiv metodlardan to'liq foydalaniladi. Interaktiv metodlar bu jamoa bo'lib fikrlash deb yuritiladi, yani pedagogik ta'sir etish usullari bo'lib talim mazmunining tarkibiy qismi hisoblanadi. Bu metodlarning o'ziga xosligi shundaki, ular faqat pedagog va o'quvchining birgalikda faoliyat ko'rsatishi orqali amalga oshiriladi. Bunday pedagogik hamkorlik jarayoni o'ziga xos xususiyatlarga ega bo'lib, ularga quyidagilar kiradi:

Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences

SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7

- o'quvchining dars davomida befarq bo'lmaslikka, mustaqil fikrlash, ijod etish va izlanishga majbur etishi;

- o'quvchilarni o'quv jarayonida bilimga bo'lgan qiziqishlarini doimiy ravishda bo'lishini taminlashi;

- o'quvchining bilimga bo'lgan qiziqishini mustaqil ravishda har bir masalaga ijodiy yondoshgan holda kuchaytirishi;

- pedagog va o'quvchining hamisha hamkorlikdagi faoliyatini tashkillanishi.

Ta'lim jarayonida ilg'or pedagogik texnologiyalarni faol qo'llash, ta'lim

samaradorligini oshirish, tahlil qilish va amaliyotga joriy etish bugungi kunning muhim vazifalaridan biridir. O'quvchilarning fikr doirasi, ongi, dunyoqarashlarini o'stirish, ularni erkin tinglovchidan erkin ishtirokchiga aylantirmoq nihoyatda muhimdir. O'qituvchi darsda boshqaruvchi o'quvchilar esa, ishtirokchiga aylanmog'i lozim. Ana shu vazifani uddalashda innovatsion faoliyat ustunligi ko'p qirrali samara keltiradi.

Pedagogikada ya'ni ta'lim berish jarayonida o'qitish texnologiyalari bilan birga ta'limiy texnologiyalar xam o'rin olgan. Ta'limiy texnologiyalar mazmun-axborot aspektni bildirsa, o'qitish texnologiyasi jarayonga aloqador deb xisoblanadi, ya'ni ular orasida xali xam aniq farqlar belgilanmagan.

Pedagogik texnologiya talabalarning tayyorgarlik darajasiga, ularning axborotlar bilan tanishganlik va amaliy tayyorgarligiga moslangan bo'lishi lozim. Pedagogik texnologiyalardan foydalanish ta'lim texnologiyalarining ilmiy asoslarini ishlab

Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences

SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7

(E)ISSN:2181-1784 www.oriens.uz

3(3), March, 2023

chiqish, pedagogik innovatsiyalar, mualliflik maktablari va yangi texnologiyalarni eksperiment kilish bilan bog'liqdir. Bu tajribalar muayyan tizimni ishlab chiqish va umumlashtirishni talab etadi. Shu innovatsion texnologiyalar asosida sekin asta pedagogikaning ya'ni o'qitish tizimining ham yangidan yangi turlari vujudga kelmoqda. Masalan ulardan biri hamkorlik pedagogikasi. Hamkorlik pedagogikasi XX asrning 20-yillarida rivojlana boshladi va ta'limdagi ko'pgina innovatsion jarayonlarni xayotga chorladi. Bu texnologiya negizida tanikli rus va chet el pedagoglarining tajribasi yotadi. Ular K.D.Ushinskiy, N.P.Pirogov, L.N.Tolstoy, J.J. Russo, Ya.Korchak, K.Rodjers, E.Bern, S.T.Katskiy, V.A.Suxomlinskiy va boshqalardir. Hamkorlik pedagogikasi 4ta asosiy yo'nalish bo'yicha amalga oshiriladi:

-shaxsga inson, shaxs sifatida yondashuv; -dialektik faollashtiruvchi va rivojlantiruvchi majmua; -tarbiya kontseptsiyasi; -atrof-muhitni ta'lim-tarbiyaga moslash

Ko'pgina mamlakatlar o'qitishda texnologik yondashuvdan foydalanib, O'quvchilar o'zlashtirishini oshirishda sezilarli muvaffaqqiyatga erishdilar. Masalan, Janubiy Koreyada pedogogik texnologiya bo'yicha sinov-tarjriba tarzida O'qiyotgan 50 ming bola 15 foiz an'anaviy o'qitishda faqat eng yaxshi erishadigan natijalar qo'lga kiritilgan. Bir qator barcha mamlakatlarda o'tkazilgan tajribalar o'qitishning bu tizimini qo'llash o'rtacha o'quvchiga an'anaviy o'qitishda 20-25 foiz o'quvchilar erishadigan natijadan yuqoriroq natijaga erishish imkonini berishini ko'rsatdi. Pedogogik texnologiyani o'zlashtirib olgan moxir pedogoglar uchun mazkur usulning an'anaviy usulga ko'ra samaraliroq ekanligi ma'lum bo'ldi. Bu esa maktab pedogoglari, kasb-hunar va oliy maktab professor o'qituvchilari uchun kadrlar tayyorlash sifatini oshirishda pedogogik texnologiyani o'zlashtirish va amalda qo'llash zarurligini bildiradi. «Kadrlarni tayyorlash milliy dasturida» Yangi pedogogik va axborot texnologiyalardan foydalanib, talabalarni o'qitishni jadallashtirish ko'zda tutilgan.

Innovatsion texnologiyalardan dars jarayonida foydalanishning o'ziga xosligi shundaki, ular o'qituvchi va o'quvchilarning birgalikdagi faoliyati orqali amalga oshiriladi. O'qitish jarayoni o'qituvchi hamda o'quvchilar faoliyatini o'z ichiga oladi. O'qituvchining faoliyati o'quv materialini bayon qilish, o'quvchilarning fanga bo'lgan qiziqishini orttirish, fikrini teranlashtirish va e'tiqodini shakllantirish, o'quvchilarning mustaqil mashg'ulotlariga rahbarlik qilish, ularning bilim, ko'nikma va malakalarini tekshirish hamda baholashdan iborat. O'z ishiga ixlos bilan qaragan o'qituvchida chinakkam ehtiros bo'ladi.

Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences

SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7

(E)ISSN:2181-1784 www.oriens.uz

3(3), March, 2023

XULOSA

Xulosa qilib aytganda, zamon rivojlanishi bilan hayotning barcha sohalarida, xususan pedagogika ya'ni o'qitish va ta'lim jarayonida ham ko'pgina yangiliklar vujudga keladi. Va har bir qilingan islohot kelajakni yanada muvaffqqiyatli yanada ishonchli qilib ta'minlashga yordam beradi. Ayniqsa o'qitish jarayonidagi islohotlar, innovatsion texnologiyalar yosh avlodni tezkorlik bilan samarali bilim olishlarini ta'minlab beradi va bu ko'pgina davlatlar xususan mamlakatimiz O'zbekiston tajribasida ham o'z isbotini topib kelmoqda.

REFERENCES

1. Azizxujayeva N.N. Pedagogik texnologiya va pedagogik maxorat. T.:TDPU, 2003.

2. Ishmuxamedov R.J. Innovasion texnologiyalar yordamida ta'lim samaradorligini oshirish yullari. T.: TDPU, 2004.

3. Yunusovna, S. Z. The Role of the Conversational Implicative in Linguopragmatics on the Basis of Formal and Informal Letters. TDO'TAU, 2022

4. Ochilova G.O., Musaxanova G.O. Pedagogik maxorat. Toshkent. TDIU, 2007 yil

5. www. Inter- pedagogika. ru.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.