Научная статья на тему 'TEXNOLOGIK TA`LIM YO`NALISHIDA MUTAXASSISLIK FANLARINI O`QITISHDA INNOVATSION TA`LIM TEXNOLOGIYALARIDAN FOYDALANISHNING SAMARADORLIGI'

TEXNOLOGIK TA`LIM YO`NALISHIDA MUTAXASSISLIK FANLARINI O`QITISHDA INNOVATSION TA`LIM TEXNOLOGIYALARIDAN FOYDALANISHNING SAMARADORLIGI Текст научной статьи по специальности «Науки об образовании»

CC BY
111
17
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Журнал
Science and innovation
Область наук
Ключевые слова
innovatsiya / innovatsion ta`lim / innovatsion texnologiya / interaktiv metodlar / innovatsion pedagogika

Аннотация научной статьи по наукам об образовании, автор научной работы — Umarova Fotima Abduraximovna, Toxtasinova Shodiyaxon Javlonbek Qizi

Mazkur maqolada bugungi kunda Texnologik ta`lim yo`nalishida mutaxassislik fanlarini o`qitishda innovatsion ta`lim texnologiyalaridan foydalanishning samaradorligi to’g’risida so’z borgan

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «TEXNOLOGIK TA`LIM YO`NALISHIDA MUTAXASSISLIK FANLARINI O`QITISHDA INNOVATSION TA`LIM TEXNOLOGIYALARIDAN FOYDALANISHNING SAMARADORLIGI»

"RAQOBATBARDOSH KADRLAR TAYYORLASHDA FAN - TA'LIM - ISHLAB

CHIQARISH INTEGRATSIYASINI TAKOMILLASHTIRISH ISTIQBOLLARI" MAVZUSIDAGI XALQARO ILMIY-AMALIY KONFERENSIYA 2023-yil 22-noyabr

TEXNOLOGIK TALIM YONALISHIDA MUTAXASSISLIK FANLARINI OQITISHDA INNOVATSION TALIM TEXNOLOGIYALARIDAN FOYDALANISHNING SAMARADORLIGI

JUmarova Fotima Abduraximovna, 2To"xtasinova Shodiyaxon Javlonbek qizi

1Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universiteti ,,Texnologik ta'lim metodikasi''kafedrasi dotsent v.b., p.f.f.d., PhD 2Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universiteti Texnologik ta'lim yo'nalishi

talabasi

https://doi.org/10.5281/zenodo.10159778

Annotatsiya. Mazkur maqolada bugungi kunda Texnologik ta'lim yo'nalishida mutaxassislik fanlarini o 'qitishda innovatsion ta lim texnologiyalaridan foydalanishning samaradorligi to'g'risida so'z borgan.

Kalit so'zlar: innovatsiya, innovatsion ta 'lim, innovatsion texnologiya, interaktiv metodlar, innovatsion pedagogika.

Аннотация. В данной статье говорится об эффективности использования инновационных образовательных технологий в преподавании профильных предметов в сфере технологического образования сегодня.

Ключевые слова: инновации, инновационное образование, инновационные технологии, интерактивные методы, инновационная педагогика.

Abstract. This article talks about the effectiveness of using innovative educational technologies in teaching specialized subjects in the field of technological education today.

Keywords: innovation, innovative education, innovative technology, interactive methods, innovative pedagogy.

1.Kirish.

Hozirgi kunda ta'lim jarayonlarida interaktiv metodlar, innovatsion texnologiyalar, pedagogik va axborot texnologiyalari o'quv jarayonida qo'llashga bo'lgan qiziqish, e'tibor kundan kunga kuchayib bormoqda, bunday bo'lishining sabablaridan biri, shu vaqtgacha an'anaviy ta'limda o'quvchi talabalarni faqat tayyor bilimlarini egallashga o'rgatilgan bo'lsa, zamonaviy texnologiyalar ularni egallayotgan bilimlarini o'zlari qidirib topishlariga, mustaqil o'rganib, tahlil qilishlariga, hatto xulosalarni ham o'zlari keltirib chiqarishlariga, shu bilan bir qatorda olgan bilimlarini amaliyotda qo'llay olishlariga o'rgatadi. Oqituvchi bu jarayonda shaxsning rivojlanish, shakillanishi, bilim olish va tarbiyalanishiga sharoit yaratadi va shu bilan bir qatorda boshqaruvchilik, yo'naltiruvchilik funksiyalarini bajaradi. Ta'lim jarayonida o'quvchi talaba asosiy figuraga aylanadi.

Shuning uchun barcha ta'lim muassasalarida malakali kasb egalarini tayyorlashda zamonaviy o'qitish metodlari-interaktiv metodlar, Innovatsion texnologiyalarning o'rni va ro'li benihoya kattadir. Pedagogik texnologiya va pedagog maxoratiga oid bilim, tajriba va interaktiv metodlar o'quvchi-talabalarning bilimli, yetuk malakaga ega bo'lishlarini ta'munlaydi.

2. Tahlil va natijalar.

Innovatsiya- (inglizcha innavation)-yangilik kiritish, yangilikdir.

Innovatsion texnologiyalar pedagogik jarayon hamda o'qituvchi va talaba faoliyatiga yangilik, o'zgarishlar kiritish bo'lib, uni amalga oshirishda asosan interaktiv metodlardan to'liq foydalaniladi.

"RAQOBATBARDOSH KADRLAR TAYYORLASHDA FAN - TA'LIM - ISHLAB

CHIQARISH INTEGRATSIYASINI TAKOMILLASHTIRISH ISTIQBOLLARI" MAVZUSIDAGI XALQARO ILMIY-AMALIY KONFERENSIYA 2023-yil 22-noyabr

Interaktiv metodlar- bu jamoa bo'lib fikrlash deb yuritiladi, ya'ni pedagogik ta'sir etish usullari bo'lib ta'lim mazmunining tarkibiy qismi hisoblanadi. Bu metodlarning o'ziga xosliga shundaki, ular faqat pedagog va o'quvchi yoki talabalarning birgalikda faoliyat ko'rsatishi orqali amalga oshiriladi.

Ma'lumki, hozirgi paytda ta'lim jarayoni jamoaviy xarakterga ega, ya'ni turli o'quv predmetlari o'qituvchilari o'quvchilar jamoasi bilan xamkorlik faoliyatini amalga oshiradilar. Bundan ta'lim ishtirokchilari orasidagi uzviy aloqadorlikni, o'qituvchilarni o'quvchilarga ko'rsatadigan o'zaro ta'sirlaridagi muvofiqlikni ta'minlashni tadqiq etish kelib chiqadi [1].

Innovatsion ta'lim - ta'lim oluvchida yangi g'oya, me'yor, qoidalarni yaratish, o'zga shaxslar tomonidan yaratilgan ilg'or g'oyalar, qoidalarni tabiiy qabul qilishga oid sifatlar, malakarni shakllantirish imkoniyatini yaratadigan ta'limdir [2].

So'ngi yillarda AKT yangi ta'lim siyosati va loyihalarini ishlab chiqishda muhim ro'l o'ynaydi, chunki ular bilimga kirish uslubiga ta'sir ko'rsatdilar.Ular shaxsan yoki masofadan turib ma'lumot olish imkoniyatini yengillashtirish imkoniyati bo'lgan, ammo shu bilan birga ular bir qator muammolarni keltirib chiqarmoqda. Shu ma'noda ta'lim uchun Internet protokoli xizmatlari va platformalari ishlab chiqilgan bo'lib, bu o'qitish va o'qitish modellarini qayta ko'rib chiqishga imkon berdi [3].

Respublikamizning pedagogik olimlari va metodistlari tomonidan ta'limni takomillashtirish, ya'ni sifatini yaxshilash jarayonini texnologiyalashtirish, jadallashtirish va mazmunini boyitish, zamonaviy pedagogik texnologiyalarni qo'llashga oid nazariy va amaliy ahamiyatga ega bo'lgan ko'pgina ilmiy-uslubiy tadqiqotlar olib borilgan va olib borilmoqda. Masalan, H.Rashidov tomonidan "O'zbekistonda o'rta maxsus, kasb- hunar ta'limini rivojlantirishning ijtimoiy-pedagogik va nazariy-metodologik asoslari" ishlab chiqilgan. N.A.Muslimov "Bo'lajak kasb ta'limi o'qituvchilarini kasbiy shakllantirish muammolari"ni tadqiq etganlar. Ushbu izlanishlar ta'lim muassasalarida maxsus fanlarni o'qitish va ishlab chiqarish ta'limini takomillashtirish masalalari bo'yicha olib borilgan.

Ilm-fan, texnika, texnologiya hamda ishlab chiqarishning bugungi yuksak taraqqiyoti o'z-o'zidan yangi ijtimoiy talablarni kun tartibiga qo'ymoqda. Mazkur ijtimoiy talablar sirasida jamiyat, qolaversa, uning negizida sohalar rivojini harakatga keltiruvchi kuch- malakali kadrlarni tayyorlash, ana shu maqsadga yo'naltirilgan tizimni takomillashtirish muhim ahamiyatga ega. Malakali kardlarni tayyorlashga bo'lgan extiyoj ishlab chiqarish korxonalari paydo bo'lgan, sanoat sohasini rivojining ilk bosqichlarida yuzaga kelgan bo'lsada hanuzgacha o'z dolzarbligini yo'qotmay kelmoqda. Buning asosiy sabablari jamiyatning ijtimoiy iqtisodiy va madaniy taraqqiyotiga bog'liq ravishda yangi-yangi yo'nalishlar, ixtisosliklarning paydo bo'lishi, ular bo'yicha kadrlar tayyorlash zaruriyating yuzaga kelishi, o'zgaruvchan, tezkor davrda mutaxassislarning kasbiy bilim, malaka va mahoratini izchik ravishda oshib borishiga bo'lgan extiyojning shakllanishi, shuningdek, mutaxassis sifatida mexnat bozoridagi kuchli raqobatga bardosh bera olishga bo'lgan talablarning ortishi sanaladi.

Hozirgi davr ta'lim taraqqiyoti yangi yo'nalish -innovatsion pedagogikani maydonga olib chiqdi. "Innovatsion pedagogika" termini va unga xos bo'lgan tadqiqotla G'arbiy Yevropa va AQShda 60-yillarda paydo bo'ldi. Yangilik kiritishning sotsial-psixologik aspekti amerikalik innovatik E.Rodjers tomonidan ishlab chiqilgan.U yangilik kiritish jarayoni qatnashchilarining toifa(tip)lari tasnifini, uning yangilikka bo'lgan munosabatini, uni idrok qilishga shayligini tadqiq etadi. Innovatsiya (inglizcha innovation) -yangilik kiritish,yangilikdir. A.I.Prigojin Innovatsiya

"RAQOBATBARDOSH KADRLAR TAYYORLASHDA FAN - TA'LIM - ISHLAB

CHIQARISH INTEGRATSIYASINI TAKOMILLASHTIRISH ISTIQBOLLARI" MAVZUSIDAGI XALQARO ILMIY-AMALIY KONFERENSIYA 2023-yil 22-noyabr

deganda muayyan ijtimoiy birlikka -tashkilot, aholi, jamiyat, guruhga yangi, nisbatan turg'ununsurlarni kiritib boruvchi maqsadga muvofiq o'zgarishlarni tushunadi. Ta'lim berishda zamonaviy o'qitish texnologiyalarini amalda qo'llash mexanizmini har bir ilm ma'rifat dargohida faoliyat ko'rsatayotgan ta'lim beruvchilar mukammal bilishlari lozim. Inkor qila olmaymizki, hozirgi kun ta'lim oluvchilari, avvalgi ta'lim oluvchilardan o'z salohiyatlari bilan tubdan farq qiladilar. Masalan, zamonaviy o'qitish texnologiyasini dars jarayonida foydalanilishi uchun o'qituvchi:

-kommunikasiya-axborotlarni qabul qilish va yetkazib berish;

-o'quvchilarni ta'lim olishga motivasiya

-qiziqtirish;

-o'qitishni vizuallashtirish

-ko'rgazmalilik tamoyili (yuqori darajada amalga oshirish) asosida boshqarish kabi mahoratlariga ega bo'lishi zarur.

Zamonaviy o'qitish texnologiya usullarini o'zida shakllantira olgan, ko'nikma hosil qilgan o'qituvchi, o'z ish faoliyatida, ya'ni dars berish jarayonida albatta, kompyuter, kodoskop, flipchart va pinbord o'quv xona taxtasi kabi texnik vositalardan foydalanish mahoratiga ega bo'ladi. Dars jarayonida ta'lim maqsadini amalga oshirish ya'ni ta'lim oluvchilarga ta'lim mazmunini yetkazib berishda motivasiya (qiziqish) uyg'otish va vizuallashtirish usullari, didaktik materiallar, texnik vositalar majmuasidan jamiyat taraqqiyotining hozirgi bosqichi uchun iqtisodiy o'sish omillarining sifat jixatdan takomillashib borishi jarayoni xos.Fantexnika taraqqiyotining ilg'or natijalarini qo'llash, ishlab chiqarishni intensivlashtirish, yuqori samarali innovatsion texnologiyalardan foydalanish bilan bir qatorda eng muhimi yuqori malakali mutaxasislar tayyorlash bu boradagi muhim yo'nalishlardan biri hisoblanadi [4].

"Ma'lumki o'qituvchilik kasbi o'ta ma'suliyatli kasb bo'lib, turli integratsion bilim va ko'nikmalarni talab etadi. Texnologiya fani o'qituvchisi kelajakda o'quvchilarga bilim berish bilan birga ularda ma'lum kasb-hunarga oid ko'nikmalarni shakllantiradi. Bunda berilgan buyumlarni tayyorlashda o'qituvchi yuqori malaka va kasbiy mahoratga ega bo'lmog'i kerak. Ushbu natijaga erishish uchun bilim va ko'nikmalardan tashqari o'qituvchining o'z sinalgan uslubi, ta'lim va tarbiya orqali o'quvchilarga ta'sir o'tkaza olish qobiliyati bo'lishi lozim. Dars jarayonida o'quvchilarga bilim berish bilan birga ularda mehnat qilish ko'nikmalarini o'stirish va mehnat orqali tarbiyalash ko'nikmasiga ega bo'lishni talabalarga oliy ta'lim muassasalarida shakllantirish lozimdir [5].

Bugungi kunda axborot texnologiyalari sohasining rivojlanishi natijasida ixtiyoriy soha pedagog-kadrlari, turli fan o'qituvchilari va talabalar tomonidan zamonaviy axborot resurslarini yaratish imkonini beruvchi ko'plab dasturiy ta'minot va onlayn xizmatlar taklif etilmoqda. Ana shunday vositalardan bittasi - Canva onlayn xizmati hisoblanadi[6].

Talabalar mustaqil ta'limini samarali tashkil etish, talabalarni ijodiy va kreativ qobilyatlarini rivojlantirishga qaratilgan topshiriqlarni berish, talabalarning hamkorlikdagi loyihalarini tashkil etishda ham canvadan foydalanish mumkin. Natijada, mustaqil ta'lim jarayonida talabalarning faol qatnashishi ta'minlanadi, ularning fanga bo'lgan qiziqishi ortadi, shu bilan birga talabalar ham zamonaviy axborot resurslarini o'zlari mustaqil ravishda yaratish ko'nikmalariga ega bo'ladilar [6].

Bugungi kunda uzluksiz ta'lim jarayonida innovatsion texnologiyalardan samarali foydalanishga nisbatan kata talab qo'yilmoqda.O'zbekiston Respublikasining Ta'lim to'g'risidagi

"RAQOBATBARDOSH KADRLAR TAYYORLASHDA FAN - TA'LIM - ISHLAB CHIQARISH INTEGRATSIYASINI TAKOMILLASHTIRISH ISTIQBOLLARI" MAVZUSIDAGI XALQARO ILMIY-AMALIY KONFERENSIYA 2023-yil 22-noyabr

Qonunida ta'kidlanganidek, bugungi kunda jamiyatda yuqori malakali kadrlarni tayyorlashga bo'lgan ehtiyoj mavjud bo'lib, uni qondirish masalas itobora dolzarblik kasb etayotgan bir vaqtda kafolatlangan ta'lim xizmatlarini tashkiletish muhim ahamiyat kasb etadi. Kafolatlangan, samarali natijaga asoslangan ta'lim tizimigina malakali kadrlarni tayyorlab bera oladi. Shu sababli ayni vaqtda pedagogik texnologiyalarni yanada takomillashtirish, innovatsion xarakterdagi texnologiyalarni yaratish va ularni ta'lim amaliyotida samarali ,faol qo'llash talab etilmoqda. Pedagogik jarayonda qo'llaniladigan innovatsion texnologiyalar o'z mohiyatiga ko'ra shaxsga individual lyondashuv masalasini ilgari suradi.Shaxsning individualligiga asoslangan uning faolligini oshirish, qobiliyatlarining to'laqonli namoyon bo'lishini ta'minlash, ma'naviy-axloqiy va shaxsiy sifatlarin irivojlantirish sanaladi. Shu bilan birga innovatsion xarakterdagi texnologiyalar har bir shaxs uchun tanlash va erkin rivojlanish imkoniyatini yaratishga xizmat qiladi. Innovatsion harakterga ega pedagogik texnologiyalarning amaliy didaktik va texnik imkoniyatlari haqida so'z yuritish dastlab "innovatsiya "tushunchasi mohiyatini anglab olishni taqozo etadi. Lug'aviy jihatdan "innovatsiya" ("innovation") tushunchasi ingliz tilidan tarjima qilinganda "yangilik yaratish" degan ma'noni anglatadi. Mazmunan esa tushuncha negizida "innovatsiya" tushunchasi muayyan tizimining ichki tuzilishini o'zgartirishga qaratilgan faoliyatni ifodalaydi. Darhaqiqat, innovatsiya (yangi) lotintilida 17- asrning o'rtalarida paydo bo'lgan va ma'lum bir sohaga yangining kirishi,unga implantatsiyasi va bu sohada butun bir qator o'zgarishlarning paydo bo'lishini anglatadi. Bu shuni anglatadiki ,innovatsiya, bir tomondan, yangilik yaratish, amalga oshirish, amalga oshirish jarayoni bo'lsa,ikkinchi tomondan, uumuman ob'ekt emas, balki yangilikni ma'lum bir ijtimoiy amaliyotga aylantirish faoliyatidir [7].

3.Xulosa. Xulosa o'rnida shuni aytish joizki hozirgi rivojlanib borayotgan axborot asrida har bir sohada hamda mutaxassislik fanlarida innovatsion g'oya va innovatsion ta'lim texnalogiyalaridan foydalanish dolzarb masalaga aylanib qoldi. Elektron kutubxonalar, AKT vositalari bilan o'qitishda samari yo'llari juda ham talaygina. Innovatsion texnologiyalar asosida o'tishish, o'quvchilarga bilim berish hozirgi kunda muhim o'rin kasb etadi.

REFERENCES

1. X.A.Umarov Uzluksiz ta'lim tizimini tashkil etishda zamonaviy axborot texnologiyalarining o'rni. "Ta'lim tizimida zamonaviy axborot texnologiyalari resurslaridan foydalanish istiqbollari" mavzusidagi respublika ilmiy-amaliy konferensiyasi Toshkent TDPU-30.05.2023 yil

2. Z.D.Rasulov, Sh.H.Quliyeva, A.R.Jo'rayev, Texnologiya fanini o'qitish metodikasi''(Buxoro-2020).

3. F.A.Umarova, X.E.Tohirova Ta'lim tizimida zamonaviy axborot texnologiyalari resurslaridan foydalanish istiqbollari "Ta'lim tizimida zamonaviy axborot texnologiyalari resurslaridan foydalanish istiqbollari" mavzusidagi respublika ilmiy-amaliy konferensiyasi Toshkent TDPU-30.05.2023 yil

4. Nurmamatov, Z. MUTAXASSISLIK FANLARINI O'QITISHDA INNOVATSION TEXNOLOGIYALARIDAN FOYDALANISH . Физико-технологического образование 2022

5. M.A.Xolmuxammedova, D.X.Tursunov Texnologiya fanini o'qitishda innovatsion pedagogik texnologiyalardan foydalanish o'quvchi yoshlarda texnik ijodkorlikni

"RAQOBATBARDOSH KADRLAR TAYYORLASHDA FAN - TA'LIM - ISHLAB CHIQARISH INTEGRATSIYASINI TAKOMILLASHTIRISH ISTIQBOLLARI " MAVZUSIDAGI XALQARO ILMIY-AMALIY KONFERENSIYA 2023-yil 22-noyabr

shakllantirish Academic research in educational sciences ISSN: 2181-1385 Volume 3 Issue 3 2022

6. Z.A.Umarova Canva onlayn xizmati - zamonaviy axborot resurslarini yaratuvchi interaktiv vosita sifatida "Ta'lim tizimida zamonaviy axborot texnologiyalari resurslaridan foydalanish istiqbollari" mavzusidagi respublika ilmiy-amaliy konferensiyasi Toshkent TDPU-30.05.2023 yil

7. L.A.Xalmamatova S.O. Shatmanova Mutaxassislik fanlarini o'qitishda innovatsion va ilg'or texnologiyalardan foydalanish INNOVATIVE TECHNOLOGIES IN CONSTRUCTION 2023/1, PART 1

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.