Научная статья на тему 'TEXNOLOGIK KOMPETENTLIKNI RIVOJLANTIRISH BO‘LAJAK BOSHLANG‘ICH SINF O‘QITUVCHILARI MISOLIDA'

TEXNOLOGIK KOMPETENTLIKNI RIVOJLANTIRISH BO‘LAJAK BOSHLANG‘ICH SINF O‘QITUVCHILARI MISOLIDA Текст научной статьи по специальности «Науки об образовании»

CC BY
0
0
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Журнал
Science and innovation
Область наук
Ключевые слова
boshlang‘ich sinf o‘qituvchisi / texnologik kompetentlik / kasbiy pedagogik ta’lim / kompetensiyaga asoslangan yondashuv / kasbiy malaka.

Аннотация научной статьи по наукам об образовании, автор научной работы — Jalilova Dilshoda Ural Qizi, Norbekova Gavhar, Suvanova Iroda, Ne’Matullayeva Sevinch

Ushbu maqola orqali boshlang‘ich sinf o‘qituvchisining kasbiy ma’lumotlari va texnologik kompetensiyasining xarakterli jihatlariga e’tibor qaratishga harakat qilinadi, chunki ular o‘quv jarayonida kompetensiyaga asoslangan yondashuvni amalga oshirish uchun muhimdir.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «TEXNOLOGIK KOMPETENTLIKNI RIVOJLANTIRISH BO‘LAJAK BOSHLANG‘ICH SINF O‘QITUVCHILARI MISOLIDA»

INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE "ACTUAL ISSUES OF PRIMARY EDUCATION: PROBLEMS, SOLUTIONS AND DEVELOPMENT

PROSPECTS"

_April 26, 2024_

TEXNOLOGIK KOMPETENTLIKNI RIVOJLANTIRISH BO'LAJAK BOSHLANG'ICH SINF O'QITUVCHILARI MISOLIDA Jalilova Dilshoda Ural qizi, 2Norbekova Gavhar, Suvanova Iroda, 3Ne'matullayeva

Sevinch

1Nizomiy nomidagi TDPU Boshlang'ich ta'limda ona tili va uni o'qitish metodikasi kafedrasi o'qituvchisi, 2'3Nizomiy nomidagi TDPU Boshlang'ich ta'lim fakulteti 1-bosqich talabalari

https://doi.org/10.5281/zenodo.11073135

Annotatsiya. Ushbu maqola orqali boshlang 'ich sinf o 'qituvchisining kasbiy ma'lumotlari va texnologik kompetensiyasining xarakterli jihatlariga e 'tibor qaratishga harakat qilinadi, chunki ular o'quv jarayonida kompetensiyaga asoslangan yondashuvni amalga oshirish uchun muhimdir.

Kalit so'zlar: boshlang'ich sinf o'qituvchisi, texnologik kompetentlik, kasbiy pedagogik ta'lim, kompetensiyaga asoslanganyondashuv, kasbiy malaka.

Аннотация. В данной статье предпринята попытка сосредоточить внимание на характерных аспектах профессиональных знаний и технологической компетентности учителя начальных классов, поскольку они важны для реализации компетентностного подхода в образовательном процессе.

Ключевые слова: учитель начальных классов, технологическая компетентность, профессионально-педагогическое образование, компетентностный подход, профессиональная квалификация.

Abstract. This article tries to focus on the characteristic aspects of the primary school teacher's professional knowledge and technological competence, as they are important for the implementation of a competency-based approach in the educational process.

Keywords: primary school teacher, technological competence, professional pedagogical education, competence-based approach, professional qualification.

Respublikada bo'lajak boshlang'ich sinf o'qituvchilarining texnologik kompetentligi doimiy o'zgarib borayotgan sharoitda ilg'or xorijiy tajribalarni o'rgangan holda, oliy ta'lim muassasasida ularning texnologik kompetentligini rivojlantirish texnologiyasini, didaktik asoslarini ishlab chiqish, pedagogik shart-sharoitlari, mazmuni va tuzilmasi, takomillashtirish mezonlari va shakllanganlik darajalari, shakl, metod, vositalari, modeli, o'qitish sifatining samaradorligini oshirish, shuningdek, pedagogika oliy ta'lim muassasasida bo'lajak boshlang'ich sinf o'qituvchilarida texnologik kompetentlikni rivojlantirishning nazariy va amaliy asoslarini ishlab chiqish muhim ahamiyat kasb etadi.

Ma'lumki, pedagogika oliy ta'lim muassasalarida talabalarni o'qitish jarayonida kutilayotgan natija umummadaniy, umumkasbiy va kasbiy kompetensiyalar orqali taqdim etilgan asosiy ta'lim dasturlarini o'zlashtirishga qo'yilgan talablar ko'rinishida shakllantirilgan. Davlat ta'lim standartlarida bo'lajak o'qituvchining profilli (mutaxassislik) kompetensiyasi ham aniqlangan bo'lib, u o'qituvchining kasbiy kompetentligining muhim tashkil etuvchisi hisoblanadi.

Hozirgi vaqtda u juda kam o'rganilgan muammolardan biri ekanligini ham unutmaslik joiz. Ana shunday masalalardan biri bo'lajak boshlang'ich sinf o'qituvchilarida texnologik kompetentlikni rivojlantirishda kompetentli yondoshuvga chuqurroq aniqlik kiritish va Davlat ta'lim standartlarining asosiy qoidalariga mos holda uning tuzilmaviy modelini ishlab chiqishdan iborat. Bo'lajak boshlang'ich sinf o'qituvchisining texnologik kompetentligini aniqlash uchun

INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE "ACTUAL ISSUES OF PRIMARY EDUCATION: PROBLEMS, SOLUTIONS AND DEVELOPMENT

PROSPECTS"

_April 26, 2024_

ushbu tushunchani o'rganishga bag'ishlangan ba'zi bir tadqiqotlarni ham nazariy ham amaliy o'rganish manfaatlidir.

Bugungi kunda butun dunyo ta'lim sohasi bo'ylab bir qator yangiliklar va o'zgarishlar joriy etilmoqda. Bular umumiy ta'limni modernizatsiya qilish natijasida o'qituvchining kasbiy faoliyatiga qo'yiladigan talablarni o'zgartirishga olib keldi. Maktabni modernizatsiya qilishning muhim yo'nalishi deb va davr talabidan kelib chiqib — axborotlashtirish deyish mumkin. Kompyuter texnologiyalarini maktab mehnat tizimiga joriy etish pedagogik xodimlar, xususan, boshlang'ich sinf o'qituvchilari orasida kasbiy axborot va texnologik kompetensiyaning mavjudligini talab qiladi, bu esa transformatsion kontekstda boshlang'ich sinf o'qituvchilarini kasbiy axborot va texnologik tayyorlash muammosini dolzarblashtiradi. Yana shuni ta'kidlash kerakki, oliy ta'lim muassasalaridagi o'quv-tarbiya jarayonini modernizatsiyalash, pedagog mutaxassislar tayyorlash tizimi sifat darajasini oshirishda bo'lajak o'qituvchilarning texnologik kompetentligini rivojlantitish, ularni sohaga oid zamonaviy kasbiy bilim, malaka va ko'nikmalar bilan qurollantirish, ilmiy-texnik innovatsiyalardan mustaqil ravishda, ijodiy foydalanish hamda istiqbolli vazifalarni hal qila olish ko'nikmalarini rivojlantirish ham muhim talablardan doirasiga kirganligi muammoning dolzarbligini isbotlashga xizmat qiladi.

Davriy ta'lim talablaridan kelib chiqqan holda, ayni vaqtda bo'lajak pedagog kadrlarni tayyorlash jarayonlarida yondashuvlar tez-tez o'zgarib turibdi. Negaki, kasbiy pedagogik ta'limning o'ziga xos xususiyati sifatida kompetensiyaga yo'naltirilganlik, yanada aniqroq aytiladigan bo'lsa, bo'lajak o'qituvchilarning oliy ta'lim muassasasida bilim olishlari mobaynida kelajakda kasbiy muammolarni hal qilishda tajribalarini orttirish muhimdir. Shuningdek, zamonaviy ta'lim talablariga javob beradigan zamonaviy o'qituvchilarni tayyorlash masalasining asosiy maqsad-vazifalaridan biri bu — ularda kasbiy kompetensiyaning tarkibiy qismi sifatida bo'lajak boshlang'ich sinf o'qituvchisining axborot-texnologik kompetensiyasini shakllantirish hamda yanada rivojlantirish vazifasidir.

Zamonaviy boshlang'ich sinf o'qituvchisining axborot va texnologik kompetensiyasi uchta to'plamdagi kasbiy muammolarni hal qilish qobiliyatini nazarda tutadi:

- maktab axborot makonidagi axborot-texnologik faoliyat bilan belgilanadigan pedagogik boshqaruv sohasidagi kasbiy vazifalar (tashkiliy, boshqaruv, aloqa, gnostik xarakterdagi vazifalar);

- kompyuter texnologiyalaridan foydalangan holda boshlang'ich sinf o'quvchilarining ta'limini tashkil etish bilan bog'liq axborot texnologiyalari faoliyati bilan belgilanadigan kasbiy asosiy pedagogik vazifalar;

- boshlang'ich sinf o'quvchilariga axborot texnologiyalari va informatika fanlarini o'qitish, shuningdek, boshlang'ich sinf o'qituvchisining axborot texnologiyalari faoliyatini amalga oshirish bilan bog'liq kasbiy vazifalar yangi davlat ta'lim standartlari bilan belgilanadi.

Shunga ko'ra yosh avlod ta'lim olish davrlaridagi rivojlanish tendensiyalaridan tortib, yangicha o'qitish texnologiyalarini ta'lim oluvchi tomonidan o'zlashtirilishi va undagi aqliy hamda intellektual qobiliyatlarga nechog'lik ta'sir ko'rsatayotganligini o'rganish hamda ilm-fandagi metodlarni innovatsion va axborot-kommunikatsion vositalar bilan biriktirilgan didaktik metodlar bilan uyg'unlashtirishni taqozo etadi. Buning uchun bo'lajak o'qituvchidan texnologik kompetentlikning yuqori darajada bo'lishi talab qilinadi.

REFERENCES

INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE "ACTUAL ISSUES OF PRIMARY EDUCATION: PROBLEMS, SOLUTIONS AND DEVELOPMENT

PROSPECTS"

_April 26, 2024_

1. D.Jalilova. Boshlang'ich ta'lim o'qituvchilarining kasbiy kompetensiyasi tarkibiy qismlarining mazmun-mohiyati.«O'ZBEKISTONDAILM-FANNINGRIVOJLANISHISTIOBOLLARI" xalqaro ilmiy-amaliy anjumani 2022-yil 30-noyabr. 839-842-betlar. https://doi.org/10.5281/zenodo.7377842

2. Dilshoda Jalilova Ural qizi. Bo'lajak boshlang'ich sinf o'qituvchilarida axborot kompetentligini rivojlantirish masalasining ahamiyati. Raqamli texnologiyalar davrida tillarni intensev o'qitishning psixologik-pedagogik ilmiy jihatlari ilmiy-amaliy anjumani. 2023-yil 2-iyun (https://doi.org/10.5281/zenodo.7993607) .

3. Jalilova D. Ta'lim jarayonlarining samaradorligini oshirish uchun innovatsion pedagogik texnologiyalardan foydalanishning ahamiyati. "Sifatli ta'lim — taraqqivot povdevori" mavzusidagi Respublika ilmiy-amaliy konferensiya to'plami / / Toshkent, 2023-yil 20-aprel. 282-286-betlar.

4. https://vt.me/jalilova dilshoda 2292

5. https://t.me/ilmiy_yordam_beraman

6. https://uz.wikipedia.org

7. https://cyberleninka.ru

8. https://elib.bsu.by

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.