INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE "ACTUAL ISSUES OF PRIMARY EDUCATION: PROBLEMS, SOLUTIONS AND DEVELOPMENT
PROSPECTS"
_April 26, 2024_
DIDAKTIK O'YINLAR BOSHLANG'CIH SINF O'QUVCHILARINING KREATIVLIK FAOLIYATINI SHAKLLANTIRISH VOSITASI SIFATIDA Abdullayeva Nigora Omatbekovna
Andiron viloyati Qo'rg'ontepa tumani 6-umumiy o'rta ta'lim maktabi Boshlang'ich sinf
o'qituvchisi https://doi.org/10.5281/zenodo.11046653i
Annotatsiya. Bugungi ta'lim tizimi aynan boshlang'ich sinf o'quvchilarida kreativlik faoliyatini shakllantirish masalasiga jiddiy e 'tibor qaratmoqda. Buning asosiy sababi boshlang'ich sinf o'quvchilarini kelgusi amaliy jarayonlarda mustaqil ishlash ko'nikmalarini shakllantirishga erishishdir. Ayni shu munosabat bilan mazkur maqolada xususan didaktik o'yinlar vositasida boshlang'ich sinf yoshidagi o'quvchilarni kreativlik faoliyatini shakllantirish masalasiga ahamiyat berildi.
Kalit so'zlar: ona tili va o'qish savodxonligi, kreativlik, ta'limning maqsadi, o'qituvchi va o'quvchi hamkorligi, kreativ salohiyat, ilg'or texnologiyalar.
Аннотация. Сегодняшняя система образования уделяет серьезное внимание вопросу формирования творческих способностей учащихся младших классов. Основная причина этого - помочь учащимся начальных классов развить навыки самостоятельной работы в будущих практических процессах. В связи с этим в данной статье, в частности, большое значение было уделено вопросу формирования творческой активности учащихся младшего школьного возраста средствами дидактических игр.
Ключевые слова: родной язык и читательская грамотность, творчество, цель обучения, сотрудничество учителя и ученика, творческий потенциал, передовые технологии.
Abstract. Today's education system is paying serious attention to the issue of forming creativity in elementary school students. The main reason for this is to help primary school students to develop independent work skills in future practical processes. In this regard, in this article, in particular, importance was given to the issue of formation of creative activity ofprimary school age students by means of didactic games.
Keywords: mother tongue and reading literacy, creativity, purpose of education, teacher-student cooperation, creative potential, advanced technologies.
Ma'lumki, ta'limning maqsadi jamiyat ehtiyojiga mos ravishda shakllanadi. Shunday ekan, ta'lim-tarbiya maqsadi mos va mutanosib bo'lishi zarur. Ilmiy adabiyotlarda ta'limning maqsadi imkoniyatlaridan to'g'ri, aniq, o'rinli foydalanish ko'nikma va malakalarini hosil qilish, mantiqiy-ijodiy tafakkurni rivojlantirish, kommunikativ savodxonlikni oshirish, milliy g'oyani singdirish, sharqona tarbiyani shakllantirish, shaxsni ma'naviy boyitishdan iboratligi ta'kidlangan. Ta'limiy maqsad asosida o'quvchilarda mustaqil fikrlash, og'zaki va yozma savodxonlikni oshirish, mantiqiy tafakkurni rivojlantirish orqali ularning muloqot madaniyati takomillashtiriladi. Tarbiyaviy maqsad asosida esa ma'naviy, g'oyaviy, nafosat tarbiyasi beriladi. Til o'rganish jarayonida xalqning madaniy-axloqiy qadriyatlariga yaqinlashtirish imkoni paydo bo'ladi.
Ta'limda ilg'or pedagogik va yangi axborotlar texnologiyalarini tadbiq etish o'quv mashg'ulotlarining samaradorligini oshiribgina qolmay, ilm-fan yutuqlarini amaliyotda qo'llash orqali mustaqil va mantiqiy fikrlaydigan, har tomonlama barkamol, yuksak ma'naviyatli shaxsni tarbiyalashda muhim ahamiyat kasb etadi. Bugungi svilizatsiya kuchaygan davrda har qaysi
INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE "ACTUAL ISSUES OF PRIMARY EDUCATION: PROBLEMS, SOLUTIONS AND DEVELOPMENT
PROSPECTS"
_April 26, 2024_
jamiyat kreativ shaxslarga ehtiyoj sezadi. Bu tabiiy hol albatta. Chunki dunyoda har daqiqada sodir bo'layotgan o'zgarishlar shuni taqozo qilmoqda.
Kreativlik — bu shaxsning individual xususiyati bo'lib, madaniy vositalarni shaxsiy tushunchalaridan kelib chiqqan holda qo'llashi va rivojlantirishidir. Kreativlik psixologik nuqtai nazardan tahlil etilgan va bugungi kunda pedagogik nuqtai nazaridan tadqiq etishni talab etayotgan muhim pedagogik muammodir.
Kreativlik — bu o'quvchilarni innovatorlikka undovchi pedagogik kategoriya hisoblanadi. Kreativlik o'quvchilarning shaxsiy sifatlarining integratsiyasidir. Chunki o'quvchi tabiatan qiziquvchan, intiluvchan bo'lmas ekan, bunday o'quvchi hech qachon ijodkorlikni namoyon eta olmaydi. Turli xil muammoni o'quvchining o'zi mustaqil holatda bajarish jarayonida uchragan muammolarni yengishda o'quvchining kreativlik salohiyati shakllanadi, ijodiy qobiliyatlari rivojlanadi.
Kreativ salohiyat tushunchasi murakkab va serqirradir. Kreativlik — o'quvchilarda o'z-o'zidan paydo bo'ladigan sifat emas, u o'quvchining yangiliklarga intilishi, yangiliklarni o'zlashtirishi va o'zining kundalik faoliyatida qo'llay olish jarayonlarida duch keladigan qiyinchiliklarni yenga olishi, innovatsion yangiliklarni o'z faoliyatida faol, ijodkorona foydalana olishi bilan bog'liqdir. O'quvchining kreativligining shakllanishi «ehtiyojlar, yo'nalishlar va «Men» kontseptsiyalaridan kelib chiqadi. Ta'lim olish kengligida kreativlikni rivojlantirishning asosiy pragmatik tavsifi sifatida dialog xizmat qiladi. Shaxsning kreativligini psixolog olimlar o'quvchilarning insho yozishlari, dars jarayonlarida turli topshiriqlarga tezkor javob berishlari, didaktik o'yinlarga asoslangan o'quv-topshiriqlariga yangicha yondashuv bilan qarashlari jarayonida tahlil etishga harakat qilishgan.
Ayni shu sanalganlarga e'tibor bergan holda aytish kerakki, hozirgi kunda ta'lim jarayonida interfaol metodlar va axborot texnologiyalarini o'quv jarayonida qo'llashga bo'lgan qiziqish kundan-kunga ortib bormoqda. Buning asosiy sabablaridan biri, shu vaqtgacha an'anaviy ta'limda o'quvchilar faqat tayyor bilimlarni egallashga o'rgatilgan bo'lsa, zamonaviy texnologiyalardan foydalanish esa ularni egallayotgan bilimlarini o'zlari qidirib topish, mustaqil o'rganish va fikrlash, tahlil qilish, hatto yakuniy xulosalarni ham o'zlari keltirib chiqarishga o'rgatadi. O'qituvchi bu jarayonda shaxs rivojlanishi, shakllanishi, bilim olishi va tarbiyalanishiga sharoit yaratadi va shu bilan bir qatorda, boshqaruvchilik, yo'naltiruvchilik funksiyasini ham bajaradi. Bugungi kunda ta'limda «Aqliy hujum», «Fikrlar hujumi», «Tarmoqlar» metodi, «Sinkveyn», «BBB», «Beshinchisi ortiqcha», «6x6x6», «Bahs-munozara», «Rolli o'yin», FSMU, «Kichik guruhlarda ishlash»,«Yumaloqlangan qor», «Zigzag»,«Oxirgi so'zni men aytay» kabi zamonaviy texnologiyalarining faol qo'llanilishini juda yaxshi bilamiz. Biroq shular barobarida dars jarayonlarida didaktik o'yinlar ham faollikdan qolishmaydi.
Boshlang'ich ta'limda o'yin ijodiy faoliyatning bir shaklidir. Bunda o'quvchi ijtimoiy va moddiy borliqni bilish hamda anglash asosida emotsional-hissiy, intellektual-axloqiy rivojlanadi. Shuning uchun ham aynan boshlang'ich ta'limda yoki xususan, boshlang'ich sinf ona tili va o'qish savodxonligi fani doirasida tashkil qilinadigan dars jarayonlarida didaktik o'yinlardan foydalanishga ahamiyat berish kerak. Negaki, bu bilan kichik maktab yoshidagi o'quvchida darsdan zerikib qolish, undan qochish xususuiyatlarini uzoqlatishga erishish mumkin.
O'yinlar, ularning inson taraqqiyotidagi o'rni haqida psixologiya, etnografiya, madaniyat, pedagogika fanlarida bir qator tadqiqot ishlari olib borilgan. XIX asrning oxirida nemis olimi K.Gross didaktik o'yinlarni tizimli o'rganishga harakat qilgan bo'lsa, nemis psixologi K.Byuller didaktik o'yinlarni «qoniqish hosil qiluvchi» faoliyat sifatida tadqiq etadi. L.S.Vigotskiy,
INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE "ACTUAL ISSUES OF PRIMARY EDUCATION: PROBLEMS, SOLUTIONS AND DEVELOPMENT
PROSPECTS" April 26, 2024
A.N.Leontyevlar fikricha, didaktik o'yinlarni nazariy jihatdan ijtimoy tabiatiga ko'ra ma'lum faoliyatiga yo'naltirilganligi bilan bog'lab, tadqiq etgan bo'lsalar, D.B.Elkonin shaxs xulqini boshqarishni tarkib toptirib, uni takomillashtiruvchi faoliyat sifatida talqin etadilar. Lekin didaktik o'yinlarni yagona va eng muhim asosiy xususiyati uning ta'limdagi ahamiyatliligidir.
Boshlang'ich sinf ona tili va o'qish savodxonligi darslarida qo'llaniladigan yoki qo'llanilishi mumkin bo'lgan didaktik o'yinlarda bolaning xulqi erkin shakllanadi va ijtimoiylashadi. Didaktik o'yinlarning eng muhim jihati uning ikki tamonlama xarakterga egaligi bo'lib, uning dramatik san'atga ham mosligidir. Bir tamondan didaktik o'yin ishtirokchilari uni amalga oshirishda muayyan nostandart vazifalar bilan bog'liq haqiqiy faoliyatni bajarsalar, ikkinchi tamondan esa, o'yinlar bu faoliyatning aksariyat paytlarida ma'suliyatni his etgan holda haqiqiy vaziyatlardan chetga chiquvchi shartli xususiyat ham kasb etadilar. Demak, didaktik o'yinlarning ikki tomonlama vazifani bajarishi uning rivojlanuvchi natijaga ega bo'lishiga sabab bo'ladi. Didaktik o'yin yoki o'yin faoliyati elimentlaridan ta'lim jarayonida keng foydalaniladi. Ular ishbop o'yinlar, didaktik o'yinlar, rolli o'yinlar, kompyuter o'yinlari va shular kabilar ko'rinishidadir.
Didaktik o'yinlar ta'limiy maqsadlarni amalga oshiradigan va ularga moslashtirilgan bo'ladi. Didaktik o'yinlar tizimidan birinchi marta maktabgacha ta'lim sohasida foydalanishga doir o'quv-topshiriqlarini F.Fribil va M.Montissorilar ishlab chiqqan bo'lsa, boshlang'ich ta'lim uchun O.Dikroli tadqiqotlar olib borgan. 60-70 yillardan boshlab faqat boshlang'ich ta'limda emas, balki umumiy o'rta ta'limda ham foydalanila boshlandi. 80-yillarda ayniqsa, ishbop o'yinlar keng tarqala boshlaydi. Ishbop o'yinlarning asosiy xususiyati o'yin rejasining o'quv maqsadiga yo'nalganligidadir. Chunki o'quv maqsadi o'yin vazifalari doirasida hal etiladi.
Xulosa o'rnida shuni aytish lozimki, ta'lim-tarbiya jarayonida ijodiy xarakterdagi topshiriqlarni bajarishda o'quvchilar muammoli vaziyatlarni aniqlash, tahlil qilish va mustaqil ravishda qaror qabul qilish ko'nikmalarini egallaydi. Ko'rgazmali vositalar tayyorlash, ilmiy tavsifdagi izlanishlarni talab qiladigan masalalarni hal qilish uslublari bilan tanishadi. Bugungi kun ta'lim oluvchidan faol harakat qilishni, mustaqil qaror qabul qilishni, hayotning o'zgarayotgan sharoitlariga tez moslashishni talab qilmoqda. Buning uchun ta'lim oluvchi zarur bilimlarni mustaqil egallash va amaliyotda qo'llash; muammolarni yechishga qaratilgan qarashlarni taklif qilish, yangi muammolarni aniqlash va yechish; erkin va mustaqil fikrlash; innovatsion g'oyalar yaratish qobiliyatiga ega bo'lish; o'zining intellektual salohiyati rivojlantirish ustida mustaqil ishlash kabi ko'nikma va malakalarga ega bo'lishi lozim. Shu bilan birga, dars mashg'ulotlarida o'yin-topshiriqlarni takrorlash yoki mustahkamlash darslarida foydalanilsa ijobiy natija beradi. O'yin-topshiriqning qaysi bir turini tanlash darsning turiga, sinf o'quvchilarining o'yin-topshiriqlarni bajarishga o'rgatilganlik darajasi, ularning bilim saviyasi, mustaqil ijodiy ishlash imkoniyatlari, o'rganilganlarni xotirada tez tiklay olishi, ijodkorlikning qay darajada shakllanganiga ham bog'liq bo'lishi kerak. Ayni mana shu jihatlarni nazardan chetda qoldirmay, ta'limning dastlabki bo'g'ini — boshlang'ich ta'limdayaoq o'quvchilarni ijodkorlikka chorlash ishlarini amalga oshirish lozim. Bunda didaktik o'yinlardan foydalanish ham samara yo'lda xizmati qiladi deyish mumkin.
REFERENCES
1. Azizxodjaeva N.N. Pedagogicheskie texnologii i pedagogicheskoe masterstvo.- T.: «Moliya», 2002-yil
INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE "ACTUAL ISSUES OF PRIMARY EDUCATION: PROBLEMS, SOLUTIONS AND DEVELOPMENT
PROSPECTS"
_April 26, 2024_
2. Bozorova M, Norpo'latova X. "Ta'limni faollashtiruvchi metodlar", Metodik qo'llanma TermDU ilmiy kengashida ko'rib chiqilib nashrga tavsiya qilingan, 2010 yil.
3. Dilshoda Jalilova Ural qizi. BO'LAJAK BOSHLANG'ICH SINF O'QITUVCHILARIDA AXBOROT KOMPETENTLIGINI RIVOJLANTIRISH MASALASINING AHAMIYATI. RAQAMLI TEXNOLOGIYALAR DAVRIDA TILLARNI INTENSIV O'QITISHNING PSIXOLOGIK- PEDAGOGIK JIHATLARI RESPUBLIKA ILMIY-AMALIY ANJUMANI. 2023-yil 2-iyun (https://doi.org/10.5281/zenodo.7993607)
4. Dilshoda Jalilova. Boshlang'ich ta'lim o'qituvchilarining kasbiy kompetensiyasi tarkibiy qismlarining mazmun-mohiyati.«O'ZBEKISTONDAILM-FANNINGRIVOJLANISHISTIOBOLLARI" xalqaro ilmiy-amaliy anjumani 2022-yil 30-noyabr. 839-842-betlar. (https://doi.org/10.5281/zenodo.7377842)
5. Jalilova D.U. Psychological And Technological Features of Increasing the Efficiency of Educational Activity of Talented Students in Presidential Schools. Journal of Pedagogical Inventions and Practices ISSN NO: 2770-2367 ( https://zienjournals.com).
6. Jalilova D. Ta'lim jarayonlarining samaradorligini oshirish uchun innovatsion pedagogik texnologiyalardan foydalanishning ahamiyati. "Sifatli ta'lim - taraggivot povdevori" mavzusidagi Respublika ilmiy-amaliy konferensiya to'plami / / Toshkent, 2023-yil 20-aprel. 282-286-betlar.
7. https://t.me/jalilova dilshoda 2292
8. https://t.me/ilmiy_yordam_beraman