Научная статья на тему 'BOSHLANG‘ICH SINFLARDA O‘YINLARNING AHAMIYATI'

BOSHLANG‘ICH SINFLARDA O‘YINLARNING AHAMIYATI Текст научной статьи по специальности «Науки о Земле и смежные экологические науки»

CC BY
1370
88
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
boshlang‘ich sinf / ijodiy faoliyat / o‘yinlar / ishbop oyinlar / didaktik o‘yinlar / rolli o‘yinlar / kompyuter o‘yinlari

Аннотация научной статьи по наукам о Земле и смежным экологическим наукам, автор научной работы — Rustamova Nasiba Maxmudovna

Mazkur maqolada boshlang‘ich sinflarda o‘yinlarning ahamiyati va o‘yinlar vositasida boshlang‘ich sinf o‘quvchilarining ijodiy faoliyatini rivojlantirish xususida so‘z yuritiladi.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «BOSHLANG‘ICH SINFLARDA O‘YINLARNING AHAMIYATI»

BOSHLANG'ICH SINFLARDA O'YINLARNING AHAMIYATI

Rustamova Nasiba Maxmudovna

Xorazm viloyati Urganch Shahar 94-sonli sanatoriya tipidagi maktab-internat tarbiyachisi https://doi.org/10.5281/zenodo.7515419

Annotatsiya: Mazkur maqolada boshlang'ich sinflarda o'yinlarning ahamiyati va o'yinlar vositasida boshlang'ich sinf o'quvchilarining ijodiy faoliyatini rivojlantirish xususida so'z yuritiladi.

Kalit so'zlar: boshlang'ich sinf, ijodiy faoliyat, o'yinlar, ishbop oyinlar, didaktik o'yinlar, rolli o'yinlar, kompyuter o'yinlari.

Boshlang'ich ta'limda o'yin ijodiy faoliyatning bir shaklidir. Bunda o'quvchi ijtimoiy va moddiy borliqni bilish hamda anglash asosida emotsional - hissiy, intellektual-axloqiy rivojlanadi. O'yinlar, ularning inson taraqqiyotidagi o'rni haqida psixologiya, etnografiya, madaniyat, pedagogika fanlarida bir qator tadqiqot ishlari olib borilgan. XIX asrning oxirida nemis olimi K. Gross o'yinlarni tizimli o'rganishga xarakat qilgan bo'lsa, nemis psixologi K.Byuller o'yinlarni "qoniqish hosil qiluvchi" faoliyat sifatida tadqiq etadi. L.S. Vigotskiy, A.N.Leontyevlar fikricha, o'yinlarni nazariy jihatdan ijtimoy tabiatiga ko'ra ma'lum faoliyatiga yo'naltirilganligi bilan bog'lab, tadqiq etgan bo'lsalar, D.B.Elkonin shaxs xulqini boshqarishni tarkib toptirib , uni takomillashtiruvchi faoliyat sifatida talqin etadilar. Lekin o'yinlarni yagona va eng muhim asosiy xususiyati uning ta'limdagi axamiyatliligidir. O'yinlarda bolaning xulqi erkin shakllanadi va ijtimoiylashadi. O'yinlarning eng muhim jihati uning ikki tamonlama xarakterga egaligi bo'lib, uning dramatik san'atga ham mosligidir. Bir tamondan o'yin ishtirokchilari uni amalgam oshirishda muayyan nostandart vazifalar bilan bog'liq xaqiqiy faoliyatni bajarsalar, ikkinchi tamondan esa o'yinlar bu faoliyatning aksariyat paytlarida ma'suliyatni his etgan holda haqiqiy vaziyatlardan chetga chiquvchi shartli xususiyat ham kasb etadilar.

Demak, o'yinlarning ikki tomonlama vazifani bajarishi uning rivojlanuvchi natijaga ega bo'lishiga sabab bo'ladi. O'yin faoliyati elimentlaridan ta'lim jarayonida keng foydalaniladi.Ular ishbop oyinlar, didaktik o'yinlar, rolli o'yinlar, kompyuter o'yinlari shular jumlasidandir.

Ishbop o'yinlar kasb faoliyati predmeti yoki ijtimoiy mazmunini qaytadan yaratish shakli bo'lib, amaliyotning ana shu turiga xos munosabatlar tizimini modellashtirishdir.

Ishbop o'yinlarni o'tkazishda uning qatnashuvchilari faoliyatini maxsus (o'yin tarzida) imitatsiya modelida rivojlantirishdan iboratdir. O'yinlarning xarakteriga ko'ra o'quv jarayoni o'yinlari tadqiqotchilik o'yinlari, boshqaruv va attestatsiyaga doir o'yinlar turiga bo'linadi.O'quv jarayoniga doir o'yinlar o'quv predmetlar bo'yicha istiqbolda kasbiy faoliyatini to'g'ri tashkil etish va shaxsni maqsadga muvofiq shakllantirishga shart-sharoitlar yaratadi. Ana shu shart-sharoitlar natijasida olingan yangi bilimlar kelgusi kasbiy faoliyatni to'g'ri yo'lga qo'yishga yordam beradi. Ma'lumki, ta'lim hamkorlikka asoslanib, jamoaviy xarakter kasb etadi; kasbga xos faoliyat qoidalari va jamoaning ijtimoiy qoidalariga mos xolda amalga oshadi. Ana shu ma'noda ta'limning didaktik va tarbiyaviy ahamiyati o'zaro birlashib, o'yin faoliyati shaklida o'quvchilarning faolligi ortadi. Ishbop o'yinlarda tavsiya etilgan muammoli topshiriq maqsadga muvofiq dialogik muloqot asosida ishtirokchilarni rag'batlantiradi, qiziqishlarini orttiradi, emotsional ruh paydo qiladi.

Didaktik o'yinlar ta'limiy maqsadlarni amalga oshiradigan va ularga moslashtirilgan bo'ladi. Didaktik o'yinlar tizimidan birinchi marta maktabgacha jarayonida foydalanishga doir F.Fribil va M.Montisorilar ishlab chiqqan bo'lsa, boshlang'ich ta'lim uchun O. Dikroli tadqiqotlar olib borgan. 60-70 yillardan boshlab faqat boshlang'ich ta'limda emas, umumiy o'rta ta'limda ham foydalanila boshladi. 80-yillarda ayniqsa, ishbop o'yinlar keng tarqala boshlandi.

Ishbop o'yinlarning asosiy xususiyati o'yin rejasining o'quv maqsadiga yo'nalganligidadir. Chunki o'quv maqsadi o'yin vazifalari doirasida etiladi.

Demak, o'yinlar bolalarning asosiy faoliyat turi bo'lib, u orqali kichik maktab yoshdagi o'quvchilar hayotni, borliqni, tevarak- atrofni o'rganadilar va unga moslashadilar. O'yin paydo bo'lishi uchun quydagilar muhim sanaladi:

- o'yin ishtirokchilari bilan bo'lgan muloqatdan qoniqish hissining paydo bo'lishi;

- tabiiylik, emotsional hissiyotning vujudga kelishi;

- o'yin davomida o'yuvchilarning o'zining tabiiy extiyojlarini qondirishga harakat qilishi va hokazolardir.

Ijtimoiy- psixologik ahamiyati jihatidan o'yinlar asosan ikkita vazifani bajaradi;

- ma'lum ijtimoiy bilimlarni egallash;

- zarur ijtimoiy qoidalarni shakllantirish.

Shuningdek, muammo nuqtai nazardan yondashganda, o'yinlar o'quvchining ijodiy faoliyatini faollashtirish bilan uning ijodiy qobilyatini o'stiradi.

Ma'lumki, bolalar o'yining sifati va samaradorligi unda ishtirok etuvchilarning hayotiy kuzatishlari va shaxsiy tajribasiga bevosita bog'liq bo'ladi.Bunda onglilik, tashabbuskorlik va irodalilik kabi sifatlar ahamiyat kasb etadi. Shu sababli turli ijtimoiy- psixologik tavsifga ega o'yinlargan o'quv jarayonida foydalanish, shak-shubhasiz o'z samarasini ko'rsatadi.

Xulosa qilib shuni aytish mumkinki, boshlang'ich ta'lim jarayonida o'quvchilarning ijodiy faoliyatini rivojlantirish uchun turli shart-sharoitlarlarni yaratish muhim ahamiyat kasb etadi. Buning uchun ta'lim talablarini aniqlash va shu talablar asosida uning ustuvor qo'nalishlarini izlanuvchi ta'lim, muammoli vaziyatlar yaratish va ta'limga texnologik yondashuv asosida tashkil etilishi o'quvchilar ijodiy faoliyatini rivojlantirishning samaradorligiga zamin tayyorlaydi.

Foydalanilgan adabiyotlar:

1. AdizovB.R.Boshlang'ich ta'limni ijodiy tashkil etishning nazariy asoslari.- Toshkent: Fan, 1997.

2. Ochilov M. YAngi pedagogik texnologiyalar. O'quv qo'llanma. Qarshi.: Nasaf, 2000.

3. Boltayeva SH. Boshlang'ich ta'limda o'kuvchilar ijodiy faoliyatini shakllantirish. // Xalq ta'limi, 2004, № 3.

4. www.ziyo.uz

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.