Научная статья на тему 'BOSHLANG‘ICH SINF ONA TILI DARSLARIDA DIDAKTIK O‘YINLARDAN FOYDALANISHNING MAZMUN-MOHIYATI'

BOSHLANG‘ICH SINF ONA TILI DARSLARIDA DIDAKTIK O‘YINLARDAN FOYDALANISHNING MAZMUN-MOHIYATI Текст научной статьи по специальности «Науки об образовании»

CC BY
475
46
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Журнал
Science and innovation
Область наук
Ключевые слова
til me’yorlarini o‘rgatish / nutqni o‘stirish / ijodiy fikrlash / mustaqil fikrlash / topshiriqlar tizimi / so‘z boyligini oshirish / o‘yin-topshiriqlar.

Аннотация научной статьи по наукам об образовании, автор научной работы — Tursunqulova Maxfuza To‘lqin Qizi

Mazkur maqola boshlang‘ich sinf ona tili darsida o‘quvchilarda fikrni og‘zaki va yozma bog‘lanishli bayon qilish, malaka hamda ko‘nikmalarini hosil qilish, ijodiylik, mustaqil fikrlash, ijodiy fikr mahsulini nutq sharoitiga mos ravishda og‘zaki va yozma shakllarda to‘g‘ri, ravon ifodalash ko‘nikmalarini shakllantirish hamda rivojlantirishda qo‘llaniladigan didaktik o‘yinlar va ularning mohiyati to‘g‘risida ayrim misollar orqali fikr yuritadi.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «BOSHLANG‘ICH SINF ONA TILI DARSLARIDA DIDAKTIK O‘YINLARDAN FOYDALANISHNING MAZMUN-MOHIYATI»

BOSHLANG'ICH SINF ONA TILI DARSLARIDA DIDAKTIK O'YINLARDAN FOYDALANISHNING MAZMUN-MOHIYATI Tursunqulova Maxfuza To'lqin qizi

Qori Niyoziy nomidagi O'zPFITI tayanch doktoranti

https://doi.org/10.5281/zenodo.8044463

Annotatsiya. Mazkur maqola boshlang'ich sinf ona tili darsida o'quvchilarda fikrni og'zaki va yozma bog'lanishli bayon qilish, malaka hamda ko'nikmalarini hosil qilish, ijodiylik, mustaqil fikrlash, ijodiy fikr mahsulini nutq sharoitiga mos ravishda og'zaki va yozma shakllarda to'g'ri, ravon ifodalash ko'nikmalarini shakllantirish hamda rivojlantirishda qo'llaniladigan didaktik o'yinlar va ularning mohiyati to'g'risida ayrim misollar orqali fikr yuritadi.

Kalit so'zlar: til me 'yorlarini o'rgatish, nutqni o 'stirish, ijodiy fikrlash, mustaqil fikrlash, topshiriqlar tizimi, so'z boyligini oshirish, o 'yin-topshiriqlar.

Bugungi kunda yurtimizda olib borilayotgan ishlar nafaqat yurtdoshlarimizni, balki jahon hamjamiyatini ham birdek qiziqtirmoqda. Bu ishlar samarasi o'laroq ta'lim sohasiga berilayotgan ishlarni misol qilib keltirsak bo'ladi. O'sib kelayotgan yosh avlodga sifatli ta'lim berish uchun o'qituvchilardan kuchli bilim va katta mehnatni talablari kun sayin orbit bormoqda.

Bugungi axborotlashgan davrda o'quvchilarni dars jarayoniga qiziqtirish, bilimlarini oshirish, o'z mustaqil fikriga ega hamda uni erkin bayon eta oladigan yoshlarni tarbiyalash uchun turli interfaol metod va ta'limiy o'yinlardan foydalanish zarurati ham oshib boryapti.

Maktab ostonasiga ilk bor qadam qo'ygan jajji o'quvchi undan qat'iy tartib-intizom talab etuvchi muhitga tezgina moslashib, kirishib keta olmaydi, shuning uchun o'qituvchi dars jarayonlarida o'quvchilar zerikib qolmasligi uchun ta'limiy o'yinlardan ko'proq va albatta, o'rinli foydalanishi maqsadga muvofiqdir.

O'quvchilarning ijodiy fikrlashini rivojlantirishga xizmat qiladigan o'quv topshiriqlari boshlang'ich ta'lim darslikarida ham o'z aksini topadi. Mazkur topshiriqlar turli usullar bilan o'qituvchi hamkorligida o'quvchilar tomonidan mustaqil bajarishi yoxud hamkorlikda ijobiy natijaga yetkazilishi lozim.

Didaktik o'yinlarga xos bo'lgan jihat shundan iboratki, u ko'pincha musobaqa tarzida tashkil etiladi. Natija yakunida o'quvchi va guruhlarga rag'bat yoki ballar berilishi, shubhasiz, o'quvchilarda topshiriqni bajarishga ishtiyoqni oshirishga sabab bo'ladi. Bundan o'quvchilarning grammatik savodxonligi, ijodiy fikrlash qobiliyati, topqirligi, nutqi va shu fanga muhabbati ancha oshishiga erishish mumkin.

Shu bilan bir qatorda o'qituvchining qo'shimcha adabiyotlarga murojaat qilishi va ulardan foydalanishi, o'quvchilarning boshqa fanlar bilan ham jiddiy shug'ullanish ehtiyojini tug'diradi. Shunini inobatga olgan holda, o'qituvchi dars jarayonlarining samarali bo'lishi uchun turli o'yin-topshiriqlardan va boshqotirmalardan unumli foydalanishi maqsadga muvofiqdir. Bugungi davr talabi ham har bir fan o'qituvchisidan mahorat, ijodkorlik, eng asosiysi, tinimsiz mehnat talab qiladi. Ayni shularni yoldan chiqarmagan holda boshlang'ich sinf ona tili darslarini o'tishda qo'llash mumkin bo'lgan ayrim didaktik o'yinlar, boshqotirmalar va ulardan foydalanish metodlarini organik chiqish juda muhimdir. Bunday didaktik o'yinlarni yanada ko'plab o'ylab topish va ulardan dars jarayonida foydalanish ham mumkin. Bu esa yuqorida ta'kidlanganidek, o'qituvchining ijodkorligiga, izlanuvchanligiga, mahorati va tinimsiz qiladigan

370

mehnatiga bog'liq.

Ma'lumki, didaktik o'yinlar o'quvchilar malaka va ko'nikmalariga ko'ra, murakkablik darajasiga ko'ra guruhlanib, soddadan murakkablik dinamikasiga qarab boradi. Shu sabablarni nazardan chetda qoldirmay, har bir dars jarayonida yoki ayni mavzular yuzasidan didaktik o'yinlarni tanlab olishda e'tiborli bo'lish o'qituvchining vazifalari sirasiga kiradi.

Boshlang'ich sinf o'quvchilariga ona tilidan grammatik bilimlar berishda didaktik o'yinlardan foydalanish samarali natija beradi. Chunki kichik maktab yoshidagi bola hali o'yin faoliyatidan ajralmagan bo'ladi. Boshlang'ich sinf o'quvchisi fonetikadan bir qator bilimlarni egallaydilar. Unli, undosh tovushlarni talaffuz qilish va taqqoslash asosida farqlaydilar. Undosh tovushlarning jarangli va jarangsiz talaffuz etilishi, jufti bor va jufti yo'q jarangli va jarangsiz undosh tovushlar haqida amaliy bilim oladilar. Bu borada boshlang'ich sinflarda qo'llaniladigan tekshirish metodi tovushlarning jarangli yoki jarangsiz ekanligini anglab olish imkonini beradi. Bu o'z navbatida to'g'ri yozishda qo'l keladi. Shuningdek, boshlang'ich sinflarda bo'g'in va uning turlari, urg'uli va urg'usiz bo'g'inlar, tovushlarning bir-biriga ta'siri haqida ham amaliy bilim oladi. Bularning barchasini o'zlashtirib olish bir qator murakkabliklar tug'diradi. Shu tufayli boshlang'ich sinflarda fonetikaga oid didaktik o'yinlardan foydalanish qo'l keladi.

Yuqorida ta'kidlanganlardan kelib chiqqan holda, quyida aynan boshlang'ich ta'limda qo'llash mumkin bo'lgan didaktik o'yinlardan biri — «So'z tuzish» o'yini haqida qisqacha ma'lumot berish lozim deb topildi.

«So'z tuzish» o'yini savod o'rgatish davrida o'tkaziladi. Bu o'yinlarni bajarish o'quvchilarga tovushning so'z hosil qilishidagi ahamiyatini to'laroq tushunib olish imkonini beradi. O'quvchilar ushbu didaktik o'yinda ishtirok etar ekan, ularda so'zlarning turli-tuman usullar bilan hosil bo'lishiga katta qiziqish uyg'onadi. O'zlari hosil qilgan yangi so'zlardan bevosita zavq olishga muvaffaq bo'ladi. So'z tuzish o'yini savod o'rgatishning tarkib - tahrir (analitik -sintetik) tovush metodi asosida bajariladi. Ma'lumki, ushbu metodning ikkinchi qismi tuzish, qurish, birlashtirish singari ma'nolarni bildiradi. So'z tuzish o'yini ham aynan so'zga xilma-xil tovushlarni, bo'g'inlarni qo'shish orqali hosil bo'ladi. Bu ta'limiy o'yinni bajarishda o'quvchilar so'zga turli xil usullar bilan tovush qo'shib yangi so'z hosil qiladilar. Bu esa ularning lug;at boyliklarini ortishiga ham hissa qo'shadi.

Demak, bundan ko'rinadiki, so'z tuzish o'yini singari qator didaktik o'yinlar o'quvchilarda nafaqat o'yin faoliyatiga qiziqishni oshiradi, balki o'yin orqali lug'atlarida so'zlar safining kengayishiga ham xizmati qiladi. Bundan tashqari o'quvchilarda lingvistik kompetensiyalarning rivojlanishida poydevor hosil bo'la boshlaydi. Bu esa keyinchalik o'quvchilarning nutqi ravon, yozma bayonot qilish ko'nikmasining jadal bo'lishida xizmati qiladi.

REFERENCES

1. Abdullayeva F. METHODOLOGICAL POSSIBILITIES OF ORGANIZATION OF PRIMARY SCHOOL TECHNOLOGY LESSONS WITH PEDAGOGICAL TECHNOLOGIES //ЦЕНТР НАУЧНЫХ ПУБЛИКАЦИЙ (buxdu. uz). - 2021. - Т. 8. -No. 8.

2. Jalilova D.U. Psychological And Technological Features of Increasing the Efficiency of Educational Activity of Talented Students in Presidential Schools. Journal of Pedagogical Inventions and Practices ISSN NO: 2770-2367 ( https://zienjournals.com ).

3. Сатторова, Х. (2012). РЕФОРМА И ТРУДНОСТИ ОБУЧЕНИЯ. Вопросы психологии и педагогики, (2), 61-64.

4. R. Safarova va boshqalar darsligi 1-sinf —Alifbel —Ma'naviyatll nashriyoti -2019 y.

5. G'afforova T. , Nurullayeva Sh. Boshlang'ich sinflar ona tili darslarida didaktik o'yinlar va mustaqil ishlar. -Qarshi: Nasaf, 2003. -54 b.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.