Научная статья на тему 'BOSHLANG'ICH SINF ONA TILI DARSLARIDA O'YINLI TEXNOLOGIYALARDAN FOYDALANISH'

BOSHLANG'ICH SINF ONA TILI DARSLARIDA O'YINLI TEXNOLOGIYALARDAN FOYDALANISH Текст научной статьи по специальности «СМИ (медиа) и массовые коммуникации»

CC BY
1578
123
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
didaktik o‘yin / so‘z tuzish / sirli kataklar / so‘z / sehrli kvadratlar. / didactic game / word formation / mystery cells / words / magic squares.

Аннотация научной статьи по СМИ (медиа) и массовым коммуникациям, автор научной работы — Boboqulova Madina Mirzohid Qizi

Ushbu maqolada boshlang‘ich sinflarda ona tili darslarida qo‘llaniladigan didaktik o‘yinlar haqida ma‘lumotlar berilgan. Didaktik o‘yinlarning dars samaradorligini oshirishdagi ahamiyati haqida ma‘lumotlar berilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

USE OF GAME TECHNOLOGY IN PRIMARY SCHOOL MOTHER TONGUE LESSONS

This article provides information on didactic games used in mother tongue lessons in the primary grades. Information is provided on the importance of didactic games in improving lesson effectiveness.

Текст научной работы на тему «BOSHLANG'ICH SINF ONA TILI DARSLARIDA O'YINLI TEXNOLOGIYALARDAN FOYDALANISH»

BOSHLANG'ICH SINF ONA TILI DARSLARIDA O'YINLI TEXNOLOGIYALARDAN FOYDALANISH Boboqulova Madina Mirzohid qizi

Qo'qon universiteti Iqtisodiyot fakulteti 3-bosqich talabasi https://doi.org/10.5281/zenodo.6607072

Annotatsiya. Ushbu maqolada boshlang'ich sinflarda ona tili darslarida qo'llaniladigan didaktik o'yinlar haqida ma'lumotlar berilgan. Didaktik o'yinlarning dars samaradorligini oshirishdagi ahamiyati haqida ma'lumotlar berilgan.

Kalit so'zlar: didaktik o'yin, so'z tuzish, sirli kataklar, so'z, sehrli kvadratlar.

ИСПОЛЬЗОВАНИЕ ИГРОВЫХ ТЕХНОЛОГИЙ НА УРОКАХ РОДНОГО ЯЗЫКА В НАЧАЛЬНЫХ КЛАССАХ

Аннотация. В этой статье дается краткий обзор дидактических игр, используемых в начальной школе. Приводится информация о значении дидактических игр в повышении эффективности урока.

Ключевые слова: дидактическая игра, словообразование, клетки-загадки, слова, магические квадраты.

USE OF GAME TECHNOLOGY IN PRIMARY SCHOOL MOTHER TONGUE

LESSONS

Abstract. This article provides information on didactic games used in mother tongue lessons in the primary grades. Information is provided on the importance of didactic games in improving lesson effectiveness.

Keywords: didactic game, word formation, mystery cells, words, magic squares.

KIRISH

Boshlang'ich sinf o'quvchilariga ona tilidan grammatik bilimlar berishda didaktik o'yinlardan foydalanish samarali natija beradi. Chunki kichik maktab yoshidagi bola hali o'yin faoliyatidan ajralmagan bo'ladi. Boshlang'ich sinf o'quvchisi fonetikadan bir qator bilimlarni egallaydilar. Unli, undosh tovushlarni talaffuz qilish va taqqoslash asosida farqlaydilar. Undosh tovushlarning jarangli va jarangsiz talaffuz etilishi, jufti bor va jufti yo'q jarangli va jarangsiz undosh tovushlar haqida amaliy bilim oladilar. Bu borada boshlang'ich sinflarda qo'llaniladigan tekshirish metodi tovushlarning jarangli yoki jarangsiz ekanligini anglab olish imkonini beradi. Bu o'z navbatida to'g'ri yozishda qo'l keladi. Shuningdek bu sinflarda bo'g'in va uning turlari, urg'uli va urg'usiz bo'g'inlar, tovushlarning birbiriga ta'siri haqida amaliy bilim oladi. Bularning barchasini o'zlashtirib olish bir qator murakkabliklar tug'diradi. Shu tufayli boshlang'ich sinflarda fonetikaga oid didaktik o'yinlardan foydalanish qo'l keladi. TADQIQOT MATERIALLARI VA METODOLOGIYASI

,,So"z tuzish" o'yini .

O'yin savod o'rgatish davrida o'tkaziladi. Bu o'yinlarni bajarish o'quvchilarga tovushning so'z hosil qilishidagi ahamiyatini to'laroq tushunib olish imkonini beradi. O'quvchilar ushbu o'yinda ishtirok etar ekan, so'zlarning turli- tuman usullar bilanhosil bo'lishi katta qiziqish uyg'otadi. O'zlari hosil qilgan yangi so'zlardan bevosita zavq olishga muvaffaq bo'ladi. So'z tuzish o'yini savod o'rgatishning tarkib -tahrir (analitik -sintetik) tovush metodi asosida bajariladi. Ushbu metodning ikkinchi qismi tuzish, qurish, birlashtirish singari

ma'nolarni bildiradi. So'z tuzish o'yini ham aynan so'zga xilma-xil tovushlarni, bo'g'inlarni qo'shish orqali hosil bo'ladi. Bu o'yinni bajarishda so'zga turli hil usullar bilan tovush qo'shib yangi so'z hosil qiladi.

«Sirli kataklar» o'yini

O'qituvchi ko'rgazmani ko'rsatib, kerakli harflarni qo'yib so'zlarni o'qishni aytadi. Bunday ko'rgazmalar alifbe kitobining hamma mavzusida bor kitobning sahifalarida o'rganilayotgan tovush va harf bilan bog'liq narsa -buyumlarning rasmi berilgan. Shu rasmlarning ostiga katakchalar ilova qilingan. Katakchalar soni harflar soniga teng bo'lganligi o'quvchilarning o'yinni to'g'ri bajarishiga yordam beradi. Bu o'yinni uyushtirishda o'quvchilar guruhiga ikki-uchtadan shunday topishmoqlar beriladi.

TADQIQOT NATIJALARI VA MUHOKAMA

«Bilag'on boshliqlar» o'yini

Bu o'yin ham orfografik o'yinlar turiga kiradi. O'quvchilar odatdagiday ikki guruhga bo'linadi. Har bir guruhning sardori belgilanadi. Ana shu guruh boshliqlari xattaxtaga chiqariladi. Guruh boshliqlari odatda a'lochi o'quvchilar bo'lishadi. O'yinda o'quvchilarning ana shu tomoni hisobga olinib, o'nta so'z xattaxtaga yoziladi. Katta mukammal minnatdor tanaffus arra mitti ikki tabassum xokkey tennis.

Yuqorida berilgan so'zlarni har bir boshliq ustun shaklida yozadi. So'zlarning yozilishi kuzatiladi. Xatolar guruh bo'yicha hisoblanadi. Har bir guruhning boshlig'i yo'l qo'ygan xatolarni sanaydi. Brinchi guruh boshlig'i o'nta so'zdan ikkita xatoga yo'l qo'ygan bo'lsa, unga sakkiz ball beriladi. Har ikkala guruh boshliqlari so'zlarni tekshirib xatolarni sanab boradilar. To'g'ri yozilgan har bir so'z uchun ball beriladi. Oxirida g'olib guruh aniqlanadi va rag'batlantiriladi.

«Zarur harfni topib qo'y» o'yini

O'yinning ikkinchi bosqichi bir oz murakkab bo'lib, o'quvchilarning turli xil tovushlardan bittasini tanlab olishlari talab qilinadi. da. . . . tar (a, o, s, f, k)-daftar, ma. . . . don (o, y, sh, k, g', l) maydon, Qu. . . . on (y, o, sh, q, r) -quyon

fo.....us (m, n, s, l)-fonus,

ma. . . . ematika (a, o, u, t, i)-.....,

o'q. . . tuvchi (s, u, i, a)-.....,

O'yindan o'yin o'ylab topish o'yinini bajarish. -rabot va -obod qo'shimchali so'zlar yozish o'yini.

2. Qo'shrabot 2. Xalqobod 3. Toshrabot 3. Chinobod 4. Oqrabot 4. Dehqonobod

,,Sehrli kvadratlar'Vyini

Kvadratlar ichiga shunday harflar teringki, yotiq o'qilganda ham, tik o'qilganda ham so'z hosil bo'lsin.

a s, a l, s, a m o, a m i, r, l, o r, d kabi...

"So"zdan so"z tuz" o"yini.

Bu o'yin ham so'zni ikki tomondan o'qib so'z hosil qilinadi. Ammo bu o'yinda o'ngdan va chandan o'qiganda so'zning bir xil ma'no anglatishi shart emas. Aksincha so'zni chapdan o'ngga o'qiganda bir ma'no, o'ngdan chapga o'qiganda boshqa lug'aviy ma'no anglatuvchi so'z

hosil bo'ladi. Ushbu o'yin bolalarning kuzatuvchanligini oshiradi. Shu tufayli bunday o'yinni ikki o'quvchi bilan, guruh-guruh bo'lib ham, kichik guruhlarga topshiriq berib o'tkazish ham mumkin. Bunda ham so'zlardagi harflar soni hisobga olinadi. Qaysi guruh o'zi ishlatgan so'zda ko'p harf qatnashgan bo'lsa o'sha g'olib bo'ladi. I guruh 1. sut-tus-3

2. qo'y-yo'q-3

3. amin-nima-4

4. kalit-tilak -5

II guruh

mol-lom-3 Kon-nok -3 qori-iroq -4 Bobur-rubob-5

III guruh

g'oz-zog' -3 ota-ato-3 lekin-nikel-5 alak-kala-4

XULOSA

Bu kabi didaktik o'yinlar o'quvchilarni fanni o'rganishga qiziqish uyg'otish bilan birga ularda olgan bilimlarni uzoq vaqt xotirada saqlashga xizmat qiladi.

Foydalanilgan adabiyotlar ro'yxati

1. R. Safarova va boshqalar darsligi 1-sinf —Alifbell —Ma'naviyatll nashriyoti -2019 y.

2. G'afforova T. , Nurullayeva Sh. Boshlang'ich sinflar ona tili darslarida didaktik o'yinlar va mustaqil ishlar. -Qarshi: Nasaf, 2003. -54 b.

3. G'afforova T. , Nurullaeva Sh. , Haydarova O. Boshlang'ich sinflar uchun ona tili va o'qishdan didaktik materiallar. -Toshkent: Ilm ziyo, 2004. -80 b.

4. Yunusov Q. Ona tili darslarida zamonaviy pedagogik texnologiya . Andijon, 2006.

5. Yunusov Q. Ona tilidan ta'limiy o'yinlar. Andijon, 2005.

To'Xtasinova, N. R. Q., & Soibjonova, M. T. O. Q. (2022). TAGMA'NO VA PRESUPPOZITSIYA HODISASINING PRAGMATIK TADQIQI (Abdulla Qahhor asarlari misolida). Central Asian Research Journal for Interdisciplinary Studies (CARJIS), 2(4), 141-146.

6. Тухтасинова, Н. Р. (2021). ИССЛЕДОВАНИЕ ПРЕДВАРИТЕЛЬНЫХ И ТАГМАНСКИХ СОБЫТИЙ НА РАБОТАХ АБДУЛЛЫ КАХХАР. Экономика и социум, (2-2), 240-244.

7. Pratova, G. O., & To'Xtasinova, N. R. Q. (2022). O'ZBEK TILIDA FREZEOLOGIZMLARNING PRAGMATIK SINONIMYASI. Oriental renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences, 2(5), 35-38.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.