BOSHLANG'ICH SINF ONA TILI DARSLARIDA O'QUVCHILARDA LISONIY KOMPETENSIYALARNI RIVOJLANTIRISHDA DIDAKTIK O'YINLAR-TOPSHIRIQLARNI ISHLAB CHIQISH METODIKASI Tursunqulova Maxfuza To'lqin qizi
Qori Niyoziy nomidagi O'zPFITI tayanch doktoranti https://doi.org/10.5281/zenodo.8044483
Annotatsiya. Mazkur maqola boshlang'ich sinf ona tili darslarida o 'quvchilarda tinglab tushunish ko'nikmalarini rivojlantirishda didaktik o'yinlar — topshiriqlarni ishlab chiqish metodikasiga taalluqli nazariyalarni, turli adabiyotlarni o'rganish natijasida hosil qilingan tavsiyalar va mulohazalarni o'zida jamlaydi.
Kalit so'zlar: o'yin-topshiriqlar, didaktik o'yinlar, lisoniy kompetensiya, boshlang'ich ta'lim, boshlang'ich sinf o'quvchilari.
Til - muomala, so'zlashuv va aloqa vositasi bo'lish bilan birga millat qiyofasini belgilovchi bebaho ne'mat hamdir. Til qaysi xalqqa oidligidan qat'i nazar, shu xalq ma'naviyatining ustuni va asosi hisoblanadi. Shuning uchun ham til ta'limida bu jihatdan katta e'tibor qaratilishi maqsadga muvofiq sanaladi.
Mamlakatimizda shakllangan odil til siyosati bois xalq ta'limi tizimida ta'lim yetti tilda olib borilmoqda. Shu bilan birga, O'zbek tili o'qitishning muhim vazifalaridan biri - fanni o'qitish mazmunini yanada takomillashtirish, an'anaviy metodlarga tayangan holda yangilarini ixtiro qilish, darslarning noan'anaviy tiplarini izlash, mashg'ulotlar o'tkazishning innovatsion-interaktiv shakllarini loyihalashtirishdan iboratdir. Shu bois ham keyingi yillarda ta'lim sohasiga oid qabul qilingan qaror va farmonlar mazmunini milliy o'qitish tizimini yanada takomillashtirish, jahon standartlaridan, global ta'lim imkoniyatlaridan milliy strategik maqsadlarimizga moslarini tanlab izchillikda joriy qilish tashkil etmoqda. Jumladan, ona tilining o'qitilishi bo'yicha davlat ta'lim standartlari umumiy o'rta ta'lim va o'rta maxsus kasb-hunar ta'limi uchun Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 6-apreldagi 187-son "Umumiy o'rta va o'rta maxsus, kasb-hunar ta'limining davlat ta'lim standartlarini tasdiqlash to'g'risida" gi qarori bilan tasdiqlangan.
Bugungi kunda aynan umumta'lim jarayonlarida ona tili fanini o'qitish kompetensiyaviy yondashuvga asoslangan bo'lib, dars jarayonida lingivistik kompetensiyalarni shakllantirish nutqiy kompetensiyalarning rivojlanishiga olib keladi. Til o'rganishga qo'yiladigan talablar asosida tinglash, gapirish, o'qish va yozish malakalari shakllanadi. Bunday yondashuvdan ijodiy foydalanib, ona tili darslarini ham samarali tashkil etish mumkin. Rivojlangan davlatlarning til o'qitish metodikasida gapirish (speaking), yozish (writing) kabi mashg'ulotlar, asosan, mashqqa tayanadi, mashq va topshiriq aniq farqlanadi, o'z o'rnida ishlatiladi. Shu sababli ularning til o'rganish kompetentligi yuqoridir. Shuningdek, PISA, PIRLS kabi xalqaro baholash tizimlari orqali dunyoning ko'plab davlatlarida o'quvchilarning o'qish savodxonligi aniqlanmoqda.
Respublikamizda ham ona tili o'qitish kompetensiyaviy yondashuvga asoslandi. Umumiy o'rta ta'lim maktablarida tinglab tushunishni o'rgatish asosiy vazifalardan biridir. Shu qatorda o'quvchilarda eshitib tushunish malakasini rivojlantirish, ularning nutqni qabul qilishlaridagi to'siq va kamchilarini bartaraf etish borasida nazariya va metodikaga tayangan holda, boshlang'ich sinf ona tili darslarida didaktik o'yinlar va ular asosida ishlab chiqilgan o'quv-topshiriqlar vositasida o'quvchilarda lisoniy kompetensiyalarni yuqori saviyada rivojlantirishga
erishish mumkin.
Bunda umumiy o'rta ta'lim maktablari o'quvchilarida didaktik o'yinlar vositasida boshlang'ich sinf o'quvchilarining lisoniy kompetensiyalarini rivojlantirishga doir o'quv materiallarining metodik ta'minoti mazmuni, usullari, tizimi va texnologiyasini takomillashtirish hamda o'quvchilarda didaktik o'yinlar vositasida boshlang'ich sinf o'quvchilarining lisoniy kompetensiyalarini rivojlantirish ko'nikmalarini takomillashtirishda asosiy ustuvor vazifalar etib belgilanishi va shu maqsadda amaliy ishlar tashkillashtirilishi tadqiqotning ob'yekti va predmeti bo'lib xizmat qiladi.
Mazkur jarayonda didaktik o'yinlar vositasida boshlang'ich sinf o'quvchilarining lisoniy kompetensiyalarini rivojlantirish metodikasini shakllantirishda o'qituvchilarning qarashlari orqali yosh o'quvchilarni didaktik o'yinlar vositasida lisoniy kompetensiyalarni o'zlashtirishdagi qiyinchiliklarni hal qilishga doir ilmiy ma'lumotlar va yangicha yo'llar bilan chuqur tanishib, undan so'ng sinovga joriy qilish maqsadga muvofiq hisoblanadi.
Didaktik o'yinlar vositasida boshlang'ich sinf o'quvchilarining lisoniy kompetensiyalarini rivojlantirish metodikasini shakllantirish borasidagi tadqiqot natijalarining ilmiy ahamiyati shundaki, pedagogika va ta'lim tarixini o'rganishda, ona tili o'qitish metodikasini takomillashtirishda, adabiy talaffuzning ta'limda, jamiyatda tutgan o'rnini belgilashda muhim nazariy ahamiyat kasb etadi. Shuningdek, markazda turban muammoda aks etgan nazariy qarashlar shu yo'nalishdagi yangi tadqiqotlar uchun manba sifatida xizmat qiladi.
Muammo yuzasidan olib boriladigan tadqiqot natijalarining amaliy ahamiyati esa ishda ilgari surilgan g'oyalar, nazariy qarash va amaliy tavsiyalar "Ona tili va o'qish savodxonligi (2-sinf)" fanidan zaruriy metodik yordamni tuzishda material bo'lib xizmat qilishi, umumiy o'rta ta'lim maktablarining aynan boshlang'ich sinf o'quvchilariga lisoniy kompetensiyalarni shakllantirishda qo'llaniladigan dikdaktik o'yinlar vositasida tuziladigan o'quv-topshiriqlarini, mashqlarni ishlab chiqishda yordam beradi.
REFERENCES
1. Abdullayeva F. METHODOLOGICAL POSSIBILITIES OF ORGANIZATION OF PRIMARY SCHOOL TECHNOLOGY LESSONS WITH PEDAGOGICAL TECHNOLOGIES //ЦЕНТР НАУЧНЫХ ПУБЛИКАЦИЙ (buxdu. uz). - 2021. - Т. 8. -No. 8.
2. Dilshoda Jalilova Ural qizi. BO'LAJAK BOSHLANG'ICH SINF O'QITUVCHILARIDA AXBOROT KOMPETENTLIGINI RIVOJLANTIRISH MASALASINING AHAMIYATI. RAQAMLI TEXNOLOGIYALAR DAVRIDA TILLARNI INTENSIV O'QITISHNING PSIXOLOGIK- PEDAGOGIK JIHATLARI RESPUBLIKA ILMIY-AMALIY ANJUMANI. 2023-yil 2-iyun (https://doi.org/10.5281/zenodo.7993607)
3. Jalilova D.U. Psychological And Technological Features of Increasing the Efficiency of Educational Activity of Talented Students in Presidential Schools. Journal of Pedagogical Inventions and Practices ISSN NO: 2770-2367 ( https://zienjournals.com).
4. Nargiza K.Q. Boshlang'ich sinflarda o'z-o'zini rivojlantirish kompetensiyasini rivojlantirish haqida. ILMIY TADQIQOTLAR, INNOVATSIYALAR, NAZARIY VA AMALIY STRATEGIYALAR TADQIQI. 1-sonli Respublika ko'p tarmoqli, ilmiy konferensiya. 24-sentyabr, 2022-yil. 100-b.
5. Qaytarova N.K. Boshlang'ich sinf o'quvchilarida o'z-o'zini rivojlantirish kompetensiyasi va unda boshlang'ich sinf o'qituvchisining roli./ «Таълим тизимидаги ислох,отлар: олимлар ва ёшлар нигох,ида» мавзусидаги Республика илмий-амалий конференция туплами // Тошкент, 2022 йил 29 сентябрь. 203-b.
6. Сатторова, Х. (2012). РЕФОРМА И ТРУДНОСТИ ОБУЧЕНИЯ. Вопросы психологии и педагогики, (2), 61-64.
7. G'afforova T. , Nurullayeva Sh. Boshlang'ich sinflar ona tili darslarida didaktik o'yinlar va mustaqil ishlar. -Qarshi: Nasaf, 2003. -54 b.
8. https://t.me/jalilova_dilshoda_2292
9. https://t.me/ilmiy_yordam_beraman
10. https://cyberleninka.ru
11. https://kpfu.ru