DOI 10.46566/2225-1545_2022_1_97_114
Jumakulova M.X.
Andijon davlat universiteti (boshlanglch ta'lim) mutaxassisligi 2-bosqich magistranti
O'zbekiston, Andijon
BOSHLANGICH SINFLARDA FONETIKANING NAZARIY ASOSLARINI SHAKLLANTIRISH USULLARI
Annotatsiya: mazkur maqola boshlang^ich sinflarda ona tili darslarida fonetikaning nazariy asoslarini shakllantirish ahamiyati, yangi interfaol metodlardan namunalar tavsiya qilinib yoritib berilgan.
Kalit so^zlar: boshlang^ich sinf, fonetika, nutq tovushi va harf, bo'g'in, metod, ta 'lim, savod o 'rgatish.
Jumakulova M.Kh. master student Andijan state university The theory and methods of education (primary education)
Uzbekistan, Andijan
THEORETICAL FOUNDATIONS OF TEACHING PHONETICS IN
PRIMARY SCHOOL
Abstract: This article suggests the importance of shaping the theoretical foundations of phonetics in mother tongue lessons in primary school, examples of new interactive methods.
Keywords: elementary school, phonetics, speech sound and letter, joint, method, education, literacy training.
O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 21-oktabrdagi "Ozbek tilining davlat tili sifatidadagi nufuzi va mavqeini tubdan oshirish chora tadbirlari tog,risida"gi Farmoni ijrosini ta'minlash maqsadida "2020-2030-yillarda o'zbek tilini rivojlantirish hamda til siyosatini takomillashtirish konsepsiyasi"10 qabul qilindi. Bu respublikamizda davlat tili to'g'risidagi qonunchilikni takomillashtirish va o'zbek tilinining xalqaro miqyosdagi obro' -e'tiborini oshirishga xizmat qiladi.
Til fikrni shakllantirish va bayon qilish, taassurot, his, kechinmalarni ifodalashda muhim o'rin tutadi. Til jamiyat a'zolarining bir-biri bilan aloqasi uchun xizmat qiladigan vositadir, Bu vosita qanchalik takomillashsa fikr
10O'zbekiston Respublikasi Prezidenti SH. MIRZIYOYEV.Toshkent shahri,2019 yil 21 oktabr O'zA
shunchalik aniq, tasirchan ifodalanadi. Boshlang'ich sinflarda ona tilini chuqur o'rganish zaruriyati tilning mana shu asosiy vazifalaridan kelib chiqadi. 11
Mamlakatimizda ta'limning eng asosiy zamini hisoblanuvchi umumiy o'rta ta'lim maktablari uchun Milliy o'quv dasturi ishlab chiqildi va "Milliy o'quv dasturi" deb nomlanishi biz yosh pedagoglarga katta umidlar baxsh etmoqda. Shuningdek, o'zbek tilini o'qitish metodikasini tubdan isloh qilish, ayniqsa respublikamiz hududida istiqomat qiluvchi barcha millatlar o'zbek tilini jadal o'rgatishni ta'minlaydigan zamonaviy darsliklar yaratish hozirgi kunning eng dolzarb vazifalaridan biriga aylandi.
Shu paytgacha Ona tili va O'qish fanlari alohida o'qitilar edi. Bu ikki fanni birlashtirgan yangi "Ona tili va o'qish savodxonligi" deb nomlangan yagona fan dars soati saqlab qolingan holatda tashkil etiladi. Boshlang'ich ta'limning ona tili fani o'quv dasturi o'quvchilarda kompetensiyalarni shakllantirishga yo'naltirilgan. Davlat ta'lim standarti talablaridan kelib chiqib tuzildi. Ushbu o'quv dasturida 1-4-sinf o'quvchilarida tayanch hamda fanga oid (nutqiy va lingvistik) kompetensiyalarning elementlarini shakllantirish ko'zda tutilgan. Boshlang'ich ta'limda - o'quvchilarning savodxonligini ta'minlash, ularni og'zaki va yozma nutqida adabiy nutq me'yorlariga rioya qilishga o'rgatishdan iborat.
Boshlang'ich ta'limda-o'quvchilarning savodxonligini ta'minlash, ularni og'zaki va yozma nutqida adabiy nutq me'yorlariga rioya qilishga o'rgatishdan iborat. Mazkur ona tili o'quv dasturi quyidagi bo'limlarni o'z ichiga oladi: l.Savod o'rgatish va nutq o'stirish. 2.Fonetika, grammatika, imlo va nutq o'stirish.12
"Fonetika" bo'limining izchil kursi "Fonetika va grafika ", "Nutq tovushi va harf", "Unli tovushlar", "Undosh tovushlar", "Nutq a'zolari", "Lab tovushlari", "Til tovushlari", "Burun tovushlari", "Bo'g'iz tovushi","Nutq tovushlarining ma'no farqlash vazifasi" singari mavzularni o'z ichiga qamrab oladi.
"Nutq tovushi va harf" mavzusini o'tishda o'qituvchi ayrim so'zlarni o'quvchilar diqqatiga havola etib, bu so'zdagi tovushlarning talaffuzini qiyoslash, unlilar va undoshlarning xususiyatlarini aniqlash, ularning talaffuzida ishtirok etadigan nutq a'zolarini belgilashni topishlari mumkin. 13
O'qituvchi savod o'rgatish jarayonida o'zbek tilining fonetik xususiyatlarini hisobga olgan holda, o'quvchilarni tovush va harflar bilan tanishtirish, ularni sintezlab o'qishga o'rgatishi zarur. Savod o'rgatish analitik-sintetik tovush metodiga asosan olib boriladi. So'z bo'g'inga bo'linadi, bo'g'indan
11 O'zbekiston Respublikasi Prezidentining "Oliy ta'lim tizimini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari" to'g'risidagi qarori. - "Xalq so'zi" gazetasi, 2017-yil, 21-aprel.
12 https;//fayllar.org/ona-tili-fanidan-oquv-dasturi-1-2-4-sinf-uqtirish-xati.html
13A. G'ulomov, M.Qodirov ,M.Ernazarova, A.Bobomurodova, N.Alavutdinova,V.Karimova. Ona tili o'qitish metodikasi. Toshkent -2012.144-bet
kerakli — o'rganilayotgan tovush ajratilib olinadi, tahlil qilinadi, o'rganiladigan harf bilan sintezlanadi, shu asosda harf va butun o'qish jarayoni o'zlashtiriladi.
Savodga o'rgatish davrida o'quvchilarga avval unli tovushnio'rgatishdan boshlanadi. Dastlab unli yozilishi talaffuziga mos keladigan so'zlar tanlanadi. Bolalarni yozuvga o'rgatishda so'z tarkibidagi harflarning to'g'ri, aniq yozilishi va qo'shilishiga daftarlarni ozoda tutishga bolalar e'tibori tortiladi. O'qituvchining savod o'rgatish davrdagi darslarni to'g'ri tashkil etishi, o'quvchilarning fonetik va grafik bilimlarni kelgusida puxta egallashlariga zamin yaratadi. O'qituvchining bu sohadagi yutuqlarilari uning dars o'tish usullari, mahorati, darsda qo'llaydigan didaktik materiallarga ko'p jihatdan bog'liqdir. Intefaol dars jarayonini tashkillashtirish, o'quvchilarning dars davomida faollashuviga, ularni darsni o'zlashtirish ko'rsatkichlarini o'sishiga sabab bo'ladi. O'qituvchi dars o'tish jarayonida o'quv materiallarining ma'lum bir qismi o'quvchilar tomonidan mustaqil o'rganiladi, so'ngra sinfda har tomonlama muhokama etiladi. Bu esa o'quvchilarning o'tilgan mavzuni puxta egallashlariga zamin yaratadi.
Inrefaol usullar xilma-hil bo'lib, qaysi metodni tanlash o'qituvchining o'tayotgan mavzusi, darsning maqsadi va vazifalariga bog'liq. Buning uchun o'qituvchi doimo yangiliklar izlanishi, har darsda yangi-yangi usullarni qo'llashi, o'z bilimini doimiy ravishda oshirib borishi lozim.
Savodga o'rgatish davrida o'quvchilar bilan didaktik o'yinlar o'tkazishga alohida e'tibor qaratish lozim. Xususan, "Ranglar so'zlaganda", "O'zingni yelpi", "Olma terish", "Kungaboqar", "Ko'zgu", "Super lotto", "Piramida", "Aksini toping", "Poyezd", "O'zbekiston mevalari", "Ot va uning bolasi toychoq", "Rolli o'yin", "Ekskursiya", "Chechanlik" kabi didaktik o'yinlar shular jumlasidandir. Darslikka jumboqli topshiriqlarning kiritilishi o'quvchilarda mustaqil fikrlashni rivojlantirishda, ularni topqirlikka va bilimdonlikka undashda katta ahamiyatga ega. Shuningdek, turmushda bola nutqida faol qo'llanadigan yoki ularga yaxshi tanish bo'lgan "ma", "ma-na", "nom", "ni-ma" (16-bet) kabi ba'zi so'zlarning darslikka kiritilishi ham, avvalo, alifbe davrining boshlang'ich bosqichida
o'quvchilarda muayyan harf-tovushga oid bilimlarni mustahkamlashda, ularga tavsiya qilinayotgan o'quv materiallarining yetarli darajada bo'lishiga, ya'ni ko'proq so'z o'qish imkoniyatini hosil qillishga, qolaversa, ish-harakatni bildiruvchi so'zlar (fe'l)ga oid boshlang'ich amaliy bilimlarni vujudga keltirishga qaratilgan.. O'qituvchi darslik materiallari bilan cheklanib qolmay, ushbu so'zlar mazmunini to'liq izohlashda turli mazmunli rasmlardan ijodiy foydalanishi maqsad muvofíqdir.14
Quyida ana shu o'yinlardan namunalar keltiramiz:
"Sirli kataklarni to'ldir" o'yini. O'quvchilarga kataklarni to'ldirib, tovushdor so'zlar hosil qilish vazifa qilib topshiriladi. Masalan, "choy" so'zini
14Alifbe Metodik qo'llanmaRohatoy Safarova, Muhayyo Inoyatova, Mirhabib G'ulomov, Dadajon Sayfurov, Dilrabo Malikova. Respublika ta'lim markazi, 2021.
"loy" so'zigacha davom ettirish talab etiladi. O'quvchilar guruhlarga ajratilib galma -galdan so'zlarni davom ettirishadilar.
"Sirli kataklarni to'ldir" o'yini. O'quvchilarga kataklarni to'ldirib, tovushdor so'zlar hosil qilish vazifa qilib topshiriladi. Masalan, "choy" so'zini "loy" so'zigacha davom ettirish talab etiladi. O'quvchilar guruhlarga ajratilib galma -galdan so'zlarni davom ettirishadilar.
"Keyingi bo'gMnini top" o'yini. Berilgan bo'g'inlar ishtirokida so'z tuzish tushuntiriladi va qaysi o'quvchi ko'p so'z tuza olsa, o'yin g'olibi bo'ladi. Masalan, bo, bu, ju, ni, lo, sa, mu....
1) Bola, bobo, bozor, bodom;
2) Bo'yin, bo'ri, bo'liq, bo'zchi;
3) Jo'ja, jo'ra, jo'xorijo'ra;
4) Nima, nizom, nigoh, nido, nihol;
5) Lola, loyiq, lochin, lobar;
6) Savob, sarob, saxovat, sadoqat, sahifa...15
"Fonetika" garchand tilning tovush tizimi bilan ish ko'rsa-da, ammo o'quvchilarning so'z boyligini oshirish, tez va to'g'ri o'qish malakalarini takomillashtirish, fikrni ifodalashda tovushlarning boy imkoniyatlaridan foydalanish, mant yaratishga o'rgatish diqqat markazida bo'lishi lozim.16
Didaktik o'yinlar nazariy amaliy, jismoniy, rolli, ishchanlik va boshqa yo'nalishdagi turlarga ajratiladi. Ular o'quvchilardagi tahlil qilish mantiqiy fikrlash, tadqiq qilish, hisoblash, o'lchash, yasash, sanash, kuzatish, solishtirish, xulosa chiqarish, mustaqil qaror qabul qilish, guruh yoki jamoa tarkibida ishlash, nutq o'stirish, til o'rganish, yangi bilimlar olish faoliyatini rivojlantiradi.
Shuni takidlab o'tish lozimki, ta'lim jarayonida uyushtiriladigan didaktik o'yinlar o'quvchilar tafakkurini rivojlantirishda asosiy vosita hisoblanadi. Unga dam olish yoki vaqt o'tkazish vositasi emas, balki ta'lim beruvchi faoliyati sifatida qarash lozim.
Xulosa o'rnida aytish mumkinki, boshlang'ich ta'limning 1-4 sinflari bola hayotida muhim davrni tashkil qilib, o'quvchilarning keyingi davrdagi o'qish jarayoniga bo'lgan tasavvurida eng ahamiyatli davrdir. Dars mashg'ulotlari vaqtida har bir o'qituvchi o'z o'quvchisini dars jarayonida faollashtira olsa, bolaning o'qish, o'zlashtirish, bilim, ko'nikma, malakalarini egallash darajasi yuqori ko'rsatkichlarni tashkil etadi.
Foydalangan adabiyotlar ro'yhati: 1. O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.Mirziyoyev.Toshkent shahri,2019 yil 21 oktabr O'zA.
15A. G'ulomov, M.Qodirov ,M.Ernazarova, A.Bobomurodova, N.Alavutdinova,V.Karimova. Ona tili o'qitish metodikasi. Toshkent -2012.144-bet
16A. G'ulomov, M.Qodirov ,M.Ernazarova, A.Bobomurodova, N.Alavutdinova,V.Karimova. Ona tili o'qitish metodikasi. Toshkent -2012.146-bet
2. O'zbekiston Respublikasi Prezidentining "Oliy ta'lim tizimini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari" to'g'risidagi qarori. - "Xalq so'zi" gazetasi, 2017-yil, 21-aprel.
3. https://fayllar.org/ona-tili-fanidan-oquv-dasturi-1-2-4-sinf-uqtirish-xati.html
4. A. G'ulomov, M.Qodirov,M.Ernazarova, A.Bobomurodova, N.Alavutdinova, V.Karimova. Ona tili o'qitish metodikasi. Toshkent -2012.144-bet.
5. Alifbe Metodik qo'llanmaRohatoy Safarova, Muhayyo Inoyatova, Mirhabib G'ulomov.
6. Dadajon Sayfurov, Dilrabo Malikova. Respublika ta'lim markazi, 2021. A.G'ulomov, M.Qodirov,M.Ernazarova, A.Bobomurodova, N.Alavutdinova, V.Karimova. Ona tili o'qitish metodikasi. Toshkent -2012.144-bet