Научная статья на тему 'BOSHLANG‘ICH SINFLARDA TALAFFUZ MASHQLARI ISHLAB CHIQISH TIZIMINI SHAKLLANTIRISHDA SAVOD O‘RGATISH DARSLARINING O‘RNI VA AHAMIYATI'

BOSHLANG‘ICH SINFLARDA TALAFFUZ MASHQLARI ISHLAB CHIQISH TIZIMINI SHAKLLANTIRISHDA SAVOD O‘RGATISH DARSLARINING O‘RNI VA AHAMIYATI Текст научной статьи по специальности «Фундаментальная медицина»

CC BY
2072
199
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
PEDAGOGIK MAHORAT / TO'G'RI TALAFFUZ OG'ZAKI NUTQ / TOVUSH VA HARF / TA'LIM TEXNOLOGIYASI

Аннотация научной статьи по фундаментальной медицине, автор научной работы — Atamurodova G.

Ushbu maqolada Boshlang‘ich sinflarda savod o‘rgatish darslarida talaffuz mashqlarini ishlab chiqish, o‘quvchi nutqini rivojlantirishda zamonaviy ta’lim texnologiyalardan foydalanish, O‘quvchida sayqallangan, ravon nutqni shakllantirish, tovush-harf tizimini o‘quvchi ongiga har xil pedagogik usullar bilan singdirish hamda o‘quvchini ijodiy fikrlash borasida, savod o‘rgatish darslarining o‘rni va ahamiyati haqida tadqiq etiladi.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

THE ROLE AND IMPORTANCE OF LITERACY TEACHING LESSONS IN THE FORMATION OF A SYSTEM OF PRONUNCIATION EXERCISES IN PRIMARY CLASSES

The article discusses the development of pronunciation in literacy classes in primary school, the use of modern educational technologies in the development of a student’s speech, the formation of a well-honed, fluent speech in a student, various pedagogical techniques and creative thinking skills. student thinking, role and meaning of literacy lessons.

Текст научной работы на тему «BOSHLANG‘ICH SINFLARDA TALAFFUZ MASHQLARI ISHLAB CHIQISH TIZIMINI SHAKLLANTIRISHDA SAVOD O‘RGATISH DARSLARINING O‘RNI VA AHAMIYATI»

TabßUM ea umoea^oH maöyu^mnap (2021 urn №4) ISSN 2181-1709 (P)

BOSHLANG'ICH SINFLARDA TALAFFUZ MASHQLARI ISHLAB CHIQISH TIZIMINI SHAKLLANTIRISHDA SAVOD O'RGATISH DARSLARINING O'RNI VA AHAMIYATI

DOI: https://doi.org/ 10.53885/edinres.2021.87.21.039

Atamurodova Gulnora,

Samarqand davlat universiteti filologiya fakulteti o'zbek tili va adabiyoti yo'nalishi magistranti

Annotatsiya: Ushbu maqolada Boshlang'ich sinflarda savod o'rgatish darslarida talaffuz mashqlarini ishlab chiqish, o'quvchi nutqini rivojlantirishda zamonaviy ta'lim texnologiyalardan foydalanish, O'quvchida sayqallangan, ravon nutqni shakllantirish, tovush-harf tizimini o'quvchi ongiga har xil pedagogik usullar bilan singdirish hamda o'quvchini ijodiy fikrlash borasida, savod o'rgatish darslarining o'rni va ahamiyati haqida tadqiq etiladi.

Kalit so'zlar: pedagogik mahorat, to'g'ri talaffuz og'zaki nutq, tovush va harf, ta'lim texnologiyasi

Abstract: The article discusses the development of pronunciation in literacy classes in primary school, the use of modern educational technologies in the development of a student's speech, the formation of a well-honed, fluent speech in a student, various pedagogical techniques and creative thinking skills. student thinking, role and meaning of literacy lessons.

Key words: pedagogical skills, correct pronunciation, oral speech, sounds and letters, educational technology.

Boshlang'ich ta'limda savod o'rgatish darslarining asosiy maqsadi o'quvchilar nutqini rivojlantirish, til va tafakkur qobiliyatlarini shakllantirishdan iborat. Inson faoliyatining tarixan shakllangan mazmuni gap shaklida umumlashtirgan holda, uni bayon etish va o'zlashtirishda nutqning ham ishtirok etishi birinchi navbatda turadi. Shunday ekan boshlang'ich sinfda talaffuz mashqlarini ishlab chiqish va uni amaliyotga joriy etish, o'quvchilar og'zaki nutqini rivojlantirish yoki unga to'sqinlik qiluvchi kuchlarni aniqlash, ushbu jarayonda, aniq maqsadni ko'zlagan holda pedagogik ta'sir ko'rsatish asosiy mezon hisoblanadi.

Boshlang'ich sinf oquvchilari uchun talaffuz mashqlarini ishlab chiqishda, talaffuz mashg'ulotlari o'quvchilarga faqatgina sayqallangan,

Education and innovative research 2021 y. №4

ISSN 2181-1717 (E) Образование и инновационные исследования (2021 год №4)

-

ravon nutqni egallash yo'llarini emas, balki undan foydalanish madaniyati va mahoratini ham o'rgatib boradi. O'quvchi nutqini rivojlantirish murakkab jarayon bo'lib, unda barcha imkoniyatlar to'laligicha ishga solinsa, og'zaki va yozma ravishda to'g'ri, jozibador, ravon ifodalashga o'rgatish osonlashadi. Natijada esa o'quvchi nutqini rivojlantirishga keng yo'l ochiladi. Boshlang'ich sinfda talaffuz mashqlarini ishlab chiqish jarayonida o'quvchi nutqiga qo'yiladigan bir qancha talablar mavjud bo'lib, ular quyidagilardan iborat. O'quvchilar nutqini rivojlantirish yuqori darajadagi tayyorgarlikni, foydalaniladigan innovatsion pedagogik texnologiyalarning xilma-xil va o'quvchiga qiziqarli bo'lishini talab etadi. Talaffuz mashqlarini o'qitishda pedagogik texnologiyalarning turli xil bir-birini takrorlanmaydigan bo'lishi o'quvchilarning faolligini oshiradi, lug'atini yangi -yangi so'zlar bilan boyitadi, o'quvchida bog'lanishli nutq malakalarini yuqori darajada rivojlantiradi va shu darsga nisbatan qiziqishini yanada oshiradi.

Yuqorida aytib o'tilgan fikr-mulohazalardan shu narsa ayonki, boshlang'ich sinflarda talaffuz mashqlarini ishlab chiqishda, savod o'rgatish va o'qish darslari katta ahamiyatga ega. Ma'lumki,boshlang'ich sinflarda savod уёкпфешкртштп вф;едфилш иyк;йшсршalifbo davri bo'lib, unda o'quvchilar alifbodagi barcha unli va undosh tovush-harflar bilan tanishtiriladi. O'quvchilarning tovush-harflarni yaxshi tushunishlari, elementar o'qishni muvaffaqiyatli egallashlari uchun bo'g'inga bo'lish, so'zlar tarkibidagi bo'g'in chegarasini aniqlash, bo'g'indan esa, tovushni ajratish, tovush va harf munosabatini aniqlash, kesma harflardan bo'g'in tuzish va o'qish, bo'g'in-tovush, tovush-harf tahlili kabi mashqlardan foydalaniladi. So'z tarkibidagi tovushlarni ajratish va uni to'g'ri va ravon talaffuz qilish mashqida o'quvchilarga yangi tovush hamda uning yozuvdagi belgisini ya'ni, harf ko'rinishlarini o'rgatishda, mustahkamlash mashqlarida, albatta, analiz- sintez metodidan foydalaniladi. Bu usul savod o'rganayotgan o'quvchilarning o'qish va yozish malakalarining ongli ravishda o'zlashtirishga imkoniyat yaratadi. Analiz-sintez tovush metodi nutq haqida, nutqning gaplardan, gaplarning so'zlardan, so'zlarning bo'g'inlardan,bo'g'inlarning tovushlardan tuzilishini o'rgatishda, so'zdan o'rganilayotgan tovushlarni ajratib olish, uni o'rganilgan harflarga qo'shib o'qishga o'rgatishda amal qiladi.

Demak, boshlang'ich ta'limning asosiy vazifalardan biri o'quvchilar nutqini o'stirishdir. Buning uchun savod o'rgatish davrida o'quvchilarning talaffuzi ustida ishlash katta ahamiyatga egadir, chunki maktabga ilk qadam qo'ygan bolaning talaffuzida kamchiliklar bo'ladi.

TabMUM ea umoea^on madK,uK,omnap (2021 uun №4) ISSN 2181-1709 (P)

Ier!---

Bunday holatda, bir tovush o'rniga boshqasini talaffuz qilish, so'zdagi ayrim tovushni talaffuz jarayonida tushirib qoldirish yoki bir tovushni orttirib talaffuz qilish kabi holatlari uchrab turadi. Savod o'rgatish jarayonida o'quvchi yuqoridagi xato va kamchiliklarga yo'l qo'yganda, shu zahoti o'qituvchi o'quvchining kamchiliklarini to'g'rilab borishi va qo'shimcha talaffuz mashqlari asosida bunday o'quvchilar bilan alohida shug'ullanishi maqsadga muvofiq bo'ladi. O'quvchilarga tovush va harfni tanishtirish, ularda to'g'ri talaffuzni shakllantirish orqali, ongli ravishda ifodali o'qish, tildagi lug'at boyligini oshirish, bog'lanishli nutqini o'stirish, abstrakt tafakkurini bosqichma bosqich shakllantirish, eshitish, qabul qilish sezgisini o'stirishda ham savod o'rgatish va o'qish darslaridagi yangi pedagogik texnologiyalardan unumli foydalanish o'quvchining o'tilayotgan darsga nisbatan bilim va ko'nikmalarini oshirishda muhim ahamiyat kasb etadi.

Boshlang'ich sinflarda tovushlar va harflar, unli va undosh tovushlarning xususiyatlari bilan tanishtirish murakkab jarayon bo'lgani uchun, savod o'rgatishda tovush tushunchasiga ta'rif berilmaydiro Shunga qaramay o'quvchilarda tovush haqida to'g'ri ilmiy tasavvur amaliy mashqlar yordamida hosil qilinadi. Savod o'rgatish davrida so'zning tovush tarkibi ustida ishlanadi. "Tovush o'zi nima?" degan savol tug'iladi. Tovush kishining murakkab artikulyatsion faoliyat natijasi hisoblangan muayyan akustik ( eshitish ) va perseptiv (idrok etish) xususiyatlari bilan ajralib turadigan eng kichik nutq birligi. Nutq tovushlari artikulyatsion jihatdan talaffuz a'zolarining murakkab natijasida paydo bo'ladi. Nutq tovushlarini hosil qiluvchi vosita (tebrantiruvchi kuch) o'pkadan nafas yo'li orqali chiqib avval bo'g'izga va undan og'iz bo'shlig'iga va ba'zan burun bo'shlig'iga o'tadigan havo oqimidir. Dastlab o'quvchilarni tovush bilan tanishtirishda ularga yaqin va tushunarli bo'lgan so'zni tanlab, shu so'z tarkibidagi tovushlarni ajratish maqsadga muvofiqdir. Bu kabi misollar maktab darsliklarida ham keltirib o'tilgan.

Shuni ta'kidlash joizki, savod o'rgatishda bir turdagi mashg'ulotlar uzoq davom etsa, o'quvchilar tez charchaydi? zerikadi va darsga nisbatan qiziqishi susayadi. Shuning uchun mashg'ulotlarning turi va usullarini o'zgartirib turish maqsadga muvofiqdir. Dastlabki mashq turlari ta'sirchanlik va mo'jizakorlik jihatidan yangi pedagogik texnologiyalar asosida ishlab chiqilgan bo'lish kerak. Chunki o'quvchilar yozish va o'qishdek aqliy faoliyatga birdaniga kirisha olmaydilar. Savod o'rgatishning asosiy tamoyili adabiy til me'yorlariga rioya qilgan holda, qisqa va lo'nda, ta'sirchan va tabiiy, muloyim va ravon bo'lishi

ISSN 2181-1717 (E) Образование и инновационные исследования (2021 год №4)

-

o'quvchilar diqqatini jamlashda katta ahamiyatga ega. O'qituvchi savod o'rgatish darslarida ba'zan sinf doskasiga bo'g'in, so'z va gaplarni avvaldan dona- dona qilib yozib qo'yilsa, guruhga ovoz chiqarib o'qish qulay bo'ladi. Doimo kitobdan o'qitaverish o'quvchini tez toliqtirishi va zerikishini e'tiborga olib, ish turini tez-tez o'zgartirib turish lozim. Chex pedagogi Komenskiy ta'limning asosiy qoidasi "Sinfga surat olib kirishing bilan soqov ham tilga kiradi" iborasini qo'llashi bejizga emas. Ayniqsa, ta'lim jarayonida mavhum tafakkuri yaxshi rivojlanmagan boshlang'ich maktab yoshidagi o'quvchilarning barcha sezgi organlari ishtirok etishi kerak: ko'rish,eshitish, hatto ta'm bilish sezgisi ham, chunki ular aniq narsa, ko'zi bilan ko'rib turgan narsa va hodisaga qarab fikrlaydi. Bu esa "Alifbo" darsligida ham hisobga olingan. Unda mazmunli va ko'rgazmali o'quv qurollari, gap, bo'g'in so'zga oid nusxalar bundan tashqari multimediyali o'quv dasturlar, lingafondan foydalanish, ya'ni, eshituv a'zolari orqali to'g'ri talaffuzni shakllantirish, nutq tovushlarini, tilining talaffuz me'yyorlarini audio-vedio orqali o'quvchilar ongiga singdirish, kommunikativ savodxonlikni ta'minlash maqsadida kompyuter o'quv dasturlaridan foydalanish ijobiy natijalarga olib keladi.

Xulosa qilib aytganda, savod o'rgatish darslarida o'quvchi nutqini rivojlantirish,ularni mustaqil fikrlashga o'rgatish, bugungi globallashuv va jamiyat taraqqiyoti talabi darajasiga mos keladigan iste'dodli, iqtidorli, mulohazali, dunyo qarashi keng ijodiy fikrga ega bo'lgan komil insonni tarbiyalashni taqozo etadi. Shunday ekan, maktablarda boshlang'ich sinflarda savod o'rgatish darslariga muvofiq keladigan samarali usullarni belgilash va ularni amalga oshirishda o'quvchilarning individual va psixologik xususiyatlarini hisobga olgan holda, ta'lim jarayonini to'g'ri tashkillashtirish o'qituvchining asosiy vazifasi hisoblanadi.

Foydalanilgan adabiyotlar l.T.G'afforova, X.G'ulomova, G.Eshturdiyeva. 1-sinfda savod darslari. Toshkent. "O'qituvchi", 1996. 6-bet.

2. G'oyibnazar Ernazarov. Boshlang'ich sinflarda ona tili o'qitish metodikasi. Toshkent. "Ilm ziyo", 2013. 9-bet.

3.Q.Abdullayeva, R.Nazarov, Sh.Yo'ldosheva. Savod o'rgatish metodikasi. Toshkent. "O'qituvchi" , 1996. 11-bet.

4. T.G'afforova, X.G'ulomova, G.Eshturdiyeva. 1-sinfda savod darslari. Toshkent. "O'qituvchi", 1996. 7-bet.

5. T.G'afforova, X.G'ulomova, G.Eshturdiyeva. 1-sinfda savod

TabßUM ea uннoeaцuoн maÖK,uK,omnap (2021 üun №4) ISSN 2181-1709 (P)

-"--

darslari. Toshkent. "O'qituvchi", 1996. 9-bet.

6. K.Qosimova, S.Matjonov, X.G'ulomova, Sh. Yo'ldosheva, Sh.Sariyev. Ona tili o'qitish metodikasi. Toshkent "Nosir", 2009. 33-bet.

7. B.To'xliyev, M.Shamsiyeva, T. Ziyodova. O'zbek tili o'qitish metodikasi.Toshkent. "O'zbekiston yozuvchilar uyushmasi Adabiyot jamg'armasi", 2006. 3-bet.

8.https://mehnat.uz

9.https://www.gazeta.uz

10.https//uz.m.wikipedia.org

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.