BOSHLANG'ICH SINFLARDA ONA TILI O'QITISH METODIKASI
Nodira Ma'murjon qizi Erkinova
Andijon davlat universiteti Filologiya va tillarni o'qitish fakulteti talabasi https://doi.org/10.5281/zenodo.6632767 Annotatsiya. Hozirda mamlakatimizda ona tilini rivojlantirishga katta e'tibor qaratilib, maktablarda, ta'lim muassasalarida ona tilini o'qitishda turli innovatsion va pedagogik texnologiyalardan foydalanish ustuvorlik kasb etmoqda. Ushbu maqola boshlang'ich sinflarda ona tilini o'qitish metodikasiga bag'ishlangan.
Kalit so'zlar: ilmiylik, tizimlilik, izchillik, onglilik, ko'rsatmalilik, faollik, mustaqillik prinsplari, ijodiy tafakkurni o'stirish, matn yaratish.
МЕТОДИКА ОБУЧЕНИЯ РОДНОМУ ЯЗЫКУ В НАЧАЛЬНОЙ ШКОЛЕ Аннотация. В настоящее время в стране большое внимание уделяется развитию родного языка, и использование различных инновационных и педагогических технологий при обучении родному языку в школах и общеобразовательных учреждениях является приоритетным направлением. Данная статья посвящена методике обучения родному языку в начальной школе.
Ключевые слова: научный, системный, последовательный, сознательный, демонстративный, активный, принципы самостоятельности, развитие творческого мышления, текстотворчество.
METHODS OF TEACHING NATIVE LANGUAGE IN PRIMARY SCHOOL Abstract. At present, the country pays great attention to the development of the mother tongue, and the use of various innovative and pedagogical technologies in the teaching of the mother tongue in schools and educational institutions is a priority.This article is devoted to the methods of teaching the mother tongue in primary school.
Keywords: scientific, systematic, consistent, conscious, demonstrative, active, principles of independence, development of creative thinking,text creation.
KIRISH
Boshlang'ich sinflarda ona tili o'qitish metodikasi yuqori sinflarda ona tili o'qitish metodikasining dastlabki bosqichi bo'lib, u tekshiradigan masalalarni boshlang'ich sinf o'quvchilariga tadbiqan (muvofiq ravishda) o'rgatadi. Shu bilan birga, boshlang'ich sinflarda ona tili o'qitish metodikasining o'ziga xos xususiyatlari mavjud. Boshlang'ich sinflarda ona tilini o'qitish grammatika, imlo va unga bog'liq holda nutq o'stirish metodikasinigina emas, balki xat-savod o'rgatish, sinfda va sinfdan tashqari o'qish metodikalarini ham o'z ichiga oladi. Shulardan kelib chiqib, boshlang'ich sinflarda ona tili o'qitish metodikasi fani quyidagi vazifalarni ajaradi:
a) boshlang'ich sinflarda ona tili kursining m azm uni, hajmi va mavjud tizimini, ya'ni kursning (xat-savod o'rgatish, o'qish, gram -matika, imlo, nutq o'stirish va h.k.) dasturini belgilash va asoslash;
b) o'qish va yozuvdan bilim va ko'nikmalarning shakllanishi jarayonini ham da bu jarayonda o'quvchilar duch keladigan qiyinchiiiklarni o'rganish, xatolarning sababini tahlil qilish, ularning oldini olish va to'g'rilashga yordam beradigan ish turlarini ishlab chiqish;
d) ona tilidan beriladigan o'quv materialini o'quvchilar aniq tushunishi va puxta o'zlashtirishiga, ularda olgan bilimlarini amaliyotda tatbiq eta olishga va o'quvchilam ing
umumiy taraqqiyotiga, ya'ni ularning zehnini, xotirasini, kuzatuvchanligini, yodda saqlashini, mantiqiy tafakkurini, ijodiy o'ylashini, nutqini o'stirishga yordam beradigan m etod va vositalarni ishlab chiqish;
e) ona tilini o'rgatish bilan bog'liq holda maktablar oldiga qo'yilgan tarbiyaviy vazifalarni amalga oshirish, o'quvchilarda axloqiy va estetik sifatlarni shakllantirish. TADQIQOT MATERIALLARI VA METODOLOGIYASI
Keyingi yillarda mustaqillik sharofati bilan ta'limni tubdan isloh qilish davlat siyosatining asosiy yo'nalishiga aylandi. „Ta'lim to'g'risida"gi qonun va shu asosda yaratilgan „Kadrlar tayyorlash milliy dasturi" buning yorqin dalilidir. Darsni tashkil etish, boshqarish, nazorat qilishda o'quvchi va o'qituvchi faoliyatiga qo'yiladigan talablar, didaktik qoidalar ta'lim prinsplari hisoblanadi. Bu prinsplar har fanda o'ziga xos tadqiq etiladi. Biz quyida ona tili fanini o'qitishda qo'llaniladigan prinsplar xususida so'z yuritamiz. Tizimlilik va izchillik prinspi. O'zbek tili o'qitishda tizimlilik va izchillik prinsipi muhim o'rin tutadi. Til fanining bo'limlarini bir tartibda o'rganish shu prinspga mos tushadi. Ona tili fanini o'rgatishda dastlab fonetika, leksika haqida, shundan so'ng so'z yasash, so'z tarkibi, morfologiya va sintaksis haqida ma'lumot beriladi. Bu esa yuqoridagi prinspga amal qilinganligini bildiradi. Ona tili o'qitishda nazariyani amaliyotga bog'lash ham muhimdir. Buning uchun fonetika va grammatikadan har bir mavzu orfografiya yoki punktuatsiya bilan, orfoepiya yoki lug'at bilan bog'liq holda o'tilishi lozim. Bu prinspni amalga oshirish uchun grammatik qoidalarga mos misollarni jonli nutqdan olish, qoidalarni mustahkamlashda o'quvchilarning ijodiy tafakkurini o'stirishga yordam beradigan mashqlardan foydalanish zarur bo'ladi.Ona tili o'qitishda onglilik ham muhim o'rin egallaydi.
TADQIQOT NATIJALARI
Onglilik prinspi ta'rif yoki qoidaning o'quvchilar tomonidan ongli o'zlashtirilishiga tirishmoqni talab etadi:
1. O'qitishda ongli verbal-kognitiv ta'limga (OVKT) asoslanish
2. Til materiali va ta'lim oluvchilarning yosh psixologiyasi mutanosibligiga e'tibor berish.
3. O'quvchilarda mustaqil va ijodiy mushohada malakalarini mustahkamlash
4. Darsni ma'lum bir tizimda olib borish
5. Mavzulararo bog'lanishga e'tibor berish
6. Nutqiy malakalarni mustahkamlash va til sezgirligini oshirish
Ilmiylik prinsipi o'quv predmetlarini hozirgi fan yutuqlari zaminida bayon qilishni talab etadi. Tushunarlilik prinsipi esa o'quv predmetini bolalarning yoshi, shaxsiy xususiyatlari, hayotiy tajribalari, tayyorgarlik darajasiga moslashtirishni taqozo etadi. Bu ikki prinsp bir-birini to'ldiradi. Bu prinsplarni amalga oshirishda quyidagilarga etibor berish talab etiladi:
- til sathlarini o'zaro bog'liqlikda o'rgatish;
- o'qituvchining fan yangiliklaridan xabardor bo'lib turishi kerak;
- o'qituvchi butun fikrini ilmga asoslanib bayon etishi lozim;
- til va nutqni farqlab o'qitishning, ixcham va talaffuz meyorlariga mos bo'lishi;
- ayrim o'quvchilarga individual munosabatda bo'lish.
XULOSA
Ko'rgazmali quroldan yangi bilim berishda ham, o'tilganlarini qaytarish va ayrim faktlarni izohlashda ham foydalanish mumkin. Ko'rgazma sifatida turli jadvallardan,
boshqotirmalardan, fikrlash jarayonini tezlashtirishga qaratilgan o'quv topshiriqlaridan, kompyuterda ishlashga yo'naltirilgan dasturlardan, audiyo-video o'quv dasturlaridan foydalanish mumkin.
Foydalanilgan adabiyotlar
1. O'zbekiston Pespublikasining "Ta'lim to'g'risidagi Qonuni". 1997-y-avgust.
2. B.To'xliyev, M.Shamsiyeva, T.Ziyadova. "O'zbek tili o'qitish metodikasi" Toshkent. "Yangi asr avlodi" nashriyoti. 2006-y.
3. A.G'ulomov, M.Qodirov "Ona tili o'qitish metodikasi" Toshkent. "Universitet" nashriyoti. 2001-y.
4. O'zbekiston Milliy ensiklopediyasi.— T.: „O'zbekiston Milliy ensiklopediyusi" Davlat ilmiy nashriyoti, 2003,— 5-jild, 613-bet.
5. UshinskiyK.D. Tanlangan pedagogik asarlar. — Toshkent: ''O'zdavnashr",1959 - 49-bet.