Научная статья на тему 'UMUMIY O’RTA TA’LIM MAKTABLARIDA ONA TILI FANINI O’QITISHDA O’QUVCHILAR NUTQINI O’STIRUVCHI METODLARDAN FOYDALANISHNING AHAMIYATI'

UMUMIY O’RTA TA’LIM MAKTABLARIDA ONA TILI FANINI O’QITISHDA O’QUVCHILAR NUTQINI O’STIRUVCHI METODLARDAN FOYDALANISHNING AHAMIYATI Текст научной статьи по специальности «Языкознание и литературоведение»

CC BY
1321
109
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
metod / metodika / nutq / nutq mazmundorligi / til vositalari / akvarium metodi / juft-juft muloqot usuli / method / methodology / speech / speech content / language tools / aquarium method / pair communication method

Аннотация научной статьи по языкознанию и литературоведению, автор научной работы — Mavjuda Ochilovna Esanova

Ushbu maqolada umumiy o’rta ta’lim maktablarida ona tili fanini o’qitishda o’quvchilar nutqini o’stiruvchi metodlardan foydalanishning ahamiyati, o’quvchilar nutqini o’stirishdagi zaruriyatlar va talablar muhokama etilib, ushbu mavzu doirasida o’rganilgan bilimlar tahlil etilgan. Shuningdek, hozirgi kunda umumiy o’rta ta’lim maktablarida ona tili fanini o’qitishda o’quvchilar nutqini o’stirishda foydalanilgan turli metodlar asoslab berilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

THE IMPORTANCE OF USING METHODS THAT INCREASE PUPIL’S SPEECH IN TEACHING MOTHER TONGUE IN GENERAL SECONDARY SCHOOLS

This article discusses the importance of using methods that increase pupil’s speech in teaching mother tongue in general secondary schools, the needs and requirements for developing pupil’s speech, and analyzes the knowledge have been studied in this topic. Thus, nowadays using the various methods to increase pupils’ speech in teaching mother tongue in general secondary schools based on in this article.

Текст научной работы на тему «UMUMIY O’RTA TA’LIM MAKTABLARIDA ONA TILI FANINI O’QITISHDA O’QUVCHILAR NUTQINI O’STIRUVCHI METODLARDAN FOYDALANISHNING AHAMIYATI»

UMUMIY O'RTA TA'LIM MAKTABLARIDA ONA TILI FANINI O'QITISHDA O'QUVCHILAR NUTQINI O'STIRUVCHI METODLARDAN

FOYDALANISHNING AHAMIYATI

Mavjuda Ochilovna Esanova

Toshkent shahar Yashnobod tumani 206-umumta'lim maktab ona tili va adabiyot

o'qituvchisi

ANNOTATSIYA

Ushbu maqolada umumiy o'rta ta'lim maktablarida ona tili fanini o'qitishda o'quvchilar nutqini o'stiruvchi metodlardan foydalanishning ahamiyati, o'quvchilar nutqini o'stirishdagi zaruriyatlar va talablar muhokama etilib, ushbu mavzu doirasida o'rganilgan bilimlar tahlil etilgan. Shuningdek, hozirgi kunda umumiy o'rta ta'lim maktablarida ona tili fanini o'qitishda o'quvchilar nutqini o'stirishda foydalanilgan turli metodlar asoslab berilgan.

Kalit so'zlar: metod, metodika, nutq, nutq mazmundorligi, til vositalari, akvarium metodi, juft-juft muloqot usuli

THE IMPORTANCE OF USING METHODS THAT INCREASE PUPIL'S SPEECH IN TEACHING MOTHER TONGUE IN GENERAL SECONDARY

SCHOOLS

ABSTRACT

This article discusses the importance of using methods that increase pupil's speech in teaching mother tongue in general secondary schools, the needs and requirements for developing pupil's speech, and analyzes the knowledge have been studied in this topic. Thus, nowadays using the various methods to increase pupils' speech in teaching mother tongue in general secondary schools based on in this article.

Keywords: method, methodology, speech, speech content, language tools, aquarium method, pair communication method

KIRISH

Har bir millat, elatning o'z ona tili bor va ushbu ona tilining taraqqiy etishi har bir millat, elat, xalqning ijtimoiy rivojlanish bilan chambarchas bog'liqdir.Bizga ma'lumki, ona tili lug'at tarkibi, asosan, shu tilga mansub xalqning turmushi, madaniyati va an'analarini ifodalaydigan so'z va tushunchalardan iborat bo'ladi. O'sib kelayotgan yosh avlod kamolga yetar ekan, kuchli bilim va salohiyatga ega bo'lishda ona tilini bilish muhim ahamiyat kasb etadi.

Bizning ona tilimiz - O'zbek tili. Ushbu til tarixini o'rganar ekanmiz, o'zbek tili dunyo tillari ichida mavqeiga ko'ra 41- o'rinda turadi. Mazkur tilda dunyo tamadduniga tamal toshini qo'ygan, insoniyat svilizatsiyasiga salmoqli, ulkan hissa qo'shgan olim va mutafakkirlar ijod etishgan.

O'quvchi yoshlarga ilmning ilk dargohi bo'lmish - maktabda o'qituvchilarimiz umumiy o'rta ta'lim maktablarida ona tilini o'rgatar ekan, uni o'rgatishda turli ta'lim berish usullari, metodlari va vositalarini mohirona qo'llay olishi zarur. Shuningdek, ona tilini o'qitish metodikasini bilish o'quvchilarga o'zbek tilini o'rgatish yo'llari va vositalari, ona tilini egallash, ya'ni nutqni, o'qish va yozishni, grammatika va imloni o'zlashtirib olish to'g'risidagi ilmga ega bo'lishdir.

ADABIYOTLAR TAHLILI VA METODOLOGIYA

Umumiy o'rta ta'lim maktablarida ona tili fanini o'qitishda o'quvchilar nutqini o'stiruvchi metodlardan foydalanishning ahamiyatini o'rganar ekanmiz, Ona tili o'qitish metodikasi bo'yicha K. Qosimova|, S.Matchonov, X. G'ulomova, Sh. Yo'ldosheva, Sh. Sariyev (Ona tili o'qitish metodikasi), A. G'ulomov(Ona tili o'qitish prinsiplari va metodlari) va boshqa metodik adabiyotlarda ona tilini egallash, ya'ni nutqni, o'qish va yozishni, grammatika va imloni o'zlashtirib olish to'g'risida ma'lumotlar keltirib o'tilgan.

NATIJALAR VA MUHOKAMA

Nutq kishilar o'rtasidagi o'zaro aloqa va xabar, o'z fikrini his-hayajon bilan ifodalash va boshqalarga ta'sir etish vazifasini bajaradi. Yaxshi rivojlangan nutq jamiyatimizda kishi faoliyatining muhim vositalaridan biri sifatida muloqot vositasi bo'lib xizmat qiladi. O'quvchi uchun esa nutq maktabda muvaffaqiyatli ta'lim olish qurolidir.

O'quvchilar nutqini o'stirish uchun bir necha zaruriyatlarga rioya qilish zarur:

1. Kishi nutqining yuzaga chiqishi uchun talab bo'lishi kerak. O'quvchilar nutqini o'stirishning metodik talabi o'quvchi o'z fikrini, nimanidir og'zaki yoki yozma bayon qilish xohishini va zaruriyatini yuzaga keltiradigan vaziyat yaratish hisoblanadi.

2. Har qanday nutqning mazmuni, materiali bo'lishi lozim. Bu material qanchalik to'liq, boy, qimmatli bo'lsa, uning bayoni shunchalik mazmunli bo'ladi. Shunday ekan, o'quvchilar nutqini o'stirishning ikkinchi sharti nutqqa oid mashqlarning materiali haqida bo'lib, o'quvchi nutqi mazmunli bo'lishi uchun g'amxo'rlik qilish hisoblanadi.

3. Fikr tinglovchi tushunadigan so'z, so'z birikmalari, gap, nutq birliklari yordamida ifodalansagina tushunarli bo'ladi. Shuning uchun nutqni muvaffaqiyatli o'stirishning uchinchi sharti — nutqni til vositalari bilan qurollantirish hisoblanadi. O'quvchilarga til namunalarini berish, ular uchun yaxshi nutqiy sharoit yaratish zarur. Nutqni eshitish va undan o'z tajribasida foydalanish natijasida bolalarda ta'lim metodikasi asoslanadigan ongli ravishda „tilni sezish" shakllanadi.

Nutq o'stirishning metodik sharti nutqiy faoliyatning keng tizimi bo'lmish, yaxshi nutq namunasini idrok etish va o'rgangan til vositalaridan foydalanib, o'z fikrini bayon etish uchun sharoit yaratishdir.

Nutq o'stirishda izchillik to'rt shartni, ya'ni mashqlarning izchilligi, istiqboli, xilma-xilligi, turli-xil mashq turlarini umumiy ta'lim maqsadiga bo'ysundirish ko'nikmasini amalga oshirish bilan ta'minlanadi. Har bir yangi mashq oldingisi bilan bog'lanadi va keyingisiga o'quvchilarni tayyorlaydi, umumiy maqsadga bo'ysungan holda yana qandaydir yangilik qo'shadi.(Masalan: 6 sinf ona tili darsligi "Hozirgi zamon shakllari" mavzusida qoidalar tushuntirilib, mashqlar berilgan va har bir yangi mashq keyingisi bilan bog'langan.) 1- rasm.

HOZIRGI ZAMON SHAKLLARI

1-topshiriq. Berilgan so'zlarni tarkibiy qismlarga ajrating. So'zlayapti, yotmoqda, kelayotir, borayotibman.

2-topshiriq. -yap, -nioqda, -(a)yotir, -(a) yotib qo'shimchalari fe'lning asos qismidan anglashilgan harakatining qaysi zamonga man-subligini ifodalashini aniqlang.

BILIB OLING. Hozirgi zamon shakllari fe'l asosla-riga -yap(ti), -mttqda, -(a)yotir, -(a)yotib qo'shinichalarini qo'shish bilan hosil qilinadi. Hozirgi /anion shakllari ha-rakal va holalniiig gap aytilayolgan vaqlda y uz berishini ifodalaydi. Shaxs-son qo'shimchalari /anion qo'shim-chalaridan so'ng qo'shiladi.

215-niashq. Berilgan gaplanda hozirgi zamon ma'nosini ifodalagan fc'Harni lopib, tarkibiy qismlarga ajraling.

1 Scn ko'rmayapsan, oshna, oy bolib, yulduzlar birin-kclin so'nib boryapti. (O. Yoqubov). 2. O'qishlar boshlanib, o'quvchilar ham maklabga kelyapti. («Gulxan»dan) 3. Yo'llaming chckkasidügi gullar barchagH salom berayotir. («G'uncha*dün) 4. Ko'chadagi shamcbiroqlar xira-xira shu'la sochmoqda. (Tog'ay Munid) 5. Hozir dolzarb payr. barclia yeng shimarib ishlamoq-da. (Tog'ay Murod)

1-rasm. 6 sinf ona tili darsligi "Hozirgi zamon shakllari" mavzusi.

Maktabda o'quvchilar nutqini o'stirishga ona tili o'qitishning asosiy vazifasi deb qaraladi. Nutq o'stirish faqat ona tili va o'qish darslarininggina emas, balki o'quv rejasidagi barcha fanlar (tabiatshunoslik, matematika, mehnat, tasviriy san'at, ashula darslari)ning, shuningdek, sinfdan tashqari o'tkaziladngan tadbirlarning ham vazifasidir. O'quvchilar nutqini o'stirishda aniq belgilangan bir qator talablarga rioya qilinadi:

1. O'quvchilar nutqi mazmundor bo'lsin. Hikoya yoki insho o'quvchilar uchun yaxshi ma'lum bo'lgan dalillar, ularning kuzatishlari, hayotiy tajribalari, kitoblardan, rasmlardan, radioeshittirish va teleko'rsatuvdan olgan ma'lumotlari asosida tuzilsagina mazmunli bo'ladi. Bolalar bilmagan narsa, ko'rmagan voqea-hodisalar haqida yetarli tayyorgarliksiz so'zlashga yo'l qo'yilsa, nutq mazmunsiz chiqadi. Nutq o'stirish metodikasi hikoya, insho uchun materialni puxta tayyorlashni, ya'ni material yig'ish, uni muhokama qilish, to'ldirish, asosiy mazmunni ajratish, zaruriy izchillikda joylashtirishni talab qiladi. Albatta, bunda o'quvchilaming yosh xususiyatlari va qiziqishlari ham hisobga olinadi.

2. Nutqda mantiqiylik bo'lsin. O'quvchilar nutqi mantiqan to'g'ri bo'lishi, fikr izchil, asosli bayon etilishi, asosiy o'rinlar tushirib qoldirilmasligi va o'rinsiz takrorga, mavzuga taalluqli bo'lmagan ortiqchalikka yo'l qo'yilmasligi talab etiladi. Nutqning mantiqiyligi narsa, voqea-hodisalarni yaxshi bilish bilan belgilanadi, mantiqiy xato esa material mazmunini aniq bilmaslik, mavzuni o'ylamasdan noqulay tanlash natijasida

kelib chiqadi. Bu ikki talab nutqning mazmuni va qurilishiga taalluqlidir. Nutqni til jihatidan shakllantirishga oid talablar ham mavjud.

3. Nutq aniq bo'lsin. O'quvchi dalillar, kuzatishlar, taassurotlarini haqiqatga mos ravishda oddiy bayon etibgina qolmay, shu maqsadning eng yaxshi til vositalaridan (so'z, so'z birikmasi, gaplardan) foydalangan holda, maxsus tasvirlar bilan ifodalashga o'rgansin.

4. Nutq til vositalariga boy bo'lsin. Mazmunni aniq ifodalash uchun o'quvchi nutqi til vositalariga boy bo'lishi, u har qandayvaziyatda ham kerakli sinonimlardan, xilma-xil tuzilgan gaplardan mazmunga eng mosini tanlab foydalana olish ko'nikmasiga ega bo'lishi zarur. Albatta, boshlang'ich sinf o'quvchilariga til boyligi yuzasidan yuqori talab qo'yib bo'lmaydi, ammo o'qituvchi o'quvishlarida ularning so'z boyligini oshirib borishni har vaqt ko'zda tutishi kerak.

5. Nutq tushunarli bo'lsin. Og'zaki nutq eshituvchiga, yozma nutq esa uni o'quvchiga tushunarli bo'lishi zarur. So'zlovchi yoki yozuvchi nutqini eshituvchining yoki o'quvchining imkoniyatini, qiziqishini hisobga olgan holda tuzsa, uni hamma birdek, hech qiyinchiliksiz tushunadi.

6. Nutq ifodali bo'lsin. Agar nutq ifodali, ya'ni jonli, ishontiradigan bo'lsa, eshituvchiga yoki o'quvchiga ta'sir etadi. Og'zaki nutq eshituvchiga intonatsiya orqali ta'sir etsa, og'zaki nutq ham, yozma nutq ham tinglovchi va o'quvchiga hikoyaning umumiy ruhi, dalillar, tanlangan so'zlar, ularning emotsionalligi, tuzilgan jumla, iboralar yordamida ta'sir etadi. Nutqning tushunarli va ifodali bo'lishi har qanday shevaga xos va ortiqcha so'zlardan xoli bo'lishini taqozo etadi.

7. Nutq to'g'ri bo'lsin. Maktab o'quvchilari uchun nutqning adabiy til me'yorlariga mos va to'g'ri bo'lishi alohida ahamiyatga ega. Yozma nutq grammatika, imlo va punktuatsiya jihatidan, og'zaki nutq esa orfoepik jihatdan to'g'ri tuzilishi talab etiladi. Nutqning to'g'ri bo'lishi uchun so'z tanlash va nutq logikasi katta ahamiyatga ega.

Hozirgi kunda umumiy o'rta ta'lim maktablarida ona tili fanini o'qitishda o'quvchilar nutqini o'stiruvchi turli metodlardan foydalanib kelinmoqda. Metod so'zining asl ma'nosiga to'xtalar ekanmiz, "metod" bilimni amaliy va nazariy egallash, o'zlashtirish, o'rganish, bilish uchun yo'l-yo'riq, usullar majmuasi, turli fanga oid bilimlarni yaratish va asoslash usulidir.

O'quvchilar nutqini o'stirishda ularga quyidagi: "O'quvchilarni atrof-muhit bilan tanishtirish, nutqini o'stirish, boyitish.", "Nutqning grammatik tomonini shakllantirish.", "Nutqning tovush madaniyatini tarbiyalash.", "So'zlashuv nutqini (dialog) shakllantirish.", "Hikoya qilishga o'rgatish (monologik nutqni shakllantirish)." "O'quvchilarni badiiy adabiyot bilan tanishtirish." kabi bahs-munozaraga oid bo'lgan mavzularda "Akvarium" metodidan foydalanish samarali natijalarni bergan. Ushbu metodni qo'llashda o'qituvchi tomonidan o'quvchilar 2 guruhga saralanadi. 1-guruh ishtirokchilari o'qitvchi bilan birga doira shakli bo'ylab o'tiradilar. Ular -

«baliqlar». Ularning atrofiga 2-guruhning qolgan ishtirokchilari o'tiradilar (yoki turadilar). Ular - «baliq ovchilari».

l.Ichki doira a'zolari («baliqlar») o'qituvchi taklif qilgan savolni faol muhokama qiladilar. "Baliq ovchilari" esa kuzatib turadilar va savolni muhokama qilayotgan biron o'quvchining fikri ularni qiziqtirib qolganda jarayonga kirishadilar: qo'shimcha qiladilar, savol beradilar, aniqlashtiradilar. Shunda «baliq ovchisi» fikri uni qiziqtirib qolgan «baliq»ning yoniga turib olishi kerak.

Bir muammoning (savol, masalaning) muhokamasi tugaganidan so'ng ishtirokchilar joylari bilan almashadilar (doiradan tashqarida turganlar endi doira bo'ylab o'tiradilar). Barcha ishtirokchilar doirada o'tirishlari maqsadga muvofiqdir.

Ushbu metodning afzalliklari: ishtirokchilarga norasmiy sharoitda fikr almashishga, berilgan muammoni (masalani) hal qilish bo'yicha o'z nuqtai nazarlarini bayon etishga imkon yaratadi. Muhokama jarayoniga erkin qo'shilish va undan chiqib ketishga imkon beradi. Tahliliy fikrlash, e'tibor jamlash va kuzatuvchanlikni rivojlantiradi. Nutqni va teskari aloqa texnikasini rivojlantiradi.

Shuningdek, ushbu metodning afzalsizliklari: muammoni muhokama qilishda barcha o'quvchilar faol ishtirok etish jarayonida bahs-munozalar, nizolar yuzaga kelishi mumkin. Shu bois o'qituvchi yaxshi tayyorlanishi va kuchli qarama-qarshiliklar paydo bo'lishiga yo'l bermaydigan uslublarni bilishi lozim.

Aniq nazorat bo'lishini talab qiladi. Jarayon davomida ayrim o'quvchilar undan chiqib qolishlari (jarayonda ishtirok etmasliklari) mumkin. O'qituvchi muammoni muhokama qilishga barcha o'quvchilarni jalb qilish usullarini o'ylab chiqishi kerak.

Bundan tashqari,yana bir qiziqarli metodlardan biri, "Juft-juft muloqot» usulidir. Ushbu usulda biror mavzu bo'yicha yonma-yon o'tirgan o'quvchilarni o'zaro muloqotga chorlash, o'zaro fikr almashish va ularning ba'zilarini tinglash ya'ni biror mavzu bo'yicha yonma-yon o'tirgan o'quvchilarga biror topshiriq, vazifa yoki mashq berish va ularni birgalikda topshiriqda keltirilgan muammo (masala) yechimini topishga chorlash, yechimlarni eshitish va baholash.

Ba'zi hollarda o'quvchilar bir-birlariga navbatma-navbat savol bilan yuzlanishlari ham mumkin. Bunday holda savol javobi savol bergan o'quvchi tomonidan tinglanishi (tekshirilishi) va baholanishi lozim bo'ladi.

Juftlikda ishlash mavzusini tanlayotganda alohida ehtiyot bo'lish zarur. Bu mavzu ko'pchilik tomonidan o'zlashtirilgan bo'lishi lozim, aks holda juftlarda ish ketmasligi mumkin.

XULOSA

Xulosa qilar ekanmiz, umumiy o'rta ta'lim maktablarida ona tili fanini o'qitishda o'quvchilar nutqini o'stiruvchi turli interfaol, pedagogik ta'lim metodlardan foydalanish ta'lim samaradorligini oshirib, bilimlarni asosli va puxta egallashga xizmat qiladi.

REFERENCES

1. A. G'ulomov. Ona tili o'qitish prinsiplari va metodlari. - Toshkent.: „O'qituvchi", 1992.

2. Karima Qosimova, Safo Matchonov,Xolida G'ulomova, Sharofat Yo'ldosheva, Sharoljon Sariyev. - Toshkent.: - "Nosir",2009

3. S. Matchonov, X. G'ulomova. Nutq madaniyati. //„Boshlang'ich ta'lim".jurnali. -Toshkent, 2000. — 1. 8 — 10-betlar.

4. Sh. Sariyev. Savod o'rgatish darslarida nutq o'stirish. // "Boshlang'ich ta'lim". jurnali. - Toshkent, 1997. — № 4. 23-bet.

5. Yu. K. Babanskiy. Hozirgi zamon umumiy ta'lim maktabida o'qitish metodlari. -Toshkent.: „O'qituvchi", 1990.

6. Qodirova F.R., Qodirova R.M. Bolalar nutqini rivojlantirish nazariyasi va metodikasi. T.:, 2006.

7. D.R.Babayeva. Nutq o'stirish nazariyasi va metodikasi.- Toshkent.: 2018

8. Sh. Qodirova. Nutq o'stirish nazariyasi va metodikasi.T.:2018.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.