ZAMONAVIY LINGVODIDAKTIKA PRINSPLARI VA INTEGRATSIYASINING
NAZARIY ASOSLARI Nomozova Zarnigor Abdimo'minovna
TerDu O'zbek filologiyasi fakulteti talabasi, Denov tuman 8-maktab o'qituvchisi https://doi.org/ 10.5281/zenodo.6569305
Annotatsiya: Mazkur maqolada lingvodidaktikaning rivojlanish tarixi va zamonaviy lingvodidaktika prinsplari haqida batafsil ma'lumotlar bayon etilgan. Shuningdek, lingvodidaktika integratsiyasining nazariy asoslari yoritib berilgan.
Kalit so^zlar: zamonaviy lingvodidaktika, tilshunoslik, integratsiya, prinsp, nazariy tushuncha asoslari, lingua.
THEORETICAL FUNDAMENTALS AND PRINCIPLES OF MODERN LINGUVODIDACTICS AND INTEGRATION Annotation: This article provides detailed information on the history of the development of lingvodidactics and the principles of modern lingvodidactics. The theoretical foundations of linguodidactical integration are also covered.
Keywords: modern lingvodidactics, linguistics, integration, principle, basics of theoretical concepts, lingua.
ТЕОРЕТИЧЕСКИЕ ОСНОВЫ И ПРИНЦИПЫ СОВРЕМЕННОЙ ЛИНГУВОДИДАКТИКИ И ИНТЕГРАЦИИ Аннотация: В данной статье представлена подробная информация об истории развития лингводидактики и принципах современной лингводидактики. Также рассматриваются теоретические основы лингводидактической интеграции.
Ключевые слова: современная лингводидактика, языкознание, интеграция, принцип, основы теоретических понятий, лингва.
Kirish. Lingvodidaktika 20-asrning birinchi yarmida paydo bo'lgan. Lingvodidaktika integral fan bo'lib ta'limni o'rganish sharoitida tilni o'zlashtirish mexanizmlarini va ushbu mexanizmlarni boshqarish xususiyatlarini tavsiflash uchun mo'ljallangan. Lingvodidaktika til o'qitishning ummiy nazariyasi. Ushbu atama ilmiy foydalanishga N.M. Shanskiy tomonidan kiritilgan. Lingvodidaktika bu til o'qitish nazariyasi,ya'ni o'qitish metodikasining nazariy qismi bo'lib tilshunoslik va metadalogiyaning integratsiyasi natijasida yuzaga kelgan. Lingvodidaktika lotincha "lingua" til va yunoncha"didaktikos" o'rgatish so'zlaridan olingan bo'lib,til o'qitishning umumiy nazariyasini yaratish bilan shug'ullanuvchi fan hisoblanadi. Shanskiy bu fanning tilni ta'lim berish muammolarini tadqiq etishga mo'ljallanganligini ta'kidlaydi. Ba'zi tilshunos va metodistlar mazkur atamaning kelajakda qo'llanishiga gumon qilganlar. Boshqa olimlar esa lingvodidaktika atamasi bildirgan tushunchani inkor etmagan holda til ta'limining umumiy nazariyasini lingvodidaktika emas didoktotilshunoslik atamasini longvodidaktika deb atashni tavsiya qilishgan
Tadqiqot materiallari va metodologiyasi. V.M.Beldiyan eng avvalo didoktotilshunoslik atamasini lingvodidaktika so'ziga o'xshash ma'noda qo'llagan bo'lsa, keyinchalik faqat didaktotilshunoslik atamasini ishlatgan. Ilmiy tadqiqotlarda lingvodidaktika va metodika tushunchalariga sinonim bo'lgan lingvo metodika atamasi ham ishlatiladi. Lingvomitodika deb izohlaydi bu atamani M.R.Lvov "Bu ona tili yoki chet tilini o'qitish metodikasidir,bu atama
ko'pincha lingvodidaktik maqolalarda rus tilini milliy maktablarda o'qitish metodikasida qo'llaniladi" deydi.
Bugungi kunda tilshunosligimizda sotsiolingvistika, psixolingvistika, lingvokognitalogiya, pragmalingvistika, kompyuter lingvistikasi, lingvokultrologiya, neyrolingvistika (korpus lingvistikasi)kabi zamonaviy yo'nalishlar tilshunosligimizda paydo bo'lmoqda. Bulardan psixolingvistika shaxsga yo'naltirilgan. Kompyuter lingvistikasi esa faoliyatga yo'naltirilgan bo'lib, bu yo'nalishlar tilshunosligimiz rivojida muhim ahamiyat kasb etmoqda.
Ta'lim mazmuni davlat va jamiyat talablariga ko'ra, pedagogik texnologiyalarning eng so'nggi yutuqlari asosida belgilanadi, shakllanadi. Avvalo egallangan bilim mustahkamlanib, bilimga keyin ko'nikmaga aylanishi lozim. Shundagina ko'zlangan maqsadga erishiladi.
Bilim bu - ma'lum ma'lumotni qabul qilib, uni ongli o'zlashtirish;
Ko'nikma esa - egallangan tajribalar asosida muayyan faoliyatni amalga oshirish qobiliyati.
Malaka - muayyan harakatlarni bajarish va boshqarish jarayonlarining avtomatlashuvi.
Tadqiqot natijalari. Ona tili o'qitish mazmuni — fonetika, leksikologiya, grammatika (morfologiya va sintaksis), uslubiyat, to'g'ri talaffuz, to'g'ri yozish, so'z tanlash va gap tuzish; ijodiy fikrlash, fikmi to'g'ri, aniq ifodalash, ifodali o'qish (qiroat), matn ustida ishlash va matn yaratish faoliyatlarini qamrab oladi.Uzluksiz ta'limning yangi sistemasi bo'yicha talabalar alohidakollejlarda kasb-hunar egallash bilan birga umumiy o'rta ma'lumotli bo'ladilar, akademik liseylarda esa, chuqurlashtirilgan umumiy ta'lim tayyoigarligi oladilar. Bunda asosiy e'tibor yoshlarda mustaqil va ijodiy fikrlash ko'nikmalarini hosil qilish va uni amalda ifoda eta olishlariga qaratiladi."Kadrlar tayyorlash milliy dasturi" respublikamizda raqobatbardosh kadrlar tayyorlashning yaxlit sistemasini yaratishni o'z oldiga maqsad qilib qo'ydi."Ta'lim to'g'risida" Qonun va "Kadrlar tayyorlash milliy dasturi" Respublikamizda ta'limning tubdan isloh qilinishiga, ta'limning barcha bo'g'inlari uchun Davlat ta'lim standartlari ishlab chiqilishiga asos bo'ldi.Endilikda ta'limning barcha bosqichlariga oid o 'quv dasturlari va darsliklari DTS talablari asosida yaratilmoqda.
Umumiy prinsplar: Ilmiylik, tushunarlilik, onglilik, ko'rsatmalilik
Xususiy prinsplar: nutqdan tilga borish prinspi, til hodisalarini ajratish prinspi, yozma nutqni og'zaki nutqqa chog'ishtirib o'rgatish prinspi, nutq organlarini yetarli mashq qildirish prinspi.
Ona tilini o'zlashtirishda asosang lingvistik bilimni qabul qilish uchun ma'lum didaktik usul qo'llaniladi. Bu jarayon didaktik integratsiya demakdir. Didaktik integratsiya shaxsni yaxlit rivojlantiradi. Qonuniyat tilni o'zlashtirish jarayonida eng ko'p takrorlanib turadigan universal bog'lanishlardir. Tilda shakl va mazmunning, til va nutqning, nazariya va amaliyotning, og'zaki va yozma nutqning o'zaro bog'liqligi har bir mashg'ulotda uchrab turadigan hodisalardir. Shunga ko'ra, ularni ta'lim sharoitida tilni o'zlashtirish qonuniyatlari deb belgilash asoslidir. Bu qonuniyatlarining mohiyatini to'g'ri tushunish uchun tildan o'zlashtiriladigan o'quv materiallarining umumiy xususiyatlarini, bolalarning o'quv-biluv faoliyatini tahlil etish zarur.
Ta'limda ona tili ikki xil vazifa bajaradi:
> barcha o'quv predmetlariga oid bilimlarni bolalarga o'rgatish vositasi;
> o'quv predmeti.
O'quv predm eti sifatida tilning fonetika, leksika va grammatikasidan nazariy bilimlar, bu bilimlar asosida esa nutq ko'nikmalari shakllantiriladi. Ona tilidan o'zlashtiriladigan o'quv materiallari quyidagi umumiy xususiyatlarga ega. Tildan o'rganiladigan har bir hodisaning m a'nosi va shu m a'noga xos jarangdorlik — fizik tomoni.- Masalan, ravishdoshga oid so'zlarning holatini anglatish ularning m a'no tomoni sanalsa, «-b, -ib, -a, -y,-gali, -gani, -gach» kabi qo'shimchalarning o'ziga xos jarangdorligi ularning fizik tomoni hisoblanadi. Tildan o'rganiladigan har bir hodisa ma'lum tushunchani anglatadi. Bu tushuncha, o'z navbatida, hajm jihatidan kengroq ikkinchi bir tushuncha matnida qaraladi. Ravishdosh fe'l tushunchasi, fe'l so'z turkumi tushunchasi, so'z turkum i m orfologiya tushunchasi doirasida o'rganiladi. O'rganiladigan hodisa til tizimiga kirganligi, bu tizimning ma'lum tomonini ifodalagani uchun u til va nutqqa doir juda ko'p omillar bilan daxldor, ular bilan aloqador bo'ladi: ravishdoshga oid so'zlar gapdagi vazifasi jihatidan sintaksis, «-gach, -kach, -qach, -guncha, -kuncha, -quncha» qo'shimchalarning imlosi yuzasidan orfografiya, ularning ko 'p variantligiga ko'ra fonetika, nutqda qo'llanish xususiyatlariga ko'ra uslubiyat bilan bog'liq bo'ladi. Demak, bu hodisaning og'zaki va yozma nutqda tutgan o'rnini bolalarga yetkazish o'qituvchining asosiy vazifasi hisoblanadi.
Muhokama. "Lingvodidaktikaning dolzarb muammolari" fanining muhim tarkibiy qismi chet tillarini o ' qitish jarayonini tashkil etishga zamonaviy yondashuvlar bilan bog'liq fanlarni keyingi o'zlashtirishning asosiy tarkibiy qismlaridan biri, shu jumladan "Maktabda chet tillarini o 'qitish metodikasi" va "Universitetda chet tillarini intensiv o'qitish metodikasi", "Chet tilini o'qitishning muqobil usullari" "Lingvodidaktikaning dolzarb muammolari" fanini o'zlashtirish doirasida shakllanadigan asosiy kompetensiyalar quyidagilardan iborat:
❖ fan va ta'limning zamonaviy muammolari bo'yicha bilimlarni kasbiy muammolarni hal qilishda foydalanishga tayyorlik;
❖ usullar, texnologiyalarni ishlab chiqish va amalga oshirishga tayyorlik va o'qitish usullari, natijalarini tahlil qilish, ulardan ta'lim faoliyati bilan shug'ullanadigan ta'lim tashkilotlarida foydalanish jarayoni;
❖ ilmiy tadqiqot natijalarini tahlil qilis h, ularni qo'llash qobiliyati.
Bilish: lingvodidaktikaning zamonaviy muammolari; chet tilini o 'qitish usullari, texnologiyalari va texnikasi, shuningdek ta'lim faoliyatini amalga oshiruvchi ta'lim tashkilotlarida ulardan foydalanish metodikasi; xorijiy tillarni o'qitishning zamonaviy texnologiyalari va vositalari.
Professional lingvodidaktika deganda chet tilini kasbiy kommunikativ kompetentsiyani shakllantirishga qaratilgan, chet tilini kasbiy yo'naltirilgan o'qitish metodologiyasini (tadqiqot, boshqarish va modellashtirish) ishlab chiqadigan lingvodidaktikaning yangi tarmog'i tushuniladi, uning tarkibiy qismlari. mutaxassisning lingvistik shaxsi - professional lingvodidaktikaning konstitutsiyaviy tushunchasi.
Xulosa. Shu bilan birga, mutaxassisning lingvistik shaxsi kommunikatorlarning chet tilida og'zaki va yozma shakllarda kasbiy ma'lumot almashish, tabiiy jarayonda kasbiy ahamiyatga ega bo'lgan bilimlarni mustaqil ravishda izlash, to'plash va kengaytirish qobiliyatini ifodalaydi. to'g'ridan-to'g'ri va bilvosita) ona tilida so'zlashuvchilar bilan muloqot. Tadqiqot ob'ekti chet
tilini kasbiy yo'naltirilgan o'qitishning didaktik jarayonidir. Tadqiqot predmeti kasbiy muloqot sohasida chet tilini o'qitish metodikasi sifatida kasbiy lingvodidaktikani shakllantirish muammosi hisoblanadi.
Foydalanilgan adabiyotlar
1. Shayxislamov, N. (2020). Nutqning paralingvistik va ekstralingvistik vositalari. Узбекистонда илмий-амалий тадцщотлар, 36-37.
2. Shofqorov, A. M., Shayxislamov,N.Z. (2020). O'ZBEK VA INGLIZ TILIDAGI MAQOLLARDA "DO'STLIK" KONSEPTI IFODALANISHI. Science and Education, 1 (Special Issue 3).
3. Шукурова, М. А. (2020). СВЯЗЬ ФРАЗЕОЛОГИЗМОВ С КУЛЬТУРОЙ РУССКОГО И УЗБЕКСКОГО НАРОДОВ. Science and Education, 1(Special Issue 3), 204-211.
4. Ахманова О.С. Очерки по общей и русской лексикологии. - Москва, 2004. - С. 208-210.
5. Балли Ш. Общая лингвистика и вопрос французского язша. - Москва: Эдиториал УРРС, 2001. - С. 87.