Научная статья на тему 'LEARNING A FOREIGN LANGUAGE'

LEARNING A FOREIGN LANGUAGE Текст научной статьи по специальности «Науки об образовании»

CC BY
29
6
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Журнал
Ученый XXI века
Область наук
Ключевые слова
ИНОСТРАННЫЙ ЯЗЫК / МЕТОДИКА / ПРЕДМЕТОМ ОБУЧЕНИЯ / МЕТОДИЧЕСКАЯ СИСТЕМА / СЛОВЕСНЫЙ

Аннотация научной статьи по наукам об образовании, автор научной работы — Имомова Ш.М., Ходжиева Д.З.

В статье приводятся сведения о методах преподавания иностранных языков.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

МЕТОДИКА ИЗУЧЕНИЯ ИНОСТРАННЫХ ЯЗЫКОВ

This article provides information about the methods of teaching foreign languages.

Текст научной работы на тему «LEARNING A FOREIGN LANGUAGE»

Ученый XXI века • 2016 • № 11 (24)

UDC 80

CHET TILINI O QITISH METODIKASI

Sh.M. Imomova1, D.Z. Xodjiyeva2

Rezyume

Maqolada chet tillarini o'qitish metodikasi haqida ma'lumot berilgan. Kalit so'zlar: chet tili, metodika, o'quv predmeti, Metodik sistema, og'zaki nutq.

Chet tillarini samarali o'rgatish uning metodikasini bilishni taqozo etadi. Til o'rgatish kishilik jamiyatida muhum sohalardan biri hisoblanadi. Xalqaro munosabatlar avj olgan zamonamizda chet tillarini o'rganish, ko'p tillilik ulkan ahamiyatga ega.

Chet tili muallimi metodika fani yutuqlarini o'zlashtirishi orqali o'quvchining to'plagan til tajribasi meyorini aniq bilishga va uni yanada takomillashtirishga erishadi.

Pedagogik o'sib kelayotgan yosh avlod tarbiyasi va ta'limining ijtimoiy jarayonini bir butun holda o'rganadi, metodika esa o'sib kelayotgan avlodni tarbiyalash va o'qitish masalalaribilan mazkur o'quv predmetning vositalari asosida shug'ullanadi.

Chet tilida so'zlovchining ongida xam til vositalarining tarkib topgan sistemasi bo'ladi, bu sistemasiz til orqali aloqa, nutq bo'lmaydi. Chet tilini o'rganishda til vositalari sistemasi turli yo'llar bilan, yani ona tilini o'rganish jarayoni singari uzoq amaliy ishlar qilish yoki praktika bilan nazariyani birga qo'shgan xolda ishlash natijasida tarkib topadi. Lekin bu masalaning mohiyatini o'zgartirmaydi.

O'sib kelayotgan yosh avlodni chet til vositalari bilan o'qitish va tarbiyalash jarayonida obyektif mavjud qonuniyatlar xaqida aytilganlarning barchasi nazariy metodikaning bu qismi xali ishlanmagan, deb xulosa chiqarishga imkon beradi.

Demak chet tillarini o'qitish metodikasining fan sifatida tadqiqot predmeti bor - o'sib kelayotgan avlodga chet tillarini o'qitish va bu predmet vositalari bilan uni tarbiyalash jarayonini o'rganishdan iborat.

Chet tili o'qitish metodikasi maqsadi ikki xil - o'rganilayotgan tildan fikr almashish vositasi sifatida foydalanish ko'nikmasini shakllantirish xamda umumiy

Chet tilini o'qitish mazmuning birinchi tarkibiy qismi aniq til materialini: leksika, grammatika, fonetika, orfografiyani bilishdan iboratdir.

Chet tili o'qitish mazmuninig ikkinchi tarkibiy qismi malaka va ko'nikmalardir. Chet tilini o'qitishning amaliy maqsadi og'zaki nutq, o'qish va yozuvni o'stirishni nazarda tutgani uchun xam o'qitishning mazmuniga aniqlashda, og'zaki nutq, o'qish va yozuv malakalari va ko'nikmalari kiradi.

Chet tili o'qitish metodikasi, prof. Михаил Васильевич Ляховицкий tariflashicha, ta'limning maqsadlari, mazmuni, vositalari, shuningdek, chet tili yordamida ta'lim tarbiya berish usullarini tadqiq etuvchi fandir.

Metodika fani asosan uch yirik mavzuni o'rgatadi. Chet tili o'rganishning nazariy masalalari, nutq faoliyati turlarini o'rgatish va chet tili o'rganishning tashkiliy masalalari.

Boshqacha qilib aytganda, metodika chet tili o'rgatish ilmi bo'lib, chet tilni o'quv predmeti sifatida belgilaydi, Muallim va o'quvchi faoliyatini o'rganadi va boshqa fanlar yutuqlarini o'zlashtirish va o'z qonuniyatlarini ishlab chiqish yo'llarini tadqiq etadi.

Chet tillarini o'qitishdagi ko'rsatish boshqa o'quv predmetlarini o'qitishda qo'llaniladigan namoyish qilish metodiga o'xshaydi. Bunda farq metodik adabiyotda to'g'ri ko'rsatilganidek, shundan iboratki, chet tillarni o'qitishda narsa va hodosalar

1Имомова Шафоат Махмудовна - преподаватель, Бухарский государственный университет, Узбекистан.

2Ходжиева Дилфуза Зайировна - преподаватель английского языка, Каганский профессиональный колледж дошкольного образования и сервиса, Узбекистан.

Педагогические науки

emas, tilning tovush materiyasi ko'rsatiladi. Shuning uchun chet tillarni o'qitishda eshitish va eshitish xissini tasavvurini taminlovchi eshitishga doir ko'rsatmalilikning muxim axamiyati bor.

Lekin metod usul tushunchasi bilan chegaralanishi noto'g'ri bo'lardi. Chet tillarni o'qitishda metod tushunchasi umumiy prinsipial yo'nalish sifatida metodika tarixiga doir tadqiqotlarda to'g'ridir: manashu ancha umumiy bo'lgan tushuncha asosida xar bir xususiy metodning roli va salmog'ini asosli ravishda aniqlash mumkin.

Umumiy metod o'qitishning maqsadlariga erishish uchun xizmat etadi, u ana shu maqsadlarga bog'liqdir. Chet tillarini o'qitish metodikasida umumiy metod tushunchasi yetarli darajada aniq ishlab chiqilgan, metodning tuzilishi va tanlanishiga ta'sir etuvchi omillar, metodlar asoslanadigan prinsiplar tadqiq etilgan, chet tillarini o'qitish metodlari tarixi o'rganilgan.

Metodik sistemani qisqacha tariflaymiz. Bu metodik sistemaning xususiyatlari chet tillarini o'qitishning maqsadlaridan kelib chiqadi, faqat komunikativ emas, balki bilim va tarbiya berish maqsadlari xam nazarda tutiladi. O'quvchilar shahsini xar tomonlama taraqqiy ettirish vazifalarini pisand qilmaydigan va faqat malakalar xosil qilishga qaratilgan metodik sistema albatta mufavvaqiyatsizlikka uchragan bo'lar edi.

Metodik sistema yaratishda yana bir obyektiv omil: chet tili va ona tilining tipologik yaqinligi muximdir. Bu omil chet tilida nutqni egallashda bo'ladigan qiyinchiliklarni ko'p yoki ozligini belgilaydi.

Фойдаланилган адабиётлар:

1.Жалолов Ж.Ж. Чет тил у;итиш методикаси: Чет тиллар олий у^ув юртлари талабалари учун дарслик. - T.: У;итувчи, 1996. - 368 б.

2. Жуманиёзов О., Аллаёрова Р., Исмоилова Х. Deutsch: Олий у;ув юртлари учун олмон тилидан ;улланма. - Т.: У;итувчи, 1997. - 262 б.

3. Илиева Л.К. Олий ва урта мактаб чет тил таълимида изчиллик ^а;ида// Таълим муаммолари, илмий-услубий юту;лар ва илгор тажрибалар. - 1997. - 3-6 сон. - Б. 18-20.

© Sh.M. Imomova, D.Z. Xodjiyeva, 2016.

УДК 80

МЕТОДИКА ИЗУЧЕНИЯ ИНОСТРАННЫХ ЯЗЫКОВ

Ш.М. Имомова, Д.З. Ходжиева

Аннотация. В статье приводятся сведения о методах преподавания иностранных языков.

Ключевые слова: иностранный язык, методика, предметом обучения, методическая система, словесный.

© Ш.М. Имомова, Д.З. Ходжиева, 2016.

UDC 80

LEARNING A FOREIGN LANGUAGE

Sh.M. Imomova, D.Z. Xodjiyeva

Abstract. This article provides information about the methods of teaching foreign languages.

Keywords: foreign language, technique, subject of study, methodical system, verbal.

© Sh.M. Imomova, D.Z. Xodjiyeva, 2016.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.