Научная статья на тему 'SAVOD O’RGATISH DAVRIDA UNLI TOVUSHLAR VA HARFLAR USTIDA ISHLASH USULLARI'

SAVOD O’RGATISH DAVRIDA UNLI TOVUSHLAR VA HARFLAR USTIDA ISHLASH USULLARI Текст научной статьи по специальности «СМИ (медиа) и массовые коммуникации»

CC BY
1974
112
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
BOSHLANG'ICH SINF / FONETIKA / FONEMA / BO'G'IN / METOD / TA'LIM / SAVOD O'RGATISH

Аннотация научной статьи по СМИ (медиа) и массовым коммуникациям, автор научной работы — Jumakulova M.X.

Mazkur maqola boshlang`ich savod o`rgatish davrida unli tovush va harflar ustida ishlashning ahamiyati, yangi interfaol metodlardan namunalar tavsiya qilinib yoritib berilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

METHODS OF WORKING ON VOICES AND LETTERS IN LITERACY TEACHING

This article highlights the importance of working on vowels and letters in elementary education, recommending examples of new interactive methods.

Текст научной работы на тему «SAVOD O’RGATISH DAVRIDA UNLI TOVUSHLAR VA HARFLAR USTIDA ISHLASH USULLARI»

DOI 10.46566/2225-1545_2022_1_97_110

Jumakulova M.X.

Andijon davlat universiteti (boshlanglch ta'lim) mutaxassisligi 2-bosqich magistranti

O'zbekiston, Andijon

SAVOD O'RGATISH DAVRIDA UNLI TOVUSHLAR VA HARFLAR

USTIDA ISHLASH USULLARI

Annotatsiya: mazkur maqola boshlang^ich savod o^rgatish davrida unli tovush va harflar ustida ishlashning ahamiyati, yangi interfaol metodlardan namunalar tavsiya qilinib yoritib berilgan.

Kalit so^zlar: boshlang^ich sinf, fonetika, fonema, bo'g'in, metod, ta'lim, savod o'rgatish.

Jumakulova M.Kh. master student Andijan state university The theory and methods of education (primary education)

Uzbekistan, Andijan

METHODS OF WORKING ON VOICES AND LETTERS IN LITERACY

TEACHING

Annotation: This article highlights the importance of working on vowels and letters in elementary education, recommending examples of new interactive methods.

Keywords: elementary school, phonetics, phoneme, syllable, method, education, literacy.

O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 21-oktabrdagi "Ozbek tilining davlat tili sifatidadagi nufuzi va mavqeini tubdan oshirish chora tadbirlari tog,risida"gi Farmoni ijrosini ta'minlash maqsadida "2020-2030-yillarda o'zbek tilini rivojlantirish hamda til siyosatini takomillashtirish konsepsiyasi"4 qabul qilindi. Bu respublikamizda davlat tili to'g'risidagi qonunchilikni takomillashtirish va o'zbek tilinining xalqaro miqyosdagi obro' -e'tiborini oshirishga xizmat qiladi.

Til fikrni shakllantirish va bayon qilish, taassurot, his, kechinmalarni ifodalashda muhim o'rin tutadi. Til jamiyat a'zolarining bir-biri bilan aloqasi uchun xizmat qiladigan vositadir, Bu vosita qanchalik takomillashsa fikr

4O'zbekiston Respublikasi Prezidenti SH. MIRZIYOYEV.Toshkent shahri,2019 yil 21 oktabr O'zA

shunchalik aniq, tasirchan ifodalanadi. Boshlang'ich sinflarda ona tilini chuqur o'rganish zaruriyati tilning mana shu asosiy vazifalaridan kelib chiqadi. 5

Mashhur rus olimi K.D.Ushinskiy boshlang'ich maktab o'quv predmetlari tizimida ona tiliga katta ahamiyat berib, uni markaziy va yetakchi predmet hisoblagan. "Ajoyib o'qituvchi bo'lgan ona tili bolaga ko'p narsani o'rgatadi. Bola ikki-uch yil ichida shunchalik ko'p narsa o'rganadiki, ko'p narsa bilib oladiki, 20 yil qunt bilan metodik jihatdan juda to'g'ri o'qiganda ham uning yarmicha o'rgana olmaydi. Ona tilining ulug' pedagogligi ham ana shundadir", - deydi u. 6

Bolalar maktabga kelgunga qadar ham nutqning tovush qurilishini amaliy o'zlashtiradilar,ammo ular maxsus o'qigunlariga qadar so'zni bo'gínlarga bo'lishni,

so'zdagi tovushlarni izchil talaffuz qilishni bilmaydilar.

Savodga o'rgatish davri 2-sentabrdan to dekabr oyining oxirigacha bo'lgan muddatni, ya'ni ikki o'quv choragini o'z ichiga oladi. Savodga o'rgatish jarayoni tayyorgarlik va alifbe davridan tashkil topadi. Tayyorgarlik va alifbe davrida ta'lim savodga o'rgatishning tahlil-tarkib (analitik-sintetik) tovush usulida amalga oshiriladi.

O'qituvchi savod o'rgatish jarayonida o'quvchilarni tovush va harflar bilan tanishtirishda, ularni sintezlab o'qishga o'rgatishda o'zbek tilining fonetik xususiyatlarini hisobga olishi zarur. Savod o'rgatish analitik-sintetik tovush metodiga asosan olib boriladi. So'z bo'g'inga bo'linadi, bo'g'indan kerakli — o'rganilayotgan tovush ajratilib olinadi, tahlil qilinadi, o'rganiladigan harf bilan sintezlanadi, shu asosda harf va butun o'qish jarayoni o'zlashtiriladi.Bunda o'zbek tili grafik tizimi, tovushlami yozuvda belgilash xususiyatlari hisobga olinadi.7.

Savod o'rgatish davrida tovush-harf bilan tanishtirish unlilardan boshlanadi. Hozirgi o'zbek tilida 6 ta unli fonema bor: a, o, i, e, u, o'. E harfi asosan so'z va bo'g'in boshida qo'llanadi (ekin, echki, aeroplan), undoshdan keyin o 'rta keng lablanmagan unli tarzida o'qiladi (kel, tez).Savod o'rgatish davrida avval so'z boshida keladigan e, so'ngra undoshdan so'ng keladigan e tovush-harfi bilan tanishtiriladi. Oo harfi o'zbek, turkiy so'zlarda quyi keng, lablangan Oo tovushini ifodalaydi, ruscha-baynalmilal so'zlarda urg'usiz bo'g'inda a tarzida (zoologiya), o' tovushi singari (tonna), qisqa i tarzida (elektor) talaffuz qilinadi. Shuning uchun bu unli qatnashgan ruscha-baynalmilal so'zlar savod o'rgatish davridan so'ng o'quv jarayoniga kiritiladi.

Boshlang'ich sinf o'quvchilariga so'zlarning tovush tarkibi ustida ishlash savod o'rgatish davridaning ilk kunlaridanoq boshlanadi. O'quvchilar bu davrda

5O'zbekiston Respublikasi Prezidentining "Oliy ta'lim tizimini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari" to'g'risidagi qarori. - "Xalq so'zi" gazetasi, 2017-yil, 21-aprel.

6 Qosimova. K., Matchonov. S va bosh-toshkent:Noshir. 2009,178-bet

7 Karima Qosimova, Safo Matchonov va boshqalar. Ona tilio'qitish metodikasi - Toshkent:Nosir,2009.351-bet

talaffuz qilingan yoki eshitilgan so'zlardan tovushlarining tuzilishini bilib oladilar. Ular so'zlarni tovush tomondan tahlil qilishga o'rganadilar, so'zdagi tovushlarni tartibi bilan aytadilar. Bunda tovush tomonidan tahlilni harf tomonidan tahlil bilan aralashtirmaslikka alohida ahamiyat beriladi.8

So'zning tovush tarkibini to'g'ri tasavvur etish undagi harflarni tushirib qoldirmay yoki o'rnini almashtirmay yozish malakasini shakllantirish uchun ham katta ahamiyatga ega. Shuning uchun savod o'rgatishdan so'ng ham so'zni tovush tomondan tahlil qilish mashqlari yordamida so'zdagi tovushlar tarkibini aniqlash ko'nikmasini takomillashtirish ustida ishlab borish zarur.9

Savod o'rgatish davrining ilk darslaridayoq o'quvchilarda tovush haqidagi tushunchani shakllantirish bo'yicha amaliy ishlar olib boriladi.

So'z va bo'g'inlarni o'qishga o'rgatishda tovush-harflarni alohida-alohida aytib o'tilishi, o'zbek tilining tovushlari va mazkur tovushlarning yozuvda ifodalanishining o'ziga xos jihatlarini e'tiborga olish lozim. So'zlarni og'zaki nutqdagi kabi yaxlit holda tovushlar uyg'unligiga rioya qilib o'qishga odatlantiriladi. Bunda tovush (harf) va bo'g'inlarning birikkan holatda bo'lishiga alohida e'tiborni qaratish lozim.

Amaldagi "Alifbe" darsligining alifbe davri ilk bosqichida o'rganiladigan matnlarning aksariyati "O'qituvchi o'qib beradi" belgisi bilan berilgan bo'lib, matn tarkibida o'quvchi o'qiy oladigan so'zlar yashil rang bilan ajratilgan. Bundan asosiy maqsad o'quvchilarda ravon nutq, badiiy so'zning go'zalligini his etish, o'quvchilar nutqini jadal rivojlantirish layoqatini tarbiyalashga qaratiladi.

Bunday amaliy mashg'ulotlar, didaktik o'yinlar yordamida kelgusida darslarda o'quvchilarda tovush va harflar haqidagi bilim, malaka, ko'nikmalarini mustahkamlashga hizmat qiladi. Masalan o'qituvchi o'quvchilarga Oo unli tovushi va harfini tanishtirishda quyidagicha didaktik o'yindan foydalanishi mumkin. Alifbe darsligida tavsiya qilingan rasmlarning kattalashtirilgan nusxasi slaydda ko'rsatiladi. Masalan, Oo tovushini talaffuz qilayotgan bola rasmi ko'rsatilib, Oo tovushining talaffuzi tushuntiriladi. Oo tovushi unli tovushlar sirasiga kirib, talaffuzda o'pkadan chiqayotgan havo og'iz bo'shlig'ida hech qanday to'siqqa uchramaydi. Bu nazariy bilim o'quvchilarga bevosita o'qituvchi ko'magida O tovushini amaliy talaffuz qildirish asosida o'rgatiladi. Bunda O tovushining nisbatan cho'zib aytilishiga o'quvchilar e'tibori qaratiladi. O harfi va tovushi haqidagi tasavvurga ega bo'layotgan bolajonlar uchun quyidagi rasm orqali "Zanjir"o'yini o'ynaladi. Ushbu o'yin orqali o'quvchilar Oo harfi shaklini o'rganishda amaliy yordam beradi.

Ot, toychoqso'zlarini bo'g'inlarga bo'lib talaffuz qilish asosida o'quvchilarda bo'g'in va tovush munosabati, Oo tovushining o'ziga xos xususiyati haqida tushuncha hosil qilinadi.

8 Hayitova F.A, Turdiqulov SH.D. Boshlangich sinflarda ona tili oqitish metodika.-Termiz:2013y

9 Matchonov. S. Bakiyeva. H. va bosh. Boshlang'ich sinflarda ona tili oqitish metodikasi. Chirchiq. 2020,669 -bet.

Jonli suhbat asosida o'quvchilarga har bir so'zning ma'nosi haqida tushuncha beriladi hamda rasmda tasvirlangan tabiat, hayvonlarga oid tarbiyaviy jihat ham sindiriladi. Savollarga javob berish orqali matn tuziladi. Matn asosida ishtirok etgan so'zlar bo'g'inlarga ajratilib, so'zlardagi Oo unlisining o'rni aniqlanadi. So'zlarning tovush tarkibi kesma harflar yordamida izohlanadi.Ot, toychoq, odam, olam, doimo kabi so'zlardan foydalanishimiz mumkin.

Shuni takidlab o'tish lozimki, ta'lim jarayonida uyushtiriladigan didaktik o'yinlar o'quvchilar tafakkurini rivojlantirishda asosiy vosita hisoblanadi. Unga dam olish yoki vaqt o'tkazish vositasi emas, balki ta'lim beruvchi faoliyati sifatida qarash lozim.

Xulosa o'rnida aytish mumkinki, boshlang'ich ta'limning 1-4 sinflari bola hayotida muhim davrni tashkil qilib, o'quvchilarning keyingi davrdagi o'qish jarayoniga bo'lgan tasavvurida eng ahamiyatli davrdir. Dars mashg'ulotlari vaqtida har bir o'qituvchi o'z o'quvchisini dars jarayonida faollashtira olsa, bolaning o'qish, o'zlashtirish, bilim, ko'nikma, malakalarini egallash darajasi yuqori ko'rsatkichlarni tashkil etadi.

Foydalanilgan adabiyotlar ro'yhati:

1. O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.Mirziyoyev.Toshkent shahri,2019 yil 21 oktabr O'zA

2. O'zbekiston Respublikasi Prezidentining "Oliy ta'lim tizimini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari" to'g'risidagi qarori. - "Xalq so'zi" gazetasi, 2017-yil, 21-aprel.

3. Qosimova. K., Matchonov. S va bosh. Toshkent:Noshir. 2009,178-bet

4. Karima Qosimova, Safo Matchonov va boshqalar. Ona tilio'qitish metodikasi - Toshkent:Nosir,2009.351-bet

5. Hayitova F.A, Turdiqulov SH.D. Boshlang'ich sinflarda ona tili o'qitish metodika. -Termiz:2013y

6. Matchonov. S. Bakiyeva. H. va bosh. Boshlang'ich sinflarda ona tili o'qitish metodikasi. Chirchiq. 2020,669-bet

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.