Научная статья на тему 'BOSHLANG’ICH SINF O’QUVCHILARIDA IQTISODIY TUSHUNCHALARNI SHAKLLANTIRISHNING AMALIY JIHATLARI'

BOSHLANG’ICH SINF O’QUVCHILARIDA IQTISODIY TUSHUNCHALARNI SHAKLLANTIRISHNING AMALIY JIHATLARI Текст научной статьи по специальности «Науки об образовании»

CC BY
3218
170
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
boshlang’ich sinf o’quvchisi / iqtisodiy tarbiya / iqtisodiy ta’lim / iqtisodiy bilim / iqtisodiy madaniyat / kuzatish / tajriba-sinov / Sharq mutafakkirlari. / primary school student / economic education / economic education / economic knowledge / economic culture / observation / experiment / Eastern thinkers.

Аннотация научной статьи по наукам об образовании, автор научной работы — Ismailov, Murodulla Kaxramonovich, Choriyeva, Muhayyo Olimjon Qizi

Maqolada boshlang’ich sinf o’quvchilarida ijodiy fikrlash ko’nikmalarini rivojlantirish zaruriyati asoslangan bo’lib, aniqlovchi tajriba bosqichi natijalari tahlil qilingan. Iqtisodiy tarbiyaning asosiy maqsadi shaxsda tejamkorlik, iqtisodiy bilimdonlik, iqtisodiy fikrlash kabi fazilatlarni shakllantirish bo’lib, zamonaviy iqtisodiy tarbiyaning eng muhim belgisi ma’naviy asosga ega iqtisodiy madaniyatni rivojlantirish hisoblanadi.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

PRACTICAL ASPECTS OF FORMING ECONOMIC CONCEPTS IN PRIMARY CLASS PUPILS

The article is based on the need to develop creative thinking skills in elementary school students, and the results of the test stage are analyzed. The main goal of economic education is the formation of qualities such as thrift, economic knowledge, economic thinking in a person, and the most important sign of modern economic education is the development of economic culture with a spiritual basis

Текст научной работы на тему «BOSHLANG’ICH SINF O’QUVCHILARIDA IQTISODIY TUSHUNCHALARNI SHAKLLANTIRISHNING AMALIY JIHATLARI»

SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7

3(5), May, 2023

BOSHLANG'ICH SINF O'QUVCHILARIDA IQTISODIY TUSHUNCHALARNI SHAKLLANTIRISHNING AMALIY JIHATLARI

Ismailov Murodulla Kaxramonovich

Termiz davlat universiteti Pedagogika va ijtimoiy ish kafedrasi dotsenti,

p.f.b.f.d. (PhD)

Maqolada boshlang'ich sinf o'quvchilarida ijodiy fikrlash ko'nikmalarini rivojlantirish zaruriyati asoslangan bo'lib, aniqlovchi tajriba bosqichi natijalari tahlil qilingan. Iqtisodiy tarbiyaning asosiy maqsadi shaxsda tejamkorlik, iqtisodiy bilimdonlik, iqtisodiy fikrlash kabi fazilatlarni shakllantirish bo'lib, zamonaviy iqtisodiy tarbiyaning eng muhim belgisi ma 'naviy asosga ega iqtisodiy madaniyatni rivojlantirish hisoblanadi.

Kalit so'z va tushunchalar: boshlang'ich sinf o'quvchisi, iqtisodiy tarbiya, iqtisodiy ta'lim, iqtisodiy bilim, iqtisodiy madaniyat, kuzatish, tajriba-sinov, Sharq mutafakkirlari.

ПРАКТИЧЕСКИЕ АСПЕКТЫ ФОРМИРОВАНИЯ ЭКОНОМИЧЕСКИХ ПОНЯТИЙ У УЧАЩИХСЯ НАЧАЛЬНЫХ КЛАССОВ

АННОТАЦИЯ

В основу статьи положена необходимость развития навыков творческого мышления у учащихся начальных классов, анализируются результаты тестового этапа. Главной целью экономического образования является формирование у человека таких качеств, как бережливость, экономические знания, экономическое мышление, а важнейшим признаком современного экономического образования является развитие экономической культуры, имеющей духовную основу.

Ключевые слова и понятия: младший школьник, экономическое образование, экономическое образование, экономические знания, экономическая культура, наблюдение, эксперимент, восточные мыслители.

PRACTICAL ASPECTS OF FORMING ECONOMIC CONCEPTS IN

PRIMARY CLASS PUPILS

ABSTRACT

The article is based on the need to develop creative thinking skills in elementary school students, and the results of the test stage are analyzed. The main goal of economic education is the formation of qualities such as thrift, economic knowledge,

Choriyeva Muhayyo Olimjon qizi

Termiz davlat pedagogika instituti magistranti

ANNOTATSIYA

SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7

3(5), May, 2023

economic thinking in a person, and the most important sign of modern economic education is the development of economic culture with a spiritual basis.

Key words and concepts: primary school student, economic education, economic education, economic knowledge, economic culture, observation, experiment, Eastern thinkers.

Dunyoda boshlang'ich ta'limning nazariy-metodologik jihatlarini takomillashtirish, o'quvchilarda iqtisodiy bilimlami shakllantirish jarayoni modelini yaratish, iqtisodiy bilimlarni shakllantirishga yo'naltirilgan o'quv vaziyatlarining didaktik-pedagogik imkoniyatlari va metodlarini aniqlashtirish bo'yicha tadqiqotlar alohida ahamiyatga molikdir. Bu esa, boshlang'ich sinf o'quvchilarida iqtisodiy bilimlarni shakllantiruvchi ta'lim jarayonini tashkil etishga yo'naltirilgan metodik tizimni yaratish zaruriyatini izohlaydi. Rivojlangan davlatlar ta'lim tajribasida o'quvchilarning qobiliyatlarini rivojlantirish, didaktik, kreativ, integrativ, iqtisodiy, kasbiy bilimlardan samarali foydalanish texnologiyalarini hayotga tadbiq etish bo'yicha ilmiy tadqiqotlar olib borish muhim ahamiyat kasb etadi.

Tadqiqot maqsadi. Respublikamizda umumiy o'rta ta'lim muassasalari o'quvchilarining erkin, mustaqil fikrlash, atrofdagi voqelikka ongli munosabatda bo'lish, daxldorlik va ijtimoiy faollik kabi sifatlarini shakllantirish, iqtisodiy tafakkuri va tasavvuri shakllangan o'quvchilarni kamol toptirishning moddiy-texnik bazasi yaratilgan. Bunda "yoshlarda Vatanga sadoqat, tadbirkorlik, irodalilik, mafkuraviy immunitet, mehr-oqibatlilik, mas'uliyatlilik, bag'rikenglik, huquqiy madaniyat, innovatsion fikrlash, mehnatsevarlik kabi muhim fazilatlarni shakllantirish"[1] masalasi muhim vazifalar sifatida belgilangan. Bunda o'quvchining intellektual sifatlarini rivojlantirish, ta'lim va tarbiya resurslaridan samarali foydalanish muhim ahamiyat kasb etadi.

Tadqiqot usullari. Kuzatish, ilmiy manbalar va ilmiy tadqiqot ish natijalarini pedagogik-psixologik tahlil qilish, taqqoslash, pedagogik tajriba-sinov.

Adabiyotlar tahlili. Yoshlarni kasb-hunarga o'rgatish, ularda iqtisodiy madaniyatni shakllantirish va tadbirkorlik sifatlarini tarbiyalash masalalari Sharq mutafakkirlari Abu Ali ibn Sino [3], Abu Rayhon Beruniy [5], Abu Nasr Forobiy [4] hamda A.Avloniy [2] kabi jadid mutafakkirlarining pedagogik qarashlarida o'z aksini topgan.

Sharq mutafakkirlari o'zlarining asarlarida komil inson ega bo'lishi zarur bo'lgan tejamkorlik, ishbilarmonlik, mas'uliyatlilik, intizomlilik, har ishda mo'tadillik, iqtisodchilik, bunyodkorlik, ijodkorlik, savdo va savdodagi halollik malakalarini bayon etganlar. Mazkur manbalarda isrof, xiyonat, o'g'rilik, buzg'unchilik, yolg'onchilik, beburdlik kabi salbiy illatlarning nafaqat noaxloqiy

KIRISH

SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7

3(5), May, 2023

jihatlari, balki ularning insonga iqtisodiy zarar keltiruvchi mohiyati, mazmuni va oqibatlari ham yoritilgan.

Iqtisodiy ta'lim-tarbiya masalasi Sharq mutafakkirlari tomonidan doimo dolzarb hisoblanib kelingan. "Har bir kishi hisob ilmini bilishi va o'z ishiga pishiq bo'lishi kerak. Shunda u o'z mehnatining natijalarini o'lchovlar orqali aniqlay olishi mumkin" - deb ta'kidlaydi Muhammad Ibn Muso al-Xorazmiy.

Abu Nasr al-Forobiy inson o'z mablag'ini sarflashni bilishi kerakligi, pul sarflashda qizg'anchiqlik qilish xasislikka olib kelishi va pullarni rejasiz ishlatish esa insonni beboshlikka yetaklashini ta'kidlaydi. Shuningdek, insonning ilm-ma'rifatli bo'lishi, kasb-hunarni mukammal egallashi, halol mehnat qilishi uni iqtisodiy tanazzuldan chiqishi va baxt-saodatga erishuvida yordam beruvchi asosiy omil ekanini bayon etgan.

Forobiy "Baxt-saodatga erishuv" asarida u bolalarga yoshlikdan hayot to'g'risida bilim berish zarurligi, yoshlar kasb-hunar, ish-tajribaga ega bo'lishlari, nazariy bilimlarni o'z vujudlariga singdirgachgina, asta-sekin egallagan kasblarida yutuqga erishib borishlari, doimo mantiqiy fikrlash yo'li bilan uni amalda sinab ko'rishga odatlanishlari kerakligini uqtiradi. [4, 78-81-b.].

Ibn Sino bolaga hisob-kitob ilmini o'rgatish va ularda ishbilarmonlik, tashabbuskorlik xususiyatlarini shakllantirish zaruriyatini ta'kidlab, bu avvalo bolalarga hunar o'rgatish zamirida o'ziga ishonch paydo qilish, vaqt, undan unumli foydalanish, iqtisod qilishga doir bilimlarni rivojlantrish orqaligina amalga oshirish mumkin [3].

Sharq iqtisodiy tafakkurining rivojlanishida Yusuf Xos Hojibning "Qutadg'u bilik" asari muhim o'rin tutadi. Yusuf Xos Hojib ma'naviy merosida insonlarning mehnatiga loyiq haq to'lash, mehnatni to'g'ri baholab taqdirlash, har bir aqliy-jismoniy mehnatni qadriga yetish, moddiy manfaat, kasb-hunar egallash hamda kuchli ijtimoiy himoya masalalariga katta o'rin berilgan.

"Iqtisod" grekcha so'zdan olingan bo'lib, "oykos" - uy, uy xo'jaligi, "nomos" - qonun degani. Ya'ni uy yoki ijtimoiy xo'jalik qonunlari ma'nosini beradi. 1575-1621 yillarda yashab, ijod qilgan fransuz iqtisodchisi Antuan Monkreten birinchi marta 1615 yilda "Siyosiy iqtisod traktati" nomli kichik ilmiy asar yozib, bu fanni mamlakat miqyosida iqtisodiyotni boshqarish fani sifatida asosladi.

Mehnat darslari va darsdan tashqari jarayonlarda maktab, oila, mahalla hamkorligida boshlang'ich sinf o'quvchilarida iqtisodiyotga oid tushunchalarni shakllantirish samaradorligini ilmiy o'rganish maqsadiga qaratilgan yana bir tadqiqot ishi X.J.Xudoyqulov tomonidan amalga oshirilgan. Izlanuvchi "Boshlang'ich sinf o'quvchilarini tarbiyalashda iqtisodga oid tushunchalarni shakllantirishning nazariy va amaliy asoslari" muammolari ustida ish olib borib, kichik maktab yoshidagi o'quvchilarda ijodkorlik hissini o'stirish va iqtisodiy ta'lim-tarbiya berishda Sharq

SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7

3(5), May, 2023

mutafakkirlari adabiy merosidan foydalanish, bunda davlat iqtisodiy siyosatining o'mi va ahamiyatini yoritib bergan [10, 235-b.].

Boshlang'ich 1-4-sinf o'quvchilari iqtisodiy bilimdonligini modulli texnologiya asosida rivojlantirishning didaktik asoslarini tadqiq etgan X.A.Umarova, "O'qish", "Ona tili", "Matematika" fanlari mazmunida boshlang'ich sinf ta'lim oluvchilariga fanlar mazmunida iqtisodiy bilim berish uslublarini tavsiya etgan [9, 202-b.].

Boshlang'ich sinf o'quvchilarida iqtisodiy ta'lim-tarbiyasining umumpedagogik asoslarini o'rgangan T.V.Drobisheva muammoni ijtimoiy-iqtisodiy jihatdan tadqiq etib, iqtisodiy ta'lim-tarbiyaning to'g'ri yo'lga qo'yilishida tashqi ijtimoiy-iqtisodiy omillarning ta'siri kuchli ekanini e'tirof etgan. U kam ta'minlangan oila farzandlarining o'zlarini o'rab turgan narsalar, atrof- muhit, unda kechayotgan voqea-hodisalarga munosabati, o'ziga to'q, yaxshi ta'minlangan oilada tarbiya topayotgan bolalarnikiga qaraganda o'zgacha ekanini kuzatgan. Tadqiqotchi buni ehtiyojmand oila bolalarining oila muhitida ijtimoiy-iqtisodiy qiyinchiliklarga erta duch kelishi oqibatida tengdoshlaridan ancha barvaqt orttirgan hayotiy tajribalari natijasi hamda shu asosda ular xulqida yuzaga kelgan o'zgarishlar sifatida baholagan.

Umumiy o'rta ta'lim bosqichlari ta'lim oluvchilariga turli yo'nalishlarda uzviy ta'lim-tarbiya berish muammolari nazariy va amaliy jihatdan ko'plab olimlar tomonidan o'rganilganiga qaramay, ular ichida umumiy o'rta ta'lim maktabining boshlang'ich bosqichida ta'lim oluvchilarga ilk iqtisodiy ta'lim-tarbiya berish uzviyligiga bag'ishlangan tadqiqot ishlari olib borishni talab etadi. Tahlillar boshlang'ich sinf o'quvchilarida ilk iqtisodiy bilimlarni shakllantirishga turtki bo'lgan tushunchalar, ularga eng yaqin bo'lgan olam, ularni o'rab turgan atrof-muhit, narsa-hodisalar va bolalarning undagi faoliyati bilan bog'liq bo'lishi zarur degan xulosani beradi.

ILMIY MULOHAZA

Iqtisodiy bilimlar nafaqat moddiy ne'matlar ishlab chiqarish, taqsimlash va xizmat ko'rsatish sohalarida qo'llanadi, balki ular har bir kishining kundalik hayot tarzi bilan ham chambarchas bog'liqdir. Iqtisodiy ta'limning asosiy vazifasi insonda doimiy ravishda ijtimoiy-iqtisodiy hayotning yangi sharoitlariga tez va oson moslashuv ko'nikmalarini tarkib toptirish, uning butun hayoti davomida egallagan iqtisodiy bilim va malakalari bilan hayotning kutilmagan to'siqlarini ishonch bilan yengib o'tish tajribasini oshirishdir.

Ma'lumki, insonning atrof-muhit, voqea-hodisalar to'g'risidagi ilk tasavvuri bolalik chog'idan shakllanadi, inson umrining qolgan qismida olingan ushbu ma'lumotlar to'ldirilib, eski bilimlar o'rnini yangilari egallaydi. Hayotiy tajribalar eski ma'lumotlarni o'zgartiradi, natijada tasavvurlar kengayadi va yangi bilimlar bilan boyiydi, takomillashish natijasida malaka darajasiga yetkaziladi.

Boshlang'ich sinf o'quvchilarining iqtisodiy bilimi albatta iqtisodiy ta'lim jarayonida amalga oshiriladi. Iqtisodiy ta'lim esa integral tavsifga ega bo'lib, falsafiy,

SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7

3(5), May, 2023

huquqiy, iqtisodiy, sotsiologik, psixologik va pedagogik jihatlar bilan bog'liqlikda rivojlanib boradi.

Iqtisodiy ta'lim - murakkab intégral ta'lim jarayoni hisoblanadi. Shu bilan bir qatorda ijtimoiy - iqtisodiy madaniyatning mohiyatini bilish, shu jumladan uni bashorat qilish, shakllantirish, saqlash va mustahkamlash usullarini hisobga olgan holda, insonning ijtimoiy ahamiyatga ega hayotiy qadriyatlarini baholash tizimi.

Boshlang'ich ta'lim ona tili va o'qish savodxonligi darslarida o'quvchilarda iqtisodiy bilimlarni shakllantirishning pedagogik shart-sharoitlari, iqtisodiy bilimlarni shakllantirishga doir zamonaviy yondashuvlar mazmuni hamda unga ta'sir etuvchi omillar, boshlang'ich sinf o'quvchilarida iqtisodiy bilimlarni shakllantirish bosqichlari va jarayonni tashkil etishning alohida metodik tizimini takomillashtirish ehtiyoji mavjud. Mazkur jihatlar boshlang'ich sinf o'quvchilarida iqtisodiy tushunchalarni shakllantirish yuzasidan ilmiy izlanish olib borishni taqozo etadi.

Buning uchun, umumiy o'rta ta'lim maktablarining boshlang'ich sinfida ta'lim oluvchilar yosh xususiyati o'rganilishi, bolalarda ilk iqtisodiy bilimlarning shakllanishiga turtki bo'ladigan iqtisodiy atamalar va ular o'zlashtira oladigan tushunchalarni aniqlash, iqtisodiy ta'lim-tarbiyani pedagogik hamkorlikda, uzviy tashkil etishning samarali shakl, usul, vositalari belgilanishi talab etiladi. Shu maqsadda, avvalo boshlang'ich sinf o'quvchilarining yosh xususiyatlari hamda bu yoshda ularda ilk iqtisodiy bilimlarni shakllantirish imkoniyatlarini yoritish o'rinlidir.

Kuzatishlar, bugungi boshlang'ich sinf o'quvchilari fiziologik, somatik, aqliy, ruhiy va jismoniy rivojlanishi jihatidan o'zlarining o'n yil oldingi tengdoshlaridan bo'ydorroq, kuchliroq, chidamliroq ekanliklarini ko'rsatadi.

Bolalarning shiddat bilan o'zgarayotgan ijtimoiy muhitga moslashuvchanligining oshgani, unda erkin harakatlanishga intilishning kuchayishi ham, mazkur yoshdagi bolalarning ruhiy rivojlanishida ma'lum o'zgarishlar yuz berganini akseleratsiya (lotincha acceleratio - tezlashuv) jarayonining kuchayib borayotgani bilan ifodalash to'g'ri bo'ladi.

TADQIQOT NATIJALARI.

Tajriba-sinov ishlari uch bosqichda amalga oshirilishi belgilandi: aniqlovchi (2021-2022 yillar), shakllantiruvchi va yakuniy bosqichlar (2022-2023 o'quv yillari). Tajriba-sinov ishlarida Termiz shahridagi 10- va 15-umumiy o'rta ta'lim maktablari hamda Qumqo'rg'on tumanidagi 34-umumiy o'rta ta'lim maktablaridan jami 216 nafar boshlang'ich sinf o'quvchilari ishtirok etdi. Shundan 114 nafari tajriba guruhiga, 112 nafari qiyosiy tahlil o'tkazilgan nazorat guruhlariga biriktirildi. Ta'limiy tajriba -sinov jarayonida zamonaviy interfaol metodlarni qo'llagan holda "Ona tili va o'qish savodxonligi" fanini o'qitish imkoniyatlaridan foydalanildi. Tajriba-sinov ishlarining asosiy maqsadi sifatida boshlang'ich ta'limda o'quvchilarda iqtisodiy bilimlarni shakllantirishning mavjud holatini tahlil qilish, o'quvchilarning iqtisodiy bilim darajasini aniqlash va mazkur jarayonni tashkil etishning metodik tizimini ishlab

Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences

SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7

(E)ISSN:2181-1784 www.oriens.uz 3(5), May, 2023

chiqish etib belgilandi.

Tajriba-sinov ishlarining aniqlovchi bosqichida sinov o'tkazish maqsadida tanlab olingan umumiy o'rta ta'lim maktablarining tajribada ishtirok etayotgan boshlang'ich sinf o'quvchilarining iqtisodiy tushuncha va tasavvurlari suhbat, test o'tkazish orqali tekshirildi.

Suhbat natijalari asosida bolalarning ruhiy rivojlanishi, ularning iqtisodiy tushunchalarga doir bilimlari, atrofdagi narsa-hodisalarga munosabati va ular to'g'risidagi tasavvuri tekshirildi. Suhbat jarayonida o'quvchilarga iqtisodiyotga oid tushunchalardan iborat savollar berildi. Suhbat mavzusi tanish bo'lishiga qaramay, ularda uchragan notanish so'z va tushunchalarni tushunmagan bolalar savollarga to'liq javob bera olmadilar.

Suhbat yakunida savollarda aks etgan har bir notanish iqtisodiy atamaning mazmuniga izoh berildi. Atamaning ma'nosi, uning qayerda, qachon, kim tomonidan, qay hollarda ishlatilishi, kishilar hayotidagi ahamiyati tushuntirilgach, savollar yana takrorlandi. Bolalar takroriy urinishda savollarga doir fikrlarini qisman bo'lsa-da bayon etdilar. Ushbu suhbat natijalari, javoblar tahlili 1-jadvalda keltirilgan.

1-jadval

Umumiy o'rta ta'lim maktabining boshlang'ich sinf o'quvchilari bilan o'tkazilgan dastlabki sinov natijalari

Tajriba guruhi Nazorat guruhi

№ 114-nafar o'quvchi 102-nafar o'quvchi

Savollar To'g'ri va to'liq javoblar To'liqsiz javoblar Javob bera olmaganlar To'g'ri va to'liq javoblar To'liqsiz javoblar Javob bera olmaganlar

1. Shaxsiy buyumlaringizni 8 34 72 9 23 70

sanab bera olasizmi? (7,2%) (29,82%) (63,16%) (8,83%) (22,54%) (68,63%)

2. O'z xo'jaligingiz bormi? 7 33 74 (64,91%) 5 28 69

(6,14%) (28,95%) (4,90%) (27,45%) (67,65%)

3. Oila xo'jaligiga nimalar 12 36 66 12 31 59

kiradi? (10,53%) (31,58%) (57,89%) (11,76%) (30,39%) (57,85%)

4. Oilangizga daromad 15 27 72 13 26 63

qayerdan keladi? (13,17%) (31,58%) (63,15%) (12,75%) (25,49%) (61,76%)

5. Oilangiz nimalarga sarf- 24 33 57 18 11 73

harajat qiladi? (21,05%) (28,95%) (50,0%) (17,65%) (10,78%) (71,57%)

6. Ota-onalar nima uchun 88 23 3 91 8 3

ishlaydilar? (77,19%) (20,17%) (2,64%) (89,22%) (7,84%) (2,94%)

7. Pul insonga nima uchun 105 7 2 96 6 -

zarur? (92,10%) (6,14%) (1,76%) (94,12%) (5,88%) (%)

8. O'zbekiston pul birligini 105 6 3 94 6 2

ayting? (92,10%) (5,27%) (2,64%) (92,16%) (5,88%) (1,96%)

9. Pulni qanday ishlab topish 110 4 - 98 4 -

mumkin? (96,49%) (3,51%) (0%) (96,07%) (3,93%) (0%)

10. Kishilar zarur narsalarni 101 11 2 (1,76%) 89 8 5

qayerdan sotib oladilar? (89,47%) (9,65%) (87,25%) (7,85%) (4,90%)

11. Bozor nima? Nima uchun 102 9 3 (2,64%) 96 5 1

odamlar bozorga boradi? (89,47%) (7,90%) (94,11%) (4,90%) (0,98%)

12. Yaxshi xarid qilish uchun 27 65 22 (19,30%) 24 59 19

Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences

SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7

(E)ISSN:2181-1784 www.oriens.uz 3(5), May, 2023

nimalarni bilish kerak? (23,68%) (57,02%) (23,53%) (57,85%) (18,62%)

13. Televideniyada siz yoqtirgan reklama? 106 (92,98%) 6 (5,26%) 2 (1,76%) 93 (91,17%) 5 (4,90%) 4 (3,93%)

14. Tejamkorlik nima va nimalarni tejash mumkin? 4 (3,51%) 6 (5,27%) 104 (91,23%) 4 (3,93%) 5 (4,90%) 93 (91,17%)

Tajriba-sinov o'tkazilayotgan umumiy o'rta ta'lim maktablarining boshlang'ich sinf o'quvchilari bilan tashkil etilgan suhbat natijalarining dastlabki tekshiruv-tahlil natijasi bola suhbat mavzusi tanish bo'lgan holdagina unga diqqatini qaratishi, materialni qabul qilishi, xotirasida saqlab qolishi, mavzuga doir berilgan savollar mazmuni tushunarli bo'lsagina savollarga javob berishi, nutqining ravon va faol bo'lishi, aksincha, notanish so'z va izohini bilmaydigan tushunchalar ishtirok etgan savollarga javob bera olmasligini aniqlashga imkon berdi. O'tkazilgan dastlabki tahlil natijasi asosiy e'tiborni ta'lim- tarbiya mazmunini iqtisodiyotga oid mavzular bilan uyg'unlashtirish va uning samaradorligini tajribada sinab ko'rishga qaratish zarurligini ko'rsatdi.

iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.

Tadqiqot jarayonida va zamonaviy uslubiy nashrlarda tavsiflangan, boshlang'ich sinf o'qituvchilari tajribasini umumlashtirish orqali o'quvchilarda iqtisodiy tushunchalarni shakllantirishda bo'yicha uslubiy tizim ishlab chiqildi. (1-rasmga qarang).

1-rasm. Boshlang'ich sinf o'quvchilarida iqtisodiy tushunchalarni shakllantirish jarayonining

o'quv-metodik tuzilmasi

Rasmda keltirilgan boshlang'ich sinf o'quvchilarining iqtisodiy bilimini rivojlantirish jarayonida metodik ta'minotni qo'llash bo'yicha uslubiy tizim beshta o'zaro bog'liq komponentdan iborat: maqsad, o'qituvchi va o'quvchilar, mazmun, vosita, ona tili va o'qish savodxonligi darslarida o'quvchilarning iqtisodiy bilimini

SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7

3(5), May, 2023

shakllantirishning tashkiliy-pedagogik shartlari. Ushbu metodik tizim ta'lim jarayonini tashkil qilishda o'quv-metodik vositalarni qo'llash samaradorligini ta'minlovchi muhim omil hisoblanadi.

Xulosa. Ta'limiy amaliyot tahlili boshlang'ich sinf o'quvchilarida iqtisodiy bilimlarni shakllantirish samaradorligi ta'lim-tarbiya jarayonini to'g'ri tashkil etish, boshlang'ich sinf o'quvchilarining ta'lim-tarbiya mazmunini iqtisodiy mavzularda integratsiyalashtirish, ilg'or o'qitish texnologiyalarini qo'llash asosida bosqichlararo uzviy tashkil etishga bog'liq ekanini ko'rsatdi.

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO'YXATI (REFERENCES)

1. O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019 yil 31 dekabrdagi "Uzluksiz ma'naviy tarbiya konsepsiyasini tasdiqlash va uni amalga oshirish chora-tadbirlari to'g'risida"gi 1059-son Qarori 1-ilovasi. // Qonun hujjatlari ma'lumotlari milliy bazasi, 03.01.2020 y., 09/20/1059/4265-son.

2. Abdulla Avloniy. Turkiy guliston yoxud axloq. - T.: Cho'lpon, 1994. - 182 b. -62-63, 64 b.

3. Abu Ali ibn Sino. Tib qonunlari. Saylanma. 1-jild. - T.: Abdulla Qodiriy nomidagi xalq merosi, 1993. - 304 b.

4. Abu Nasr Forobiy. Fozil odamlar shahri. - T.: A.Qodiriy nomidagi xalq merosi nashriyoti, 1993. - 222 b. - 78-81 b.

5. Abu Rayhon Beruniy. Feruza (Javohirlar haqida naql va hikoyatlar). - Toshkent: A.Qodiriy nomidagi nashriyot, 1993. - 96 b.

6. Artiqova M.B. Oilada o'smirlarni tadbirkorlik faoliyatiga tayyorlashning pedagogik shart-sharoitlari: Ped.fan.nom. ... diss. - T.: 2008. -B. 155.

7. Ismailov, M. K. (2021). REFLECTIVE TECHNOLOGIES OF DEVELOPMENT OF SANOGEN THINKING IN STUDENTS. In НАУКА И СОВРЕМЕННОЕ ОБРАЗОВАНИЕ: АКТУАЛЬНЫЕ ВОПРОСЫ, ДОСТИЖЕНИЯ И ИННОВАЦИИ (pp. 167-170).

8. Ismailov, M. K. (2021). Talabalarda sanogen tafakkurni rivojlantirish komponentlari va uning pedagogik-psixologik xususiyatlari. Oriental renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences, 1(8), 509-522.

9. Umarova X.A. Boshlang'ich ta'limda iqtisodiy bilimlarni o'rganishga yo'naltirilgan modulli texnologiyalarning didaktik asoslari: Ped.fan.nom.... diss. - T.: 2006. -B. 202.

10. Xudoyqulov X.J. Boshlang'ich sinf o'quvchilarini tarbiyalashda iqtisodga oid tushunchalarni shakllantirishning nazariy va amaliy asoslari. Ped.fan.nom. ... diss. -T.: 2008. -B. 235.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.