Научная статья на тему 'BOSHLANG’ICH SINF O’QUVCHILARIDA IJODIY FIKRLASH KO’NIKMALARINI RIVOJLANTIRISHNING AMALIY JIHATLARI'

BOSHLANG’ICH SINF O’QUVCHILARIDA IJODIY FIKRLASH KO’NIKMALARINI RIVOJLANTIRISHNING AMALIY JIHATLARI Текст научной статьи по специальности «Науки об образовании»

CC BY
507
95
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
boshlang’ich sinf / ijodiy fikrlash / nostandart dars / didaktik o’yin / ona tili va o’qish savodxonligi / debrifing / seminar dars. / elementary school / creative thinking / non-standard lesson / didactic game / native language and reading literacy / debriefing / seminar lesson.

Аннотация научной статьи по наукам об образовании, автор научной работы — Ismailov, Murodulla Kaxramonovich, Ro’Ziyeva, Jang’Iloy Baxodirovna

Maqolada boshlang’ich sinf o’quvchilarida ijodiy fikrlash ko’nikmalarini rivojlantirish zaruriyati asoslangan bo’lib, aniqlovchi tajriba bosqichi natijalari tahlil qilingan. Umumiy o’rta ta’lim maktablarida o’qitiladigan har bir fan yosh avlodning har tomonlama komil, bilimli, jamiyatga foydali shaxs bo’lib yetishishida muhim ahamiyat kasb etadi. Ayniqsa, boshlang’ich ta’lim yosh avlodning kelajagi uchun muhim poydevor vazifasini bajaradi.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

PRACTICAL ASPECTS OF DEVELOPING CREATIVE THINKING SKILLS IN PRIMARY SCHOOL PUPILS

The article is based on the need to develop creative thinking skills in elementary school pupils, and the results of the test stage are analyzed. Every subject taught in general secondary schools is important for the development of the young generation as a well-rounded, knowledgeable person useful to the society. In particular, primary education serves as an important foundation for the future of the young generation.

Текст научной работы на тему «BOSHLANG’ICH SINF O’QUVCHILARIDA IJODIY FIKRLASH KO’NIKMALARINI RIVOJLANTIRISHNING AMALIY JIHATLARI»

SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7

3(5), May, 2023

BOSHLANG'ICH SINF O'QUVCHILARIDA IJODIY FIKRLASH KO'NIKMALARINI RIVOJLANTIRISHNING AMALIY JIHATLARI

Maqolada boshlang'ich sinf o'quvchilarida ijodiy fikrlash ko'nikmalarini rivojlantirish zaruriyati asoslangan bo'lib, aniqlovchi tajriba bosqichi natijalari tahlil qilingan. Umumiy o'rta ta'lim maktablarida o'qitiladigan har bir fan yosh avlodning har tomonlama komil, bilimli, jamiyatga foydali shaxs bo 'lib yetishishida muhim ahamiyat kasb etadi. Ayniqsa, boshlang'ich ta'lim yosh avlodning kelajagi uchun muhim poydevor vazifasini bajaradi.

Kalit so'zlar: boshlang 'ich sinf, ijodiy fikrlash, nostandart dars, didaktik o 'yin, ona tili va o'qish savodxonligi, debrifing, seminar dars.

ПРАКТИЧЕСКИЕ АСПЕКТЫ РАЗВИТИЯ НАВЫКОВ ТВОРЧЕСКОГО МЫШЛЕНИЯ У УЧАЩИХСЯ НАЧАЛЬНЫХ КЛАССОВ

АННОТАЦИЯ

В основу статьи положена необходимость развития навыков творческого мышления у учащихся начальных классов, анализируются результаты тестового этапа. Каждый предмет, преподаваемый в общеобразовательных школах, важен для развития подрастающего поколения как всесторонне развитой, знающей личности, полезной обществу. В частности, начальное образование служит важной основой для будущего молодого поколения.

Ключевые слова: начальный класс, творческое мышление, нестандартный урок, дидактическая игра, родной язык и грамотность чтения, подведение итогов, семинарское занятие.

PRACTICAL ASPECTS OF DEVELOPING CREATIVE THINKING SKILLS

The article is based on the need to develop creative thinking skills in elementary school pupils, and the results of the test stage are analyzed. Every subject taught in general secondary schools is important for the development of the young generation

Ismailov Murodulla Kaxramonovich

Termiz davlat universiteti Pedagogika va ijtimoiy ish kafedrasi dotsenti,

p.f.b.f.d. (PhD) Ro'ziyeva Jang'iloy Baxodirovna Termiz davlat pedagogika instituti magistranti

ANNOTATSIYA

IN PRIMARY SCHOOL PUPILS

ABSTRACT

SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7

3(5), May, 2023

as a well-rounded, knowledgeable person useful to the society. In particular, primary education serves as an important foundation for the future of the young generation.

Key words: elementary school, creative thinking, non-standard lesson, didactic game, native language and reading literacy, debriefing, seminar lesson.

Respublikamizda yosh avlodni mustaqil, ijodiy fikrlashga o'rgatish davlat darajasidagi masalaga aylangan. Ta'lim jarayonida boshlang'ich sinf o'quvchilarini ijodiy faoliyatga yo'naltirish muammosiga jahon pedagogika va psixologiya ilmida alohida e'tibor qaratilgan.

Boshlang'ich ta'lim ona tili va o'qish savodxonligi darslari samaradorligini oshirish hamda o'quvchilarda ijodiy fikr yuritish ko'nikmalarini rivojlantirishda nostandart dars shakllari hamda interfaol o'qitish usullaridan foydalanish muhim ahamiyat kasb etadi. Ona tili va o'qish savodxonligi fanini o'qitishning bosh maqsadi yoshlarning ijodiy-mustaqil, o'z fikrini erkin va ta'sirli, mazmunli va mantiqli qilib yozma va og'zaki shaklda ifodalashga, o'zbek tili qonun-qoidalarini ongli o'zlashtirishga o'rgatish, shuningdek, ularning fikr doiralarini kengaytirishga e'tibor qaratilgan. Ona tili va o'qish savodxonligi darslarida o'quvchilar matnni yodlab olish, she'rlarni takrorlash bilan cheklanmasdan, matnni tushunish, anglash, munosabat bildira olish ko'nikmalarini shakllantirishga alohida e'tibor qaratiladi.

Tadqiqot maqsadi. Yangilangan ta'lim mazmuniga binoan o'qitish jarayonini tashkil etishda pedagogik qonuniyatlar va tamoyillariga qat'iy rioya qilish, zamonaviy interfaol ta'lim metodlari hamda axborot-kommunikatsion texnologiyalardan foydalanish, o'qitishni tashkil etishning eng samarali usullaridan foydalanish lozimligini hamda mazkur jarayonda o'qituvchi mas'uliyati va vazifalarini yanada oshirishni belgilab berdi.

Yuqorida aytilgan talablar zamonaviy darslarda o'z aksini topishi lozim. So'ngi pedagogik adabiyotlarda zamonaviy dars tushunchasi deganda o'quvchilar tomonidan o'quv materiallarining to'liq o'zlashtirilishi, ularni tarbiyalash hamda rivojlantirish jarayoni deb tushuniladi. Zamonaviy darslarda o'quv-tarbiyaviy jarayonning hamma komponentlari o'z aksini topadi.

Tadqiqot usullari. Kuzatish, ilmiy manbalar va ilmiy tadqiqot ish natijalarini pedagogik-psixologik tahlil qilish, taqqoslash, pedagogik tajriba-sinov.

Adabiyotlar tahlili. Respublikamiz olimlaridan Sh.Abdullayeva [1], M.Qulaxmetova [12], Ch.T.Shakirova [13]larning boshlang'ich sinflarda darslarni modulli innovatsion texnologiyalar asosida tashkil etish, o'quvchilarning ijodiy fikrlash qobiliyatini shakllantirish bo'yicha ishlarini e'tirof etish mumkin.

KIRISH

SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7

3(5), May, 2023

Shuningdek, umumiy o'rta ta'lim maktablarining boshlang'ich sinflarida o'qitishning turli jihatlari B.R.Adizov [2], R.Ibragimova [4], Sh.Nurullayeva [10], Sh.Sharipov [14], F.Xo'jjiyeva [16]lar tomonidan o'rganilgan. Fikrlash jarayonining psixologik asoslari E.G'oziyеv [3], V.Karimova [8], R.Sunnatova [15] va Z.Nishonova[9]lar tomonidan o'rganilgan bo'lsa, sanogen (sog'lom) tafakkurni rivojlantirish muammosi M.Ismailov [5; 6; 7] tomonidan tadqiq etilgan.

Umumiy o'rta ta'lim tizimida o'quvchilar tafakkurini o'stirish, o'quv-biluv jarayonini ijodiy tashkil etish, muammoli izlanish mеtodi, ijodiy ishlar, didaktik o'yinlarning o'quvchilar o'quv-biluv faoliyatiga va tafakkuriga ta'siri qator olimlar [2; 4; 10; 12] tadqiqotlari ob^kti bo'lib kеlgan. Masalan, adabiy ta'lim jarayonida o'quvchilarni ijodiy fikrlashga o'rgatish jarayoni Q.Husanboyеvaning tadqiqotida o'z aksini topgan.

Tadqiqotchining ta'kidlashicha, boshlang'ich ta'lim jarayonida quyidagilarga amal qilinsa o'quvchilarni ijodiy fikrlashga o'rgatish bo'yicha ijobiy samaralarga erishish mumkin: 1) dars mashg'ulotlarida o'quvchilarning ijodiy fikrlashi uchun zarur shart-sharoitlar yaratilsa; 2) dars mashg'ulotlarida o'quvchilarni ijodiy fikrlashga o'rgatadigan didaktik o'yinlar va topshiriqlardan izchil foydalanilsa; 3) ta'lim jarayonida ijodiy ish usullari izchil va muntazam qo'llanilsa; 4) dars davomida muammoli vaziyatlar yaratilib, ularda o'quvchilarning ishtiroki ta'minlansa; 5) o'qituvchining o'zi ham ijodiy fikr yuritish ko'nikmalarini o'zlashtirgan bo'lsa; 6 ) o'qituvchi-o'quvchi hamkorligi to'g'ri yo'lga qo'yilsa, belgilangan maqsadga erishish mumkin.

TADQIQOT NATIJALARI.

Boshlang'ich sinf o'quvchilarini ona tili va o'qish savodxonligi darslarida ijodiy fikrlashga o'rgatishning joriy holatini aniqlash maqsadida ilmiy izlanish usulidan foydalanildi. Bunda Surxondaryo viloyati Termiz shahridagi 11-, 17-, Muzrabot tumanidagi 24-umumiy o'rta ta'lim maktablarining boshlang'ich sinflarida ona tili va o'qish savodxonligi darslari kuzatildi. Shuningdеk, boshlang'ich sinf o'qituvchilari va o'quvchilari bilan suhbatlar uyushtirildi, ankеta so'rovlari va o'yin-topishmoqlar asosida o'quvchilarning ijodiy fikrlash darajasini aniqlashga e'tibor qaratildi.

Tajriba-sinov ishlari davomida jami 32 nafar boshlang'ich sinf o'qituvchilari, 195 nafar respondent-o'quvchilar ishtirok etdi. Ilmiy tadqiqot jarayonida suhbat, savol-javob, kuzatish, tajriba, ankеta so'rovlari, o'quvchilar ijodini o'rganish kabi ilmiy-tadqiqot mеtodlaridan foydalanildi.

Tajriba avvalida fan o'qituvchilari bilan suhbat ishlari olib borildi hamda o'quvchilarda ijodiy fikrlash ko'nikmalarini rivojlantirish uchun qanday ishlar amalga oshirilishi lozimligi bo'yicha ishlab chiqilgan anketa-so'rovnomani to'ldirib

Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences

SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7

(E)ISSN:2181-1784 www.oriens.uz 3(5), May, 2023

berishdi. O'qituvchilar tomonidan berilgan javoblarga ko'ra, o'quvchilarni ijodiy fikrlashga o'rgatish jarayoni unumli kechishi uchun qulay vaziyatlar yaratish lozimligini ko'pchilik (27 nafar) o'qituvchi ta'kidlab o'tdilar. Ammo ijodiy ishlarga rahbarlik qilish borasidagi savolga 21 nafar o'qituvchi ko'rsatmalar berib turishini aytdi. Shuningdek, o'quvchilar o'qituvchilar bilan muloqot jarayonida tortinib turishini (29 nafar) va o'quvchilarning har bir harakatini qattiqqo'llik bilan nazorat qilishlarini (23 nafar) o'qituvchilar aytib o'tdilar. Mazkur holat ta'lim jarayonida o'quvchilarning ijodiy fikrlash ko'nikmalarini rivojlantirish imkonini bermaydi. O'qituvchilar bilan o'tkazilgan anketa so'rovlari natijasi tahlili ona tili va o'qish savodxonligi ta'limi jarayonida ijodiy fikrlashga o'rgatish usullarini yanada boyitish lozimligini ko'rsatdi.

Aniqlovchi tajriba-sinov bosqichida o'quvchilarda ijodiy fikrlash ko'nikmalarining rivojlanganlik darajasini aniqlashga qaratilgan pedagogik faoliyat ham tashkil etildi. Qo'yilgan maqsadga erishish uchun umumiy o'rta ta'lim maktab darsliklari, dars va darsdan tashqari mashg'ulotlar mazmuni o'rganildi hamda ularning o'quvchilarda ijodiy fikrlash ko'nikmalarini rivojlantirishdagi imkoniyatlari aniqlashtirildi.

Aniqlovchi bosqich natijalari barcha sinf o'quvchilarida deyarli bir xil ko'rsatkichga ega ekanligini ko'rsatdi, bunda o'quvchilarda ijodiy fikrlash ko'nikmalarining rivojlanganligi o'rtacha ahamiyatlilik ko'rsatkichi bo'yicha quyi darajasi 50,9 %ni, o'rta 22,8 %ni, yuqori darajasi 26,3 %ni tashkil etdi (1-jadvalga qarang).

1-jadval

Boshlang'ich sinf o'quvchilarida ijodiy fikrlash ko'nikmalari rivojlanganligining o'rtacha ahamiyatlilik darajasi (aniqlovchi bosqich)

Sinflar Rivojlanganlik darajalari

Quyi O'rta Yuqori

Tajriba sinflari 51 / 51,2% 22 / 22,5% 25 / 26,3%

Nazorat sinflari 48 / 50,5% 23 / 23,0% 26 / 26,5%

O'rtacha 99 / 50,9% 45 / 22,8% 51 / 26,3%

Aniqlovchi tadqiqot bosqichi natijalariga e'tibor qaratilsa, tajriba va nazorat guruhi o'quvchilarida ijodiy fikrlash ko'nikmalarining rivojlangik darajalarida deyarli katta farq yo'q. Demak, boshlang'ich sinf o'quvchilarida ijodiy fikrlash ko'nikmalarini rivojlantirish imkonini beruvchi didaktik shart-sharoitlarni aniqlashtirish zarur. Quyida boshlang'ich ta'lim "Ona tili va o'qish savodxonligi" darslarida foydalanish mumkin bo'lgan hamda ijodiy fikrlash ko'nikmalarini rivojlantirishga xizmat qiluvchi nostandart dars turlari mazmuniga to'xtalamiz.

SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7

3(5), May, 2023

XX asr 70-yillari o'rtalarida maktablar tizimida o'quvchilarning mashg'ulotlarga qiziqishlarining pasayish xavf aniqlandi. Muammoni bartaraf etish maqsadida bir guruh olimlar tadqiqot ishlarini olib borishdi. Bunda nostandart darslarning tashkil etilishiga alohida e'tibor qaratildi. Nostandart dars an'anaviy tuzilishdagi improvizatsion o'quv mashg'ulotidir.

Pedagogik adabiyotlarni tahlil qilish nostandart darslarning o'nlab turlari mavjudligini ko'rsatdi. Ular orasida amaliy o'yinlar, matbuot konferensiyalari, ijodiy hisobotlar. musobaqalar, KVN turidagi o'yinlar, tanlov, teatrlashtirilgan darslar, binar, kompyuterli darslar, fantaziyalar, "sudlar", haqiqatni izlash, "paradokslar", auksionlar, dialog dars va boshqalar ko'zga tashlanadi.

Muammoli darslar. O'z xarakteriga ko'ra muammoli vaziyatni vujudga keltirib, uning yechimini yakka yoki guruhlar ishtirokida hal etishga qaratiladi. Bu kabi darslar bilimlarni mustaqil ravishda o'zlashtirishga qaratilib, unda o'quvchilarning fikr yuritishi, qiziqishlariga suyaniladi. O'quv jarayoni texnologiyasi variativlik, ketma-ketlik, kompleks yondashuvlar bilan hal etiladi.

Muammoni yechish jarayonida qiyinchiliklar ham kelib chiqadi. O'quv materiali muammoning qo'yilishi o'quvchilarning tayyorgarligiga, yoshiga mos bo'lishi va ular yecha oladigan masalalar bo'lishi kerak. Darsning birinchi bosqichida muammoning mohiyati, yechimining zarurligini tushunib yetishlariga erishish muhim.

Darsning ikkinchi bosqichi muammoni ochish yo'lidir, uni mohiyatga yetish orqali hal etiladi. Darsning so'nggi bosqichida yechim asosida o'quvchilar "men buni o'zlashtirib, yechimini o'rganib oldim" degan xulosaga kelishi kerak. Muammoli dars o'quvchilarning ijodiy-mustaqil harakati orqali o'z yechimini topadi. O'quv jarayoniga qiziqish ortadi. O'qituvchining asosiy e'tibori muammoni qo'ya olish, yechimi ustida fikr yuritish, o'quvchilarning xulosa chiqara bilishini shakllantirishdan iborat.

Dasturlashtirilgan dars asosan maxsus dars asosida kompyuter yordamida amalga oshiriladi. Dasturlangan darslar oldindan tuzilgan loyihalar asosida amalga oshiriladi. U o'quv jarayoni boshqaruvini qulaylashtiradi. Bunday turdagi darslarda pirovard natijalar oldindan rejalashtiriladi. Dasturlangan darsning qulayligi shundaki, unda o'quvchilarning o'qitish materiallarini o'zlashtirib olayotganligini doimiy, ketma-ket kuzatib, nazorat etib borishga imkonini beradi. Natijada, o'quvchilarda bilimga bo'lgan intilish saqlanib qoladi.

Loyihalashtirilgan darslarning o'ziga xos tomonlari va afzalliklari quyidagilardan iborat: 1) O'quv materiallari alohida bo'laklarga bo'linadi. O'quv jarayoni ketma-ketliklarga bo'linadi, o'quv materiali ma'lum bo'laklarda fikrlab o'zlashtirishga moslashtiriladi. 2) O'zlashtiruvchining har bir harakati nazoratda

SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7

3(5), May, 2023

bo'ladi. O'quvchilar vazifani bajarishi bilan o'zlashtirish uchun navbatdagi vazifani oladi va qunt bilan o'zlashtiradi. O'quvchilar noto'g'ri javob qilsa, unga darhol yordam ko'rsatiladi.

3) Darsda har bir o'quvchi uchun mustaqil ishlash imkoniyati yaratilib, materialni o'z imkoniyati darajasida o'zlashtiradi. O'qituvchi o'quv jarayonining tashkilotchisi, yordamchi, maslahatchisiga aylanadi va o'quvchilar bilan yakka ishlash imkoniyatiga ega bo'ladi.

Hozirgi kunga kelib pedagogik faoliyatda nostandart darslar va ulardan foydalanish haqida tez-tez fikr yuritilmoqda. Nostandart darslarning bosh g'oyasi o'quvchilarning o'quv-biluv jarayoniga, o'quv mehnatiga qiziqish, xohish, istaklarini ko'zlash orqali o'quv jarayonini tashkil etishdir.

Nostandart dars sahnalashtirilgan dars mashg'ulotlari bo'lib, uning tizimlari ham turli ko'rinishda bo'lishi mumkin. Nostandart darslarga qarashlar ham turlicha, ayrimlar uni o'quv jarayonini demokratlashtirish, erkinlashtirish deb ta'kidlasalar, ayrimlar pedagogik printsiplarga rioya qilinmagan holat deb qaraydilar.

Pedagogik adabiyotlarni o'rganish shuni ko'rsatadiki, bunday zamonaviy dars turlari juda xilma-xil. Bu kabi zamonaviy darslarni maqsadlari, vazifalari, o'tish metodikalariga ko'ra quyidagicha nomlash mumkin: ishchanlik darslari, matbuot-konferensiya darslari, musobaqa darslari, KVN tipidagi darslar, teatrlashtirilgan darslar, maslahat darslari, kompyuterli darslari, kichik guruhli darslar, o'zaro bir-birini o'qitish darslari, ijodkorlik darslari, auktsion darslar, o'quvchilar tomonidan tashkil qilinadigan darslar, hisobot darslari, ijodiy hisobot darslari, formulali darslar, ko'rik-tanlov darslari, binar darslar, o'yinga asoslangan darslar, "Sud" darslari, "Haqiqatni izlab" darslari, ma'ruzali darslar, konsert darslari, dialogli darslar, "Rolli o'yinlar" darslari, "Konferensiya" darslari, seminar darslar, integrallashgan darslar, ekskursiya dasrlari, innovatsion darslar, zakovat darslari, ilmiy-fantastik kitoblar ustida ishlash, o'ylab top (evrika), o'yinchoqlar yordamida dars o'tish, eksperimental dars o'tish, bahs-munozara darslari.

Nostandart darslar tashkiliy usullari, o'tkazish metodlariga ko'ra o'quvchilar ehtiyojiga mos tushadi. Chunki bunday darslar qat'iy reglamentli darslardan ko'ra o'quvchilar ruhiyatiga yaqinroq bo'ladi. Shuning uchun o'qituvchilar nostandart darslardan o'z o'rnida foydalansalar foydadan holi bo'lmaydi. Quyida bir qancha nostandart dars shakllarining mazmuniga to'xtalib o'tamiz.

1. Konferentsiya darsi. O'quvchilarning ijodiy ishlashga ko'mak beruvchi usullardan biri, maktablarda konferentsiya darsini tashkil etish va o'tkazishdir. Konferentsiya darsi quyidagi yo'nalishda bo'ladi: a) an'anaviy shaklda konferentsiya darsi; b) maxsus mavzuni ilmiy jihatdan o'rganish; v) kasbga qiziqtirish darsi.

SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7

3(5), May, 2023

Konferentsiya darsi o'quvchilarning kitob ustida mustaqil ishlashga, olam yangiliklari bilan tanishtirish va o'quvchilarning bilish faoliyatini kengaytirishga katta yordam beradi. Konferentsiya darsining muvaffaqiyatli o'tishi uning sifatiga, tayyorgarlik darajasiga bog'liq. Bunday tayyorgarlikka quyidagi bosqichlar kiradi: 1) konferentsiya darsining vazifalari va unda muhokama qilinadigan savollar doirasini aniqlash; 2) o'qituvchining tegishli adabiyotlarni o'rganishi; 3) o'quvchilar o'rtasida ma'ruzani to'g'ri taqsimlash; 4) o'quvchilar uchun qo'shimcha moslamalar berish.

Konferentsiya darsining mavzusi shunday tanlanishi kerakki, u birinchidan qiziqarli, ikkinchidan, uni atroflicha va chuqur o'rganishga erishish, uchinchidan, mavzuning ijtimoiy ahamiyati yoritib berilishi lozim.

2. Seminar darsi. O'quvchilarda mustaqil bilim olish va kitob ustida ishlash ko'nikmasini hosil qilishda seminar darsi yaxshi natija beradi. Seminar darsi hozirgi zamon talabiga javob beradigan dars turlaridan biri bo'lib, o'quvchilarni mustaqillikka o'rgatadi, qo'shimcha adabiyotlar, jurnallar, ommabop kitoblar, ma'lumotnomalardan foydalanishga odatlantiradi. O'quvchi o'rgangan materiallarini xulosalash, texnika va turmushga bog'lash, muammoli savollarni to'g'ri hal qilishda ijodiy yondashishga harakat qiladi.

4. Ilmiy-fantastik adabiyotlar ustida ishlash. Mazkur mavzu o'quvchilarning ijodiy fikrlash qobiliyatini oshirish va kitob ustida mustaqil ishlash ko'nikmalarini hosil qiladi. Ilmiy-fantastik kitob ustida ishlash o'quvchilarning bilim doirasini kengaytirishga yordam beradi.

5. O'yinchoqlar yordamida dars o'tish. Interfaollikni oshirishda ba'zi mexanik, elektr va elektron o'yinchoqlar muhim rol o'ynaydi. Bolalarning atrof-muhitni o'rganishida katta yordam beradi. Ayniqsa, matematika, fizika, rus tili, xorijiy tillar va mehnat darslarida tayyor yoki o'quvchilarning o'zlari yasagan o'yinchoqlarni namoyish qilishlari ularning bilim olish jarayonini tezlatadi va texnika fanlariga bo'lgan qiziqishlarini oshiradi.

6. Eksperimental dars. O'quv jarayonini jonlashtirish hamda o'quvchilarning mustaqil ish olib borishini ta'minlashda tajribaviy dars o'tish metodi yaxshi natija berishi bilan birga ularning tadqiqiy ko'nikmalarini rivojlantirishga yordam beradi. O'quvchilar amallarning asosiy jarayonlarini o'z ko'zilari bilan ko'radilar. Hosil bo'lgan natijalarni mustaqil tahlil qilib, tegishli xulosa chiqaradilar. Eksperimental dars o'tishdan maqsad nazariy bilimni mustahkamlash va chuqurlashtirish asosida amaliy ishlash, olingan natijalarni hisoblash, ularni tadbiq qilish ko'nikmalarini oshirishdir.

SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7

3(5), May, 2023

7. Bahs-munozara darsi. Mazkur usulda o'quvchilarga bir kun oldin mavzu beriladi. O'quvchilar mavzuni o'qib, savollarga javob topib, guruhlarda o'sha savollarga javoblar bahs-munozara asosida olib boriladi. Yoki biror masala sinf taxtasida ishlanadi va uning bir nechta yechimlari bor bo'lsa bahs-munozara tarzida ishlanadi. Bunda o'quvchilarning faolligi oshadi, o'zini erkin tutadi.

8. Har xil yozma ishlar. O'quvchilarning bilim darajasi, tafakkuri yuzasidan har xil yozma ish olinadi. Yozma ishlar 5-10, 10-15, 15-20 va hokazo, ya'ni 45 minut davom etadi. Ba'zida ijodiy yozma ishlar olinib, o'quvchining ijod qilish faoliyati o'rganiladi.

Yuqoridagi nostandart dars mashg'ulotlarini tashkil etishda quyidagi o'qitish usullaridan foydalanish maqsadga muvofiq: debrifing, rolli o'yinlar, guruhiy munozara, muayyan vaziyatni tahlil qilish, aqliy hujum, debat va boshqalar.

Debrifing - inglizcha so'zdan olingan bo'lib, "jamlash", "saralash" degan ma'nolarni anglatib, o'quvchilardan barcha ma'lumotlarni so'rab olguncha bo'lgan jarayon, savol- javob orqali kerakli axborotni olish usuli. Aynan debrifing jarayonida bajarilgan ishlarning mohiyati aniqlashtiriladi, maqsadga erishganlik darajasi tahlil qilinadi, xulosa qilinadi, o'quvchilar bilib olganlari va yana o'rganishlari lozim bo'lgan material orasidagi munosabat o'rnatiladi, keyingi harakatlar rejasi belgilanadi.

Debrifing bosqichlari:

1-bosqich: faktlarni aniqlash(Nima sodir bo'ldi?)

2-bosqich: sabablar tahlili (Nega shunday bo'ldi?)

3-bosqich: harakatlarni rejalashtirish (Endi nima qilamiz?)

Birinchi bosqichda sodir bo'lgan voqealar qayd etiladi, hosil bo'lgan his -tuyg'ular oshkor etiladi, nima sodir bo'lishi mumkinligi to'g'risida emas, haqiqatdan amalga oshgan voqea haqida fikr yuritiladi.

Ikkinchi bosqichda voqeani keltirib chiqargan sabablar tahlil qilinadi, muqobil nazariyalar muhokama etiladi, misollar keltiriladi.

Uchinchi bosqichda keyingi qadamlar aniqlashtiriladi.

Maqolaning ilmiy mohiyati. Zamonaviy darsning tarkibiy elementlari sifatida quyidagilarni belgilash mumkin: o'rganiladigan material mazmuni, o'qitiladigan fan va uning metodlari, dars boshqaruvi, o'quv faoliyati nazorati, o'quv-texnika vositalari, mustaqil ishlash uchun didaktik materiallar, o'quvchilarning o'quv faoliyatini tashkil etish shakllari, o'qituvchi shaxsi va boshqalar kiradi.

Boshlang'ich ta'lim ona tili va o'qish savodxonligi darslarini nosatandart dars shakllaridan foydalanib tashkil etishning afzalliklari:

1) O'qitish mazmunini yaxshi o'zlashtirishga olib keladi;

SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7

3(5), May, 2023

2) O'z vaqtida o'quvchi-o'qituvchi - o'quvchilar o'rtasida samimiy aloqalar o'matiladi; O'qitish shakllari ta'lim jarayonida turli xil ko'rinishlarda kechadi.(yakka, juft, guruh, katta guruhlar);

3) O'quv jarayoni o'quv ehtiyojini qondirish bilan yuqori motivatsiyaga ega bo'ladi; O'zaro axborot berish, olish, qayta ishlash orqali o'quv materiali yaxshi esda qoladi.

4) O'zaro muloqotga kirishish, fikr bildirish, fikr almashish ko'nikmalari shakllanadi. O'quv jarayonida o'quvchining o'z-o'ziga baho berishi, o'z-o'zini nazorat qilishi, tanqidiy qarashi rivojlanadi.

5) O'quvchi uchun dars qiziqarli o'qitilayotgan predmet mazmuniga aylanadi. O'qish jarayoniga ijodiy yondashuv, ijobiy fikr namoyon bo'ladi.

6) Har bir o'quvchining o'zi mustaqil fikr yuritishga, izlanishga, mushohada qilishga olib keladi. Shuningdek, o'qituvchi nostandart dars shakllaridan foydalanishda, didaktik qoidalarga rioya qilishi talab etiladi.

Zamonaviy darsning didaktik vazifalari o'quv maqsadlarini ro'yobga chiqarish orqali amalga oshiriladi. Ya'ni, o'quvchilarning aniq masala va mashqlarni tuzishi, uni tahlil etishi, matnni o'qishi, konspekt, tezislar tuzishi orqali o'quv jarayoni kechadi. Shundan kelib chiqib, aytishimiz mumkinki, boshlang'ich sinf ona tili va o'qish savodxonligi darslari o'quvchilarda to'g'ri talaffuz qilish, badiiy asarni tahlil qilish, tushunish, 1-2 sinflar qisqa hajmda insholar yoza bilishi, 3-4 sinf o'quvchilari mustaqil mushohada yuritish orqali kamida 10 ta so'zdan iborat i nsholarni yozish ko'nikmalarining shakllanishiga xizmat qiladi.

iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.

XULOSA VA TAVSIYALAR

Ona tili va o'qish savodxonligi ta'limi bo'yicha o'quvchilarni faqat matn bilan tanishtirish yordamida dastur talablariga javob berib bo'lmaydi. Negaki matn tagzaminidagi tarbiyaviy g'oya uni tushunish, idrok qilish natijasidagina ochiladi. Ona tili va o'qish savodxonligi darslari uchun tanlangan mavzular o'quvchilarga kundalik hayot, mustaqillikni mustahkamlash va insoniy munosabatlar bo'yicha ham bilim va tarbiya berishni ko'zda tutadi.

Boshlang'ich sinf o'quvchilarida ijodiy fikrlash ko'nikmalarini rivojlantirishda quyidagi usullardan foydalanish maqsadga muvofiq: ijodiy fikrlashga yo'naltirilgan yozma-nazorat ishlari; muammoli vaziyatlarni tahlil qilish va ularning yechimini ishlab chiqish; ibratli hikoyalar tahlili, test savollariga olingan javoblar orqali baholash; mavzuga doir berilgan savollarga olingan og'zaki javoblar orqali baholash. Shuningdek, "Ona tili va o'qish savodxonligi" fani o'quv rejasida belgilangan mavzular asosida ijodiy fikrlash ko'nikmalarini rivojlantirishga imkoniyat beruvchi dars ishlanmalarini tayyorlash hamda ta'limiy amaliyotda foydalanish lozim.

Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences

SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7

(E)ISSN:2181-1784 www.oriens.uz 3(5), May, 2023

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO'YXATI

1. Абдуллаева Ш.Ш. Педагогические технологии развития познавательны творческих способностей младших школьников. Автореф. Дисс...к.пед. н. -Т., 2005. - 23 с.

2. Adizov B.R. Boshlang'ich ta'limni ijodiy tashkil etishning nazariy asoslari. Ped. f. d...diss. - T., 2003. -280 b.

3. G'oziyev E.G'. Tafakkur psixologiyasi. - T.: O'qituvchi, 1990. - 185 b.

4. Ibragimov R. Boshlang'ich maktab o'quvchilarida bilish faoliyatini shakllantirishning didaktik asoslari. Ped. fan. dok. diss. ... - Toshkent: TDPU, 2001. -243 b.

5. Исмаилов М. К. (2021). Рефлексив ёндашув асосида талабаларда саноген тафаккурни ривожлантиришнинг эмпирик тахлили. Современное образование (Узбекистан), (3 (100)), 46-52.

6. Ismailov M. K. (2021). Empirical analysis of the development of sanogen thinking in student's on the basis of a reflective approach. Academicia: an international multidisciplinary research journal, 11(2), 592-599.

7. Ismailov M. K. (2021). Talabalarda sanogen tafakkurni rivojlantirish komponentlari va uning pedagogik-psixologik xususiyatlari. Oriental renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences, 1(8), 509-522.

8. Karimova V., Sunnatova R., Mustaqil fikrlash bo'yicha mashg'ulotlarni tashkil etish yuzasidan uslubiy qo'llanma. - T.: Sharq, 2000. - 193 b.

9. Nishonova Z.T. Mustaqil ijodiy fikrlashni rivojlantirishning psixologik asoslari. Psix.f.b.dok...diss. - Toshkent, 2005. - 391 b.

10. Nurullayeva Sh. Boshlang'ich sinf ona tili darslarida o'quvchilarni mustaqil fikrlashga o'rgatish metodikasi. Ped.fan.nom. ... diss. Toshkent, 2007. - 180 b.

11. Qaxramonovich, Y. X. (2023). Pedagogik-psixologik tadqiqotlarda shaxs o'z-o'zini boshqarishiga irodaviy sifatlar ta'sirining o'rganilishi. THEORY AND ANALYTICAL ASPECTS OF RECENT RESEARCH, 1(12), 36-43.

12. Qulaxmetova M. O'quvchilarning ijodiy fikrlash qobiliyatini shakllantirish: o'quv qo'llanma. - T.: "Sano-standart" nashriyoti, 2011. - 80 b.

13. Shakirova Ch.T. Talabalarning ijodiy fikrlashini rivojlantirish va dasturiy nazorat asosida o'qitish samaradorligini oshirish. Ped.fan.nom...diss. - Toshkent, 2009. - 167 b.

14. Sharipov Sh.S. Kasb ta'limi tizimida o'quvchilar ijodkorlik qobiliyatlarini rivojlantirishning uzluksizligi. - Toshkent: Fan 2005. - 131 b.

SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7

3(5), May, 2023

15. Суннатова Р.И. Индивидуально-типологические особенности мыслительной деятельности: Автореф. дис. ... докт. психол. наук. - Ташкент: НУУз, 2001. - 41 с.

16. Xo'jjiyeva F.O. Boshlang'ich sinf o'quvchilarida tanqidiy fikrlashni shakllantirish: Diss. ped fan. nomzodligi uchun - Toshkent, 2010.- 156 bet.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.