Научная статья на тему 'BOSHLANG‘ICH SINF О‘QUVCHILARIDA AHLOQIY FAZILATLARNI SHAKLLANTIRISH ZARURIYATI'

BOSHLANG‘ICH SINF О‘QUVCHILARIDA AHLOQIY FAZILATLARNI SHAKLLANTIRISH ZARURIYATI Текст научной статьи по специальности «Науки об образовании»

1007
42
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
о'quvchi / boshlang'ich / axloq / fazilat / muammo / yondashuv / bilim / kо'nikma. / learner / beginner / morality / virtue / problem / approach / knowledge / skill

Аннотация научной статьи по наукам об образовании, автор научной работы — Aziza Maxamatdjanovna Mamatova

Maqolada boshlang'ich sinf о'quvchilarida ahloqiy fazilatlarni shakllantirish muammosi tо'g'„risida fikr yuritilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

THE NEED TO FORM MORAL CHARACTERS IN PRIMARY CLASS STUDENTS

The article discusses the problem of forming moral qualities in primary school students.

Текст научной работы на тему «BOSHLANG‘ICH SINF О‘QUVCHILARIDA AHLOQIY FAZILATLARNI SHAKLLANTIRISH ZARURIYATI»

BOSHLANG'ICH SINF O'QUVCHILARIDA AHLOQIY FAZILATLARNI

SHAKLLANTIRISH ZARURIYATI

Aziza Maxamatdjanovna Mamatova

Chirchiq davlat pedagogika universiteti tadqiqotchisi

ANNOTATSIYA

Maqolada boshlang'ich sinf o'quvchilarida ahloqiy fazilatlarni shakllantirish muammosi to'g'risida fikr yuritilgan.

Kalit so'zlar: o'quvchi, boshlang'ich, ahloq, fazilat, muammo, yondashuv, bilim, ko'nikma.

THE NEED TO FORM MORAL CHARACTERS IN PRIMARY CLASS

STUDENTS

ABSTRACT

The article discusses the problem of forming moral qualities in primary school students.

Keywords: learner, beginner, morality, virtue, problem, approach, knowledge,

skill.

KIRISH

Yangi O'zbekiston taraqqiyoti strategiyasida sifatli ta'limga erishish vazifasi qo'yilgan[1]. Shu jihatdan bu boradagi jahon va milliy ta'lim tizimimiz tajribalarini uyg'unlashtirgan holda boshlang'ich sinf o'quvchilarida ahloqiy fazilatlarni shaklantirish muammosini o'rganish taqozo etiladi.

Jahon ta'lim tizimida ta'lim oluvchilarni har tomonlama tarbiyalash va ularni bugungi kun ehtiyojlariga mos ravishda voyaga yetkazish jarayoni kechmoqda. Bunda rivojlangan davlatlarning ta'lim oluvchilarda ahloqiy fazilatlarni shakllantirish bo'yicha ustuvor munosabatlar tarkib topganligini ta'kidlash joiz. Chunki xalqlarning ijtimoiy va iqtisodiy taraqqiyoti jarayonida shaxsning ahloqiy fazilatga ega bo'lishi masalasi ilk rejaga chiqmoqda. Shu sababli xalqaro ta'lim dasturlarida ham ta'lim oluvchilarda eng yuksak va ideal ahloqiy fazilatlarni tarkib toptirish talabalari belgilangan. Mazkur jarayon davlatlarning milliy ta'lim tizimiga ham ijobiy ta'sir ko'rsatmoqda.

Dunyo xalqlarining tarbiyaviy tajribasida shaxsning ahloqiy fazilatlarini shakllantirish bo'yicha yondashuvlar mavjud. Bunday

March, 2023

331

Academic Research in Educational Sciences

Volume 4 | Issue 3 | 2023

ISSN: 2181-1385 ISI: 0,967 | Cite-Factor: 0,89 | SIS: 1,9 | ASI: 1,3 | SJIF: 5,771 | UIF: 6,1

yondashuvlarning asosiylarini milliy va umuminsoniy qadriyatlarga nisbatan ahloqiy fazilatlarni shaxsda tarkib toptirish, unda fazilatlar vositasida ahloqiy ong, dunyoqarash va munosabatning paydo bo'lishiga erishishga alohida e'tibor berilmoqda. Shu sababli butun dunyo xalqlari ta'lim tizimida tarbiyaning eng muhim asoslaridan biri bo'lgan ahloqiy yangilanishlar yuzaga kelganligini ta'kidlab o'tish joiz[2].

Mamlakatimiz ta'lim tizimida shaxsning barkamol voyaga yetkazish islohotlari amalga oshirilmoqda. Bunda asosiy e'tibor umumiy o'rta ta'lim muassasalari o'quvchilarining ahloqiy fazilatlarini shakllantirishga qaratilayotganligi muhimdir. Shu jihatdan boshlang'ich sinf o'quvchilarida ahloqiy fazilatlarni shaklantirish tizimi va uning xususiyatlari hamda amaliyoti masalalarini tadqiq etish dolzarb bo'lib turibdi. Bu masala Yangi O'zbekiston taraqqiyotining negizlaridan birini tashkil etadi [3].

ADABIYOTLAR TAHLILI VA METODOLOGIYA

Boshlang'ich sinf o'quvchilarida ahloqiy fazilatlarni shakllantirish muammosini o'rganish va tadqiq etish uchun aniq vazifalarni belgilab olish maqsadga muvofiq bo'ladi. Shu jihatdan biz mazkur vazifalar ko'lamini quyidagicha idrok etamiz:

tadqiqot mavzusiga oid pedagogik manbalar, ilmiy tadqiqotlar va nazariy-amaliy yondashuvlarni o'rganish, tahlil qilish va boshlang'ich sinf o'quvchilarida ahloqiy fazilatlarni shakllantirish asoslarini aniqlash;

boshlang'ich sinf o'quvchilarida ahloqiy fazilatlarni shakllantirishning mazmuni va uning "Tarbiya" o'quv fanini o'qitish asosida shakllantirish omillarini tadqiq etish;

boshlang'ich sinf o'quvchilarida ahloqiy fazilatlarni shakllantirishning amaliy va innovatsion tizimlarini ishlab chiqish;

boshlang'ich sinf o'quvchilarida ahloqiy fazilatlarni shakllantirish tizimi samaradorligi bo'yicha pedagogik tajriba-sinov ishlarini o'tkazish va uning natijalari asosida tavsiyalarni shakllantirish.

Mazkur vazifalarning ijrosi natijasida boshlang'ich sinf o'quvchilarida ahloqiy fazilatlarni shakllantirishning nazariy va amaliy tizimlariga ega bo'linadi. Kezi kelganda ta'kidlash lozimki, ahloqiy fazilatlar keng ko'lamli jihati bilan diqqatni tortadi. Shu sababli boshlang'ich sinf o'quvchilarida ahloqiy fazilatlarning eng muhimlarini shakllantirish belgilab olinishi muhimdir. Mazkur

masalada bizningcha, boshlang'ich sinf o'quvchilarida quyidagi

March, 2023

ahloqiy fazilatlarni shakllantirishni belgilash kutilgan samarani beradi:

a) insonparvarlik, ezgulik va bunyodkorlik ahloqiy fazilatlari;

b) ahloqiy onglilik, faollik va amaliy ko'nikma fazilatlari;

v) ahloqiy munosabat, tashabbuskorlik va namuna ko'rsatish fazilatlari.

Bu fazilatlar mazmunida ahloqiy fazilatlar majmuining asoslari tarkib topganligini eslatib o'tish joiz. Shu sababli ushbu ahloqiy fazilatlarni boshlang'ich sinf o'quvchilarida shakllantirish bilan ularni ta'limning keyingi bosqichlari va amaliy faoliyatga tayyorlash samaradorligi kuchayadi.

Boshlang'ich sinf o'quvchilarida ahloqiy fazilatlarni shakllantirish muammosini tadqiq etishda muayyan tizimga asoslanish maqsadga muvofiq bo'ladi. Biz mazkur tizimni quyidagicha tasavvur qilamiz:

1) boshlang'ich sinf o'quvchilarida axloqiy fazilatlarni shakllantirishning mazmuni va unda "Tarbiya" o'quv fani asosida nazariy jihatdan shakllantirish asoslarini ishlab chiqish;

2) boshlang'ich sinf o'quvchilarida ahloqiy fazilatlarni shakllantirishning amaliy va inoovatsion tizimlarini ishlab chiqish, ulardan foydalanish shakllarini belgilash;

3) boshlang'ich sinf o'quvchilarida ahloqiy fazilatlarning shakllanganlik ko'rsatkichlarini aniqlash indikatorlarini yaratish;

4) boshlang'ich sinf o'quvchilarida ahloqiy fazilatlarni shakllantirish tizimining amaliy samaradorlik natijalarini aniqlash.

Bunday yondashuv qo'yilayotgan muammoni nazariy va amaliy jihatdan tadqiq etish imkonini beradi.

NATIJALAR VA MUHOKAMA

Milliy pedagogik tajribamizda o'quvchilarda ahloqiy fazilatlarni shakllantirish bo'yicha o'ziga xos tajribalar mavjud. Bunday tajribalar asosida boshlang'ich sinf o'quvchilarida ahloqiy fazilatlarni shakllantirishning yangicha yondashuvlari, vositalari va shakllarini ishlab chiqish taqozo etiladi. Chunki jamiyatimizning hozirgi innovatsion rivojlanish jarayoni boshlang'ich sinf o'quvchilarini ahloqiy jihatdan faollashtirishni taqozo etadi. Bundan tashqari, bugungi kunda boshlang'ich sinf o'quvchilari nafaqat savodxonlik, bilim, ko'nikma va malakalarni egallamoqda, bulki ular ta'limning keyingi bosqichlariga ham tayyorlanmoqda. Negaki mamlakatimizda boshlang'ich sinf o'quvchilari umumiy o'rta, maxsus ta'lim muassasalari va Prezident maktablarida o'qish imkoniyatlariga ega. Bu hol boshlang'ich sinf o'quvchilarining ahloqiy fazilatlari yuksak darajada bo'lishini taqozo etadi. Chunki umumiy o'rta ta'lim

March, 2023

333

Academic Research in Educational Sciences

Volume 4 I Issue 3 I 2G23

ISSN: 2181-1385 ISI: G,967 I Cite-Factor: G,89 I SIS: 1,9 I ASI: 1,3 I SJIF: 5,771 I UIF: 6,1

muassasalarida boshlang'ich ta'lim bosqichi o'quvchilarni ahloqiy jihatdan shakllantirishga, maxsus ta'lim muassasalari esa ularni ahloqiy tarbiyalashga va Prezident maktablari esa o'quvchilarni ahloqiy faollashtirishga asosiy e'tiborni qaratmoqda. Shu sababli boshlang'ich sinf o'quvchilarida ahloqiy fazilatlarni shakllantirish muammosini o'rganish va bu borada yangicha nazariy-metodik tavsiyalarni ishlab chiqish dolzarb bo'lib turibdi.

Ayni paytda, boshlang'ich sinf o'quvchilarida ahloqiys fazilatlarni shakllantirish bo'yicha xorijiy mamlakatlar ta'lim tizimlarining tajribalarini ham o'rganish taqozo etiladi. Bu masala bevosita umuminsoniy qadriyatlar va demokratik jamiyat ustuvorligi sharoitida muhimdir. Shu sababli bunday tajribalarni o'rganish va umumlashtirish kutilgan samarani beradi.

Shunday qilib boshlang'ich sinf o'quvchilarida ahloqiy fazilatlarni shakllantirish muammosini ilmiy tadqiq etish bugungi kundagi pedagogik tadqiqotchiligimizning muhim yo'nalishlaridan birini tashkil etadi. Bu borada o'ziga xos yondashuvlar asosida tadqiqotni amalga oshirish maqsadga muvofiq bo'ladi.

REFERENCES

1. Mirziyoyev SH.M. Yangi O'zbekiston taraqqiyot strategiyasi. - Toshkent, 2022

2. Mardonov SH., Zokirova U. Pedagogika nazariyasi va tarixi. - Toshkent, 2021

3. Jabborova O., Umarova Z. Boshlang'ich ta'limda "Tarbiya" fanini o'qitish metodikasi. - Toshkent, 2022

XULOSA

March, 2023

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.