Научная статья на тему 'MATEMATIKA DARSLARIDA O’RTA OSIYOLIK OLIMLAR IJODIDAN FOYDALANISH'

MATEMATIKA DARSLARIDA O’RTA OSIYOLIK OLIMLAR IJODIDAN FOYDALANISH Текст научной статьи по специальности «История и археология»

CC BY
1219
111
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Журнал
Scientific progress
Область наук
Ключевые слова
dars / matematika / O’rta Osiyolik olimlar ijodi / komil inson / lesson / mathematics / works of Central Asian scientists / matured.

Аннотация научной статьи по истории и археологии, автор научной работы — Sherali Qosimovich Umrzaqov

Boshlang’ich sinf o’quvchilarini komil inson qilib tarbiyalashda matematika fanining o’rni beqiyosdir. Matematika darsi samaradorligini oshirishda tarixiy, ilmiy-pedagogik merosimiz keng imkoniyatga ega. Mazkur maqolda matematika darslarida O’rta Osiyolik olimlar ijodidan foydalanishga doir tavsiyalar berilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

USE OF CREATIVES OF CENTRAL ASIAN SCIENTISTS IN MATHEMATICS

The role of mathematics in the education of primary school students is invaluable. Our historical, scientific and pedagogical heritage has a great opportunity to increase the effectiveness of mathematics lessons. This article provides recommendations for using the work of Central Asian scientists in mathematics lessons.

Текст научной работы на тему «MATEMATIKA DARSLARIDA O’RTA OSIYOLIK OLIMLAR IJODIDAN FOYDALANISH»

MATEMATIKA DARSLARIDA O'RTA OSIYOLIK OLIMLAR IJODIDAN

FOYDALANISH

Sherali Qosimovich Umrzaqov

NamDU Matematika kafedrasi o'qituvchisi

ANNOTATSIYA

Boshlang'ich sinf o'quvchilarini komil inson qilib tarbiyalashda matematika fanining o'rni beqiyosdir. Matematika darsi samaradorligini oshirishda tarixiy, ilmiy-pedagogik merosimiz keng imkoniyatga ega. Mazkur maqolda matematika darslarida O'rta Osiyolik olimlar ijodidan foydalanishga doir tavsiyalar berilgan.

Kalit so'zlar: dars, matematika, O'rta Osiyolik olimlar ijodi, komil inson

USE OF CREATIVES OF CENTRAL ASIAN SCIENTISTS IN MATHEMATICS

ABSTRACT

The role of mathematics in the education of primary school students is invaluable. Our historical, scientific and pedagogical heritage has a great opportunity to increase the effectiveness of mathematics lessons. This article provides recommendations for using the work of Central Asian scientists in mathematics lessons.

Keywords: lesson, mathematics, works of Central Asian scientists, matured.

O'zbek xalqining buyuk mutafakkirlari uzoq o'tmishdayoq olib borgan tadqiqotlari va kashfiyotlarida insonni odobli, ma'naviy barkamol mehnatsevar, vatanparvar qilib tarbiyalashga oid yangi g'oya va ta'limotlarni yaratganlar. Muso al -Xorazmiy (783-850), Abu Rayhon Beruniy (973-1048), Ibn Sino (980 - 1037); Umar Hayyom (1048-1131); Nasriddin at-Tusiy (1201-1274); Ulug'bek (2394-1449), Fiyosiddin al-Koshiy (1385-1437); Ali Qushchi (1402-1474); va boshqalarning bizga qoldirgan boy meroslari fikrimizning asosidir. Bu allomalarimizning asarlarida bolalarni o'qitish, mehnatga, odobga o'rgatishda muallimlarning vazifalariga katta e'tibor berilgan. Jumladan, Nasriddin Tusiy fikricha muallim talabalarning aql-zakovatiga ta'sir qilish uchun ularning ishonchini qozonish va qalbidan joy olish mas'uliyatini his qilishi lozim. Ibn Sino fikricha, tarixiy manbalarni bilish olijanob va foydali faoliyatdir. U ilm - narsalarning inson aqli yordami bilan o'rganilishi shaxs faoliyatida muhim ekanligini ta'kidlab o'tadi. Abu Rayhon Beruniyning pedagogik ijodida tarbiyaning maqsadi, vazifalari va o'rni, yosh avlodning rivojlanishi haqidagi fikrlari chin ma'noda

insonparvarlik va insonshunoslik asosiga qurilgan. Abu Rayhon Beruniyning pedagogik g'oyalaridan eng muhimi bilimni puxta va mustahkam egallash zarurligidir1.

Ota bobolarimizdan qolgan ilmiy merosni chuqur o'rganib, uni ta'lim tarbiya jarayoniga tatbiq etish har bir ma'naviy barkamol va ijodkor mutaxassisning muqaddas burchidir.Matematika fani tarixi ham barcha fanlar tarixi kabi chinakam fuqarolik xulq-atvori va olimlarning yuksak vatanparvarlik harakatlariga doir misollarga nihoyatda boy. Bolalarni o'zligini anglash va vatanparvarlik ruhida tarbiyalashda matematika tarixiga doir ilmiy-nazariy ma'lumotlar katta ahamiyatga ega.

O'qituvchining matematika o'qitishdagi yutuqlari ayni damlarda o'qitilayotgan materialga ehtiyoj qachon, qanday sabablar tufayli va qanday vaziyatlarda tug'ilganligi, uning yordamida qanday masalalar yechilganligi va hozir ham yechilayotganligi, u matematikaning yana qanday qismlari bilan aloqadorligi haqidagi savollarga tarixiy manbalardan olinadigan javoblarga bog'liq. Bunday savollarga javob berolmaslik, javob berishdan bosh tortish fikrlashni taqiqlab qo'yish bilan barobardir.

Pedagoglar turli davrlarda matematika o'qitishni uning tarix bilan bog'lash va uni o'qitishni u yoki bu davlatning ijtimoiy tuzumi va maktablarning umumiy vazifalariga qarab belgilaganlar.

Vaholanki, milliy o'zlikni anglash jarayonida tarixiy materiallarni o'rganish xozirgi davrda muhim ahamiyatga ega.

Shu sababli matematika darslarining samaradorligini oshirishda O'rta Osiyolik olimlar ijodidan foydalanish muammosini tadqiq etishni hamda tarixiy tushunchalarni shakllantirishning ilmiy pedagogik asoslarini yaratishga e'tibor qaratdik.

Boshlang'ich sinf uchun darslik va o'quv qo'llanmalari (K.Qosimova, R.A.Mavlonova), o'qituvchilar uchun qo'llanmalar (A.M.Pishkalo, N.B.Istomina, L.Sh.Levenberg, N.U.Bikbaeva, M.Jumaev) va o'quvchilar uchun, tajriba-sinov qo'llanmalari (A.Ahmedov, M.Jumaev, N.Abduraxmonov, R.Ibragimov), mualliflari qo'llanmalari (o'quv materiallari) orqali boshlang'ich sinf o'quvchilarining fikrlash qobiliyatlarini shakllantirish masalalariga to'xtalib o'tishgan. Didaktika va ta'lim metodikasining xususiy masalalariga bag'ishlangan ishlarda dars samaradorligini oshirishda O'rta Osiyolik olimlar ijodidan foydalanish muammosi umumiy holda ko'zda tutiladi. Biroq maxsus tadqiqot predmeti sifatida ajratib olinmagan.

O'qitish, o'rgatish jarayonining o'ziga xos xususiyatlar qonuni hamda metod va tamoyillari didaktik, ilmiy - nazariy jihatdan o'rganildi.

Didaktik shart-sharoitlarni aniqlash quyidagicha guruhlanadi:

Birinchi guruhga oid shart-sharoitlarga amal qilish faoliyat motivini shakllantirishni ta'minlaydi:

a) bilish ehtiyojini shakllantirish;

b) ustivor bilishga qiziqishini tarbiyalash.

1 Tarihiy xotirasiz kelajak yoq. -T.: "O'zbekiston", 1999.

Uzbekistan www.scientificprogress.uz

Ikkinchi guruhga amal qilishda ta'lim jarayonini o'z-o'zini boshqarish asosida bilimlar tizimini muvaffaqiyatli shakllantirishni ta'minlashdan iborat o'z yetakchi maqsadga ega:

a) o'zlashtiriluvchi axborotni qayta ishlash bilan bog'liq intelektual uquvni shakllantirish;

b) ta'lim jarayonida rejalashtirish, o'z-o'zini tashkil etish va o'z-o'zini nazorat qilishni amalga oshirish o'quvini shakllantirish.

Uchinchi guruhga faol o'quv jarayoniga ham bir o'quvchini olib kirishni ko'zda

tutadi:

a) ommaviy ishlarda individual yondashuvni amalga oshirish;

b) o'quvchilarning o'quv, bilish faoliyatini nazorat etish .

Shunday qilib, matematika darslarida tarixiy materiallardan foydalanib dars o'tish o'quvchilar bilish faoliyatining barcha bosqichlarida bilimlari qiziqishlarni kuchaytiradi.

O'tmish tariximizda buyuk mutafakkir olimlar juda katta ilmiy-didaktik meros qoldirganlar.

Tarix xalqning haqiqiy tarbiyachisidir. Ulug' ajdodlarimizning ishlari va jasorati tarixiy xotiralarni jonlantiradi, yangicha dunyoqarashni shakllantiradi, tarixiy-ahloqiy tarbiya va saboq olishning manbaiga aylanadi. Markaziy Osiyo tarixida, o'zlarida siyosiy ong, ahloqiy jasoratni, diniy dunyoqarash va qomusiy bilimlarni mujassamlashtirgan buyuk siymolar juda ko'p bo'lgan.Yaqin va O'rta Sharqda Al-Xorazmiy, Al-Forobiy, Abu Rayhon Beruniy, Ibn Sino, Umar Hayyom, Tusiy kabi mutafakkirlar ilmiy didaktika asoschilaridir. Ularning izdoshlari qarashlarining muhim xususiyati shundan iborat ediki, mazkur olimlar doimo predmetning qiyofasi inson ongida mavhumlashuvi jarayoniga, mana shu predmetning mohiyati va o'ziga xosligini tushunish, sodir bo'lishi hamda shakllanishiga e'tibor berganlar. Ular bilishning predmeti va manbalariga, bilish jarayoni qanday bosqichlardan tarkib topishiga, bilish faoliyati bilan amaliy faoliyat o'rtasidagi munosabatlarga qiziqqanlar.

Al-Xorazmiy shaxsning uzluksiz kamol topishi nazariyasini rivojlantirish borasida muhim xizmat qildi, induktiv va deduktiv tafakkurdagi aloqidalik hamda umumiylikning birligi printsipini muayyanlashtirdi .

Al-Forobiy o'qitish usullarining tasnifini ishlab chiqqan. Ularni amaliy va nazariy metodlarga ajratgan, shu tariqa o'qitishning amaliy yo'nalishi va kishilarning hayoti hamda kundalik faoliyati bilan bog'liqlik g'oyalarini ilgari surgan. Olim o'qitishning tajriba va ko'rgazmali, induktiv va deduktiv, amaliy metodlariga alohida e'tibor beradi. Barcha metodlarni o'quvchining hayotiy tajribasiga, mantiqiy tafakkuriga tayangan holda birlashtiradi. O'quv jarayonini tashkil etishga qo'yiladigan talablarni ishlab chiqishda deduktiv metodni ustun qo'yib, o'quvchilarga materialni tushuntirishda nimalarga alohida e'tibor berish haqida, eng muhim narsalarni ishonchli bilim beradigan

2 A6y Hacp ®opoÖHH. Pnco^arap. -T.: «®a»>, 1975.- 144 6eT.

Uzbekistan www.scientificprogress.uz

va shubhalantirmaydigan dalillar bilan yoritish va h.k. ga oid qimmatli tavsiyalarini bayon qiladi.

Al-Forobiy matematika fani misollari asosida o'qitishning ilmiylik, ko'rgazmalilik, tushunarlilik va izchillik printsiplarini ishlab chiqadi. Bilish jarayonining va fandagi bilim shakllarini mohiyatini yoritadi. Uning fikricha, ana shu jarayonlar qonunlar sifatida shakllanadi va ularga rioya qilish fikrlashni takomillashtiradi hamda murakkab bilish jarayonida qo'pol xatolarning oldini oladi. Bilish jarayoni fikrlash mantiqi orqali o'tishi kerak. Mantiq ob'ekti anglashga qaratilgan va aql yetadigan mohiyatlar tahlil etiladigan fikrlash jarayonining to'q'rililigini belgilashga xizmat qiladi. Mantiq quroldir va u narsalarni aniq bilishga yordam beradi.

-5

Al -Forobiy bilish faoliyatini tashkil etish masalalariga oid ham anchagina mufassal tavsiyalarni ishlab chiqadi. Uning yozishicha, yaxshi nazariyotchi bo'lish uchun nazariya qaysi fanga taalluqli bo'lsa-da, quyidagi uchta shartga rioya qilish shart:

1) mazkur fan asosidagi barcha printsiplarni to'liq bilish;

2) mana shu prinsiplardan va mazkur fanga doir ma'lumotlardan tegishli xulosalar chiqara bilish;

3) noto'g'ri nazariyani rad eta bilish va haqiqatni yolg'ondan farqlash, xatoni to'g'rilash uchun boshqa mualliflarning fikrlarini tahlil qila bilish;

Ibn Sinoning bilim orqali erishiladigan natijalar haqidagi ta'limoti o'qitish nazariyasida alohida o'rin egallaydi. Uning fikricha, buyumlarni chinakam bilishga tashqi ko'rinishini tahlil qilish, sabablarini aniqlash asosida aql bilan erishiladi. Ibn Sino aqlning rivojlanish bosqichlarini ishlab chiqadi. Mushohada bilan idrok qilishning birinchi bosqichi aqliy kategoriyalarni tushuntirishdan iborat. Ikkinchi bosqichi ikki xil fikrni idrok etishdir. Aqliy rivojlanishning uchinchi bosqichiga o'zlashtirilgan fikrlarni idrok etish bilan erishiladi. Shunda uni haqiqiy aql deyiladi.

Matematikani o'qitish jarayonida tarixiy materiallardan foydalanishni tashkil etish, o'zining tizimiga asosan, ikki maqsadni parallel ravishda amalga oshiradi. Birinchidan, matematik qonuniyat, dalil, formulalarni, matematik talqinini amalga oshirsa, ikkinchi tomondan, bu qonuniyat, dalil, formulalarning na faqat matematikada, balki boshqa fanlarda ham undan foydalanish uslublari ko'rsatiladi, natijada shu soxada o'quvchilar bilimi chuqurlashadi. Shuning uchun ham matematikani o'rta maktabda, ayniqsa boshlang'ich sinflarda o'quvchilarga bilimi chuqurlashadi. Shuning uchun ham matematikani o'rta maktabda, ayniqsa boshlang'ich sinflarda o'quvchilarga tarixiy materiallar bilan qo'shib o'qitishda o'zini pedagogik va psixologik jihatlari bilan farq qilishi bilan birga o'qitish jarayonida ishlatiladigan metodlarni o'zaro uzviyligi didaktik ketma-ketligi bilan ham farq qiladi.

3 Abu Nasr Forobiy. Fozil odamlar shahri. -T.: Abdulla Qodiriy, 1993.- 223 b.

REFERENCES

1. Karimov I.A. Tarihiy xotirasiz kelajak yo'q. -T.: "O'zbekiston", 1999.

2. Абу Али Ибн Сино. Тиббиёт крнунлари: 3 жилдлик. 1-жилд. -Т.: 1980

3. АДодирий. 1992. - 302 б. Абу Али ибн Сино тугилган кунининг 1000 йиллигига (макрлалар туплами) -Т.: «Фан», 1980. 200-бет.

4. Abu Nasr Forobiy. Risolalar. -T.: «Fan», 1975.- 144 bet.

5. Abu Nasr Forobiy. Fozil odamlar shahri. -T.: Abdulla Qodiriy, 1993.- 223 b.

6. Abdullayeva B.S., N.A.Xamedova, M. Xusanova "Boshlang'ich sinf matematika darslarida pedagogik texnologiyalardan foydalanish metodikasi" uslubiy qo'llanma. -T.: 2010, 135 bet.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.