Научная статья на тему 'BOSHLANG‘ICH SINFLARDA INSHO VA BAYON YOZISH METODINI KLASTERLASH MUAMMOSI'

BOSHLANG‘ICH SINFLARDA INSHO VA BAYON YOZISH METODINI KLASTERLASH MUAMMOSI Текст научной статьи по специальности «История и археология»

887
62
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
ta'lim / boshlang'ich / klaster / metod / insho / bayon / yondashuv / zaruriyat / education / primary / cluster / method / essay / statement / approach / necessity.

Аннотация научной статьи по истории и археологии, автор научной работы — Nodira Eshmanova

Maqolada boshlang„ich sinflarda insho va bayon yozish metodini klasterlash muammosi tо„g„risida fikr yuritilgan

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

THE PROBLEM OF CLUSTERING THE METHOD OF ESSAY AND STATEMENT WRITING IN PRIMARY CLASSES

The article discusses the problem of clustering the method of writing essays and statements in elementary grades.

Текст научной работы на тему «BOSHLANG‘ICH SINFLARDA INSHO VA BAYON YOZISH METODINI KLASTERLASH MUAMMOSI»

BOSHLANG'ICH SINFLARDA INSHO VA BAYON YOZISH METODINI

KLASTERLASH MUAMMOSI

Nodira Eshmanova

Chirchiq davlat pedgogika universiteti katta o'qituvchisi

ANNOTATSIYA

Maqolada boshlang'ich sinflarda insho va bayon yozish metodini klasterlash muammosi to'g'risida fikr yuritilgan.

Kalit so'zlar: ta'lim, boshlang'ich, klaster, metod, insho, bayon, yondashuv, zaruriyat.

THE PROBLEM OF CLUSTERING THE METHOD OF ESSAY AND STATEMENT WRITING IN PRIMARY CLASSES

ABSTRACT

The article discusses the problem of clustering the method of writing essays and statements in elementary grades.

Keywords: education, primary, cluster, method, essay, statement, approach, necessity.

KIRISH

Jahon ta'lim tizimida ta'lim oluvchilarning nazariy bilim va amaliy ko'nikmalarini uyg'un shakllantirish masalalariga alohida e'tibor berilmoqda. Chunki dunyoning hozirgi rivojlanish jarayonida ta'lim vositasida shaxsning intellektual imkoniyatlarini kengaytirish, texnologik rivojlanish sharoitida uning nazariy bilimlarini amaliyot bilan bog'lash va kasbiy faoliyatga tayyorlash muhim bo'lib turibdi. Jahon taraqqiyotida ro'y berayotgan bunday o'zgarishlar boshlang'ich ta'lim jarayoniga ham ijobiy ta'sirini o'tkazmoqda. Buning natijasida jahon ta'lim tizimi o'zaro aloqalar jarayonini boshdan kechirmoqda va bu jarayonda boshlang'ich ta'limning mamlakatlar bo'yicha tajribalarini ommalashtirish ham keng ko'lamli tus olmoqda.

Dunyo mamlakatlarida boshlang'ich ta'lim vositasida o'quvchilarning ko'nikmalarini amaliy shakllantirish bo'yicha o'ziga xos yondashuvlarga amal qilinmoqda. Bunda TIMSS, PISA va PIRLS kabi halqaro ta'lim dasturlari turli qoidalarni taqdim qilib, dunyo mamlakatlari boshlang'ich ta'lim jarayonida amalga oshirilayotgan ta'lim va

March, 2023

314

Academic Research in Educational Sciences_Volume 4 | Issue 3 | 2023

ISSN: 2181-1385 ISI: 0,967 | Cite-Factor: 0,89 | SIS: 1,9 | ASI: 1,3 | SJIF: 5,771 | UIF: 6,1

tarbiya ishlarini uyg'unlashtirish hamda ularning samaradorligini oshirish vazifasini bajarmoqda. Bu xalqaro ta'lim dasturlari dunyo mi amlakatlari boshlang'ich ta'lim jarayonini texnologik rivojlantirish bo'yicha o'ziga xos nazariy va metodik tavsiyalarni ham taqdim etib bormoqda. Natijada boshlang'ich ta'lim jarayonining xalqaro miqyosdagi aloqalari yangicha yondashuvlar va vositalarga binoan amalga oshirilmoqda.

Mamalakatimiz boshlang'ich ta'lim jarayonida o'quvchilarning savodxonligini yuksaltirish, ularning nazariy va amaliy ko'nikmalarini talab darajasida takib toptirish, boshlang'ich sinf o'quvchilarini ta'limning keyingi bosqichlariga munosib tayyorlash jarayoni kechmoqda [1]. Bu jarayonda boshlang'ich sinf o'quvchilarining ko'nikmalari ko'lamini kengaytirish, ularni ijtimoiy faollashtirish va metodik jihatdan tayyorlash muhim o'rin tutadi. Shu ma'noda boshlang'ich sminflarda insho va bayon yozish metodini klasterlash muammosini tadqiq etish dolzarb bo'lib turibdi. Chunki insho - bu boshlang'ich sinf o'quvchilarining yozma va og'zaki nutqini hamda mustaqil fikrlash ko'nikmasini kutilgan darajada shakllantiruvchi muhim vositadir, bayon esa o'quvchilarni ijodiy fikrlash, tafakkur qilish va fikrlarini to'g'ri ifodalash ko'nikmalarini tarkib tortiruvchi o'ziga xos omildir. Shu sababli boshlang'ich sinflarda insho va bayon yozirsh metodining yangicha vositalarini tadqiq etish muhim ahamiyachtga ega. Bunday vositalardan biri klasterlash bo'lib, unda ta'lim ishtirokchilari keng ko'lamli hamkorlik asosida o'quvchilarning insho va bayon yozish ko'nikmasini yuksak darajada shakllantirish ishida faol ishtirok etadi. Bularning barchasi boshlang'ich sinflarda insho va bayon yozish metodini klasterlash muammosini tadqiq etishni taqozo etadi.

ADABIYOTLAR TAHLILI VA METODOLOGIYA

Mazkur muammo tadqiqi O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 5 iyundagi PQ-3775-son "Oliy ta'lim muassasalarida ta'lim sifatini oshirish va ularning mamlakatda amalga oshirilayotgan keng qamrovli islohotlarda faol ishtirokini ta'minlash bo'yicha qo'shimcha chora-tadbirlar to'g'risida", 2020 yil 27 fevraldagi PQ-4623-son "Pedagogik ta'lim sohasini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to'g'risida"gi qarorlari, 2022 yil 28 fevraldagi PF-34-son "Yangi O'zbekiston taraqqiyot strategiyasi to'g'risida", 2022 yil 11 maydagi PF-134-son "2022-2026 yillarda xalq ta'limini rivojlantirish bo'yicha Milliy dasturni tasdiqlash to'g'risida"gi farmonlari ijrosini ta'minlash jarayonida muhim ahamiyatga ega.

Boshlang'ich sinflarda insho va bayon yozish metodini klasterlash muammosini o'rganishda pedagog olimlar tomonidan bayon qilingan nazariy-metodik qarashlarga asoslanish maqsadga

March, 2023

315

ISSN: 2181-1З85 ISI: 0,967 j Cite-Factor: 0,89 j SIS: l,9 j ASI: 1,З j SJIF: 5,77l j UIF: 6,l

muvofiq bo'ladi. Shu jihatdan mamlakatimizda boshlang'ich ta'lim nazariyasi, didaktikasi va metodikasining dolzarb masalalari bo'yicha J.Yo'ldoshev, R.Djurayev, B.Abdullayeva, SH.Mardonov, R. Mavlonova, O.Musurmonova, R.Safarova kabilarning tadqiqotlarida muhim nazariy qarashlar bildirib o'tilgan. Ularda boshlang'ich ta'limni tashkil etish jarayonida o'quv mazmuni, mashg'ulotlar metodikasi va o'quvchilarning o'zlashtirganik darajasini baholash masalalariga alohida e'tibor berilgan.

Bevosita boshlang'ich ta'lim muammolari bo'yicha O.Adizov, D.Axatova, G.Raxmonova, N.Raxmonqulova kabi pedagog olimlarimizning tadqiqotlari mavjud. Bu tadqiqotlarda mamlakatimizda boshlang'ich ta'lim tarixi, uning vazifalari, boshlang'ich ta'limni tashkil etish metodikasi, boshlang'ich ta'lim jarayoniga zamonaviy texnologiyalarni tadbiq etish va oliy pedagogik ta'lim jarayonida bo'lajak boshlang'ich sinf o'qituvchilarini tayyorlash masalalari tadqiq etilgan. Bu tadqiqotlarni o'rganish boshlang'ich sinflarda insho va bayon yozish metodini klasterlash asoslarini ishab chiqishda muhim o'rin tutadi.

Xorijlik pedagog olimlar o'tgan asrning XX yillaridan boshlab boshlang'ich ta'lim muammolarini izchil tadqiq etib kelishmoqda. Bu borada rossiyalik pedagog Konstantin Ushinskiyning boshlang'ich ta'lim metodikasi bo'yicha tadqiqotlari butun dunyoga e'tiroq etilganligini ta'kidlab o'tish joiz. Amerikalik psixolog olim Karl Rodjersning "hammaga har doim boshlang'ich ta'lim" g'oyasi asosida yaratgan tadqiqotlari Yevropa, Osiyo va Amerika qit'alari mamlakatlari boshlang'ich ta'lim jarayoniga tadbiq jetilgan, buning natijasida barchani boshlanhg'ich ta'lim bilan qamrab olish amaliyoti tarkib topgan.

Bundan tashqari, chex pedagogi Yan Amos Komenskiyning "Buyuk didaktika", shversariyalik pedagog Iogan Genrix Pistalossining "Metodika" va fransuz pedagogi Jan Jak Russoning "Emil" pedagogik risolalarida boshlang'ich ta'lim nazariyasi, uni tashkil etish asoslari va o'quvchilarning o'zlashtirganlik darajasini baholash masalalari bo'yicha muhim nazariy-metodik tavsiyalar ishlab chiqilgan. Bu nazariy-metodik tavsiyalar hozirgi zamon boshlang'ich ta'lim jarayonida o'ziga xos vositalar va metodlar sifatida foydalanilmoqda [2].

Ayni paytda, boshlang'ich sinflarda insho va bayon yozish metodini klasterlash muammosi maxsus tadqiq etilmaganligini ta'kidlab o'tish joiz. Shu sababli bizningcha bu borada quyidagi vazifalarni qo'yish maqsadga muvofiq bo'ladi:

mavzusiga oid ilmiy manbalarni o'rganish asosida boshlang'ich sinflarda insho va bayon yozish metodini klasterlashning asoslarini o'rganish;

March, 2023

ISSN: 2181-1385 ISI: 0,967 j Cite-Factor: 0,89 j SIS: 1,9 j ASI: 1,3 j SJIF: 5,771 j UIF: 6,1

boshlang'ich sinflarda insho va bayon yozish mazmuni, uning optimal metodlari va mazkur metodni klasterlash zaruriyati masalalarini tahlil etish;

boshlang'ich sinflarda insho va bayon yozish metodini klasterlashning fanlar bog'liqligi, o'quvchi va psixolog hamkorligi hamda maktab jamoasi integratsiyasi metodologik faktorlarini tadqiq qilish;

boshlang'ich sinflarda insho va bayon yozish metodini klasterlash samaradorligi bo'yicha pedagogik tajriba-sinov ishlarini o'tkazish hamda ularning natijalari asosida tavsiyalarni ishlab chiqish.

Shunday qilib, boshlang'ich sinflarda insho va bayon yozish metodini klasterlash muammosini tadqiq etishda yangicha yondashuvlarga asoslanish zaruriyat bo'lib turibdi [3].

REFERENCES

1. Mirziyoyev SH. M. Yangi O'zbekiston taraqqiyot strategiyasi. - Toshkent, 2022.

2. O'zbek pedagogikasi antologiyasi. 1-jild. - Toshkent, 2001.

3. Mardonov SH. Q. Pedagogika fanidan o'qitishning elektron modulli didaktik ta'minotini ishlab chiqish texnologiyasi. - Toshkent, 2021.

XULOSA

March, 2023

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.