Научная статья на тему 'BO‘LAJAK BOSHLANG‘ICH SINF O‘QITUVCHILARINI TAYYORLASHDA MUTAXASSISLIK DARSLARINI FANLARARO ALOQADORLIKDA TASHKIL QILISH'

BO‘LAJAK BOSHLANG‘ICH SINF O‘QITUVCHILARINI TAYYORLASHDA MUTAXASSISLIK DARSLARINI FANLARARO ALOQADORLIKDA TASHKIL QILISH Текст научной статьи по специальности «Науки о здоровье»

CC BY
3
0
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Журнал
Science and innovation
Область наук

Аннотация научной статьи по наукам о здоровье, автор научной работы — Jalilova Dilshoda Ural Qizi, Nurmamatova Mohigul Furqat Qizi, Otajonova Fotima Nurbek Qizi

Zamonaviy ta’lim olami bugungi kunda integratsiyani ilgari suradi. Chunki o‘quv jarayoni samaradorligini orttirishda fanlararo aloqalarni amalga oshirish va bo‘lajak mutaxassisning malakasini yuksaltirish uchun juda ko‘p ijobiy imkoniyatlarga ega. Ya’ni tayyorgarlikning nazariy va ilmiy darajasini oshirishda fanlararo aloqadorlik yordam beradi, Mutaxassislikka tayyorlashda fanlararo aloqadorlikni amalga oshirish talabalarni tizimli usul bilan tanishtirishga ham hissa qo‘shadi. Bundan tashqari talabalarning davr talabiga mos ravishda fikrlash qobiliyatini rivojlantirish, ilmiy dunyoqarashini shakllantirish, fanlarni o‘qitishni tashkil etish tizimini ta’minlash ishlarining barchasida o‘zining samaradorligini ko‘rsatadi.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «BO‘LAJAK BOSHLANG‘ICH SINF O‘QITUVCHILARINI TAYYORLASHDA MUTAXASSISLIK DARSLARINI FANLARARO ALOQADORLIKDA TASHKIL QILISH»

BO'LAJAK BOSHLANG'ICH SINF O'QITUVCHILARINI TAYYORLASHDA MUTAXASSISLIK DARSLARINI FANLARARO ALOQADORLIKDA TASHKIL

QILISH

1Jalilova Dilshoda Ural qizi, 2Nurmamatova Mohigul Furqat qizi, 3Otajonova Fotima

Nurbek qizi

1Nizomiy nomidagi TDPU Boshlang'ich ta'limda ona tili va uni o'qitish metodikasi kafedrasi

o'qituvchisi

2,3Boshlang'ich ta'lim fakulteti I bosqich talabalari https://doi.org/10.5281/zenodo.10810082

Zamonaviy ta'lim olami bugungi kunda integratsiyani ilgari suradi. Chunki o'quv jarayoni samaradorligini orttirishda fanlararo aloqalarni amalga oshirish va bo'lajak mutaxassisning malakasini yuksaltirish uchun juda ko'p ijobiy imkoniyatlarga ega. Ya'ni tayyorgarlikning nazariy va ilmiy darajasini oshirishda fanlararo aloqadorlik yordam beradi, Mutaxassislikka tayyorlashda fanlararo aloqadorlikni amalga oshirish talabalarni tizimli usul bilan tanishtirishga ham hissa qo'shadi. Bundan tashqari talabalarning davr talabiga mos ravishda fikrlash qobiliyatini rivojlantirish, ilmiy dunyoqarashini shakllantirish, fanlarni o'qitishni tashkil etish tizimini ta'minlash ishlarining barchasida o'zining samaradorligini ko'rsatadi.

Dunyoning yetuk ta'lim ilg'orlarining, tadiqoqtchilarining fikricha, fanlararo aloqalar yordamida talabalarni o'qitish, kamol toptirish va tarbiyalash vazifalari sifat jihatidan yangi bosqichda hal qilinadi. Bunda voqelikning murakkab muammolarini tizimli ko'rish, yondashish va hal etish qobiliyati shakllanadi. Shuning uchun fanlararo aloqadorlik talabalarni o'qitish va tarbiyalashga kompleks yondashuvning muhim sharti va natijasidir.

Ta'lim taraqqiyotining hozirgi bosqichida boshlang'ich sinf o'qituvchilarini tayyorlashda ustuvorlik beriladi, chunki boshlang'ich ta'lim yoshida bolalarning shaxsiyatiga aynan shu bosqichdagina rivojlanish uchun poydevor qo'yiladi. Shu sababli ham zamonaviy o'qituvchi yangilikka, ijodiy va mustaqil fikrlashga qodir, nostandart yechimlarga tayyor bo'lishi kerak. Negaki, bu xislatlarning zamonaviy o'qituvchi shaxsidamavjud bo'lishi u ta'lim beradigan o'quvchining shaxsiy kamol topishida ham rol o'ynaydi.

Bunday talablar bugungi kunda o'qituvchilarni kasbiy tayyorlash jarayoni va mazmuni haqidagi an'anaviy g'oyalarni qayta ko'rib chiqishni taqozo etadi. Shu bilan birga, pedagog kadrlarning fundamental, psixologik-pedagogik, ilmiy-uslubiy, axborot va amaliy tayyorgarligi mazmuni axborot jamiyati va turli ijtimoiy sohalarda sodir bo'layotgan o'zgarishlar talablariga ham javob berishi kerak. Bo'lajak boshlang'ich sinf o'qituvchilarini tayyorlash mazmunida boshlang'ich ta'limning axborot-ta'lim muhiti sharoitida o'qituvchining kasbiy faoliyatining integratsion yonashuvlardan foydalana olish elementini shakllantirishga chuqur e'tibor berish va buning uchun oliy ta'lim muassasalarida mutaxassislik fanlarini fanlararo aloqadorlikda tashkil etishning samarasi beqiyosdir. Chunki bu bilan ta'lim mazmunida ham keskin yutuqlar va o'zgarishlar sedir bo'ladi.

Hozirgi vaqtda ta'lim sohasida uni axborotlashtirish jarayoni davom etib kelar ekan, ushbu hodisa protsessual komponentda o'zgarishlarni keltirib chiqaradi va bu axborot texnologiyalarini ta'lim jarayoniga integratsiyalashdan iborat bo'lib, differensiatsiya, o'rganishni intensivlashtirish va natijada uni optimallashtirish hamda takomillashtirishga yordam beradi. Shu munosabat bilan boshlang'ich ta'limning davlat ta'lim standarti, boshlang'ich sinf o'quvchilarining ta'limini tashkil etishga qo'yiladigan talablar qatorida boshlang'ich ta'lim o'quv jarayonining samaradorligi axborot va ta'lim resurslari tizimi bilan ta'minlanishi kerak. Boshlang'ich ta'limning asosiy ta'lim

dasturini amalga oshirish uchun shart-sharoitlarni ta'minlovchi vositalarning ta'minotiga alohida e'tibor qaratish ham mumhimdir. Shu bilan birga, ushbu muhit o'quvchilarning o'quv faoliyati uchun mo'ljallangan o'quv materiallarini joylashtirishni ta'minlashi kerak.

Bo'lajak boshlang'ich sinf o'qituvchilarini ta'lim mazmunini loyihalashga tayyorlash jarayoni pedagogik faktlar, hodisalar va jarayonlarni bilishga ilmiy yondashuvlarni hisobga olgan holda amalga oshirilishi kerak, xususan axborot, aksiologik, shaxsga yo'naltirilgan, tizimli-faoliyat, konteksual, sinergetik, akmeologik, fanlararo, kompetentsiyaga asoslangan. Shu o'rinda sanalganlardan aynan fanlararo aloqadorlikni yanada yorqinroq bayon etish muhim deb topildi.

Fanlararo yondashuvni amalga oshirish bugungi ta'lim bozorida yetuk kadrlarni tayyorlashda muhim yondashuvlardan biriga aylanib ulgurdi. Umumiy didaktika, psixologik tendensiyalar, shuningdek, umumiy fanlar metodologiyasi, xususan, pedagogika metodologiyasi yutuqlariga asoslangan pedagogik kadrlar tayyorlash muammolarining fanlararo konteksti pedagogikadagi mustahkam an'anaviy tizimlardan chekinishni taqozo etadi.

Bo'lajak boshlang'ich sinf o'qituvchilarni tayyorlashga fanlararo yondashuvning amalga oshirish usullari va ilmiy tamoyillari A.G.Geina, I.D.Zvereva, P.G. Kulagina, V.N. Maksimova va shu kabi bir necha olimlarning tadqiqotlarida o'z aksini topgan.

Quyida fanlararo integratsiya ikki yo'nalishda ko'rib chiqiladi. Birinchisi, innovatsion pedagogik usullar va ta'limni tashkil etish shakllari orqali turli o'quv fanlarining o'zaro kirib borishi va yagona ta'lim salohiyatini yaratish bilan bog'liq. Ikkinchisi, jamiyat axborot rivojlanishining hozirgi bosqichida ta'lim va fanda integratsiya va innovatsion jarayonlar kuchayib borayotgani bilan bog'liq. Shuning uchun bo'lajak boshlang'ich sinf o'qituvchilari kasbiy tayyorgarlik jarayonida fanlararo bilimlarni egallashlari, fanlararo asosda ko'nikma va malakalarni shakllantirishlari kerak. Bularning barchasi ularning kasbiy harakatchanligini, mehnat unumdorligini va mehnat bozorida raqobatbardoshligini sezilarli darajada ta'minlaydi.

Oliy ta'lim pedagogikasi doirasida ko'rib chiqilayotgan mazkur yondashuv kasbiy tayyorgarlikning maqsad va vazifalarini belgilash, ta'lim mazmunini tanlash, o'quv jarayonini tashkil etish va uning natijalarini baholashning umumiy tamoyillari yig'indisidir. U quyidagilardan iborat bo'ladi:

- kasbiy tayyorgarlik maqsadini nazariy asoslash;

- ta'lim mazmunini o'zgartirish zarurati va hajmini nazariy asoslash;

- tegishli texnologiyalar, shakllar va o'z ichiga olgan o'qitish usullari va ta'lim strategiyasini belgilash;

- kasbiy faoliyat natijalarini baholash mezonlari va diagnostika vositalarini ishlab chiqish hamda tayyorlash.

Shunday qilib, bo'lajak boshlang'ich sinf o'qituvchilarini ta'lim bozoriga tayyorlab berishda oliy ta'lim muassasasida mutaxassislik fanlari doirasidagi darslar bilan bog'liq o'quv jarayonini tashkil etishning asosiy ilmiy yondashuvlariga aniqlik kiritish yanada ta'limning samradorligi uchun xizmat qiladi. Kompetentsiyaga asoslangan, ta'lim oluvchiga yo'naltirilgan, axborot, kontekstual, aksiologik, tizimli-faollik, sinergetik, akmeologik, fanlararo — ushbu yondashuvlarga e'tibor qaratilayotgan ta'lim modelini kontseptual asoslash imkonini beradi.

REFERENCES

1. Dilshoda Jalilova. Boshlang'ich ta'lim o'qituvchilarining kasbiy kompetensiyasi tarkibiy qismlarining mazmun-mohiyati.«O'ZBEKISTONDAILM-

FANMNGRIVOJLANISHISTIOBOLLARI" xalqaro ilmiy-amaliy anjumani 2022-yil 30-noyabr. 839-842-betlar. (https://doi.org/10.5281/zenodo.7377842)

2. Dilshoda Jalilova Ural qizi. Bo'lajak boshlang'ich sinf o'qituvchilarida axborot kompetentligini rivojlantirish masalasining ahamiyati. RAQAMLI TEXNOLOGIYALAR DAVRIDA TILLARNI INTENSIV O'QITISHNING PSIXOLOGIK- PEDAGOGIK JIHATLARI RESPUBLIKA ILMIY-AMALIY ANJUMANI. 2023-yil 2-iyun (https://doi.org/10.5281/zenodo.7993607) .

3. Jalilova D. Ta'lim jarayonlarining samaradorligini oshirish uchun innovatsion pedagogik texnologiyalardan foydalanishning ahamiyati. "Sifatli ta'lim - taraggivot povdevori" mavzusidagi Respublika ilmiy-amaliy konferensiya to'plami / / Toshkent, 2023-yil 20-aprel. 282-286-betlar.

4. Манаков, H.A. Процесс обучения: синергетический подход / Манаков H.A., Гуньков В.В. // Современные проблемы науки и образования: электрон. науч. журнал, 2017. - No 3. - С. 116-124.

5. https://t.me/jalilova dilshoda 2292

6. https://t.me/ilmiy_yordam_beraman

7. https://cyberleninka.ru

8. http://scientists.uz

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.