Научная статья на тему 'BO‘LAJAK BOSHLANG‘ICH SINF O‘QITUVCHILARINI INNOVATSION FAOLIYATGA TAYYORLASHNING E’TIBORLI JIHATLARI'

BO‘LAJAK BOSHLANG‘ICH SINF O‘QITUVCHILARINI INNOVATSION FAOLIYATGA TAYYORLASHNING E’TIBORLI JIHATLARI Текст научной статьи по специальности «Науки об образовании»

CC BY
174
23
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Журнал
Science and innovation
Область наук
Ключевые слова
Zamonaviy ta’lim / boshlang‘ich sinf o‘qituvchisi / axborot kompetentligi / kompetensiya / o‘quvchi / ta’lim / tarbiya / innovatsion faoliyat / innovatsion ta’lim / kasbiy tayyorgarlik.

Аннотация научной статьи по наукам об образовании, автор научной работы — Dilshoda Jalilova Ural Qizi, Shahzoda Jamilova

Ushbu maqola zamonaviy ta’limda jahon standartlariga javob bera oladigan va xususan, boshlang‘ich ta’lim sohasida faoliyatni boshlashi lozim bo‘lgan bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarini innovatsion faoliyatga tayyorlash masalalariga e’tibor beradi va bunda aynan qanday, qaysi jihatlarning dolzarb ekanligi to‘g‘risida fikr-mulohaza bildirishga ham ahamiyat berildi.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «BO‘LAJAK BOSHLANG‘ICH SINF O‘QITUVCHILARINI INNOVATSION FAOLIYATGA TAYYORLASHNING E’TIBORLI JIHATLARI»

BO'LAJAK BOSHLANG'ICH SINF O'QITUVCHILARINI INNOVATSION FAOLIYATGA TAYYORLASHNING E'TIBORLI JIHATLARI 1Dilshoda Jalilova Ural qizi, 2Shahzoda Jamilova

1Nizomiy nomidagi TDPU Boshlang'ich ta'limda ona tili va uni o'qitish metodikasi kafedrasi o'qituvchisi, Yangihayot tumanidagi 330-sonli umumiy o'rta ta'lim maktabi boshlang'ich ta'lim

fanlar o'qituvchisi 2Nizomiy nomidagi TDPU BT 102-guruh talabasi (sirtqi ta'lim) https://doi.org/10.5281/zenodo.8044531

Annotatsiya. Ushbu maqola zamonaviy ta'limda jahon standartlariga javob bera oladigan va xususan, boshlang'ich ta'lim sohasida faoliyatni boshlashi lozim bo'lgan bo'lajak boshlang'ich sinf o'qituvchilarini innovatsion faoliyatga tayyorlash masalalariga e 'tibor beradi va bunda aynan qanday, qaysi jihatlarning dolzarb ekanligi to'g'risida fikr-mulohaza bildirishga ham ahamiyat berildi.

Kalit so'zlar: Zamonaviy ta'lim, boshlang'ich sinf o'qituvchisi, axborot kompetentligi, kompetensiya, o'quvchi, ta'lim, tarbiya, innovatsion faoliyat, innovatsion ta'lim, kasbiy tayyorgarlik.

Jahon standartlariga mos mutaxassislar tayyorlashning yuqori darajasini ta'minlash uchun sharoitlar yaratish, zamonaviy oliy ta'lim bitiruvchilarini tanqidiy fikrlashini shakllantirish, kasbiy va ijtimoiy kompetensiyalar majmuasiga ega bo'lishi uchun zaruriy bazani yaratish, shu jumladan, innovatsion faoliyatga, innovatsion ta'lim muhitiga kasbiy tayyorlikni talab qiladi.

Respublikamiz mustaqil davlat sifatida demokratik jamiyat qurish, dunyodagi eng rivojlangan mamlakatlar qatoridan o'rin olishni o'z oldiga maqsad qilib qo'ygan. Bu o'z navbatida umumiy o'rta ta'lim muassasalarida faoliyat olib borayotgan o'qituvchilarning kasbiy-metodik tayyorgarligini rivojlantirish bilan belgilanadi. O'qituvchilarning kasbiy-metodik tayyorgarligi ularning kasbiy faoliyatga doir bilimlar, ta'lim-tarbiya jarayonini tashkil qilish, o'z-o'zini rivojlantirish kabi asosiy kasbiy faoliyat sohalarida aks etadi. Bo'lajak boshlang'ich sinf o ' qituvchisining o ' z fanini o' qitishga doir bilimlarni mukammal bilishi va harakatga keltirishi, ta'lim jarayonini tashkil etishi va baholash uchun zarur bo ' lgan tayanch kompetensiyalarni egallashdan iborat. Shu bois, o ' qitish va tarbiyalash jarayoni ta'lim sohasida innovatsion ilmiy yutuqlar, zamonaviy pedagogik va axborot-kommunikatsiya texnologiyalari asosida intensiv tashkil etishni va o ' z-o ' zini rivojlantirishni ham dastlabki qatorda talab etmoqda.

Respublikada o'quvchilar uchun boshlang'ich umumiy ta'limning davlat ta'lim standarti joriy qilingan kundan boshlab hozirgi kunga qadar turli kichik maktab yoshidagi o'quvchilarini o'qitish uchun o'qituvchilarni tayyorlash masalasi va unga dair qaror vazifalarning barchasi boshlang'ich ta'lim sohasidagi o'qituvchilarning innovatsion faoliyatiga qo'yiladigan talablarni oshirish, ularning funksional vazifalarini kengaytirish, kasbiy ahamiyatga ega va shaxsiy xususiyatlarni o'zgartirishga olib keldi. Kasbiy tayyorgarlikning innovatsion usullaridan biri ta'limning dinamik shakli bo'lgan o'qitish bo'lib, uning davomida zamonaviy ta'limni boshqarish talablariga javob beradigan bilim, ko'nikma va malakalarni faol o'zlashtirish asosida amalga oshiriladi.

Bo ' lajak o' qituvchilarni kasbiy ta'limga tayyorlash, aynan innovatsion ta'lim muhitiga tayyorgarligini oshirish masalasi bo'yicha dunyoda qator olimlarning ish olib borganliklarga guvoh bo'lish mumkin. A.V.Shcherbakov, A.P.Bostanji, A.P.Panfilov, G.M.Kodjaspirova,

V.E.Kagan, Yu.V.Gluzman, O.A.Denisova, O.L.Lexanova, V.N.Ponikarova, T.V.Gudina, M.M.Esengulova, L.P.Fetalieva va shu kabi boshqa olimlarning tadqiqotlarida bo'lajak boshlang'ich sinf o'qituvchilarining kasbiy tayyorgarligi masalasiga jiddiy to'xtalganliklari hamda bunda asosiy e'tiborni aynan say jihatga qaratish lozimligi yuzasidan dolzarb fikrlar o'z aksini topganligini ko'rish mumkin.

A.S.Abulgatina, A.A.Ibragimova, S. N.Ispulova, E. V. Eremenko, I. V.Rudin, N.A.Medova, A.I.Sergeevalar esa bo'lajak boshlang'ich sinf o'qituvchilarining inklyuziv va ijtimoiy kompetentsiyasini shakllantirishda turli faol metod va texnologiyalarni taklif etadilar. Biroq, innovatsion ta'lim muhitida bo'lajak boshlang'ich sinf o'qituvchilarini innovatsion faoliyatga kasbiy tayyorlashda o'qitish texnologiyalaridan foydalanish muammosi ilmiy qiziqish doirasidan tashqarida qolganligini ham aytib o'tish joiz.

Shu sababli ham bo'lajak boshlang'ich sinf o'qituvchilarining innovatsion ta'lim muhitida innovatsion faoliyatga kasbiy tayyorgarligini shakllantirishning samarali vositasi sifatida o'qitish texnologiyalarining mohiyatini ochib berishga qaratilgan ilmiy tadqiqot ishlarini tashkil etish masalasiga ham chuqur yondashish lozim nazarimizda. Bunda turfa treninglarni tashkillashtirish ham ahamiyatlidir. Bu bilan bo'lajak boshlang'ich sinf o'qituvchilarida amaliy jarayonlar haqida tassavur olamining kengayishiga erishish mumkin.

Ma'lumki, pedagogik lug'atda «trening»ning ilmiy ta'rifi interfaol ta'lim shakli sifatida qaraladi, uning maqsadi shaxslararo va kasbiy xulq-atvorni rivojlantirishdir. Biroq treningning o'ziga xos «atributlari» borligini ham esdan chiqarmaslik zarur. Bularga trening guruhi kiradi; o'quv doirasi; maxsus jihozlangan xona va o'quv jihozlari (flipchart, markerlar); murabbiy; guruh qoidalari; o'zaro ta'sir va muloqot muhiti; o'qitishning interfaol usullari; o'quv mashg'ulotining tuzilishi; o'qitish samaradorligini baholash.

Ushbu ketma-ketlikda sanalgan kontsepsiyani talqin qilishning bir nechta paradigmalari mavjud, bular: o'qitish o'ziga xos trening sifatida; samarali xulq-atvor ko'nikmalari va malakalarini shakllantirishga olib keladigan trening sifatida; o'qitish faol ta'lim shakli sifatida, uning maqsadi, birinchi navbatda, psixologik bilimlarni uzatish, shuningdek, muayyan ko'nikma va malakalarni rivojlantirish; trening ishtirokchilarning o'zini o'zi ochishi va o'zlarining psixologik muammolarini hal qilish yo'llarini mustaqil izlash uchun sharoit yaratish usuli sifatida.

Ta'lim texnologiyalari faol o'qitish usullari tizimining asosiy elementi hisoblanadi. Ilmiy tadqiqotlar shuni ko'rsatadiki, oliy o'quv yurtlarida o'qitish texnologiyalaridan foydalanishdan maqsad mutaxassisning kasbiy faoliyatining o'ziga xos xususiyatlarini tavsiflovchi va uning kasbiy mahorat darajasini belgilaydigan mavjud bilimlar asosida talabalarda maxsus ko'nikma va malakalarni shakllantirishdir.

Mazkur maqolada yoritilishi maqsad qilingan muammoimiz kontekstida bo'lajak boshlang'ich sinf o'qituvchilarini innovatsion ta'lim sohasidagi innovatsion faoliyatga kasbiy tayyorlashda treninglardan foydalanishning o'ziga xos xususiyatlarini tushunish alohida ahamiyatga ega, chunki bu treninglar bizga kasbiy va shaxsiy o'z-o'zini anglashni rivojlantirish zarur shart-sharoitlarni amalga oshirishga imkon beradi. Bu oliy ta'lim bitiruvchilari uchun muhimdir. Trening davomida norasmiy, majburiy bo'lmagan muloqot yaratiladi, bu guruh uchun muammoni ishlab chiqish va hal qilish uchun ko'plab imkoniyatlarni ochadi. Trening bo'lajak mutaxassislarning faol-kognitiv va aqliy faoliyati faollashtirilgan, zamonaviy fanlar olamini

o'rganishga qaratilgan sinflarda innovatsion faoliyatga kasbiy tayyorgarligi shakllanadigan qulay makonni ta'minlaydi.

Ushbu pedagogik innovatsiyani kasbiy kompetensiyani rivojlantirish, turli kasbiy va shaxsiy, jismoniy fazilatlar, qobiliyat va imkoniyatlarni shakllantirish va takomillashtirish maqsadida o'qitishni pedagogik, ta'lim, kasbiy, hayotiy vaziyatlarni o'yin modellashtirish usuli sifatida belgilaydigan boshqa tadqiqotchilarning tushunishiga ham, ya'ni bo'lajak mutaxassisning malakasini oshirish, o'quvchilarni mashg'ulot vaziyatiga ishtirokchilar va tomoshabinlar sifatida jalb qilish orqali o'z-o'zini anglash va xulq-atvorning adekvatligini oshirishga ham qarshi emasmiz.

Bo'lajak boshlang'ich sinf o'qituvchilarini innovatsion faoliyatga tayyorlashda yuqoridagilardan tashqari yana e'tibor berilishi lozim bo'lgan qator omillar mavjud. Shu sababli ham bu boradagi tadqiqotlarda turli yondashuvlarga murojaat qilish, bo'lajak boshlang'ich sinf o'qituvchilarining kasbiy tayyorgarligini oshirishda axborot kompetentligini rivojlantirish masalasiga ham e'tibor berish ham o'ta muhimdir.

Tayanch darajadagi axborot kompetentlik ostida insonning kundalik hayotida va jamiyatda sodir bo'ladigan haqiqiy vaziyatlarda yuzaga keladigan ijtimoiy ahamiyatli vazifalarni hal etish uchun axborot faoliyatining turli ko'rinishlarini samarali amalga oshirish va yangi axborot texnologiyalaridan foydalanishga qadriyatli munosabat, bilim va ko'nikmalarning majmuini ifodalovchi shaxs sifatlarini tushuniladi.

O'qituvchining axborot kompetentligi maktab bitiruvchisining axborot kompetentligini rivojlantirish sifatida xizmat qiladi va ta'lim beruvchi — pedagog tomonidan bilim, ko'nikmalar va axborot faoliyati turli ko'rinishlarini samarali amalga oshirish hamda kasbiy ta'limiy faoliyatda yangi axborot texnologiyalaridan foydalanishga qadriyatli munosabatlar majmuini aks ettiruvchi, pedagogning kasbiy-shaxsiy sifati tariqasida tushuniladi. Bunga kasbiy yo'naltirilgan bilimlar, ko'nikmalar va uqituvchi uchun xos bo'lgan axborot faoliyatini amalga oshirish motivatsiyasi, yangi axborot texnologiyalarini o'quv jarayonida qo'llashga tayyorgarlik kiritiladi [1].

Ayni zamonaviy ta'lim sharoitida soha mutaxassislarida axborot kompetentligining rivojlanganligi juda ahamiyatli masaladir. Shu jumladan, boshlang'ich sinf o'qituvchilarida ham mazur kompetentlikning rivoj topganligiga e'tibor qaratish yoxud ta'lim sohasida faoliyat olib boruvchi har bir boshlang'ich sinf o'qituvchilarining axborot kompetentligini rivojlantirish kelajak aklod vakillariga zamonaviy bilim berishning zaruriy shartlaridan biridir deyilsa, sira mubolag'a bo'lmaydi. Negaki, axborot kommunikatsion jarayonlarining tobora jadallashuvi bugun har haysi sona vakilidangina emas, balki ta'lim jarayonida faoliyat olib borayotgan har haysi fan o'qituvchisidan axborot kompetentsiyasining kerakli miqdorda rivoj topganligini talab qilmoqda. Chunki amaliy jarayonlarda bugun axborot kommunikatsion vositalaridan foydalanmasdan yetarli va yoxud ko'zlangan natijaga erishish amrimahol bo'lib qoldi [2].

Pedagogik tizimda yangi elementning paydo bo'lishi, yangi axborot texnologiyalari ko'p jihatdan uning funksiyalarini o'zgartiradi va yangi pedagogik samaraga erishishga imkon beradi. O'qitishning yangi axborot texnologiyalaridan foydalanish o'qituvchining kasbiy imkoniyatlarini ahamiyatli oshiradi, uning pedagogik kompetentligining chegaralarini kengaytiradi va demak, uning kasbiy faoliyatining mahsuldorligini oshirishga, ya'ni ta'lim sifatini yuksaltirishga xizmat kiladi. O'qituvchining boshlang'ich ta'lim o'quv jarayonida yangi axborot texnologiyalaridan

foydalanish bo ' yicha faoliyati strukturasini modeliga muvofiq ravishda pedagogik ko ' ikmalar orqali ko ' rib chiqish ham juda e'tibot talab masalalardan biri sanaladi [3].

Shunday qilib, bo'lajak boshlang'ich sinf o'qituvchilarini innovatsion davrning talablarini inobatga olgan holda, innovatsion ta'lim muhiti va uning qizi'in jarayonlariga tayyorlash masalasi bugungi kunning dolzarb masalalaridan ekanligini alohida ta'kidlash lozim. Hamda bu borada bo'lajak boshlang'ich sinf o'qituvchilarida zamonaviy ta'limning innobvatsion jarayonaridan, innovatsion texnologiyalaridan xabardor qilish, ularda axborot kompetentligini ham rivoj toptirish, pedagogik tizimda ayni avqtda axborot kompetentligining o'qituvchi shaxsida aks etishi naqadar muhim ekanligini ham nazarim ham amaliy jihatdan anglashlariga imkoniyat yaratish bo'lajak boshlang'ich sinf o'qituvchilarida kasbiy tayyorgarlikni oshirishning eng oldu o'rinlarda turuvchi vazifalari deb aytish mumkin.

REFERENCES

1. Dilshoda Jalilova Ural qizi. BO ' LAJAK BOSHLANG ' ICH SINF O ' QITUVCHILARIDA AXBOROT KOMPETENTLIGINI RIVOJLANTIRISH MASALASINING AHAMIYATI. RAQAMLI TEXNOLOGIYALAR DAVRIDA TILLARNI INTENSIV O'QITISHNING PSIXOLOGIK- PEDAGOGIK JIHATLARI RESPUBLIKA ILMIY-AMALIY ANJUMANI 2023-yil 2-iyun (https://doi.org/10.5281/zenodo.7993607)

2. Jalilova D.U. Psychological And Technological Features of Increasing the Efficiency of Educational Activity of Talented Students in Presidential Schools. Journal of Pedagogical Inventions and Practices ISSN NO: 2770-2367 ( https://zienjournals.com).

3. Сатторова, Х. (2012). РЕФОРМА И ТРУДНОСТИ ОБУЧЕНИЯ. Вопросы психологии и педагогики, (2), 61-64.

4. Сатторова, Х. (2012). РЕФОРМА И ТРУДНОСТИ В ОБУЧЕНИИ (на тадж). Вестник Педагогического университета, (3-2), 156-158.

5. https://t.me/j alilova_dilshoda_2292

6. https://t.me/ilmiy_yordam_beraman

7. https://cyberleninka.ru

8. http://scientists.uz

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.