Научная статья на тему 'TA’LIMDA RAQAMLI TEXNOLOGIYALAR RIVOJLANAYOTGAN DAVRDA BO‘LAJAK BOSHLANG‘ICH SINF O‘QITUVCHILARINI TAYYORLASH'

TA’LIMDA RAQAMLI TEXNOLOGIYALAR RIVOJLANAYOTGAN DAVRDA BO‘LAJAK BOSHLANG‘ICH SINF O‘QITUVCHILARINI TAYYORLASH Текст научной статьи по специальности «Науки об образовании»

CC BY
5
4
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Журнал
Science and innovation
Область наук
Ключевые слова
raqamli texnologiyalar / bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchilari / o‘qituvchi / dastur / talaba / ta’lim sifati.

Аннотация научной статьи по наукам об образовании, автор научной работы — Jalilova Dilshoda Ural Qizi, Jurayeva Dildora, Ne’Matullayeva Sevinch, Davronova Sug‘Diyona

Ushbu maqola ta’limda raqamli texnologiyalar rivojlanyotgan davrda bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarida axborot kompetentloigining mavjud bo‘lishi ahamiyati, raqamli texnologiyalarning ularni tayyorlashdagi roli va shu kabi taalluqli jihatlarga e’tibor qaratadi.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «TA’LIMDA RAQAMLI TEXNOLOGIYALAR RIVOJLANAYOTGAN DAVRDA BO‘LAJAK BOSHLANG‘ICH SINF O‘QITUVCHILARINI TAYYORLASH»

TA'LIMDA RAQAMLI TEXNOLOGIYALAR RIVOJLANAYOTGAN DAVRDA

BO'LAJAK BOSHLANG'ICH SINF O'QITUVCHILARINI TAYYORLASH 1Jalilova Dilshoda Ural qizi, 2Jurayeva Dildora, 2Ne'matullayeva Sevinch, 2Davronova

Sug'diyona

1Nizomiy nomidagi TDPU Boshlang'ich ta'limda ona tili va uni o'qtish metodikasi kafedrasi

o'qituvchisi

2,3,4Boshlang'ich ta'lim fakulteti I bosqich talabalari https://doi.org/10.5281/zenodo.1081009 7

Annotatsiya. Ushbu maqola ta'limda raqamli texnologiyalar rivojlanyotgan davrda bo'lajak boshlang'ich sinf o'qituvchilarida axborot kompetentloigining mavjud bo'lishi ahamiyati, raqamli texnologiyalarning ularni tayyorlashdagi roli va shu kabi taalluqli jihatlarga e 'tibor qaratadi.

Kalit so'zlar: raqamli texnologiyalar, bo'lajak boshlang'ich sinf o'qituvchilari, o'qituvchi, dastur, talaba, ta'lim sifati.

Ta'limda bir-biri bilan chambarchas bog'liq bo'lgan uchta omil mavjud: talaba, o'qituvchi va dastur. Ta'lim tizimining muvaffaqiyati bir butunlikka ushbu uch omilning maqsadlariga bog'liqdir. Agar ushbu omillardan birida kamchiliklar, xatolar yoki yetarli darajada bilimning mavjud emasligi aniqlansa, ta'limdagi tizim noto'g'ri yo'nalishda ishlay boshlaydi, bu esa ta'lim sifati va samaradorlikning pasayishiga olib keladi. Elementlardan birini boshqalardan ustun qo'yish noto'g'ri bo'ladi. Lekin shunga qaramay, bu uchburchakda o'qituvchi muhim rol o'ynaydigan asosiy element hisoblanadi. Muvaffaqiyatga erishish uchun bir-biri bilan o'zaro munosabatda bo'lgan ushbu uchta elementning barchasi bugungi innovastion ta'lim muhitidan kelib chiqqan holda va albatta, raqamli texnologiyalarning rivojlanib borayotganligi sababli ta'lim tizimida bo'lishi shart.

Singapur, Finlyandiya, Janubiy Koreya, Xitoy, Turkiya va Yaponiya kabi mamlakatlarda yuqori jahon iqtisodiyotiga erishish uchun ta'lim tizimidagi o'zgarishlar, globallashuv, yangilanish va jahon madaniy hamjamiyatiga integratsiyalashuv kabi radikallarga alohida ahamiyat beriladi. Dunyoning barcha davlatlarining har qanday yutuqlarida asosiy rolni ta'lim tizimi va bevosita o'qituvchilar tashkil etadi. Turli ta'sir ostida paydo bo'lgan qiyinchiliklarga qaramasdan yuqori darajadagi tayyorgarligi bilan turli xil tashqi va ichki omillar o'qituvchilar o'quv jarayonini barqaror rivojlantirishga qaratishi va shu bilan birga, ular talabalarda axborot komptetentligi rivojlanishiga ham hissa qo'shadi. Bugungi kunda rivojlangan mamlakatlarda talabalar xalqaro sinovlarda yuqori yutuqlarni ko'rsatganliklari bunga isbot bo'la oladi.

O'qituvchi o'z bilimi, qobiliyati, malakasi va xulq-atvori bilan talabalarga ham ijobiy, ham salbiy ta'sir ko'rsatishi mumkin. Asosiylaridan biri sifatida bu jarayonda ta'lim tizimining elementi o'qituvchi tajribali mutaxassis bo'lishi kerakligi hisoblanadi. Bugungi innovatsion ta'lim muhitida rivojlanib kelayotgan raqamlashtirish sharoitidan kelib chiqib, zamonaviy o'qituvchida muvozanatli, shaxsiy xususiyati bilan alohida ajralib tura oladigan, jarayonni boshqarish qobiliyatiga ega bo'lish, ijtimoiy va individual darajada rejalashtirish qobiliyati yetuk, yetakchilik qobiliyatining egasi bo'lishi, o'ziga ishongan, o'z fikrini ochiq bildiruvchi, bilimdon bo'lish, axborot kompetentligiga ega bo'lishi ham, kasbiy va ijtimoiy ideallari hamda sifatlarining tarkib topgan bo'lishi ham zamonaviy ta'lim davri talabiga aylandi.

Bugungi kunda ta'limda sifat va samaradorlikning yuqori darajasiga erishish uchun bo'lajak o'qituvchilarni tayyorlash va ularda davr talabiga monand axborot kompetentligini

rivojlantirish eng muhim talablardandir. Buning uchun esa sarmoya kiritish manfaatli bo'ladi. Negaki, iqtisodiy taraqqiyotda ham, ta'lim iqtisodiyotida ham o'qituvchining hissasi va mas'uliyati juda kattadir. Innovatsion ta'lim tanablari orbit borayotgan davrda o'qituvchilarda raqobatbardoshlikni rivojlantirish, jamiyatning eng odobli va bilimli a'zosini yetishtirishda unda XXI asr texnologiyalarini tushinib, undan unumli foydalana olishi uchun axborot kompetentligini shakllantirish masalasi ham jiddiydir.

Aytish joizki, jamiyatni axborotlashtirishning asosiy yo'nalishi boshlang'ich maktabdir. Bunda boshlang'ich sinf o'qituvchisi eng asosiy markazda faoliyat olib boradi. Ta'limda axborotlashtirish muammolarini hal qilish uchun bo'lajak boshlang'ich sinf o'qituvchilarining axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalanish ehtiyojlari va imkoniyatlarini shakllantirish zarur. Shu munosabat bilan zamonaviy boshlang'ich sinf o'qituvchisining kasbiy kompetensiyasi zamonaviy mikroprotsessor va kompyuterlar asosida amalga oshiriladigan axborotni izlash, to'plash, saqlash, ishlab chiqarish, qayta ishlash, uzatish va undan foydalanish bo'yicha maxsus bilim va ko'nikmalarsiz mumkin emas. Shunday qilib, raqamli texnologiyalar o'qituvchilarning ta'lim sifatini baholash kompetensiyasining ajralmas qismi bo'lishi kerak.

Bo'lajak boshlang'ich sinf o'qituvchilarining raqamli texnologiyalardan foydalana bilishi kasbiy kompetensiyaning tarkibiy qismi sifatida qaraladi. U boshlang'ich ta'limning o'ziga xos xususiyatlarini, shuningdek, AKT (axborot-kommunikatsiya texnologiyalari) ning o'ziga xosligi va tabiatini hisobga olgan holda, kasbiy muammolarni hal qilishda AKTdan foydalanish imkonini beruvchi kompetensiyalar majmuasidan iborat va boshlang'ich ta'limda ham qo'llaniladi.

A.M.Karavayeva ta'kidlaganidek, axborot va kompyuter texnologiyalaridan foydalanish nafaqat o'quvchilarning rivojlanishini qo'llab-quvvatlabgina qolmay, balki ularning ta'limga bo'lgan motivatsiyasini, o'qishdagi o'zaro ta'sirini ham oshiradi. Demak, bundan ko'rinadiki talabalarning, aniqrog'i bo'lajak boshlag'ich sinf o'qituvchilarining malakasini oshirish omili sifatida u quyidagi muhim afzalliklar bilan tavsiflanadi:

1. O'quv jarayoni mazmunining usullari, texnologiyalarini takomillashtirish;

2. Har bir talabaga individual yondashish orqali ta'lim jarayoni samaradorligini oshirish;

3. O'qituvchi va talaba o'rtasidagi ta'lim jarayonida o'zaro munosabatlarning yangi shakllarini, shu jumladan, masofaviy ta'limni tashkil etish va takomillashtirish;

4. O'qituvchi tomonidan ham, ta'lim muassasasi ma'muriyati tomonidan ham o'quv jarayonini boshqarish vositalarini takomillashtirish;

5. Talabalar shaxsini har tomonlama rivojlantirish va faollik darajasini oshirishga ko'maklashish;

6. Talabalarning mustaqil ishi va o'z-o'zini tayyorlash darajasini sezilarli darajada oshirish;

7. Talabalarning ilmiy-tadqiqot va qidiruv faoliyatini tashkil etish va takomillashtirish;

8. Ilgari o'rganilgan materialni takrorlash va mustahkamlash imkoniyati;

9. Biznes yoki rolli o'yin shaklida, shu jumladan, masofaviy formatda turli xil o'quv vaziyatlarini yaratish;

10. O'quv ma'lumotlarini izlash va tanlash hamda uni amaliy qo'llash ko'nikmalarini shakllantirish va takomillashtirish;

11. Talabalar bilimining oraliq yoki yakuniy nazorati natijasida ob'yektiv baho olish, masalan, elektron test orqali;

12. Virtual laboratoriyalar, simulyatorlar va boshqalar orqali turli jarayonlarni modellashtirish imkoniyati;

13. "O'qituvchi - talaba", "o'qituvchi - talabaning ota-onasi" o'rtasida o'z vaqtida doimiy aloqani tashkil etish;

14. Muayyan fan sohasida ham, darsdan tashqari mashg'ulotlarda ham talabalarning ijodiy ko'nikma va malakalarini rivojlantirish, takomillashtirish, masalan, mahorat darslarini tomosha qilish orqali sevimli mashg'ulotlarini shakllantirish;

15. Virtual ko'rgazmalar, muzeylar va boshqalarga tashrif buyurish orqali o'quvchilarning estetik madaniyatini oshirish;

16. Turli axborot manbalaridan (elektron kutubxonalar, ilmiy maqolalar, darsliklar va boshqalar) ta'lim maqsadlarida foydalanish imkoniyati.

Bo'lajak boshlang'ich sinf o'qituvchilarini tayyorlashda innovatsion ta'lim sharoiti talablaridan kelib chiqib, ularda axborot kompetentligini rivojlantirishda xorijiy tajribalardan andoza olish va ularni mintaqa sharoitiga mos ravishda qo'llash manfaatli bo'ladi. Jumladan, bo'lajak boshlang'ich sinf o'qituvchilarida axborot-kommunikatsiya vositalaridan foydalanish madaniyatini kuchaytirish natijasida kelajakda ular ta'lim-tarbiya beradigan yosh avlodda ham bu madaniyatning shakllanishiga hissa qo'shishlariga erishish mumkin.

REFERENCES

1. Dilshoda Jalilova Ural qizi. Bo'lajak boshlang'ich sinf o'qituvchilarida axborot kompetentligini rivojlantirish masalasining ahamiyati. RAQAMLI TEXNOLOGIYALAR DAVRIDA TILLARNI INTENSIV O'QITISHNING PSIXOLOGIK- PEDAGOGIK JIHATLARI RESPUBLIKA ILMIY-AMALIY ANJUMANI. 2023-yil 2-iyun (https://doi.org/10.5281/zenodo.7993607) .

2. Jalilova D. Ta'lim jarayonlarining samaradorligini oshirish uchun innovatsion pedagogik texnologiyalardan foydalanishning ahamiyati. "Sifatli ta'lim - taraggivot povdevori" mavzusidagi Respublika ilmiy-amaliy konferensiya to'plami / / Toshkent, 2023-yil 20-aprel. 282-286-betlar.

3. Машкина О.А. Формирование новой модели подготовки школьных учителей в современном Китае. / Вестник Московского университета. Серия 20. Педагогическое образование. 2013. №3

4. Сергиенко А.Ю. Управление педагогическим образованием в Сингапуре. / Журнал: Управление образованием: теория и практика. 2018. №1 (29)

5. Трудности и перспективы цифровой трансформации образования / А. Ю. Уваров [и др.]; под ред. А. Ю. Уварова, И. Д. Фрумина. М.: Изд. дом Высшей школы экономики, 2019. 343 с.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.