Научная статья на тему 'BO‘LAJAK O‘QITUVCHILARNI SAMARALI HAMKORLIKKA ASOSLANGAN FAOLIYATIGA YO‘NALTIRISH'

BO‘LAJAK O‘QITUVCHILARNI SAMARALI HAMKORLIKKA ASOSLANGAN FAOLIYATIGA YO‘NALTIRISH Текст научной статьи по специальности «СМИ (медиа) и массовые коммуникации»

CC BY
11
3
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
Bo‘lajak o‘qituvchi / samarali hamkorlikka asoslangan faoliyat / hamkorlik texnologiyasi / ta’lim jarayoni.

Аннотация научной статьи по СМИ (медиа) и массовым коммуникациям, автор научной работы — Hojiyeva Zulfiya O‘Ktamovna

Usbu maqola bo‘lajak o‘qituvchilarni samarali hamkorlikka asoslangan faoliyatga yo‘naltirish va uning ahamiyati haqidagi hamda buning asosida erishiladigan natijalar to‘g‘risidagi fikr-mulohazalarni o‘z mazmunida aks ettiradi.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «BO‘LAJAK O‘QITUVCHILARNI SAMARALI HAMKORLIKKA ASOSLANGAN FAOLIYATIGA YO‘NALTIRISH»

BO'LAJAK O'QITUVCHILARNI SAMARALI HAMKORLIKKA ASOSLANGAN

FAOLIYATIGA YO'NALTIRISH Hojiyeva Zulfiya O'ktamovna

Nizomiy nomidagi TDPU Umumiy pedagogika kafedrasi dotsent, PhD. https://doi.org/10.5281/zenodo.10116108

Annotatsiya. Usbu maqola bo'lajak o'qituvchilarni samarali hamkorlikka asoslangan faoliyatga yo'naltirish va uning ahamiyati haqidagi hamda buning asosida erishiladigan natijalar to'g'risidagi fikr-mulohazalarni o'z mazmunida aks ettiradi.

Kalit so'zlar: Bo'lajak o'qituvchi, samarali hamkorlikka asoslangan faoliyat, hamkorlik texnologiyasi, ta'lim jarayoni.

Аннотация. В данной статье отражены мнения о важности направления будущих учителей к деятельности, основанной на эффективном сотрудничестве, и о результатах, которых можно достичь на основе этого.

Ключевые слова: Будущий учитель, эффективная совместная деятельность, совместная технология, образовательный процесс.

Abstract. This article reflects opinions about the importance of orienting future teachers to activities based on effective cooperation and the results that can be achieved based on this.

Keywords: Future teacher, effective collaborative activity, collaborative technology, educational process.

Hozirgi davrda xalqaro miqyosda bo'lajak mutaxassislarni innovatsion tayyorlash, zamonaviy ta'limni amalga oshirish bo'yicha dunyoning yetakchi oliy ta'lim muassasalari va ilmiy markazlari tomonidan olib borilayotgan tadqiqotlarda bo'lajak o'qituvchilarning kasbiy mahorati mezonlari, innovatsion ta'lim muhitini yaratish muammolari xalqaro ta'lim standartlari talablarining joriy qilinishiga alohida ahamiyat qaratilmoqda. Bunda yosh o'qituvchilarning pedagogik kompetentligi tarkibini zamonaviy axborot va pedagogik texnologiyalarni ta'lim jarayonida muvaffaqiyatli qo'llashning motivatsion, kognitiv, operatsion, refleksiv va o'z-o'zini baholash, samarali hamkorlikka asoslangan faoliyatga yo'naltirish kabi indikatorlar asosida kengaytirishga qaratilgan ilmiy izlanishlar muhim o'rin tutadi.

Ayni shundan kelib chiqib aytish kerakki, bugungi zamonaviy jamiyat va axborot sharoitida bo'lajak o'qituvchilar uchun yangi «ta'limiy yashash muhitini» yaratish, ularning shaxsiy fazilatlarini, tashqi dunyo bilan munosabatlarini, shuningdek, madaniy amaliyotlarini shakllantirish muhimdir. Bunda bo'lajak o'qituvchilarni hamkorlikka asoslangan faoliyatga yo'naltirish masalasi dolzarb sanaladi.

Mamlakatimizda ilg'or xorijiy tajribalar asosida uzluksiz ta'lim tizimi uchun bo'lajak yosh o'qituvchilarni tayyorlashning zamonaviy ta'lim mazmunini modernizatsiyalash, talabalar ichki imkoniyatlarini ro'yobga chiqarishga imkon beruvchi zarur shart-sharoitlar yaratishga yo'naltirilgan ta'lim muhitini yaratish bo'yicha tadqiqot ishlari olib borilmoqda.

O'zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish bo'yicha Harakatlar strategiyasida "uzluksiz ta'lim tizimini yanada takomillashtirish, sifatli ta'lim xizmatlari imkoniyatlarini oshirish, mehnat bozorining zamonaviy ehtiyojlariga mos yuqori malakali kadrlar tayyorlash siyosatini davom ettirish" kabi ustuvor vazifalar belgilanganishi ham bejizga emas edi. Bu borada bo'lajak o'qituvchilarni samarali hamkorlikka asoslangan faoliyatga yo'naltirish asosida ularda

ijtimoiy-madaniy kompetentlikni rivojlantirish va natijada ta'lim muhitini shakllantirishning pedagogik tizimini takomillashtirish muhim ahamiyat kasb etadi.

Hamkorlikka asoslangan faoliyat jarayonida o'quvchilar muhim ijtimoiy vazifalarni do'stona, uyushqoqlik bilan, chiroyli tarzda bajarayotganliklarini bilishdan yuqori estetik zavq oladilar. Estetik hodisa o'quvchilarda yuksak va talabchan badiiy didni, voqea-hodisalarning g'oyaviy-badiiy mohiyatiga, voqelik go'zalligiga chuqur kirib borish qobiliyatini shakllantirishga xizmat qiladi. Shuning uchun ham maktab islohoti talablaridan kelib chiqib, mehnat va estetik tarbiyani yagona jarayonda uyg'unlashtirishni ham unutmay ta'limiy jarayonlarda hamkorlik asosida faoliyatni yo'lga qo'yish masalasi muhimdir.

Shuning asosida bo'lajak o'qituvchilarni hamkorlikka asoslangan faoliyatga yo'naltirish kasbiy pedagogik tayyorgarlik tizimining bir qismi sifatida qaralsa, yanada samaraliroq amalga oshiriladi. Tizim sifatida uning yaxlitligiga uning tarkibiy qismlarini, ya'ni axloqiy-psixologik, uslubiy, nazariy kabilarni birlashtirish orqali erishiladi.

Ta'limning nazariy va uslubiy strategiyasi — bu o'quv tizimining turli tarkibiy qismlarini va uning darajalarini talabalarni turli shakl va mazmundagi faoliyatga jalb qilish asosida birlashtirishni o'z ichiga olgan integral faoliyat demakdir. Bu bilan axloqiy, psixologik, pedagogik jihatlar majmuini ifodalovchi murakkab shaxsiy ta'lim sifatida belgilangan bo'lajak o'qituvchilarning hamkorlikka asoslangan faoliyatga tayyorgarligini shakllantirishda ta'lim jarayonlarida hamkorlik texnologiyasining mohiyati va tuzilishini, zamonaviy sharoitlarda uning maqsadlari, vazifalari va xususiyatlarini hisobga olgan holda belgilanishi lozimligini bo'lajak o'qituvchilarga o'rgatish va uqtirish joiz.

Bo'lajak o'qituvchilarni samarali hamkorlikka asoslangan faoliyatga yo'naltirish kelajakda ta'limiy faoliyatlari davomida yuzaga kelishi mumkin bo'lgan turli xil vaziyatlarda o'zini yo'qotib qo'ymaslikka, ta'lim oluvchilar bilan ijobiy munosabat muhitini yaratishga, ularning ota-onalari yoki mas'ullari bilan birgalikda ishlash ko'nikmasini shakllantirishga, shunindek, ham o'quvchilari ham ularning ota-onalari bilan o'rnatiladigan munosabat va muloqot jarayonlarida jarayonni boshqara olish, ma'lum yo'nalishga yo'naltira olish hamda bundan jarayonda markada tura olish qobiliyatini ham rivojlantiriadi.

Zamonaviy o'quv jarayonining haqiqati shundan iboratki, o'qituvchining hamkorlik asoslarini egallashi o'zining o'qituvchilik faoliyati va shunga mos ravishda o'quvchi-talabalarning ta'lim faoliyati muvaffaqiyatining shartiga aylanadi. Shuning uchun bo'lajak o'qituvchilarning pedagogik tayyorgarligi o'quvchilar bilan hamkorlik qilish, ular bilan va jamoa bilan o'zaro munosabatda bo'lish, shuningdek, o'zlarining ilmiy va kasbiy faoliyatini rejalashtirish hamda rejalarini amalga oshirish uchun asos sifatida hamkorlik masalalarini maqsadli ravishda o'z ichiga olishi kerak.

REFERENCES

1. O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 7-fevraldagi PF-4947-sonli «O'zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish bo'yicha Harakatlar strategiyasi to'g'risida»gi Farmoni. O'zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to'plami, 2017 yil, 6-son, 70-modda.

2. Dilshoda Jalilova. Boshlang'ich ta'lim o'qituvchilarining kasbiy kompetensiyasi tarkibiy qismlarining mazmun-mohiyati.«O'ZBEKISTONDAILM-FANNINGRIVOJLANISHISTIOBOLLARI" xalqaro ilmiy-amaliy anjumani 2022-yil 30-noyabr. 839-842-betlar. (https://doi.org/10.5281/zenodo.7377842)

3. Dilshoda Jalilova Ural qizi. Bo'lajak boshlang'ich sinf o'qituvchilarida axborot kompetentligini rivojlantirish masalasining ahamiyati. RAQAMLI TEXNOLOGIYALAR DAVRIDA TILLARNI INTENSIV O'QITISHNING PSIXOLOGIK- PEDAGOGIK JIHATLARI RESPUBLIKA ILMIY-AMALIY ANJUMANI 2023-yil 2-iyun (https://doi.org/10.5281/zenodo.7993607) .

4. Hojieva, Z. U. (2014). The Role of1' Mark" in Humanization of Didactic Relationships. In Young Scientist USA (pp. 33-36).

5. Jalilova D. Ta'lim jarayonlarining samaradorligini oshirish uchun innovatsion pedagogik texnologiyalardan foydalanishning ahamiyati. "Sifatli ta'lim - taraggivot povdevori" mavzusidagi Respublika ilmiy-amaliy konferensiya to'plami / / Toshkent, 2023-yil 20-aprel. 282-286-betlar.

6. Колова С.М. Формирование социокултурной компетентности будуших специалистов. дис. ...канд. пед. наук. С. М. Колова. - Челябинск, 2002. - 190 с.

7. Zulfiya Khojieva. THE ROLE OF CO-CREATION IN PREPARING FUTURE TEACHERS FOR EFFECTIVE COLLABORATIVE WORK. International Journal of Pedagogics. 2022.

8. Zulfiya Khojieva. THE HUMANIZATION OF DIDACTIC RELATIONS BETWEEN TEACHER AND STUDENT IN MODERN EDUCATION. European Journal of Research and Reflection in Educational Sciences. 124-127pages. 2020.

9. https://t.me/jalilova_dilshoda_2292

10. https://t.me/ilmiy_yordam_beraman

11. https://cyberleninka.ru

12. http://scientists.uz

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.