Научная статья на тему 'BO‘LAJAK O‘QITUVCHILARDA DIDAKTIK MUNOSABATLARNI INSONPARVARLASHTIRISHGA ASOSLANGAN FAOLIYATGA YO‘NALTIRISH'

BO‘LAJAK O‘QITUVCHILARDA DIDAKTIK MUNOSABATLARNI INSONPARVARLASHTIRISHGA ASOSLANGAN FAOLIYATGA YO‘NALTIRISH Текст научной статьи по специальности «СМИ (медиа) и массовые коммуникации»

CC BY
36
5
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
Didaktik munosabatlar / insonparvarlashtirish tamoyili / ta’lim-tarbiya / ta’limni insonparvarlashtirish / bo‘lajak o‘qituvchi.

Аннотация научной статьи по СМИ (медиа) и массовым коммуникациям, автор научной работы — Jalilova Dilshoda Ural Qizi, Sharofova Shahlo To‘Lqin Qizi, Baxromova Shaxnoza Baxrom Qizi

Ushbu maqolada bo‘lajak o‘qituvchilarda didaktik munosabatlarni insonparvarlashtirishga asoslangan faoliyatga yo‘naltirish masalalariga ham nazariy ham amaliy jihatdan e’tibor qaratiladi. Jumladan, didaktik munosabatlarni ta’limni insonparvarlashtirish pedagogikasi sifatida tushunish lozimligi to‘g‘risidagi fikr-mulohazalar ham ta’kidlanadi.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «BO‘LAJAK O‘QITUVCHILARDA DIDAKTIK MUNOSABATLARNI INSONPARVARLASHTIRISHGA ASOSLANGAN FAOLIYATGA YO‘NALTIRISH»

BO'LAJAK O'QITUVCHILARDA DIDAKTIK MUNOSABATLARNI INSONPARVARLASHTIRISHGA ASOSLANGAN FAOLIYATGA YO'NALTIRISH 1Jalilova Dilshoda Ural qizi 2Sharofova Shahlo To'lqin qizi 3Baxromova Shaxnoza Baxrom

qizi

1Nizomiy nomidagi TDPU Boshlang'ich ta'limda ona tili va uni o'qtish metodikasi kafedrasi o'qituvchisi 2Nizomiy nomidagi TDPU Boshlang'ich ta'lim fakultetiMaxsus sirtqi 4-bosqich talabasi 3Nizomiy nomidagi TDPU Boshlang'ich ta'lim fakulteti Maxsus sirtqi 4-

bosqich talabasi https://doi.org/10.5281/zenodo.10116094

Annotatsiya. Ushbu maqolada bo'lajak o'qituvchilarda didaktik munosabatlarni insonparvarlashtirishga asoslangan faoliyatga yo'naltirish masalalariga ham nazariy ham amaliy jihatdan e 'tibor qaratiladi. Jumladan, didaktik munosabatlarni ta'limni insonparvarlashtirish pedagogikasi sifatida tushunish lozimligi to'g'risidagifikr-mulohazalar ham ta'kidlanadi.

Kalit so'zlar:Didaktik munosabatlar, insonparvarlashtirish tamoyili, ta'lim-tarbiya, ta'limni insonparvarlashtirish, bo'lajak o'qituvchi.

Аннотация. В данной статье теоретическое и практическое внимание уделяется вопросам направления дидактических отношений на деятельность, основанную на гуманизации будущих учителей. В частности, подчеркнуты мнения о необходимости понимать дидактические отношения как педагогику гуманизации образования.

Ключевые слова: Дидактические отношения, принцип гуманизации, образование, гуманизация образования, будущий учитель.

Abstract. In this article, theoretical and practical attention is paid to the issues of directing didactic relations to activities based on humanization of future teachers. In particular, opinions on the need to understand didactic relations as a pedagogy of humanization of education are also emphasized.

Key words: Didactic relations, the principle of humanization, education, humanization of education, future teacher.

Ma'lumki, har bir mamlakat taraqqiyoti va kelajagi ta'lim-tarbiya sohasidagi sifat o'zgarishlari bilan yuqori samaradorlikka erishishga, ularning jahon ta'limi talablari bilan mosligi va amaliy hayotdagi o'rnini qay darajada topayotganligiga bog'liq.

Ta'lim-tarbiyadagi sifat o'zgarishlar va yuqori samaradorlik ko'proq milliy pedagogikaning tarixiy ildizlari va zamonaviy yutuqlarini talabalar ongiga singdirishni qay darajada olib borilganligi bilan bog'liq bo'lib, u barkamol avlod tarbiyasida mustahkam asos bo'ladi. Shunday asoslarda ta'lim-tarbiya berish bo'lajak mutaxassislarni yangicha sharoitlarda ishlashga tayyorlovchi innovatsion jarayon bo'lib, oldingi egallagan bilimlar asosida ijobiy pedagogik samaralarni beruvchi yangicha yondashuv texnologiyalarini yaratish va joriy etishdan iboratdir. Bu talablarni bajarish ta'lim-tarbiya jarayonini ilm-fan va texnika-texnologiyalarning eng so'nggi yutuqlari asosida, zamon talablarini hisobga olgan holda tashkil etish muammosi mavjudligini va uning dolzarb ekanini ta'kidlaydi.

Bugungi zamonaviy pedagogik paradigmaning o'zgarishi bu tubdan boshqacha nuqtai nazarga olib keldi. Asosiy didaktik munosabatlarni faoliyat emas, balki shaxslarning o'zaro ta'siri sifatida ko'rib chiqish pedagogika fanini an'anaviydan farqli, boshqacha — ijodkorlik pedagogikasi, ta'limni insonparvarlashtirish pedagogikasi sifatida tushunishni taqozo etadi. Bu esa

o'sib borayotgan shaxsning ijodiy shaxsini rivojlantirish va ta'limni insonparvarlashtirish tamoyiliga asoslanadi. Mazkur tamoyil butun ta'lim jarayoniga, uning barcha tarkibiy qismlariga, shu jumladan, bo'lajak o'qituvchilarda didaktik munosabatlarni insonparvarlashtirishga asoslangan faoliyatga yo'naltirishga singib ketishi kerak.

Ayni davrda umuman ta'limni insonparvarlashtirish va xususan, bo'lajak o'qituvchilarning o'quvchilari bilan o'rtasidagi didaktik munosabatlarni insonparvarlashtirish sohasida pedagogik tadqiqotlarning alohida dolzarbligini ta'kidlash mumkin.

Birinchidan, kundan-kunga murakkablashib borayotgan yuqori texnologiyali sivilizatsiya sharoitida odamlarning o'zaro bog'liqligi "inson muammolari"ni aniq dolzarb qilib qo'yadi.

Ikkinchidan, kelajak ta'lim jarayonlarini birinchi navbatda ta'lim oluvchilarning "ichki hayoti", uning qadriyatlarga yo'naltirilganligi, o'zini o'zi qadrlash va his-tuyg'ularida namoyon bo'lishiga yo'naltirilishini tobora ko'proq talab qilmoqda. Yoshlarning psixologik salomatligini saqlash, fuqarolik mas'uliyat hissini va munosib axloqiy ongni shakllantirish kabi maqsadlarga erishish mumkin bo'lgan ta'limning yagona turini o'rganishda sub'yektiv omilning ahamiyati bu jarayonda mohiyatan dolzarblikka ega bo'lgan ta'limdir.

Nihoyat, uchinchidan, o'qitish "chuqur insoniy, shaxsiy, samarali jarayondan boshqa narsa emasligi sababli, aynan insonparvarlik tarbiyasi birinchi o'ringa chiqishi kerak.

Ta'limni sinfda o'qituvchi va o'quvchilar o'rtasidagi didaktik munosabatlarni insonparvarlashtirishga yo'naltirish — bu o'quvchi va o'qituvchining muhim kuchlari va ijodiy salohiyatini uyg'un rivojlantirish, nostandart fikrlashni shakllantirish, tanlash erkinligi demakdir. Shu asosida yana aytish kerakki, bo'lajak o'qituvchilarda didaktik munosabatlarni insonparvarlashtirishga asoslangan faoliyatga yo'naltirish masalasi o'z dolzarbligini ko'rsatadi.

Nazariy jihatdan qaralganda, psixologik-pedagogik adabiyotlar tahlili shuni ko'rsatdiki, zamonaviy sharoitda amaliy-ko'rgazmali jarayonni insonparvarlashtirishga ob'yektiv tendensiya mavjud. Unda faoliyat sub'yektining individual, jamoaviy roli tobora muhim ahamiyat kasb etmoqda va yanada ortib borayotgan darajada ijodiy jarayonning o'zi insonning ijodiy kuchlarini o'z-o'zini amalga oshirishga qaratilgan. Bular jamiyatni demokratlashtirish jarayoni davom etayotgan tub o'zgarishlarning eng muhim omili bo'lib, u jamiyat hayotining "oldingi safida" inson turganini inobatga olib hamda qadimgi odamlar aytganidek, barcha narsalarda o'lchov bo'lishiga yordam beradi.

Munosabat tushunchasi — falsafaning fundamental tushunchalaridan biri bo'lib, u ijtimoiy hayotni anglashdagi boshlang'ich tushunchalardan sanaladi. Turli tadqiqotlarda munosabat tushunchasi istalgan boshqa tushunchalarni (munosabat ishtirokchilari yoki sub'yektlari hisoblangan) taqqoslashning tanlangan yoki taklif etilgan asosiga ko'ra o'zaro taqqoslash natijasida vujudga kelishi to'g'risida asosli fikrlar mavjud bo'lsa-da, shu bilan birga, didaktik munosabatlarning ayrim dolzarb masalalari hamon hal etilmagan. Shunday qilib, na pedagogikada, na psixologiyada didaktik munosabatlarning aniq ta'rifi mavjud emas, u chuqur va to'liq ochib berilmagan. Buning natijasida bo'lajak o'qituvchilarda didaktik munosabatlarni insonparvarlashtirishga asoslangan faoliyatga yo'naltirish muammosining o'ta dolzarbligini alohida ta'kidlash joiz. Shu holatni hisobga olib va pedagogika nazariyasi tomonlama darsda o'qituvchi va o'uvchi-talabalar o'rtasidagi didaktik munosabatlarni insonparvarlashtirish yetarli darajada rivojlantirish zaruratini, zamonaviy ta'lim jarayonlarini ommaviy insonparvarlashtirishga bo'lgan ehtiyoj kattaligini va bular asosida muammoning maqsadi o'quv jarayonida o'qituvchilar va o'quvchi yoki talabalar o'rtasidagi didaktik munosabatlarni insonparvarlashtirishni amalga

oshirishning tendensiyalari va pedagogik shartlariga aniqlik kiritish asosida bo'lajak o'qituvchilarda didaktik munosabatlarni insonparvarlashtirishga asoslangan faoliyatga yo'naltirish muammosini hal qilish tadqiqotning maqsadi ekanini e'tirof etishni yuqoridagi fikr-mulohazalarga qisqa xulosa deyish mumkin.

REFERENCES

1. Dilshoda Jalilova. Boshlang'ich ta'lim o'qituvchilarining kasbiy kompetensiyasi tarkibir qizmlarining mazmun-mohiyati.«O'ZBEKISTONDAILM-FANNINGRIVOJLANISHISTIOBOLLARI" xalqaro ilmiy-amaliy anjumani 2022-yil 30-noyabr. 839-842-betlar. (https://doi.org/10.5281/zenodo.7377842)

2. Dilshoda Jalilova Ural qizi. Bo'lajak boshlang'ich sinf o'qituvchilarida axborot kompetentligini rivojlantirish masalasining ahamiyati. RAQAMLI TEXNOLOGIYALAR DAVRIDA TILLARNI INTENSIV O'QITISHNING PSIXOLOGIK- PEDAGOGIK JIHATLARI RESPUBLIKA ILMIY-AMALIY ANJUMANI. 2023-yil 2-iyun (https://doi.org/10.5281/zenodo.7993607) .

3. Hojieva, Z. U. (2014). The Role of"' Mark" in Humanization of Didactic Relationships. In Young Scientist USA (pp. 33-36).

4. Jalilova D. Ta'lim jarayonlarining samaradorligini oshirish uchun innovatsion pedagogik texnologiyalardan foydalanishning ahamiyati. "Sifatli ta'lim - taraggivot povdevori" mavzusidagi Respublika ilmiy-amaliy konferensiya to'plami / / Toshkent, 2023-yil 20-aprel. 282-286-betlar.

5. Zulfiya Khojieva. THE ROLE OF CO-CREATION IN PREPARING FUTURE TEACHERS FOR EFFECTIVE COLLABORATIVE WORK. International Journal of Pedagogics. 2022.

6. Zulfiya Khojieva. THE HUMANIZATION OF DIDACTIC RELATIONS BETWEEN TEACHER AND STUDENT IN MODERN EDUCATION. European Journal of Research and Reflection in Educational Sciences. 124-127pages. 2020.

7. https://t.me/jalilova_dilshoda_2292

8. https://t.me/ilmiy_yordam_beraman

9. https://cyberleninka.ru

10. http://scientists.uz

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.