Научная статья на тему 'BO‘LAJAK O‘QITUVCHILARNI PEDAGOGIK HAMKORLIK FAOLIYATIGA TAYYORLASH IMKONIYATLARI'

BO‘LAJAK O‘QITUVCHILARNI PEDAGOGIK HAMKORLIK FAOLIYATIGA TAYYORLASH IMKONIYATLARI Текст научной статьи по специальности «Науки об образовании»

CC BY
9
24
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Журнал
Science and innovation
Область наук
Ключевые слова
hamkorlik / bo‘lajak o‘qituvchi / o‘quvchi / hamkorlk usullari / metodlar / texnologiyalar / talaba / professor-o‘qituvchi.

Аннотация научной статьи по наукам об образовании, автор научной работы — Roxat Gaybullayevna Safarova

Ushbu maqolada pedagogik hamkorlik uning o‘ziga xos xususiyatlari, bo‘lajak o‘qituvchilarni o‘quvchilar bilan amalga oshiriladigan hamkorlikdagi faoliyatga tayyorlash imkoniyatlari va metodlari haqida fikr yuritilgan. Maqola ilmiy pedagogik jamoatchilik uchun manba bo‘lib xizmat qiladi.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «BO‘LAJAK O‘QITUVCHILARNI PEDAGOGIK HAMKORLIK FAOLIYATIGA TAYYORLASH IMKONIYATLARI»

BO'LAJAK O'QITUVCHILARNI PEDAGOGIK HAMKORLIK FAOLIYATIGA

TAYYORLASH IMKONIYATLARI Roxat Gaybullayevna Safarova

Pedagogika fanlari doktori, professor O'zPFITI "Uzluksiz ta'lim pedagogikasi va psixologiyasi"

bo'limi boshlig'i https://doi.org/10.5281/zenodo.10111683

Annotatsiya. Ushbu maqolada pedagogik hamkorlik uning o'ziga xos xususiyatlari, bo'lajak o'qituvchilarni o'quvchilar bilan amalga oshiriladigan hamkorlikdagi faoliyatga tayyorlash imkoniyatlari va metodlari haqidafikr yuritilgan. Maqola ilmiypedagogikjamoatchilik uchun manba bo'lib xizmat qiladi.

Tayanch so'zlar: hamkorlik, bo'lajak o'qituvchi, o'quvchi, hamkorlk usullari, metodlar, texnologiyalar, talaba, professor-o'qituvchi.

Аннотация. В данной статье рассматриваются педагогическое сотрудничество, его особенности, возможности и методы подготовки будущих учителей к совместной деятельности с учащимися. Статья служит ресурсом для научно-педагогического сообщества.

Ключевые слова: сотрудничество, будущий учитель, ученик, методы сотрудничества, методы, технологии, студент, профессор-преподаватель.

O'sib kelayotgan yosh avlodni umuminsoniy qadriyatlar, madaniy modellardan foydalangan holda rivojlantirish pedagogikaning yetakchi muammolaridan biri hisoblanadi. O'zbekiston Respublikasi hududi yashovchi barcha millat vakillari orasida umuminsoniy qadriyatlarga asoslangan munosabatlarni vujudga keltirish bugungi kunda alohida ijtimoiy pedagogik ahamiyat kasb etmoqda. Bu borada "O'zbekiston - 2030" strategiyasida alohida vazifalar belgilab qo'yigan. Mazkur vazifalarni amalga oshirishda umuminsoniy qadriyatlar hamda milliy an'analarga tayanish talab qilinadi. Ko'p millatli O'zbekiston xalqi uchun o'zaro hamkorlik va tolerantlik muhim ahamiyatga ega. Ta'lim jarayonini insonparvarlashtirish asosida bo'lajak o'qituvchilarda o'quvchilar bilan hamkorlikda faoliyat ko'rsatish tajribasini hosil qilish zaruriyatga aylanmoqda.

Bo'lajak o'qituvchilarning hamkorlik pedagogikasiga oid bilimlarini rivojlantirishiga alohida e'tibor qaratish talab qilinmoqda. Chunki bo'lajak o'qituvchilarni o'zaro do'stona munosabatlarga asoslangan hamkorlikdagi faoliyatga tayyorlashning ilmiy asoslarini rivojlantirish ehtiyoji kuchaymoqda. Bu ta'lim tizimini demokratlashtirish va insonparavarlashtirish imkonini beradi. Chunki pedagogik hamkorlik umumiy o'rta ta'lim maktablari o'qituvchilari uchun muhim hisoblanadi. Aynan umumiy o'rta ta'lim maktablarida yosh avlodning ma'naviy axloqiy qiyofasini shakllantirishda o'quvchilar bilan o'qituvchilar orasidagi hamkorlik muhim ahamiyat kasb etadi. Chunki yuksak madaniyatli, bilimli yosh avlodni tarbiyalashda hamkorlikdagi pedagogik muhitning ahamiyati beqiyos. Hamkorlikdagi faoliyat o'quvchi hamda talaba yoshlarning jamiyat hayotiga muvaffaqiyatli maslashishini ta'minlaydi. Nafaqat o'zining milliy madaniyatini biluvchi, uni hurmat qiluvchi, balki boshqa xalqlar madaniyatini ham qadrlaydigan, ularni o'z milliy madaniy boyliklari bilan uyg'unlashtira oladigan, baynalminallik ko'nikmalariga ega bo'lgan o'quvchi hamda talaba yoshlarni tarbiyalab etishtirish davr talabiga aylanmoqda.

Insoniylik - insonlik, odamgarchilik chegarasida qilinadigan ishlar, odamga yarashadigan, unga zeb bo'ladigan, shaxsini ulug'laydigan fazilatni, hayotga, odamzod taqdiriga gumanistik

munosabatnii anglatadigan tushuncha [2]. Insoniylikning muhimligini tushunish uchun shaxsning axloqiy sifatlari mohiyatini anglash imkonini beradigan ilmiy yondashuvlarga tayanish lozim. Bunday yondashuvlar hamkorlik pedagogikasining asosini tashkil etadi. Shunga ko'ra ta'lim muhitida o'quvchilar bilan samarali hamkorlik o'rnat oladigan o'qituvchilarni tayyorlash jarayoniga hamkorlik pedagogikasiga oid innovatsion yondashuvlarni tatbiq etish nazarda tutilmoqda.

Hamkorlikka asoslangan ta'lim muhiti rang-barang yo'nalishlarga ega bo'lib, uni tadqiq etish bo'lajak o'qituvchilarda muloqotga kirishuvchanlik kompetensiyasini shakllantirish imkoniyatlarini kengaytiradi. Kuzatishlarimiz shuni ko'rsatdiki, mazkur muammoning echimi nafaqt nazariyotchilar, balki amaliyotchilardan alohida ekasbiy mahoratni talab etadi. O'zbekistonda vujudga kelgan o'ziga xos tarixiy, ta'limiy-madaniy vaziyat umumiy o'rta ta'lim tizimi oldiga ham yangi maqsad va vazifalar qo'yishni taqozo etmoqda. Hamkorlikka asoslangan ta'lim muhitining o'ziga xos jihatlari tadqiq etilganligiga qaramasdan bo'lajak o'qituvchilarda o'quvchilarga nisbatan gumanistik munosabatda bo'lish tajribasini hosil qilishda qaratilgan ilmiy yondashuvlarni rivojlantirish talab qilinmoqda.

Bo'lajak o'qituvchilarni o'zaro do'stona munosabatlarga asoslangan hamkorlikka kirishishga tayyorlash vositalari sifatida quyidagilarga e'tibor qaratish lozim:

- o'quv-tarbiya jarayonini to'g'ri tashkil etish va o'quv predmetlari doirasida taqdim etiladigan o'quv materiallarini aniq izchillikda loyihalashtirish;

- bo'lajak o'qituvchilarning axloqiy shakllanishlariga xizmat qiladigan didaktik vositalarni tanlash;

- darsdan tashqari ta'lim-tarbiya jarayonida bo'lajak o'qituvchilarni o'zaro do'stona munosabatlarga asoslangan hamkorlikka kirishishga tayyorlashga xizmat qiladigan mustaqil o'qish daqiqalarini tashkil etish;

- bo'lajak o'qituvchilarni o'zaro do'stona munosabatlarga asoslangan hamkorlikka kirishishga undaydigan ijtimoiy foydali mehnat vaziyatlarini vujudga keltirish;

- bo'lajak o'qituvchilarni o'quvchilar bilan ijodiy hamkorlikka undaydigan mustaqil ishlash vaziyatlarini tashkil qilish;

- bo'lajak o'qituvchilarni o'quvchilararo hamkorlikni tarkib toptirish jarayonida o'quvchilar bilan dialogga kirishishlariga sharoit yaratish;

- bo'lajak o'qituvchilarni o'quvchilarda jamoaviy faoliyatni shakllantirish uchun zarur bo'lgan metodikalar bilan qurollantirish. O'quvchilar orasida sport musobaqalari, turli o'yinlar, kitob mutolaasi kechalarini tashkil etish shular jumlasidandir;

- bo'lajak o'qituvchilarda o'quvchilarga nisbatan xayrixohlik, qo'llab quvvatlash sifatlarini rivojalantirish;

- bo'lajak o'qituvchilarda o'quvchilar bilan ishchan muloqotga kirishish kompetensiyalarini shakllantirish kabilar.

Bo'lajak o'qituvchilarni o'quvchilar bilan hamkorlikda ishlashning quyidagi shakllarini tashkil etishda tayyorlash alohida ahamiyatga ega.

Pedagogik hamkorlik strategiyalarining muhim shakllaridan biri guruhli faoliyat texnologiyasidir. Guruhli faoliyat texnologiyasi deganda ta'lim oluvchilarning yagona guruhga birlashib o'quv operatsiyalarini birgalikda bajarishlariga yo'l ochadigan texnologiyalar nazarda tutiladi. Bo'lajak o'qituvchilarga turli yo'llar, usullar, texnologiyalar vositasida samarali ta'lim berish imkoniyati mavjud. Bular sirasiga ustoz-shogird tizimi asosida kasbiy layoqatlarni

rivojlantirish, treninglar, seminarlar, konferensiyalar, ma'ruzalar, videoseminarlar, savol-javob kechalari, onlayn-treninglar, masofaviy ta'lim berish kabilarni tashkil etiladi. Mazkur metodlarning barchasini guruhli va individual ish usullariga ajratish mumkin. Individual faoliyat usullariga repetitorlik, ustoz-shogird munosabatlari, individual kouchinglar, masofaviy hamda onlayn-kurslarni kiritiladi. Guruhli ish shakllariga suhbatlar, treninglar, ma'ruzalar, ishchan o'yinlar, seminarlar, hamkorlikda ishlash, kichik guruhlarda ishlash, guruhli psixoterapiyalar, diskussiyalar, debatlarni kiritish mumkin.

Guruhli faoliyat texnologiyalari bo'lajak o'qituvchilarni intellektual rivojlantirish, shaxslararo munosabat va hamkorlikka o'rgatish, ijtimoiylashtirish imkonini beradi.

Pedagoglar va psixologlarning ilmiy jihatdan asoslashlariga ko'ra guruhli o'qitish shakli bo'lajak o'qituvchilarning nutqi, muloqot madaniyati, tafakkuri va intellektining rivojlanishiga ijobiy ta'sir ko'rsatadi. Shu bilan bir qatorda, guruhli faoliyat texnologiyalarini qo'llash natijasida yuqori darajadagi samaradorlikka erishish mumkin. Shu jihati bilan u o'qitishning an'anaviy frontal shaklidan ustun turadi. Guruhli ta'lim texnologiyalarini qo'llash jarayonida kichik guruhlarni shakllantirishda e'tibor qaratiladi. Bunda turli-tumanlik prinsipiga amal qilish muhim ahamiyatga ega. Guruhlarni shakllantirishda professor-o'qituvchilar talabalarda turli-tuman o'quv qiziqishlari, ko'nikma va malakalari bo'lishiga e'tibor qaratishlari kerak.

Kichik guruhlardagi talabalar soni to'rt kishidan oshmasligi kerak. Bunday guruhning faoliyati mahsuldor bo'lib, bo'lajak o'qituvchilarning o'zaro muloqot va hamkorlikka qilishlari uchun qulay hisoblanadi. Bunday guruhlar osongina ikkita juftliklarga bo'linadilar. Mazkur vaziyatlarda juft-juft bo'lib ishlash qulaylik tug'diradi.

Guruhli faoliyat texnologiyasi bir necha bosqichlarda amal qiladi:

- yangi o'quv materiallarini o'rgangunga qadar bo'lgan bosqichda;

- yangi o'quv materiallarini o'rganish bosqichida;

- yangi o'quv materiallarini amaliy qo'llash bosqichida.

Bo'lajak o'qituvchilarning guruhli faoliyatlari muayyan usullar yordamida baholanadi. Bo'lajak o'qituvchilar faoliyatini guruhli tarzda baholashning asosiy maqsadi - ularning guruh faoliyati natijalari uchun mas'ulligini oshirish bilan bir qatorda, o'zlarining mustaqil tarzda qo'shgan ulushlarini his etishlariga ham ko'maklashadi. Shu bilan bir qatorda, har bir bo'lajak o'qituvchi o'quv jaryonida o'zining rivojlanganligini ham aniq his eta oladi. Guruhli o'quv natijalarini baholash jarayoni ballar yordamida ifodalanib bo'lajak o'qituvchilar guruhining yutuqlarini namoyon etadi.

Ko'rinib turibdiki hamkorlikdagi faoliyat bo'lajak o'qituvchilar kasbiy komptentligining tarkibiy zaruriy qismi hisoblanadi.

REFERENCES

1. O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 11-sentabr "O'zbekiston - 2030" strategiyasi to'g'risidagi PF-158-sonli farmoni.

2. Ma'naviyat: asosiy tushunchalar izohli lug'ati. -T.: G'afur G'ulom nomidagi nashriyot-matbaa ijodiy uyi, 2010. - B.210.

3. Ma'murov B.B. O'quvchi shaxsiga yo'naltirilgan o'quv-biluv jarayonini tashkil etishning pedagogik shart-sharoitlari: pedagogika fanlari nomzodi ilmiy darajasini olish uchun yozilgan dissertatsiya avtoreferati. T.: TDPU, 2009, 25 b

4. Dilova N.G. Sharq mutafakkirlari merosi vositasida bo'lajak o'qituvchilarni shaxslararo munosabatlarga tayyorlash strateiyalari. Monografiya. - Buxoro: «Sadriddin Salim Buxoriy», 2023. - 120 b.

5. Жук О.Л., Сиренко С.Н. Подготовка будущих педагогов к формированию у обучающихся универсалных компетенсий ххи века - Минск, 2021. 191 с.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.