INTERNATIONAL SCIENTIFIC-PRACTICAL CONFERENCE "STRATEGIES FOR THE DEVELOPMENT OF PROFESSIONAL COMPETENCE OF FUTURE TEACHERS BASED ON THE APPROACH OF CULTURAL STUDIES: PROBLEMS AND SOLUTIONS"
October 19-20, 2023
BO'LAJAK O'QITUVCHILARDA DIALOGIK MUNOSABATLAR MADANIYATINI
RIVOJLANTIRISH Seytnazarova Gulnara
IIV Nukus "Temurbeklar maktabi " harbiy-akademik litseyi rus tili fani o'qituvchisi https://doi.org/10.5281/zenodo.10014881
Talabalar bo'lajak pedagog sifatida dialogik munosabatlar madaniyatiga ega bo'lishlari nihoyatda zarur hisoblanadi. Bu talabalarning atrofdagilar, guruhdoshlari va professor-o'qituvchilar bilan o'zaro madaniy muloqotga kirishishlarini ta'minlaydi. Oliy pedagogik ta'lim jarayonida dialogik munosabatlar shaxslararo madaniy aloqa va fikr almashinishning o'ziga xos shakli sifatida namoyon bo'la oladi. Talabalar dialog orqali guruhdoshlari va professor-o'qituvchilar bilan madaniy munosabatlarga kirishadilar. Talabalar faoliyatining o'ziga xos jihati shundaki, ular o'quv jarayonida shaxslararo ishchanlik va hamkorlikka asoslangan munosabatlarga kirishadilar. O'quv jarayonining dastlabki bosqichida oliy pedagogik ta'lim tashkilotlarida talabalarning muloqot doirasi kengayadi va mazmuni boyidi. Bu talabalarda kasbiy faoliyatni egallashga asoslangan bilish harakatlarining rivojlanganligi bilan bog'liq. Kasbiy faoliyatni egallash jarayoni o'quv faoliyati va o'quv dialogiga kirishishni taqozo etadi. Bu davrda talabalar yangi ijtimoiy, madaniy munosabatlar, ya'ni kasbiy faoliyatni egallashga yo'naltirilgan bilish faoliyatini amalga oshirish bilish usullarini egallashga kirishadilar. Bu jarayonda talabalar kasbiy muloqot kompetensiyasini egallashlari lozim. Ushbu vazifaning yechimi talabalarning muloqot ko'lamini kengaytirishni taqozo etadi. Talabalar ta'lim olish jarayonida yangi faoliyat turlarini o'zlashtiradilar. Mazkur vaziyatda talabalar kasbiy faoliyatlari zarur bo'lgan ijtimoiy pedagogik, madaniy munosabatga kirishadilar. Chunki talabalarning kasbiy kompetensiyalarini egallash jarayonidagi faoliyati ulardan dialogik munosabatga kirishishni talab qiladi. Bu davrda dialog jarayonining sub'ektlari talabalar va talabalar, talablar va professor-o'qituvchilardan iborat bo'ladi. Bu esa talabalarning jarayon sub'ektlariga nisbatan madaniy munosabatda bo'lishini taqozo etadi.
Kasbiy faoliyatni egallash ehtiyoji ularni professor-o'qituvchilar bilan dialogga kirishishga undaydi. Profesor-o'qituvchilar bilan amalga oshiriladigan dialog vaziyatlarining asosini kasbiy muloqot, hamkorlik va birgalikdagi faoliyat tashkil etadi. Bu jarayonda talabalar bevosita guruhdoshlari bilan ham dialogga kirishadilar.
Aniq didaktik asosga tayangan holda bir birlari bilan o'zaro dialog va hamkorlikka kirishadilar. Chunki mazkur asos amalga oshiriladigan dialogning mazmuni, uning barqarorligi, davomiyligi, jadalligini ta'minlaydi. Talabalar dialogining asosini kasbiy bilimlar tashkil etadi. Bunday dialog talabalarning kasbiy bilimlarini o'zlashtirishlarini jadallashtiradi. Kasbiy bilimlarni tizimli tarzda o'zlashtirish jaranida talabalararo dialogning ahamiyati ortadi va ko'lami kengayib proqessor o'qituvchilar bilan talabalar orasidagi dialogning imkoniyatlari kengayadi. Chunki bu davrda o'quv ishlarining qamrovi kengayadi muhokama qilinadiga mavzular ko'payadi. Talabalar yuqori kursga o'tgan sari ularning so'z zahiralari ixtisoslashgan atamalar hisobiga boyidi. Bu davrga kelib talabalar axborotli dialoglar bilan kengroq shug'ullana boshlaydilar. Natijada bahs-munozaraga osslangan dialogli o'quv vaziyatlari vujudga keladi.
Kasbiy qiziqishlar, motivlarga ko'ra talabalar orasida hamkorlik, hamfikrlik, birgalikda faoliyat ko'rsatishga intilish muhiti shakllanadi. Talabalar orasida kasbiy muammolarni birgalikda muhokama qilishga asoslangan hamkorlik jarayoni tarkib topadi. Bunday hamkorlik davomida dialogning ko'lami kengayadi Dialogga asoslangan pedagogik jarayonlar professor-o'qituvchilar
INTERNATIONAL SCIENTIFIC-PRACTICAL CONFERENCE "STRATEGIES FOR THE DEVELOPMENT OF PROFESSIONAL COMPETENCE OF FUTURE TEACHERS BASED ON THE APPROACH OF CULTURAL STUDIES: PROBLEMS AND SOLUTIONS"
October 19-20, 2023
tomonidan tashkil etilib, unda muhim kasbiy muammolarga yechim izlanadi. Dialog jarayonida talabalar bilan talabalar, talabalar bilan prfessor-o'qituvchilar orasida shaxslararo qadriyatli munosabat tajribasi hosil bo'ladi. Guruhdoshlar orasidagi dialog auditoriyada va auditoriyadan tashqarida amalga oshadi.
Talabalar guruhining o'quv hamkorligiga kirishishlari, ularning kasbiy taraqqiyoti va bilim darajasining rivojlanishiga xizmat qiladi. Talabalarning kasbiy kompetensiyalarni tizimli tarzda egallashlari natijasida ular orasida shaxslararo munosabatlar ko'lami kengayadi. Dialog yordamida guruhdoshlar bir birlarining nuqtai nazarlarini bilim oladilar, o'zlari va guruhdolarini baholashga muvaffaq bo'ladilar. Diaolg jarayonining tizimli tarzda amalga oshishi natijasida talabalar o'quv qiynchiliklarini osongina bartaraf etishga muvaffaq bo'ladilar.
Talabalar kasbiy bilimlarni tezkorlik bilan o'zlashtirishga intiladilar. Natijada ular guruhdoshlari bilan vaziyatli dialogga kirishadilar. Bunday diaolg talabalarda o'qib o'rganish mustaqil izlanish, rivojlanish motivlarining shakllanishiga ko'malashadi. Aksariyat mashg'ulotlar davomida dialogga asoslangan o'quv vaziyatlari vujudga keladi. Bunday o'quv vaziyatlari talabalar uchun rivojlantiruvchi xarakter kasb etadi. Natijada kasbiy qiziqishlari bir xil bo'lgan talabalar guruhi shakllanadi. Talabalar orasidagi dialog muayyan qonuniyatlar asosida tashkil etiladi. Talaba kasbiy rivojlanishga intilgan ilk davridanoq u bilan professor o'qituvchilar orasida hamkorlik va hamfikrlikka asoslangan munosabatlar shakllanadi. Bu jarayonda talabalar kasbiy rivojlanishga initilish muhimligini anglab yetadilar. Professor o'qituvchilar bilan talabalar orasidagi dialogda o'ziga xoslik namoyon bo'ladi. Talabalarning guruhdoshlari bilan amalga oshiriladigan dialog vaziyatlarida ham o'ziga xoslik kuzatiladi.
Talabalar bilan talabalar, talabalar bilan professor-o'qituvchilar orasida amalga oshadigan dialog talabalaning kasbiy rivojlanishi uchun muhim ahamiyatga ega. Talabalar orasidagi dialog va o'zaro munosabatlarning mohiyatini anglash uchun ularning auditoriya va auditoriyalan tashqari faoliyatlarini har tmonlama chuqur tahlil qilish lozim. Dialog jarayonlarini kuzatish natijasida talabalarning ma'naviy axloqiy sifatlari, madaniy dunyoqarishi, bilim darajasi, kasbiy qiziqishlari va motivlarini bilib olish mumkin. Dialog shaxs bilan shaxs yoki shaxslararo munosabatlarning tabiati va mohiyatini anglash mumkin.
Pedagogik jarayonlarning tahlili asosida talabalarni dialoggi kirish ko'nikmalarini rivojlantirish parametrlarini aniqlashga harakat qildik. Talabaning o'quv materiallari guruhdoshlari va professor o'qituvchilar bilan amalga oshiriladigan dialogi ularning kasbiy rivojlanishlari uchun o'arur bo'lgan motivlarni shakllantirishga xizmat qiladi. Dialog jarayonlari talabaning his tug'ulari, kechinmalari, dunyoqarashini namoyon qilishiga imkon beradi.
Shaxslararo dialog jarayonida talabalar bir birlarining dunyoqalhrashlari, his tuyg'ulariga bevosita ta'sir ko'rsatadilar. Bu talabalar orasida turlig'oyalar almashinishini ta'minlaydi. Talabalar orasidagi dialogga asoslangan munosabatlar ularning o'quv hamda ijtimoiy hamkorlikka kirishishlariga turki beradi. Shuning uchun ham dialog jarayonida bevosita va bilvosita munosabatlar vujudga keladi. Bunday munosabatlar o'z navbatida talabalar kasbiy rivojlanishiga zamin yaratadi.
REFERENCES
1. Safarova R.G. Mechanisms of applying the cultural science approach to the didactic process based on the integration of pedagogical subjects. International scientific journal volume 2 issue 9 september 2023 uif-2022: 8.2
INTERNATIONAL SCIENTIFIC-PRACTICAL CONFERENCE "STRATEGIES FOR THE DEVELOPMENT OF PROFESSIONAL COMPETENCE OF FUTURE TEACHERS BASED ON THE APPROACH OF CULTURAL STUDIES: PROBLEMS AND SOLUTIONS"
October 19-20, 2023
2. Смирнова Е.О. Педагогические системы и программы дошколного воспитания. М.: Владос, 2006. 119 с.
3. Психология самосознания: хрестоматия. Самара, 2000. 672 с.
4. Masharipova N.R. Ajdodlarimiz pedagogik qarashlari vositasida o'quvchilarda tanqidiy fikrlashni shakllantirishning pedagogik mexanizmlari. Ajiniyoz nomidagi Nukus davlat pedagogika instituti tomonidan o'tkazilgan ""Yangi O'zbekiston - Uchinchi Renessans" shiyori ostida xalqaro ta'lim standartlariga asoslangan o'quv materiallarini uzluksiz ta'lim tizimiga keng joriy etishni optimallashtirish" mavzusida xalqaro ilmiy-nazariy konferensiyasi. Nukus 2023 yil 15 aprel.