Научная статья на тему 'BO‘LAJAK O‘QITUVCHILARNI SHAXSLARARO MADANIY MUNOSABATLARGA TAYYORLASHDA MULOQOT FUNKSIYALARIDAN SAMARALI FOYDALANISH IMKONIYATLARI'

BO‘LAJAK O‘QITUVCHILARNI SHAXSLARARO MADANIY MUNOSABATLARGA TAYYORLASHDA MULOQOT FUNKSIYALARIDAN SAMARALI FOYDALANISH IMKONIYATLARI Текст научной статьи по специальности «Науки об образовании»

CC BY
1877
113
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Журнал
Science and innovation
Область наук
Ключевые слова
qismini ajratish

Аннотация научной статьи по наукам об образовании, автор научной работы — Yunusbek Maxmudov

Bo‘lajak o‘qituvchilarni shaxslararo madaniy munosabatlarga tayyorlash ularni kasbiy rivojlantirish nuqtai nazardan yondoshganda amaliy xarakterga ega bo‘lgan o‘ta muhim pedagogik masalalar biri hisoblanadi. Ta’lim jarayoni sub’ektlariga shaxslararo munosabatlarning ta’sirini aniqlash mexanizmlarini aniqlash zaruriyati kuchaymoqda. Bo‘lajak o‘qituvchilarni tayyorlash jarayonining muvaffaqiyatli kechishini ta’minlashda shaxslararo munosabatlar dinamikasini aniqlash muhim hisoblanadi. Ushbu muammoning turli yo‘nalishlarini tadqiq etishga bag‘ishlangan ishlarning tahlili shuni ko‘rsatmoqdaki, umumiy muammoning bugungi kunga qadar o‘rganilmagan tarkibiy qismini ajratish alohida ahamiyatga ega.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «BO‘LAJAK O‘QITUVCHILARNI SHAXSLARARO MADANIY MUNOSABATLARGA TAYYORLASHDA MULOQOT FUNKSIYALARIDAN SAMARALI FOYDALANISH IMKONIYATLARI»

INTERNATIONAL SCIENTIFIC-PRACTICAL CONFERENCE "STRATEGIES FOR THE DEVELOPMENT OF PROFESSIONAL COMPETENCE OF FUTURE TEACHERS BASED ON THE APPROACH OF CULTURAL STUDIES: PROBLEMS AND SOLUTIONS" _October 19-20, 2023_

BO'LAJAK O'QITUVCHILARNI SHAXSLARARO MADANIY MUNOSABATLARGA TAYYORLASHDA MULOQOT FUNKSIYALARIDAN SAMARALI FOYDALANISH

IMKONIYATLARI Yunusbek Maxmudov

T.N.Qori Niyoziy nomidagi O'zPFITI, 2-kurs tayanch doktaranti https://doi.org/10.5281/zenodo.10010700

Bo'lajak o'qituvchilarni shaxslararo madaniy munosabatlarga tayyorlash ularni kasbiy rivojlantirish nuqtai nazardan yondoshganda amaliy xarakterga ega bo'lgan o'ta muhim pedagogik masalalar biri hisoblanadi. Ta'lim jarayoni sub'ektlariga shaxslararo munosabatlarning ta'sirini aniqlash mexanizmlarini aniqlash zaruriyati kuchaymoqda. Bo'lajak o'qituvchilarni tayyorlash jarayonining muvaffaqiyatli kechishini ta'minlashda shaxslararo munosabatlar dinamikasini aniqlash muhim hisoblanadi. Ushbu muammoning turli yo'nalishlarini tadqiq etishga bag'ishlangan ishlarning tahlili shuni ko'rsatmoqdaki, umumiy muammoning bugungi kunga qadar o'rganilmagan tarkibiy qismini ajratish alohida ahamiyatga ega.

Talabalar orasidagi shaxslararo munosabatlarni o'rgangan mutaxassislar R.Safarova, N.Dilova, Sh.Doniyorov, G.M.Andreyev, N.N.Obozova, L.YA.Gozman lar uning turli qirralariga murojaat qilganlar. Shaxslararo munosabatlarning funksiyalarini o'rgangan mutaxassis N.V.Kazarinova quyidagilarni ajratishga muvaffaq bo'lgan: axborotli, emotiv, kontakt, qo'zg'atuvchi, muvofiqlashtiruvchi, tushunish funksiyasiga ko'ra, munosabat o'rgatish va yordam ko'rsatish funksiyasiga ko'ra kabilar. Shaxsning shakllanishi atrofdagilar yordamida amalga oshadi. Ta'lim jarayonida ko'rsatiladigan o'zaro ta'sir va yordam talabalarning kasbiy rivojlanishlari va tarbiyasiga samarali ta'sir ko'rsatadi. Kasbiy ta'lim jarayonida shaxslararo munosabatlarning roli va o'rnini N.E.Kasatkina, A.R.Luriya, E.YU. Klepsova kabi mutaxasssilarning ishlarida ochib berilgan. Shaxslararo munosabatlar doirasida psixik jarayonlar metajarayon va metatizimlar bilan bog'liq jihatlari ham tadqiq etilgan. Ushbu yo'nalishda A.V. Karpov, I.M. Skityaeva, S.M. Xalinla izlanishlarni olib borganlar. O'quv topshriqlarning ko'lamining kengayishi barobarida shaxslararo munosabatlarning dolzarblashuvchi kuzatiladi. Raqamli transformatsiyalar sharoitida shaxslararo munosabatlarning ko'lami torayib bormoqda. Bunday vaziyatlarda shaxslararo munosabatlarning xarakteri va ushbu yo'nalishda vujudga kelgan tendensiyalarni o'rganishga nisbatan pedagogik ehtiyoj vujudga kelmoqda. Shu bilan bir qatorda ta'lim oluvchilarning shaxsida ham bir qator o'zgarishlar kuzatilmoqda. Kompentsiyaviy yondashuv doirasida talabalarning o'z faoliyatlarini boshqarishlari va o'z harakatlarni muvofiqlashtirishga bo'lgan ehtiyoj kuzatilmoqda. Talabalar orasidagi o'zaro munosabatlarni xarakterini aniqlash alohida ahamiyat kasb etadi. Biz quyida talabalar orasidagi shaxslararo munosabatlarning o'ziga xos jihatlarini tahliliy nuqtai nazardan yondashgan holda aniqlashga harakat qilamiz. Qo'yilgan maqsadga erishish uchun quyidagi vazifalarni echish taqozo qilinmoqda:

1. Kasbiy xarakteridagi o'quv faoliyati jarayonida shaxslararo munosabatlarning roli va ahamiyatini aniqlash

2. Talabalar orasidagi munosabatlarning funksiyalarini aniqlash va ilmiy jihatdan asoslash.

3. Talabalar orasida shaxslararo munosabatlarni shakllantirishda qo'llaniladigan metodlar, usullari va texnologiyalarni va ularning ahamiyatini ilmiy jihatdan asoslash.

INTERNATIONAL SCIENTIFIC-PRACTICAL CONFERENCE "STRATEGIES FOR THE DEVELOPMENT OF PROFESSIONAL COMPETENCE OF FUTURE TEACHERS BASED ON THE APPROACH OF CULTURAL STUDIES: PROBLEMS AND SOLUTIONS" _October 19-20, 2023_

Shaxslararo munosabatlarning yaxlit tizim sifatida rivojlanishiga asos bo'ladigan metodologik prinsiplarini aniqlashga muvaffaq bo'ldik. Yoshlarni shaxslararo munosabatlarning metodologik asosi sifatida mutafakkir ajdodlarimizning pedagogik ta'limotlari hamda pedagogika nazariyasida mavjud bo'lgan sotsiodidaktik yondashuvlarni ko'rsatish lozim. Biz quyida shaxslararo munosabatlarni rivojlanishiga asos bo'ladigan holatlarni tahlil qilishga harakat qildik.

Shaxslaaro munosabatlar o'zini qonun qoidalar tizimi, stereotiplar, natijalariga ega. Bu qoidalar va stereotiplar shaxslarning o'zaro munosabat jarayonida biri birlariga ta'sir ko'rsatishlarini ta'minlaydi. Shaxslararo munosabatlar jarayonida talabalar muayyan ijtimoiy rollarni bajarish ko'nikmasini egallaydilar. Jumladan ular o'qituvchi va o'quvchi mavqeini aniqlashga harakat qiladilar. Shaxslararo munosabatlar jarayonida talabalar o'zlarining shaxsiyatlarini shakllantirishga muvaffaq bo'ladilar. Shaxslaaro munosabatlarning rivojlanish jarayonida sub'ektiv xarakterdagi kechinmalar, o'zaro munosabatlar tarkib topadi. Shaxslararo muloqot jarayonida talabalarning o'zaro tengligi ta'minlanadi va qo'llab-quvvatlanadi. Shunda ular o'zaro munosabatga kirishish uchun qulay sharoitlarni izlaydilar. Bunday sharoitlar ularning shaxsiy o'ziga xosliklarini, o'zlarini bilish va anglashlarini, namoyon etishlarini ta'minlash imkonini beradi. Shaxsga yo'naltirilgan muloqot jarayonida talabalar o'z suhbatdoshlarining betakrorligi, o'ziga xosligini anglashga muvaffaq bo'ladilar. Shuningdek, uning hissiy holati, shaxsiy tavsifnomasi hamda ularning o'z o'zini baholash darajasini o'rganishga muvaffaq bo'ladilar. Shaxslararo munosabatlarning asosini talabalarning o'zaro hamkorligi tashkil etadi. Bunday hamkorlik muloqot jarayonida vujudga kelgan bo'lib, bunday muloqot jarayonining ishtirokchilari bir-birlariga o'zaro ta'sir ko'rsatadilar: nuqtai nazarlari, ustanovkalari, stereotiplarini o'zgartiradilar. Shaxslaaro munosabatlarning asosini talabalarning emotsionalliklari, motivatsion jarayonlar, qadriyatlar va shaxsiy fikrlari tashkil etadi. Shaxslararo muloqot tushunchasi to'liq ma'noda shaxslararo aloqa, shaxslararo kommunikatsiya, shaxslararo birgalikdagi faoliyat, o'zaro harakatlar va muloqotni o'z ichiga oladi. Ushbu tushunchalarning har biri o'zaro aloqador bo'lishi bilan bir qatorda o'zining mazmun mohiyatiga ham ega. Shaxslararo kommunikatsiya o'zida fikr almashinishning turli usullari shaxslararo axborot almashininsh hamda qayta ishlash usullarini mujassamlashtiradi. Shaxslararo birgalikdagi munosabatlar esa muloqot jarayonidagi sheriklik, o'zaro munosabatlardan iborat. Bunday faollik muhim ahamiyatga ega bo'lib, muloqotdoshlarning o'zaro munosaatlarini muvofiqlashtiradi. Ular birgalikdagi hamda yakka tarzdagi faoliyatning barcha turlarini tadqiq etadilar. Mazkur harakatlar birgalikda pozitiv o'zgarishlarni amalga oshirish, faoliyat usullarini egallash, o'zaro munosabatlar va ustanovkalarni o'zgartirishga asos bo'ladi. Shaxslararo munosabatlar shuni angalatadiki, talabalar orasidagi aloqalar hissiy emotsional yo'nalishga ega bo'lib, bunday yo'nalishsiz shaxslararo muloqotni amalga oshirish imkonsiz.

Talabalar orasidagi amalga oshiriladigan shaxslararo munosabatlar o'zining quyidagi uch turiga ega:

- shaxsga yo'naltirilgan munosabatlar;

- ijtimioiy yo'naltirilgan munosabtlar;

- predmetga yo'naltirilgan munosabatlar.

Shaxslaaro munosabatlarning funksiyalari: aloqalar o'rnatish, muloqotdoshlar qabul qilish va axborotlarni uzatishga tayyor, shuningdek muloqotni qo'llab quvvatlashga ham tayyor,

INTERNATIONAL SCIENTIFIC-PRACTICAL CONFERENCE "STRATEGIES FOR THE DEVELOPMENT OF PROFESSIONAL COMPETENCE OF FUTURE TEACHERS BASED ON THE APPROACH OF CULTURAL STUDIES: PROBLEMS AND SOLUTIONS" _October 19-20, 2023_

o'zaro axborot almashinish: muloqotdoshlar o'zaro axborot, fikr, echimlar, g'oyalarni almashinishga moyil bo'ladilar.

Muloqotga turtki berish: bunda talabalar muloqotga kirishi uchun yo'naltiruvchi usullarni qo'llaydilar, o'z suhbatdoshlarini muloqotga undaydilar, muloqotdoshlarini muayyan xarakatlarini bajarishga yo'naltiradilar.

Muloqotning muvofiqlashtiruvchi funksiyasi doirasida suhbatdoshlarning fikrlari muvofiqlashtiriladi, ular umumiy maqsadga erishish yo'lida birgalikdagi harakatlarini bajaradilar, o'z harakatlarini birgalikda muhokama qiladilar va kelishib oladilar, kutilgan natijaga erishish yo'lida bir birlarini harakatlanishga undaydilar.

Muloqotni funksiyasi: muloqotdoshlar bir birlarini bir xilda tushunishga muvaffaq bo'ladilar, suhbatdoshlari taqdim etgan axborotlarning mohiyatini anglab etadilar, qonun qoidalar, ustanovkalar rejalar hamda holatlarni tushunib etadilar.

Muloqot jarayonidagi his-tuyg'ularning ifolash funksiyasi: muloqotdoshlar bir birlarini faolikka undaydilar, muayyan hissiy kechinmalarini boshdan kechiradilar, o'zlarining shaxsiy holatlariga qarab yo'nalish oladilar hamda suhbutdoshlarini o'zgartirishga muvaffaq bo'ladilar.

Munosabat o'rnatish funksiyasi: natijada ular shaxslararo munosabatlar jarayonida o'z mavqelarini angla etadilar.

Kommunikativ muloqot jarayonida quyidagilar alohida farqlanadi: verbal hamda noverbal kommunikatsiya.

Verbal kommunikatsiya nutq vositasda axborot almashinishga asoslanadi. Bunda ular nutq va ovoz imkoniyatlaridan foydalanadilar. Nutq axborot almashinishning eng qulay vositasi hisoblanadi. Nutq vositasida taqdim etilayotgan ma'lumotning mohiyati oydinlashadi.

Noverbal kommunikatsiya doirasida esa axborot almashinishning boshqa bir qator usullardan foydalaniladi. Ular belgilar tizimi va nutqning yordamchi vositalar, pedagogik jarayonlarda qo'llaniladigan mimikalar, ko'z orqali aloqa o'rnatish, shu bilan bir qatorda shaxslararo muloqotga zamon vam makon munosabatlari ham sezilarli ta'sir ko'rstadi.

Professor-o'qituvchilar bo'lajak o'qituvchilarni shaxslararo munosabatlarga tayyorlashda muloqotning barcha vositalaridan birdek foydalanishlari lozim.

REFERENCES

1. Dilova N.G. (2018). Buyuk ajdodlarimizning ta'limotlarida mujassamlashgan o'qituvchi bilan o'quvchilar xamkorligining pedagogik xususiyatlari. Zamonaviy ta'lim. №3, 63-68 b

2. Safarova R.G. Didactic conditions of forming creative thinking skills in student. International scientific and practical conference "trends of modern science and practice". Ankara, Turkey 2023. https://zenodo.org/badge/DOI/10.5281/zenodo.7786879.svg

3. Safarova R.G. The role of analytical activity in the pedagogical process directed to the formation of creative thinking skills in students. International scientific and practical conference "the time of scientific progress". 2023 Warsaw, (Poland). https://zenodo.org/badge/DOI/10.5281/zenodo.7786701.svg

4. Safarova R.G. Innovatsion yondashuv asosida pedagogika turkum fanlarini o'qitish jarayonida talabalarning kreativ fikrlash ko'nikmalarini rivojlantirish imkoniyatlari. Innovative Approaches in Teaching Pedagogical Sciences: Problems and Solutions,

INTERNATIONAL SCIENTIFIC-PRACTICAL CONFERENCE "STRATEGIES FOR THE DEVELOPMENT OF PROFESSIONAL COMPETENCE OF FUTURE TEACHERS BASED ON THE APPROACH OF CULTURAL STUDIES: PROBLEMS AND SOLUTIONS" _October 19-20, 2023_

International Scientific and Practical Conference, 88-94.Google Scholar indexed. https://kspi.uz/ Qo'qon 03.03.2023 5. Masharipova N.R. O'quvchilarda tanqidiy fikrlashni shakllantirishning pedagogik mexanizmlari. International scientific and practical conference "Innovative development in the global science"/ 2023, Boston, USA. P 95-97. https://doi.org/10.5281/zenodo.7111515

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.