Научная статья на тему 'MADANIYATSHUNOSLIK YONDASHUV ASOSIDA BO‘LAJAK O‘QITUVCHILARDA O‘QUVCHILARNI MILLATLARARO MULOQOTGA TAYYORLASH KOMPETENSIYASINI SHAKLLANTIRISH'

MADANIYATSHUNOSLIK YONDASHUV ASOSIDA BO‘LAJAK O‘QITUVCHILARDA O‘QUVCHILARNI MILLATLARARO MULOQOTGA TAYYORLASH KOMPETENSIYASINI SHAKLLANTIRISH Текст научной статьи по специальности «Науки об образовании»

CC BY
92
7
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Журнал
Science and innovation
Область наук
Ключевые слова
yondashuvlarni

Аннотация научной статьи по наукам об образовании, автор научной работы — Dilshod Atamuratov

Oliy pedagogik ta’lim jarayonida bo‘lajak o‘qituvchilarni o‘quvchilarda millatlaaro muloqot madaniyatiga tayyorlash o‘ziga xos pedagogik yo‘nalishlarga ega ushbu jarayonni tashkil etishda nazariy emperik yondashuvlarni hisobga olish talab qilinmoqda. Bo‘lajak o‘qituvchilarni o‘quvchilarda millatlararo muloqot madaniyatini shakllantirishga tayyorlashda psixologik bilimlarga asoslanish ham muhim ahamiyat kasb etadi. O‘quvchilarda millatlararo muloqot madaniyatini shakllantirish o‘ta muhim pedagogik hodisa bo‘ilib, unda asosiy vazifani o‘qituvchi bajaradi. O‘quvchilarda millatlararo muloqot madaniyatini shakllantirish jamiyatda osoyishtalikni ta’minlash, shaxslararo munosabatlarni yangi bosqichga ko‘tarish, milliy va umuminsoniy, madaniyo yondashuvlarni kognitiv o‘zlashtirish imkoniyatlarini kengaytiradi.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «MADANIYATSHUNOSLIK YONDASHUV ASOSIDA BO‘LAJAK O‘QITUVCHILARDA O‘QUVCHILARNI MILLATLARARO MULOQOTGA TAYYORLASH KOMPETENSIYASINI SHAKLLANTIRISH»

INTERNATIONAL SCIENTIFIC-PRACTICAL CONFERENCE "STRATEGIES FOR THE DEVELOPMENT OF PROFESSIONAL COMPETENCE OF FUTURE TEACHERS BASED ON THE APPROACH OF CULTURAL STUDIES: PROBLEMS AND SOLUTIONS" _October 19-20, 2023_

MADANIYATSHUNOSLIK YONDASHUV ASOSIDA BO'LAJAK O'QITUVCHILARDA O'QUVCHILARNI MILLATLARARO MULOQOTGA TAYYORLASH KOMPETENSIYASINI

SHAKLLANTIRISH Dilshod Atamuratov

UrDU tayanch doktoranti https://doi.org/10.5281/zenodo.10011019

Oliy pedagogik ta'lim jarayonida bo'lajak o'qituvchilarni o'quvchilarda millatlaaro muloqot madaniyatiga tayyoiiash o'ziga xos pedagogik yo'nalishlarga ega ushbu jarayonni tashkil etishda nazaiiy emperik yondashuvlarni hisobga olish talab qilinmoqda. Bo'lajak o'qituvcMarni o'quvchilarda millatlararo muloqot madaniyatini shakllantirishga tayyorlashda psixologik bilimlarga asoslanish ham muhim ahamiyat kasb etadi. O'quvchilarda millatlararo muloqot madaniyatini shakllantirish o'ta muhim pedagogik hodisa bo'ilib, unda asosiy vazifani o'qituvchi bajaradi. O'quvchilarda millatlararo muloqot madaniyatini shakllantirish jamiyatda osoyishtalikni ta'minlash, shaxslararo munosabatlarni yangi bosqichga ko'tarish, milliy va umuminsoniy, madaniyo yondashuvlarni kognitiv o'zlashtirish imkoniyatlarini kengaytiradi.

Millatlararo muloqot madaniyati shaxsning insonparvarlik tolerantlik, demokratik xayrixohlik prinsiplari asosida yashashini ta'minlaydi. Millatlararo muloqotning o'ziga xos jihatlari shaxsning madaniyati, dunyoqarashi, tolerantligi, jamiyatning ko'pmillatliligi kabilar bilan bevosita bog'liq. Muayayn jamiyatda yashovchi barcha fuqarolar o'zaro madaniy muloqot o'rnatishdan manfaatdor hisoblandilar. Shaxslararo madaniy munosabatlar jarayonida muloqot shaxsning ehtiyojalir bilan bog'liq holda vujudga keladi va amalga oshadi. Millatlararo muloqot insonlarning bir birlarini tinglashlari firklarini qabul qilishlari va unga munosabat bildirishlarini talab qiladi. Shuningdek millatlararo muloqot madaniyati jamiyat a'zolarining nuqtai nazarlari, dunyoqarashlari, insonlarga bo'lgan munosabatlarini xulq-atvorlari, xatti-harakatlari orqali namoyon bo'ladi. Millatlararo munosabatlar, tartib-qoidalar, xatti-harakatlar shaxsning qay darajada ijtimoiylashganligi va madaniyatini ifodalaydi. Mlliatlararo muloqot madaniyati ta'lim jarayoni, oila a'zolarining ma'naviy darajasi va ijtimoiy muhitda shakllanadi. Millatlararo muloqot madaniyatining asosini millatlararo tolerantlik, xayrihoxlik va do'stnona munosabatlar tashkil etadi. Millatlararo muloqot madaniyati kognitiv jarayonlar shaxsning his-tuyg'ulari va kechinmalarini mujassamlashtiradi. Shaxslarlaro madaniy muloqot jarayonida har tomonlama chuqur anglangan munosabatlar va ruhiy jarayonlar muhim ahamiyatga ega. Shuningdek shaxsning madaniy rivojlanish motivlari, o'zining anglashi, tlerantligi, milliy g'ururga egaligi ham alohida ahamiyat kasb etadi.

Millatlararo muloqot madaniyati hududiy hamda ijtimoiy umumiylikka ega bo'lgan yagona mikrosotsiumda yashaydigan insonlarning turmush tarziga xos bo'lgan umumiylik va rang-baranglikka asoslanadi. Turli millatlar oarsidagi farqlar va o'xshashliklar psixologik xarakterga ega. Chunki har bir millat vakilining turmush tarzidagi o'ziga xoslik va ijtimoiy munosabatlar muhim o'rin egallaydi. U ayni bir millat vakilining muayyan mikrosotsiumdagi faoliyati orqali namoyon bo'ladi. Ayni bir millatning o'ziga xosligi ifodalovchi belgilar xatti-harakatlari, urf-odat va an'analar, e'tiqodiy qarashlari hamda boshqa madaniy modellarida o'z aksini topadi. Bu belgilar esa millatlararo mulqotning muayyan yo'nalishlarini belgilaydi. Ta'lim oluvchilarda millatlararo muloqot madaniyatini shakllantirishning nazariy asoslari O.N.Popova, V.XAbelyan, Z.T.Gasanov, I.Novikova, Ye.A.Kochetova, I.A.Dadov, I.V.Jukovskiy, T.N.Barteneva, X.Yusupovalarning tadqiqotlarida yoritilgan. Bir qator mutaxassislar insonlarda mavjud bo'lgan millatlararo muloqot madaniyati ko'nikmalarini ijtimoiy tajribaning mahsuli sifatida baholaganlar. Insonning ma'naviy madaniy, ta'limiy faoliyatining turli bosqichlarida millatlararo muloqotga oid ijtimoiy, madaniy, lingvodidaktik, sotsiolingvistik tajribalar hosil bo'ladi. Masalan, insonlararo madaniy munosabatlar mikrosotsiumda yashash ta'lim muassasasida bilimlar, axbortlar va turli

INTERNATIONAL SCIENTIFIC-PRACTICAL CONFERENCE "STRATEGIES FOR THE DEVELOPMENT OF PROFESSIONAL COMPETENCE OF FUTURE TEACHERS BASED ON THE APPROACH OF CULTURAL STUDIES: PROBLEMS AND SOLUTIONS" _October 19-20, 2023_

tajribalarni o'rganish jarayonida iqtisodiy hamkorlikni amalga oshirish vaziyatlarida tarkib topadi. Shaxslararo sotsiolingvistik munosabatlar insonlarning xulq-atvori, dunyoqarashlari, xatti-harakatlari, axloqiy qarashlari, turli millat vakillariga nisbatan tolerant munosabatlari, o'zaro birgalikdagi faoliyati, ijtimoiy-madaniy jarayondagi ishtiroki, kundalik faoliyati, qadriyatlarga amal qilish darajasi orqali namoyon bo'ladi. Millatlararo muloqot madaniyati bo'lajak o'qituvchilarning turli madaniyatlarga nisbatan tolerant munosabati orqali ham ham aks etadi. Bo'lajak o'qituvchilarni o'quvchilarduyidagi vazifalarga yechim izlash maqsadga muvofiq hisoblanadi.

- Bo'lajak o'qituvchilarda turli millatlar va madaniyatlarga nisbatan ochiqlik, tolerantlik tuyg'usini rivojlantirishga yo'naltirilgan pedagogik jarayonlarni tashkil etish;

- Bo'lajak o'qituvchilarda boshqa millat vakillarining qadriyatlari, urf-odati, madaniyatini tushunishga yo'naltirilgan ilmiy dunyoqarashini shakllantirish vositalarini va manbalarini aniqlash;

- umuminsoniy qadriyatlar vositasida bo'lajak o'qituvchilarda ko'p madaniyatli mikro sotsiumda pedagogik faoliyatni amalga oshirishga tayyorlash mexanizmlarini aniqlash;

- bo'lajak o'qituvchilarda ta'lim muassasidagi boshqa millat vakillariga nisbatan toqatli munosabatda bo'lish ular bilan hamkorlik va dialogga kirishish kompetensiyasini shakllanitirish kabilar.

Bugungi kunga qadar bo'lajak o'qituvchilarni millatlararo muloqot madaniyatini shakllantirishga yo'naltirilgan pedagogik vaziyatlarga olib kirish, bunday vaziyatlarni tashkil etish vositalari, usul va metodlari, metodik ta'minoti yetarlicha ishlab chiqilmagan. Shunga ko'ra bo'lajak o'qituvchilarni o'quvchilarda millatlararo muloqot madaniyatini shakllantirishga yo'naltirilgan pedagogik jarayonlarni tashkil etishga oid metodik, sotsiolingvistik, kultrolingvistik bilimlarini tizimli tarzda rivojlantirishning nazariy asoslari va pedagogik mexanizmlarini ishlab chiqish alohida dolzarblik kasb etmoqda.

Tolerantlik prinsipi asosida shakllantiriladigan millatlararo muloqot madaniyati tushunchasi va bo'lajak o'qituvchilarni millatlararo muloqot madaniyatini shakllantirishga yo'naltirilgan pedagogik jarayonlarni tashkil etishga tizimli tarzda tayyorlash muammosi bir qator mutaxassislarning e'tiborini jalb qilgan. Jumladan, M.Quronov, G.R.Akramova, R.Murtazaeva, O.N.Ibodullayeva, X.Yusupova, A.G.Asmolov, V.V.Davidov, V.S.Bibler, V.I.Slobodchikov, A.A.Bodalev, L.S.Vigotskiy, V.P.Zinchenko, M.Mid, A.A.Leontev, I.I.Xaleyeva, A.Maslou, R.Xenvi va boshqalarning ishlari shul ar juml asidandir.

Ta'lim oluvchilarda millatlararo muloqot madaniyatini shakllantirishga oid yondashuvlarda ochiqlik g'oyasiga ustuvor e'tibora qaratilib, turli millat vakillari orasida madaniy diaolog muhitini tashkil etishga ustuvorlik berilgan. Turli millat vakillari orasidagi ijtimoiy madaniy xilma-xillikni anglash kompetensiyasini shakllantirishga yo'naltirilgan pedagogik jarayonlarda millatlararo muloqot, hamkorlik, bir birini anglash, kechinmalarni his etish va gumanitar yondashuvga tayangan holda baholashga ustuvorlik berilgan. Chunonchi, V.S. Bibler millatlararo munosabatlar ko'nikmasini rivojlantirish samaradorligini ta'minlash uchun ta'lim mazmuniga madaniyatshunoslik yondashuvini kengroq targ'ib etish zarurligiga e'tibor qaratgan. Bunda professor o'qituvchilar madaniyatlar dialogi prinsipini qo'llagan holda talabalarni millatlararo muloqot madaniyatiga oid bilimlar bilan qurollantirishga erishishlari nazarda tutiladi. Bunda quyidagilarga e'tibor qaratish talab qilinadi:

1. bo'lajak o'qituvchilarning tolerant dunyoqarashga ega bo'lgan madaniyatli shaxs sifatida mikrosotsiumda munosib faoliyat ko'rsatishga tayyorlash;

2. milliy mansublik va millatlarning madaniy mansubliini anglash, o'zaro qiyoslash kompetensiyasini shakllantirish maqsadida talabalarni diaolog vaziyatlariga kirishish, turli millat

INTERNATIONAL SCIENTIFIC-PRACTICAL CONFERENCE "STRATEGIES FOR THE DEVELOPMENT OF PROFESSIONAL COMPETENCE OF FUTURE TEACHERS BASED ON THE APPROACH OF CULTURAL STUDIES: PROBLEMS AND SOLUTIONS" _October 19-20, 2023_

vakillari bilan hamkorlik o'rnatishga yo'naltirish kabilar.

Ta'lim jarayoni birinchi navbatda bo'lajak o'qituvchi shaxsini dunyoning madaniy, gumanitar nuqtai nazardan idrok etishga tayyorlashga qaratilgan. Ta'lim jarayonida talabalar madaniy, sotsiolingvistik, kommunikativ, jihatdan rivojlanib kasbiy madaniy munosabatga kirishadilar. Ular ta'lim jarayonida madaniy, ijtimoiy siyosiy, sotsiolingvistik, etnolingvistik bilimlarini boyitib millatlararo muloqot madaniyatini egallashga muvaffaq bo'ladilar. Ta'lim jarayonida madaniyatshunoslik yondashuvini qo'llash natijasida bo'lajak o'qituvchilarning etnomadaniy dunyoqarashi rivojlanadi. Bu esa kasbiy kompetensiyalarning takomillashuviga sezilarli ta'sir ko'rsatadi. Natijada ta'lim jarayonining samaradoligi ortib talabalarning quyidagi yo'nalishdagi bilimlari rivojlanadi:

1. Jamiyatdagi madaniy xilma-xillikni idrok etish va anglash oid tolerant nuqtai nazarning vujudga kelishi.

2. Dunyoning madaniy, ijtimoiy-madaniy qiyofasini anglash va tushunish.

3. Olamni rang-barang madaniy, ijtimoiy-madaniy darajalarda idrok etish.

4. Boshqa millat vakillarining madaniy mansubligini tushunish va unga hurmat bilan yondashish.

5. Madaniy xilma-xillikni anglash jarayonida o'zining madaniy mansubligini chuqar his etish kabilar.

Bunday yondashuvlarni qo'llash natijasida oliy pedagogik t a'lim jarayoni madaniyatshunoslik yondashuvi asosida takomillashadi, talabalarning madaniy, etnomadaniy hamda lingvokultrologik kompetensiyalari tizimli tarzda rivojlanadi.

REFERENCES

1. Navoiy, Alisher. Mahbub ul-qulub: (Qalblar sevgilisi) - T.: Adabiyot va san'at nashriyoti, 1983. - 112 b.

2. Bochkareva T.S. Razvitie rechevoy kulturbi studentov universiteta. Monografiya - Orenburg «Bibkom», 2013

3. Safarova Roxat Gaybillaevna. CULTURAL APPROACH AS A PRIORITY DIRECTION OF THE EDUCATIONAL SYSTEM OF UZBEKISTAN. Galaxy International Interdisciplinary Research Journal, 10(6), 1000-1004. Retrieved from https://internationaliournals.co.in/index.php/giirj/article/view/2289

4. R.G.Safarova. Pedagogikada madaniyatshunoslik yondashuvining rivojlanish tendensiyalari. // "Zamonaviy uzluksiz ta'limni raqamlashtirish: pedagogika sohasidagi zamonaviy tendensiyalarva rivojlanish omillari" mavzusida Respublika ilmiy-amaliy anjumani materiallari to'plami. Andijon 2022. B. 20-23

5. Masharipova N.R. Ajdodlarimiz pedagogik qarashlari vositasida o'quvchilarda tanqidiy fikrlashni shakllantirishning pedagogik mexanizmlari. Ajiniyoz nomidagi Nukus davlat pedagogika instituti tomonidan o'tkazilgan ""Yangi O'zbekiston - Uchinchi Renessans" shiyori ostida xalqaro ta'lim standartlariga asoslangan o'quv materiallarini uzluksiz ta'lim tizimiga keng joriy etishni optimallashtirish" mavzusida xalqaro ilmiy-nazariy konferensiyasi. Nukus 2023 yil 15 aprel.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.