Научная статья на тему 'BO‘LG‘USI O‘QITUVCHILARNI MADANIYATLARARO KOMPETENSIYASINI MEDIA MATNLAR YORDAMIDA TAKOMILLASHTIRISH IMKONIYATLARI VA YO‘LLARI'

BO‘LG‘USI O‘QITUVCHILARNI MADANIYATLARARO KOMPETENSIYASINI MEDIA MATNLAR YORDAMIDA TAKOMILLASHTIRISH IMKONIYATLARI VA YO‘LLARI Текст научной статьи по специальности «СМИ (медиа) и массовые коммуникации»

CC BY
147
49
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
muloqot / millat / millatlararo totuvlik / madaniyat / madaniyatlararo muloqot / kompetensiya / millatlararo kompetensiya / bo’lajak mutaxassislarining madaniyatlararo kompetensiyasi.

Аннотация научной статьи по СМИ (медиа) и массовым коммуникациям, автор научной работы — Abdullayeva G.I., Maxamadjonova M.M.

Мamlakatimiz ta’lim tizimi orqali bo’lajak chet til o’qituvchilarida millatlararo va madaniyatlararo kompetentlik ko’nukmalarini shakllantirishning ijtimoiy -pedagogik zaruriyati va mazkur jarayonni takomillashtirishga ta’sir etuvchi muloqot kompetensiyalarining vositalari tahlil qilingan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «BO‘LG‘USI O‘QITUVCHILARNI MADANIYATLARARO KOMPETENSIYASINI MEDIA MATNLAR YORDAMIDA TAKOMILLASHTIRISH IMKONIYATLARI VA YO‘LLARI»

BO'LG'USI O'QITUVCHILARNI MADANIYATLARARO KOMPETENSIYASINI MEDIA - MATNLAR YORDAMIDA TAKOMILLASHTIRISH IMKONIYATLARI VA YO'LLARI

Abdullayeva G.I.

Farg'ona Davlat universiteti Maxamadjonova M.M.

TDPU 2- bosqich magi&ranti

Аnnotasiya. Мamlakatimiz ta'lim tizimi orqali bo'lajak chet til o'qituvchilarida millatlararo va madaniyatlararo kompetentlik ko'nukmalarini shakllantirishning ijtimoiy -pedagogik zaruriyati va mazkur jarayonni takomillashtirishga ta'sir etuvchi muloqot kompetensiyalarining vositalari tahlil qilingan.

Kalit so'zlar: muloqot, millat, millatlararo totuvlik, madaniyat, madaniyatlararo muloqot, kompetensiya, millatlararo kompetensiya, bo'lajak mutaxassislarining madaniyatlararo kompetensiyasi.

Резюме. В статье анализируется социально-педагогическая необходимость формирования межэтнических и межкультурных компетенций будущих учителей иностранных языков через систему образования страны и средствами коммуникативных компетенций, влияющие на совершенствование этого процесса.

Ключевые слова: общение, этничность, межнatsiональное толерантность, культура, межкультурная коммуникatsiя, компетенция, межэтническая компетенция, межкультурная компетенция будущих специалистов.

Abtfrakt. The article analyzes the socio-educational necessity of developing interethnic and intercultural competencies in future foreign language teachers through the education sytfem of the country and the means of communicative competencies effecting on the improvement of this process.

Keywords: communication, ethnicity, interethnic harmony, culture, intercultural communication, competence, interethnic competence, intercultural competence of future speciali&s.

Jahon ta'lim va ilmiy tadqiqot muassasalarida bo'lajak o'qituvchilarni madaniyatlararo kompetensiyasini media - matnlar yordamida takomillashtirish, ularning individual ijodiy faoliyati va intellektual salohiyatini oshirish, o'qish jarayonida egallagan bilim, ko'nikma zahirasini innovasion faoliyatga yo'naltirish bo'yicha ilmiy tadqiqotlar olib borilmoqda. Shu bilan birga oliy pedagogik ta'lim tizimi faoliyatini rivojlantirish, maqsad va vazifalarni aniqlashtirish, bo'lajak o'qituvchilarni kasbiy faoliyatga sifatli tayyorlash mazmunini олий ta'lim туассасалари innovasion tizimining yangi talablariga muvofiq ravishda takomillashtirish жараёнларига alohida e'tibor berilmoqda.

Respublikamizda so'ngi yillarda oliy ta'lim mazmuni va bo'lajak o'qituvchilarni madaniyatlararo kompetensiyasini media - matnlar yordamida takomillashtirish oliy pedagogik ta'limga raqamli texnologiyalarni joriy etish, zamonaviy axborot -

kommunikatsiya va ta'lim texnologiyalarining o'zaro integrativligini ta'minlash hamda pedagog kadrlarning kasbiy - innovatsion mahoratini media matnlar vrsitasida uzluksiz rivojlantirib borishning me'yoriy asoslari yaratilmoqda "Ilmiy - tadqiqot va innovatsiya faoliyatni rag'batlantirish, ilmiy va innovatsiya yutuqlarini amaliyotga joriy etishning samarali mexanizmlarini yaratish, oliy o'quv yurtlari va ilmiy - tadqiqot in&itutlari huzurida ixtisoslashtirilgan ilmiy-eksperimental laboratoriyalar, yuqori texnologiya markazlari va texnoparklarni tashkil etish"1 u&ivor yo'nalish sifatida belgilangan, natijada bo'lajak o'qituvchilarni madaniyatlararo kompetensiyasini media-matnlar yordamida takomillashtirishning pedagogik imkoniyatlari yanada ortadi.

Shu bilan bir qatorda bo ' lg ' usi o ' qituvchilarni madaniyatlararo kompetensiyasini media matnlar yordamida takomillashtirishning maqsad va vazifalarini aniqlash, bo'lg'usi o'qituvchi shaxsini shakllantirishda vujudga kelayotgan va mavjud pedagogik yangiliklar imkoniyatidan samarali foydalanish zarur ekanligini belgilaydi. Ilmiy tadqiqot ishlarida madaniyatlararo kompetensiyaning turli tarkibiy qismlari ajratib berilgan bo'lib, uning mohiyati va mazmuni hamda o'ziga xos xususiyatlari o'z aksini topgan. Yuqorida ko'rsatilganidek, madaniyatlararo kompetensiya faqatgina til bilish va mamlakatshunoslikka oid bilimlarni o'z ichiga qamrab olmasdan, balki aniq ko'nikma va tajribani talab etadi. Bularsiz boshqa madaniyatda yashayotgan odamni tushunishning natijasi bo'lgan mukammal madaniyatlararo muloqot murakkab bo'ladi. Shuningdek, boshqa madaniyatni tushunmasdan turib, o'z madaniyatini anglash va uni rivojlantirish murakkab kechadi, chunki madaniyatlar orasida dialog, madaniyatlar o'rtasida o'zaro ta'sir natijasida vujudga keladigan begona va o'z madaniyatini anglab etish amalga oshmaydi (Baxtin M.M., (1979); (Biblek V.S. 1989). Bu o'z navbatida turli madaniyat namoyondalari orasidagi tushunmovchilikka sabab bo'ladi va buning natijasida shaxsiy va global ziddiyat vujudga kelishi mumkin (millatlararo va dinlararo ziddiyat).

Demak, zamonaviy ta'limning globallashuv va madaniyatlarni integratsiyalashuvidagi asosiy vazifalardan biri boshqa madaniyatlardagi odamlar bilan muloqot qilish uchun bilim va ko'nikmalarga ega bo'lish, shuningdek madaniyatlararo muloqot tajribasini va o'z madaniyatini boyitish uchun qulay shart-sharoitlarni yaratishdir.

Madaniyatlararo etuklikning (kompetensiyaviylikning) tarkibiy kompozitsiyasi masalasi yaxshi rivojlangan nazariy asosga ega emas va ilmiy adabiyotda madaniyatlararo etuklikning turli modellarini topish mumkin. Xorijiy va mahalliy tadqiqotchilarning bir nechta asarlarini tahlil qilish (A. Knapp-Potthoff, M. Bayram, GV Yelizarov) [2] an'anaviy ravishda madaniyatlararo kompetensiyaviylikning uchta tarkibiy qismini o'z ichiga oladi:

• bilim;

• munosabatlar;

• ko'nikmalar.

Bilim - lingvi&ik va madaniy ma'lumotlar o'z ichiga oladi, shuningdek, madaniyatlar o'rtasidagi o'zaro aloqa jarayoni haqida ma'lumot beradi. Munosabatlar - insonning boshqa madaniyatlardagi odamlar bilan aloqa qilish xohish va i&aklarini belgilaydi. Ko'nikmalar -madaniyatlararo muloqot jarayonida amaliyotda bilim va munosabatdan to'g'ri foydalanishga imkon beradi.

1 O'zbeki&on Respublikasi Prezidentining 2017 yil 7 fevraldagi "O'zbeki&on Respublikasini yanada rivojlantirish bo'yicha X,arakatlar Strategiyasi to'g'risida"gi PF-4947-son Farmoni. - O'zbeki&on Respublikasi qonun ^ujjatlari to'plami, 2017 y., 6-son, 70-modda.

Xorijiy tillarni o'qitishning ichki metodologiyasida, nemis didaktigi A. Knapp-Pot&off tomonidan taklif etilgan madaniyatlararo kompetensiyaning tizimli ta'rifi eng mashhur hisoblanadi.

A.Knapp-Pot&offning nuqtai-nazariga ko'ra, madaniyatlararo kompetensiyaga quyidagilar kiradi:

1) chet tili madaniyatini tashuvchi shaxsga nisbatan empatiya va bag'rikenglik (tolerantlik)ni o'z ichiga olgan ta'sirchanlik;

2) kognitiv ya'ni o'rganilayotgan tilning milliy madaniyati haqidagi bilimlarni, shuningdek, umuman olingan madaniyat va aloqaning umumiy bilimlarini sintez qilish asosida bilimlarni o'rganish;

3) &rategik - talabaning &rategiyasini o'z ichiga oladi: og''zaki, ta'limiy va tadqiqot [2].

A. Knapp-Potthoff, Ye.V. Malkovalarning tadqiqotida madaniyatlararo kompetensiyaning &rategik qismini kengaytirib, uning tarkibiga refleksiyani qo'shadi. "Refleksiya, ijodiy faoliyatni amalga oshirish yo'llaridan biri bo'lib, mavjud bilim tizimining chegaralaridan chiqib, uni o'zgartirishi mumkin. Refleksiya - muayyan madaniyatning matnlarida aks ettirilganidek, inofon madaniyati haqidagi ongli ma'lumotni o'zlashtirish uchun &rategiya sifatida foydalanish mumkin "[2].

Ye.V. Malkova tomonidan ilgari surilgan madaniyatlararo etuklik tuzilishi, A Knapp-Pottxoffning madaniyatlararo etuklik tuzilishi ko'p jihatdan o'xshash ekanligini ko'rsatadi:

1) pragmatik tarkibiy qism (tilning amaliy bilimlari, kommunikativ faoliyatni tartibga soluvchi &rategiyalarga ega bo'lish va muayyan tilning mavjudligi);

2) kognitiv komponent (tabiiy madaniyat haqidagi bilimlarni sintez qilish , bu bilimlarni egallash qobiliyati (refleksiya);

3) hissiy komponentlar (empatiya va tolerantlik).

Refleksiya haqidagi bayonotda madaniyatlararo kompetensiya boshqa "lingvoetnososum"ning dunyoqarashini tushunish bilan bevosita bog'liq, [3] Ma'lum bir til va madaniyat tashuvchilarining qadriyatlarini bilish, madaniyatlararo muloqot ishtirokchilari o'rtasidagi o'xshashlik va farqlarni ko'rish va uni qo'llash qobiliyatiga ega ekanligini tasdiqlaydi.

Chet tillarni o'qitish metodologiyasida madaniyatlararo kompetensiyaning eng mashhur tuzilmaviy modeli M. Bayram modelidir. M. Bayramning fikriga ko'ra, madaniyatlararo kompetensiya chet tili kommunikativ kompetensiyasi bilan bog'liq holda mu&aqil kompetensiya maqomiga ega va madaniyatlararo muloqotni amalga oshirish uchun xorijiy tilni o'rganuvchi shaxsda muvaffaqiyatli shakllanishi madaniyatlararo muloqot uchun muhimdir, chunki chet tilida muloqot qilish jarayonida o'rganuvchi shunchaki kommunikativ hamkorga aylanib qolmaydi. "Mahalliy til egasining umumiy madaniy kompetensiya darajasiga yaqinlashish madaniy farqlar tufayli mumkin emas, bundan tashqari, kerak ham emas. Talaba haqiqatan muhtoj bo'lgan narsa - turli madaniyat vakillari, madaniyatlar muloqoti bo'yicha to'liq ishtirokchi o'rtasida vositachi bo'lishdir"[2].

M. Bayram madaniyatlararo kompetensiya tuzilishida quyidagi tarkibiy qismlarni muhim ahamiyatga ega ekanligini aniqlaydi [2]:

- o'z mamlakatlari madaniyatining barcha tarkibiy qismlari va madaniyatlararo muloqotda sherigining madaniyati haqidagi bilimlarni, shuningdek, ularning individual va ijtimoiy darajadagi o'zaro aloqalari haqidagi bilimlarga ega bo'lish;

- chet tili madaniyatining turli hodisalari va voqealarini idrok etish va ularni noto'g'ri tushunish yoki potensial nizolarning mumkin bo'lgan "zonalari" ni aniqlash (madaniyatlararo qabul qilish ko'nikmalarini);

- xorijiy til madaniyatini madaniy xilma-xil va madaniy jihatdan o'xshash til muhitida talqin qilish, o'rganilayotgan madaniyatda qabul qilingan qiziqishning &ereotiplariga egalik qilish; tushunmovchilikni bartaraf etish, madaniy vositachi sifatida ishlash (samarali madaniyatlararo ko'nikmalar);

- madaniyatlararo muloqotga kirish i&agi;

- bir-biriga to'g'ri, ochiqlik va qiziqish munosabatlarini o'rnatish qobiliyati;

- madaniy kamchilik va illiuziyalar bilan kurashish xoxishi va i&agi. Shunday qilib, ushbu modeldan so'ng madaniyatlararo kompetensiyaga ega bo'lgan shaxs quyidagi xususiyatlarni ajratib ko'rsatadi: turli madaniyatlarning (jamiyatga nisbatan ham tashqi, ham ichki) munosabatlarini ko'rish qobiliyati; vositachilik qobiliyati, bir madaniyatni boshqa madaniyat terminlarida talqin qilish; O'zining va boshqa madaniyatni tanqidiy va analitik tushunish; uning dunyoqarashga bo'lgan shaxsiy nuqtai nazarini va fikrlash madaniy jihatdan aniqligini anglatadi.

M. Bayram modelining asosiy u&unligi shundaki - muloqotning tillaridan farqlanishidan qat'i nazar turli madaniyat insonlari bilan muloqot qilish imkonini beradigan bir qator ko'nikmalar mavjudligi.

G.V. Yelizarovaning madaniyatlararo kompetensiya modeli tahlili kommunikatsion vakolatga ega bo'lgan tarkibiy qismlarning har birida madaniyatlararo nuqtai nazarga e'tibor qaratganligini ko'rsatdi. G.V. Yelizarova o'z tadqiqotida Jan van Eckning pozitsiyasini qo'llab-quvvatlaydi, u xorijiy tillardagi muloqot kompetensiyasini quyidagi tarkibiy qismlarni ajratadi: Muloqot kompetensiyasining tarkibiy qismlari[3].

1) tilshunoslik kompetensiyasi - tegishli til me'yorlariga binoan qurilgan va odatda til egasi bilan bog'liq an'anaviy ma'nolarga ega bo'lgan mazmunli so'zlarni ishlab chiqish va sharhlash qobiliyati;

2) sotsiolingviftik kompetensiya - atrof-muhit, kommunikativ sheriklar o'rtasidagi munosabatlar, kommunikativ niyatlar va hokazolar kabi til shakllari va ifodalari aniqlanadigan shart-sharoitlarni bilish. Bu tilshunoslik signallari va ularning kontek&ual yoki vaziyatiy ma'nosi o'rtasidagi munosabatlar (ya'ni, til egasining ona tilisidagi ma'nosi);

3) nutq kompetensiyasi - matnlarni tuzishda va sharhlashda tegishli &rategiyalardan foydalanishqobiliyati;

4) ftrategik kompetensiya - lisoniy kodni yoki boshqa sabablar bilan yuzaga keladigan buzilishlarni bilishdagi kamchiliklarni bartaraf etish uchun og'zaki va og'zaki bo'lmagan muloqot &rategiyalaridan foydalanish qobiliyati;

5) sotsiomadaniy kompetensiya - tilni mahalliy so'zlovchilar tomonidan ishlatiladigan ijtimoiy madaniy iboralardan xabardor bo'lish va o'ziga xos shakllarni kontek&larda tanlash va kommunikativ ta'siriga ta'sir qilishini tushunib etish;

6) ijtimoiy kompetensiya - boshqalar bilan muloqot qilish i&agi va qobiliyati, shu jumladan, motivatsiya, munosabat, o'ziga ishonch, empatiya va ijtimoiy vaziyatlarni boshqarish qobiliyati; kommunikativ maqsadlarga erishish uchun mos ijtimoiy &rategiyalardan foydalanish qobiliyati.

Shunday qilib, uning tadqiqotida G.V. Yelizarova har bir xorijiy tilning kommunikativ qobiliyati tarkibiy qismiga kiritilgan sifat komponenti jihatidan

madaniyatlararo kompetensiyaga ega bo'lgan hodisani tahlil qilishga harakat qildi. Shunday qilib, tilshunoslik kompetensiyaning madaniyatlararo tarkibiy qismi quyidagi bilim va ko'nikmalarga ega:

- o'rganilayotgan tilda muayyan madaniyatning qiymat yo'nalishini qanday namoyon etishi haqida bilish. Misol uchun, ingliz tilidagi madaniyat vakillarining afzalliklarini bilish, asosan, faol nutq ob'ektning atrofida yuz beradigan har bir narsa uchun shaxsiy mas'uliyatining qiymatini aks ettirishda ishlatish; real atamalarni bilish, ya'ni, o'z madaniyatida o'xshashi bo'lmagan madaniy belgilar (Mikki Maus); taxallusuni bilish, ya'ni. ularning ma'nolari o'zlarining mahalliy tillarida faqat bir xil ko'rinadigan so'zlar, lekin aslida ularning madaniy qismlarida farqlanadi (inglizchadagi"friend" rus tilida so'zlovchining "drug"idan ko'ra yaqinroq aloqada bo'lgan kishilarning kattaroq doirasini bildiradi);

- ona tili va ona madaniyatining madaniy qadriyatlarini qanday taqdim etish kerakligi haqida ma'lumotga ega bo'lish. Misol uchun, ruslarning ob'ektni boshqarish imkoniga ega bo'lmagan sharoitlarga bog'liqligini ko'rsatish uchun noma'lum kon&ruksiyalardan foydalanish tendentsiyasini bilish; ko'pgina rus tilidagi so'zlar ingliz tilida mavjid emas ("ruh", "vijdon", "taqdir" va " boshqa);

- Mahalliy madaniyatning qadriyatlari xorijiy tilda qanday aks ettirishni bilish. Misol uchun, rus fuqarolari ingliz tilida og'zaki nutqda til tashuvchilariga qaraganda ko'proq passiv tuzilmalardan foydalanadilar; ingliz tilida so'zlashuvchi suhbatdoshi hayratda qoldiradigan hissiy tajribalarning chuqurligini («ruh og'rig'i», «taqdir emas ekan» va boshqalar) etkazib berish uchun iboralardan noto'g'ri foydalanadi;

- Yuqoridagi ma'lumotlarni amalda qo'llash qobiliyati, ya'ni o'rganilayotgan xorijiy tilning madaniy qadriyatlarini va xorijiy madaniyat qadriyatlarini xorijliklarga ma'qul bo'lgan shaklda etarlicha aks ettiradigan bayonotlarni yaratish.

Sotsiolingvi&ik kompetensiyaning madaniyatlararo tomoni quyidagilarni nazarda tutadi:

- O'rganilayotgan mamlakat tilidagi madaniyat va madaniyatning ijtimoiy omillari tilshunoslik shakllarini tanlashga qanday ta'sir qilishini bilish. Misol uchun, ijtimoiy omillar bog'liq bo'lgan hokimiyat oralig'i kabi universal madaniy qiymati turli madaniyatlarda farq qiladi. Ingliz tilida so'zlashadigan mamlakatlarda kichkina bo'lib, hokimiyat oralig'i rus tarbiyalanuvchilari tushunchasida tarjima qilinganida tanish yoki xalqchil emasdek ko'rinishi mumkin, va aksincha;

- umumiy ma'lumotni yaratish asosida o'zaro tushunishga erishish uchun ushbu bilimlarni kommunikatsiya jarayonida qo'llash qobiliyati.

Nutq kompetensiyasi doirasidagi madaniyatlararo nuqtai nazardan quyidagilar mavjud:

- qiymat tizimidagi farqlarga asoslangan mahalliy va o'rganilgan madaniyatlarning nutq aktlarining tuzilishidagi farqlarni bilish.

Misol uchun, kechirim so'rash holatlarida so'z harakatlaridagi farqlar. Ingliz madaniyatida mavjud uzr so'rashning «tengligi» zararni keltirib chiqargan va uni keltirib chiqargan shaxsning ijtimoiy mavqeiga bog'liq emas, buni rus madaniyati haqida aytib bo'lmaydi;

- o'rganilayotgan tilning madaniy me'yorlariga muvofiq o'z og'zaki va og'zaki bo'lmagan xulq-atvorini yaratish qobiliyati;

- Chet ellik suhbatdoshga nisbiy, madaniy jihatdan shartli bo'lgan nutq rus madaniyatida farqli ekanligi, ingliz tilidagi so'zlashuvda umuminsoniy emasligi va rus tilidagi suhbatdoshning bilim va mahoratining samarasidir.

Strategik kompetentsiyaning madaniyatlararo jihatlari quyidagilarni nazarda tutadi:

- ijtimoiy ahamiyatga ega bo'lgan qadriyatlarni belgilash jarayonlarida sodir bo'layotganni bilish ;

- madaniyatlararo muloqot jarayoniga ta'sir qiladigan etnotsentrizmning hodisalari va mavjudligi, $;ereotiplar, noto'g'ri tushunchalar va umumlashmalar haqida bilish;

- bir vaziyatning ikki tomonlama ko'rish qobiliyatlari, ya'ni o'z nuqtai nazaridan va suhbatdoshning nuqtai nazaridan idrok etish;

Bizning nuqtai nazarimizda, madaniyatlararo kompetensiyaningbunday komponenti, ^rategik kompetensiyaning madaniyatlararo tomoni sifatida G.V. Yelizarova tomonidan ajratib ko'rsatilgan, eng muhimlaridan biri, chunki bu jihatni ko'rib chiqayotib, muallif madaniyat vositachisi sifatida uning lisoniy shaxsiyatining muhim xususiyatlariga yondashadi. Madaniyat vositachisi o'z madaniyatini o'zida mujassam etgan vositachi va boshqa madaniyatni, xorijiy tilni tashuvchisi bo'lgan suhbatdoshning shaxsiyatini anglatadi. Muallif mediatorning moslashuvchan madaniyatlararo muloqotni amalga oshirish ^rategiyasiga ega bo'lgan mediatorning ma'rifatiga e'tibor qaratadi.

Madaniyatlararo tomonlar G.V. Yelizarovaning tushunishi bo'yicha sotsiomadaniy kompetensiya ba'zi xususiyatlarga ega. Jan Van Yeckning tushunchasi bo'yicha, sotsiomadaniy kompetensiya - sotsiomadaniy kontek^ tilshunoslik shakllarining tanlovi va muloqot ta'siriga qanday ta'sir qilishini anglash. G.V. Yelizarova ushbu konseptsiyaning tubdan boshqa mazmunini taklif qiladi: [3].

- universal madaniy qadriyatlar tizimini bilish;

- milliy madaniyat qadriyatlari tizimini va jamiyat in^itutlarida ularning namoyishi shakllari va usullarini, insoniy xulq-atvorining namunalarini, dunyo tili xaritasida ko'rinishini bilish;

- o'rganilayotgan til madaniyatining qiymat tizimini, uni davlat tuzilmasida amalga oshirishning shakllari va usullari, til egalarining xatti-harakatlari, nutqlari va boshqalarni bilish;

- madaniy g'oyalar va normalarni turli madaniyat vakillarining to'qnashuvlarida o'zaro ta'siri printsiplarini bilish;

- madaniy qadriyatlarni bevosita savollar bilan murojaat qilmasdan boshqa madaniyatlarni tashuvchilarni kuzatib borish va ular bilan o'zaro munosabatlarni kuzatish yo'li bilan madaniy qadriyatlarni ajratish qobiliyati. Chunki ular mahalliy madaniyat qadriyatlariga befarq bo'lmagan holda javob bera olmaydilar.

Sotsiolingvi^ik kompetensiya taklif etilgan tushuncha Yana Van Eka taklif etgan tushunchadan farqi, uning tarkibiga madaniy boyliklarni kiritishdan iboratdir. G.V. Yelizarova ushbu mulohazaning madaniyatlararo tomoni, madaniyat vositachisi maqsadli tilning madaniy qadriyatlari tizimi va o'z madaniyatining qadriyatlari tizimi haqida teng bilimga ega bo'lishi kerakligini ta'kidlaydi.

Ijtimoiy kompetensiyaning madaniyatlararo tomoni quyidagilarni o'z ichiga oladi:

- madaniyat vositachisining o'zi va chet tili suhbatdoshi o'rtasida, o'z shaxsiyati, o'ziga xos bir madaniyat va boshqa madaniy qadriyatlar ta'siri o^ida shakllangan muloqotning boshqa ishtirokchisi shaxsiyati o'rtasida vositachilik qobiliyatiga ega bo'lish qobiliyati. Boshqacha aytganda, bu qobiliyatni birdam madaniy qadriyatga erishish

uchun muzokara qilish qobiliyati deb atash mumkin. Muzokaralar jarayonini boshqarish qobiliyati suhbatdoshning xulq-atvorini o'z in'ikosiga moslashtirishni o'z ichiga oladi; suhbatdosh tomonidan o'z idrok tizimida еtkazilgan qiymatni kiritish qobiliyati, qabul qilingan g'oyalarga muvofiq o'z xatti-harakatlarini o'zgartirish, suhbatdoshning idrok darajasiga moslashish;

- aloqa samaradorligi va unga erishish qobiliyati haqida tasavvurga ega bo'lish. O'tmishda mahalliy til egasi bo'lgan va nutq faoliyatida madaniyatlararo muloqot muvaffaqiyati ularning qobiliyati bilan baholangan. Zamonaviy talqin qilishda aloqa vositasi madaniyatlararo muloqotning muvaffaqiyati mezoniga aylandi. Ushbu mahsulot, material xususiyatga ega bo'lishi bilan birga ya'ni - kelishuv, shartnoma va psixologik xulosaga ham - suhbatdoshga nisbatan umumiy ma'no va empatiya yaratishga asoslangan o'zaro tushunishning erishilishi bo'lishi mumkin;

- "Jarayon" va "natija mahsuloti" tushunchalari bilan bog'liq madaniy farqlarni bilish;

- nomlangan tushunchalarga oid turli nuqtai nazarlarni bilish;

- suhbatdoshga ushbu tushunchalarning o'ziga xos xususiyatlarini va ularning rus madaniyatidagi namoyon bo'lishini еtkazib berish;

- yuqorida keltirilgan aniq natijaga erishish uchun o'z xulq-atvorini xorijiy til madaniyati ^andartlariga muvofiqlashtirish qobiliyati[3]. (GV Yelizarov) .

Xulosa qilib aytganda, o'rganilayotgan madaniyatlararo kompetensiyaga ega komponentlar xorijiy tillardagi muloqot kompetensiyasining tarkibiy qismlari bilan bog'liq, ammo ular bilan aynan mos kelmaydi. Madaniyatlararo kompetensiyaning tanlangan tarkibiy qismlari muloqotning tarkibiy qismlarini o'zgartiradilar, yoki aksincha, ular "Madaniyatlararo o'lchov" mazmuniga kiritadilar

Madaniyatlararo kompetensiyaning turli modellarini tahlil qilish bizga ular ega bo'lishi kerak bo'lgan bilim, ko'nikma va munosabat bir-biridan farq qilishini ko'rsatib beradi. Shunga qaramasdan, ko'rib chiqilayotgan barcha modellar bitta maqsadga erishishga qaratilgan ularni to'liq madaniyatlararo muloqotga tayyorlash.

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR

1. Mirziyoev Sh.M. Buyuk kelajagimizni mard va olijanob xalqimiz bilan birga quramiz. -Toshkent: "O'zbekifton" NMIU, 2017. - 488b.

2. Byram M.Cultural ^udiesin foreign language education. - Clevendon: Multicultural atters Ltd., 1989. - 165p.

3. Елизaровa Г.В., Герсета А.И. Kyra/rypa и обучение иностpaнным языгам /- СПб., Изд-во РГПУ им. 2004. - 291 с.

4. Maлковa, Е.В. Фоpмиpовaние межкультурной компетенсиив протсессе paботи над текстaми для чтения немеский язик в неязиковом вузе, фaкyлтет с paсшиpенной сеткой чaсов: дис. ... гандлед^ук: 3.00.02 / Maлковa Елеш Вaлеpевнa.- М., 2000.-263 с.

5. Rou A.Dj. Kreativnoe mishlenie. / Per. s ang. V.A.O^rovskogo. M.: Nt Press, 2007, 176s.

- ll -

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.