INTERNATIONAL SCIENTIFIC-PRACTICAL CONFERENCE "STRATEGIES FOR THE DEVELOPMENT OF PROFESSIONAL COMPETENCE OF FUTURE TEACHERS BASED ON THE APPROACH OF CULTURAL STUDIES: PROBLEMS AND SOLUTIONS" _October 19-20, 2023_
MADANIYATSHUNOSLIK YONDASHUVI ASOSIDA BO'LAJAK O'QITUVCHILARNING MUOMALA MADANIYATINI RIVOJLANTIRISH
IMKONIYATLARI Nodira Tadjiyeva
UrDu tayanch doktoranti https://doi.org/10.5281/zenodo.10011004
Pedagogik ta'lim jarayoni oldiga yangi talab qo'yilayotgan bugungi kunda bo'lajak o'qituvchilarning madaniyatshunoslik yondashuviga asoslangan holda pedagogik innovsiyalarni o'zlashtirishlariga har qachongidan ko'ra ko'proq e'tibor qaratilmoqda. Buning uchun bo'lajak o'qituvchilarda 4K kompetensiyalarini shakllantirishga oid metodikalarni qo'llash imkoniyatlarini izlash taqozo qilinmoqda. Umumiy o'rta ta'lim maktablari oldiga qo'yilayotgan talablar bo'lajak o'qituvchi faoliyatini tamoman yangi yondashuvlar asosida rivojlantirish zaruriyatini kuchaytirdi.
Bo'lajak o'qituvchining nutqiy kommunikativ muloqot sohasidagi madaniyatini rivojlantirishga e'tibor qaratish pedagogik jarayonning ustuvor maqsadlaridan biriga aylandi. Zamonaviy o'qituvchi shaxsiga qo'yilayotgan talablar uning nutqini va muomala madaniyatini rivojlantirishni ham o'z ichiga oladi. Bo'lajak o'qituvchi ijodiy hamda hayotiy yetuk, ijtimoiy jihatdan safarbarlik ko'rsatishga tayyor, ishchan hamda kasbiy nuqtai nazardan faol shaxs sifatida namoyon bo'lishi talab qilinmoqda.
Nutqiy jihatdan rivojlangan shaxs faoiyatining o'ziga xos jihatlari olimlar e'tiborini o'ziga qaratib kilmoqda R.Safarova, B.Adizov, A.Xamroev, H.Muhitdinova, Sh.Abduraimov, F.Aminova, L.S. Vbigotskiy, A.A. Leontev, V.V. Davwdov, A.V. Petrovskiylar ta'lim oluvchilarning kommunikativ madaniyati, muloqot kompetensiyasi, nutqiy savodxonlik darajasi, muomala odobini turli nuqtai nazardan yondashgan holda tadqiqi qilganlar.
Nutqiy kommunikativ layoqatning rivojlanishi bilan bog'liq muammolar pedagogika va psilogiyaga oid asarlarda batafsil yoritilgan. Ular sirasiga G.S. Altshuller, V.I. Andreev, S.S. Goldektrixt, V.I. Zagvyazinskiy, V.A. Kan-Kalik, A.A. Kirsanov, M.I. Maxmutov, R.Safarova, X.Muxitdinova, Sh.Abduraimovalarning ishlarini ko'rsatish mumkin. Nutq madaniyati muammolari taniqli tilshunoslar V.V. Vinogradov, B.N. Golovin, D.E. Rozental, G.O. Vinokur, N.Maxmuldov, X.Ne'matovlarning ishlarida batafsil yoritilgan. Shaxslararo muloqot madaniyatini rivojlantirish bilan bog'liq asosiy holatlar M.M. Baxtin, V.S. Bibler kabi olimlarning ishlarida o'z ifodasini topgan.
Oliy pedagogik ta'lim muassalaridagi pedagogik jarayonlar va mavjud yondashuvlarni o'rganish, tahlil qilish natijalari shuni ko'rsatdiki, ta'lim muassalarida madaniy kommunikativ nutqni rivojlantirish muammosi o'ta dolzarb bo'lib, talabalarning muayyan darajada muomala, muloqot madaniyati ko'nikmalariga egaliklari aniqlandi. Nutqiy kommunikativ muomala madaniyati ko'nikmalarini shakllantirish bo'lajak o'qituvchilarni tayyorlashda asosiy vazifalardan biriga aylanishi lozim. Bo'lajak o'qituvchining muomala madaniyati kasbiy faoliyat jarayonida alohida yedagogik qimmatga ega. Chunki o'quvchilar o'qituvchining muomala, nutq madaniyatiga taqlid qilib undan ibrat oladilar. O'qituvchining namunali muomala odobi esa atrofdagilarga pozitiv kayfiyat, ijobiy his-tuyg'ularni uyg'otadi. Bo'lajak o'qituvchi uchun kasbiy muomala madaniyatini egallash katta ahamiyatga ega bo'lib, o'quvchilar bilan nutq orqali muloqot o'rnatish imkonini beradi. Bu jarayonda bo'lajak o'qituvchining o'zi ham rivojlanadi, uning kognitiv ko'nikmalarini egallash va mustaqil fikrlash imkoniyatlari kengayadi. Pedagogning nutqiy kommunikativ muloqot, muomala madaniyati o'quvchilarni har tomonlama rivojlantirishning muhim vositasi hisoblanadi.
INTERNATIONAL SCIENTIFIC-PRACTICAL CONFERENCE "STRATEGIES FOR THE DEVELOPMENT OF PROFESSIONAL COMPETENCE OF FUTURE TEACHERS BASED ON THE APPROACH OF CULTURAL STUDIES: PROBLEMS AND SOLUTIONS" _October 19-20, 2023_
Bo'lajak o'qituvchilarning muomala madaniyatini rivojlantirish pedagog shaxsiga qo'yiladigan asosiy talablardan biriga aylanishi lozim.
O'tmishda yashab pedagogik faoliyat bilan shag'allangan mutafakkir ajdodlarimiz muomala madaniyatining yuksak namunasini ko'rsata olganlar. Ularning aksariyatida notiqlik madaniyati yuksak darajada rivojlangan. Ular o'z asarlarida ta'lim-tarbiya jarayonida o'qituvchining nutq, muomala madaniyati o'quvchilar qalbiga kirishishning eng yaxshi vositasi ekanligini ta'kidlab o'tganlar. Ajdodlarimiz so'zning qudratiga ishonganlar va unga yuksak baho berganlar. Ularning ko'pchiligida lutf san'ati yuksak darajada rivojlnagan. Alisher Navoiy Maxbub ulqulub asarida so'z, nutq odobi, so'z san'ati undan foydalanish mahorati haqida quyidagi qimmatli fikrlarni bayon qilgan:
"Barchaga o'zgadan o'zi azizroq va o'zgalar so'zidan o'z so'zi azizroq".
"Ko'ngulnig holati so'zlaganda bilinadi. Uning xazinasida inju bormi yoki sadaf maydasi -darhol ko'rinadi".
"Suvning mazasi muz bila, Oshning mazasi tuz bila, Odam yaxshilig'i so'z bila"1
Nutqiy muloqot va muomala odobi o'zining bir qator qonuniyatlariga ega. O'qituvchining nutqi birinchi navbatda o'quvchini tinchlantirishi, uni ruhiy osoyishtalikka undashi lozim. O'qituvchining nutqi aniq, qisqa, lo'nda, mantiqli bo'lishi kerak. O'qituvchining nutq madaniyati hushmuomalalik mezoniga asoslanadi. Shu bilan bir qatorda nutqiy muloqot ko'nikmalari orfoepiya, grammatika, leksika, stilistika, to'g'ri yozish kabi badiiy nutqga xos bo'lgan qonun qoidalarga amal qilishi maqsadga muvofiq.
Nutq madaniyati - kommunikativ sifatlar tizimidan iborat bo'lib, tildan foydalanish madaniyati, muomala odobi, o'z fikrini qiynalmasdan bayon qilish kompetensiyasini o'z ichiga oladi. Nutq madaniyati tushunchasi nutqning to'g'riligi nutq me'yorlari tushunchalari bilan bir xil ma'noga ega. Bo'lajak o'qituvchining nutqiy madaniyati, ya'ni muomala odobi u o'qituvchi kasbiy madaniyatining tarkibiy qismi hisoblanadi. Bu nutqiy muloqot jarayonida til vositalarining ongli ravishda tanlash va qo'llash kompetensiyasini ifodalaydi. Nutq madaniyati, ya'ni muomala odobi quyidagi holatlarda muvaffaqiyatli rivojlanadi:
- Pedagogik psixologik, lingvistik bilimlarni o'zaro uyg'unlashtirgan holda qo'llash jarayoni amalga oshganda;
- Bo'lajak o'qituvchilar pedagogik jarayon sub'ektlari bilan nutq madaniyati talablari doirasida muloqotga kishiganlarida, o'qitishning muammoli metodlarini yaratganda;
- Talabalarning o'z vaqtida egallagan bilimlari, tajribalari mustaqil o'rganish, bilim olish va rivojlanish mexanizmi sifatida namoyon bo'lganda.
Muhim vazifalaridan bir talabalarda muomala madaniyatini rivojlantirish metodikasi va uni tatbiq etish mexanizmlarini ishlab chiqishdan iborat. Turli o'quv fanlari kesimida talabalarda muomala madaniyati ko'nikmalarini shakllantirish metodikasini ishlab chiqish taqozo qilinmoqda. O'quv jarayonida talabalarni muomala madaniyati tarkibiga kiradigan lingvistik tushunchalar hamda bilimlar bilan qurollantirish orqali bo'lajak o'qituvchilarning nutqiy kommunikativ muloqot madaniyatini rivojlantirishga alohida e'tibora qaratiladi. Bunda quyidagi o'quv kurslari mazmunini boyitish talab qilinmoqda "Madaniyatshunoslik", "Falsafa", "Ona tili", "Tarix" va "Didaktika". Bu o'z navbatida muomala odobi bilan bog'liq falsafiy qonuniyatlar, nutq odobiga oid tarixiy ma'lumotlar hamda ona tili sifatida o'zbek tili nazariyasining talabalar tomonidan puxta
1 HaBOHH, A^umep. Ma^öyö y^y^yö: (Ka^ö^ap ceBrraHCH) - T.: ÂgaôuëT Ba camaT HampuëTH, 1983. - 112 6. 9, 74, 91-6.
INTERNATIONAL SCIENTIFIC-PRACTICAL CONFERENCE "STRATEGIES FOR THE DEVELOPMENT OF PROFESSIONAL COMPETENCE OF FUTURE TEACHERS BASED ON THE APPROACH OF CULTURAL STUDIES: PROBLEMS AND SOLUTIONS" _October 19-20, 2023_
o'zlashtirilishini ta'minlaydi.
Pedagogika turkum fanlari doirasida tashkil etiladigan mustaqil ishlar, seminar mashg'ulotlari davomida bo'lajak o'qituvchilar nutqiy muloqot madaniyatiga oid biimlar tarixiy ijtimoiy tajribalar, modellar va konsepsiyalarni o'zlashtirish imkonini beradigan baxs munozara, suhbat vaziyatlariga jalb etiladilar. Oliy pedagogik ta'lim muassasalari tajribasini o'rganish natijalari shuni ko'rsatmoqdaki, pedagogika turkum fanlarini o'qitishda talabalarning muomala odobi, nutqiy muloqot madaniyatini rivojlantirishga oid bir qator tajribalar mavjud. Bunday jarayonlar axborot berish xarakteriga ega bo'lib, talabalarning muomala odobini rivojlantiruvchi xarakter kasb etmaydi. Rivojlangan mamlakatlar shuni ko'rsatmoqdaki bir yoki ikki ixtisoslik yo'nalishida oliy ma'lumot olishning o'zi shaxsning rivojlanishi uchun yetarli emas.
Muntazam bilim olish va kasbiy kompetensiyalar mazmunini boyitish uchun bo'lajak o'qituvchilarning muomala odobini rivojlantirishga yo'naltirilgan pedagogik jarayonlarni loyihalash, tashkil etish alohida ahamiyat kasb etadi. Bo'lajak o'qituvchilarning muomala madaniyatini rivojlantirish maqsadida kasbiy kompetensiyalar mazmunini boyitish ehtiyojining vujudga kelganligi nutqiy muloqotni rivojlantirish metodikasini ishlab chiqish zaruriyatini kuchaytirdi. Bunda quyidagilarga e'tibor qaratish nazarda tutiladi:
- pedagogika, psixologiya, lingvistikaga oid o'quv fanlari mazmuni uyg'unlashtirish ularning maqsad va vaziflalarini birlashtirish, bunday o'quv fanlari sirasiga pedagogika, psixologiya, madaniyatshunoslik, logikaga oid o'quv kurslari mazmunida talabalarni muomala madaniyatini rivojlantirishga yo'naltirilgan o'quv mavzulari va materilallarini singdirish;
- talabalarning bilish, dunyoqarash, axloqiy-estetik sohalarini kompleks rivojlantirishga erishish;
- nazariy pedagogik yondashuvlarni bo'lajak o'qituvchilarning kommunikativ hamda muomala madaniyatini rivojlantirish jarayoniga tatbiq etish;
- bo'lajak o'qituvchilarning muomala madaniyatini rivojlantirish maqsadida an'anaviy hamda noan'anaviy didaktik shakllar, metodlardan foydanish.
Bo'lajak o'qituvchilarning muloqot madaniyatini rivojlantirish integrativ xarakterdagi maxsus kurs joriy etishni taqozo emoqda. Ushbu kurs doirasida muloqot odobi va ritorikaga oid nazariy bilimlar hamda tarxiy, madaniy tajribalar talabalarga tizimli tarzda taqdim etiladi.
REFERENCES
1. Navoiy, Alisher. Mahbub ul-qulub: (Qalblar sevgilisi) - T.: Adabiyot va san'at nashriyoti, 1983. - 112 b.
2. Bochkareva T.S. Razvitie rechevoy kulturbi studentov universiteta. Monografiya - Orenburg «Bibkom», 2013
3. Safarova Roxat Gaybillaevna. CULTURAL APPROACH AS A PRIORITY DIRECTION OF THE EDUCATIONAL SYSTEM OF UZBEKISTAN. Galaxy International Interdisciplinary Research Journal, 10(6), 1000-1004. Retrieved from https://internationaliournals.co.in/index.php/giirj/article/view/2289
4. R.G.Safarova. Pedagogikada madaniyatshunoslik yondashuvining rivojlanish tendensiyalari. // "Zamonaviy uzluksiz ta'limni raqamlashtirish: pedagogika sohasidagi zamonaviy tendensiyalarva rivojlanish omillari" mavzusida Respublika ilmiy-amaliy anjumani materiallari to'plami. Andijon 2022. B. 20-23