INTERNATIONAL SCIENTIFIC-PRACTICAL CONFERENCE "STRATEGIES FOR THE DEVELOPMENT OF PROFESSIONAL COMPETENCE OF FUTURE TEACHERS BASED ON THE APPROACH OF CULTURAL STUDIES: PROBLEMS AND SOLUTIONS" _October 19-20, 2023_
ZAMONAVIY O'QITUVCHINING KASBIY KOMPETENTLIGINI RIVOJLANTIRISH
STRATEGIYALARI
1 2 G.I.Muxamedov, J.E.Usarov
1Chirchiq davlat pedagogika universiteti k.f.d.,prof.
2P.f.d.,prof https://doi.org/10.5281/zenodo.10005101
Madaniyatshunoslik yondashuvi asosida bo'lajak o'qituvchilarning kasbiy kompetentligini rivojlantirishning strategiyalari sifatida nimaarni ko'rsatish mumkin, bu borada qanday muammolar va ularning yechimlari mavjud. Mazkur masala nazarimizda madaniyatshunoslik yondashuvi talqini, zamonaviy o'qituvchiga qo'yilayotgan talablar, kasbiy kompetentlikni baholovchi komponentlari va uni rivojlantirish tendensiyalari hamda dinamikasiga bog'liq.
Yuqoridagi yondashuvlarning ilmiy-metodik yechimlari, ularga bo'lgan munosabatlar, olingan amaliy natijalar, olib borilayotgan ilmiy-tadqiqot ishlari hamda olimlar tomonidan bildirilayotgan prognozlarning tahlili asosida konferensiyada qo'yilgan muammo va uning yechimlariga bo'lgan munosabatlarning muhimligini asoslaydi.
Avvalo madaniyatshunoslik yondashuvi, uning bo'lajak o'qituvchilarning kasbiy kompetentligini rivojlantirish strategiyalarini belgilashda qay darajada ahamiyat kasb etishi xususida fikr yuritsak. Tarix va falsafa bilan taqqoslaganda madaniyatshunoslik (kulturologiya) yosh fan hisoblansada, bugungi kunda u malakali ilmiy tadqiqotlar olib borishga imkon beradigan boy uslubiy apparatga ega. Uning predmetini madaniyat haqidagi tarixiy, falsafiy, sotsiologik, antropologik, filologik, san'atshunoslik g'oyalarini birlashtirgan fanlar integratsiyasi tashkil qiladi. Madaniyat bu yaratilgan va yaratilayotgan barcha narsalarni o'z ichiga olgan keng tushuncha bo'lib, insoniyatning moddiy va ma'naviy faoliyati jarayonida yaratiladi. Madaniyat qadriyatlar sohasi, texnologik rivojlanish darajasi, e'tiqod va san'atni hamda ijtimoiy xulq-atvorning o'ziga xos xususiyatlarini o'z ichiga oladi. Shuning uchun madaniyatni fanlarning tutashgan joyida paydo bo'ladigan, ta'limning metodik apparati kontekstida ramziy almashinuvni ta'minlaydigan, ijtimoiy-ilmiy yo'nalishdagi olingan ma'lumotlarning fundamental asosi sifatida qabul qilinadi. Shu ma'noda, amaliy yo'nalish madaniyati jamiyat rivojlanishining ijtimoiy-madaniy jarayonlarni prognozlash, loyihalash va o'zgartirish imkonini beradi, deb hisoblash mumkin.
Zamonaviy o'qituvchi qanday bo'lishi kerak? Ko'pincha maktabda yoki oliy ta'lim muassasalarida ta'limning samarasizligidan shikoyat qiladilar, olingan bilimlar sayoz va ular hayotda mutlaqo keraksiz deb hisoblaydilar. Haqiqat shundaki, zamonaviy ta'lim, avvalambor, tayyor bilimlarni bermaydi balki bilim olishni o'rgatadi ya'ni, bilim olishga yo'naltiradi. Bugungi kundagi ta'lim tendensiyasi ta'lim oluvchilarni standart qolipda o'qitish emas, ularni o'qiy olishga o'rgatish ya'ni mustaqil ta'lim olish troektoriyasini belgilab berishdan iborat. Bu ayni paytda ta'lim oluvchilarning o'z-o'zini rivojlantirish, tarbiyalash va baholashlari uchun asos bo'ladi. Bugungi pedagogdan talab qilinayotgan narsa esa, pedagogik ta'limning innovatsion yondashuvlaridan xabardor bo'lish hamda ulardan samarali foydalana olish ko'nikmalaridir. Ta'kidlanayotgan ko'nikmalar bevosita ta'lim sub'ektlari, ularning funksional vazifalari uzviyligi, o'zgarish va rivojlanish qonuniyatlari hamda ijtimoiy talablarning jadallashish intervali ya'ni, ta'lim jarayonining shaxs va jamiyat rivojlanishidagi muqobil kompensatsiyasini ta'minlay olish imkoniyati bilan bog'liq. Mazkur imkoniyatlarni ta'lim
INTERNATIONAL SCIENTIFIC-PRACTICAL CONFERENCE "STRATEGIES FOR THE DEVELOPMENT OF PROFESSIONAL COMPETENCE OF FUTURE TEACHERS BASED ON THE APPROACH OF CULTURAL STUDIES: PROBLEMS AND SOLUTIONS" _October 19-20, 2023_
oluvchilardan ilgari payqash, ilmiy prognoz qilish hamda amaliy natijalarini ko'ra bilish kabi kompetensiyalarga ega bo'lish bilan bog'liq.
Kasbiy kompetentlikning zamonaviy komponentlari qanday? Pedagoglarga qo'yilayotgan bugungi kundagi zamonaviy talablar, kasbiy kompetensiyalar ushunchasi bilan keng qo'llanilmoqda. Kasbiy kompetentlik deganda, kasbiy faoliyatni amalga oshirish uchun zarur bo'lgan bilim, ko'nikma va malakalarning amalda yuqori darajada qo'llay olishi nazarda tutiladi.
Kasbiy kompetentlik mustaqil faoliyat asosida integrativ bilim va harakatlarni o'zlashtirish, muhim ijtimoiy talablarni anglay olish, kasbiy-pedagogik vazifalarga kreativ munosabat, ta'lim-tarbiya jarayoni samaradorligini oshirishga doir yangi g'oyalarni ilgari surish, pedagogik nizolar yuzaga kelganda oqilona qaror qabul qilish kabi sifatlarlarga sinonimdir. Bugungi kunda oliy ta'lim muassasalarida faoliyat yuritayotgan pedagoglarning kasbiy kompetentligi ta'lim sub'ektlari hamkorligini ta'minlash asosiga qurilishi, ya'ni faqatgina shaxsiy-kasbiy fazilatlari majmuasidan iborat bo'lib qolmasdan balki, ta'lim oluvchilarning iste'molchi talablariga mosligi, uning kelajak faoliyatidagi shaxsiy o'sishi hamda atrof muhit ta'siriga psixologik barqarorligini ta'minlovchi muhitni ham yaratishni taqoza qilmoqda. Shu o'rinda Chirchiq davlat pedagogika universiteti tajribasi sifatida pedagogik ta'lim innovatsion klasteri, uning asosiy komponontlarini shartli ravishda quyidagilarga ajratish mumkin:
g s T a g a A "O
m h a
g a p H T
s g * s a g a g
r a a
s p s ^ 0
g a g o 3
s a u s
0 g u g » g
T T
e g s a
P a ÜQ p
s o
Masalan, "Maktab laboratoriya" ya'ni, umumta'lim maktablarida maktab laboratoriyani tashkil etilish, maktabdagi metodikaga oid mavjud muammoni o'rganish va bartaraf etish yo'llarini ilmiy jihatdan tahlil etish, bo'lajak pedagoglarning individual kasbiy rivojlanish dasturi asosida pedagogik faoliyatga ta'sir o'tkazish maqsadida tashkil etiladi. Bunda, "bugungi o'quvchi-ertaga talaba va pedagog", "mening bilganim hamma uchun" kabi tamoyillar asosida talabalarni kasbiy faoliyatga tayyorlash maqsadga muvofiq.
"Talabalar bandligi" komponentida oliy ta'lim muassasalarini bitirgan talabalarning ish bilan ta'minlanishi bilan belgilanmasligi kerak. Talabalarning kelajak faoliyatidagi pedagogik kompetentligi, ilmiy-uslubiy salohiyatda raqobatbardoshligini ta'minlash uchun o'qish davridagi bandligi nazarda tutiladi. Bunda talabalarni turli ijtimoiy-metodik loyihalarga jalb qilish asosidagi "harakat-faoliyat belgisi", "kechagi metod bugun yangi emas" tamoyillarida amalga oshirilishi mumkin.
"Mobillik" komponenti esa, ta'lim oluvchining individual qobiliyatini kelajak faoliyatiga tezkor moslashni nazarda tutadi. Bunda bolalarning bog'chaga va maktabga tez moslashishi, talabalarning oliy ta'lim muassasalariga va kelajak kasbiy faoliyatiga tez moslashishini ta'minlovchi "kelajak uchun, bugun moslash"; "bir qadam oldinda" kabi tamoyillar asosida pedagogik-psixologik tadqiqotlar olib boriladi.
Mazkur komponentlar o'zaro uzviy bo'lib, uzluksiz ta'lim jarayonini tashkil etish va baholashning me'zoni bo'la oladi. Sababi, dunyo ta'lim tendensiyalari shaxsga yo'naltirilgan ta'lim tamoyillarini qo'llab-quvvatlamoqda.
INTERNATIONAL SCIENTIFIC-PRACTICAL CONFERENCE "STRATEGIES FOR THE DEVELOPMENT OF PROFESSIONAL COMPETENCE OF FUTURE TEACHERS BASED ON THE APPROACH OF CULTURAL STUDIES: PROBLEMS AND SOLUTIONS"
October 19-20, 2023
Kasbiy kompetentlikni qanday rivojlantirish mumkin? Pedagog kadrlarning kasbiy kompetentligini rivojlantirishda uning mazmuni, yo'nalishlari va bosqichlari, pedagogik kompetentlik potensiali va undan foydalanish shartlari, o'quv jarayonida boshqaruv (ta'lim menejmenti) va pedagog kadrlarning maslahatchi (mentor) sifatida namoyon bo'lishligi hamda o'qituvchi kompetensiyasi piramidasiga alohida e'tibor qaratish lozim. Bunda kompetentlik tushunchasi u yoki bu sohadagi bilimlar, tajribalarga egalik ("O'zbekiston milliy ensiklopediyasi"), muayyan ijtimoiy kasbiy mavqega ega shaxslarning hal etayotgan muammolarning murakkablik darajasiga bilimlari, layoqatlari va tajribalarining mos kelganlik darajasi ("Oliy ta'lim" lug'at-ma'lumotnomasi) yoki tashabbus, hamkorlik, guruhda ishlay bilish qobiliyati, kommunikativ va baholash uquvi, mantiqiy fikrlash kabi pedagogning sifatlarini nazarda tutadi. Shuningdek, doimo rivojlanib boruvchi, real hayotiy vaziyatlarda yuzaga kelgan muammolarga ilmiy-amaliy yechim topa olishi, aniq maqsad yo'lidagi amaliy faoliyati natijalari kabi xususiyatlari pedagogning kompetentlik talablarini belgilaydi.
Uning rivojlantirish bosqichlarini ta'lim oluvchining kasbiy bilimlar asoslarini o'zlashtirish davri nazariy bilimlarni o'quv-amaliy mashg'ulotlarda, kasbiy yo'naltirilgan kichik talabalar loyihalari, "usto-shogird", "talaba talabaga ustoz" tamoyillari, mustaqil ravishda kasbiy faoliyat tashkil etishga yo'naltiradigan individual ta'lim tartiblarini joriy etish bosqichlarida amalga oshiriladi. Talabalarning individual ta'lim tartibini joriy etish bosqichlari esa, ularning pedagogik psixologik portretini aniqlash ya'ni, diagnostika asosida talabalarni shartli ravishda 3 ta katta guruhga bo'lib olinadi: tadqiqotchi, uslubchi hamda ishlab chiqarishga yo'nalgan talabalar. Shu asosda talabalarning induvidual ta'lim troektoriyasi shakllantiriladi. Xususan uslubchi talaba o'rganuvchi, o'zlashtiruvchi va bajaruvchi xususiyatlarga ega bo'lishi lozim. Standart-uslubchi talaba kelajakda kasbiy karerasini ta'lim muassasalaridagi faoliyati bilan bog'lashiga ustuvorlik beriladi. Bu esa ayni paytda harakatchan, tashabbuskor, kreativ hamda o'zini o'zi tanqidiy baholash kompetentligiga ega mutaxassislarni tayyorlash imkoniyatini yaratadi.
Individual yo'naltirilgan ta'lim avvalo, ta'lim beruvchi va ta'lim oluvchilarning yagona maqsad atrofida birlashishi yoki aniq maqsadli uyushgan talabalarni kelajak kasbiy faoliyatiga yo'naltirishdan iborat bo'lib, har bir mashg'ulot jarayonida talabaning imkoniyati, qiziqishi va ehtiyojlariga moslashtirishni talab qiladi. Demak, "induvidual ta'lim muhiti" deganda, aynan bir xil maqsadli va bir-biriga yaqin bilim darajasiga ega bo'lgan talabalar guruhi uchun pedagogik-psixologik jihatdan ijtimoiy talab darajasidagi kadrlar tayyorlashni nazarda tutadi. Xulosa qilib aytadigan bo'lsak, bo'lajak o'qituvchilarning kasbiy kompetentligini rivojlantirish strategiyalari talabalarning ta'lim olish madaniyati, kelajak faoliyat traektoriyasini belgilovchi individual yondashuv asosida amalga oshiriladi, deb hisoblash mumkin.
REFERENCES
1. O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 7 fevraldagi "O'zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish bo'yicha Harakatlar strategiyasi to'g'risida"gi PF-4947-son Farmoni.
2. G'.I.Muxamedov, U.N.Xo'jamqulov "Pedagogik ta'lim innovatsion klasteri: ta'rif, tavsif, tasnif. Uslubiy qo'llanma, Chirchiq-2019 y.
3. J.E.Usarov, L.G.Babaxodjaeva, G.Sharipova. Pedagogik kompetentlik/ O'quv qo'llanma. Chirchiq-2021 y.