Научная статья на тему 'MADANIYATSHUNOSLIK YONDASHUVI ASOSIDA BOSHLANG‘ICH SINF O‘QITUVCHILARINING INNOVATSION KOMPETENTLIGINI RIVOJLANTIRISH DOLZARB MUAMMO SIFATIDA'

MADANIYATSHUNOSLIK YONDASHUVI ASOSIDA BOSHLANG‘ICH SINF O‘QITUVCHILARINING INNOVATSION KOMPETENTLIGINI RIVOJLANTIRISH DOLZARB MUAMMO SIFATIDA Текст научной статьи по специальности «Науки об образовании»

CC BY
17
5
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Журнал
Science and innovation
Область наук
Ключевые слова
ijtimoiy-siyosiy

Аннотация научной статьи по наукам об образовании, автор научной работы — Maftuna Toshtemirova

Madaniyatshunoslik yondashuvi asosida boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarining innovatsion kompetentligini rivojlantirish, ularda erkin, faol, mustaqil fikrlay olish, o‘quv-tarbiyaviy jarayonni modellashtira olish, shuningdek ta’lim-tarbiyaning yangi g‘oya va texnologiyalarini mustaqil yaratish hamda ularni tatbiq eta olish ko‘nikmalarini shakllantirish orqali oshirish muammosi bugungi kunda mavjud bo‘lgan ijtimoiy-siyosiy, iqtisodiy va madaniy sharoitlarda juda muhim muammo sifatida e’tirof etiladi.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «MADANIYATSHUNOSLIK YONDASHUVI ASOSIDA BOSHLANG‘ICH SINF O‘QITUVCHILARINING INNOVATSION KOMPETENTLIGINI RIVOJLANTIRISH DOLZARB MUAMMO SIFATIDA»

INTERNATIONAL SCIENTIFIC-PRACTICAL CONFERENCE "STRATEGIES FOR THE DEVELOPMENT OF PROFESSIONAL COMPETENCE OF FUTURE TEACHERS BASED ON THE APPROACH OF CULTURAL STUDIES: PROBLEMS AND SOLUTIONS" _October 19-20, 2023_

MADANIYATSHUNOSLIK YONDASHUVI ASOSIDA BOSHLANG'ICH SINF O'QITUVCHILARINING INNOVATSION KOMPETENTLIGINI RIVOJLANTIRISH

DOLZARB MUAMMO SIFATIDA Maftuna Toshtemirova

Andijon davlat universiteti doktoranti https://doi.org/10.5281/zenodo.10013966

Madaniyatshunoslik yondashuvi asosida boshlang'ich sinf o'qituvchilarining innovatsion kompetentligini rivojlantirish, ularda erkin, faol, mustaqil fikrlay olish, o'quv-tarbiyaviy jarayonni modellashtira olish, shuningdek ta'lim-tarbiyaning yangi g'oya va texnologiyalarini mustaqil yaratish hamda ularni tatbiq eta olish ko'nikmalarini shakllantirish orqali oshirish muammosi bugungi kunda mavjud bo'lgan ijtimoiy-siyosiy, iqtisodiy va madaniy sharoitlarda juda muhim muammo sifatida e'tirof etiladi.

Bugungi kunning asosiy talabi raqobatbardosh, kompetentli kadrlar tayyorlashdan iborat bo'lib, innovatsion ta'lim texnologiyalarni ta'lim jarayonida qo'llash natijasida ro'y beradigan o'zgarishlar boshlang'ich sinf o'qituvchilarining yangi pedagogik malakalarining darajasini belgilaydi. Bu haqda Prezidentimiz Sh.Mirziyoyevning "Yoshlarimizning mustaqil fikrlaydigan, yuksak intellektual va ma'naviy saloxiyatga ega bo'lib, dunyo miqyosida o'z tengdoshlariga hech qaysi sohada bo'sh kelmaydigan insonlar bo'lib kamol topishi, baxtli bo'lishi uchun davlatimiz va jamiyatimizning bor kuch va imkoniyatlarini safarbar etamiz"Megan fikrlari bugungi kun pedagoglar faoliyatini yanada jonlantirish uchun muhim asos bo'lib xizmat qiladi.

Jahonning barcha rivojlangan mamlakatlarida innovatsion pedagogik faoliyat sifatli ta'lim tizimini strategik rivojlantirishning muhim yo'nalishi sifatida qaralmoqda.

Ta'lim sohasida innovatsiyalarni yaratish, o'zlashtirish va tarqatish asosida ochiq, moslashuvchan, individuallashgan, yangi bilimlarni yaratuvchi zamonaviy pedagogik jarayonlar tashkil etilgan. Bunda yangi ta'lim texnologiyalari - texnologik innovatsiyalarni, ta'lim sohasida yangi iqtisodiy mexanizmlar - iqtisodiy innovatsiyalarni, o'qitishda yangi metodlar - pedagogik innovatsiyalarni, yangi tashkiliy tuzilmalar - tashkiliy innovatsiyalarni shakllantirdi va ularning birligini ta'minladi. Yetakchi oliy ta'lim muassasalarida innovatsion pedagogik muhitni yaratish orqali bilimlar iqtisodiyotini rivojlantirish bo'yicha tizimli ishlar amalga oshirilmoqda.

Innovatsiya tushunchasi tadqiqotlarda "yangilik kiritish" tushunchasi sifatida ko'rib chiqiladi, "innovatsion jarayon" tushunchasi esa yangilik yaratish va ularni o'zlashtirish hamda ta'lim muassasasi amaliyotida samarali qo'llash jarayoni sifatida ifodalanadi.

Yangilik kiritish -bu yangilikni qo'llanishini bildiradi. Yangiliklarni amaliyotda qo'llash va ommalashtirishga kirishilgan vaqtda u yangi sifatga ega bo'ladi va innovatsiyalar vujudga keladi. Yangilik kiritish quyidagi asoslar bo'yicha farqlanadi: yangilanish sohasi bo'yicha: yirik - tashkiliy, pedagogik (ta'limiy), boshqaruv; aniq - ta'lim tizimini ko'rib chiqish jihatlariga bog'liq bo'lgan. Isloh etish ko'lami (hajmi)ga ko'ra: lokal (bo'g'inlar bo'yicha, alohida), o'zaro bog'liq bo'lmagan yangiliklar; modulli (o'zaro bog'liq bo'lgan yangiliklar birligi); tizimli yangilik kiritish. Ta'lim tizimida yangilik kiritish turlari, shakllari juda xilma- xildir. Yangilik kiritishning tizimli tasnifi ishlab chiqishga harakat qilingan bo'lsa-da, hali umumiy holda yagona tasnifi yaratilmagan.

Ta'lim sohasida innovatsion jarayon - bu ta'lim konsepsiyasidagi, o'quv dasturlaridagi,

1Mirziyoyev Sh.M. Milliy taraqqiyot yo'limizni qat'iyat bilan davom ettirib, yangi bosqichga ko'taramiz. - T.:

O'zbekiston, 2017. - 146 b._^_

INTERNATIONAL SCIENTIFIC-PRACTICAL CONFERENCE "STRATEGIES FOR THE DEVELOPMENT OF PROFESSIONAL COMPETENCE OF FUTURE TEACHERS BASED ON THE APPROACH OF CULTURAL STUDIES: PROBLEMS AND SOLUTIONS" _October 19-20, 2023_

usul va uslublardagi, tarbiya va o'qitish usullaridagi yangilik va o'zgarishlar bo'lib, aynan madaniyatshunoslik yondashuvi asosida ushbu jarayonni yanada samarali olib borish yaxshi natija beradi.

Boshlang'ich ta'limda innovatsion jarayonlar pedagogikaning o'rganish, umumlashtirish va ilg'or pedagogik tajribalarni ommalashtirish hamda pedagogika fanlari yutuqlarini amaliyotga tadbiq etish bilan belgilanadi. Bu jarayonda madaniyatshunoslik yondashuvlari o'zaro aloqadorlik va natijadorlikni ta'minlash vazifasini bajaradi.

Boshlang'ich ta'limda innovatsion faoliyat - yangi ijtimoiy talablarning an'anaviy me'yorlarga mos kelmasligi yoki yangi shakllanayotgan g'oyalarning mavjud g'oyalarni inkor etishi natijasida vujudga keladigan majmuali muammolarni yechishga qaratilgan faoliyat hisoblanib, bugungi kunning muhim jihatlaridan biri shaxslararo munosabatlar, komunikabellik hamda milliy madaniy tizimni o'zaro aloqadorlik asosida olib borish zaruriyatini belgilaydi.

— Madaniyatshunoslik yondashuvi asosida boshlang'ich sinf o'qituvchilarining innovatsion faoliyati quyidagi vazifalar bilan belgilanadi:

— Madaniyatshunoslik yondashuvi asosida pedagogik faoliyatning ongli tahlili;

— Pedagogik va madaniy me'yorlarga nisbatan tanqidiy va tahliliy yondashuv;

— Madaniyatshunoslik yondashuvi asosida kasbiy yangiliklarga nisbatan shaylik hamda o'z-o'zini shaxsiy rivojlantirish;

— Madaniyatshunoslik yondashuvi asosida dunyoga ijodiy yaratuvchilik munosabatda bo'lish;

— o'z imkoniyatlarini ro'yobga chiqarish, o'z turmush tarzi va intilishlarini kasbiy faoliyatida mujassam qilish.

Boshlang'ich sinf o'qituvchisining birinchi o'rinda turuvchi va muntazam rivojlanishni talab etuvchi jihatlari sifatida O.S.Grebenyuk va T.B.Grebenyuklar novatorlik, yangilikni sezish, yangilikni qabul qilishga tayyorlik, mustaqil ta'lim, kasbiy mahorat, innovatsion pedagogik tafakkur, ijodiy yechimlarni qabul qilishga tayyorliklarni ajratib ko'rsatadilar. Zamonaviy ta'limga xos muhim jihatlardan biri pedagog faoliyatining innovatsion xarakter kasb etishiga erishish sanaladi.

Boshlang'ich ta'lim o'qituvchilarining innovatsion ta'lim mohiyatini aniqlash maqsadida tadqiqotchilar YE.A.Alisov va L.S.Podimovalar quyidagilarni qayd etishadi, uning muhim belgilaridan biri "ta'lim oluvchilarning ijodiy salohiyatini amalga oshirishga yo'naltirilgan shaxsni rivojlantiruvchi asosiy omillar sintezi - hayotiy faoliyat, tarbiya, o'z-o'zini tarbiyalash va mustaqil ta'lim. Bunday muhit innovatsion pedagogikaning vazifalarni bajarish va ularni amalga oshirishning asosiy tamoyillarini namoyon etadi va o'quv muassasasining yagona ta'limiy makonini tashkil qiladi. Boshlang'ich sinf o'qituvchilarini sifatli tayyorlashdan manfaatdor bo'lgan barcha subyekt va obyektlarning bor imkoniyatlarini birlashtiradi".14

Shuningdek, "innovatsion muhitni shakllantirish yangi g'oyalar, yangi mahsulot, texnologiya, turli bilim sohalarida, shu jumladan pedagogika sohasida fundamental va amaliy tadqiqotlarni jadallashtirish, kasbiy sohada innovatsion faoliyat olib borishning asosiy mezoni bo'lgan shaxsning innovatsion faolligini rivojlantirish uchun zarur bo'lganinnovatsion salohiyatni rivojlantirishga qaratilgan". Bundan tashqari, zamonamizning dolzarb tavsiflaridan

2

Алисов Е.А.,Подымова Л.С. Инновационная образовательная среда как фактор самореализаци и личности

INTERNATIONAL SCIENTIFIC-PRACTICAL CONFERENCE

"STRATEGIES FOR THE DEVELOPMENT OF PROFESSIONAL COMPETENCE OF FUTURE TEACHERS BASED ON THE APPROACH OF CULTURAL STUDIES: PROBLEMS AND SOLUTIONS" _October 19-20, 2023_

asosiysi sifatida jamiyatning innovatsion rivojlanish yo'lini ko'rsatish mumkin. Chunki "zamonaviy raqobat muhitida kurash, avvalo, resurslar, moddiy qadriyatlarni egallash uchun emas, balki yangiliklar kirita olish qobiliyati uchun boradi".

Madaniyatshunoslik yondashuvi asosida boshlang'ich sinf o'qituvchisini innovatsion faoliyatga tayyorlash pedagogning kasbiy, metodik mahoratini sifatli qayta qurish hisoblanadi. O'tgan asrning 70-yillari oxirlarida A.M.Arsenyeva, K.N.Volkov, M.N.Skatkinlar pedagogika fani va amaliyotida muvaffaqiyatga erishish muammosini hal qilishda va ta'lim samaradorligini ta'minlashda o'qituvchining yangiliklarni qo'llashga tayyorgarlik darajasi muhim o'rin egallashini asoslab berdilar. Bu pedagogik faoliyat tizimida innovatsion faoliyatning o'rnini belgilashga va bu faoliyatni tahlil qilishga imkon berdi.

Innovatsion faoliyat yangi g'oyani izlashdan boshlanadi. Pedagogik innovatsiya ta'lim-tarbiya jarayonidagi muhim va murakkab masala yechimiga yo'naltirilganligi sababli o'qituvchidan yangicha yondashuvni talab qiladi. Aniqroq aytganda, o'quv jarayonida innovatsion texnologiyalarning joriy etilishi, o'qituvchini zamonaviy axborot texnologiyalari tomonidan siqib chiqishga emas, balki uning vazifalari, rolini o'zgartiradi, o'qituvchilik faoliyatining murakkablashuviga olib keladi. Modernizatsiyalashgan didaktik ta'minotning ishlab chiqilishi o'qituvchidan maslahatchi, tyutor, moderator va fasilitator bo'lishni talab etadi.

Madaniyatshunoslik yondashuvi asosida boshlang'ich sinf o'qituvchilarining innovatsion kompetentligini shakllantirish o'qituvchining fasilitatorlik faoliyatini muvaffaqiyatli tashkil etishiga ham bevosita bog'liqdir.

Fasilitator - dars samaradorligini oshirish maqsadida guruhlarda guruh ishini tashkil etuvchi, olib boruvchi shaxs. Mashg'ulotda reglament, norma va mashg'ulot uchun qulay sharoit yaratuvchi. Fasilitator guruhda ishni tashkil etish, uni amalga oshirish jarayonning samaradorligini ta'minlaydi. Fasilitatorning vazifalariga quyidagilar kiradi: muhokamani o'tkazish jarayonida vaqtga rioya etish; talabalarga baholovchi va yo'naltiruvchi savollar berish orqali muhokama qilinayotgan mavzu doirasidan chetlashmaslikka yordam berish; talabalarning bir-birlarinng fikr-mulohazalarini tinglashlariga erishish; faol muloqot muhitini yaratish; muammoni asosli tarzda bayon etish; xulosalash; dalillar keltirish.

Xulosa o'rnida shuni aytish joizki, madaniyatshunoslik yondashuvi asosida boshlang'ich sinf o'qituvchilarining innovatsion kompetentlik darajasini rivojlantirishning mohiyati pedagogni uzluksiz takomillashtirishi, yangiliklarni pedagogik tizimga maqsadga yo'naltirilgan holda kiritishga nazariy va amaliy jihatdan tayyorgarligini belgilovchi mezon bo'lib ifodalanadi.

REFERENCES

1. Mirziyoyev Sh.M. Milliy taraqqiyot yo'limizni qat'iyat bilan davom ettirib, yangi bosqichga ko'taramiz. - T.: O'zbekiston, 2017. - 146 b.

2. Алисов Е.А.,Подымова Л.С.Инновaционная образовательная среда как фактор самореализaци и личности //СП0.-2001.-№°1.-с.61-62.

3. Шмелёва Е.А.Инновaционная образовательная среда вуза: пространство развития // Научный поиск. -2012.-№»1(3).-С.14.

// СП0.-2001.-№1 .-с.61-62.

3

Шмелёва Е.А.Инновaционная образовательная среда вуза:пространство развития//Научный поиск. 2012.- №1(3).-С.14.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.