Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences Scientific Journal Impact Factor Advanced Sciences Index Factor
VOLUME 2 | ISSUE 12 ISSN 2181-1784 SJIF 2022: 5.947 ASI Factor = 1.7
BO'LAJAK BOSHLANG'ICH SINF O'QITUVCHILARIDA REFLEKSIV MADANIYATNI RIVOJLANTIRISH JARAYONLARINI TAKOMILLASHTIRISH
Djalalov Baxromjan Begmurzayevich
Farg'ona davlat ишуегейей o'qituvchisi, p.f.b.f.d(PhD) Mirzaahmedova Shohsanam Nishonboy qizi
Farg'ona davlat universiteti 1-bosqich magistranti
ANNOTATSIYA
^НЬи maqolada boЧajak boshlang'ich sinf o'qituvchilarida refleksiv madaniyatni rivojlantirish jarayonlarini takomШasЫmsh va samaradorligini ta 'minlashga xizmat qiluvchi vositalar haqida batafsil so Z уигШ^ап.
КаШ so 'г1аг: refleksiya, madaniyat, refleksiv madaniyat, qadriyat, psixologiya, pedagogika, kasbiy faoliyat, tarbiyaviy munosabatlar.
АННОТАЦИЯ
В данной статье подробно описаны средства, служащие для совершенствования и обеспечения эффективности процессов развития рефлексивной культуры у будущих учителей начальных классов.
Ключевые слова: рефлексия, культура, рефлексивная культура, ценность, психология, педагогика, профессиональная деятельность, воспитательные отношения.
KIRISH
Bo'lajak boshlang'ich sinf o'qituvchilarida refleksiv madaniyatni rivojlantirish jarayonlarini tashkil etish va boshqarish mexanizmlari fan-texnika yutuqlariga asoslangan eng samarali texnologiyalar va o'qituvchilar o'z faoliyatida afzal bilgan hamda ilmiy asoslangan barcha vositalardan tashkil topgan tizim sifatida qaraladi. Bunda bir tomondan refleksiv madaniyatni rivojlantirish jarayonlaridagi hamkorlikdagi faoliyat, boshqa tomondan tarbiyaviy munosabatlar refleksiv madaniyatni rivojlantirish jarayonlarini takomillashtirishda muhim ahamiyat kasb etadi.
Bo'lajak boshlang'ich sinf o'qituvchilarida refleksiv madaniyatni rivojlantirish jarayonlarida o'qituvchilar bilan bo'lajak o'qituvchilarning hamkorlikdagi faoliyatini tashkil etish, ya'ni subyekt-subyekt munosabatlarini shakllantirish tarbiyaviy munosabatlar asosida amalga oshiriladi va mazkur jarayonda refleksiv madaniyatlar
Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences Scientific Journal Impact Factor Advanced Sciences Index Factor
VOLUME 2 | ISSUE 12 ISSN 2181-1784 SJIF 2022: 5.947 ASI Factor = 1.7
shakllanib, rivojlanib boradi. Tarbiyaviy munosabatlar jarayonlarining rivojlanishi refleksiv ta'limiy muhitda o'qituvchi va bo'lajak o'qituvchilarning hamkorlikdagi faoliyati samaradorligi hamda innovatsion o'zgarishlar bilan uzviy bog'liq bo'ladi.
Bo'lajak boshlang'ich sinf o'qituvchilarida refleksiv madaniyatni rivojlantirish jarayonlarida innovatsiyalar tarbiyaviy munosabatlar jarayonining eng muhim va asosiy vositalaridan biri sifatida namoyon bo'lib, ular innovatsion jarayonlarda nafaqat o'zining tavsifi va xususiyatlari bilan, balki bo'lajak boshlang'ich sinf o'qituvchilarida refleksiv madaniyatni rivojlantirish jarayonlarini takomillashtirishning eng muhim omillari sifatida ham belgilanadi.
Tarbiyaviy munosabatlar umumiy holda shaxslararo munosabatlarning tashkil etuvchi komponenti sifatida ma'lum bir munosabatlar (inson-inson, inson-kitob-inson, inson-tabiat-inson, inson-texnika-inson, inson-san'at-inson) kontekstida tushunchalar, o'zaro munosabatlar va o'zaro ta'sir natijasida shakllanadi va unda qator kattaliklar -an'anaviylik, milliylik, refleksiv muhitning holati, o'qituvchi va bo'lajak o'qituvchilarning o'zaro munosabatlari rasmiy jihatdan namoyon bo'ladi.
Refleksiv ta'limiy muhitning sifati tarbiyaviy munosabatlar jarayonini ilmiy asoslarda tashkil etish yo'nalishidagi strategik rejalar bilan mos kelishi hamda refleksiv faoliyatning samaradorlik darajasi va subyektlar (o'qituvchi va bo'lajak o'qituvchilar)ning imkoniyatlari darajasini belgilaydi. Ya'ni, vujudga kelayotgan vaziyatlarni refleksiv ta'limiy muhitning asosiy tashkil etuvchi elementlari bilan muvofiqlashtirish tarbiyaviy munosabatlar jarayonlarining asosiy ko'rsatkichi sifatida xizmat qiladi.
Tarbiyaviy munosabatlar jarayonining barcha xususiyatlari bo'lajak boshlang'ich sinf o'qituvchilarida refleksiv madaniyatni rivojlantirish jarayonlarining rivojlanish darajasini ko'rsatadi va mazkur jarayon ishtirokchilarining innovatsiyalarga tayyorgarligi ko'rsatkichi sifatida xizmat qiladi. Bu o'z navbatida barcha o'qituvchilar va rahbarlar innovatsiyalarni amalga oshirishga yo'naltirilgan faoliyatini hamda o'z ishiga bo'lgan qiziqishi va mas'uliyatni hayotiy ahamiyatga ega deb bilishi zarur. Shuningdek, tarbiyaviy munosabatlar jarayonining o'ziga xos xususiyatlari o'qituvchi va rahbarlar ijodiy va kasbiy imkoniyatlarga ega bo'lishi, chet tillarini, kompyuter texnologiyalarini va menejment asoslarini bilishi, o'z kasbiy mahorati darajasini tanqidiy baholash imkoniyatiga (refleksiv madaniyat) ega bo'lishi, ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishda "inson omillari" va innovatsion faoliyat zaruriyatini inobatga olishi zarurligini ifodalaydi.
Bo'lajak boshlang'ich sinf o'qituvchilarida refleksiv madaniyatni rivojlantirish jarayonlarini tashkil etish va boshqarish jarayoni subyektlarining turli ta'sir ko'rsatish
Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences Scientific Journal Impact Factor Advanced Sciences Index Factor
VOLUME 2 | ISSUE 12 ISSN 2181-1784 SJIF 2022: 5.947 ASI Factor = 1.7
usullari majmuini bo'lajak boshlang'ich sinf o'qituvchilarida refleksiv madaniyatni rivojlantirish jarayonlarini takomillashtirish vositalari sifatida ko'rsatish mumkin. Chunki bo'lajak boshlang'ich sinf o'qituvchilarida refleksiv madaniyatni rivojlantirish jarayonlarini takomillashtirish vositalari bir tomondan ta'lim vositalari (o'quv, dasturiy, informatsion, didaktik, tahliliy-tashxis va h.k.) majmui hisoblansa, ikkinchi tomondan, u ta'lim-tarbiya maqsadlarini amalga oshiruvchi texnologik mexanizm hisoblanadi.
Bo'lajak boshlang'ich sinf o'qituvchilarida refleksiv madaniyatni rivojlantirish jarayonlarini takomillashtirish vositalarining nazariy-metodologik asoslari bo'lajak o'qituvchilarida refleksiv madaniyatni rivojlantirish jarayonlarining yangi shaklini vujudga keltiruvchi, mazkur jarayonning tarkibiy tuzilishining sifatlarini belgilovchi yangi g'oyalar hisoblanadi.
Shunday ekan, o'qituvchi va rahbarlarning bo'lajak boshlang'ich sinf o'qituvchilarida refleksiv madaniyatni rivojlantirish jarayonlarini takomillashtirishga ta'sir ko'rsatuvchi vositalarini tavsiflovchi integrativ xususiyatlarni quyidagi guruhlarga ajratish mumkin:
bo'lajak boshlang'ich sinf o'qituvchilarida refleksiv madaniyatni rivojlantirish jarayonlarini rivojlantirish va takomillashtirish bilan bog'liq bo'lgan innovatsion g'oyalarning mavjudligi;
tarbiyaviy munosabatlar jarayonlarini takomillashtirish hamda bo'lajak o'qituvchilarning muntazam refleksiv faoliyat ko'rsatishga undovchi motivlardan asosiy vositalar sifatida foydalanish bo'yicha tashkiliy-metodik faoliyat;
tarbiyaviy munosabatlar jarayonlarini maqsadli tashkil etish strategiyalarini ishlab chiqish hamda amaliyotga tatbiq etish asosida bo'lajak boshlang'ich sinf o'qituvchilarida refleksiv madaniyatni rivojlantirish jarayonlarini tashkil etish va boshqarish;
tarbiyaviy munosabatlar jarayonlari subyektlarining ijodiy qobiliyatlari va o'zaro munosabatlarini sifat jihatdan rivojlantirish;
bo'lajak boshlang'ich sinf o'qituvchilarida refleksiv madaniyatni rivojlantirish jarayonlarini takomillashtirishda tarbiyaviy munosabatlar jarayonlari subyektlarning individual-psixologik xususiyatlarini inobatga olish;
diversifikatsiyalashgan strategik maqsadni amalga oshirish va refleksiv faoliyatni rivojlantirish uchun o'zaro birikkan talaba, o'qituvchi va ota-onalarning hamkorligini vujudga keltirish.
Demak, bo'lajak boshlang'ich sinf o'qituvchilarida refleksiv madaniyatni rivojlantirish jarayonlarini tashkil etish va boshqarishda rahbarlar va o'qituvchilar
Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences Scientific Journal Impact Factor Advanced Sciences Index Factor
VOLUME 2 | ISSUE 12 ISSN 2181-1784 SJIF 2022: 5.947 ASI Factor = 1.7
boshqaruvchi, ustoz va tadqiqotchi funksiyalarini ham bajarishi zarur. Chunki bo'lajak boshlang'ich sinf o'qituvchilarida refleksiv madaniyatni rivojlantirish jarayonlarini takomillashtirish asosida ko'zlangan natijalarga erishishda, eng avvalo, bo'lajak boshlang'ich sinf o'qituvchilarida refleksiv madaniyatni rivojlantirish jarayonlarida vujudga kelishi mumkin bo'lgan muammolarni o'rganish, tahlil qilish va ularni bartaraf etishda bajarilishi zarur bo'lgan vazifalarni, maqsadni aniqlash, shuningdek, bo'lajak o'qituvchilarning imkoniyati va ehtiyojlarini inobatga olish zarur.
Tarbiyaviy munosabatlar jarayonlarining sifati va samaradorligi subyektlarning faoliyatiga qay darajada bog'liq bo'lsa, bo'lajak boshlang'ich sinf o'qituvchilarida refleksiv madaniyatni rivojlantirish jarayonlarini takomillashtirish asosida belgilangan maqsadlarga va yuqori natijalarga erishish bo'lajak o'qituvchilarning refleksiv faoliyati darajasi hamda o'qituvchilarning tarbiyaviy munosabatlar jarayonlarini tashkil etish qobiliyatlariga shu darajada bog'liq bo'ladi.
Shunday ekan, bo'lajak o'qituvchilarning refleksiv faoliyatini samarali tashkil etish uchun o'qituvchilar uzluksiz izlanishda bo'lishi, innovatsion fikrlashi, o'zaro munosabatlarini muvofiqlashtirishi, shuningdek, bo'lajak boshlang'ich sinf o'qituvchilarida ham innovatik g'oyalarni shakllantirish asosida faoliyat ko'rsatishi zarur. Chunki bo'lajak boshlang'ich sinf o'qituvchilarida refleksiv madaniyatni rivojlantirish jarayonlarini takomillashtirish samaradorligi qo'llaniladigan vositalar, ya'ni faoliyatni takomillashtirish, shaklan o'zgartirish, rivojlantirish bilan bog'liq bo'lgan modifikatsion innovatsiyalar, mazkur jarayon subyektlaridan biri hisoblanayotgan bo'lajak o'qituvchilarning refleksiv faoliyati, faolligi bilan ham bog'liq bo'lishi mumkin.
Mazkur shartlar bo'lajak boshlang'ich sinf o'qituvchilarida refleksiv madaniyatni rivojlantirish jarayonlarini takomillashtirish va samaradorligini ta'minlashda eng avvalo, innovatsion g'oyalarni refleksiv madaniyatni rivojlantirish jarayonlarining qaysi bo'g'iniga tegishli ekanligini alohida inobatga olish maqsadga muvofiqligini ko'rsatadi.
Bo'lajak boshlang'ich sinf o'qituvchilarida refleksiv madaniyatni rivojlantirish jarayonlarini takomillashtirishda innovatsion g'oyalarni bo'lajak o'qituvchilarning refleksiv faoliyati va faolligini ta'minlovchi hamda maqsadga yo'naltirilgan ijodiy, sifatiy o'zgarishlar jarayonini vujudga keltiruvchi vosita sifatida belgilash mumkin. Demak, tarbiyaviy munosabatlar jarayonlarini tashkil etish hamda refleksiv faoliyatni tashkil etish jarayonlarida innovatsiyalarni eskilikning yangilik bilan o'zaro o'rin almashinishini ta'minlovchi vositalar deb aytishimiz mumkin.
Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences Scientific Journal Impact Factor Advanced Sciences Index Factor
VOLUME 2 | ISSUE 12 ISSN 2181-1784 SJIF 2022: 5.947 ASI Factor = 1.7
Innovatsiya tushunchasi tadqiqotlarda "yangilik kiritish" tushunchasi sifatida ko'rib chiqiladi, "innovatsion jarayon" tushunchasi esa yangilik yaratish va ularni o'zlashtirish hamda ta'lim muassasasi amaliyotida samarali qo'llash jarayoni sifatida ifodalanadi.
Mamlakatimiz olimlari Sh.Qurbonov, E.Seytxalilov, M.Quronov, R.SH.Ahlidinov va I.Majidovlar innovatsiyalarni ta'lim makonidagi xilma-xil tashabbuslar va yangiliklarning to'planishi va shaklini o'zgartirishi tamoyillarida o'z ifodasini topuvchi, ta'limni rivojlantirishning muhim unsuri sifatida ta'riflaydi
Innovatsiya - bu g'oyalarni amaliyotga tatbiq etish orqali tarkibiy tuzilishiga ko'ra yangi mahsulotlar, texnologiyalar ixtiro qilish bo'lib, ijtimoiy (texnik-iqtisodiy) jarayon hisoblanadi. Bunda yangiliklar kiritishning rivojlanishi vaqtga bog'liq bo'lib, u aniq ifodalangan bosqichlarga ega[5].
Xalqaro standartlarga mos ravishda innovatsiya innovatsion faoliyatning natijasi sifatida belgilanadi va amaliyotga, yangi va rivojlangan texnologik jarayonlarga tatbiq etilgan hamda amaliy faoliyatda foydalanilayotgan yangi yoki takomillashtirilgan mahsulot ko'rinishida bo'ladi[1, 68-69].
Amaliyotda "yangilik", "yangilanish", "yangilik kiritish" tushunchalari ko'pincha tenglashtiriladi, lekin ularning o'rtasida ba'zi bir farqlar mavjud. YAngilik - yangi tartib, yangi uslub, yangi metod, yangi ixtirolar bo'lishi mumkin, buni quyida keltirilgan fikrlar tasdiqlaydi[2, 70].
Yangilik kiritish - bu yangilikni qo'llanishini bildiradi. Yangiliklarni amaliyotda qo'llash va ommalashtirishga kirishilgan vaqtda u yangi sifatga ega bo'ladi va innovatsiyalar vujudga keladi[3, 159].
Yangilik kiritish quyidagi asoslar bo'yicha farqlanadi: yangilanish sohasi bo'yicha: yirik - tashkiliy, pedagogik (ta'limiy), boshqaruv; aniq - ta'lim tizimini ko'rib chiqish jihatlariga bog'liq bo'lgan. Isloh etish ko'lami (hajmi)ga ko'ra: lokal (bo'g'inlar bo'yicha, alohida), o'zaro bog'liq bo'lmagan yangiliklar; modulli (o'zaro bog'liq bo'lgan yangiliklar birligi); tizimli yangilik kiritish[1].
Ta'lim tizimida yangilik kiritish turlari, shakllari juda xilma-xildir. Yangilik kiritishning tizimli tasnifi ishlab chiqishga harakat qilingan bo'lsa-da, hali umumiy holda yagona tasnifi yaratilmagan[4]. Demak, bo'lajak boshlang'ich sinf o'qituvchilarida refleksiv madaniyatni rivojlantirish jarayonlarini takomillashtirishda innovatsiya (yangilik kiritish) - maqsadga yo'naltirilgan o'zgartirishlar vositasi, innovatsion jarayon - bo'lajak boshlang'ich sinf o'qituvchilarida refleksiv madaniyatni rivojlantirish jarayonlariga o'zgartirishlar (yangilik) kiritish jarayoni vositasidir.
Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences Scientific Journal Impact Factor Advanced Sciences Index Factor
VOLUME 2 | ISSUE 12 ISSN 2181-1784 SJIF 2022: 5.947 ASI Factor = 1.7
Shunday ekan, bo'lajak boshlang'ich sinf o'qituvchilarida refleksiv madaniyatni rivojlantirish jarayonlarida rahbarlar va o'qituvchilar tomonidan amalga oshiriladigan qator funksional vazifalar mazkur jarayonlarning samaradorligini ta'minlashning asosiy shartlari hisoblanadi:
- refleksiv madaniyatni rivojlantirish jarayonlariga yangilik kiritishning dolzarbligi refleksiv faoliyat jarayonlari samaradorligini ta'minlashning asosiy vositasi sifatida belgilanishi;
- tanlangan innovatsion vositalarni refleksiv madaniyatni rivojlantirish jarayonlari ishtirokchilarining ehtiyojlari va imkoniyatlariga mos kelishi;
- yangilik kiritish zaruratining to'la ilmiy asoslanganligi;
- yangilik kiritish jarayonlarning ahamiyatliligi va tizimliligi;
- refleksiv madaniyatni rivojlantirish jarayonlari ishtirokchilarining shaxsiy-individual psixologik xususiyatlarini inobatga olish;
- yangilik kiritishning ahamiyatini anglash refleksiv madaniyatni rivojlantirish jarayonlari subyektlarining yuqori darajadagi mas'uliyati hamda javobgarligini ifodalashi;
- yangilik kiritish j arayonlarida tavakkalchilikni minimal daraj ada bo' lishi.
Bo'lajak boshlang'ich sinf o'qituvchilarida refleksiv madaniyatni rivojlantirish
jarayonlarini innovatsion yondashuv asosida takomillashtirishga ob'ektiv va subyektiv omillar sabab bo'ladi. Ob'ektiv omillarni davlatning yangi ta'lim siyosati, ta'lim sohasidagi fundamental va amaliy tadqiqotlar, ta'lim muassasalarining innovatsion faoliyat yo'nalishidagi tajribalar tashkil etsa, subyektiv omillarni ijtimoiy-hududiy ehtiyoj hamda ta'lim muassasalari faoliyatining rivojlanish jarayoni, o'qituvchilarning bilim, ko'nikma va malakalari darajasi hamda tarbiyaviy munosabatlar jarayonlarining rivojlanishi tashkil etadi.
Bo'lajak boshlang'ich sinf o'qituvchilarida refleksiv madaniyatni rivojlantirish jarayonlarini takomillashtirish asosiy strategik maqsadlarga erishishga yo'naltirilgan bo'ladi va o'z navbatida, strategik rejalarni amalga oshirishda qator vazifalarni bajarilish zaruriyatini belgilaydi:
- bo'lajak boshlang'ich sinf o'qituvchilarida refleksiv madaniyatni rivojlantirish jarayonlarini oldindan loyihalashtirish, refleksiv faoliyatga undovchi qulay ta'limiy muhitni shakllantirish;
- ta'lim standartlariga mos ravishda, refleksiv madaniyatni rivojlantirish jarayonlari mazmuniga yangi va rivojlantiruvchi o'zgartirishlarni kiritish;
- refleksiv faoliyat jarayonlarini tashkil etishda ko'proq samarali hisoblangan va bo'lajak o'qituvchilar uchun qulay bo'lgan o'qitish vositalarini tanlash.
Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences Scientific Journal Impact Factor Advanced Sciences Index Factor
VOLUME 2 | ISSUE 12 ISSN 2181-1784 SJIF 2022: 5.947 ASI Factor = 1.7
Bo'lajak boshlang'ich sinf o'qituvchilarida refleksiv madaniyatni rivojlantirish jarayonlarini takomillashtirish tarbiyaviy munosabatlar jarayonlarini muvofiqlashtirish zaruratini vujudga keltiradi va bu zaruratlar bo'lajak o'qituvchilarning qiziqishlari, qobiliyatlari va imkoniyatlarini anglashga yo'naltirilgan umumiy rivojlanish shartlarini belgilovchi vositalar hisoblanadi.
Demak, bo'lajak boshlang'ich sinf o'qituvchilarida refleksiv madaniyatni rivojlantirish jarayonlarini takomillashtirishda erishish zarur bo'lgan maqsadlar yo'nalishida bo'lajak o'qituvchilarning faolligini ta'minlash samaradorligi ko'p jihatdan asosiy vositalar sifatida maydonga chiquvchi motivlar hamda motivlashtirish jarayonini tashkil etishga bog'liq bo'ladi.
Bizning fikrimizcha, bo'lajak boshlang'ich sinf o'qituvchilarida refleksiv madaniyatni rivojlantirish jarayonlarida refleksiv ta'limiy muhitni shakllantirish uchun zaruriy shart-sharoitlarni yaratishda bo'lajak o'qituvchilarning ehtiyojlari va imkoniyatlarini o'rganish asosida ularning faolligini ta'minlash zarur bo'lib, bo'lajak o'qituvchilarning faolligini ta'minlashda motivlashtirish ularda refleksiv madaniyatni rivojlantirish jarayonlarini takomillashtirish vositalaridan biri sifatida maydonga chiqadi.
Motivlashtirishning ruhiy va tashkiliy iqtisodiy yo'nalishdagi turli nazariyalarini ikki guruhga bo'lish mumkin:
1. Motivlashtirishning mazmunli nazariyasi, u kishilarni boshqacha emas, aynan shunday ishlashga majbur qiladigan shaxsning ichki ruhiy faoliyatining identifikatsiyasiga asoslanadi (bu A.Maslou va F.Gersberg va boshqalar termini).
2. Motivlashtirishning protsessual nazariyasi - juda ham zamonaviy uslublardan biri bo'lib, kishilar o'zini bilishi va tarbiya ma'nosida o'zlarini qanday tutishlariga asoslanadi (bu Porter-Loularning kutish nazariyasi, odillik nazariyasi va motivlashtirish modellaridir). Sanab o'tilgan nazariyalar ba'zi masalalarda bir-biridan farq qilsada, ular bir-birini inkor etmaydi[6, 122].
Amerikalik psixolog A.Maslou nazariyasi bo'yicha barcha ehtiyojlarni qat'iy ierarxiya strukturasi bo'yicha joylashtirish mumkin. U quyi darajadagi ehtiyojlarni qondirishni talab qiladi, o'z navbatida inson xulqiga ta'sir ko'rsatadi, yuqori darajadagi ehtiyojlar esa asta-sekin ta'sir ko'rsatadi.
Maslou inson hayotidagi mavjud ehtiyojlardan beshta asosiylarini ajratib ko'rsatadi. Birlamchi ehtiyojlar - bu insonning hayotiy faoliyatini ta'minlash uchun zarur bo'lgan ehtiyojlar. A.Maslouning fikricha, inson, eng avvalo ana shu ehtiyojlarini qondirish uchun ishlaydi. Birlamchi ehtiyojlar hisoblangan oziq-ovqatga,
Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences Scientific Journal Impact Factor Advanced Sciences Index Factor
VOLUME 2 | ISSUE 12 ISSN 2181-1784 SJIF 2022: 5.947 ASI Factor = 1.7
kiyim-kechakka, uy-joyga, uyquga bo'lgan ehtiyoj qondirilsa, boshqa darajadagi ehtiyojlar ham asta-sekin ahamiyat kasb etib boradi.
Yuqorida aytganimizdek, birlamchi ehtiyojlar qondirilgach, boshqa zaruriyatlar kishilarni yuqori darajadagi ehtiyojlarga qarab harakat qilishga majbur qiladi. Lekin, insonning barcha ehtiyojlarni hech qachon to'la-to'kis qondirish imkoniyati bo'lmaydi. Shu sababli ehtiyojlarga asoslangan motivlashtirish jarayoni mavjuddir.
Mak Klelland nazariyasida asosiy e'tibor yuqori darajadagi ehtiyojlarga qaratiladi, ularga hokimiyat, muvaffaqiyat, mansublik kiradi. Hokimiyat ehtiyoji -boshqa odamlarga ta'sir ko'rsatishga xohish, bu albatta hokimiyatga intilish emas, balki o'z ta'sirini ko'rsatish ehtiyoji. Muvaffaqiyatga bo'lgan ehtiyoj ma'lum bir vazifani muvaffaqiyat bilan bajarish orqali amalga oshiriladi.
Mansublik ehtiyoji Maslou nazariyasiga o'xshash bo'lib birga ishlaydigan xodimlar, tanishlar huzurida bo'lishi, do'stona munosabatlar o'rnatishdan manfaatdorlikni ifodalaydi[6, 123].
Frederik Gersbergning motivlashtirish nazariyasi boisiy tozalanish (motivatsionnaya gigiyena) deb yuritilib, uning asosida qoniqish keltiruvchi mehnat ruhiy sog'lom bo'lishga ham hamkorlik ko'rsatadi degan fikr yotadi.
Agar ish joyi iflos, qorong'i, ko'rimsiz bo'lsa bu mehnatga intilishni kamaytiradi. Agar ish joyi toza, ergonometrik nuqtai nazardan benuqson bo'lsa, mehnatga aniq ifodalangan motivlar paydo bo'ladi. Gersberg bu omillarni "gigiyenik" omillarga oid deb hisoblaydi[6, 97].
MUHOKAMA VA NATIJALAR
Yuqorida keltirilgan ma'lumotlarga asoslanib aytish mumkinki, bo'lajak boshlang'ich sinf o'qituvchilarida refleksiv madaniyatni rivojlantirish jarayonlarini takomillashtirishda motivlashtirish bu mavjud ehtiyojlardan kelib chiqib, talaba faoliyatini psixologik ta'sir etish yo'llari bilan maqsadga muvofiq yo'naltirishdir.
Bo'lajak boshlang'ich sinf o'qituvchilarida refleksiv madaniyatni rivojlantirish jarayonlarida motivlashtirish ijtimoiy amaliyot va ta'lim ehtiyojlaridan kelib chiqib, subyektlarning qiziqishlarini, egallayotgan bilim, ko'nikma va malakalarini tahlil qilish orqali ularning faolligini rivojlantirishga yo'naltirilgan bo'lishi zarur.
Mavjud ehtiyojlarni o'rganish asosida bo'lajak o'qituvchilar faolligini ta'minlashga va rivojlantirishga, ya'ni o'qish, o'rganish va bilim olishga yo'naltiruvchi motivlarni shakllantirish bo'lajak boshlang'ich sinf o'qituvchilarida refleksiv madaniyatni rivojlantirish jarayonlarida subyektlar faolligini ta'minlash va rivojlantirishga xizmat qilishi bilan bir qatorda, ularni jismoniy yoki aqliy mehnatga,
Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences Scientific Journal Impact Factor Advanced Sciences Index Factor
VOLUME 2 | ISSUE 12 ISSN 2181-1784 SJIF 2022: 5.947 ASI Factor = 1.7
shuningdek, dam olish, bilim olish, hunar o'rganish, umuman olganda yashash uchun kurashishga chorlaydi.
Bo'lajak boshlang'ich sinf o'qituvchilarida refleksiv madaniyatni rivojlantirish jarayonlarini ilmiy asosda tashkil etish va muvofiqlashtirish asosida mazkur jarayonda ularning faolligini ta'minlash va rivojlantirish bo'lajak boshlang'ich sinf o'qituvchilarida o'quv motivlarini shakllantirish, ya'ni motivlashtirishga bog'liq bo'lib, motivlashtirish bo'lajak boshlang'ich sinf o'qituvchilarida refleksiv madaniyatni rivojlantirish jarayonlarining samaradorligini ta'minlashga xizmat qiladi. Demak, bo'lajak boshlang'ich sinf o'qituvchilarida refleksiv madaniyatni rivojlantirish jarayonlarini takomillashtirish va samaradorligini ta'minlashga xizmat qiluvchi vositalardan biri motivlashtirish bo'lib, uning samaradorligi ularning faolligi, intellektual qobiliyatlarining rivojlanish darajasi, dunyoqarashining rivojlanishi, bilimi, ko'nikma va malakalari darajasining o'sishini belgilaydi.
Motivlashtirish jarayonlarining samaradorligi bo'lajak boshlang'ich sinf o'qituvchilarida refleksiv madaniyatni rivojlantirish jarayonlarida erishish mumkin bo'lgan natijalar bilan erishilgan natija o'rtasidagi mutanosiblikni ifodalab, bo'lajak boshlang'ich sinf o'qituvchilarida refleksiv madaniyatni rivojlantirish jarayonlarini takomillashtirish va samaradorlikka erishish uchun quyidagi shartlarning bajarilish zaruriyatini belgilaydi:
- bo'lajak o'qituvchilarning boshlang'ich tushunchalariga ilmiy yondashish;
- bo'lajak boshlang'ich sinf o'qituvchilarida refleksiv madaniyatni rivojlantirish jarayonlarida motivlarning o'ziga xos xususiyatlarini inobatga olish;
- bo'lajak boshlang'ich sinf o'qituvchilarida ilm olishga bo'lgan ijobiy motivlarni shakllantirish;
- bo'lajak boshlang'ich sinf o'qituvchilarida refleksiv madaniyatni rivojlantirish jarayonlarida ularning faolligini ta'minlash uchun qulay vaziyatlarni vujudga keltiruvchi ijodiy muhitni tashkil etish;
- bo'lajak boshlang'ich sinf o'qituvchilarida refleksiv madaniyatni rivojlantirish jarayonlari komponentlarining o'zaro bog'liqligi va aloqadorligini inobatga olish;
- bo'lajak boshlang'ich sinf o'qituvchilarida refleksiv madaniyatni rivojlantirish jarayonlarini tashkil etish va boshqarishga innovatsion tuzilishga ega bo'lgan murakkab pedagogik tizim sifatida yondashish;
- bo'lajak boshlang'ich sinf o'qituvchilarida refleksiv madaniyatni rivojlantirish jarayonlarida bo'lajak o'qituvchilar faolligini ta'minlovchi, tanqidiy va tahliliy fikrlashga undovchi refleksiv yondashuvni joriy etish;
Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences Scientific Journal Impact Factor Advanced Sciences Index Factor
VOLUME 2 | ISSUE 12 ISSN 2181-1784 SJIF 2022: 5.947 ASI Factor = 1.7
- bo'lajak boshlang'ich sinf o'qituvchilarida refleksiv madaniyatni rivojlantirish jarayonlarida shaxsga yo'naltirilgan ta'sirning o'ziga xos xususiyatlarini hamda bo'lajak o'qituvchilarning refleksiv faoliyatining ahamiyatini inobatga olish.
Bizning fikrimizcha, bo'lajak boshlang'ich sinf o'qituvchilarida refleksiv madaniyatni rivojlantirish jarayonlarini tashkil etish, boshqarish va takomillashtirishda alohida e'tibor qaratilishi zarur bo'lgan omillardan biri bo'lajak boshlang'ich sinf o'qituvchilarida refleksiv madaniyatni rivojlantirish jarayonlari samaradorligining motivlashtirishga bog'liqligi bo'lib, motivlashtirish bo'lajak boshlang'ich sinf o'qituvchilarida refleksiv madaniyatni rivojlantirish jarayonlarmi takomillashtirish va samaradorligini ta'minlashda ularning refleksiv faoliyatini muvofiqlashtirish, faolligini ta'minlash va rivojlantirish vositasi sifatida xizmat qiladi.
REFERENCES
1. Jo'raev U.T., Saidjonov Y.S. Dunyo dinlari tarixi. Umumiy o'rta ta'lim maktablarining 9-sinfi uchun dasrlik. To'ldirilgan uchinchi nashr. - T.: "Toshkent Islom universiteti" nashriyoti, 2002. B. 68-69.
2. Juraev U., Usmonov Q., Nurqulov A., Juraeva G. Tarixdan hikoyalar. Umumiy o'rta ta'lim maktablarining 5-sinfi uchun darslik. - Toshkent: Cho'lpon nomidagi nashriyot-matbaa ijodiy uyi, 2015. B.70.
3. Поташник М.М. Управление качеством образования: Практико ориентированная монография и методические пособие /под ред. М.М.Поташника - М.: Педагогическое общество России, 2000. C. 159.
4. Смирнова Е.О. Психология ребенка. - М.: Школа-пресс, 2005.
5. Сухобская Г.С., Горбунова Л.Л. Взаимосвязь теории и практики в процессе подготовки и повышения квалификации педагогических кадров.- М.: НИИ ИОО АПН, 1990.
6. Юлдашев М.А. Хал; таълими ходимларининг малакасини оширишда таълим сифати менежментини такомиллаштириш. Пед. фан.док...дисс. - 2016.
7. Begmurzayevich, D. B. (2022). BO 'LAJAK BOSHLANG 'ICH SINF O 'QITUVCHILARIDA REFLEKSIV MADANIYATNI RIVOJLANTIRISHNING METODOLOGIK ASOSLARI. INTEGRATION OF SCIENCE, EDUCATION AND PRACTICE. SCIENTIFIC-METHODICAL JOURNAL, 3(6), 154-160.
XULOSA
Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences Scientific Journal Impact Factor Advanced Sciences Index Factor
VOLUME 2 | ISSUE 12 ISSN 2181-1784 SJIF 2022: 5.947 ASI Factor = 1.7
8. Begmurzayevich, D. B. (2022). O 'QUVCHILARNI INTELLEKTUAL RIVOJLANTIRISHNING METODOLOGIK ASOSLARI. Ijodkor o'qituvchi, 2(20), 52-59.
9. Karimova, B. (2019). POSSIBILITIES OF FORMATION OF NATIONAL PRIDE WITH USING KHADITHS IN THE FIRST-YEAR PUPILS OF ORPHANAGES. European Journal of Research and Reflection in Educational Sciences Vol, 7(11).
10. Karimova, B. K., & Oripova, M. S. (2021). Formation of national pride based on hadiths in primary school children of houses of kindness. ACADEMICIA: An International Multidisciplinary Research Journal, 11(4), 652-665.
11. Karimova, M. O., & Saidullaeva, A. R. (2020). Pedagogical basis of the use of universal and national values in the spiritual and moral education of children in the family. PalArch's Journal of Archaeology of Egypt/Egyptology, 17(7), 8547-8555.
12. Kh, K. B. (2019). Формирование чувства национальной гордости воспитанников начальных классов домов милосердия посредством хадисов. International scientific review, (LXIV), 54-56.
13. Muhammadjonovna, U. N., Makhmutovna, T. H., & Kurbonovich, M. U. (2020). IPROVING THE MECHANISM OF INCREASING THE SOCIAL ACTIVITY OF YOUNG PEOPLE IN THE DEVELOPMENT OF A DEMOCRATIC AND LEGAL SOCIETY. JCR, 7(12), 3133-3139.
14. Muhammadovna, O. R. N., & Bahodirovich, B. B. (2022). BO 'LAJAK TASVIRIY SAN'AT O ' QITUVCHILARIDA KASBIY-GRAFIK KOMPETENTLIKNI RIVOJLANTIRISH DOLZARB PEDAGOGIK MUAMMO SIFATIDA. INTEGRATION OF SCIENCE, EDUCATION AND PRACTICE. SCIENTIFIC-METHODICAL JOURNAL, 3(6), 432-438.
15. Mukhammedovna, U. N., & Oyturaxonovna, I. S. (2019). IMPROVING SOCIAL ACTIVITY OF YOUTH IN UZBEKISTAN AS THE DEMOCRACY AND DEVELOPMENT OF LEGAL SOCIETY. European Journal of Research and Reflection in Educational Sciences Vol, 7(12).
16. SAIDKULOVICH, S. B., & UGLI, T. J. U. The Social Pedagogical Necessity of Developing Students' Aesthetic Culture in the Process of Globalization. International Journal of Innovations in Engineering Research and Technology, <5(1), 75-77.
17. Shermukhammadov, B. (2022). Creativity of a Teacher in an Innovative Educational Environment. Journal of Higher Education Theory and Practice, 22(12),
127.
Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences Scientific Journal Impact Factor Advanced Sciences Index Factor
VOLUME 2 | ISSUE 12 ISSN 2181-1784 SJIF 2022: 5.947 ASI Factor = 1.7
18. Siddikov, B., & Djalalov, B. (2020, December). MODERNIZATION OF EDUCATION-THE FUTURE INNOVATIVE COMPETENCE OF TEACHERS AS A MAIN FACTOR OF FORMATION. In Конференции.
19. Siddiqov, B. S., & Mexmonaliyev, S. N. (2022). PEDAGOGIK AMALIYOTNING BO 'LAJAK O 'QITUVCHINING KASBIY TAYYORGARLIK FAOLIYATIDA TUTGAN O 'RNI. Academic research in educational sciences, 3(1), 10-16.
20. Tuychieva, I., Aripov, S., Madaminova, D., & Mustaev, R. (2021). THE PEDAGOGICAL SYSTEM OF PREPARING BOYS FOR FAMILY RELATIONSHIPS IN GENERAL SECONDARY SCHOOLS.
48(8).
21. Tuychiyeva, I., & Jo'Rayeva, S. (2022). OLIY TA'LIM SIFATINI OSHIRISHDA KREDIT-MODUL TIZIMINING AHAMIYATI. Science and innovation, 1(B7), 1349-1354.
22. Urinova, N. M., & Abdullaeva, N. (2021). Opportunities to use project-based teaching technology in the development of students' research competence. ACADEMICIA: An International Multidisciplinary Research Journal, 11(3), 2344-2348.
23. Абдулазизова, Н. А., & Закирова, Д. С. (2016). VALUE OF DISTANCE LEARNING IN CONTINUING EDUCATION. Учёный XXI века, (12 (25)), 42-45.
24. Ахмедов, Б. А. (2020). Сиддиков Бахтиёр Саидкулович, Джалалов Бахромжон Бегмурзаевич МОДЕРНИЗАЦИЯ ОБРАЗОВАНИЯ-ОСНОВНОЙ ФАКТОР В ФОРМИРОВАНИИ ИННОВАЦИОННОЙ КОМПЕТЕНЦИИ БУДУЩИХ УЧИТЕЛЕЙ. Academy, 9, 60.
25. Ахмедов, Б. А., Сиддиков, Б. С., & Джалалов, Б. Б. (2020). МОДЕРНИЗАЦИЯ ОБРАЗОВАНИЯ-ОСНОВНОЙ ФАКТОР В ФОРМИРОВАНИИ ИННОВАЦИОННОЙ КОМПЕТЕНЦИИ БУДУЩИХ УЧИТЕЛЕЙ. Academy, (9 (60)), 20-22.
26. Джалалов Б.Б. (2016). МЕСТО И РОЛЬ ВОЗДЕЙСТВИЯ ВОСПИТАНИЯ В ПОВЫШЕНИИ ОБЩЕСТВЕННОЙ АКТИВНОСТИ УЧАЩИХСЯ. Ученый XXI века, (5-1 (18)), 38-41.
27. Джалалов, Б. Б. (2018). РАЗВИТИЕ ПРОФЕССИОНАЛЬНОЙ КОМПЕТЕНТНОСТИ ПЕДАГОГИЧЕСКИХ КАДРОВ В УСЛОВИЯХ ГЛОБАЛИЗАЦИИ КАК ПЕДАГОГИЧЕСКАЯ ПРОБЛЕМА.
In INTERNATIONAL SCIENTIFIC REVIEW OF THE PROBLEMS AND PROSPECTS OF MODERN SCIENCE AND EDUCATION (pp. 53-55).
Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences Scientific Journal Impact Factor Advanced Sciences Index Factor
VOLUME 2 | ISSUE 12 ISSN 2181-1784 SJIF 2022: 5.947 ASI Factor = 1.7
28. Джалалов, Б. Б. (2019). ВАЖНЫЕ АСПЕКТЫ ФОРМИРОВАНИЯ ИННОВАЦИОННЫХ КОМПЕТЕНЦИЙ У БУДУЩИХ УЧИТЕЛЕЙ.
In EUROPEAN RESEARCH: INNOVATION IN SCIENCE, EDUCATION AND TECHNOLOGY (pp. 43-44).
29. Джалалов, Б. Б. (2020). ЁШЛАР ИЖТИМОИЙ ФАОЛЛИГИНИ ОШИРИШНИНГ НАЗАРИЙ МЕТОДОЛОГИК АСОСЛАРИ. Педагогика ва психологияда инновациялар, 10(3).
30. Джалалов, Б. Б. (2022). BO 'LAJAK O 'QITUVCHILARNING INNOVATSION KOMPETENTLIGINI SHAKLLANTIRISHDA SMART-TA'LIMNING IMKONIYATLARI. УЧИТЕЛЬ, 3(4).
31. Джалалов, Б. Б., Хатамов, Х. А., & Насайдинова, Ф. У. (2016). Преимущества коллективного обучения. Ученый XXI века, 40.
32. Каримова, Б. Х. (2019). ФОРМИРОВАНИЕ НАЦИОНАЛЬНОЙ ГОРДОСТИ У ВОСПИТАННИКОВ 2 КЛАССОВ ДОМОВ МЕХРИБОНЛИК НА ОСНОВЕ ХАДИСОВ. In EUROPEAN RESEARCH: INNOVATION IN SCIENCE, EDUCATION AND TECHNOLOGY (pp. 35-37).
33. Охунова, Д. К., & Шоюсупова, О. А. (2016). PEDAGOGICAL BASES OF HARMONIOUS EDUCATION OF STUDENTS. Учёный XXI века, (5-1 (18)), 4245.
34. Сиддиков, Б. С., & Джалалов, Б. Б. (2016). OBJECTIVES OF THE YOUTH ACTIVITY BY TEACHING TRAINING. Учёный XXI века, (6-2 (19)), 41-44.
35. Сиддиков, Б. С., & Джалалов, Б. Б. (2016). ЗАДАЧИ РАЗВИТИЯ АКТИВНОСТИ МОЛОДЁЖИ С ПОМОЩЬЮ ПЕДАГОГИЧЕСКИХ ТРЕНИНГОВ. Ученый XXI века, (6-2).
36. Уринова, Н. М. (2020). ПЕДАГОГИКА УНИВЕРСИТЕТЛАРИДА БУЛАЖАК УКИТУВЧИЛАРНИ МУЗЕЙ ПЕДАГОГИКАСИ ФАОЛИЯТИГА ТАЙЁРЛАШ БУЙИЧА ХОРИЖИЙ ТАЖРИБАЛАР. ИННОВАЦИИ В ПЕДАГОГИКЕ И ПСИХОЛОГИИ, (SI-2№ 7).
37. Шермухаммадов, Б. (2012). Использование различных методов, форм и средств в воспитании молодежи. Актуальные проблемы современной науки, (5),
80-83.