Научная статья на тему 'MADANIYATSHUNOSLIK YONDASHUVI ASOSIDA BO‘LAJAK O‘QITUVCHILARNI BOSHLANG‘ICH SINF O‘QUVCHILARINING IJTIMOIY VA HUQUQIY KOMPETENSIYASINI SHAKLLANTIRISHGA TAYYORLASH'

MADANIYATSHUNOSLIK YONDASHUVI ASOSIDA BO‘LAJAK O‘QITUVCHILARNI BOSHLANG‘ICH SINF O‘QUVCHILARINING IJTIMOIY VA HUQUQIY KOMPETENSIYASINI SHAKLLANTIRISHGA TAYYORLASH Текст научной статьи по специальности «Науки об образовании»

CC BY
30
8
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Журнал
Science and innovation
Область наук
Ключевые слова
savodxon

Аннотация научной статьи по наукам об образовании, автор научной работы — Nargiza Hakimova

Dunyodagi ko‘plab ilmiy-tadqiqot markazlari, ta’lim muassasalarida boshlang‘ich sinf o‘quvchilarini innovatsion yondashuvlar asosida ijtimoiy-huquqiy jihatdan bilimli, zamonaviy dunyo uchun zarur bo‘lgan muayyan ko‘nikmalarni egallashga yo‘naltirilgan bilim berish mexanizmlarini takomillashtirish masalasi dolzarb muammo sanaladi. Oʻquvchilarning ijtimoiy-huquqiy savodxonligini oshirishni kafolatlovchi innovatsion – integrativ usullarni qo‘llashning pedagogik-psixologik jihatlarini aniqlash hamda savodxonlik ko‘nikmalarini rivojlantirish muhim ahamiyat kasb etmoqda.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «MADANIYATSHUNOSLIK YONDASHUVI ASOSIDA BO‘LAJAK O‘QITUVCHILARNI BOSHLANG‘ICH SINF O‘QUVCHILARINING IJTIMOIY VA HUQUQIY KOMPETENSIYASINI SHAKLLANTIRISHGA TAYYORLASH»

INTERNATIONAL SCIENTIFIC-PRACTICAL CONFERENCE "STRATEGIES FOR THE DEVELOPMENT OF PROFESSIONAL COMPETENCE OF FUTURE TEACHERS BASED ON THE APPROACH OF CULTURAL STUDIES: PROBLEMS AND SOLUTIONS" _October 19-20, 2023_

MADANIYATSHUNOSLIK YONDASHUVI ASOSIDA BO'LAJAK O'QITUVCHILARNI BOSHLANG'ICH SINF O'QUVCHILARINING IJTIMOIY VA HUQUQIY KOMPETENSIYASINI SHAKLLANTIRISHGA TAYYORLASH

Nargiza Hakimova

Buxoro davlat universiteti dotsenti, p.f.f.d. (PhD) https://doi.org/ 10.5281/zenodo.10005068

Dunyodagi ko'plab ilmiy-tadqiqot markazlari, ta'lim muassasalarida boshlang'ich sinf o'quvchilarini innovatsion yondashuvlar asosida ijtimoiy-huquqiy jihatdan bilimli, zamonaviy dunyo uchun zarur bo'lgan muayyan ko'nikmalarni egallashga yo'naltirilgan bilim berish mexanizmlarini takomillashtirish masalasi dolzarb muammo sanaladi. O'quvchilarning ijtimoiy-huquqiy savodxonligini oshirishni kafolatlovchi innovatsion - integrativ usullarni qo'llashning pedagogik-psixologik jihatlarini aniqlash hamda savodxonlik ko'nikmalarini rivojlantirish muhim ahamiyat kasb etmoqda.

Mamlakatimizda yosh avlodni odob-axloq me'yorlariga o'rgatish, ular onggida ijtimoiy-huquqiy me'yorlarga hurmat hissini tarbiyalash orqali hayotiy ko'nikmalarga o'rgatish, o'quvchilarning ijtimoiylashuviga ta'sir etuvchi omillar, faol fuqarolik pozitsiyasi va huquqiy madaniyatni shakllantirishning o'ziga xos xususiyatlari, ta'lim-tarbiya jarayonida o'quvchilarni odob-axloq me'yorlariga o'rgatishning ahamiyati Sharq mutafakkirlari al-Xorazmiy, al-Farg'oniy, Abu Rayhon Beruniy, Abu Ali ibn Sino, Abu Nasr Forobiy, A.Fitrat, A.Avloniy, M.Behbudiylarning ma'naviy merosida o'z aksini topgan. Ushbu talablar mamlakatimiz olimlari tomonidan ham tadbiq etilib, ularda ajdodlar merosidan foydalangan holda madaniyatshunoslik yondashuvlarga asoslanish o'ziga xos o'ringa ega.

Boshlang'ich sinflarda o'quvchilani hayotga tayyorlashda ularga "shaxs", "madaniyat", "qadriyat", "xulq-atvor", "huquq", "burch", "tarbiya" kabi tushunchalar haqida ma'lumot berish hamda odob-axloq me'yorlari mazmun-mohiyatining zaruriy sifatlarini singdirishning o'zi bu madaniyatshunoslik yondashuvga asoslanishning ma'lum bir omilidir. Ushbu tushunchalar o'zaro aloqador bo'lib, doimiy ravishda bir - birini to'ldirib boradi. Boshlang'ich sinf o'quvchisida ijtimoiy-huqiqiy kompetensiyalarni shakllantirishdan oldin ularda mazkur tushunchalar haqidagi bilimlarini tarkib toptirish zarur.

Madaniyatshunoslik yondashuvi asosida boshlang'ich sinf o'quvchilarida ijtimoiy-huquqiy kompetensiyalarni shakllantirishning tamoyillarini quyidagi tarzda izohlash mumkin:

Birinchidan, o'quvchida ijtimoiy-huquqiy kompetensiyalarning mavjudligi uning umri davomidagi muvaffaqiyatli faoliyatini kafolatlaydi.

Ikkinchidan, o'quvchi hayotida shaxsiy harakatlarining yetarlicha tanloviga imkon yaratib, shaxsga xos bo'lgan ijtimoiy rollarni bajarish samaradorligini ta'minlaydi.

Uchinchidan, o'quvchining Vatanga, oilaga, insonlarga, tabiatga, qadriyatlarga nisbatan e'tiqodini hamda shaxslararo munosabatlarini rivojlantiradi.

To'rtinchidan, ijtimoiy va huquqiy kompetensiya ijtimoiy-siyosiy, ma'naviy-ma'rifiy, estetik qadriyatlar va o'z-o'zini rivojlantirishda muhim o'rin egallaydi.

Beshinchidan, o'quvchilarda ijtimoiy muhit, oilasi, mahallasidagi jamoaviy munosabatlar ham muhim rol o'ynaydi.

Oltinchidan, ta'lim muassasasidagi ochiq ijtimoiy-pedagogik tizim, sog'lom muhit, o'qituvchilarning kasbiy darajasi e'tiboga olinadi.

INTERNATIONAL SCIENTIFIC-PRACTICAL CONFERENCE "STRATEGIES FOR THE DEVELOPMENT OF PROFESSIONAL COMPETENCE OF FUTURE TEACHERS BASED ON THE APPROACH OF CULTURAL STUDIES: PROBLEMS AND SOLUTIONS" _October 19-20, 2023_

Yettinchidan, o'quvchilaming hayotiy qadriyatlarini aniqlash, ochiqlik, bag'rikenglik, o'zaro mehr-oqibatlilik, axloqiy fazilatlar, hayotiy maqsadlar, kasb tanlash motivlari, o'z-o'zini tarbiyalash, ijtimoiy harakatchanlik va faollik kabi omillar e'tiborga olinadi.

Madaniyatshunoslik yondashuvi asosida boshlang'ich sinf darslarida o'quvchilarning ijtimoiy va huquqiy kompetensiyalarini shakllantirishda quyidagi interfaol o'qitish shakllaridan foydalandik:

o'qituvchi - o'quvchi (juftlikda ishlash); o'qituvchi-o'quvchilar guruhi (jamoada ishlash); o'quvchi- o'quvchi (juftlikda ishlash);

o'quvchi - o'quvchilar guruhi (guruh yoki kichik guruhda ishlash) o'quvchilar-o'quvchilar guruhi (kichik guruhlarda ishlash)

Ushbu ta'lim shakllaridan foydalanib, o'quvchilarda faollik, ijodkorlik, mehnatsevarlik, intiluvchanlik, bilimdonlik, tadqiqotchilik kabi sifatlarni shakllantiradigan hamda sheriklik (subekt-subektlik) muloqoti tamoyillariga asoslangan "Do'st tanlayman", "Ta'qiqlangan meva", "O'zimizni qanday tutamiz", "Qadriyatlar", "Qadr-qimmatliklar yarmarkasi" kabi o'quvchilarning ijtimoiy va huquqiy kompetensiyalarini rivojlantirishga yordam beradigan ta'limiy o'yinlardan foydalanish maqsadga muvofiq.

Milliy dastur asosida yaratilgan boshlang'ich sinfda o'qitiladigan fanlarning bosh g'oyasida kompetensiyaviy yondashuvlarga asoslangan o'quv dasturlari bo'yicha ta'lim jarayonini tashkil etish asosida o'quvchilarda ijtimoiy va huquqiy kompetensiyalar bilan birgalikda ularda mas'uliyat va moslashuvchanlik, muloqot qilish, ijodiylik va qiziquvchanlik, tanqidiy fikrlash, shaxslararo hamkorlik qilish, muammolarni aniqlash, yechimni topish, o'z-o'zini yo'naltirish, ijtimoiy mas'uliyat kabi ko'nikmalar shakllanadi.

Bunday zamonaviy ta'lim-ta'lim berish jarayonida o'qituvchi va o'quvchilarning vazifasi quyidagicha bo'ladi.

Madaniyatshunoslik yondashuvi asosida boshlang'ich sinf darslarida kompetensiyaviy yondashuvga asoslangan ta'lim jarayonida o'qituvchi va o'quvchining vazifasi

O'qituvchi O'quvchi

O'quvchiga bilim bermaydi balki, unga bilim olishni o'rgatadi. Darsda olgan bilim, ko'nikma va malakalarini amaliyotda qo'lay olish layoqat elementlarini egallaydi.

Doimiy izlanishda bo'ladi, o'z ustida mustaqil ishlab, kasbiy kompetentligi, pedagogik mahoratini oshirib boradi, o'quv jarayonini tashkil etishda akmeologik yondashuvga asoslanadi. Hayotida duch keladigan muammoni ijobiy hal qilishni, mustaqil o'qib, o'rganishni, ishlashni, izlanishni, yangilik yaratishni, mantiqiy fikrlashga o'rganadi hamda raqobatbardosh kadr sifatida shakllanadi.

Xulosa o'rnida shuni ta'kidlash joizki, Madaniyatshunoslik yondashuvi asosida boshlang'ich sinf o'quvchilarida ijtimoiy-huquqiy kompetensiyalarni shakllantirishda

INTERNATIONAL SCIENTIFIC-PRACTICAL CONFERENCE "STRATEGIES FOR THE DEVELOPMENT OF PROFESSIONAL COMPETENCE OF FUTURE TEACHERS BASED ON THE APPROACH OF CULTURAL STUDIES: PROBLEMS AND SOLUTIONS" _October 19-20, 2023_

Zamonaviy ta'limning ahamiyati o'quvchilarda faol ijtimoiylashuv ko'nikmalarini shakllantirish bilan belgilanadi. Boshlang'ich sinf o'quvchilarining ijtimoiy munosabatlar jarayonining faol ishtirokchilari bo'lishlariga erishishda ular tomonidan ijtimoiy va huquqiy ko'nikmalarga ega bo'lish o'ziga xos ahamiyatga ega. Boshlang'ich sinf o'quvchilarida ijtimoiy va huquqiy kompetensiyalarni shakllantirishga ta'sir ko'rsatuvchi omillar va shart-sharoitlar o'quvchilar tafakkurini motivatsion va refleksiv ko'nikmalarga o'rgatish vositalari, shakllari, usul va yo'llarini belgilash asosida qaror topadi. Buning uchun o'qituvchidan ta'lim-tarbiya jarayoniga ijodiy munosabatda hamda akmeologik yondashuvda bo'lish talab etiladi. Boshlang'ich sinf o'quvchilarida ijtimoiy va huquqiy kompetensiyalarni shakllantirishga asoslangan innovatsion metod hamda ijodiy-ta'limiy o'yinlar mazmunini tayanch va fanga oid kompetensiyalar bilan bog'liq holda izohlash asosida ishlab chiqilgan, maqsaddan natijaga yo'naltirilgan izchillik va uzviylik xarakteriga ega funksional modelni ta'lim amaliyotiga tatbiq qilish o'quvchilarda ijtimoiy va huquqiy me'yorlarga amal qilish ko'nikmalarining shakllanishiga samarali ijobiy ta'sir ko'rsatadi. O'quvchilarni ijtimoiy va huquqiy me'yorlar bilan tanishtirishda boshlang'ich sinflar o'qituvchilari alohida o'rin tutadilar. Ularning mashg'ulot va ma'naviy-ma'rifiy tadbirlarni tashkillashtirish hamda yuqori saviyada o'tkazishga nisbatan ijodiy yondashishlari pedagogik faoliyat samaradorligini oshirish bilan birga, o'quvchilarda ijtimoiy va huquqiy komptensiyalarga ega bo'lish imkoniyatini oshiradi.

Xulosalariga tayangan holda, boshlang'ich sinf o'quvchilarida ijtimoiy-huquqiy me'yorlarga hurmat hissini shakllantirish samaradorligini oshirish yuzasidan quyidagi tavsiyalarni berishni lozim topdik:

- boshlang'ich sinf Tarbiya fanini o'tishda amaliy tajribalarga alohida e'tibor qaratish, ya'ni imkoniyat darajasida mazkur darslarni sinf xonasida emas, mavzuga mos obyektlarda tashkil etish;

- milliy o'quv dastur asosida yaratilgan Tarbiya fanlari dasturiga qo'shimcha ravishda "Mashq daftari" ishlab chiqish;

- boshlang'ich sinflarda Tarbiya fanidan dars beradigan o'qituvchilar uchun maxsus kurslar tashkil etib, unda xorijiy tajribalarga asoslangan holda treninglar olib borish uchun dasturlar tayyorlash;

- tarbiya darslari mazmuni asosida sinfdan tashqari tadbirlarni tashkil etish orqali o'quvchilarda ijtimoiy-huquqiy kompetensiyalarni rivojlantirish bo'yicha tavsiyalar tayyorlash.

REFERENCES

1. Mahamadjon Abdurahmonov, Nasimxon Rahmonov Madaniyatshunoslik darslik. 2014-yil

2. Gorbushina O.P. Psixologicheskiy trening. Sekreti provedeniya. SPb.: Piter, 2007. - 176 s: il. - (Seriya «Prakticheskaya psixologiya»).

3. Zaxarov V.P., Xryasheva N.Y. Sotsialno-psixologicheskiy trening.L., 1990.

4. Praktikum po sotsialno-psixologicheskomu treningu. Pod.red. B.D.Parigina. Sankt-Peterburg, 1994.

5. N.Dilova Sharq mutafakkirlari merosi vositasida bo'lajak o'qituvchilarni shaxslararo munosabatlarga tayyorlash - pedagogik muammo sifatida /Pedagogik akmeologiya/2023y 1-son, 45-bet

INTERNATIONAL SCIENTIFIC-PRACTICAL CONFERENCE "STRATEGIES FOR THE DEVELOPMENT OF PROFESSIONAL COMPETENCE OF FUTURE TEACHERS BASED ON THE APPROACH OF CULTURAL STUDIES: PROBLEMS AND SOLUTIONS" _October 19-20, 2023_

6. Hakimova N.S. Kichik yoshdagi o'quvchilarda ijtimoiy va huquqiy kompetensiyalarni shakllantirishning ijtimoiy-psixologik ahamiyati // Psixologiya. -Buxoro, 2022. №5. -146149. (13.00.00; №14).

7. Hakimova N.S. Boshlang'ich sinf o'quvchilari hayotida ijtimoiy-huquqiy me'yorlarning o'rni // "Pedagogik mahorat" Buxoro, 2022-№5. -98-101. (13.00.00; №23).

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.