Научная статья на тему 'MADANIYATSHUNOSLIK YONDASHUVI ASOSIDA BO‘LAJAK O‘QITUVCHILARNI BOSHLANG‘ICH SINF O‘QUVCHILARINING KOMMUNIKATIV KOMPETENSIYASINI RIVOJLANTIRISHGA TAYYORLASH'

MADANIYATSHUNOSLIK YONDASHUVI ASOSIDA BO‘LAJAK O‘QITUVCHILARNI BOSHLANG‘ICH SINF O‘QUVCHILARINING KOMMUNIKATIV KOMPETENSIYASINI RIVOJLANTIRISHGA TAYYORLASH Текст научной статьи по специальности «Науки об образовании»

CC BY
11
5
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Журнал
Science and innovation
Область наук
Ключевые слова
ta’lim-tarbiya

Аннотация научной статьи по наукам об образовании, автор научной работы — G‘Aybullo Sanoyev

Madaniyat masalalari har doim millat muammolari, uning tarixi, buguni va kelajagi bilan chambarchas bog‘liq bo‘lgan. Zero, madaniyat inson ijodiy faoliyatining usullari, shakllari va yo‘llari majmui bo‘lib, u avloddan avlodga vorislik asosida uzatiladigan moddiy va ma’naviy boyliklarda jamlanadi, gavdalanadi. Madaniyat inson tomonidan yaratilgan «ikkinchi tabiat, borliqdir», hisoblanib, aynan ta’lim-tarbiya jarayonida ushbu tushuncha shaxsda rivojlantirilib boriladi.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «MADANIYATSHUNOSLIK YONDASHUVI ASOSIDA BO‘LAJAK O‘QITUVCHILARNI BOSHLANG‘ICH SINF O‘QUVCHILARINING KOMMUNIKATIV KOMPETENSIYASINI RIVOJLANTIRISHGA TAYYORLASH»

INTERNATIONAL SCIENTIFIC-PRACTICAL CONFERENCE "STRATEGIES FOR THE DEVELOPMENT OF PROFESSIONAL COMPETENCE OF FUTURE TEACHERS BASED ON THE APPROACH OF CULTURAL STUDIES: PROBLEMS AND SOLUTIONS" _October 19-20, 2023_

MADANIYATSHUNOSLIK YONDASHUVI ASOSIDA BO'LAJAK O'QITUVCHILARNI BOSHLANG'ICH SINF O'QUVCHILARINING KOMMUNIKATIV KOMPETENSIYASINI RIVOJLANTIRISHGA TAYYORLASH

G'aybullo Sanoyev

Buxoro davlat universiteti erkin izlanuvchisi https://doi.org/10.5281/zenodo.10004965

Madaniyat masalalari har doim millat muammolari, uning tarixi, buguni va kelajagi bilan chambarchas bog'liq bo'lgan. Zero, madaniyat - inson ijodiy faoliyatining usullari, shakllari va yo'llari majmui bo'lib, u avloddan avlodga vorislik asosida uzatiladigan moddiy va ma'naviy boyliklarda jamlanadi, gavdalanadi. Madaniyat - inson tomonidan yaratilgan «ikkinchi tabiat, borliqdir», hisoblanib, aynan ta'lim-tarbiya jarayonida ushbu tushuncha shaxsda rivojlantirilib boriladi.

Bo'lajak o'qituvchilarni madaniyatshunoslik yondashuvi asosida o'quvchilarning kommunikativ kompetentligini rivojlantirishga o'rgatishda innovatsion texnologiyalardan samarali foydalanish muhim ahamiyat kasb etadi.

Azaldan ma'lumki ijtimoiy jamiyatning asosi bu madaniyat kategoriyasi bilan belgilanib, ta'lim-tarbiya jarayonida milliy qadriyatlarimizdan bevosita foydalangan holda o'quvchilarning bilimlarni o'zlashtirish imkoniyatlarini kengaytirish bilan baholanadi.

Ayniqsa, boshlang'ich sinf o'qish darslari mazmunida ajdodlar merosi namunalarining keltirilishi maqsadga muvofiq bo'lib, ushbu bebaho asarlarni o'quvchi yoshiga mos tanlanib, ta'lim jarayoniga tadbiq etilayotganligi o'quvchilarning fanga oid va tayanch kompetensiyalarini shakllantirishdalarida muhim ahamiyat kasb etadi.

Boshlang'ich sinf o'qish darslari jarayonida o'quvchilarni xilma-xil janrda yozilgan badiiy asarlarni o'qib o'rganishi orqali ularning mohiyati va badiiy xususiyatlarini o'zlashtirishi hamda tegishli xulosa chiqara oladigan, o'z fikr-mulohazalarini erkin va ravon bayon qila oladigan darajaga ko'tarilishi zarur.

O'quvchi har qanday asar kim tomonidan, qanday maqsadni ko'zlab yozilganligini asta-sekin tushunib boradi. Yozuvchi o'z g'oyaviy maqsadini amalga oshirishda badiiy so'zning qaysi imkoniyatlaridan foydalanishiyoki hayotiy hodisalar va insonlarni qanday badiiy tasvir vositalariyordamida jonlantirishga erishishiga doir savollarga javob topishi uchun o'quvchilarda ma'lum me'yor va tizim asosida adabiy tushunchalarni shakllantirib borish talab qilinadi. Ayni shu talab amaldagi o'quv dasturida ma'lum mavzularni, adabiy asarlarni o'rganishga bog'lab berilganki, o'quvchilar bunga adabiy tushunchalarni o'zlashtirish orqaligina erisha boradilar.

O'quv dasturlari ta'lim mazmunini ma'lum me'yorga soluvchi hujjatdir. Ayni paytda, o'qish predmetidan o'quv dasturi mustaqil fikrli, go'zallikni his qilib undan zavq ola biladigan, badiiy so'z san'atini tushunadigan, erkin tafakkurli shaxslarni shakllantirishga xizmat qiluvchi va uni amalga oshirish imkonini beruvchi tadbirlar yig'indisidan tarkib topgan.

Sinfda va sinfdan tashqari o'qish dasturining mazmuni kichikyoshdagi o'quvchilarning badiiy-etstetik tafakkurini shakllantirish, intellektual salohiyatini rivojlantirish, odam va olamga xos xususiyatlar bilan tanishtirish, o'zligini tanitish hamda ona - vatanga muhabbat uyg'otish maqsadlariga xizmat qiladi. Zero, o'qish ta'limi o'quvchilarning nutq boyligini o'stirish, mustaqil fikrlashga o'rgatish orqali ma'naviy- axloqiy tarbiyalashning muhim omilidir. Shuning uchun ham o'qish darslari boshlang'ich ta'lim tizimida muhim o'quv predmeti sifatida ta'lim berish, kamol toptirish va tarbiyalash vositasi hisoblanadi.

INTERNATIONAL SCIENTIFIC-PRACTICAL CONFERENCE "STRATEGIES FOR THE DEVELOPMENT OF PROFESSIONAL COMPETENCE OF FUTURE TEACHERS BASED ON THE APPROACH OF CULTURAL STUDIES: PROBLEMS AND SOLUTIONS" _October 19-20, 2023_

Kompetensiyaviy yondashuv asosidagi o'quv dasturida o'qishga o'rgatishning muhim vazifalari sifatida quyidagilar belgilangan:

o'quvchilarning to'g'ri va ifodali o'qish malakalarini shakllantirish; o'quvchilarni asarlarning adabiy-estetik xususiyatlarini chuqur idrok etish, ularda tasvirlangan voqea-hodisalarning mohiyatini anglash va muayyan xulosalar chiqarishga tayyorlash;

o'quvchilarda yuksak axloqiy qarashlar va nafosat tuyg'usini tarbiyalash; o'quvchilarni matn ustida ishlashga o'rgatish; o'quvchilarning atrof-muhit haqidagi bilimlarini boyitish.

Ushbu vazifalar o'quvchilarning kompetensiyaviy yondashuvga asoslangan ta'lim olish jarayonida ularda kommunikativ ko'nikmalarni rivojlantirishga xizmat qilishi asosiy ko'rsatgichlardan hisoblanadi.

Kommunikativ kompetensiya - o'quvchilarda guruhlarda vajamoalarda ijodiy ishlay olish, hamkorlik qila olish, ularning bilim, ko'nikma, malakalari va kompetentlilik darajalarini shakllantirish bo'yicha tarix fani ta'limi maqsadlarini va baholash mezonlarini aniqroq va yaqqolroq belgilovchi bilish, o'rganish - o'rganilgan materialni bilib olish, qayta aytib bera olish kabi tamoyillar bilan belgilanadi.

O'quvchining matnni tushunishi, idrok qilishi quyidagi mezonlar asosida aniqlanadi:

- o'rganilgan materialni xotirada saqlab qolish,

-mohiyatini idrok etish va tushunganlikni namoyish qilish,

-bir darvdan boshqa davrga ko'chira olish,

-u yoki bu holatga tanqidiy baho bera olish,

-munozaralarda ishtirok eta olish,

-o'zining fikrini va qarashlarini fanda olgan bilimlari asosida himoya qila olish kabilar. Bu vazifalar dasturda berilgan badiiy asarlar, jumladan, xalq og'zaki ijodi namunalari asosida amalga oshiriladi. Har bir sinf o'qish dasturi quyidagi masalalarni o'z ichiga oladi: o'qish mavzulari vayod olish uchun asarlar tartibi; o'qish ko'nikmasi va malakalariga qo'yiladigan talablar; matn va bog'lanishli nutq ustida ishlash rejasi; sinfdan tashqari o'qishni tizimli tarzda tashkil etish.

Jafokash xalqimizning o'tmishda bosib o'tgan shonli yo'li aks ettirilgan asarlarni o'qish orqali o'quvchilarda tarixiy bilimlar shakllana boradi. Ona yurt daxlsizligi yo'lida ajdodlarimiz olib borgan mardonavor kurashlar tarixi haqida hikoya qilingan asarlar o'quvchilarda vatanga muhabbat tuyg'ularini tarbiyalaydi.

Boshlang'ich ta'lim o'quv dasturidan o'rin olgan vatan mavzusidagi asarlar o'quvchilarni mamlakatimizning ijtimoiy-siyosiy, madaniy - ma'rifiy hayoti va xalqimizning bunyodkorlik yo'lida olib borayotgan ishlari bilan tanishtirishgayordam beradi. Dasturning vatanga, inson e'tiqodi va ma'naviyatiga bag'ishlangan mavzularini o'rganish o'quvchilarning ma'naviy-axloqiy tuyg'ularini tarbiyalashda alohida o'rin tutadi. Istiqlol tufayli erishgan yutuqlarimiz haqidagi asarlar milliy g'urur tuyg'ularini tarbiyalashga xizmat qiladi.

1-sinfning o'quv yili oxirida o'quvchilar vatan va uning tabiati, milliy qadriyatlar haqida kichik-kichik asarlarni o'qiydilar. 2-sinfda vatan, ona tabiat, istiqlol, kishilarning hayoti va mehnati, axloqiy munosabatlar haqidagi shakl va mazmun jihatdan uncha murakkab bo'lmagan asarlar bilan tanishadilar.

INTERNATIONAL SCIENTIFIC-PRACTICAL CONFERENCE "STRATEGIES FOR THE DEVELOPMENT OF PROFESSIONAL COMPETENCE OF FUTURE TEACHERS BASED ON THE APPROACH OF CULTURAL STUDIES: PROBLEMS AND SOLUTIONS" _October 19-20, 2023_

3-4-sinflar o'qish dasturidagi mavzular ko'lami ancha keng. Bu sinflarda o'qish darslarining kattagina qismi asarni o'qish va matn ustida ishlashga qaratiladi. Suhbatlar, hikoya qilishlar, dastlabki o'qishlar badiiy matnlar mazmuni bilan uzviy bog'langan bo'lishi, mavzuga qiziqish uyg'otishi, o'quvchilarni his-hayajon bilan o'qishga tayyorlashi va asarni to'g'ri tushunishgayordam berishi zarur.

Darsda madaniyatshunoslik yondashuvlari asosida o'quvchilarning faolligini oshiradigan, tasavvurlarini boyitadigan usullardan foydalanish, asarlarni janr mazmunidan kelib chiqib, rollarga bo'lib o'qitish, qahramonlar nomidan qayta hikoya qilish, qahramonning taqdiri haqidagi hikoyani davom ettirish, qiziqarli mavzularda og'zaki hikoya tuzdirish kabi ijodiy topshiriqlardan foydalanish maqsadga muvofiqdir.

O'qish darslarini o'quvchilarda go'zallikka muhabbat uyg'otadigan, poklik tuyg'ulariga ozuqa beradigan, hissiyotni o'tkirlashtiradigan, aqlni, fahm-farosatni charxlaydigan, tasavvurlarni boyitadigan, estetik didni o'stiradigan musiqa va tasviriy san'at fanlari bilan uzviy bog'langan bo'lishi kerak. O'qish, musiqa va tasviriy san'at darslarini o'zaro bog'lab uyushtirish o'quvchilarda san'at asarlarini to'g'ri tushunish va qadrlash ko'nikmalarini o'stiradi, ularning shaxs sifatidagi ma'naviy qiyofasini shakllantirishga xizmat qiladi.

REFERENCES

1. Mahamadjon Abdurahmonov, Nasimxon Rahmonov Madaniyatshunoslik darslik. 2014-yil

2. Gorbushina O.P. Psixologicheskiy trening. Sekreti provedeniya. SPb.: Piter, 2007. - 176 s: il. - (Seriya «Prakticheskaya psixologiya»).

3. Zaxarov V.P., Xryasheva N.Y. Sotsialno-psixologicheskiy trening. L., 1990.

4. Praktikum po sotsialno-psixologicheskomu treningu. Pod.red. B.D.Parigina. Sankt-Peterburg, 1994.

5. N.Dilova Sharq mutafakkirlari merosi vositasida bo'lajak o'qituvchilarni shaxslararo munosabatlarga tayyorlash - pedagogik muammo sifatida /Pedagogik akmeologiya/2023y 1-son, 45-bet

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.